Press "Enter" to skip to content

Online maktab 9 11 sinflar

E’tirof va rag’bat

Online maktab 9 11 sinflar

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yangi 2019-2020 oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablariga sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazib berish ishlari boshlandi. Bu haqda XTV xabar berdi.

Vazirlik tomonidan maktablarga jami 247 372 dona sinf jurnallari yetkazib beriladi. Jumladan, taʼlim muassasalariga 1-4-sinflar uchun 99 440 dona, 5-9-sinflar uchun 108 840 dona, 10-11-sinflar uchun 39 092 dona sinf jurnallari yetkazib berilmoda.

Bundan tashqari, maktablarga baholar tabeli, toʻgarak mashgʻulotlari jurnali kabi boshqa hujjatlar ham yetkaziladi.

Yangi oʻquv yilining boshidan (4-sentyabrdan) barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquv jarayonida foydalanish uchun sinf jurnallari bilan toʻliq taʼminlanadi.

Taʼkidlash joizki, joriy yilda sinf jurnallarini tayyorlash jarayonida ularni dizayn va sifat jihatidan zamon talablariga javob berishi, oʻqituvchilar uchun qulaylik yaratishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Do‘stlaringiz bilan bo‘lishing:

Tavsiya etamiz

Oʻzbekistonda 26-yanvar kuni havo harorati 5 darajagacha iliq boʻladi

“Tashkent Indeks”dagi talabalar majburan chiqarilmaydi — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oʻzbekistonda 27-yanvar kuni havo harorati 8 darajagacha koʻtariladi

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo’larsiz?

Online maktab 9 11 sinflar

No, cancel Delete

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish davriyligi haqidagi ma’lumotlar bazasi

Diqqat “Ma’lumotlar elektron bazasi” test(sinov) rejimida ishlamoqda

“PEDAGOG KADRLARNING ATTESTATSIYADAN O‘TGANLIGI TO‘G‘RISIDAGI SERTIFIKAT”LARINI TEKSHIRIB KO‘RISH

MAKTABGACHA, UMUMIY O‘RTA, O‘RTA MAXSUS, PROFESSIONAL VA MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM TASHKILOTLARI PEDAGOG KADRLARINING MALAKA TOIFALARI HAQIDA MA’LUMOT

Jami pedagog kadrlar soni – 681294 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 146398 nafar (21,49 %)
  • Mutaxassis 243766 nafar (35,78 %)
  • II toifa 151620 nafar (22,25 %)
  • I toifa 95136 nafar (13,96 %)
  • Oliy toifa 44330 nafar (6,51 %)

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari – 5209 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 4 nafar (0,08 %)
  • Mutaxassis 558 nafar (10,71 %)
  • II toifa 1335 nafar (25,63 %)
  • I toifa 1203 nafar (23,09 %)
  • Oliy toifa 2041 nafar (39,18 %)

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari – 509443 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 62393 nafar (12,25 %)
  • Mutaxassis 178664 nafar (35,07 %)
  • II toifa 137931 nafar (27,07 %)
  • I toifa 90568 nafar (17,78 %)
  • Oliy toifa 39887 nafar (7,83 %)

Maktabgacha ta’lim muassasalari – 121185 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 75180 nafar (62,04 %)
  • Mutaxassis 40465 nafar (33,39 %)
  • II toifa 5205 nafar (4,30 %)
  • I toifa 283 nafar (0,23 %)
  • Oliy toifa 52 nafar (0,04 %)

Akademik litseylar – 3224 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 0 nafar (0 %)
  • Mutaxassis 963 nafar (29,87 %)
  • II toifa 760 nafar (23,57 %)
  • I toifa 684 nafar (21,22 %)
  • Oliy toifa 817 nafar (25,34 %)

Professional ta’lim muassasalari – 21477 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 0 nafar (0 %)
  • Mutaxassis 15311 nafar (71,29 %)
  • II toifa 4250 nafar (19,79 %)
  • I toifa 1321 nafar (6,15 %)
  • Oliy toifa 595 nafar (2,77 %)

Bolalar musiqa va san’at maktablari – 13956 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 7978 nafar (57,17 %)
  • Mutaxassis 4894 nafar (35,07 %)
  • II toifa 535 nafar (3,83 %)
  • I toifa 287 nafar (2,06 %)
  • Oliy toifa 262 nafar (1,88 %)

Ixtisosolashtirilgan sa’nat maktab internatlari – 4326 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 771 nafar (17,82 %)
  • Mutaxassis 2203 nafar (50,92 %)
  • II toifa 805 nafar (18,61 %)
  • I toifa 277 nafar (6,40 %)
  • Oliy toifa 290 nafar (6,70 %)

Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari – 1260 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 58 nafar (4,60 %)
  • Mutaxassis 380 nafar (30,16 %)
  • II toifa 351 nafar (27,86 %)
  • I toifa 274 nafar (21,75 %)
  • Oliy toifa 197 nafar (15,63 %)

Eng samarali metodika va tajribali o’qituvchilar

Bizning maktabimizda o’quvchilarga eng zamonaviy va samarali bo’lgan metodika asosida tajribali o’qituvchilarimiz ta’lim berishadi.

Natijaviylik va Jamoaviylik

O’qituvchilar va o’quvchilar orasida ustoz-shogirt aloqasi

Maktabimizda malakali o’qituvchilar o’quv to’garaklarini tashkil qilishgan. O’quvchilar bo’sh vaqtlarida ustozlardan qo’shimcha bilimlarni o’zlashtirishadi.

O’qituvchilar

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur.

O’quvchilar

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur.

Ota-onalarga

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur.

Dars jadvali

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur.

Bizning ishlarimiz

Bizning Yutuqlarimiz

O\’quvchilarimizni Fan olimpiadalari, va boshqa turli tanlovlardagi yutuqlari haqida.

Natijaviylik

Bizning maktabimiz erishgan yutuqlash va qo’lga kiritgan sovrinlar

Malakali o’qituvchilarimiz

Bizning maktabimizda ko’p yillik tajribaga ega, yuqori toifali va mehnatkash o’qituvchilarimiz o’quvchilarga dars berishadi.

Ta’lim muxiti

Maktabimiz zamonaviy o’quv xonalari va jixozlar bilan ta’minlangan. O’quvchilarni sifatli ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar mavjud.

Samarali faoliyat

Maktab faoliyati

Bizning maktabimiz jamoasi va o\’quvchilari ko\’plab qiziqarli va foydali bo\’lgan ishlarni olib borishadi. Aniq qo\’yilgan maqsad va unga erishish uchun amalga oshirilishi kerak bo\’lgan ishlar.

Monitoring
Ilmiy izlanishlar
Axborot texnologiyalari
Kundalik
Kutubxona
Dars jadvali
Fan to’garaklari
Sport to’garaklari

Sizda maktabimiz bo’yicha savol bormi?

Unda biz bilan bog\’laning yoki bizga murojaat qilishingiz mumkin.

Yangiliklar va Maqolalar

16-maktab yangiliklari

Bu yerda siz maktabimiz haqidagi yangiliklarni, maqolalar, e\’lonlar, tadbirlar va boshqa shu kabi xabarlarni ko\’rib borishingiz mumkin

«S vitamini. Infografika. Son so’z turkumi»

admin 20, Янв, 2023

Termiz shahar 16-sonli IDUM ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Turdiyeva Muhabbat Ergashevnaning oktayabr ona tili va adabiyot fan oyligi munosabati bilan 7-A sinfda «S vitamini. Infografika. Son so’z turkumi» mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi.

«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi»

admin 10, Дек, 2022

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi

admin 7, Дек, 2022

Termiz shahar 16- sonli maktabining 1-A sinf rahbari Jalilova Nodira Muzaffarovnaning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag’ishlab tayyorlagan videoroligi.

Termiz shahar 16-sonli IDUM maktabi 1-sinflar o’rtasida «Ilmoqchalar va harflar yozamiz»husnixat tanlovi o’tkazildi

admin 12, Окт, 2022

«O’simliklar xilmaxiligi»

admin 12, Окт, 2022

Termiz shahar 16-sonli IDUM maktabi 2-B sinfida Tabiy fan darsidan «O’simliklar xilmaxiligi»mavzusidan o’tilgan ochiq darsdan fota lavhalar

Termiz shahri 16-sonli IDUM maktabi 2-sinflar o’rtasida «Kimni xati chiroyli»ko’rik tanlov o’tkazildi

admin 12, Окт, 2022

Termiz shahri 16-sonli IDUM maktabi 2-sinflar o’rtasida «Oltin kuz» rasmlar tanlovi o’tkazildi

admin 12, Окт, 2022

Termiz shahar 16-sonli IDUM maktabi 2-sinflar o’tasida ravon va ifodali o’qish tanlovi o’tkazildi

admin 12, Окт, 2022

«100 ichidan sonlarni xonadan o’tib qo’shish»

admin 12, Окт, 2022

Termiz shahri 16-sonli IDUM maktabining 2-B sinfida matematika fanidan «100 ichidan sonlarni xonadan o’tib qo’shish»mavzusidan o’tilgan ochiq darsdan foto lavxalar

,, Boshlanĝich ta’ lim fan oyligi »

admin 12, Окт, 2022

Termiz shahar 16- sonli IDUM maktabida ,, Boshlanĝich ta’ lim fan oyligi » doirasida ,,Kitobim-oftobim»tadbiri bõlib ŏtdi Tadbirda 2-,,A» 2-,,B» 2-,,D»sinf ŏquvchilari faol ishtirok etdilar.

2021-2022-o’quv yili «So’nggi qo’ng’iroq» tadbiri

admin 28, Май, 2022

2021-2022-o’quv yili «So’nggi qo’ng’iroq» tadbiri

Termiz shahar 16-sonli informatika va axborot texnologiyalari faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi 2021-2022-o’quv yili «So’nggi qo’ng’iroq» tadbiri

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag’ishlangan tadbir

admin 28, Май, 2022

Termiz shahar 16-sonli Informatiika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi 4-«A»sinfida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi . Bolajonlar yoshligidan bosh kitobimiz bilan tanishib, moddalarni o’rganib borishlari yuksak ahamiyat kasb etmoqda.

“ONLINE MAKTAB”: saviyasi va qamrovi an’anaviy ta’limdan kam emas

COVID­19 pandemiyasi sababli kelib chiqqan global inqiroz tufayli dunyoning aksar mamlakatlarida barcha sohalar qatori ta’lim tizimi ham jiddiy sinovlarni boshdan kechirdi. An’anaviy o’quv jarayonlari noma’lum muddatga to’xtatildi, ta’lim dasturlarida uzoq muddatli tanaffus yuzaga keldi. Jahonning 150 mamlakatida maktablar yopilib, 1 milliard nafardan ortiq o’quvchining ta’lim olish imkoniyatlari cheklandi. Shuningdek, mamlakatimizda ham karantin sabab 2020 yilning 16 mart sanasidan maktablarda o’quv jarayoni to’xtatildi.

Joriy etilgan karantin rejimi sharoitida qanchalik murakkab bo’lmasin, dunyoning aksariyat davlatida ta’lim tizimi e’tibordan chetda qolmadi. Misol uchun, Xitoyda maktab o’quvchilarini bepul o’quv materiallari bilan ta’minlaydigan, Frantsiyada “Mening sinfim uyda” raqamli platformasi ishga tushirilib, o’quvchilarga masofaviy kurslarda ta’lim olish imkoniyati yaratildi. Yaponiyada ham uyda qolgan o’quvchilar uchun bepul ta’lim beriladi.

Mamlakatimiz birinchilardan bo’lib onlayn ta’lim tizimiga o’tdi. Qisqa muddat ichida tizimda masofaviy ta’lim jarayonini amaliyotga keng tatbiq etish, ilg’or xorij tajribasi asosida o’quv­tarbiya jarayonida zamonaviy axborot­kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion shakl va usullardan samarali foydalanish hamda ta’lim sifatini oshirishga ko’maklashish maqsadida “Online maktab” loyihasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

Maqsad va vazifalar

“Online maktab” loyihasida bir qator muhim maqsad va vazifalar nazarda tutilgan. Umumiy o’rta ta’limda masofaviy o’qitish tizimini yo’lga qo’yish, televizion videodarslar tayyorlash bo’yicha ilg’or xalqaro tajribalardan foydalanish, ta’lim tizimiga axborot­kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish shular jumlasidan.

O’quvchilar va o’qituvchilarni xalqaro baholash dasturlari hamda tadqiqotlarga (PISA — 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonligi, PIRLS — boshlang’ich 4 ­sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunishi, TIMSS — 4 va 8 ­sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash, TALIS — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitish, ta’lim olish muhiti hamda mehnat sharoitlarini o’rganish) tayyorgarligini kuchaytirish ham ana shunday vazifalar sirasiga kiradi.

Bundan tashqari, onlayn maktab faoliyatida barcha umumta’lim fanlari, birinchi navbatda, STEAM (ilm­fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) fanlarini o’qitish sifatini oshirish, o’quvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlash, axborotlarni tahlil qilish, etakchilik, kommunikativlik, hamkorlikda ishlash, muammolarni echish kabi ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish vazifasi nazarda tutilgan.

O’quvchilarga o’quv materiallarini chuqur o’rganish va takrorlashga imkoniyat yaratish, fanlar va sinflar kesimida barcha mavzular bo’yicha videodarslar bazasini bosqichma­bosqich tayyorlash, etakchi umumiy o’rta ta’lim, oliy o’quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va metodik salohiyatidan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish ham muhim vazifa sifatida belgilangan.

YOz mavsumida.

Xalq ta’limi vazirligi O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 2020 yil 17 martdan boshlab umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quv dasturlari asosida 4­chorak uchun jami 3 ming 847 ta dars mashg’ulotini tasvirga oldi. 2019­2020 o’quv yili yakuniga qadar o’quvchilarning masofaviy ta’lim olishi to’liq ta’minlandi.

2020 yilning yoz mavsumi davomida “Online maktab” loyihasi doirasida bir qator loyihalar, jumladan, maktab o’quvchilarining oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko’rishlariga ko’makl ashish maqsadida O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda “Onlayn repetitor” lo yihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida 2020 yilning 15 iyunidan 1 avgustigacha 450 ta dars efirga uzatildi. Har bir dars jarayonida testlar echildi.

Yozgi ta’til davrida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasb­hunarga yo’naltirish maqsadida “Onlayn to’garak” loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida 586 ta to’garak mashg’uloti tasvirga olinib, efirga berildi.

O’qituvchilarning yangi o’quv yiliga qadar kasbiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tajribali o’qituvchilar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Onlayn kasbiy rivojlantirish” loyihasi doirasida 591 ta dars efirga uzatildi.

Tajribali mutaxassislar ishtirokida o’quvchilarning PISA xalqaro baholash dasturi va tadqiqotlarga tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan dars mashg’ulotlari berildi.

2020­2021 o’quv yili oldidan xalq ta’limi muassasalari rahbarlari mas’uliyati va tashabbuskorligi, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar kasb mahoratini oshirish, ilg’or tajribalarni targ’ib qilish, o’quv dasturlari va darsliklardagi yangiliklar, o’zgarishlarni tizim xodimlariga etkazish, yangi o’quv yilida ta’lim­tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim va ustuvor yo’nalishlarni belgilab olishga qaratilgan an’anaviy avgust kengashlari materiallari 2020 yilning 13 avgustidan 20 avgustigacha videodars shaklida efirga berildi. 2020­2021 o’quv yili uchun bugungi kunga qadar o’zbek, rus va qoraqalpoq tillarida “Online maktab” ruknida jami 13 ming 85 ta televizion dars tasvirga olindi, ulardan 11 ming 112 tasi efirga uzatildi. Ushbu darslarning 5 ming 435 tasi o’zbek, 5230 tasi rus, 2420 tasi qoraqalpoq tilida tayyorlandi.

1-­4 ­sinflar uchun televizion darslar “National Geographic” telekanalida, 5­-8­ sinflar darslari “Eurosport”, “TVTS” telekanallarida, 9-­11­ sinf darslari “Oxota i rыbalka”, “Fashion TV” telekanallari orqali efirga uzatilmoqda.

Onlayn darslar — chinakam ijod mahsuli

Darhaqiqat, bu jarayon nafaqat pedagogik tajr iba, balki innovatsion va kreativ yondashuvlarni ham talab etadi.

“Online maktab” loyihasi doirasida darslarni tasvirga olishda o’quvchilar uchun o’zlashtirish murakkab bo’lgan mavzularni kengroq ochib berish, amaliy mashg’ulotlar va virtual laboratoriyalarni namoyish qilish, darslik hamda o’quv dasturlariga qo’shimcha tarzda qiziqarli va foydali ma’lumotlarni berib borish, o’quvchilarni kasb­hunarga yo’naltirish, ilg’or xorijiy pedagogik va axborot­kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga e’tibor berilmoqda.

Televizion videodarslarni o’zbek, rus, ayrim fanlarni ingliz tilida namoyish qilishda 641 nafar tajribali o’qituvchi, 69 nafar muharrir, 16 nafar surdotarjimon jalb qilindi. Ingliz tilini o’qitish sifatini oshirishga qaratilgan “English Speaking Nation” loyihasi doirasida AQSHdan yurtimizga taklif etilgan emma Vindrup o’quvchilarimizga “Online maktab” ruknida ingliz tili fanidan dars o’tmoqda. Bu, albatta, bolalarimizga ingliz tili bo’yicha berilayotgan ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi.

E’tirof va rag’bat

Har qanday mehnat, agar unda fidoyilik, mas’uliyat, ilmiy salohiyat va ishonch mujassam bo’lsa, albatta, e’tirof va rag’batga loyiq topiladi. Bugun iftixor bilan aytish mumkinki, bu borada amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar xorijda ham e’tiborga sazovor bo’layotir. Bu boradagi O’zbekiston tajribasi ularda qiziqish uyg’otmoqda. Xususan, “Online maktab” loyihasi AQSH soha mutaxassislari tomonidan ilg’or tajriba sifatida e’tirof etildi.

“Online maktab” loyihasida faol ishtirok etgan o’qituvchilar, surdotarjimonlar va muharrirlar vazirlik tomonidan rag’batlantirib borilmoqda. Jumladan, 2020­2021 o’quv yilining birinchi yarim yilligida “Online maktab” ruknidagi televizion darslarni tasvirga olishda faol ishtirok etgan xodimlar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida, avvalo, inson manfaatlari yotibdi. U oliy qadriyat darajasiga ko’tarilib, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, salomatligini mustahkamlash kabi yo’nalishlardagi ishlar sifati oshib bormoqda.

Shu maqsadda 2021 yil yanvar` oyida “Online maktab” loyihasiga jalb qilingan fidoyi o’qituvchilarga salomatligini mustahkamlash, mazmunli hordiq chiqarishlari uchun O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining “Chinobod plaza” sanatoriysiga yo’llanma berildi.

Istiqboldagi vazifalar

Ayni kunlarda televizion videodarslardan foydalanishda o’quvchilar, o’qituvchilar va ota­onalarga qulaylik yaratish maqsadida maktab platformasini ishga tushirish ustida ish olib borilmoqda. Ushbu platforma umumta’lim tizimida yagona markazlashgan virtual (onlayn) maktab sifatida tatbiq etiladi.

Maktab platformasida o’quvchilarda ta’lim olishga bo’lgan qiziqishni uyg’otadigan zamonaviy mexanizmlarni ishlab chiqish, o’quvchilarning bilim salohiyati, ular o’zlashtirmagan darslarni aniqlaydigan testlar tayyorlab, shu asosda o’quvchilarga yordamchi o’quv darslarini, tematik o’yinlarni tavsiya etadigan va ota­onalar hamda o’qituvchilarga bolaning bilim olish jarayonidagi mavjud kamchiliklari haqida xabar beradigan tizimni yo’lga qo’yish, o’quvchilarning onlayn ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish maqsadida viktorinalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Ayni paytda “Online maktab” loyihasi doirasida videodarslarni tasvirga olish maqsadida Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o’rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy­tadqiqot instituti hamda Respublika ta’lim markazida 5 ta studiya tashkil etilgan. Mazkur studiyalar zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan.

Muxtasar aytganda, mukammal dastur asosida, etuk mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan onlayn darslarning an’anaviy darslardan kam joyi yo’q.

Doniyor ERMATOV,

Xalq ta’limi vazirligining o’quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlashni

rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i