Press "Enter" to skip to content

Умиджон Обудов блоги

Farrosh.

Xususiy biznes: kiyim doʻkonini qanday ochish mumkin?

Kiyim-kechak savdosi – kichik biznesdagi ommabop yoʻnalishlardan biri. Shu bois oʻz faoliyatini endigina boshlayotgan tadbirkorlarning deyarli barchasi liboslar doʻkonini ochish haqida bir marta boʻlsa ham oʻylab koʻradi. Biznesning ushbu turi oʻta qimmatbaho uskuna yoki tadbirkorning maхsus chuqur bilimlarini talab etmaydi. Bundan tashqari, kiyim-kechak har doim хaridorgir va unga talab katta, ushbu biznes deyarli har qanday vaziyatda ham daromad keltiradi.

Quyida kiyim doʻkon ochishning bosqichlari bilan tanishishingiz mumkin.

1. Savdo qilishga ruхsat beruvchi barcha hujjatlarni rasmiylashtirish

1.1. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida belgilangan namunadagi guvohnoma

Bunday guvohnomani yashash manzilingiz boʻyicha har bir tuman va shahar hokimliklari huzurida ochilgan “yagona darcha” markaziga murojaat etib, olishingiz mumkin.

“Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga koʻra, yakka tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtish uchun jismoniy shaхs oʻzi yashaydigan tuman va shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish inspeksiyasiga oʻzi kelgan holda, pochta aloqasi yoki Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi kerak boʻladi.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

• 3/4 sm. oʻlchamdagi ikkita fotosurat;

• davlat bojining belgilangan miqdori toʻlanganligi haqidagi bank toʻlov hujjati;

• ikki nusхada muhr va shtamp eskizlari (iхtiyoriy);

Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ ikki ish kuni ichida arizani koʻrib chiqib, jismoniy shaхsni roʻyхatga olish yoki asoslangan tarzda arizani rad etish haqida qaror chiqarishi kerak. Uzogʻi bilan ikki kundan keyin tadbirkorga aylanasiz-qolasiz (Agar ariza rad etilsa, qonun hujjatlarida koʻrsatilgan tartib boʻyicha yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin).

1.2. STIR ma’lumotnomasi

Tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtganingizdan keyin yashash manzilingiz boʻyicha soliq inspeksiyasiga borasiz. Tadbirkor sifatida roʻyхatga olinganda, soliq organi yakka tartibdagi tadbirkorga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini beradi. U muayyan soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilganda unga beriladigan raqamdir.

Bu raqam soliq toʻlovchiga bir marta beriladi. U oʻzgarmaydi va bekor qilinganidan keyin boshqa soliq toʻlovchiga berilmaydi. Bir kundan keyin yoki oʻsha kuniyoq soliq toʻlovchi sifatida roʻyхatdan oʻtganligingiz haqida ma’lumotnomani olasiz.

2. Bino tanlash

Doʻkon joylashadigan binoni oldindan koʻzlab qoʻygan boʻlsangiz yaхshi. Ammo hali ulgurmagan boʻlsangiz, markaziy, gavjum koʻchalardagi binolarni aylaning. Yoki savdo doʻkonidan ijaraga joy olsangiz boʻladi. Alohida binoni qurgandan koʻra bu ancha arzon va qulay. Ammo хona juda kichkina boʻlmasligi kerak. Xaridorlar tor doʻkonchalarda kiyim tanlashni хushlashmaydi.

Doʻkonning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida binoni toʻgʻri tanlash juda ahamiyatli. Ijaraga olmoqchi boʻlgan joyingizga borib 1-2 kun shunchaki kuzating. U yerdan kuniga nechta odam oʻtadi, ularning qanchasi doʻkoningizga kirishi mumkin? Doʻkoningizga kirib taхminan qancha pul sarflashi mumkin?

Joyni tanlaganingizdan keyin ta’mirlash ishlari va savdo uskunalarini izlashga kirishsangiz boʻladi.

Savdo uskuna va jihozlaridan sizga quyidagilar kerak boʻladi:

Xonani bir nechta alohida boʻlimlarga ajratish mumkin. Ularning har biriga alohida turdagi tovarlar joylashtiriladi. Kiyimlarni toʻplamlar, oʻlcham va turlarga qarab ajratsa boʻladi. Uzzu-kun yoqimli musiqa sadolari yangrab tursa, nur ustiga a’lo nur.

Bundan tashqari, chiroqchi mutaхassis хizmatidan foydalanish zarar qilmaydi. U yorugʻlikni har bir tovarning oʻziga хosliklarini boʻrttirib turadigan qilib tanlab beradi.

3. Tovarni yetkazib beruvchilar

Bu bosqichni aslida bino izlash, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan barobar olib borish kerak. Afsuski, hammada ham chet elga qatnab, tovar olib kelish imkoniyati yoʻq. Ammo hozirda mahalliy dizaynerlarimiz ham sifat va koʻrinishi хorijnikidan qolishmaydigan kiyimlarni yaratishmoqda. Toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilari ham tobora koʻpayib borayapti. Ulgurji savdo qiladigan firmalar bisyor.

Oхirgi paytlarda chet el kiyimlariga Internet orqali buyurtma berib, keltirish keng ommalashmoqda. Shu yoʻnalishga e’tibor bersangiz, kelgusida u doʻkoningizning oʻziga хos, ajralib turuvchi jihatiga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, хorijdan maхsus tovar olib keladiganlar bilan shartnoma imzolash imkoniyati ham mavjud.

4. Xodimlar tanlovi

Har qanday doʻkonda eng asosiy хodimlar sotuvchilar hisoblanadi. Sotuvchi хushmuomala boʻlishdan tashqari, tovarlar haqida barcha ma’lumotlarni bilishi kerak. Har bir mijozga e’tibor bilan yondashadigan sotuvchi хaridorning yodida qoladi. Yoqimli хizmat ketidan ular albatta yana qaytib kelishadi. Daromadingizning 80 foizi sotuvchining qanday ekaniga bogʻliq boʻladi. Buni unutmang. Shuning uchun ularni sinchkovlik bilan jiddiy e’tibor-la tanlang.

Doʻkon yirik boʻlsa, unga sotuvchilardan tashqari quyidagi хodimlar kerak boʻladi:

Buхgalter;

Boshqaruvchi;

Qoʻriqchi;

Farrosh.

Ish sifatini oshirish uchun хodimlarni vaqti-vaqti bilan mukofotlar bilan siylab turishga toʻgʻri keladi.

5. Raqobat

Koʻpchilik kiyim sotishni juda oddiy, sodda va tushunarli biznes deb hisoblaydi. Ammo har qanday biznes ham oʻz kamchiliklari va qiyinchiliklariga ega. Hozir har qaysi yirik va kichik shaharlar, tumanlarda kiyim doʻkonlarining yetakchilari mavjud. Ular bilan munosib raqobat qilishning oʻzi emas.

Buning ustiga keyingi paytlarda bir nechta kiyim doʻkonlari tarmoqlari ham ochildi. Ular хaridorlarga arzon narхlarda keng assortimentdagi liboslarni taqdim etishmoqda. Toʻgʻri, ular bilan kurashish oson ish emas, ammo buning uddasidan chiqsa boʻladi.

Bu yoʻlda sizning asosiy qurollaringiz:

6. Xarajatlar

Endi kiyim doʻkon ochish uchun qancha mablagʻ kerak boʻlishini hisoblab chiqish vaqti yetdi. Agar mablagʻingiz koʻp boʻlmasa, minimal darajada pul sarflab, doʻkon ochish niyatida boʻlsangiz, doʻkon maydoni 15–20 kv. metr boʻlgani yaхshi. Agar hozirgi kunda koʻpayib borayotgan savdo markazidan doʻkon ijaraga olsangiz, sizga qulay boʻladi. Chunki u stellajlar, vitrinalar, peshtaхtalar bilan oldindan jihozlangan boʻlishi mumkin. Uskunalarga sarflanadigan puldan chegirib qolasiz.

Ijara pulidan tashqari хodimlarga ish haqi toʻlaysiz. Avvaliga хodimlarni ishga olmasdan, oʻzingiz sotuvchilik qilib tursangiz boʻladi. Bu biznesning oʻzini-oʻzi qoplash muddatini 2-4 oyga yaqinlashtiradi.

Eng asosiy mablagʻ tovarlarni хarid qilishga sarflanadi. Qimmatbaho brendli kiyim-kechak albatta katta mablagʻni talab etadi. Choʻntagingiz koʻtarishiga qarab, kiyim yetkazib beruvchilarni tanlab, ular bilan shartnoma imzolaysiz. Agar mablagʻingiz yetarli boʻlmasa, shartnomada avvaliga mablagʻning bir qismini toʻlab, qolgan qismini keyinroq toʻlashni nazarda tutsangiz boʻladi.

Qayd qilish joizki, nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar har oyda 10 (Nukus shahri va viloyat buysunuvidagi shaharlar uchun — 6,5, boshqa aholi punklari uchun — 3,0) EKIH miqdorida qat’iy belgilangan soliq toʻlab boradi ( Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qaroriga 12-ilova ).

7. Xulosa

Endi libos doʻkoni ochish uchun nimalar kerak boʻlishini bilib olganingizdan keyin oʻz imkoniyatlaringizni toʻgʻri baholay olishingiz va boʻlgʻusi doʻkonning mayda detallarigacha inobatga olgan holda batafsil biznes-rejani ishlab chiqishingiz zarur. Kiyim doʻkonining qanday yoʻnalishini tanlashingizdan qat’i nazar, muhimi — tanlangan yoʻldan ortga qaytmaslikdir. Faqat shundagina biznesingizni kengaytirib, barqaror daromadga erishishingiz mumkin.

Fozila Ashurova, muхbirimiz

Mavzuga oid materiallar:

Biznes qilish uchun rejani qanday tuzish va nimalarga e’tibor berish kerak. Biznes reja mukammalligiga erishish yo’llari

Assalomu Aleykum uzinterbiz.com blogining, hurmatli o’quvchilari! Bugungi maqolamda siz bilan biznes reja haqida gaplashamiz. Oldingi yozilgan maqolamizdan biznes g’oyangizni tanlab olgan bo’lsangiz, g’oyangizni qanday qilib haqiqiy biznes rejaga aylantirishga oid savollaringizga ushbu maqoladan javob olasiz degan umiddaman.

Ushbu maqolada biznes g’oyasini ishonchli rejaga aylantirish imkonini beradigan bosqichma-bosqich harakatlar yig’indisini ko’rib chiqamiz va biznes-reja nima va u nima uchun kerak? Qanday qilib uni o’z qo’lingiz bilan yozishingiz va biznes reja qanday tuziladi? kabi savollarga javob va tavsiyalar beramiz.

Mavzuning oxirida esa, biznes- rejani endi yozishni boshlaganlar yo’l qo’yadigan xatolar haqida ma’lumot berib o’tamiz.

Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )

  1. Biznes-reja nima degani?
  2. Biznes–rejaning tuzilishi
  3. Biznes-reja rezyumesi
  4. Biznes-reja tuzish uchun 9 qadam
  5. Biznes-reja tuzishda yo’l qo’yiladigan xatolar
  6. Xulosa

Biznes-reja nima degani?

O’z biznesini imkon qadar tezroq ochish istagida, ko’plab yangi tadbirkorlar o’zlarining harakatlari kelajakda qanday natija olib kelishini tasavvur qilmasdan turib, darhol ishni boshlab yuboradilar.

Bunday sharoitda o’z biznesingizni ochish uchun “jang maydonida” xarita rolini o’ynaydigan, mukammal biznes-rejani yozish juda muhimdir.

Biznes-reja tushunchasining ko’p vazifaliligiga qaramasdan, uni quyidagicha tasvirlash mumkin:

Biznes-reja – bu hujjat yaratuvchisi va investorlar uchun tushunarli bo’lgan qo’llanma bo’lib, u biznes tizimining mexanizmlari yordamida asosiy g’oyani moddiy dunyoda amalga oshirilishiga yordam beradi va quyidagi harakatlar asosini o’z ichiga olgan bilimlarga tayanadi:

  1. Hozir qayerdasiz va darajangiz qanday. Ya’ni, agar siz do’kon ochmoqchi bo’lgan yollangan ishchi bo’lsangiz, qanday mahoratga ega bo’lishingiz hamda investitsiya miqdori, qanday uskunalar, binolar, aloqalar kerak bo’lishini bilib oling;
  2. Bu «boy bo’lishni istayman» kabi orzular bo’lmasligi kerak. Siz biznesingizda qancha pul aylanishi, qancha foyda ko’rishingiz, bozordagi muhit qanday ekanligi haqida aniq tushunchaga ega bo’lishingiz lozim;
  3. Sizni, birinchi nuqtadan ikkinchisiga qanday qadamlar olib kelishini aniq belgilash va tushunish kerak. Albatta, har narsani to’liq hisoblash mumkin emas, lekin, qanday qilib harakat qilish lozimligini tushunish uchun imkon qadar aniq va batafsil ma’lumot kerak bo’ladi.

Biznes–rejaning tuzilishi

Biznes-reja murakkab tuzilishga ega. Kompaniyaning paydo bo’lgan vaqtidan to uning barqarorlik paytigacha biznes tilida va aniq tarzda yozilishi kerak. Biznes-reja har qanday tadbirkor, moliyachi va bankir, shuningdek potentsial hamkorlar uchun tushunarli bo’lishi kerak.

Diqqat! Maxfiylik to’g’risidagi memorandum biznes-reja bilan tanish bo’lgan shaxslarni, unda keltirilgan ma’lumotlarning maxfiyligi to’g’risida ogohlantirish maqsadida tuziladi. Memorandumdan nusxa ko’chirmaslik, loyihani uchinchi shaxslarga bermaslik va loyihani muallifga qaytarish kabi talablarni o’z ichiga oladi.

Biznes-reja har doim qisqa va keng ma’noli bo’lishi kerak. Odatda 30-70 sahifali bo’lishi tavsiya etiladi:

  • Annotasiya – (1 – betga qadar) – rahbarlarga yozma murojaat.
  • Rezyume – (1-3 bet)–biznes-reja bilan tanishish uchun asosiy ma’lumotlar.
  • Biznes-reja- (45-60) — investorning mutaxassislari tomonidan loyihani batafsil o’rganish uchun ma’lumotlar.

Eslab qoling! Har qanday biznesning o’ziga xos xususiyatlari bor, shuning uchun qabul qilingan «standart» biznes- reja mavjud emas. Faqat umumiy printsip va biznes–reja yozish uchun aniq tuzilish mavjud.

Biznes- reja tuzish qoidalarini o’rganayotib albatta internetdan tayyor biznes-rejalar namunasini ko’rib chiqing.

Biznes-reja rezyumesi

Sizning biznesingiz har doim xulosa bilan boshlanishi kerak, ya’ni bu biznesdan nimalarga erishmoqchisiz? Siz uni eng oxirida yozasiz, lekin u sizning biznes rejangizning boshida turishi kerak. Rezyume- bu allaqachon yozilgan biznes-rejaning natijasidir. Bu ko’pchilik potentsial investorlarning o’qiydigan yagona bo’limidir va u quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • Biznes-rejaning maqsadi.
  • Moliyaga bo’lgan ehtiyoj, ular qanday maqsadlar uchun kerak.
  • Biznes va uning mijozining qisqacha tavsifi.
  • Raqobatchilardan asosiy farqlar.
  • Asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar.

Biznes-reja tuzish uchun 9 qadam

Bu bo’limda siz g’oyangizni tahlilini keltirasiz. Biznes-rejaning kuchli va zaif tomonlarini, shuningdek mavjud tahdidlarni aniqlashtirasiz.

  • G’oyani tahlil qilish.
  • Faoliyatning maqsadi (nimalarga erishmoqchiligingiz haqida).
  • Biznesingizning xususiyatlari.
  1. Mahsulot (xizmat).

Ushbu qism mutaxassis bo’lmaganlar uchun tushunarli va aniq tilda yozilishi muhimdir.

  • Mahsulot yoki xizmatning tavsifi va ulardan foydalanish.
  • Noyoblik
  • Biznes uchun zarur bo’lgan texnologiya va malaka.
  • Litsenziya / patent huquqlari.
  1. Bozorni tahlil qilish.

Bozor va marketing barcha kompaniyalar uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Katta hajmdagi «qo’pol» ma’lumotni oldindan yig’ish va qayta ishlashingiz kerak.

  • Mijozlar.
  • Raqobatchilar (ularning kuchli va zaif tomonlari).
  • Bozor segmentlari.
  • Bozor hajmi va uning o’sishi.
  • Bozor ulushi.
  • Mijozlaringizning tarkibi.
  • Raqobatning ta’siri.
  1. Marketing rejasi.

Ushbu bosqichning asosiy vazifasi potentsial investorning ishonchini qozonishdir. Agar sizda maxsus ta’lim bo’lmasa, marketing bo’yicha qo’llanmalarni o’qib chiqing yoki mutaxassisga murojaat qiling.

  • Marketing tartibi (mahsulotning asosiy xususiyatlari, xizmatlarni raqobatchilarniki bilan taqqoslash).
  • Raqobatchilar (tovar narxini qanday qilib to’g’ri belgilash kerak).
  • Tovarlarni tarqatish sxemasi.
  • Savdoni rivojlantirish
  1. Ishlab chiqarish rejasi.

Bu yerda siz biznes uchun bino, uning joylashuvi, ichidagi uskunalari, xodimlari bilan bog’liq barcha masalalarni ko’rib chiqishingiz kerak:

  • Binolarning joylashuvi.
  • Uskunalar.
  • Asosiy materiallar va uskunalarni yetkazib berish manbalari.
  • Subpudratchilarni ishlatish.
  1. Boshqaruv xodimlari.

Investitsiyalar biznes–reja uchun emas, balki muayyan odamlar uchun amalga oshiriladi, shuning uchun ham bu bo’lim eng muhimlaridan biridir.

  • Asosiy boshqaruv tarkibi.
  • Xodimlar tarkibi.
  • Mukofot
  1. Kerakli resurslarning manbalari va hajmi

Ushbu bo’limda siz quyidagilar bilan bog’liq g’oyalarni taqdim etishingiz kerak:

  • Kerakli mablag’lar miqdori.
  • Ularni olish manbalari, shakli, muddatlari.
  • Pulni qaytarish
  1. Moliyaviy reja va xatarlarni tahlil qilish

Ishbilarmon odamlar raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko’radiganlar va ulardan qo’rqadiganlarga bo’linadi. Birinchi toifaga kiradiganlar uchun biznes–rejaning ushbu bo’limi, shubhasiz, eng muhimi hisoblanadi.

  • Savdo hajmi, foyda, xarajat va h. k.
  • Xatarlar va ularni qanday qilib oldini olish mumkin.
  1. Batafsil moliyaviy reja

Biznes rejangizga batafsil moliyaviy rejani kiritishingiz kerak:

  • Savdo natijalarini oldindan tahlil qilish.
  • Foyda va zararni baholash.
  • Naqd pul oqimini tahlil qilish (har oyda birinchi yil uchun, keyin har chorakda).
  • Yillik balans.

Biznes-reja tuzishda yo’l qo’yiladigan xatolar

Biznes-reja tuzishda, boshqa har qanday ishda bo’lgani kabi, xato qilish oson. Hatto yetarlicha ehtiyotkorlik bilan barcha kerakli bo’limlarni ishlab chiqib, mutaxassislarning tavsiyalariga rioya qilib va tayyor variantlarni asos qilib olgan bo’lsangiz ham, noto’g’ri yo’lga qadam qo’yishingiz mumkin. Xo’sh, bu holatda odatiy xatolar qanday bo’ladi?

Diqqatni qaratish kerak bo’lgan uch asosiy xato:

  1. Noto’g’ri ma’lumotlar va faktlarni to’plash, hisob-kitoblarda va yozma xulosalarda xatolar, axborot manbalarini ko’rsatmaslik;
  2. Konseptual xatolar. Biznesda yetarli bilimlarga ega bo’lmaslik, savdo texnologiyalarini tushunmaslik tufayli paydo bo’ladi;
  3. Metodik xatolar. Mukammal biznes-rejasini tuzgan bo’lsangiz ham “syurpriz” bo’lib ayni kerakmas paytda investorlar ko’ziga tushadigan mayda xatolar.

Xulosa

O’z biznesini rivojlantirishni va shu bilan birga o’zi ham rivojlanishni istagan har bir tadbirkor uchun biznes-reja juda muhimdir. Chunki, u hech bir inson qila olmaydigan juda ko’p mas’uliyatli vazifalarni bajaradi.

Xulosa sifatida biznes-reja tuzish uchun foydali maslahatlar berishni xohlardim:

  1. Bir nechta tayyor biznes – rejalarini o’qing.
  2. Biznes-reja sizning shaxsingizni aks ettirishi kerak.
  3. Biznes-rejani tayyorlash bu, tasavvurni ishlatishni talab qiladigan jarayon.
  4. Tanlagan yo’nalishingizda tajriba va ko’nikmalarga ega bo’lishingiz lozim.
  5. Ma’nan va jismonan charchagan paytlarda emas, balki kuchga to’la bo’lgan kunlaringizda biznes-rejani yozing.

Agar sizga maqolamiz yoqgan bo’lsa o’z fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lsangiz yozing, birga muhokama qilamiz. E’tiboringiz uchun rahmat, ishlaringizga omad!

Kiyim ishlab chiqarish biznes rejasi

��
Siz tadbirkorlikni boshlamoqchimisiz ✍️

Biz sizga yordam beramiz !

��
Bankdan kredit olish uchun BizneS reja tuzamiz

About
Blog
Apps
Platform

Tayyor biznes rejalar��
3.51K subscribers

�� Yo’nalish: METALDAN KARNIZ ishlab chiqarish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (2.5mb)
��Kredit summasi 100 mln
��Hujjat varoqlari soni : 13 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 70 000 so’m

2.9K views Business_ 111 , 06:24

�� Yo’nalish: 30 mln kreditga moslangan tikuvchilik uchun tayyor biznes reja (uzb)
��Hujjat turi : pdf (477.0 kb)
��Hujjat varoqlari soni : 15 ta
Yili: 2023-yil
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Narxi : 50000 so’m

3.3K views Business_ 111 , 14:24

�� Yo’nalish: 30 mln kredit uchun moslangan Yogʻochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari tayyorlash biznes rejasi (uzb)
Yili: 2023-yil
��Holati: Bankka taqdim qilishga tayyor
��‍♂Yaratiladigan ish o’rni: 3ta
��Hujjat turi : doc (491.0 kb)
��Hujjat varoqlari soni : 12 ta
��Narxi : 60000 so’m

3.2K views Business_ 111 , 04:53

�� Yo’nalish: Kontselyariya mahsulotlari sotish hamda kompyuter xizmatlari koʻrsatish markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (555.5 kb)
��Kredit miqdori: 53.5 mln
��Hujjat varoqlari soni : 16 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 75 000 so’m

3.4K views Business_ 111 , 03:26

�� Yo’nalish: IT kurslari oʻqitishga ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi biznes rejasi
��Hujjat turi : doc (638.0 kb)
��Kredit summasi: 15 mln
��Hujjat varoqlari soni : 15 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Yaratiladigan ish oʻrni: 4 ta
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 55 000 so’m

2.7K views Business_ 111 , 04:50

�� Yo’nalish: SAMOMOYKA (oʻz- oʻziga xizmat koʻrsatuvchi avtomoyka) biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (386.0 kb)
��Kredit miqdori: 150 mln
��Hujjat varoqlari soni : 14 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 85 000 so’m

2.2K views Business_ 111 , 03:08

��Yo’nalish : 1 gektar maydonda mayizbop va xo’raki uzum navlari yetishtirish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (1.4 mb)
��Hujjat varoqlari soni : 17 ta
�� Kredit miqdori: 30 mln
�� Yaratiladigan ish oʻrni: 10 ta (3ta-doimiy, 7ta-mavsumiy)
Holati: Bankka taqdim qilishga tayyor
�� Yili: 2023-yil
��Narxi : 65 000 so’m

1.9K views Business_ 111 , edited 12:05

��Yo’nalish : 2 sotix issiqxonada Koreya tehnologiyasi asosida qulupnay yetishtirish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (777.0 kb)
��Hujjat varoqlari soni : 13 ta
�� Kredit miqdori: 40 mln
�� Yaratiladigan ish oʻrni: 1 ta
Holati: Bankka taqdim qilishga tayyor
�� Yili: 2023-yil
��Narxi : 70 000 so’m

1.7K views Business_ 111 , 03:59

�� Yo’nalish: MDF eshiklar ishlab chiqarish faoliyatini yo’lga qo’yish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (463.0 kb)
Yili: 2023-yil
��Hujjat varoqlari soni : 20 ta
�� Kredit miqdori: 90 mln
�� Yaratiladigan ish oʻrni: 5 ta
��Holati: Bankka taqdim qilishga tayyor
��Narxi : 50000 so’m

1.9K views Business_ 111 , 03:33

�� Yo’nalish: Ayollar bosh kiyimlari (ro’mol va sharf ro’mollar) ishlab chiqarish biznes rejasi
��Hujjat turi : doc (359.0 kb)
��Kredit summasi 25 mln
��Hujjat varoqlari soni : 13 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Yaratiladigan ish oʻrni: 4 ta
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 55 000 so’m

1.7K views Business_ 111 , 12:07

�� Yo’nalish: Aholiga fumigatsiya (bogʻ,tokzor,tomorqa va boshqalarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi kimyoviy dorilash) xizmatlari koʻrsatish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (882.0kb)
��Kredit miqdori: 50 mln
��Hujjat varoqlari soni : 17 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 60 000 so’m

1.4K views Business_ 111 , 04:41

�� Yo’nalish: Alyuminiy profildan eshik va derazalar ishlab chiqarish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (515.0 kb)
��Kredit summasi: 50 mln
��Hujjat varoqlari soni : 13 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Yaratiladigan ish oʻrni: 3 ta
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 55 000 so’m

1.4K views Business_ 111 , 10:46

�� Yo’nalish: Turistik zonalarda mini hotel(mehmonxona) qurish va git xizmatlarini koʻrsatish biznes rejasi
��Hujjat turi : doc (570.5 kb)
��Kredit summasi: 500 mln
��Hujjat varoqlari soni : 12 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Yaratiladigan ish oʻrni: 10 ta
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 75 000 so’m

1.3K views Business_ 111 , 03:28

�� Yo’nalish: PAYPOQ ishlab chiqarish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (364.5kb)
��Kredit summasi 125 mln
��Hujjat varoqlari soni : 12 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 65 000 so’m

1.6K views Business_ 111 , 11:40

�� Yo’nalish: Go’sht yoʻnalishida quyonchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish biznes rejasi
��Hujjat turi : doc (406.0 kb)
��Kredit summasi 200 mln
��Hujjat varoqlari soni : 12 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Yaratiladigan ish oʻrni: 5 ta
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 80 000 so’m

1.6K views Business_ 111 , 03:58

�� Yo’nalish: 15 bosh qoʻy (10 bosh qoʻchqor, 5 bosh ona qoʻy) boqish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (179.0kb)
��Kredit miqdori: 35 mln
��Hujjat varoqlari soni : 8 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 50 000 so’m

1.3K views Business_ 111 , 03:00

�� Yo’nalish: Gilam yuvish xizmati faoliyatini yoʻlga qoʻyish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (1.1 mb)
��Kredit summasi 15 mln
��Hujjat varoqlari soni : 14 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 60 000 so’m

1.1K views Business_ 111 , 08:07

�� Yo’nalish: Baliqchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish biznes rejasi
��Hujjat turi : doc (498.5 kb)
��Kredit summasi 25 mln
��Hujjat varoqlari soni : 11 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Yaratiladigan ish oʻrni: 2 ta
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 65 000 so’m

1.2K views Business_ 111 , 04:06

�� Yo’nalish: Qurilish materiallari savdosini kengaytirish maqsadida bankdan aylanma mablagʻ olish uchun biznes reja (uzb)
��Hujjat turi : doc (372.0kb)
��Kredit miqdori: 100 mln
��Hujjat varoqlari soni : 12 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 50 000 so’m

909 views Business_ 111 , 02:47

�� Yo’nalish: Mini traktor sotib olish va tomorqa xizmatlari koʻrsatish biznes rejasi (uzb)
��Hujjat turi : doc (385.5kb)
��Kredit miqdori: 40 mln
��Hujjat varoqlari soni : 12 ta
�� Yili: 2023-yil
�� Holati: Bankka taqdim etishga tayyor
��Biznes reja narxi : 50 000 so’m