Press "Enter" to skip to content

Tushda chaqaloq ko’rish — tush ta’biri, qiz va o’g’il chaqaloq ko’rsa nimadan darak

7. Bola tukli tug’ilishi mumkin. Soch nafaqat boshda, balki butun tanada bo’lishi mumkin. Xavotir olmang, “birinchi” sochlar tushib ketadi va chaqaloqning boshida haqiqiy kuchli sochlar o’sa boshlaydi.

Chaqaloqlar haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan qiziqarli ma’lumotlar

Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning sezgi va genetik xotirasi ko’plab olimlarni qiziqtiradi. Bugungi maqolamiz orqali chaqaloqlar haqida qiziqarli bo’lgan ma’lumotlarni sizlarga taqdim etamiz.

1. Bolaning tug’ilishi – bu murakkab va tabiiy jarayondir. Tug’ilgandan so’ng, bolada bir nechta testlarni o’tkazadilar, ularning yordami bilan uning asabiy rivojlanish darajasini bilishadi. Tug’ilgandan boshlab, chaqaloqlar oyoqlarini sirtga qo’yishlari mumkin, hatto qadamlar shaklida ham harakatlari bor. Kichkintoylar barmog’ingizni mahkam ushlashadi. Bularning barchasi tug’ma reflekslar deb ataladi. Onasini yo’qotib qo’ymasligi va och qolmasligi uchun reflekslar tabiat tomonidan yaratilgan. Aytgancha, o’zini eslatib turish uchun ham yangi tug’ilgan chaqaloq yig’lashni o’rganadi.

2. Deyarli barcha bolalar ko’k ko’zli bo’lib tug’iladilar. Kattaligidagi ko’z rangi esa biroz keyin shakllanadi. Shuning uchun, bolaning ko’z rangi siznikiga o’xshamasligidan tashvishlanmang. Vaqt o’tgani sari nafaqat ko’zlarning rangi, balki yuzning shakli va hatto sochlarning rangi ham o’zgaradi.

3. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda himoya deb ataladigan refleks mavjud. Bu bola og’ziga biron bir narsa tushganda yoki yuzini yostiq berkitib qolganda sodir bo’lishi mumkin. Agar og’izda begona narsa bo’lsa, u holda bola uni tezda til bilan itarib yuboradi. Agar chaqaloq qorni bilan uhlasa-yu tasodifan yostiqqa yuz o’girsa, avtomatik ravishda boshini bir tomonga burib oladi.

4. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar kattalarga nisbatan ikki baravar tez nafas oladi. Kichkintoylarda yurak urishi ham ikki baravar ko’proqdir.

5. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar juda ko’p uxlashadi. Ba’zida uyqu 20 soatgacha yetadi. Ammo bu umumiy qilib aytganda. Bitta uyqu yarim soatdan ikki soatgacha davom etishi mumkin. Bu bolaning asabiy rivojlanishi bilan bog’liq. Yoshi bilan bolaning uyqusi uch baravar kamayadi. Bolalar faqat tinchlikda uxlashadi degan fikrga noto’g’ridir.Chaqaloqlar shovqinda ham uhlay olishadi.

6. Bolalar ko’z yoshsiz yig’laydilar. Bolada ko’z yosh tomchilari ikki oyligida paydo bo’ladi.

7. Bola tukli tug’ilishi mumkin. Soch nafaqat boshda, balki butun tanada bo’lishi mumkin. Xavotir olmang, “birinchi” sochlar tushib ketadi va chaqaloqning boshida haqiqiy kuchli sochlar o’sa boshlaydi.

8. Agar siz yangi tug’ilgan chaqaloqni diqqat bilan kuzatsangiz, onasi yaqinlashishi bilan u “jonlanishi” va faol bo’lib qolishini ko’rasiz. Rivojlangan hid hissi tufayli bola sutni hidlaydi va shuning uchun sutdan bosh tortmaydi.

Tushda chaqaloq ko’rish — tush ta’biri, qiz va o’g’il chaqaloq ko’rsa nimadan darak?

Tushning ob’yekti sifatida chaqaloq g’amxo’rlik va e’tibor talab qiladigan tushunchadir. Bunday tush ko’rishda bir narsani aniqlash kerak — mas’uliyat hissi o’zingizdan kelib chiqadimi yoki tashqaridan uqdirilganmi? Fertil yoshdagi ayollar tushiga chaqaloq kirishi ularda mavjud bo’lgan farzand dunyoga keltirish instinkti bilan bog’liq. Erkaklarda bunday tushlar ma’lum darajada tashvishlanishni bildiradi, ayniqsa, jinsiy faol bo’lgan erkaklar uchun, bu, ehtimol, otalik majburiyatlaridan qo’rqish bilan bog’liq.

Tushda chaqaloq topib olsa, umuman chaqaloq qidirish — o’zini, o’z o’rnini qidirib topish ramzidir. Chaqaloqni topa olish — yangi ishlarda muvaffaqqiyatga erishish demakdir.

Tushda chaqaloq ko’rish: Nostradamus tushlar ta’biri bo’yicha

  • Chaqaloq — umid, kelajak ramzidir.
  • Tushda yig’layatogan chaqaloq ko’rish — o’z kelajagini xavf ostiga qo’yish.
  • Tushda o’z chaqalog’ini qidirish — yo’qotilgan umidni qaytarish istagidir.
  • Tushga qo’lda chaqaloqni ushlash kirsa — qiyin holatdan chiqib ketish yo’llarini izlash.

Tushga chaqaloq kirishi: Millerning tushlar ta’biri bo’yicha

  • Tushda yig’layotgan bola — sog’likning yomonlashuvi va ko’ngil qolishini anglatadi.
  • Xursand, pokiza chaqaloq — bu taqdirlangan muhabbat va ko’plab yaxshi do’stlar demakdir.
  • Ayol kishi tushida chaqaloqqa qarayotganini ko’rsa — u eng ishonadigan odami tomonidan aldanishi mumkinligi.
  • Yomon belgi — tushida ayol o’zining kasal bo’lgan chaqalog’ini qo’lga olsa, uning istimasi bo’lsa. Bu tush ruhiy azob-uqubatlar va qayg’u elchisidr.

Tushda qiz chaqaloq ko’rsa

Svetkov ta’biri bo’yicha

  • Ota uchun — taqdir mukofoti, tan olinish;
  • Ona uchun — umid;
  • Erkak va ayollar uchun — kutilmagan ishlar.
  • Tushda chaqaloq emizish — o’z erinchoqligi tufayli qiyinchiliklarga duch kelish.

Miller ta’biri bo’yicha

Tushda o’z qizini ko’rish — qandaydir yoqimsiz hodisalar sokinlik va garmoniyaga yo’l ochib berishini bildiradi. Agar o’z qizingiz tushingizda sizga nisbatan bemehr bo’lsa, sizni noxushliklar kutmoqda.

Nima uchun tushga chaqaloqlar kiradi

Svetkov ta’biri bo’yicha

  • O’pish — xotirjamlik;
  • Chaqaloqni urish — muvaffaqiyat;
  • Ahmoqgarchilik qilish — shaxsiy hayot, oilada baxt;
  • Begona chaqaloq — yangi imkoniyatlar.
  • Kimniki ekganligini bilish — ulkan ajablanish.
  • Kimning chaqalog’i ekanligini bilmaslik — g’alati tashvish;
  • Tushda chaqaloq emizsa — farovonlik.
  • Chaqaloq chiroyli bo’lsa — xursandchilik;
  • Yalang’och, kir va chiroyli bo’lmagan — muammolar, kutilmagan tashvish;

Loffning tush ta’biri: chaqaloq ko’rish

Bolalar — alohida diqqatga sazovor obrazdir, chunki u bizning barcha fikrlarimiz va tashvishlarimizning chin qiyofasini aks etadi. Bolalar har doim qo’rqish kerak bo’lgan narsadan qo’rqishadi; ular kuchli adolatparvarlik tuyg’usiga ega, ular yaqqol yaxshilik va yomonlikni aniq farqlashadi.

  • Tushda agar o’zingiz bolaga aylanib qolgan bo’lsangiz, do’stlaringiz esa oddiy kattalar bo’lsa, bu ular sizdan obro’liroq ekanligini anglatishi mumkin.
  • Agar tushda ko’rgan chaqaloq sizga notanish bo’lsa, ehtimol, bu o’tmishdagi o’zingiz bo’lishingiz mumkin.
  • Tushda omma oldida chaqaloq emizish — sizning sir saqlagan hayollaringiz va yashirin orzularingiz oshkora bo’lishi mumkinligidan. Bu sirlarigizni boshqalar bilan bo’lishmaslik kerakligini anglatadi.
  • Homilador ayol chaqaloq ko’rsa — tug’ruq yengil va oson o’tishi, bola esa sog’lom bo’lishidan.

Tushda chaqaloq ko’rsa nima bo’ladi? Vanganing tush ta’biri kitobi

  • Tushda ko’p chaqaloqlar ko’rish — siz ko’plab mayda muammolarga duch kelishingiz va ularni har birini xal qilish uchun vaqt va kuch sarflashingiz kerakligini anglatadi.
  • Agar tushda o’zingizni chaqaloq sifatida ko’rsangiz, real hayotda o’zingizni kerakli tarzda tutmayotganligingizdan darak.
  • Agar nogiron chaqaloqlar tushga kirsa, sizning yomon odatlaringiz nafaqt o’zingiz, balki atrofdagilaringiz sog’lig’iga ham zarar yetkazayotganini bildiradi.
  • Chaqaloq qidirish — noxush alomat. Siz kichik muammolar tufayli hozirgi holatdan chiqib keta olmaysiz.
  • Tushda chaqaloqlar bilan o’yansh — siz ko’ngligizdagi ishni qidirayotganingiz aksidir, ammo izlanishlaringizga qaramasdan, sizga yana biroz vaqt hozirgi ishingizda ishlab turish kerakligini bildiradi.

Tushda o’g’il chaqaloq

Svetkov bo’yicha:

  • Tushga o’g’il chaqaloq o’lishi kirsa — real hayotda quvnoq hodisa ro’y berishidan darak.
  • O’lik holatda ko’rish — tashvishlarning yakunlanishi, ishlar rivojlanishi.
  • U qanday o’lishini ko’rish — nizolar.
  • Tirilishi — eski qiyinchiliklarning qaytishi.
  • Vafot etgani va ko’milishi, yoki yo’qolib qolishi (ketib qolishi) — sevgan insoni bilan ajrashish yoki oiladagi baxtsizlik.

Miller bo’yicha:

Agar sizning o’g’lingiz bo’lsa va siz uni tushda chiroyli va odobli ekanini ko’rsangiz, unda sizda g’ururlanadigan biron narsangiz bo’ladi va siz yuksak hurmatga intilasiz. Tushga nogiron yoki aziyat chekayotgan bolangiz kirsa, demak, siz biron muammodan xavfsirashingiz kerak.

Agar ona o’g’lining quduq tubiga tushganini ko’rsa va u yerdan chiqayotgan ovozini eshitsa, u juda ko’p qayg’uga duchor bo’ladi. Ammo u tushida o’g’lini qutqarib qoladigan bo’lsa, u holda bu tushning tahdidi yo’qoladi va bu tushni shunchaki ehtiyotkorroq bo’lishga undash deb qabul qilish kerak.