Jomboy tuman xalq ta limi bo limiga qarashli 7-umumta lim maktabi rasmiy sayti
1. Tashkiliy qism: Darsning mavzusi va maqsadi e’lon qilinadi. Daftarga sana va mavzu yoziladi.
Matematika 1 sinf dars ishlanma
3-sinf uchun matematika fanidan 1 soatlik dars ishlanma
Mavzu: 320+250 ko’rinishidagi ifodalar
•Darsning maqsadi:
•Ta’limiy maqsad: Oquvchilarga 320+250 ko’rinishidagi ifodalarning yechishni sodda usulini o’rgatish. Amallar tartibiga ko’ra misollar yechish malakasini takomillashtirish.
•Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish.
•Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda mustaqil fikrlash va hozirjavoblik hislatlarini tarkib toptirish.
•Darsning metodi: Muammoli, amaliy mashq, savol-javob, ko’rsatmalilik, o’yin.
•Darsning jihozi: Darslik, misol va masalalar yechishga oid rasmlar, sonlar ko’rgazmasi, multimediya texnika vositasi.
Eslatma: Agar siz saytga va yoki Ucoz sistemasiga a’zo bo’lmasangiz faylni ko’chirib olish xizmati Sizga ko’rinmasligi mumkin!
Jomboy tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 7-umumta’lim maktabi rasmiy sayti
Mavzu : “Sonli va harfli ifodalar”
Dars taqsimoti :
1 Tashkiliy qism 5 daqiqa
2. O`tgan mavzuni so`rash 5 daqiqa
3. O`tgan mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
4. Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
5. Yangi mavzuni mustahkamlash 6 daqiqa
6. Darsning yakuni.Uyga vazifa berish va baholash 4 daqiqa
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: “Sonli va harfli ifodalar”
Soatlar soni: 1 soat
Mavzuni qisqacha ta’rifi: O’tilgan mavzuni mustahkamlash, sonli va harfli ifodalar mavzusi yuzasidan tushuncha berish
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: Guruhlash metodi
Shakl: jamoa va kichik guruhlar bilan ishlash
Jihoz: darslik, doska va bo’r, tarqatma materiallar
Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish
Baholash: o’quvchilar 5 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.
Darsning maqsadlari
Ta’limiy: Sonli va harfli ifodalar mavzusida yangi bilimlarni egallash, sonli va harfli ifodalarda misollar bilan mustahkamlash
Tarbiyaviy: mavzuni tushuntirish va mustahkamlash jarayonida o’quvchilarning hozirjavoblik, zukkolik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Kutilayotgan natija
O’qituvchidan:
Mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish, o’quvchilarning harfli va sonli ifodalar haqidagi misol va masalalarni yechishni o’zlashtirishga darsga o’quvchilarning faol qatnashishiga erishish
O’quvchilardan:
Chiroyli, to’g’ri, xatosiz yozishga o’rganadi. Turli mashqlar yordamida sonli va harfli ifodalarni o’rganish malakalari takomillashadi
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt
1 – bosqich
Tashkiliy qism Salomlashish.O`quvchilarni darsga tayyorlab olish. Navbatchi hisoboti. She’rlar va maqollar aytish.
Savol – javob , suhbat , ko`rgazmalilik .
3 daqiqa
2 – bosqich
O`tgan mavzuni so`rash O`tilgan mavzu: ,,Natural sonlarni ayirish va uning xossalari“ mavzusini so`rash va nazorat qilish. Daftarlarni almashtirish. O`quvchilarni 4 guruhga bo`lish .
Savol – javob , suhbat .
5 daqiqa
3 – bosqich
O`tilgan mavzuni mustahkamlash . O`tilgan mavzuni ,, Qarmoq “ , ,,Pochtachi “ o`yinlari orqali mustahkamlash . Didaktik o`yin , musobaqa .
5 daqiqa
4 – bosqich
Yangi mavzu bayoni Yangi mavzu: “Sonli va harfli ifodalar”. Mavzu yuzasidan tushuntirish;
Darslikda 1-6-misol va masalalarni tushuntirish va
Guruhlar bilan birgalikda bajarish
Tushuntirish, ko`rgazmalilik , musobaqa, o`yin .
20 daqiqa
5 – bosqich
Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun metod va texnologiyalardan foydalanish
“Zinama-zina” didaktik o`yini
7 daqiqa
6 – bosqich
Dars yakuni Uyga vazifa 7-8- misol va masalalar. Uy ishini tushuntirish. Guruh ishini, darsga faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash.
Tushuntirish , nazorat
5 daqiqa
Darsning borishi:
1-bosqich. Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga tayyorlab olish :
Salomlashish. Sinf tozaligini ko`zdan kechirish
O`qituvchi : Darsimiz qaysi dars ?
O`quvchilar : Matematika darsi.
O`qituvchi : Hamma darsga tayyormi ?
O`quvchilar : Tayyormiz.
O`quvchilar yaqinlashib kelayotgan davlat ramzlari bayroq va konstitutsiyamiz qachon qabul qilinganligi haqida ma’lumotlarni aytib o`tadilar.
Navbatchi hisoboti tinglanadi :
Bugun darsimizda 31 ta o`quvchi qatnashyapti. Shulardan 15 tasi qizlardir.O’lkamizda kuz faslining so’nggi oyi o’z jozibasini taratmoqda.
Ikkinchi navbatchi:
Sana, oy, yil haqida ma’lumot beradi. sinfimiz toza va ozoda .Gullarimizni yaxshi parvarish qilayapmiz
O`qituvchi : Barakalla,bugun navbatchilarimiz ishiga besh baho qo`yamiz.Ikki
navbatchiga “Eng dono” rasmlari beriladi.
2 – bosqich. O`tgan mavzuni so`rash
O`qituvchi : Qani bolajonlar , o`tgan darsimizda qaysi mavzuni o`tgan edik ?
O`quvchi : “Natural sonlarni ayirish va uning xossalari” . Uy ishi 18-19 – masala va misol berilgan edi .
O`qituvchi o`quvchilarni daftarlarida uy ishlarini kim yozib bajarib kelgan kelmaganliklarini bir nazorat qilib chiqadi , daftarlar almashtiriladi .
18- misol
1) 4487-923=3564
2) 3010-2318=692 3) 19334-15722=3612
19- masala
Kit akuladan 20 metr uzunroq. Agar kitning uzunligi 31 metr bo’lsa, akulaning uzunligini toping.
Yechish: 1) 31-20=11
Javob: akulaning uzunligi 11 metr.
Demak o’tgan darsimizni qisqacha takrorlab olamiz:
4-bosqich. Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi : Aziz o`quvchilar endi sizlar bilan yangi mavzuni o`rganishga kirishamiz.
Yangi mavzu: Sonli va harfli ifodalar
O`qituvchi : Bolajonlar, biz siz bilan sonli ifodalar ustida misol va masalalar yechishni o`rganib kelganmiz. Endi harfli ifodalar ham qatnashgan misollarni qaraymiz:
SONLI VA HARFLI IFODALAR
Sonli ifodalar
(280 – 120) + 60 yozuv sonlar, arifmetik amallar va qavslardan tuzilgan. Bunday yozuvlar sonli ifodalar deb ataladi.
Sonli ifodada amallar ko’rsatilgan tartibda bajarilsa, sonli ifodaning qiymati hosil bo’ladi. Yuqoridagi sonli ifodaning qiymati 460 ga teng.
1- misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan 6 dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Masalani sonli ifoda tuzib yechamiz. Ishchi ikkinchi soatda 12 + 6 dona detal tayyorlagan.
Demak, u ikki soat ichida 12 + (12 + 6) dona detal tayyorlagan.
12 + (12 + 6 ) yozuv sonli ifodadir. Uning qiymati 30 ga teng. Demak, ishchi ikki soatda jami 30 ta detal tayyorlagan.
2- misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan 8 dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Bu masalani yechish uchun 12 + (12 + 8) sonli ifodani hosil qilamiz. Bu ifodaning qiymati 32 ga teng. Demak, ishchi 2 soatda jami 32 dona detal tayyorlagan.
Harfli ifodalar
Yuqorida ko’rilgan ikki masala bir-biridan 6 sonini 8 soniga o’zgartirilgani bilan farq qiladi. Hargal bu masalalarni yangidan yechmaslik uchun, masaladan-masalaga o’zgarib borayotgan sonni m harfi bilan belgilaymiz. Unda bu ikki masala quyidagi yangi masalaga birlashadi:
3-misol. Ishchi 2 soat ishladi. U birinchi soatda 12 dona, ikkinchi soatda esa undan m dona ko‘p detal tayyorladi. Ishchi ikki soatda jami necha dona detal tayyorlagan?
Yechish. Bu masalani yechish uchun ham 1- misoldagidek ifoda tuzamiz:
12 + (12 + m).
Bu ifodada sonlar bilan bir qatorda m harfi ham qatnashyapti. m harfi o’rniga 6 sonini qo’ysak, 1-masala uchun tuzilgan sonli ifodani, 8 sonini qo’ysak, 2-masala uchun tuzilgan sonli ifodani hosil qilamiz. Bu sonli ifodalar qiymatini hisoblab mos ravishda 1- va 2-masala yechimlarini topamiz.
Son va harflar qatnashgan ifoda harfli yoki harfiy ifoda deb ataladi.
Harfli ifodadagi harf o’rniga turli sonlarni qo’yish mumkin. Bu sonlar harfning qiymatiari deb ataladi. Harf o’rniga son qo’yib hisoblaganda chiqqan natija harfli ifodaning qiymati deyiladi.
Dam olish daqiqasi 1) Nafas olishga doir mashqlar
Keyingi bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash :
1-topshiriq Sonli ifodalarni topish uchun darchalarni to’ldirish daftarda bajariladi
2-topshiriq b=20 bo’lganda, harfli ifodaning qiymatini aniqlang
3-topshiriq daftarda bajariladi:
O`qituvchi : Aziz o`quvchilar bugungi darsimizni tushundilaringizmi ?
O`quvchilar – ha :
O`qituvchi : Unda uyga vazifani belgilab olingizlar .
Uyga vazifa : 8-9– masala va misollar.
28-12=16 28-24=4 139-109=30 523-109=414
9-misol
(19-7*1)+(9*1-8)=12+1=13 (19-7*2)+9*2-8)=5+10=15
(5*1-3)+(8*1+16)=2+24=26 (5*2-3)+(8*2+16)=7+32=39
O`qituvchi: Sinfimizda faol qatnashgan o`quvchilariga rag`bat kartochkalati beriladi va ballar qo`yiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati .
1) A . Yo . Yusupov ,, Matematika kechalari “ Toshkent . 1976 – yil
2) Bikboyeva N . U . Va boshqalar . ,, Boshlang`ich “ sinflarda matematika o`qitish metodikasi . Toshkent . ,, O`qituvchi “ 1996 – yil
3) Boltayev J . Qodirov B ,, Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar ,, Toshkent “ , ,, O`qituvchi “
4) Burxonov S., Xudoyorov O`., Norqulova Q., ,,Matematika “ 3-sinf. Toshkent ,, O`qituvchi “ 2012 – yil
5) Quchqarov A., Sariqova Sh., Usmonova P., Raxmonov U. “Matematika”.4-sinf. Toshkent. “O`qituvchi”. 2013-yil.
6) T . G`affarova ,, Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” 2012 – yil
7) ,, Boshlang`ich ta’lim jurnali 2009 – yil aprel 4 – son
8) ,, Boshlang`ich ta’lim “ jurnali mart 3 son .
17-umumta’lim maktabi matematika fanidan ochiq dars
Darsda foydalaniladigan metodlar: noan’anaviy, zamonaviy, interfaol, ana’naviy.
- texnikta’minot (kompyuter va multimediali vositalar);
- dasturiy ta’minot (kompyuter dasturlari (masalan, grafiklar chizish; shakllar yasash; standart masala va mashqlarni yechish);
- didaktik materiallar: amaliy mashqlar; variantlari; tarqatma materiallar.
- ko’rgazmali vositalar: plakatlar; yasama shakllar; jadvallar; prezentatsiyalar.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism: Darsning mavzusi va maqsadi e’lon qilinadi. Daftarga sana va mavzu yoziladi.
2. Uy vazifalarini tekshirish: Agar uy vazifasibi bajarishda muammolar paydo bo’lgan bo’lsa, u holda o’quvchilar bilan birgalikda muhokama etiladi.
3. Takrorlash:
1) Kvadrat tenglama va uning ildizlari
2) Chala kvadrat tenglamalar
- Kataklardagi kvadrat tenglamalar ko’rsatiladi.
- Birinchi to’g’ri javobga o’ng qo’l ko’tariladi.
- Ikkinchi to’g’ri javobga chap qo’l ko’tariladi.
- Uchunchi to’g’ri javobga har ikkala qo’l ko’tariladi.
1-masala: To’g’ri to’rtburchak shaklidagi yer maydonining yuzi 140 ga bo’lib, uning bir tomoni ikkinchisidan 400 m ga katta bo’lsa, uning tomonlarini toping.
Yechish: х m – yer maydonining bir tomoni, ikkinchi tomoni esa x+300 m. Tenglama tuzamiz: х(х+400)=1400 000.
Javob: D=5760000, х1=1000 m, х2=1400 m .
Xulosa: Bunda kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasidan foydalanildi.
2-Masala. Agar to’p yuqoriga qarab 40 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan bo’lsa, u necha sekunddan keyin 60 m balandlikda bo’ladi?
Yechish: Fizika kursidan ma’lumki, H = v0t – gt 2 /2, bunda H – balandlik, v0 – boshlang’ich tezlik, t – vaqt, g =10 m/s. Tenglama 60 = 40t – 5t 2 (Javob: t1= 2, t2 = 6).
3-Masala. Shaxtaga tosh tashlandi va uning shaxta tubiga tekkan ovozi 9 sekunddan keyin eshitildi. Tovush tezligini 320 m/s, og’irlik kuchining tezlanishini esa g=10 m/s 2 deb hisoblab, shaxtaning chuqurligini aniqlang.
Yechish: Shaxtaning chuqurligi topish uchun toshning shaxta tubiga tushish vaqti t ni aniqlash yetarli, chunki shaxtaning chuqurligi tushish qonuniga ko’ra gt 2 /2 m ga teng.
Shart bo’yicha g=10 m/s 2 . Shuning uchun shaxtaning chuqurligi 5t 2 metrga teng.
Ikkinchi tomondan, shaxtaning chqurligini tovush tezligi 320 m/s ni toshning shaxta tubiga borib tekkan ondan to zarba ovozi eshirilguncha o’tgan vaqtga, ya’ni (9-t) sekundga ko’paytirib topish mumkin. Demak, shaxtaning chuqurligi 320(9-t) metrga teng.
Shaxtaning chuqurligi uchun topilgan ikki ifodani tenglashtirib, 5t 2 =320(9-t) tenglamani hosil qilamiz. Bu tenglamani yechamiz:
Hosil qilingan kvadrat tenglamaning ildizlarini topamiz:
Toshning tushush vaqti musbat bo’lgani uchun t=8 s bo’ladi.
Demak, shaxtaning chuqurligi quyidagiga teng: 5t 2 =5 (m).
Javob: 320 m.
4-Masala. Tezyurar avtobus avtovokzaldan 40 km uzoqlikdagi aeroportga qarab jo’nadi. Oradan 10 minut o’tgandan keyin avtobusning ketidan taksida yo’lovchi jo’nadi. Taksining tezligi avtobus tezligidan 20 km/soat ortiq. Agar ular aeroportga bir vaqtga yetib kelgan bo’lsa, taksi bilan avtobusning tezligini toping.
Avtobusning tezligi x km/soat bo’sin, bu holda taksining tezligi (x+20) km/soat bo’adi. Avtobusning harakat vaqti 40/x soat, taksining harakat vaqti esa 40/(x+20) soat bo’ladi. Masalaning shartiga ko’ra avtobus bilan taksi harakatlari vaqti orasidagi farq 10 min gat eng, ya’ni 1/6 soat. Demak,
Hosil bo’lgan tenglamani yechamiz. Tenglamaning ikkala qismini 6x(x+20) ga ko’paytirib, quyidagini hosil qilamiz:
Bu tenglamaning ildizlari:
x ning bu qiymatlarida (1) tenglamaga kiruvchi kasrlarning maxrajlari nolga teng emas. Shuning uchun (1) tenglamaning ildizlari bo’ladi.
Avtobusning tezligi musbat bo’lgani uchun, masalaning shartini faqat bitta ildiz qanoatlantiradi: x=60. Shuning uchun taksining tezligi 80 km/soatga teng.
Javob: Avtobusning tezligi 60 km/soat, taksining tezligi 80 km/soat.
6. Mavzuni mustahkamlash:
Ta’lim texnologiyalari elementlari:
1 0 . «Insert» texnikasi:
1. Siz quyidagilar to’g’risida nimalarini bilasiz?
2. Siz shunga o’xshash yana qanday yangiliklarni bilishni xoxlar edingiz?
3. Sizga quyidagilar to’g’risidagi bilimlar nima uchun kerak?
Insert jadvali qoidasi (o’qish jarayonida olingan ma’lumotlarni alohida o’quvchilar o’zlari tizimlashtiradilar – jadval ustunlariga “kiritadilar” matnda quyidagi belgilarni qo’yadilar):
– avval olgan bilimiga to‘g‘ri keladi;
+ – yangi ma’lumot;
— – olgan bilimiga qarama-qarshi;
? – tushunarsiz (aniqlanishi zarur bo‘lgan ma’lumot).
- Kvadrat tenglama koeffisiyentlari haqida nimalarni bilasiz?
- Chala kvadrat tenglama deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.
- Tenglamaning ildizi deb nimaga aytiladi?
- Haqiqiy ildizlarning mavjudligini qanday tekshiramiz?
- o’qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o’ylab chiqish, so’ng qisqa javoblar yozish tartibida;
- o’quvchilar juftliklarga bo’linib, bir – biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi.
- o’qituvchi bir necha juftliklarga besh sekund davomida sinfga o’z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.
- Xo’jalikning yer maydoni.
- Hosildorlik.
- Mahsulotni ishlab chiqarish va uning tannarxi.
- kuzatuv (qaysi formulalardan foydalanish maqsadga muvofiq);
- natijani oldindan ko’ra bilish (maqsad nima?);
- gipotezalarni tahlil qila bilish (teskaridan tahlil qilish lozimdir);
- yechishning rejasini tuzish;
- yechishni bajarish;
- tuzatish (texnik xatolarni aniqlash va ularni tuzatish);
- tekshirish (masalan,o’rniga qo’yish yo’li bilan);
- baholash (misol yoki masalani soddaroq holda yechish mumkinmi?);
- qo’llay bilishni o’rganish (avval yechilgan misol va masalalarga qo’llash mumkinmi?);
- mavzuni rivojlantira bilish (masalan, umumlashtirish, yangi ma’no berish va hokazo).
- “Ming bir hikmat” videojamlanmalar (1)
- Attestatsiya savollari (2)
- Davlat dasturlari (3)
- DTS va o’quv dasturlari (1)
- Elektron kutubxona (3)
- Elektron tarixiy kitoblar (2)
- E’lonlar (5)
- Radio (1)
- Savol-javoblar (2)
- Yevropa mamlakatlari (1)
- Dars ishlanmalar (10)
- Ibratli hikoyalar o’qituvchilarga (2)
- Ilg’or texnologiyalar (1)
- METODIKA (32)
- TA’LIM METODLARI (23)
- 1)Darsning tashkiliy qismi uchun tavsiya (2)
- 2)O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya (2)
- 3)Yangi mavzuni bayoni uchun tavsiya (1)
- 4)Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya (2)
- 6)Uyga vazifa uchun tavsiya (7)
- 7)O’quvchilar uchun RAG’BAT kartochkalar (3)
- “Interaktiv taqdimotli o’yinlar” (4)
- Fanlardan taqdimotlar (4)
- Taqdimot shablonlari (2)
- “Bilimlar bellashuvi” ga tayyorlanmoqchimisiz? (12)
- “Fan olimpiadasi” ga tayyorlanmoqchimisiz? (13)
- ALLOMALAR (18)
- Bahorgi ta’til topshiriqlari (7)
- Foydali maslahatlar (2)
- Ibratli hikoya (2)
- Krossvordlar (6)
- Huquq fanidan krossvordlar (2)
- ONLINE TESTLAR (6)
- 8-sinf O’zbekiston tarixi: Online test savollari (5)
- 6-sinf tarix: Yopiq test savollari. (5)
- Buxoroning tarixiy obidalariga virtual sayohat (10)
- Samarqandning tarixiy obidalariga virtual sayohat (18)
- Toshkentning tarixiy obidalariga virtual sayohat (2)
- Xivaning tarixiy obidalariga virtual sayohat (9)
- Bolam baxtli bo’lsin, desangiz… (7)
- Ibratli hikoyalar ota-onalar uchun (2)
- Tarbiya (16)
- ENG-ENG-ENG… (1)
- Siz buni bilasizmi? (13)
- Tarix fanidan videojamlanma (7)
Yanvar 2023
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya « Noy 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 Arxivlar
Yangi sharhlar
- Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
- 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
- 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga
- Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Nozima “ga
- 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” shuhrat “ga
- 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” Charosxon Voxidova “ga
Boshqaruv paneli
© 2016-2021 yil Sh.Nurg’oziyev ishlanmasi
Ushbu veb-sayt O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuni bilan himoyalangan. Sayt materiallarini ko`chirib olib, ruxsatsiz chop etish qat`iyan ta`qiqlanadi. Veb-sayt mobil telefon, planshet, kompyuter va boshqa shunga o’xshash uskunalar orqali foydalanishga moslashtirilgan.
Saytimiz mehmonlari! Sizlardan iltimos saytimiz bo’yicha kamchiliklar bo’lsa, tanqidiy yondashgan holda o’z fikrlaringizni bildiring. Sizning sayt bo’yicha bildirgan tanqidiy fikrlaringiz saytimiz rivoji uchun xizmat qiladi. “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoyisi” Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich
Yangi fikrlar
- Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
- 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
- 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga
Murojaat qiling:
- Jizzax v, Do’stlik tumani
- Telefon: + 998 (94) 918 02 27
- Email: Shuhratbek@umail
4 0 . B/BX/B jadvali (jadvalda keltirilgan misollarga qarab davom ettiring).
aх 2 + bх + c = 0 kvadrat tenglama ildizlari formulasini yozing:
Quyidagi hollarda kvadrat tenglama nechta ildizga ega?–
Amaliy masala va uni tezkor yechish. Tezkor ishlash yo’li bilan ana shu formuladan foydalangan holda ko’plab amaliy masalalarni yechish mumkinligini tushinish. Masalan, nonning narxi muammosini qarab chiqaylik. Quyidagi graflarni to’ldiraylik:
O’quvchilar 4 ta guruhga bo’linib bu kataklarni to’ldirishadilar.
Bosh mavzu: «Non rizqimiz».
7. Muammoli savollar:
1. Biz darsda kvadrat tenglama haqida nimalarni o’rgandik?
2. Kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasidan foydalanishni kim qanday o’rgandi?
3. Kvadrat tenglama tuzib yechiladigan masalalarda nimalarga e’tibor berish lozim?
4. Kvadrat tenglama ildizlarini topish formulasiga oid ko’rgazmali vosita tayyorlang.
8. Dastlabki nazorat:
1) Ko’paytmsi 210 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket natural sonni toping.
2) Ko’paytmasi 399 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket toq sonni toping.
9. Natijalar tahlil qilinadi. Kvadrat tenglamalar yordamida bir nechta masala tuziladi va dars mobaynida qizil kartochka, yashil kartochka va sariq kartochkakar hisoblanib, o’quvchilar baholanadi.
10. Uyga vazifa:
1. Ko’paytmsi 156 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket natural sonni toping.
2. Ko’paytmasi 255 ga teng bo’lgan ikkita ketma-ket toq sonni toping.
3. To’g’ri to’rtburchakning perimetri 1 m ga teng, yuzi 4 dm 2 . Uning tomonlarini toping.
4. Yuzi 2,45 ga bo’lgan bog’ 630 m uzunlikdagi devor bilan o’rab olingan. Agar bog’ to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lsa, uning bo’yi va enini toping.
5. 400 km masofani tezyurar poyezd yuk poyezdiga qaraganda bir soat tezroq bosib o’tdi. Agar yuk poyezdining tezligi tezyurarnikidan 20 km/soat kam bo’lsa, har bir poyezdning tezligi qanday?
6. Sayohatchi teploxod daryo oqimi bo’yicha A pristandan B pristanga bordi. Teploxod yarim soat to’xtagandan keyin orqasiga qarab jo’nadi va A dan chiqqanidan 8 soat o’tgandan keyin shu pristanga qaytib keldi. Agar A va B pristanlar orasidagi masofa 36 km gat eng, daryo oqimining tezligi esa 2 km/soat bo’lsa, teploxodning turg’un suvdagi tezligi qanday?
7. Ikki brigada birgalikda ishlab o’tin tayyorlashni 6 kunda tamomladilar. Agar brigadalardan biri shu ishni bajarish uchun ikkinchisiga qaraganda 5 kun kam sarf qilsa, har bir brigada bu ishni bajarish uchun necha kun sarf qiladi?
10-11-sinflar uchun ayrim fanlardan homaki yillik dars ishlanmalar jamlanmasi
10-11-sinflar uchun ayrim fanlardan homaki yillik dars ishlanmalar jamlanmasi
On 22.09.2018 By shuhrat In Dars ishlanmalar, O’QITUVCHILARGA 0 fikr
11-Sinf Kimyo fanidan YILLIK dars ishlanmalar
Yillik dars ishlanmalar homaki tarzda Sizlarga *doc yoki docx variantlarda berilmoqda. Dars ishlanmalarni yuklab olib o’zgartirishingiz mumkin.
2018-2019 o’quv yili uchun dars ishlanma quyidagicha tartibda yozish tavsiya etiladi:
O’XSHASH MAVZULAR:
Kitob – Yangi yil uchun eng yaxshi sovg’a
9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan kompetensiya asosida tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalar jamla.
2020-2021 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 1-11-sinf tarbiya, 10-.
Tanlovning 10 foydasi
Fan oyliklarini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
Bolaning aqlini charxlash
“TARIX FANIDAN INNOVATSIYA” oylik to’plamlari
Bola tarbiyasidagi 4 bosqich
2018-2019 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 9-10-11-sinf dunyo din.
Mustaqillik dars ishlanmalaridan namunalar hamda “Mustaqillik darslari”da foydalanish uchun TAVSIYA
10-sinf O’zbekiston tarixi fanidan kompetensiya asosida tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalar jaml.
O‘qishni istamaydigan bolalar bilan qanday yo‘l tutish lozim?
Bola tilidan: Tarbiyaning 21 qoidasi
To’garak hujjatlari va dars ishlanmalari
Tarbiyaning turli uslubi: to‘g‘risi qaysi?
Chizmachilik fanidan yillik dars ishlanmalar to’plami (8-9-sinflar uchun)
Huquq fanidan dars ishlanmalarim
“Eng yaxshi dars ishlanmasi – 2017” ko’rik-tanlovi g’oliblarining dars ishlanmalari (Kuchli 10 tali.
Bolani taltaytirib yubormaslik yo‘llari
9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan dars ishlanmalarim
Tarbiyadagi 6 ta kechirib bo‘lmas xato
Tasviriy san’at fanidan yillik dars ishlanmalar to’plami (1-4-sinf uchun)
Maktab o‘rgatmaydigan 5 ta ko‘nikma
2017-2018 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (Tarix fanidan ham taqvimiy-mavzu rejala.
O’qituvchilarning jamiyatdagi obro’sini tiklashga qaratilgan qaror qabul qilindi