Press "Enter" to skip to content

Go zal ayollar uchun moda olami (42 maslahat)

15. Oyoq orasidagi chizig’i tushurilgan, urfdagi shimlardan qo’rqish kerak emas. Ular bo’yni pasaytiradi degan fikr bo’lsa ham, qomatni juda chiroyli ko’rsatadi.

Kiyimlar olami

Hammamiz har kuni bir ish bilan ko`chaga chiqamiz, jamoat joylarida bo`lamiz. Shunda beixtiyor insonning ko`zi insonga tushadi. Uning kiyinishiga e’tibor beradi. Va shu asnoda bir insonning qay qavmga mansubligi, dunyoqarashi, madaniyati haqida qay darajadadir ma’lumot oladi. Bu arzimas narsa emas.

Qadimgi ajdodlarimizning ham ibtidoiy yurishdan voz kechib, rosmana kiyinishga o`tishi insoniyat tarixida ulug` voqea bo`lgan. Dinimiz ko`rsatmalari buni tasdiqladi va mustahkamladi. Lekin bugun-chi? Ochig`i, ko`pchilikning, ayniqsa, ayollarimizning ustidagi liboslariga ko`zimiz tushganida xunuk bir manzaradan ko`nglimiz g`ashlanadi. Tiniq ruhiyatimizga g`ubor qo`nadi.
Buning sababini mo`min-musulmon yurtdoshlarimiz juda yaxshi tushunadilar. Chunki tobora urfga aylanib borayotgan nojoiz kiyinish odob-axloq doirasidan tashqariga chiqib ketayotir.
Ajnabiy allakimlarning behayo liboslariga havas qilib, ularga taqlid qilgan xotin-qizlar hammaning nigohi tushadigan joylarda yarim-yalang`och holda yurishibdi. Tor, yupqa, kalta va harir narsalarni kiyganlarida eng nozik, nomahramdan pana bo`lishi kerak a’zolarigacha shundoq bilinib turadi. Bu bilan o`zlari gunoh qilganlari holda boshqalarni ham gunohga botiryaptilar. Qolaversa, bunday kiyinish sog`liklari uchun ham koni zarar, tug`ilajak farzandlar uchun ham xavfli. Bunga ayollarning o`zlarigina emas, erkaklarimiz ham aybdordir. Axir shunday sharmandali va behayo kiyinib ko`chaga chiqqan qiz, ayollar qaysi birimizning opamiz, singlimiz, qizimiz, xotinimiz emasmi? Ularni insofga chaqirish, risoladagidek kiyinishlari uchun jon kuydirish bizning ham burchimiz. Ayrim mushtariylarimizning shu haqdagi fikr-maslahatlarini yozib oldik, dinimiz hukmlarini keltirdik. Bularning kimgadir foydasi tegishiga, ko`zini ochishiga umidvormiz. Allohdan qalblarimizni hayo bilan ziynatlab, axloqimizni chiroyli etishini tilaymiz.

Baxtiyor NAZAROV,
tijoratchi:
— Ochig`i, bugun keng-katta ko`chalarda, g`ala-g`ovur bozorlardagina emas, mahallalarda ham bemalol yurishga kishi qiynaladigan bo`lib qoldi. Chunki birimizning singlimiz, ikkinchimizning qizimiz yoki eng ajablanarlisi ba’zilarimizning xotinlarimiz shunaqa kiyimlarni egnilariga ilib olishmoqdaki, oldidan faqat yerga qarab yo yuzni teskari burib o`tsam deysiz. Tavba, bir zamonlar sal axloqi bundayroq ayollar shunaqa beparda narsalarni kiyishga ishqiboz edi. Hozir esa hali oq-qorani tanib ulgurmagan qizlarimiz orasida ham bunday kiyimlar urf bo`lyapti. Demak, gulday nozik, siyrati pok yosh ko`ngillar bu kiyimlarni kiyib yurish gunoh ekanini anglamaydilar.
Ammo biz ota-onalar bunga nega befarq qarayapmiz? Bu ham kechirilmas gunoh. Bir millatdan ekanmiz, o`z farzandimning yurish-turishga mas’ulman, bosh qa bilan ishim yo`q, deb o`zimizni chetga olishga haqqimiz yo`q. Men bir-ikki tengdoshimga o`rni bilan bu fikrimni aytdim. Shunday qilsak, ko`p gunohlarning oldi olingan bo`larmidi.

Nasiba ERGASHEVA,
1-sonli shahar shifoxonasi,
akusher-ginekolog:

— Ma’lumki, inson nafaqat burni bilan, balki terisi bilan ham nafas oladi. Hozirda keng rusum bo`lgan sun’iy tolalardan tayyorlangan, badanga yopishib turadigan kiyimlar terining yaxshi nafas olishini qiyinlashtiradi. Bu hol butun tana a’zolari faoliyatining buzilishiga olib keladi. Ayniqsa, balog`at yoshidagi qizlar tanasida kechadigan fiziologik o`zgarishlarga katta salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Tor kiyim, birinchidan, kishining erkin harakatini chegaralaydi. Natijada odatdagiga nisbatan kam harakatlanish yuzaga keladi. Ikkinchidan, bunday kiyimlar kishi asabiga ta’sir etib, o`ziga sezdirmagan holda jizzaki qilib qo`yadi. Inson vujudi yaxlit tuzilishga ega. Shu bois har qanday ichki yoki tashqi noxush ta’sir tanadagi har bir hujayrada asorat qoldiradi.
Sun’iy toladan tikilgan tor liboslar, tabiiyki, kishini ko`p terlatadi. Me’yoridan ortiq terlash natijasida ko`p miqdorda tuz, kislotalar ajralib chiqadi. Bu moddalarning tanada belgilangan miqdordan kama-yib ketishi oqibatida modda almashinuv jarayoni buziladi.
Bundan tashqari me’yordan ortiq terlash tanada turli mikroblarni paydo qiladi. Terning parlanishi esa, mikroblarning rivojlanib, infeksiya tushishiga sabab bo`ladi. Shu sababli homilador va yangi tuqqan ayollar tor va havo o`tkazmaydigan matolardan kiyim kiymasliklari zarur. Chunki tor libosda homilador ayolning bachadoni ko`tarilib, xastalanishi mumkin. Natijada homila yo`qotilishi yoki muddatdan oldin tug`ish holatlari kuzatiladi. Aksariyat holllarda yo`ldosh ko`chishi ham mumkin. Shu jumladan, badanga yopishib turadigan cho`ziluvchi kiyimlar venalarni kengaytirib, qon aylanishini buzadi. Buning oqibatida qon-tomir tizimida turli og`ir kasalliklar kelib chiqadi.

Aziza AHMETOVA,
“Xadicha Kubro” xotin-qizlar bilim yurti mudarrisasi:
— Alloh taolo Qur’oni karimning Nur surasi 31-oyatida ayollarning qanday kiyinishlari haqida shunday marhamat qiladi: “Mo`minalarga ham ayting, ko`zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to`ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Hamda ko`rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni ustlaridagi liboslaridan bosh-qa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko`rsatmasinlar va ko`kraklarini ro`mollari bilan to`ssinlar”.
Shariatimiz ayollarni begonalarning nazarini jalb etadigan tor, harir, kalta liboslarni kiyib ko`chaga chiqishdan qaytaradi. Albatta, buning o`ziga xos sabablari bor.
Avvalo, har bir ayol begona erkak uchun nomahram hisoblanadi. Ko`chadagi ochiq-sochiqlik ayrim erkaklarning fikr-xayolini buzadi. Natijada ayol ki-shi ko`z zinosiga sababchi bo`lib qoladi.
Zino juda yomon illat va gunohi kabiralardan biridir. Qur’oni karimning Al-Isro surasi 32-oyatida ham: “Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzuqlikdir — eng yomon yo`ldir”, — deb ogohlantirilgan. Kimlar uchundir arzimas bo`lib ko`ringan ko`z zinosi bir talay buzuqliklarni boshlab keladi, hatto oilalarning buzilib ketishiga sabab bo`ladi.
Nazarimda, biz-ayollar me’yorida kiyinishni bilsak, bunday noxushliklarga chek qo`yiladi, inshaalloh.

MUSLIMA AYOLLARNING SHAR’IY LIBOSLARI QANDAY BO`LISHI KERAK?

Muslima ayollar o`zlari uchun keng va qulay liboslarni tanlashlari lozim, toki u butun badanlarini nomahram erkaklardan berkitib tursin.
Libos yupqa va shaffof bo`lmasligi kerak. Liboslar a’zolarning hajmi va rangi bilinib turadigan darajada tor va katta bo`lmasligi lozim. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) shunday deganlar: “Ikki toifa borki, ular jahannam ahlidandir: ularning birinchisi, kiyim kiygan yalang`ochlar, (shahvatlarga) moyilligi (kuchli) bo`lgan va boshqalarni ham shunga undovchi boshlari tuyaning o`rkachiga o`xshash ayollardir. Bu toifa jannatga kirmaydi va uning hidini ham tuymaydi. Ikkinchi toifa — qo`llarida sigirning dumiga monand qamchi ko`tarib olgan erkaklardir, ular o`sha qamchi bilan odamlarni uradilar” (Muslim rivoyati).
Ibn Taymiya (r.a.) “Kiyim kiygan yalang`ochlar” jumlasini shunday sharhlaydi: “Bu holat ayol kishining badanini bekitmaydigan liboslarni kiyishidir. U kiyim kiygani bilan as-lida yalang`ochdir. Yupqa va harir libos kiyish sababli badanlari ochilib turadigan hamda tor kiyimda butun tanasining haj-mi yaqqol ko`rinib turadigan ayollar ham shu toifaga kiradi.
Muslima ayol kiyim kiyishda erkaklarga o`xshamasligi, ulardan farq qilib turishi lozim. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) o`zini erkaklarga o`x-shatadigan va erkaklarga xos bo`lgan tarzda kiyimlar kiyadigan ayollarni la’natlaganlar.
Muslima ayolning kiyimida boshqalarning nazarini o`ziga tortadigan darajada ziynat yoki fitnaga sabab bo`luvchi narsalar bo`lmasligi lozim.
Darhaqiqat, Alloh taoloning ayollarga o`z badanlarini berkitib yurishlarini buyurishida katta hikmat va ko`p manfaatlar bor. Alloh ayollarni go`zal va nozik qilib yaratgan va shu chiroyini faqatgina o`z jufti (eri) uchun halol qilgan.
Tor shim kiyish o`smir qizlarning tossuyagi o`sishini sekinlashtiradi. Kindikni ochib yurish esa, ichki a’zolar shamollashiga, hatto befarzandlikka ham sabab bo`ladi. Ochiq-sochiq, yengil-elpi kiyingan ayollar avvalambor o`zlariga, qolaversa, erkaklarga juda katta zarar yetkazayotganlarini bilarmikinlar? Ayollarning ko`chada avratlarini ochib yurishlari erkaklarga tibbiy jihatdan ham zarar, chunki ochiq-sochiqlik ularning erkaklik quvvatining susayib ketishiga olib keladi. Hatto bepusht-likka borib yetishi mumkin.
Bu kabi noxush sabablar bilan erning xotinga, xotinning erga bo`lgan ishonchi yo`qoladi, xiyonatlar ortib, oilalarning buzilishi ko`payadi. Ushbu holat erkaklar nazdida ayollarning qadri tushib ketishiga olib ke-ladi. Ma’lum bo`lishicha, ayollarning o`z badanlarini ochib, ko`cha-kuyda sharm-hayosiz yurishlari ularga erkaklar tomonidan fohisha ayol sifatida qaralishiga sabab bo`lar ekan. Aksincha, agar ayollar o`zlarini erkaklardan tortib, hayo qilsalar, badanlarini berkitib yursalar, ularning erkaklar oldidagi hurmatlari ortib, ayollik sha’nlarini saqlab qoladilar.

Solih ibn FAVZONning “Muslima ayollarga oid hukmlar bayoni” kitobi asosida Ziyouddin RAHIMOV tayyorladi
“Hidoyat” jurnalining 2004-yil, 7-sonidan olindi

Go’zal ayollar uchun moda olami (42 maslahat).

1. Garderobingizda albatta teri rang (tabiiy rang) tufli bo’lishi shart. Ular barcha milliy va zamonaviy liboslaringizga mos tushadi, hamda bo’yingizni balandroq ko’rsatadi.

2. Yana bir must have – bir qancha oq, yoqali ko’ylaklar. Qomatingizga mos erkaklar bichimidagi ko’ylak chiroyli ko’kraklaringizni, belingiz va bo’ksalaringizni ifodaliroq ko’rsatadi.

3. Garderobingizda albatta “o’zim uchun” komplekt kiyimingiz bo’lsin. Uni siz ko’ngil yozish uchun, do’stlar bilan uchrashuvlarga kiysangiz bo’ladi. Hotirjam ranglar, qomatingizni ifodalamaydigan qavat qavat kiyim – sizning o’zingizni qulay sezishingiz uchun xizmat qiladi.

4. Albatta qora klassik shim, V kesimli qora jiddiy jemper va qora jiddiy qulay poshnali lodochka tuflilar harid qilib oling. Shim ustingizda qomat bo’yicha turishi kerak, jemper bo’lsa, bo’yningizni ifodaliroq ko’rsatadi. Bu obrazni ko’p marotaba har xil aksessuarlar bilan o’zgartirsa bo’ladi va har safar obraz yangi va juda go’zal ko’rinadi.

Kamarchali tuflilar tanlaganda ehtiyot bo’ling!

5. Yodda tuting, oyoq kiyimdagi belbog’ va kamarlar oyoqlarni kalta ko’rsatadi. Klassik lodochkalar esa qomatingizni uzunlashtiradi. Buni ayniqsa bo’yi baland bo’lmagan ayollar yodda tutishi kerak.

6. Garderobdagi bir xil rang, andoza va stildagi kiyimlar – zerikarli! Haqiqiy urfdagi ayol rango-rang kiyinishi kerak – har xil stil, har xil kiyim, oyoq kiyim va aksessuarlar.

7. Bir xil tondagi obraz qoidasi – yorqin rangdagi aksessuar va makiyaj bo’lishi kerak. Aksentni oyoq kiyim, sumka, brosh va ro’molga bersangiz bo’ladi.

8. Bir xil rangdagi tunika va sumka – faqat soxil bo’yi uchun. Bu komplektda oyoqlar ko’rinib turadi, vyetnamka, hashakdan katta sumka va katta quyoshga qarshi ko’zoynaklar bo’ladi.

Qizil tuflicha foto

Yorqin tuflilar tanlaganda.

9. Garderobingizda hech bo’lmasa bir juft poshnali oyoq kiyim bo’lishi shart. Poshnalar ayol kishiga ozgina muvozanatsizlik beradi. Bu esa erkaklarni jalb etadi va erkaklar ayolga ustun bo’lgisi keladi.

10. Yorqin rangdagi libos kiysangiz, libosdan e’tiborni tortmaslik uchun ko’zga tashlanmaydigan sodda turmak qiling.

11. Kamarchali yorqin tufli harid qilsangiz, to’pig’i ochiq andozali tufli tanlang.

12. Yodda tuting, agar ustki kiyimlaringiz hajmli katta bo’lsa, pastki kiyimlaringiz albatta yengil bo’lishi kerak. Muvozanat saqlang!

Ochiq yorqin kiyimlaringiz bo’lsa.

13. Yorqin, noodatiy va ochiq narsalarni faqat issiq o’lkalardagi dam olish maskanlarida kiysangiz, maqsadga muvofiq bo’ladi va juda go’zal ko’rinadi.

14. Yorqin ko’rinishni hoxlasangiz, dekolte qismingizni oching, qomatingiz bo’yicha turadigan va bo’yingizni uzunlashtiradigan shim kiying hamda qiziqarli aksessuarlar qo’shing. Kundalik ko’ylak bilan esa klatch, katta quyoshga qarshi ko’zoynak va yorqin ipak ro’mol juda chiroyli ko’rinadi.

15. Oyoq orasidagi chizig’i tushurilgan, urfdagi shimlardan qo’rqish kerak emas. Ular bo’yni pasaytiradi degan fikr bo’lsa ham, qomatni juda chiroyli ko’rsatadi.

16. Merilin Monroning o’ziga rom qiluvchi noz-karashmali qadam bosishini takrorlash mumkin. Buning uchun tizzadan ozgina pastroq uzunlikdagi, qadam bosishga noqulaylik tug’diruvchi yubka kiyish kifoya.

Och rangdagi yubkalar hammaga ham to’g’ri kelmaydi.

17. Och rangdagi, masalan qaymoq rangdagi yubkalarni bo’yi baland, qomati kelishgan honimlar kiygani ma’qul.

18. Atrofdagilarni e’tiborini tortish oson: lablaringizni yorqin lab bo’yog’i bilan bo’yang, katta quyoshga qarshi ko’zoynaklar taqing va yorqin sumka tutib oling.

19. Palto qomatga mos bo’lishi shart emas. Bu ustki kiyim, demak u keng bo’lishi ham mumkin.20. To’la bo’ksalarga tizzadan pastroq uzunlikdagi ko’ylaklar va yubkalar yarashadi.

Pidjak kiyganda.

21. Dekolte qismingizni chuqur kesimli pidjak bilan ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, albatta kontrast rangdagi top kiying.

22. Garderobingizda hayotingizdagi har bir hodisa uchun kiyim bo’lishi darkor. Bu uy uchun, haridlar uchun, ish uchun, tadbirlar uchun kiyimlardir. Bu barcha milliy va zamonaviy liboslar hodisalarga mos, sizga yarashib turadigan bo’lishi kerak.

23. To’la ayollar kamchiliklarni berkituvchi qora rangdagi liboslar kiyishlari mumkin. Ammo yutuqlarni ko’rsatish ham kerak. Bunda bir necha yorqin elementlar qo’shsa bo’ladi, masalan ko’krak sohasida.

24. Agar libosning tepa qismi yengiltakroq bo’lsa, past qismi ham shu uslubda bo’lishi darkor.

Bo’yingiz past bo’lsa.

25. Kichik ayollar bo’yin va dekolte sohasini ochganlari ma’qul. Tugmachali liboslarni esa tugmachasini bo’yingacha taqmang.

26. Yirik ayollar katta sumka tutmaganlari ma’qul, bo’lmasa yanada hajmli ko’rinadilar.

27. Zerikarli va aksessuarlarsiz komplektlardan qo’rqing.

28. Bir tekis va tabiiy rangga bo’yalgan sochlar doim urfda bo’ladi. Melirovaniye va rang barang soch bo’yoqlarini unuting.

Libos obrazi foto

Moda olami – eng optimal obraz!

29. Eng zamonaviy va urfdagi har kun uchun mo’ljallangan komplekt bu – yelka sohasida aniq bichilgan oddiy palto, qalam yubka, lodochka tufli.

30. Yozuvli yoki ko’z qo’yilgan manikyur – didsizlikka kiradi. “Tirnoq dizayni” deb atalgan manikyur umuman didsiz va urfda emas.

31. Jinsi shimlar tekkis, korreksiya qiluvchi bo’lishi kerak. Ular qomatni yaxshilashi, oyoqlarni uzunroq ko’rsatishi kerak. Kashtali, yaltiroq va to’rli jinsilarni unuting.

32. Siyoh rang bilan shisha yashil rang, sovuq pushti rang, kulrang, qaymoq rang, moviy rang, och siyoh rang va xatto qizil ranglar juda mos.

Bluzka matosiga ham e’tiborli bo’ling!

33. Top va bluzkalar yetarlicha qalin bo’lishi kerak. Ularda chuqur dekolte va ochiq yeng bo’lishi mumkin, ammo ichingiz ko’rinishi kerak emas.

34. Agar past qismingiz hajmli bo’lsa, sizga bo’ksa qismi qalin keng shimlar va qalam yubkalar yarashadi.

35. Bir komplektda gulli naqshni bir necha marta takrorlamang, masalan ham yubkada ham bluzada.

36. Klassik libos harid qilayotganizda, o’lchamingizga ahamiyat bering, huddi o’zingizniki bo’lsin. Klassika bekamikost bo’lishi kerak.

Moda olami foto

Ko’rinadigan kiyimlarni kiymang!

37. Yarim ko’rinadigan zamonaviy yozgi liboslar qomatingizni hunuk ko’rsatadi va behayo ko’rinadi. Ammo bunday libosni juda ham yaxshi ko’rsangiz, ustidan albatta hushbichim jaket kiying.

38. Yungli kiyimlar sochingiz bilan uyg’un bo’lmasligi darkor. Bu kulgili ko’rinadi.

39. Kechki tadbirlar uchun libosda faqat bir narsa yaltirashi mumkin, yoki ko’ylak, yoki aksessuarlar.

Tekkis tagcharmli oyoq kiyimlar!

40. Oyoq kiyimdagi tekkis tagcharm – uy bekalari va boylarning belgisidir. Agar siz u toifaga ham bu toifaga ham kirmasangiz, baland poshna kiying.

41. To’la qizlarga beldan past bichilgan jinsilar kiyish mumkin emas, ular qomatni kaltalashtiradi. Yaxshisi, klassik bichimdagi jinsi, turli xil ko’ylak va yubkalar tanlagan ma’qul.

42. Agar sizga bayramona ko’rinish kerak bo’lsa, o’zingiz bilan katta sumka olmang, xatto rang va bichim bo’yicha to’g’ri kelsa ham. Yaxshisi hoxlagan shakldagi klatch yoki kichik sumka tutganiz ma’qul.

Ayollar uchun mavsumiy kiyim

Yomg’ir mavsumi bizni garderobimiz haqida o’ylashga majbur qiladi – nima kiyishi kerak, shuning uchun u issiq, lekin issiq emas, sovuq emas, balki qulay. Bu to’satdan bizni yomg’irga solib qo’ydi, bu kayfiyatni buzmadi, shamolning shamoli hech qanday zarba bermagani qaerdan ma’lum emas.

Shu bilan birga, modani quyidagi esda tutish kerakki, eng yaxshi temir mavsumida libosni bir uslubda tanlash, qolgan qismi esa ketma-ketlik bilan tanlanadi.

Ayol uchun qanday mavsumiy kiyimlar?

Avvalo, bu bir palto. Eng xil qism, materiallar, ranglar. Nima bo’lishidan qat’iy nazar, eng muhimi, bu kiyim boshqa variantlar orasida eng nozik va oqlangan.

Bahorgi-kuzgi paltolar qisqartirilib, tizzagacha cho’zilib ketadi. Har bir yangi mavsumda tugatish va uslub o’zgarishi mumkin, garchi barcha asosiy qonunlar o’zgarishsiz qolmoqda.

Ayollar uchun tashqi ko’rinishdagi tashqi kiyimlarning yana bir versiyasi, oddiy va tasodifiy – ko’ylaklar. Ular tashqi ko’rinishida, ishlab chiqarish materiallarida, izolyatsiyalash darajasida juda farqlanadi. Dizaynerlar har yili yangi modellarni taqdim etadilar. Moda, bu klassik, keyin harbiy. Eng asosiysi, ko’ylak har doim qulaylik, harakat erkinligi, ajoyib tanlovdir.

Ob-havo ko’chada issiq bo’lsa-da, lekin terining shirinliklarida yurish qo’rqinchli bo’lsa-da, siz doimo teridan tikilgan ko’ylagi tashlay olasiz – bu sizni shamoldan himoya qiladi va u issiq bo’lmaydi. Tanlovlar, yana massa. Bu sportli “skryt”, yoki ehtimol butunlay klassik model bo’lishi mumkin, ko’p turdagi kiyim va poyafzal uchun mos.

Yuqori mavsumiy ayollar kiyimlari bizning hayotimizda juda katta rol o’ynaydi. Kuzda, uning yordami bilan biz asta-sekin uydan chiqishdan oldin o’zimizni murakkab yig’ish jarayoniga tayyorlashga tayyormiz. Shu tufayli, bahorda qishki kulranglikning mohiyatidan charchaganimizni ko’rsatamiz – yorqin, yangi tajriba va, albatta, sevgi.