Qizlar uchun ichki kiyimlar va cho milish kiyimlari O zbekiston bo yicha
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi [462-son] qarori bilan Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlariga ham ta’lim muassasalariga kirishda imtiyoz taqdim etilgan.
OTMga o‘qishga kirishda kimlarga imtiyoz berilgan?
16 iyun kuni oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan barcha imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, inventarizatsiyadan o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. «Juda ko‘p va xo‘p imtiyozlarimiz bor. Keyingi o‘quv yilidan shu imtiyozlarning vaqtini yashab bo‘lganlaridan voz kechamiz», — degandi vazir. Shundan kelib chiqib, «Gazeta.uz» ta’lim muassasalariga kirishda OTMlarga kirishda kimlarga qanday imtiyozlar taqdim etilgani borasidagi ma’lumotlarni bir materialga jamladi.
1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari
Prezidentning 1999 yil 10 iyundagi [PF-2326-son] farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo‘lgan o‘quvchilar OTMlarning bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
2. Tavsiyanomaga ega harbiy xizmatchilar
Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, DXX va Milliy gvardiya rahbarlarining birgalikdagi [3215] qarori asosida 2020 yil 31 yanvarda harbiy xizmatchilarga tavsiyanoma berish tartibi tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, tavsiyanomalar O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi.
Tavsiyanomaga ega abituriyentlar quyidagilarga ega bo‘ladi:
- respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga;
respublikaning oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun OTMga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga.
3. Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi [462-son] qarori bilan Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlariga ham ta’lim muassasalariga kirishda imtiyoz taqdim etilgan.
Unga ko‘ra, Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar beriladi.
Tavsiyanoma quyidagilarga beriladi:
- Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning haqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlariga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga va Milliy gvardiya xodimlariga;
- harbiy xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, yaralangan, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga beriladi.
4. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari
Prezidentning 2017 yil 21 noyabrdagi [PQ-3402-son] qarori bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga har yili «Yoshlar kuni» arafasida topshirish haqidagi taklifi ma’qullansin.
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga talabgorlar O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Uning natijalariga ko‘ra Komissiya tomonidan prezidentga takliflar kiritiladi. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash prezident qarori bilan amalga oshiriladi.
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan o‘quvchilar OTMlarning bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
5. Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 maydagi [375-son] qarori bilan Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Ushbu nizom ichki ishlar organlarining shahodatlangan xodimlari, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarining farzandlariga (vasiylikka olingan farzandlar bundan mustasno) nisbatan tatbiq etiladi.
Davlat OTMlarning bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining iltimosnomasiga asosan vazir tomonidan beriladi.
Bundan tashqari, huddi shu tartibda vazir tomonidan Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy ta’limdan keyingi ta’limdan tashqari) va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun taqdimnoma beriladi.
6. Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega abituriyentlar
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi [393-son] qarori bilan harbiy xizmatchilar orasidan yuqori natijalarga erishgan, har bir harbiy qismdan bittadan yosh harbiy xizmatchi harbiy qism qo‘mondonligi (rahbariyati) va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga tasdiqlangan davlat granti kvotalariga qo‘shimcha ravishda imtihonlarsiz qabul qilinadi.
7. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasini qo‘lga kiritganlar
Vazirlar Mahkamasi 2017 yilning 14 noyabrida [914-son] sonli qaror bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish tartibini tasdiqlab bergan.
Hujjatga asosan tavsiyanomalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlarga, boshlang‘ich tashkilotlardagi yo‘nalish yetakchilariga, ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlarga beriladi. Tavsiyanomalar Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrining bir nafardan (jami 14 nafar) yoshlariga taqdim etiladi.
Tavsiyanomalarga ega bo‘lgan yoshlar O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan doimiy yashash joyidagi OTMlarning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
8. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari
Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi [226-son] qarori bilan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar, nomdor stipendiyalar g‘oliblari bo‘lgan bitiruvchilarga ham imtiyozlar berilgan.
Xalqaro va milliy miqyosdagi tanlov va musobaqalar, respublika olimpiadalarining g‘oliblariga berilgan guvohnomalar asosida test sinovisiz hamda qo‘shimcha imtihonsiz (o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha) OTMlarning ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadi.
Prezident davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatgandan so‘ng 2 yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng 1 yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
9. «Nihol» mukofoti sovrindorlari
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 9 avgustdagi [169-son] qaroriga muvofiq, jami beshta nominatsiya — estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, opera ijrochiligi va raqs san’ati bo‘yicha tanlovlar g‘oliblariga «Nihol» mukofoti beriladi. «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari tanlovda ishtirok etmaydi.
«Nihol» mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar madaniyat, san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi (ansambl, jamoa sifatida ishtirok etganlar bundan mustasno), mamlakatning atoqli san’atkorlaridan saboq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
10. Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari
Prezidentning 2020 yil 21 apreldagi [PQ-4688-son] qaroriga asosan badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblariga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtiyoz beriladi.
11. «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» respublika tanlovi g‘oliblari
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi [468-son] qarori bilan «Yilning eng yaxshi tarbiyachisi» respublika tanlovi g‘oliblariga davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga imtihonsiz kirishda imtiyoz beriladi.
12. «Hamshira» respublika tanlovi g‘oliblari
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi [393-son] qaroriga ko‘ra, tibbiyot muassasalari hamshiralarining «Hamshira» respublika tanlovi g‘oliblari oliy ta’lim muassasalariga, mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.
13. To‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar
Prezidentning 2021 yil 9 avgustdagi [PQ-5216-son] qarori asosida oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (yigirma besh yoshga to‘lmagan) chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi.
14. Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi [393-son] qarori bilan Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan yo‘nalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.
15. Xalqaro imtihon tizimlari sertifikatlariga ega abituriyentlar
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi [468-son] qaroriga ko‘ra, ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga o‘qishga kirishda mazkur fan doirasida testdan ozod etiladi va maksimal ball beriladi.
16. Kollej yoki texnikumdagi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar
Vazirlar Mahkamasining 9 iyundagi [322-sonli] qaroriga muvofiq, kollej yoki texnikum diplomidagi mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar kontrakt asosida OTMga qabul qilinadi. Bunda tavsiyanomaga ega abituriyentlar orasida alohida test o‘tkaziladi, ular orasidan yuqori ball to‘plagan 500 nafarigina OTMga kira oladi.
17. Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun tavsiyanoma
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi [402-son] qarori bilan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratiladi.
18. Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega abituriyentlar
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 noyabrdagi [675-son] qarori bilan kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beriladi.
19. Profilaktika inspektorlari
Prezidentning 2021 yil 30 noyabrdagi [PQ-23-son] qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari quyidagi OTMga kirish imtihonlarisiz sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilinadi:
- Jamoat xavfsizligi universitetiga;
- Toshkent davlat yuridik universitetiga;
- yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat OTMga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bundan mustasno).
Bunda profilaktika (katta) inspektorlariga o‘qishga tavsiyanomalar berish uchun komissiya tashkil etilib, nomzodlar test imtihonlaridan o‘tkaziladi.
Tavsiyanomalar OTM o‘rtasida teng taqsimlanadi.
O‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablag‘lari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.
20. «Vatan tayanchi» harakatining faol a’zolari
Prezidentning 2022 yil 2 martdagi [PQ-150-son] qarori asosida Mudofaa vazirligi huzurida «Vatan tayanchi» bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, maktablarda esa uning otryadlari tashkil etiladi. Unga ihtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan 10−11-sinf o‘quvchilari orasidan bir nafariga OTMga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi. Bunda uning harakat faoliyatidagi ishtiroki va maktabdagi baholari inobatga olinadi.
2020 yilda «Gazeta.uz» Komil Jalilovning imtiyoz borasidagi maqolasini e’lon qilgandi. Unda muallif Konstitutsiya va testologiya fani talablariga muvofiq kelmaydigan mantiqsiz imtiyozlar tizimi yosh avlodning adolatga ishonchini yo‘qqa chiqaradi hamda universitetlarga haqiqatan munosib nomzodlarni qabul qilishga to‘sqinlik qiladi, deya fikr bildirgandi.
Qizlar uchun ichki kiyimlar va cho’milish kiyimlari O’zbekiston bo’yicha
Qizlar uchun ichki kiyimlar va cho’milish kiyimlari O’zbekiston bo’yicha – Glotr.uzdagi eng yaxshi takliflar
Internetdagi savdo maydonchamizda siz O’zbekiston bo’yicha taklif qilingan Qizlar uchun ichki kiyimlar va cho’milish kiyimlari kategoriyasidagi mahsulotlarni tez, oson va qulay sotib olishingiz mumkin. Saytda xarid qilish uchun maqbul shartlarga ega eng yaxshi takliflar mavjud. O’zbekiston bo’yicha Qizlar uchun ichki kiyimlar va cho’milish kiyimlari kategoriyasidagi mahsulotlarini sotadigan kompaniyalar arzon narxlar, tezkor yetkazib berish va xaridorga foydali bo’lgan boshqa imkoniyatlarni taklif qiladi.
Bu yerda siz O’zbekiston bo’yichagi Qizlar uchun ichki kiyimlar va cho’milish kiyimlari uchun eng maqbul narxni topasiz, bu sizning xarajatlaringizni iloji boricha kamaytiradi. Bundan tashqari, izohlarning mavjudligi va fotosurat bilan O’zbekiston bo’yichagi kategoriya qisqacha tavsifi sizga taklif qilinayotgan mahsulot haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi.
Glotr.uz onlayn-savdo markazi O’zbekiston bo’yichagi Qizlar uchun ichki kiyimlar va cho’milish kiyimlari kategoriyasidan biron narsani sotmoqchi bo’lganlar uchun qulay va foydalidir. Loyiha har bir biznes vakiliga maqsadli auditoriyani kafolatlangan ishtirokisiz bepul o’z sahifalarini yaratishga imkon beradi. Bu erda siz fotosurat qo’yishingiz va O’zbekiston bo’yicha Qizlar uchun ichki kiyimlar va cho’milish kiyimlari seriyasidagi mahsulotlar narxlarini ko’rsatishingiz, shuningdek boshqa sotuvchilarning o’xshash takliflari to’g’risida ma’lumot olishingiz mumkin.
Glotr.uz yordamida O’zbekiston bo’yicha Qizlar uchun ichki kiyimlar va cho’milish kiyimlari kategoriyasidan mahsulotlarni sotish va sotib olguncha siz juda qulay va foydali imkoniyatga ega bo’lasiz.!
Boshqa kategoriyalar
- Sovitgichlar
- Yuz uchun kremlar
- RLC o’lchagichlari
- Noutbuklar
- Avtomatik tikuv mashinalari
- Soch uchun moylar
- Akkumulyator batareyalari
- Soyabonli chiroqlar
- Kabel qayiqlari
- Svetodiodli panellar
- O’lchov o’zgartirgichlari
- Temir-beton mahsulotlari
- Boshqa kabel va simlar
- Uzluksiz quvvatlash manbalari
- Boshqa o’lchov asboblari
- Muftalar
- Blenderlar
- Yuk avtomobillari uchun shinalar
- Ereksiya buzilishida ishlatiladigan dorilar
- Yuviluvchi gulqog’ozlar