Talabalar o‘qishini ko‘chirish (перевод) va qayta tiklash haqida batafsil
Ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasasida tegishli o‘qitish tili mavjud bo‘lmasa, o‘qitish tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tarjima Kinolar
Sizlarga eng so’ngi O’zbek tilidagi tarjima filmlarni namoyish etamiz! Bizda hamma tarjima kinolar HD holda va eng asosiysi original kesilmagan! Hamma filmlarimiz sizlar uchun maroqli hordiq oling! Qanday film xohlaysiz? Jangari kinolar, Ujas kinolar, Hind kinolar, Komedik filmlar, Sevgi haqidagi filmlar, Fantastik kinolardan qaysi biri sizga ma’qul? Qaysi yoqsa tanlang va tomosha qiling!
480p 720p 1080p
M3GAN / MEGAN ujas kino Uzbek tilida 2022 O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
Tarjima Kinolar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
480p 720p 1080p
Dahshatli o’rmon ujas kino Uzbek tilida 2004 O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
Tarjima Kinolar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
480p 720p 1080p
Daxshatli tun Uzbek tilida 2022 O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
Tarjima Kinolar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
480p 720p 1080p
Qonli yangi yil ujas kino Uzbek tilida 2022 O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
Tarjima Kinolar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
480p 720p 1080p
Grinch Yangi yil o’g’risi Uzbek tilida 2000 Jim Kerri ishtirokida O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
Tarjima Kinolar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
480p 720p 1080p
Yangi yil jozibasi / Rojdestvo shukuhi / Yangi yil ruhi Uzbek tilida 2022 O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
Tarjima Kinolar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
480p 720p 1080p
Xavfli biznes (Tom Hardi ishtirokida) Barcha qismlar O’zbek tilida 2009 Uzbekcha tarjima
Tarjima Kinolar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
480p 720p 1080p
Yolg’iz uy Z ujas kino Uzbek tilida 2020 O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
Tarjima Kinolar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
360p 480p 720p 1080p
Avatar 2: Suv yo’li / Suvdagi yo’l Uzbekcha tarjima 2022 HD O’zbek tilida kino
Tarjima Kinolar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
TS 480p 720p 1080p
Qora qoplon 2: Vakanda boqiy / Qora Pantera 2: Wakanda abadiy Uzbek tilida kino 2022 O’zbekcha tarjima film
Tarjima Kinolar
- Добавить в закладкиУдалить из закладок
- .
Chat
- Полужирный
- Наклонный
- Подчеркнутый
- Зачеркнутый
- |
- Смайлы
- Ссылка
- Цвет текста
- Цитата
Obuna bo’ling
bizning telegram kanalimiz
So’ngi izohlar
@Гость Sardorbek
Nimaga tòxtadi kinolar.teen wolf.
M3GAN / MEGAN ujas kino Uzbek tilida 2022 O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
@Гость Muhammad
Kinoga gap bolishi mumkin emas. 10/9.5.
Almanak loyihasi Uzbek tilida 2014 O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
Qaconligini to’chna etolismi.
Pathan / Pathaan / Patxan Hind kinosi Uzbek tilida 2023 O’zbekcha tarjima kino HD
@Гость Master
Vampirlar kundaligi bn tungi borlar chqadmi kutp qoldik.
M3GAN / MEGAN ujas kino Uzbek tilida 2022 O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
Rahmat asalchalarim sizlarni sevaman asilmedia ijodkorlari 1080 format uchun ham alohida.
Krudslar oilasi: Oila daraxti Multserial Barcha qismlar O’zbek tilida 2021 Uzbekcha tarjima
@Гость Umidjon
Juda zòr kino ekan inson har narsaga qodir agar Allohga ishonib faqat undan najot kutsa.
Ozodlik / Emansipatsiya Uzbek tilida 2022 O’zbekcha tarjima film Full HD skachat
Copyright © 2015-2022. Adminstrator – telegram: @asilmedia_support_bot Для правообладателей.
Все права защищены. Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя Сайт находится в сети TAS-IX.
Talabalar o‘qishini ko‘chirish (перевод) va qayta tiklash haqida batafsil
Yoz oylari abituriyentlar uchun naqadar qizg‘in bo‘lsa, ba’zi talabalar uchun ham muhim vaqt hisoblanadi. Sababi iyul-avgust oylarida OTM qabul komissiyalari nafaqat yangi talabalarni o‘qishga qabul qilish bilan, balki talabalar o‘qishini ko‘chirish (perevod) hamda talabalar safidan chetlatilgan talabalarni qayta tiklash (vosstanovleniye) jarayonlari bilan ham mashg‘ul bo‘lishadi. Bugungi kunda mazkur mavzuga aloqador ko‘plab savollar yuzaga kelayotganligi sababli ushbu masalaga imkon qadar oydinlik kiritishga yordam beradigan maqolani e’tiboringizga havola qilishni lozim deb topdim.
Huquqiy asos
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan belgilanadi.
Qachon?
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oshiriladi.
Talabalar o‘qishini ko‘chirish uzrli sabablarga ko‘ra (bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar davom etadi.
Talabalar o‘qishini qayta tiklash bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshiriladi:
o‘qishini kuzgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar;
o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar davom etadi.
Kim tomonidan?
Bir OTM doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash (qayta tiklash — talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yilgacha bo‘lgan muddatda) shu OTM rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan OTM bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:
1) oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa OTMga;
2) oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa OTMga;
3) talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat o‘tganda.
Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi:
1) xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlardan O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga;
2) talabalar safidan chetlashtirilganligiga 10 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
3) bir OTM doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi OTMlarga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga (mutaxassisliklariga).
Qanday hollarda rad javobi berilishi mumkin?
Quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobini berilishiga asos bo‘ladi:
- xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan OTMlarda yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;
- respublika OTMlardagi mavjud ta’lim shaklidan o‘zga (boshqa) ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
- OTMlarning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
- birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar bundan istisno);
- OTMda mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa;
- namunaviy o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
- to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
- talabaning shaxsiy yig‘ma jildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
- OTMga davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklash davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa;
- qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda.
YURIDIK UNIVЕRSITЕT UCHUN ALOHIDA QOIDA
Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab o‘qishning bir o‘quv yiligacha bo‘lgan muddatni xorijiy OTMning yurisprudensiya yo‘nalishida o‘qish huquqiga ega. Talabaning xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qigan davri va o‘zlashtirgan fanlari xorijiy OTM ma’lumotnomasi asosida universitet Kengashi tomonidan universitet o‘quv rejasi va dasturlarining tegishli qismlarini o‘zlashtirganligi sifatida qabul qilinishi va talabaga o‘qishini tegishli o‘quv semestridan davom ettirish huquqi berilishi mumkin.
Qancha?
Davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
Qanday hujjatlar topshiriladi?
O‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ko‘chirish (qayta tiklash)ni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
- pasportning nusxasi.
Xorijiy OTM lardan o‘qishni ko‘chirish
Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda tashkil qilingan komissiyalarda o‘zlari ta’lim olgan xorijiy oliy ta’lim muassasasidagi o‘qitish tili bo‘yicha muayyan ta’lim yo‘nalishidagi o‘qishga kirish fanlari bo‘yicha maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) topshiradi.
Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi (vakolatli idoralar) tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda OTMlarga ega vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar o‘qishni ko‘chirayotganda maxsus sinov topshirmaydi.
Fuqaroning maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasi Idoralararo komissiyaga taqdim etiladi. Maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasidan kelib chiqib, fuqaro Idoralararo komissiya qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga ko‘chiriladi.
Ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasasida tegishli o‘qitish tili mavjud bo‘lmasa, o‘qitish tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Fanlardan farqlar bo‘lganda
Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash vaqtida o‘quv rejalardagi fanlari bo‘yicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida o‘qishga qabul qilinadi.
Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy ta’lim muassasasi rektorining talabaga o‘rnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrug‘i chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar bo‘yicha farqlarni topshirish ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi.
O‘qishni ko‘chirishda rozilik olish
O‘qishni ko‘chirish chog‘ida talaba ilgari ta’lim olgan OTM roziligi talab etilmaydi.
OTMda yuridik shaxs bilan tuzilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini ko‘chirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Talabani boshqa OTMga o‘qishini ko‘chirib qayta tiklashda uning ilgari ta’lim olgan OTM roziligi talab etilmaydi.
Grant yoki kontrakt?
O‘qishning barcha shakllari bo‘yicha oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari (mutaxassisligi) bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga ko‘ra OTMlarda tegishli o‘quv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Boshqa hollarda o‘qishni ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan yetimlar, I va II guruh nogironlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan shaxslar istisno tariqasida, o‘qishga davlat grantlari o‘rinlariga qayta tiklanishi mumkin.
Alohida qoidalar
- O‘qishdan chetlashtirilgan (kursdan qoldirilgan) o‘quv yilida kursiga talabani o‘qishga qayta tiklashga (ko‘chirib tiklashga) yo‘l qo‘yilmaydi.
- O‘qishdan chetlatilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat (harbiy xizmatda bo‘lganlik, uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni parvarish qilish bilan bog‘liq mehnat ta’tili hamda sog‘liqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) bo‘lgan hollarda talabalar o‘qishini qayta tiklash oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunuvidagi vazirlik va idoralar ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Endi Oʻzbekiston fuqarolari 5 yillik shartnoma asosida Yaponiyada ishlashi mumkin
2019-yilning 17-dekabr kuni «TOKUTEI GINO» dasturi boʻyicha Yaponiya va O’zbekiston oʻrtasida memorandum imzolandi. Ushbu dastur Yaponiyada ishchi kuchi yetishmasligi sababli xorijlik fuqarolarga 5 yillik shartnoma asosida Yaponiyada ishlash imkonini beradi. Hozirda mazkur dastur bo’yicha Yaponiya bilan 9 mamlakat hamkorlik olib boradi va ushbu davlatlar qatoridan O’zbekiston ham joy oldi. «TOKUTEI GINO» bo’yicha jami 9 mamlakatdan 345 ming nafar ishchilar qabul qilinishi nazarda tutilgan. Bundan O’zbekistonning ulushi 34 ming nafar ishchini tashkil qiladi. Ushbu dastur boʻyicha Yaponiyada ishlash imkonini qoʻlga kiritish yuzasidan “World Work” xususiy bandlik agentligi oʻz xizmatlarini taklif etadi.
Bandlik agentligi yordamida «TOKUTEI GINO» dasturi bo’yicha quyidagi 14 ta sohada ishlash mumkin:
- Imkoniyati cheklangan kishilarga xizmat ko’rsatish
- Binolarni tozalash boshqaruvi
- Asbob-uskuna ishlab chiqarish
- Mashinasozlik sanoati
- Elektr mahsulotlari, elektronika va axborot texnologiyalari sanoati
- Qurilish sanoati
- Avtomobillarni tuzatish va ularga texnik xizmat ko’rsatish
- Aviatsiya sanoati
- Mehmonxona sanoati
- Qishloq xo’jaligi sohasi
- Baliqchilik sanoati
- Oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish sanoati
- Restoranlarda xizmat ko’rsatish sohasi
Quyida dastur haqida qisqacha maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin:
- Ish joyi: Tokyo, Osaka, Hokkaido, va Fukouka shaharlari atroflarida. Erkak va ayol ishchilar uchun qulay va barcha sharoitlar mavjud.
- Oylik: 1500$ dan boshlanadi (sug’urta ham mavjud).
- Aviachipta va yotoqxona: Ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.
- Viza turi: Shartnoma asosida 5 yillik ishchi viza beriladi.
- Ish viza masalasi: Ishchi vizani olishda ish beruvchi va agentlik yordam ko’rsatadi.
- Talablar: 35 yoshgacha boʻlgan masʼuliyatli va mehnatkash erkak va ayollar taklif etiladi. 35 yoshdan katta yoshdagilar agentlik bilan maslahatlashing.
- Nomzodning maʼlumoti: Nomzodning maʼlumoti ahamiyatga ega emas.
Dastur boʻyicha hujjatlarni qabul qilish 2020-yilning 20-yanvaridan 15-martigacha davom etadi. Yapon tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikatga ega boʻlganlar imtiyozli ravishda qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon:
+99897 460-05-71
+998 99 691-29-77
+998 90 799-05-71
Telegramda murojaat: @japanworks
“World Work” xususiy bandlik agentligi manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, “Nukus” koʻchasi, 73-uy, SIGMA Business Center 1-qavat.
Manzil joylashuvini xaritadan koʻrish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Tinglovchilarga “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yangi qaror va kodeks mazmun-mohiyati tushuntirildi
Soʻnggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan barcha huquqni muhofaza qilish organlari qatorida Ichki ishlar organlari tizimida ham kadrlar salohiyatini yaxshilash, informatsion texnologiyalarni sohaga keng jalb etish hamda moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 20-yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-10-son Qaror shular jumlasidandir.
Mazkur Qarorning mazmun-mohiyati tizimning sohaviy xizmatlari, hududiy boshqarmalari, oʻquv muassasalari shaxsiy tarkibi hamda tinglovchilariga yetkazilmoqda.
Xususan, IIV Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi Oʻquv-dala markazida, IIV Malaka oshirish institutining boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursida taʼlim olayotgan tinglovchilari bilan ham qarorning mazmun-mohiyati boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda koʻp yillik tajribaga ega amaliyot xodimlari, IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti rahbariyati va institutning professor oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Kodeksda belgilangan qoida va talablarga amal qilish xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezoni hisoblanib, Ichki ishlar organlarining har bir xodimi kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi ularga qatʼiy amal qilishi majburiy ekanligi alohida taʼkidlab oʻtildi.
Endilikda mazkur qarorning toʻrtinchi bandiga koʻra, ichki ishlar organlariga xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlar IIV Malaka oshirish institutida uch oylik boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng tegishli lavozimga tayinlanishi belgilab qoʻyilganligi tushuntirib oʻtildi.
Shu bilan birgalikda tinglovchilarga Qarorning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan “Oʼzbekiston-24» telekanalida tayyorlangan lavha namoyish etildi.
Uchrashuvda tinglovchilar qabul qilingan qaror va kodeks boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti