Press "Enter" to skip to content

Ayollar kiyimi savdosi

Taʼkidlash joizki, 2022-yili Fargʻona viloyatida qariyb 80 ming nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritildi. Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 3 ming 268 nafariga 32,8 mlrd soʻm kredit ajratildi. 929 nafari uy-joy bilan taʼminlangan boʻlsa, 1 ming 175 nafariga turar-joy kompensatsiyalari toʻlab berildi. Deyarli 25 ming nafari doimiy ish oʻrni bilan taʼminlandi. Oʻtgan yili viloyatda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 20 ming 642 nafar xotin-qizlarga kredit ajratilishiga erishildi.

Olx.uz ayollar kiyimi

Bagʻdod tumanining “Matqulobod” MFYda istiqomat qiluvchi Gulnora Usmonova yaqin-yaqingacha oʻz xonadoni tomorqasidagi bodom hosilini bozorga chiqarish va ushbu meva koʻchatlarini yetishtirib sotish orqali roʻzgʻor tebratar edi. Mahallada xonadonma-xonadon xatlov oʻtkazilgach, u “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritildi. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish istagini bildirgach, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan foizsiz qaytarish sharti bilan 36 million soʻm miqdorida moliyaviy koʻmak oldi. Bodom koʻchatlari yetishtirib sotish uchun 10 sotix yer maydoni ham ajratildi.

Shu tariqa “Gulnora Matqulobod bodomlari” ishlab chiqarish kooperatsiyasini tashkil etgan qahramonimiz kasanachilik asosida yuz nafardan ziyod mahalladosh opa-singillarini ham ishli qildi.

— Hozirda viloyat boʻylab xom bodom mevasini yigʻib olib, kasanachi oilalarda tabiiy usulda quritamiz, — deydi Gulnora opa. — Keyin xonadonimizdagi maxsus jihozlarda ichki bozorga chiqarish, eksportga yoʻnaltirish uchun qadoqlaymiz.

Aytgancha, tadbirkor qoʻshni davlatlarga bodom eksportini ham yoʻlga qoʻydi. Koʻchatchilik tarmogʻini rivojlantirish uchun 10 sotix yerning shoʻri yuvilib, mahalliy bodom navlarini ekib koʻpaytirishga tayyorlab qoʻyildi.

Taʼkidlash joizki, 2022-yili Fargʻona viloyatida qariyb 80 ming nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritildi. Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 3 ming 268 nafariga 32,8 mlrd soʻm kredit ajratildi. 929 nafari uy-joy bilan taʼminlangan boʻlsa, 1 ming 175 nafariga turar-joy kompensatsiyalari toʻlab berildi. Deyarli 25 ming nafari doimiy ish oʻrni bilan taʼminlandi. Oʻtgan yili viloyatda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 20 ming 642 nafar xotin-qizlarga kredit ajratilishiga erishildi.

Xususan, “Ayollar daftari” koʻmagida beshariqlik Husnida Almatova 23 mln. soʻm bank krediti evaziga xizmat koʻrsatish shoxobchasini ochgan boʻlsa, oltiariqlik Gulsanam Otanazarovaga uzumzorini kengaytirish uchun 30 mln. soʻm kredit oldi. Buvayda tumanida yashovchi Odina Hasanova esa moʻjaz tikuv sexi egasiga aylandi.

— Bunday misollar juda koʻp va “Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan opa-singillarimizning turmush sharoitini yaxshilash, oʻz layoqati va hunari bilan oilada, jamiyatda oʻrnini topishi uchun koʻmaklashish ishlari tizimli davom ettirilmoqda, —deydi Fargʻona viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Komila Kavlonova. — Viloyatning har bir shahar-tumanida xotin-qizlar tadbirkorligi markazining filiallari ochilib, ishsiz ayollar mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlar boʻyicha oʻqitilyapti. Oʻtgan yil davomida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan 1 ming 131 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 7 mln. soʻmdan 10 mln. soʻmgacha subsidiyalar berildi.

Bundan tashqari viloyatda 62 ta xotin-qizlar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, oʻtgan yili hududlarda 10 dan ortiq ana shunday markazlar ish boshladi.

Rishton tumanining “Yoyilma” MFYda yashovchi Nigora Oxunjonova tikuvchilik kursini tamomlagach, unga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Hozirda oʻz xonadonida buyurtma asosida ayollar, bolalar liboslari, pardalar tikishni yoʻlga qoʻygan Nigora “ustoz-shogird” anʼanasi asosida 15 nafar mahalla qizlariga chevarchilik hunarini oʻrgatyapti.

— Avvallari bir oʻzim uyda oʻtirib ishlagan boʻlsam, davlatimizning begʻaraz koʻmagi bilan imtiyozli kredit olib, bugungi kunda 10 nafarga yaqin mahalladoshlarimni yonimga oldim, —deydi Toshloq tumanining “Piyozchilik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi kosib-tadbirkor Muqaddas Soliyeva. — Toshloq tumani hokimligi yordamida mahalladagi 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabida kosibchilik sexi tashkil etib, darsdan soʻng 35 nafar oʻquvchilarni shu hunarga oʻrgatyapman.

Bugungi kunda Fargʻona viloyatida “Ayollar daftari” boʻyicha toʻrtinchi bosqich ishlarini shakllantirish borasida xatlov jarayoni davom etmoqda. Pirovardida 900 mingga yaqin xonadonlarning yashash sharoiti va bandligini yaqindan oʻrganish hamda 100 ming nafardan ziyod xotin-qizlarni ijtimoiy daftarga roʻyxatga olish rejalashtirilgan.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Do‘stlaringiz bilan bo‘lishing:

Tavsiya etamiz

Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji

Ayollar kiyimi savdosi

Siz ushbu toifaga kiruvchi o‘xshash e‘lonlarni topishingiz mumkin.

  • OLX asosiy bo‘limlari
  • Bo‘limda bo‘linmlar “Moda va stil”
  • Bo‘limda bo‘linmlar “Kiyim-kechak”

OLX asosiy bo‘limlari :

Bo‘limda bo‘linmlar “Moda va stil” :

Bo‘limda bo‘linmlar “Kiyim-kechak” :

  • Toshkent viloyati (35 252)
  • Navoiy viloyati (498)
  • Jizzax viloyati (99)
  • Samarqand viloyati (2 737)
  • Xorazm viloyati (421)
  • Surxondaryo viloyati (96)
  • Buxoro viloyati (1 579)
  • Qashqadaryo viloyati (200)
  • Namangan viloyati (31)
  • Farg‘ona viloyati (883)
  • Andijon viloyati (130)
  • Qoraqalpog‘iston (581)
  • Sirdaryo viloyati (110)

Ayollar zamonaviy kiyimlari savdosi OLX.uz O‘zbekiston e‘lonlar taxtasida. Ayollar zamonaviy kiyimini eng yaxshi narxlarda OLXda (avvalgi Torg) sotib olish!