Press "Enter" to skip to content

Dunyodagi eng g’alati harbiy kiyimlar

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Mudofaa vazirligi harbiy kiyimlarning namunaviy loyihalarini muhokamaga qo‘ydi (foto)

Harbiy xizmatchilarni zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan harbiy kiyim rusumlari bilan ta’minlash Qurolli Kuchlarimiz ta’minotini yaxshilanishining muhim shartidir. Shu bois davlatimiz rahbarining Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, harbiy kiyim rusumlarining yangi modellari ustida izlanishlar olib borildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lumot berishicha, harbiy kiyim rusumlarining namunaviy loyihalari keng jamoatchilikning muhokamasi uchun e’lon qilinmoqda.

Taklif va mulohazalaringizni quyidagi manzillarga yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 100-uy. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi buyum ta’minot boshqarmasiga.

Telefonlar: (0371) 269-86-14, 269-86-09, (998 90) 349-29-65 (telegramm).

Elektron manzil: libos@mudofaa.uz

Sizning takliflaringiz har jihatdan puxta tayyorlangan, murakkab iqlim sharoitlariga chidamli bo‘lgan harbiy kiyimlar ishlab chiqarilishiga asos bo‘ladi.

TANTANALI KIYIM

KUNDALIK KIYIM

Dunyodagi eng g’alati harbiy kiyimlar

Harbiy kiyimni siz qanjday tasavvur qilasiz? Qaysi rang ko’z oldingizga keladi? Albatta, ko’rimsiz kulrang kiyim bo’lsa kerakda. Bugun biz harbiylarning oddiy kiyimi emas, bayram formasi haqida gaplashamiz.

Har bir mamlakatda harbiylarning bayram kiyimlari turlicha. Kundalik harbiy kiyim bilan bayram formalarining bir-biridan qanchalik farq qilishi sizni ajablantirishi mumkin. Dizaynerlar bor iqtidorlarini ishga solib, haqiqiy mo’jiza yaratadilar hamda harbiylar bayram paradida chiroyli va shu bilan birga haybatli ko’rinishga ega bo’lishlarini ta’minlaydilar. Biroq turli davlatlarning dizaynerlari tomonidan yaratilgan harbiy bayram liboslari orasida bizga g’alati tuyulishi mumkin bo’lganlari ham yo’q emas. Keling, ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz.

1.Boliviya

Agarda siz kelajak haqidagi kompyuter o’yinini o’ynagan bo’lsangiz, u yerdagi harbiylarning kiyimini ham ko’rgan bo’lishingiz kerak. Boliviya armiyasining askarlari aynan ana shunday kiyim kiyishadi.

Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi xodimlarining yangi maxsus kiyimi tasdiqlandi

Mudofaa vaziri tomonidan Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari uchun yangi namunadagi maxsus kiyim rusumi tasdiqlanib, uni kiyib yurish qoidalari belgilandi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu maxsus kiyim rusumi jahon mamlakatlari harbiy politsiya bo‘linmalarida joriy etilgan kiyimlari, ularning xizmat jarayonida shaxsiy tarkibga qulayligi, fasllarga ko‘ra, ya’ni harbiy xizmatchiga yozgi vaqtda salqin, matoning havo o‘tkazuvchanligi, qishki sovuq vaqtda kiyim rusumining issiq tutishi o‘rganib chiqilgan va inobatga olinib, tayyorlangan.

Qayd etilishicha, kiyim rusumiga qo‘shimcha qo‘yilgan rang va nur qaytaruvchi matolar harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tash jarayonida shaxsiy xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Hozirda respublikadagi barcha garnizon Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi shaxsiy tarkibi maxsus kiyimlar bilan to‘liq tarzda ta’minlangan va harbiy xizmatchilar o‘z xizmat vazifasini yangi namunadagi kiyim-rusumida o‘tamoqda.

Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari maxsus kiyimlarini kundalik xizmat jarayonida, o‘z xizmat vazifasini bajarish vaqtida, shuningdek, shaxsiy tarkibning avtomobillarda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda harbiy kolonnalarning kuzatuvini tashkillashtirishda kiyib yuradi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Ushbu maxsus kiyim rusumini faqat Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasidagi mavjud lavozimida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar o‘z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida kiyib yurishi belgilangan. Maxsus kiyim rusumini o‘z xizmat faoliyati jihatidan Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasiga taalluqli bo‘lmagan harbiy xizmatchilar, shuningdek, fuqarolarning kiyib yurishi taqiqlangan.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasining maxsus kiyim rusumini ruxsatsiz kiyib yurgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.