Davlat tili – millat faxri
Uchinchi bo’lib, bu farazni taniqli tarixchi olim, arxitektura fanlari doktori, Sharq mamlakatlari Xalqaro arxitektura Akademiyasining haqiqiy a’zosi Po’lat Zohidov dastlab «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2002 yil 9-sonida bosilgan «Kun tug’ardin kun botarg’a so’zi etgan zot» maqolasida uchini chiqargan bo’lsa, keyinchalik «Tafakkur» jurnalining 2008 yil 1-sonida bosilgan «Rabg’uziy saodati» maqolasida aniq bayon etadi:
O’zbek tili davlat tili maqomi qachon berilgan
G’arb olimlaridan bo’lmish Allen J. Frank va Peter B. Golden «o’zbek» atamasi Turkiston kengliklarida Oltin O’rda xoni O’zbekxondan anchagina oldin paydo bo’lgan deb ta’kidlashsa, boshqa bir guruh (P.P.Ivanov. A.Yu.Yakubovskiy, X.Hukhem) bu atamani O’zbekxon (yashagan yillari: 1283-1341, taxtda o’tirgan yillari: 1213-1241) nomi tufayli paydo bo’lgan deb da’vo qilishadi.
Ba’zi olimlar esa, masalan, M.Ermatov «o’zbek» so’zining paydo bo’lishini turkiy qabilalardan bo’lmish uz(o’z)lar bilan bog’laydi.
Ammo, ma’lumki Oltin O’rda xoni O’zbekdan avval ham bu atama mavjud bo’lgan. Masalan, XII asrda yashagan muarrix Usama ibn Munqiz “Kitab al-I’tibar” asarida Mosul amirining ismi O’zbek edi deb qayd etadi. Mashhur muarrix Rashdiddin Fazlulloh al-Hamadoniy ham o’zining “Jome at-Tavorih” asarida ilgezidiylar sulolasiga tegishli Tabriz hokimining ismi O’zbek Muzaffar deb ma’lumot beradi. Jaloliddin Xorazmshoh qo’shinboshliqlaridan birining ismi ham Jahon Pahlavon O’zbek bo’lgani ma’lum.
Bu ma’lumotlarni keltirishimdan maqsad shunda-ki, bugungi kunda «o’zbek» etnonimi xususida yozilgan ilmiy maqola-yu manba’larda aksariyat bu atamani bepoyon Dashti Qipchokda ko’chmanchilik qilgan turk-mo’g’ul urug’larining ayrim qismi o’zlarini erkin, hech kimga bo’ysunmagan deb bilganlari sababli «o’zbek», ya’ni «o’ziga bek» deb atagan deb da’vo qilinsa, yana bir guruh olimlar Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1340) nomidan kelib chiqqan deb yozishlari asossiz ekanligini va bu ism juda qadimdan mavjud ekanini, demak, «o’zbek» ildizini ham olisdan izlash lozimligini uqtirib o’tishdan iborat.
Men «o’zbek» atamasining kelib chiqishi muammosiga yoshlik chog’larimdan qiziqqanman. Hozir bu haqda batafsil to’xtalib o’tirmoqchi emasman. Mavridi kelganda bu masala aks etgan tarixiy-badiiy asarlarimdagi fikrlarimni jamlab sizga etkazishga urinib ko’rarman.
Bu masalani hal qilish, «o’zbek» atamasining paydo bo’lishiga aniqlik kiritish oson emasligini yana bir ta’kidlayman. Tarixchi olim Bo’riboy Ahmedov «Tarixdan saboqlar» kitobida (Toshkent, «O’qituvchi», 1994, 196-bet) juda to’g’ri qayd etganidek, bu «masala shu qadar mushkul, jiddiy va nozikki, uni ilmiy jihatdan tahlil etish bir kishi qiladigan ish emas. Buning uchun arab, fors, xitoy va boshqa tillarda yozilgan manbalarni bemalol o’qiy oladigan tarixchi, etuk arxeolog va antropolog, yaxshi tilshunos olim, qadimiy xalqlar haqida ularning turish-turmushi, dini, e’tiqodi va boshqa belgilariga qarab ilmiy xulosa chiqara oladigan etnograf, klassik jug’rofiya ilmini, ayniqsa, toponimikani yaxshi bilgan jug’rof, xalq og’zaki ijodini mukammal bilgan folklorchi olimlarning birgalikda, boshqa yumushlarni yig’ishtirib qo’yib, ilmiy tadqiqot ishlari bilan muntazam shug’ullanishi talab qilinadi».
Hozircha esa “o’zbek” atamasining kelib chiqishi bilan bog’liq bir farazning to’rt kishi tomonidan aytilishi haqidagi ma’lumotni sizning e’tiboringizga havola qilmoqchiman, xolos.
Bu farazni dastlab 1988 yilda yozilgan, avvalan “Sharq yulduzi” jurnalida bosilgan, keyinchalik 1991 yilda nashr etilgan “Samarqand xayoli” kitobimning turkiylarning kelib chiqishi bilan bog’liq mulohazalar davomida yozib o’tgan ekanman (Xurshid Davron. Samarqand xayoli. Toshkent, 232-236 betlar). O’sha mulohazalarimdan parchalarni ayrim tahrirlar bilan keltiraman:
“Aksariyat qismi o’z ajdodlari tarixidan bexabar zamondoshlarimiz ushbu tarixiy esse-qissani o’qish davomida “turkiylar”, “turklar”, “o’zbeklar” atamalari ustida chalg’ishlarini istamay, o’sha tarixiy davrdagi sharoitni hisoblab, bu atamalarga izoh berishni ma’qul ko’rdim.
…Shuni qayd qilish lozimki, o’tgan asrlarda ko’hna Sharq tarixini o’rganish bilan asosan ovrupolik olimlar ko’proq shug’ullanishdi. Bu eng avvalo qaddini tiklab olgan Ovrupo o’zining och nazarini Osiyo qit’asi mulklariga tikishi bilan, faqat shundan keyingina ilm-fan fidoyilarining o’rganishga tashnaligi bilan izohlanadi. Shu sababdan, Sharq tarixini asosan ovrupoliklar tadqiq qilgani uchun bu qadimiy hududda yashab o’tgan xalqlar, elatlarning nomi ma’nosi, kelib chiqishi asosan Ovrupo (eroniy) tillari nuqtai-nazaridan chiqib o’rganilgan. O’sha davrda turkiy tillarni o’rganish sust bo’lgani sababli, bu tillarga deyarli murojaat qilinmagan. Buning oqibatida bir tomonlama fikrlar paydo bo’ldi. Shu sababdan ham juda ko’p ovrupolik tilchilar O’rta Osiyoda yashagan qadimiy xalqlar, elatlar sharqiy eron tillari guruhiga mansub Sug’d va Xorazm tillarida gaplashganlar deganlari gumonlidir. Saklar va massagetlar Orolbo’yi, Ettisuv, Tangritog’ (Tyan-Shan) va Oltoy etaklarida yashagan turkiy tilli xunlar, senbiylar, uyg’urlar bilan yonma-yon yashaganini hisobga olib, N.Aristov, G.Grumm-Grjimaylo, A.Kononov, S.Malov Pelko, A.Gaben kabi tadqiqotchilar bu ko’chmanchi xalqlarning eron tilli guruhga kirishiga shubha bilan qaraydilar. Yunon muarrixi Herodotning “Tarix” asarini tarjima qilgan I.Pyanov: “Massagetlar deganda faqat turkiylarni nazarda tutish kerak”, — deb yozadi.
…Endi vohalarda yashovchi xalqlarga nazarimizni qarataylik. Nazarimiz ularning hammasini qamrab ololmasligi tufayli, faqat asrlar osha Amir Temur saltanatining markaziga asos bo’lgan voha – qadimiy Sug’d mulkida yashagan xalqqa e’tibor beraylik. Sug’d mulkini arablar tomonidan bosib olish voqealarini bayon qilgan muarrix at-Tabariy, Sug’d hokimlari va lashkarboshilari turklar edi, deb ma’lumot beradi. Qadimiy Sug’d madaniyat o’choqlaridan biri – Panjakentda topilgan sug’diy tangachalarga zarb qilingan so’zlarni o’rgangan tadqiqotchi O.I.Smirnova, sug’dliklar turk tilida so’zlashganlar, degan xulosaga keladi. Olimaning bu xulosaga kelishiga Sug’d tangachalarida zarblangan “jabg’u” so’zi bo’lib, bu so’z fonetik va morfologik tuzilishiga ko’ra turkiychadir. “Devonul lug’atit-turk”da izohlanishicha, “yabg’u”, “yafg’u” so’zi “xondan ikki daraja past bo’lgan mansab yoki mansabdor” ma’nosini bildiradi.
Bu qadimiy etnik guruhlar orasida boxtarliklar (baqtriyaliklar) bilan sug’diylar juda yuksak madaniyat egalari bo’lgani ko’hna Yunon, Rum, Eron, Xitoy, Hind va arab manba’laridan ma’lum.
Ikki daryo oralig’ida yashagan turkiy xalqlarning shakllanishiga xizmat qilgan jarayonga bu hududga meloddan avvalgi III-II asrlarda ko’chib kelgan kushonlar yoki qadimiy Xitoy manba’lariga ko’ra “yuechjilar”, meloddan avvalgi II asrdan to melodiy IV asr davomida bu o’lkani harbiy yo’l bilan egallagan xunlar, melodiy V-VI asrlarda eftalitlar (hoytaliylar) tomonidan asos solindi. Ularning hammasi turkiy guruhga mansub bo’lib, ular tarixda kushonlar va eftalitlar (hoytaliylar) davlati deb nom qoldirgani davlatlarni tashkil etganlar.
…Biz hikoya qilayotgan davrga kelib, bir zamonlar turlicha nomlar bilan atalgan urug’lar zamirida turk deb atalgan (bugun Turkiya turklari debgina tushunmaslik uchun turkiylar deb qabul qilingan) yagona xalq, yagona ulus allaqachonlar shakllanib ulgurgan edi. Bu xalq shakllanishi qachon tugagan edi, degan so’roqqa esa olimlar turlicha javob berishadi. Ba’zilar bu jarayon mo’g’ul bosqini arafasida, ya’ni XII asr oxiriga kelib, ikki daryo oralig’ida bunyod bo’lgan yirik davlatlar tuzilishi bilan yakunlandi desa, ba’zilar bu shakllanish IX-X asrlarda – Qoraxitoy davlati tuzilganda, boshqalar XI-XII asrda – Qoraxitoylar bilan Xorazmshohlar hukmronligi oralig’ida, ayrimlar esa XV-XVI asrda tugagan deb ko’rsatadilar. Yana ba’zilar bu jarayon XI-XIV asrlar orasida ro’y bergan deb ta’kidlaydilar. Ammo biz bu jarayon XII asr oxirida, mo’g’ul bosqini arafasida, Xorazmshohlar davlati davrida ro’y berdi deb hisoblaymiz. Bosqindan so’ng bu hududda o’rnashgan mo’g’ullar ham ko’p vaqt o’tmay, mana shu shakllanib ulgurgan turkiylar tarkibiga singib ketdilar. Zero, mo’g’ul qo’shinining asosini ham turkiy urug’lar tashkil etgani uchun bu jarayoyon juda oson kechadi. Shu o’rinda mo’g’ul bosqinidan so’ng Amir Temurning parokanda o’lkani yagona hokimiyatga bo’ysundirishi bilan bog’liq faoliyati mahalliy xalq birligini kuchaytirishga birlamchi asos bo’lganini unutmasligimiz kerak. Bu paytga kelib davlat hujjatlarini yagona turkiy tilda yozish rasmiy tus oldi. Bobur mirzo yashagan davrga kelib, “turkiylar” deganda Amudaryoning janubiy qirg’og’i tevaragida, ikki daryo oralig’ida, Dashti Qipchoqning janubida yashovchi mahalliy aholining asosiy qismi anglanardi. Bobur mirzo va boshqa temuriylar shu xalqqa mansub edilar.
O’sha davrdagi o’zbeklar esa mo’g’ullar bosqinidan so’ng Dashti Qipchoq va Oltin O’rdada yashagan turkiy urug’laridan iborat birlashma edi. Ularning nomini ko’pchilik tadqiqotchilar Oltin O’rda xoni O’zbek (1312-1342) nomi bilan bog’lashadi. Bu albatta, g’irt asossiz bir gapdir.
Xo’sh, ”o’zbek” so’zining etimologiyasi, «o’zbek» atamasi qachon va qanday paydo bo’lgan. Bu haqda turlicha qarashlar mavjud. Mening o’ylashimcha, bu atama qadimiy ajdodimiz O’g’izxon nomi bilan bo’g’liq bo’lib, «O’g’izbek» so’zining «o’zbek» bo’lib ketgan shakli bo’lsa ajabmas. Nima bo’lgandayam, «o’zbek» atamasi juda qadimiy davrlarga borib taqaladi.
Miloddan oldingi XII asrga taaluqli Ash-Shira (Assiriya) bitiklari (O’rta) Osiyoning bepoyon dashtlaridan bostirib kirgan skiflar (iskitlar) bosqini haqida xabar berar ekan, bu jangovar ko’chmanchi qabilalar nomini ishgauz, ularning boshlig’ining ismini Ispak deb ma’lum qiladi. Turkiy xalqlar tarixi bilan juda yaxshi tanish bo’lgan odam “ishgauz” degan nom aslida “o’g’iz” nomi bilan bog’liqligini, bu nom «icho’g’iz» ekanini tezda payqaydi.
Ma’lumki, yigirma to’rt urug’dan iborat bu turkiy qabila (uyushma) ikki yirik guruhdan iborat bo’lib, biri «icho’g’iz» («ichki o’g’iz», ikkinchisi «tasho’g’iz» (tashqi o’g’iz) deb nomlangan.
«Icho’g’iz» nomining As-Shira bitiklaridagi “ishgauz” so’ziga naqadar o’xshashiga e’tibor bergan bo’lsangiz kerak. O’sha qadimiy bitiklaridagi Ispak so’ziga kelsak, ash-shiraliklar bosqinchilarning o’zlariga begona, noma’lum ismlarini buzib yozishlari tabiiy. Aslida esa skiflar boshlig’ining ismi O’g’izbek yoki shu ismning qisqargan shakli – “O’zbek” («O’zbak») bo’lganiga shubha yo’q (qolaversa, yon-atrofdagi boshqa xalqlar ham o’zbeklarni «ozbak” deb atashini e’tiborga olsak, bu fikrimiz qat’iylashadi). Tarixda bunday buzilishlar juda ko’p uchraydi. Ajdodlarimiz – saklar, massagetlar va ularga mansub qahramonlar nomi yunon muarrixlari asarlari orqali buzilib etib kelgan. Bu ismlarning aslida qandayligini bilmaymiz. Qolaversa, muarrix notanish tilda ishlatgan ismlarning ba’zan naqadar buzilishini juda yaqin o’tmishimizdan misol bilan isbotlamoqchiman. Xorazmlik buyuk muarrix Bayoniy ruslarning Xiva shahrini bosib olish bilan bog’liq voqealar bayonida Chor Rossiyasi qo’shini boshliqlarining nomlarini, jumladan Kulachov, Verufkin nomlarini tilga oladi. Bu nomlar ruscha bo’lib, aslida Golovachyov, Veryovkin bo’lgan. Xuddi shu buzilish oqibatida “O’zbek” (O’zbak”) Ash-Shira bitiklarida “Ispak” bo’lib ketganiga aminman.
Bu farazni ikkinchi bo’lib, ustoz Asqad Muxtor dastlab “Tafakkur” jurnalida qisman “Tundaliklar” sarlavhasi bilan bosilgan, keyinchalik 2005 yilda nashr etilgan “Uyqu qochganda” kitobidagi qaydlarning birida quyidagicha bayon etadi:
«O’zbek xalqining nomini O’zbekxon nomi bilan bog’lashadi. «O’zbekxon» o’zi qaerdan kelib chiqqan?
Menimcha, bu so’zning (demak, xalq nomining ham) tarixi juda uzoq. 721 yilda turkiy qabilalarning qurultoyi bo’lgan. Shunda Bilga hoqon o’z nutqini bunday so’zlar bilan boshlaydi:» Ey, turk o’g’iz beklari!» «O’g’iz» u vaqtda «qabila» ma’nosida ishlatilgan. Demak, «O’g’iz begi» — qabila boshlig’i degan so’z. O’g’iz beklari zamonida elning ancha imtiyozli bir qatlami bo’lgan. O’zbeklar turkiylarning ana shu qatlamiga mansub tabaqadan kelib chiqqan, degan farazim bor.»
Uchinchi bo’lib, bu farazni taniqli tarixchi olim, arxitektura fanlari doktori, Sharq mamlakatlari Xalqaro arxitektura Akademiyasining haqiqiy a’zosi Po’lat Zohidov dastlab «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2002 yil 9-sonida bosilgan «Kun tug’ardin kun botarg’a so’zi etgan zot» maqolasida uchini chiqargan bo’lsa, keyinchalik «Tafakkur» jurnalining 2008 yil 1-sonida bosilgan «Rabg’uziy saodati» maqolasida aniq bayon etadi:
«O’zbek etnogenezi kabi «o’zbek» etnonimi zamirida ham «o’g’uz» so’zi yotgan bo’lishi haqiqatga ko’proq mos keladi. Bu farazni shu bilan ham dalillash mumkinki, Vizantiya solnomalarida kunchiqar tomondan quyundek bosib borgan turkiy o’g’uzlar nomi qisqartirilib «g’uz», «uz» tarzida kayd etilgan. Ya’ni, «uz» — «o’g’uz» so’zining shunchaki ixchamlashgan shakli, xolos. Bu kalom yana bir sof turkiy So’z — «bek» bilan qo’shilib, yangi — «o’zbek» atamasini hosil qilgan ((maqolani to’liq holda mana bu sahifada o’qing)».
To’rtinchi bo’lib bu faraz xususida taniqli adib Tohir Malik o’z veb-sahifasida quyidagicha mulohaza bildiradi:
“O’zbek» atamasi haqida turli fikrlar mavjud. Tarixchi olimlarimiz ta’biricha: «o’zbek” – o’ziga o’zi bek” degani. Yana boshqa ta’birda o’zbek tarixini O’zbekxondan boshlashadi. Bu ikki fikrda ham mantiqiy asos yo’q. Avvalo, er yuzida yashayotgan kattami-kichikmi har bir xalq o’ziga o’zi bek, boshqaga tobe bo’lishni istamaydi. Ikkinchidan, agar tarix O’zbekxondan boshlansa, bu xonga “O’zbek” deb kim ism bergan? Bu ism osmondan olinmagandir. Demak, bu nom, bu atama avval ham bo’lgan.
Men tarixchi emasman, olimlikka ham da’voim yo’q. Biroq, bu xususda qat’iy fikrimga egaman. “Qirg’iz” – qir o’g’uzi, «Gagauz» – ko’k o’g’uz demakdir. Turkiy xalqlarning bobosi O’g’uzxon bo’lganlar. Bu haqda qadim tarix kitoblarida etarli ma’lumotlar bor. Ayni O’g’uzxon davrlarida qavmlarga (oilalarga) nom berilgan: uyg’ur, qorliq, qibchoq, qang’li…(bu tarixga qiziqqanlar Mirzo Ulug’bekning “To’rt ulus tarixi” asaridan bahramand bo’lsalar durust). Bizningcha «o’zbek” – O’g’uz begi demakdir. Ya’ni O’g’uzxon saroyiga yaqin oila shunday atalgan. Bu hol Evropada ham bo’lgan. Masalan, Rossiyada «dvoryanin” degan tabaqa bo’lgan, ya’ni “prilijennio’y k tsarstvennomu dvoru” – podsho saroyiga yaqin bo’lgan kishi. Yana Evropada lord, gersog, baron… kabi tabaqalar borki, barchasi hukmdorga qanchalik yaqinlikni ajratib turadi. O’g’uz beklari ham saroyga shunday yaqin bo’lganlar.
Tarixchi olimlarimiz o’zlarining Yakubovskiy, Bartolt, Bertels kabi ustozlarining aytganlarini mahkam ushlab olmasdan asl manba’larni o’rganib, tahlil qilib fikr yurutsalar durust bo’lardi. Bizning tariximizni o’rganib, kitob yozganlari uchun u zotlardan minnatdormiz. Biroq bu borada bir haqiqat mavjud: bir millat tarixini o’rganib baho berayotgan boshqa millat vakilining bayon etilgan fikrida albatta o’z millati manfaati yotadi. Ana shu manfaat xolislik yo’lini to’sadi.»
Shuningdek, «o’zbek» so’zi etimologiyasining o’g’uz so’zi bilan bog’liqligi xususida tarixchi olimlar N.Norqulov va O’.Jo’raevlar sakkizinchi sinflarning «O’zbekiston tarixi» darsligida aytib o’tgan nuqtai nazari ham mavjud.
Yuqoridagi keltirilgan «o’zbek» atamasining kelib chiqishi bilan bog’liq bir farazning bir necha shaxs tomonidan bir xil asosga tayanib bildirilishi bejiz bo’lmasa kerak. Menimcha, bunda aniq bir tarixiy haqiqat namoyon bo’lmoqda.
Keyingi yozuvlarimizda bu xususdagi fikrlarimizni davom ettirish niyati bilan hozircha nuqta qo’yaman.
Davlat tili – millat faxri
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida” gi Qonuni 1989 yil 21 oktabr kuni qabul qilindi va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrdagi №167-I-sonli Qonuniga asosan, davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga mukammal o‘tishini ta’minlash maqsadida, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili tuo‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri qabul qilindi.
Bugungi kunda jahondagi ko‘plab mamlakatlar xalqlari davlatimiz ramzlari – O‘zbekiton Respublikasi bayrog‘i, gerbi, davlat madhiyasi qatorida o‘zbek tiliga ham hurmat bilan qarab, nafis va boy til sifatida yuksak baho berib kelmoqdalar.
Har yili 21 oktabr kuni mamlakatimizda til bayrami sifatida nishonlanishi an’anaga aylanib qolgan. Chunki, mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning milliy ruhini oshirish, madaniyat va san’tni yuksak pog‘onalarga ko‘tarish asosiy maqsadlardan hisoblanadi.
Insoniyat tarixida tilga doimo katta e’tibor berib kelingan. Kitobda tilshunoslik fanini rivojlantirish uchun, ayniqsa tilning jamiyatda tutgan o‘rni, qo‘llanilishi va rivojlanishi uchun zarur omillar hamda tilning insonlar ma’naviyati, madaniyati, urf-odati, mentaliteti bilan bog‘liq etnolingvistik va psixolingvistik jihatlarni chuqur o‘rganishga undochi da’vatlar bor.
Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur tushuncha sifatida belgilanmog‘i lozim.
O‘zbek tili bayrami sudlar tomonidan ham har yili munosib qarshi olinadi.
21 oktabr – o‘zbek tili bayrami munosabati bilan, Navoiy viloyati, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudi, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi va Navbahor tuman ma’muriy sudi xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan o‘zbek tili bo‘yicha mutaxassis, sudya va sud xodimlariga, o‘zbek tilining paydo bo‘lishi tarixi, uni til sifatida shakllanishi, o‘zbek tiliga berilayotgan e’tibor, ona tilimizning rivojlanishi uchun davlat tomonidan berilayotgan e’tiborlar haqida tushuntirish berib o‘tdi.
O‘zbek tili bayrami kunini nishonlash bo‘yicha o‘tkazilgan ma’rifiy tadbirda, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi A.Ibodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5850-sonli Farmoni qabul qilinganligi, Farmonga muvofiq, tegishli vazirliklar va keng jamoatchilikning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21 oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif ma’qullangani hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida, Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining
raisi A.Ibodov
Tuman sudining devonxona
mudiri B.Farmonov
5-sinf onatili I chorak O`zbek tiliga Davlat tili maqomi qachon berilgan?
A) bir belgining narsa – buyumlar orasida ortiq – kamligiga B) otlarning uchta shahsdan biriga tegishliligini bildirgan gaplarga C) Qancha? nechta? nechanchi? so`roqlariga javob bo`lib, narsaning son – sanog`ini va tartibini bildirgan so`zlarga D) qanday? qanaqa? so`roqlariga javob bo`lib, narsaning belgisini bildirgan so`zlarga
7. Tilshunoslikning Fonetika bo`limida nima o`rganiladi?
A) imlo qoidalari B) tovush tuzilishi C) harflar tizimi D) so`z va uning ma`nolari
8. Harf deb nimaga aytiladi?
A) tovushning yozuvdagi ifodasi B) so`zlash va yozish orqali ma`lum fikr bayon qilish
9. Nutq a`zolari berilgan qatorni toping?
A) burun, o`pka, ko`z B) til, quloq, tish C) un paychalari, o`pka, bo`g`iz D) yurak, lab, til
10. Qaysi qatordagi so`zlarga nuqtalar o`rniga A harfi qo`yilishi lozim?
A) Z…mon, H…mon B) H..li, H..zir C) K…mil, K…mol D) Q…don, Z…lom
11. O`zbek tilida nechta unli tovush va unli harf bor?
A) 5 tovush 5 ta harf B) 6 tovush 6 ta harf C) 6 tovush 10 ta harf D) 7 tovush 6 ta harf
12. Undosh tovushlar nechta?
A) 25 ta B) 24 ta C) 23 ta D) 29 ta
13. Orfoepiya deb nimaga aytiladi?
A) To`g `ri yozish me`yorlarini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limiga B) Tilning tovush tuzilishini o`rganuvchi bo`limiga
C) Gap va gapda so`zlarning bog`lanishi D) To`g`ri talaffuz me`yorlarini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limiga
14. Leksikalogiya deb Tilshunoslikning qanday bo`limida aytiladi?
A) so`zlarning imlo qoidalarini B) to`g`ri talaffuz qoidalarini C) so`z ma`nolari haqida D) hech qanday
15. Faqat talaffuzda tovush tushishi hodisasi sodir bo‘ladigan so‘zlar qatorini belgilang.
A) ikkala, oltov, yettovlon B) go‘sht, sust, baland C)yig’lab, o’ynab, og’zi D) ko‘ngli, shahri, sening
16. yashash so’zida qanday fonetik hodisa ro’y bergan? A) tovush tushishi B) tovush almashish C) tovush ortishi D) Hech qanday fonetik hodisa ro’y bermagan
17. Til orqa undoshlarini belgilang. A) g, k, ng B) t, z, s C) q, g’, x D) h, y
18. nufuz so’zining ma’nosi? A) aholi B) odamga, chin insonga xos xislat C) o’lchov D)obro-e’tibor, ta’sir
19. Qaysi gapda xatolik mavjud emas?
A) Ularni sinovdan o’tqaza boshladi
B) Qishloqdagilar o’zlari ishlashdan ko’ra robotni ishlatishni abzal ko’ra boshlashdi.
D) Ixtirochi bola o’zi yasagan robotni olib keldi va qishloq ahilini kashfiyot bilan tanishtirdi
20. Robotni birinchi ixtiro qilgan shaxs kim edi? A) Beruniy B) al-Jazariy C)Leonardo da-Vinchi D) Naita Rio
21 Maqolni davom ettiring: Ko’ngli ochiqning qo’li ochiq, qo’li ochiqning-…….
22. Past, sust so’zlariga –ay qo’shimchasini qo’shib yozing
23. Ushbu so’zlar ichidan tovush ortishi ro’y bergan so’zlarni yozing: parvoyim, shundan, seniki, meni, ko’ngli, sanoq, ishlov, mavqeyi, shahrimiz, varag’i, obro’yim, qishlog’imiz.
24. kardiolog so’zining ma’nosini yozing.
25. Tuyaga yantoq kerak bo’lsa, bo’ynini cho’zar. Fonetik hodisa ro’y bergan so’zni yozing
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Toyloqda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 32 yilligi tantanali nishonlandi
Bayram tadbiri Shopo‘lot mahallasida joylashgan madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi vakillari, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari, Xalq ta’limi bo‘limi xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirdan so‘z olganlar bundan o‘ttiz yil burun o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risida qonun qabul qilinganini xalqimiz qanday xursandchilik bilan qarshilagani, bu qonun millatimiz o‘zligining eng muhim belgisi bo‘lgan tilimizni qaytarib bergani, Prezidentimizning ushbu tarixiy sanani keng nishonlash to‘g‘risida qabul qilgan qarorida ham ona tilimizni asrab avaylash, uni yanada boyitishdek ezgu maqsad mujassam ekanligini ta’kidlashdi.
Shundan so‘ng tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayram tadbiriga navbat berildi. Maktab o‘quvchilari o‘zbek tili rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning hayot va ijodlarini ko‘rsatib beruvchi sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi.
Tadbir so‘ngida Davlat tilini rivojlantirish, o‘zbek tilining ona tili sifatidagi mavqeini oshirish, uning sofligini ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun tizimlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Tuman hokimligi axborot xizmati.
- Кўрилганлиги: 328
O’zbek tili davlat tili maqomi qachon berilgan
You’ve the opportunity to reading voice text information! In order to use choose any text after a few seconds, reading voice text will be started.
Understandable!
To contact address
Our adress:
140157, Samarkand region, Samarkand city, Kuksaroy Square, 1.
Land phone: (366) 235-08-57,
Fax: (366) 235-69-23
E-mail:samgasn2012@mail
Bus direction: 3, 6, 10, 21, 22, 33, 41, 44, 51, 52, 58, 64, 66, 72, 122
Reference point: crossing of Bustonsaroy and Mirzo Ulugbek Streets,
Feedback
[contact-form-7 title=”Contact form 1″]
- ABOUT INSPECTION
- Ochiq ma’lumotlar
- Fuqarolarni qabul qilish tartibi
- Annual reports
- Targeted programs
- Fact and figures
- Business plan
- inspection history
- Requisites
- Days of reception of citizens
- Struktural subdivisions
- Edicts of the President
- Edicts by Oliy majlis
- Edicts by Vazirlar maxkamasi
- Events
- Announcements
- Constitution
- Viloyat shaxar va tumanlari
- Photogallery
- Videogallery
- Davlat xizmatlari
- Samarqand viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga yuboriligan habarnomalar haqida.
- Qurilish montaj ishlarini boshlash haqida habarnoma yuborish tartibi
- permits
- Construction work permit
- Technical inspection of buildings
(O`zbekcha) 21-oktabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Barchaga bayram muborak bo’lsin!
Sorry, this entry is only available in O`zbekcha and Русский.
- Views: (7)
(366) 235-08-57
(366) 235-69-23Working hours: 09:00-18:00
Number of complaints from the public and Entrepreneurs of admitted to the helpline
Total requests: 3
97% Complete
0% Complete (warning)
The order of the organizationTime: 08:30 – 17:30
Lunch: 13:00 – 14:00
7 days a weekJanuary 2023
M T W T F S S « Dec 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 Subscribe to news
General contactsOur adress:
140157, Samarkand region, Samarkand city, Kuksaroy Square, 1.
Land phone: (366) 235-08-57,
Fax: (366) 235-69-23
E-mail:samgasn2012@mail
Bus direction: 3, 6, 10, 21, 22, 33, 41, 44, 51, 52, 58, 64, 66, 72, 122
Reference point: crossing of Bustonsaroy and Mirzo Ulugbek Streets,Land phone: .
Last update site: 27.01.2023
- Business plan
- Targeted programs
- Fact and figures
- News
- ABOUT INSPECTION
- Tadbirkorlar burchagi
- Ma’lumotnoma
- Constitution
- Viloyat shaxar va tumanlari
- Davlat organlari saytlari
- GALLERY
- Ochiq ma’lumotlar
- Inspeksiya nizomi
- Struktural subdivisions
- Ishga qabul qilish bo’yicha ochiq tanlov ma’lumotlari
- Ochiq ma’lumotlar