Ich kiyim ayollar
«Men birodarimning o‘g‘li tomonidaman», dedi.
Bilasizmi? Muslima ayollarning kiyimi.
Ayollarning vakilasi Ummu Salama onamiz ayollarning o‘zlariga xos hassoslik bilan masalani yana oydinlashtirishni iroda qilib:
«Unday bo‘lsa, oyoqlari ochilib qoladi», dedilar.
Ya’ni «Ayollar etaklarini bir qarich tushirib yurganlarida ham oyoqlari ochilib qolishi turgan gap. Unda nima bo‘ladi?» Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hal qiluvchi javobni berdilar:
«Bir ziro’ tushirib oladilar, undan ziyoda emas», dedilar u zot».
To‘piqdan bir qarich tushirilgan etaklaridan ham oyoqlari ochilib qoladigan bo‘lsa, ayollar etaklarini bir ziro’ – ikki qarich tushirib yursinlar. Ammo undan ortig‘iga ruxsat yo‘q. Bundan maqsad avrat hisoblanadigan joyni nomahramlarga ko‘rsatmaslik ekani kelib chiqadi. Maqsad qanchalik uzun yoki qisqa bo‘lishida emas ekan.
Mashhur muhaddislardan Abulqosim Tobaroniy rivoyat qilgan uzun hadisda jumladan bunday deyiladi:
«Ey Rasululloh, Allohning «’uruban atroba» degan oyati haqida gapirib bering», dedi.
«Ular bu dunyodan qarib, sochi oqarib, ko‘rimsiz bo‘lib ketgan kampirlar bo‘lib, ularni qiyomatda Alloh taolo tengqur, bokira, ehtirosli mahbuba qizlar qilib qayta yaratadi», dedilar u zot.
Ummu Salama onamiz:
«Ey Rasululloh, bu dunyoning ayollari afzalmi, huri iynlarmi?» dedilar.
«Ey Ummu Salama, bu dunyoning ayollari huri iynlardan afzaldir», dedilar u zot.
Ummu Salama onamiz:
«Nimalari bilan?» deb so‘radilar.
«Namozlari, ro‘zalari, Allohga ibodatlari bilan. Alloh ularning yuzlariga nur, jasadlariga ipak kiygizgan. Ranglari oppoq, kiyimlari yashil, zebu ziynatlari sariq, taroqlari tilladan. «Mangumiz, o‘lmaymiz, zor bo‘lmaymiz, bir joyda yashaymiz, ko‘chmaymiz, rozimiz, achchiqlanmaymiz, biz kimniki bo‘lsak, kim bizniki bo‘lsa, yashasin», deydilar», dedilar.
Ummu Salama onamiz:
«Ey Rasululloh, bu yerda ba’zi ayollar ikki, uch, to‘rt erga tegadilar. U dunyoda hammalari jannatga kirsalar, ayol qaysi er bilan bo‘ladi?» dedilar.
«Ey Ummu Salama, u ayolning ixtiyoriga qo‘yiladi. Erlarning ichida eng xulqi yaxshisini tanlaydi. «Ey Parvardigoro, mana bu menga yaxshi xulqli bo‘lgan edi, meni shunga bergin», deydi. Ey Ummu Salama, yaxshi xulq ikki dunyoning yaxshiligiga erishtiradi», dedilar».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning dorilfununlarida a’lo baholar ila tahsil olgan Ummu Salama onamiz roziyallohu anho o‘zlaridan savol so‘rab kelgan kishilarga ham katta va chuqur ilm sohibasi sifatida qoniqarli javob berar edilar.
Abu Dovud, Molik va Termiziylar rivoyat qiladilar:
«Bir ayol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xotinlari Ummu Salamaga savol bilan kelib:
«Albatta, men etagimni uzun qilib yuruvchi ayolman. Nopok joylarda (ham) yuraman dedi. Ummu Salama:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U(etak)ni keyin kelgan(pok er)poklaydi», deganlar», dedi».
Bu hadisi sharifdan boshqa shunga o‘xshash hadislar kabi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollarining – onalarimizning Islom jamiyatida tutgan o‘rinlarining bir qirrasini anglab olamiz.
Har bir jamiyat ham ikki qismga – ayollarga va erkaklarga bo‘linadi. Bu ikki qism ham o‘ziga yarasha bilimli bo‘lishi kerak. Ayniqsa, shariatning ayollarga xos hukmlarini erkak kishidan ko‘ra ayol kishi ayollarga o‘rgatgani ma’qul. Buning ustiga, o‘sha vaqtda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir o‘zlari ikki tomonga barobar qarashga vaqt topishlari ham qiyin edi.
Shuning uchun ham ayollarga ta’lim berib, ularning savollariga javob qilish mas’uliyatining bir qismi onalarimizga yuklatilgan edi. Ularning sonlari istisno tariqasida to‘qqiztaga yetishining hikmatlaridan biri ham shunda! Hadisdan ko‘rib turibmizki, bir ayol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xotinlari Ummu Salamaga savol bilan kelib: «Albatta, men etagimni uzun qilib yuruvchi ayolman. Nopok joylarda (ham) yuraman», dedi».
Bu ayolning ismi Hamida bo‘lib, Ibrohim ibn Abdurrohman ibn Avfning undan farzand ko‘rgani uchun ozod qilgan cho‘risi edi.
Ma’lumki, Islomda ayol kishining uzun etakli kiyimi matlub. Shu bilan birga, o‘sha uzun etaklarni iflos qilmasliklari ham matlubdir. Ammo ba’zi hollarda Hamida roziyallohu anhoga o‘xshab, xizmat yuzasidan yoki boshqa sabablardan nopok joylarda ham yurishlari mumkin. Ana shunda kiyimlari nopok bo‘lsa, nima qilishlari kerak?
Hamida roziyallohu anhoning Ummu Salama onamizga aytgan so‘zlarida ana shu ma’nolar bor edi. U kishi esa bu savolga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislari bilan javob berdilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U(etak)ni keyin kelgan(pok er)poklaydi», deganlar», dedi».
Ya’ni bu «Uzunligi sababli yerdagi nopokliklarga tekkan etakni keyin kelgan pok yer tozalaydi», deganlaridir.
Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Ayol kishi qanday kiyimda namoz o‘qiydi?» deb so‘raldi.
«U Ximorda va butun jismni to‘sib turadigan, ikki qadamining ustini berkitib turadigan ko‘ylakda namoz o‘qiydi», dedilar u kishi.
Ximor – ayol kishining boshi va ko‘ksini to‘sib turadigan ro‘molga o‘xshash narsa.
Ummu Salama onamiz ilmda va fiqhda ko‘pgina katta erkak sahobalardan ham yuqori turar edilar. Hatto masala talashib qolgan sahobiylar ajrim so‘rab, Ummu Salama onamizning huzurlariga kelishardi.
Buxoriy, Muslim, Termiziy va boshqalar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
«Abu Salama va Ibn Abbos roziyallohu anhumo jam bo‘lishganda erining o‘limidan bir necha kecha o‘tib tug‘adigan ayolni zikr qilib qolishdi. Ibn Abbos:
«Uning iddasi ikki muddatning uzog‘i», dedi.
Abu Salama bo‘lsa:
«Tug‘ishi bilan halol bo‘ladi», dedi.
Ikkovi tortisha boshlashdi. Shunda Abu Hurayra roziyallohu anhu:
«Men birodarimning o‘g‘li tomonidaman», dedi.
So‘rab kelish uchun Ruqaybni Ummu Salamaning oldiga yuborishdi. U (qaytib) kelib:
«Ummu Salama «Subay’a al-Aslamiyya erining vafotidan bir necha kecha o‘tib, tug‘di. Keyin buni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr qilgan edi, u zot uni erga tegishga amr qildilar», deb aytdi», dedi.
«Subay’a roziyallohu anho erining vafotidan yigirma uch yoki yigirma besh kun o‘tib, tug‘di. So‘ngra nikohlanmoqchi bo‘ldi. Bu unga inkor qilindi. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr qilingan edi, «Agar qilmoqchi bo‘lsa, muddati keldi», dedilar», deyilgan.
Ruqayb roziyallohu anhu Ibn Abbos roziyallohu anhuning xodimlari bo‘lgan. Islom ummatining ilm dengizi hisoblangan Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudek inson Ummu Salama onamizdan savol so‘raganlaridan keyin u kishining ilm bobida kim ekanliklarini bilib olsak bo‘laveradi.
Ummu Salama onamiz roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarini rivoyat qilishda Oisha onamizdan keyingi o‘rinda turadilar. U kishi 378ta hadisi sharif rivoyat qilganlar.
Ummu Salama onamiz hadislarni Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan, Abu Salama roziyallohu anhudan va Fotima onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qiladilar.
U kishidan ko‘pchilik hadislar rivoyat qilganlar. Ularning ichida sahobalardan Abdulloh ibn Abbos, Abu Sa’iyd Xudriy, Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhum, Oisha onamiz roziyallohu anho va Zaynab binti Abu Salama roziyallohu anholar bor. Shuningdek, u kishidan ko‘pgina tobe’inlar ham hadislar rivoyat qilganlar.
Ummu Salama onamiz roziyallohu anho fasohatda, she’rda va adabiyotda ko‘zga ko‘ringan shaxs bo‘lganlar.
U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hinolangan bir necha dona soch tolalarini doimo o‘zlari bilan olib yurganlar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, muslima ayollarning kiyimlari dunyodagi eng go‘zal, eng chiroyli, eng odobli, eng yaxshi, eng muhimi esa – Allohning amriga eng muvofiq kiyimlardir. Bundan ortiq sharaf bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham Allohni unutgan, Allohdan qo‘rqmaganlargina bu kiyimlarga qarshi chiqadilar. Chunki Islom dushmanlari muslimalar dinlariga amal qilsalar, Islom jamiyati yengib bo‘lmas kuchga aylanishini yaxshi biladilar. Bu masalani barcha musulmonlar yaxshi anglab yetishlari va shunga yarasha harakat qilishlari lozim.
Ulamo ahli muslima ayolning libosi to‘g‘risidagi barcha hujjat va dalillarni puxta o‘rganib chiqib, jumladan, quyidagi mulohazalarni aytganlar;
1. Ayol kishining libosi tagi bilinib turadigan darajada yupqa va tor bo‘lmasligi lozim.
2. Ayol kishi tilla va kumush bilan bezalgan, naqshlangan kiyimlarni kiyishi joiz.
3. Ayol kishi erkak kishining kiyimini kiyishi harom.
Ich kiyim ayollar
1. Kiyinish madaniyati haqida tushuncha
2. Kiyinish ham bir san’at.
3. Moda va ommaviy madaniyat.
Kiyinish madaniyati – insonning tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi , estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo‘lgan qarash insonning go‘zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo‘lgan e’tibor va talab ham o‘zgarib bormoqda.
Yaxshi kiyinish ham o’ziga xos san’at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo’ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma’lum sharoitga munosib, kishining mashg’uloti, voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo’lishi mumkin.
Moda deganda muayyan ijtimoiy guruh, kishilar orasida ularning ta’biga, didiga mos kiyinish odatining ma’lum vaqtgacha urf bo’lishi tushuniladi. Moda liboslarning o’zgarishigina bo’lib qolmay, o’ziga xos estetik uslubni qidirib topish, yurish-turish tarzi, did va ichki madaniyatning namoyon bo’lishi hamdir. Moda uzoq tarixga ega. Ko’pgina mutaxassislar moda XIV asrda vujudga kelgan deb taxmin qiladilar. Turkiy xalqlar ayollarida asosiy bosh kiyim do’ppi, ro’mol, oyoq kiyimi mahsi, kavush, ich kiyim-ko’ylak, ust kiyim- kaltacha, kamzul, nimcha, chopon bo’lgan.
Respublikamiz iqlimi issiq bo’lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng qulay moda – ko’krak burma va pasti yaxlit bichimli “o’zbekcha” ko’ylak hisoblana¬di. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko’krak burma ko’ylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o’zgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi.
Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o’zbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o’tib ketsa ham, bu matolardan o’z davriga moslab yarashtirib, xoh o’zbekcha, xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jumalidagi modellarning har biri to’g’ri kelishi mumkin. To’ladan kelgan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo’lib tushgan ko’ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Ozg’in ayollar esa tor badanga yopishib turadigan ko’ylaklar kiymasliklari kerak. Bo’yni uzun ayollar ko’proq yelkalik ko’ylak kiyganlari ma’qul. Bo’yni kalta ayollarga tik yoqali va bo’yin atrofidan o’yilgan ko’ylaklar yarashmaydi.
Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo’lishi kerak. Ayollar ko’pincha kiyimlar rangini o’zlarining ko’z, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Katak-katak va yo’l-yo’l matolarni birga kiyish tavsiya etilmaydi.
Bo’ylamasiga yo’l bo’lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi-qomatini nozik, bo’y-bastini uzaytirib ko’rsatadi, ularni to’ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin. Ozg’in va baland bo’yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari ma’qul, ko’ndalang, yo’l-yo’l ko’ylaklar qaddi-qomatni to’laroq ko’rsatadi.
Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o’ziga xos ahamiyatga ega. To’q va qora ranglar jussaning to’laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada to’laroq ko’r¬satadi. Yashil, binafsha, ko’k rang qaddi-qomatni rostlab ko’rsatsa, sariq, jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to’la qilib ko’rsatadi. Ortiqcha bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo’lishi lozim. Yoz paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli ko’ylak va xalatlar kiyish maqsadga muvofiq. Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay bo’lishi, ayniqsa ko’ylak-kostyumlar kiyish ko’pdan urf bo’lib keladi.
YOshlarimizning moda ketidan ko‘r-ko‘rona quvishlari va yangi chiqqan tor, ochiq, kalta liboslarni moda deya e’tirof etishlari va bu turdagi kiyimlar albatta kiyilishi kerak deb fikrlashlari ayni xaqiqat. Bu kiyimlarning o‘zbekona madaniyatimizga mentalitetimizga xos emasligi haqida esa o‘ylab ko‘rishmayapti. Afsuski men bugungi yigit – qizlarimizning kiyinish madaniyati haqida ijobiy fikr bildiri olmayman. CHunki bugun ko‘cha kuyda, evropaga taqlid qilib kiyinayotgan yoshlarimizda milliyligimiz aks etgan kiyimlar toboro kamayib bormoqda. Aslida kiyinish madaniyati xam o‘zbekona madaniyatimizning ajralmas qismidir. Bu masalaning jiddiy tomoni shundaki yuzaga kelayotgan ushbu muammo bugungi kunning muxim dolzarb mavzusiga aylandi. Ko‘pchilik yoshlarimiz evropa uslubida kiyinmaslikni zamondan ortda qolish deb xisoblashmoqda. Bu fikrning mutlaqo noto‘g‘ri ekanligi haqida fikr yuritishmayapti .
Evropa modasi deb urf bo‘lgan bemani kiyimlarni kiyib o‘zini bugunning zamonaviy yoshlari deb xisoblaydigan xar bir yigit qiz qattiq adashadi va aksincha ular o‘zlarining ma’naviyati tafakkuri va dunyo qarashi qanchalik sayoz ekanligini “zamonaviy” liboslari orqali namoyon etishmoqda. Aslida insonning madaniyatga xos kiyinish uslubi uning ma’naviy olami qanchalik boy ekanligini namoyon etuvchi muxim omil xisoblanadi. SHu o‘rinda bir xaqiqatni aytish o‘rinli deb bilaman. Yigit qizlarimizning kiyinish madaniyatida ota-onalarning alohida o‘rni bor. Tanasiga yopishib turuvchi yoki kalta va ochiq kiyimlarni o‘z qizlariga olib berayotgan ayrim ota-onalar buning salbiy oqibatlarga olib kelishini bilisharmikan. Afsuski ota-onalar orasida qizlarining kiyinishiga befarq qaraydiganlar talaygina.
Kiyinish borasida nafaqat qizlarimiz balki yigitlarimiz ham tobora “zamonaviylashib” borishyapti. Har xil bemani yozuv va rasmlar tushirilgan futbolka, kalta shim va shippaklarda ko‘chani to‘ldirib yurishgani ayni haqiqat. Sigaret chekayotgan odamning surati tushirilgan yoki skelet rasmi solingan futbolkalarni kiyishga ishtiyoqmand o‘zbek yigitlarimizning bu ishlari o‘zbekona madaniyatimizga to‘g‘ri kelmasligini anglay olishmayapti. Tasavvur qilib ko‘ring kalta shim yoki futbolka kiyib olgan ota yoki tor va ochiq libosga burkangan ona o‘z farzandiga ibrat bo‘lish o‘rniga shu muhitda ulg‘ayishi uchun zamin yaratayotgandek go‘yo. Haqiqatki bunday ota-onalar ba’zi-ba’zida uchrab turibdi.
Eng avvalo ota ona o‘z farzandini kiyinishiga e’tibor berishi, doimiy nazorat qilishi zarur. SHundagina yuqorida keltirilgan muammolar va salbiy fikrlar yuzaga kelmaydi. Istardimki qizlarimiz ibo hayoda barchaga namuna bo‘lib, yigitlarimiz haqiqiy o‘zbek o‘g‘loni sifatida qolishsa va kiyinish madaniyati xam milliyligimizni o‘zida mujassam etgan eng muhim omil ekanligini yodda saqlashsa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.