Press "Enter" to skip to content

Juft kiyimlar

Rus tilidan o‘zlashgan bir qator so‘zlar oxirida ikki undosh yonma-yon keladi. Bu so‘zlar talaffuz qilinganda ikki undosh orasida qisqa i tovushi orttiriladi. Ammo yozuvda bu tovush hisobga olinmaydi va so‘zlar etimologik tamoyil asosida ruscha shaklida yozila beradi: litr, semestr, keks, boks, bifshteks, gips, orkestr, filtr, punkt, teatr va boshqalar.

Juft kiyimlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchilari va xizmatchilari uchun harbiy va xizmat kiyim-bosh namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida buyruq bergan edi.

Unga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda iqlim sharoitiga mos, chidamli harbiy va xizmat kiyim-boshlarni tayyorlanishiga alohida e’tibor qaratilishi belgilab olingan edi.

Yangi namunadagi harbiy va xizmat kiyim-boshlarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy xarajatlar budjet va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lanishi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2021 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini harbiy va xizmat kiyim-boshlar bilan ta’minlash me’yorlari, harbiy va xizmat kiyim-boshlarni kiyish qoidalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.

Ushbu buyruq ijrosi doirasida FVV xodimlari uchun yangi kiyim-bosh namunalari muhokamaga qo‘yildi.

Juft kiyimlar

So‘zlarni adabiy til me’yorlari asosida to‘g‘ri yozish – savodxonlik madaniylikning muhim belgilaridandir. Savodxon bo‘lmoq uchun imlo qoidalarini bilish shartdir. Binobarin, imlo qoidalari – savodxonligimiz asosidir. Imlo adabiy tilning yozma shakli bilan aloqador bo‘lib, u to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘rgatuvchi hamda ular haqida batafsil ma’lumot beruvchi tilshunoslikning alohida bir bo‘limidir. Imlo yozuv vositalari orqali so‘z va so‘z shakllarining bir xilda yozilishini tartibga soladi. Imlo tufayli so‘zlar yagona yozuv shakliga ega bo‘ladi.

Imlo muayyan qonun-qoidalarga asoslanadi. Bu qoidalarga unli va undoshlarning yozilishi, asos va qo‘shimchalarning yozilishi, qo‘shma so‘zlarning yozilishi, bosh harflarning qo‘llanishi, ko‘chirish qoidalari kabilar kiradi.

Imlo qoidalari til taraqqiyotining ma’lum bir bosqichini nazarda tutgan holda tuziladi. Tilning rivojlanishi hamda ba’zi hollarda yozuvning o‘zgarishi bilan imlo qoidalari ham shunga mos ravishda takomillashtirilib boriladi.

Imlo orfoepiya hamda alfavit bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Adabiy talaffuz me’yorlarining aniq ishlab chiqilishi o‘z navbatida imlo qoidalarining puxta va pishiq bo‘lishida yordam beradi. Alifbo adabiy tildagi fonemalarni to‘la va to‘g‘ri ifodalash uchun yetarli harfiy belgilarga ega bo‘lsa, imlo ham shunga muvofiq ravishda davr talablariga javob bera oladigan mukammal va qulay qoidalarni o‘zida tarkib toptiradi.

Har qanday yozuv tizimi ma’lum qonun-qoidalarga, ularning asosida yotuvchi imloviy tamoyillarga asoslanib ish ko‘radi. Imloviy tamoyillar yozuv me’yorlariga oid qoidalarni bir xilda, turg‘un shakllarda muayyan tartibda ushlab turuvchi asosiy omil sanaladi.

Hozirgi o‘zbek imlosi quyidagi tamoyillarga tayanadi:

1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy – an’anaviy tamoyil; 4) farqlash (differensiasiya) tamoyili; 5) etimologik yoki grafik tamoyil.

Fonetik tamoyil. Fonetik tamoyilga ko‘ra, so‘z va qo‘shimchalar jonli nutqda qanday aytilsa, yozuvda ham shunday ifoda qilinadi. Masalan, son so‘ziga -a, ong so‘ziga -la, ishla so‘ziga -v+chi qo‘shimchasi qo‘shilganda, bu so‘zlar sana, angla, ishlovchi deb aytiladi va shunday yoziladi.

Fonetik tamoyil imloni jonli nutqqa yaqinlashtiradi, yozuv bilan talaffuz orasida yaqin aloqa va munosabat borligini ko‘rsatadi.

Fonetik tamoyil so‘zlarning talaffuz shaklini asos qilib oladi. Lekin bu tamoyil milliy til doirasidagi har qanday talaffuzga emas, balki adabiy talaffuz me’yorlari doirasidagi holatlarga tayanadi. Masalan, ketyapti so‘zi o‘zbek milliy tili doirasida ketvotti, ketopti, ketutti, ketyapti shakllarida turlicha talaffuz qilinadi. Fonetik tamoyil keltirilgan talaffuz shakllaridan adabiy me’yor sifatida tan olingan ketyapti shakliga tayanadi.

O‘zbek imlosida fonetik tamoyilga amal qiluvchi holatlarga quyidagilarni keltirish mumkin:

1. Tilimizda bir qator fe’l asoslari a unlisi bilan tugaydi. Bunday fe’llarga -v qo‘shimchasi qo‘shilganda a tovushi o tarzida aytiladi va shunday yoziladi: chanqa+v = chanqov, teja +v = tejov, maqta +v = maqtov, qatna +v = qatnov, hayda +v = haydov, chayqa +v = chayqov, terga +v = tergov va boshqalar.

2. O‘zbek tilida bir qator fe’llar –la qo‘shimchasi bilan yasalgan. Shunday -la affiksli fe’llarga –v qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi a tovushi o ga o‘tadi va so‘z o‘sha shaklda talaffuz etiladi va yozilishda ham shunday holat saqlanadi: bag‘ishla+v = bag‘ishlov, sozla+v = sozlov, bog‘la+v = bog‘lov, aybla +v = ayblov, qishla+v = qishlov, oqla +v = oqlov kabilar.

3. Oxiri a tovushi bilan tugagan ba’zi so‘zlarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda ham a tovushi o bo‘lib aytiladi va so‘z mana shu o‘zgarishni hisobga olgan holda yoziladi: tarqa +q = tarqoq, so‘ra +q = so‘roq, yangra+q = yangroq, qaltira +q = qaltiroq, quvna +q = quvnoq, yumsha +q = yumshoq, yaltira +q = yaltiroq, sana +q = sanoq kabilar.

4. Tilimizdagi og‘iz, ko‘ngil, qorin, o‘g‘il, singil, o‘rin, bo‘yin, burun kabi so‘zlar egalik qo‘shimchasini olganda asosning ikkinchi bo‘g‘inidagi i yoki u unlisi tushirib talaffuz qilinadi. Bunday so‘zlar fonetik tamoyilga ko‘ra o‘sha talaffuz shaklida yoziladi: og‘iz+im= og‘zim, og‘iz+ing= og‘zing, og‘iz + i= og‘zi; singil+im= singlim, singil +ing= singling, singil +i = singli; burun+ im= burnim, burun + ing= burning, burun +i = burni; o‘rin +im = o‘rnim, o‘rin +ing= o‘rning, o‘rin +i = o‘rni kabilar.

5. Imloda fonetik tamoyilga amal qilish oxiri jarangsiz q va k undoshlari bilan tugagan so‘zlar imlosini qoidalashtirishda ham kuzatiladi:

1) oxiri q bilan bitgan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda q tovushi g‘ tovushiga o‘tadi va so‘z shunday shaklda yoziladi: qiyiq+im= qiyig‘im, qiyiq +ing= qiyig‘ing, qiyiq +i = qiyig‘i, oyoq +im = oyog‘im, oyoq +ing= oyog‘ing, oyoq +i = oyog‘i. Bularga yana bayrog‘i (bayroq +i ), ayig‘i (ayiq +i ), qozig‘i (qoziq+i ), qayig‘i (qayiq+i ), balig‘i (baliq+i ), qishlog‘i (qishloq+i ) so‘zlari misol bo‘la oladi. Ba’zan q bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda q tovushi o‘zgarishsiz qoladi. Bunday so‘zlar ham fonetik prinsipga binoan o‘sha shaklda yoziladi: axloq – axloqi, ittifoq-ittifoqi, mashq-mashqi, nutq – nutqi, huquq-huquqi, haq-haqi, xulq-xulqi, ishq-ishqi kabilar.

2) k undoshi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshi jarangli g tovushiga o‘tadi. Talaffuzda ham, yozuvda ham shu holat saqlanadi: bilak +im = bilagim, bilak+ing=bilaging, bilak +i = bilagi; tilak +im = tilagim, tilak +ing= tilaging, tilak +i = tilagi. Tirgagi (tirgak +i ), bargagi (bargak +i ), bezagi (bezak +i ), o‘rdagi (o‘rdak +i ), yuragi (yurak +i ), ilgagi (ilgak+i ), kovagi (kovak+i ) kabilar ham shunday so‘zlarga misoldir.

Ammo k tovushi bilan tugagan bir qator so‘zlar egalik qo‘shimchasini olganda jarangsiz k tovushi g tovushiga o‘tmaydi, o‘zgarishsiz, o‘z holida aytiladi va bu so‘zlar talaffuziga ko‘ra yozilaveradi: nok+im = nokim,nok+ing= noking, nok+i = noki; chek+i =cheki, chok+i =choki, yuk+i =yuki, ishtirok+i =ishtiroki, tok+i =toki, tank+i =tanki, sirk+i =sirki, ocherk+i =ocherki, bank+i =banki, bak+i =baki kabilar shunday so‘zlar jumlasiga kiradi.

6. Tilimizda jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi asosan -ga tarzida yoziladi: maktabga, zavodga, ishga, uyga, shaharga, Buxoroga kabi. Ammo nutq jarayonida k, q tovushlari bilan bitgan so‘zlarga qo‘shilib kelganda fonetik o‘zgarishga uchraydi. Bu imloda aks etadi:

1) oxiri k bilan bitgan so‘zlarda -ga affiksi -ka tarzida aytiladi va imloda ham shunday yoziladi: kovak+ga =kovakka, tilak +ga = tilakka, bilak +ga = bilakka, katak +ga = katakka, tuvak+ga = tuvakka, danak+ga = danakka va boshqalar.

2) so‘z oxiri q undoshi bilan tugasa, -ga qo‘shimchasi -qa tarzida talaffuz qilinadi, bu shakl imloda ham saqlanadi: pichoq +ga = pichoqqa, yotoq+ga = yotoqqa, tovoq+ga = tovoqqa, so‘roq+ga = so‘roqqa, tayoq +ga = tayoqqa va boshqalar.

Aytilganlardan anglashiladiki , fonetik tamoyil yozuv bilan talaffuzni bir – biriga yaqinlashtiradi, ular o‘rtasida ma’lum darajada umumiylikni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi.

Morfologik tamoyil. Bu tamoyilga ko‘ra, so‘zlar va ularning tarkibiy qismlari jonli so‘zlashuvdagi talaffuziga qarab emas, balki asl shakllariga muvofiq yoziladi. Masalan, uchta, kelib turibdi, shanba, go‘sht so‘zlari og‘zaki nutqda ushta, kep turipti, shamba, go‘sh shaklida aytiladi. Lekin morfologik tamoyilga asosan uchta, kelib turibdi, shanba, go‘sht tarzida yoziladi.

Morfologik tamoyil o‘zbek imlosining etakchi tamoyillaridan hisoblanadi. Imlo qoidalarining ko‘pchiligi morfologik tamoyilga asoslangan holda tuziladi. Bu tamoyil so‘z va morfemalarni yozishda bir xillikni ta’minlaydi.

Hozirgi o‘zbek imlosida morfologik tamoyil asosida yoziladigan so‘z va morfemalarga namuna sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

1. Jarangli b tovushi bilan tugagan so‘zlarda bu tovush talaffuzda jarangsizlashib p tarzida aytiladi, ammo imloda asliga ko‘ra jarangli b tovushi bilan yoziladi: kitob, maktab, mirob, javob, g‘olib, kosib, tartib, laqab, azob, asab, targ‘ib, mansab, maktub, choyshab kabilar.

2. Jarangli d undoshi so‘z oxirida jarangsizlanib t tarzida talaffuz qilinadi, lekin asliga binoan har vaqt d bilan yoziladi:obod, ozod, savod, mard, dard, maqsud, dilshod, daromad, iqtisod, murod, harid, nobud, mavjud, madad, qand, zumrad, maqsad, tanqid va boshqalar.

3. O‘tgan zamon fe’lining III shaxs ko‘rsatkichi -di, o‘rin kelishigi qo‘shimchasi -da, chiqish kelishigi qo‘shimchasi -dan jarangsiz tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda progressiv assimilyasiyaga uchrab -ti, -ta, -tan shaklida aytiladi, shunga qaramay morfologik tamoyilga binoan har doim -di, -da, -dan tarzida yoziladi: o‘tti-o‘tdi, ketti-ketdi, tutti-tutdi, ichti-ichdi, bitti-bitdi, ishta-ishda, ko‘kta-ko‘kda, o‘tta-o‘tda, ottan-otdan, boshtan-boshdan, o‘qishtan-o‘qishdan singarilar.

4. Og‘zaki nutqda ba’zan so‘z oxirida yonma-yon kelgan qo‘sh undoshlardan keyingisi tushirilgan holda aytiladi, ammo yozuvda saqlanadi. Masalan do‘st, go‘sht, musht, g‘isht, juft, to‘rt, dasht, past, sust, rost, Toshkent kabi so‘zlarda so‘nggi t tovushi va xursand, bahramand, ixlosmand, davlatmand, garchand, Samarqand singari so‘zlarda so‘nggi d tovushi talaffuzda tushib qoladi. Lekin asliga muvofiq bunday so‘zlar oxirida t va d undoshlari yozilaveradi.

5. Ayrim so‘zlarning birinchi bug‘inida u unlisi kelsa, ikkinchi bo‘g‘inida i tovushi eshitiladi, ammo yozuvda asliga ko‘ra u tovushi saqlanadi va yoziladi: uchqun, uzun, unum, turmush, tuzum, butun, turg‘un, mushkul, uzuk, uchqur, quzg‘un, surgun, bulut, bugun, guruh, kumush, uzuk, usul, sukut, chuqur kabilar.

6. So‘z o‘rtasida kelgan n undoshi o‘zidan keyingi b, m undoshlari ta’sirida m bo‘lib eshitiladi, ammo asli bo‘yicha doimo n bilan yoziladi: shamba, sumbula, tambal, mamba, aylamma, jomboz, yombosh, tambeh, yomma-yon (talaffuzda) –shanba, sunbula, tanbal, manba, aylanma, jonboz, yonbosh, tanbeh, yonma -yon (yozuvda) va boshqalar.

Shakliy an’anaviy tamoyil

Bu tamoyilga ko’ra boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar hozir ham o’tmishdagi shaklga muvofiq yoki o’zi mansub bo’lgan tildagi skaklini o‘zbek imlosida ham saqlangan holda yoziladi. Bu tamoyil asosida quyidagi kabi imlo qoidalari ishlab chiqilgan:

1.Manfaat, matbaa, mutoalaa, taajjub, taassurot kabi arab tilida o’zlashgan so’zlarda bitta cho‘ziq a talaffuz qilinsa ham, arab imlosining saqlangan holda yozuvda ikkita a yoziladi.

2.Mubolag’a,muzokara, munosabat ,muhokama kabi arabcha so’zlarning urg’usiz bo’g’inida a og’zaki nutqda qisqa i tarzida aytilsa ham, an’anaga ko’ra a yoziladi.

3.Tadbir, tatbiq so’zlarining birinchi bo’g’ini oxiridagi d va t undoshlari bir xil t tovushi tarzida talaffuz qilinsa ham, yozuvda d va t undosh harflari saqlanadi.

Tarixiy-an’anaviy tamoyil. So‘z va morfemalarning yozuvda qadimdan odat bo‘lib qolgan shaklda yozilishi imloning tarixiy-an‘anaviy tamoyili deb ataladi. Bu tamoyilda so‘zlarning yagona shakli va talaffuzi e’tiborga olinmaydi. So‘zlar hozirgi holatiga qarab emas, balki qadimdan an‘ana tusiga kirib qolgan qoidalar asosida yoziladi. Masalan fikr, qadr, aql, ilm so‘zlari talaffuzda i tovushi orttirilgan holda fikir, qadir, aqil, ilim tarzida aytiladi. Ammo tarixiy-an’anaviy tamoyil bo‘yicha bu so‘zlar i tovushisiz yoziladi.

Tarixiy-an’anaviy tamoyilga ko‘ra yoziladigan so‘zlarga misol sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

1. O‘zbek tilidagi o‘zlashma so‘zlarda ko‘pincha ikki undosh tovush yonma-yon keladi. Bular talaffuz qilinganda ikki undosh orasida qisqa i unlisi paydo bo‘ladi. Ammo bu imloda hisobga olinmaydi. So‘zlar an‘anaga muvofiq avvalgi shakllari bo‘yicha yozila beradi: fahm, sharm, fasl, lahm, hatm, nasl, muhr, jabr, vazn, mehr, zulm, ayb, kibr, vasl, vazn, husn, sinf, jahl, naqsh, rasm kabilar.

2. So‘z o‘zaklarida ikki unlining qator kelishi aslida o‘zbek tiliga xos xususiyatlardan emas. Shuning uchun og‘zaki nutqda doim, oila, rais, oid, doira, maishat, qoida, doir, shoir, suiqasd, Noila, Naima, Raisa, Said, Saida kabi so‘zlarda ikki unli orasiga bir y undoshi orttirib talaffuz qilinadi. Ammo bu xil so‘zlar imloda tarixiy an‘anaga muvofiq –y tovushisiz yozila beradi.

3. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ba’zi bir qo‘shimchalar ham tarixiy -an‘anaviy tamoyil asosida yozilishi mumkin:

1) sifatdosh yasovchi -r (-ar) qo‘shimchasining -ur shakli mumtoz adabiyotimizda keng qo‘llanilgan. Bu shakl she’riy asarlarda hozir ham uchrab turadi: Jismimiz yo‘qolur, o‘chmas nomimiz, G‘alaba to‘yida bo‘larmiz biz ham. (H. Olimjon). Agar kuylar esa sho‘x dilrabolar, havolardan kelur dilbar navolar (Vosit Sa’dulla).

2) buyruq -istak mayli qo‘shimchasi -gin o‘tmishdagi an‘anaga ko‘ra ayrim hollarda -gil shaklida yoziladi: Dilrabo, hijronni mendan so’rmagil, gul o‘zing bo‘stonni mendan so‘rmagil (H. Yahyoyev).

3) hozirgi o‘zbek tilida chiqish kelishigi qo‘shimchasi adabiy me’yorga muvofiq – dan shaklida yoziladi. Shu bilan birga she’riy asarlarda ba’zan o‘tmishdagi shakliga muvofiq -din tarzida ham ishlatiladi: Senga baxtdan taxt talarman, Toledin boshingga toj, Mulki husningga omonlik, Toju taxtingga rivoj (E. Vohidov).

4) harakat nomi qo‘shimchasi -moqning -mak shaklida yozilishi ham tarixiy an‘anaga muvofiqdir: Yuzlarimni ko’rmak istasang, Osmondagi oyga boq, Ko‘zlarimni ko’rmak istasang, Osmon to‘la yulduzga boq, Gar o‘zimni ko’rmak istasang, Yovni engib zafar bilan qayt (Uyg‘un).

Bundan tashqari, -dir qo‘shimchasining ayrim hollarda -dur, -ga qo‘shimchasining -g‘a, -gani qo‘shimchasining -gali, -mi affiks yuklamasining -mu shakllarida yozilishi ham tarixiy-an‘anaviy tamoyilga ko‘radir: boshindadur, ko‘rinadur, yoshindadur, qoshindadur; qo‘lg‘a, yo‘lg‘a, g‘amg‘a; ko‘rgali, kuydirgali, o‘qigali, tergali; sog‘indingmu, keldingmu, qoldimu, yozdimu kabi.

Shuningdek, u, bu , shu, o‘sha olmoshlari eski o‘zbek tilida ul, bul, shul, o‘shal shakllarida ishlatilgan. Bu shakllar hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham uchrab turadi: O‘shal kun kelur (qo‘shiqdan). Tushda ko‘rdim ul parini ey sabo uyg‘otmagil (E. Vohidov).

Farqlash (differensiasiya) tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra og‘zaki tilda o‘xshash, yaqin talaffuz qilinuvchi bir qator so‘zlar yozuvda shaklan farqlangan holda yoziladi. Farqlashning bir necha ko‘rinishlari bor:

1) unli tovushlarga ko‘ra farqlash: jodi (asbob) – jodu (sehrli), oxir (so‘ng) – oxur (mollarning oziqlanadigan joyi), urish (fe’l) – urush (jang, muhoraba), tursin (fe’l) – Tursun (ism), kampaniya (ma’lum davr) – kompaniya (sheriklar, shirkat);

2) undosh tovushlarga ko‘ra farqlash: abzal (ot asbobi) –afzal (yaxshi), ganj (xazina) – ganch (qurilish materiali), paqir (chelak) – faqir (kambag‘al, bechora), xush (yaxshi) – hush (sezgi, es), xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol), pakt (siyosiy bitim) – fakt (dalil , isbot), zond (medisina asbobi) – zont (soyabon);

3) urg‘u vositasida farqlash: atlas (geografik kartalar yig‘indisi) – atlas (mato, material), yangi (sifat) – yangi (ravish), olim (ilmiy kishi) – Olim (ism), guli (meva guli) – Guli (ism), bosma (ot) – bosma (fe’l), akademik (sifat) –akademik (ot), olma – olma, suzma – suzma, surma – surma, tugma – tugma, tortma – tortma kabilar;

4) unlining cho‘ziq-qisqaligi orqali, aniqrog‘i yozuvda tutuq belgisini qo‘llash orqali farqlash: davo – da’vo, ayon – a’yon, sava – sa’va, alam – a’lam, tana – ta’na, sher – she’r, tarif – ta’rif, taqib – ta’qib;

5) qo‘shimchalarga ko‘ra farqlash: bo‘shlik (yuvoshlik, ojizlik) – bo‘shliq (fazo), borlik (biror narsaga egalik, mavjudlik) – borliq (dunyo, koinot), otalik (otaga xos, otalik burchi) – otaliq (otaliqqa olish), tog‘lik (tog‘da yashaydigan kishi) – tog‘liq (tog‘li joy), oqlik (belgi oti) –oqliq (sut, qatiq), og‘alik (akalik) – og‘aliq (amal nomi). Misollarimizda -lik va -liq qo‘shimchalari ma’noni farqlash uchun xizmat qilgan. Bundan tashqari, -li va -lik qo‘shimchalari yordamida ham so‘zlar yozuvda farq qilinadi: bolali (bolasi bor kishi)- bolalik (yoshlik, bolalik vaqti), belbog‘li (belbog‘i bor kishi) – belbog‘lik (belbog‘ bo‘ladigan mato), kiyimli (kiyimi bor kishi) – kiyimlik (kiyim bo‘ladigan mato), tog‘li (tog‘li joy)- tog‘lik (tog‘likda yashovchi), onali (onasi bor) – onalik (onalik mehri) va boshqalar.

Etimologik yoki grafik tamoyil. Imloning etimologik yoki grafik tamoyili o‘zlashma so‘zlarning yozilishini qoidalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu tamoyilga ko‘ra o‘zlashma so‘zlar manba tilda qaysi shaklda yozilgan bo‘lsa, qabul qiluvchi tilda ham shunday shaklda yoziladi. Bunda o‘zlashma so‘zning o‘zi mansub bo‘lgan tildagi grafik shakli o‘zbek imlosida ham saqlanadi. Rus tili va u orqali boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘z va atamalarning aksariyati o‘zbek tilida mana shu etimologik (grafik) tamoyil asosida yoziladi. Masalan, rus tilidagi ocherk, opera, tonna, nota, pochta, rota so‘zlari o‘zbek tilida o‘cherk, o‘pera, to‘nna, no‘ta, po‘chta, ro‘ta shaklida talaffuz qilinsa-da, rus tilidagi grafik shakli bo‘yicha ocherk, opera, tonna, nota, pochta, rota tarzida yoziladi. SHuningdek kombayn, kompot, montaj, motosikl, motor, obzor so‘zlarining urg‘usiz bo‘g‘inidagi o unlisi a unlisi tarzida; rektor, direktor, prorektor, transformator, traktor kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inidagi o unlisi i tarzida aytiladi, ammo bu so‘zlarda grafik tomoyilga ko‘ra yozuvda o unlisi saqlanadi.

Rus tilidan o‘zlashgan bir qator so‘zlar oxirida ikki undosh yonma-yon keladi. Bu so‘zlar talaffuz qilinganda ikki undosh orasida qisqa i tovushi orttiriladi. Ammo yozuvda bu tovush hisobga olinmaydi va so‘zlar etimologik tamoyil asosida ruscha shaklida yozila beradi: litr, semestr, keks, boks, bifshteks, gips, orkestr, filtr, punkt, teatr va boshqalar.

Vise-prezident, unter-ofiser, kilovatt-soat, eks-chempion, gramm-molekula, gramm-atom singari ruscha o‘zlashmalar o‘zbek tilida ruscha holatiga ko‘ra chiziqcha bilan yoziladi.

Tilimizdagi ayrim arabcha so‘zlar ham etimologik tamoyil asosida yoziladi. Chunonchi, muammo, maoniy, mutolaa, mudofaa, va’da, a’lo, she’r , ba’zan, ma’ruf, ta’lim, ta’zim, mash’al, qal’a, daf’a, shu’la, mo‘jiza, da’vat, hay’at, ma’rifat, ma’shuq, me’mor, ta’sis, daf’atan, ra’y, ne’mat, iste’fo, mo‘tadil singari so‘zlar etimologik tamoyilga ko‘ra arab tilidagi holaticha yoziladi. Tutuq belgili so‘zlar asli arabcha bo‘lib, arab alifbosi amal qilgan davrda ayn bilan yozilgan va talaffuz qilingan. Hozirda bu so‘zlar amaldagi imlo qoidalariga ko‘ra «’» belgisi bilan yozilmoqda. Yangi alifbo bo‘yicha bunday so‘zlarda tutuq belgisidan foydalaniladigan bo‘lindi.

Etimologik tamoyil imloning morfologik va tarixiy -an‘anaviy tamoyillariga yaqin turadi. Ular o‘rtasida qandaydir o‘xshashlik, umumiylik alomatlari mavjud. Lekin bu tamoyillar o‘zaro farqlarga ega.

Imloning yuqorida qayd etilgan besh tamoyili o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Imlo tamoyillari yozuvning nazariy asosidir. Shu bois imlo tamoyillarini o‘rganish yozuv amaliyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yigitlar uchun eslatma: Yigitlarning Qizlarga yoqadigan 9 ta kiyinish turi!

Haqiqiy erkak istalgan narsani so’zsiz aytishi mumkin. Qanday qilib – deb so’raysiz? albatta o’ziningizning tashqi ko’rinishingiz bilan. Kiyim, aniqrog’i yigitlarning kiyinish elementlari qizlarning e’tiborini bir zumda o’ziga tortishi mumkin!

Sifatli poyabzal. Poyabzal – kiyinishning muhim qismi, u inson haqida ko’p narsa aytib berishi mumkin. Qizlar poyabzal doim sifatli, toza va kiyimga mos bo’lishi kerakligini bilishadi. Shu sabab ular doim kiyinishning bu elementiga birinchi bo’lib ahamiyat berishadi.

Xenli-futbolka. “Xenli” turdagi futbolkalar – Hollywood va sport yulduzlarining tanlagan kiyim turi. Ayollarni ko’proq Xenli futbolkalarning yoqa qismi e’tiborini tortadi va mana shu ularga yoqasi.

Djinsi va oq ko’ylak. Djinsi va oq ko’ylak – oddiy kiyimlar, biroq shunday kiyinish yigitlarni matonatli ko’rsatadi, bu esa qizlarga juda yoqadi.

Ko’krakdagi V-shakl kiyimi. Mana shunday kiyinish usuli yigitlarga juda mos keladi. Aynan mana shu stildagi kiyinish usuli odamlarning nazarini tortadi.

Ingichka galstuk va shimalgan kalta yeng. Bunday kiyinish usuli ishbilarmon va bir vaqtning o’zida ozodlikni o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, u shunday manoga ega bo’lishi mumkin: “men band insonman, ammo hayotimda nafaqat ish uchun joy bor”!

Buyurtmaga tikilgan kostyum. Yaxshi kostyum – bu klassika, klassika esa doimo yashaydi! Erkakga mos tushgan kostyum doim o’ziga ayollarning diqqatini tortadi!

Kichkina aksesuarlar. Teridan yoki tekstildan qilingan bilakuzuklar bugungi kunning modasi. Ular insonga beparvolikni va romantiklikni beradi. Qizlar esa shuni yoqtirishadi.

Bosh kiyim. Tog’ri tanlangan bosh kiyim erkakni kishini betakror qilib ko’rsatadi va odamlar oralarida ajratib turadi. Bu ham ayollar diqqatini o’ziga jalb etadi.

Yaxshi tashqi ko’rinish. Doim estda tuting aksessuarlar va boshqa modali elementlarning foydasi bo’lmaydi agarda erkak yaxshi tashqi ko’rinishga ega bo’lmasa. Chiroyli tashqi ko’rinish doim ko’zga yaxshi ko’rinadi.

Categories: Olam, Qiziqarli faktlar 18.10.2016

284 Komment

Laziza says:
Kiyimi toza bo’lsa va yuz turishi ham toza bo’lsa, menga juda yoqadi.
Javkhar says:
Togri birinchi tozali
Laziza says:
Tozalik siz insonga qarash niyati ham bo’lmaydi.

Ташки куриниши чиройли булгани билан муомаласи яхши булмаса Ташки куриниш ахамиятсиз булиб колади шунин учун йигитлар кизлар олдида муомаласи чиройли булиши лозим асосийси шу

Laziza says:
To’g’ri etasiz, lekin birinchi bo’lib tashqi ko’rinishiga qaramizku baribir.
BAHROMJON says:
Muomala bolish kere lekin chiroyliyam bolish kerak SENDAN UGINA MENDAN BUGINA A
BoBuRsHoH 998917778821 says:

Ewwakka qanca kym yarawmasin lekin u ODAM bulolmaydi. Eng asosiysi qalbimz ciroyli busin UZBEK UG’LONLARI Komment

shoxcha says:
Ko’ngil toza bo’sa bo’ldiku kiyim insonnimas inson kiyimni bezagi
Muhriddin says:
Haqiqatdan insonni qalbi go‘zal bo‘lmog‘i lozim! Yuz tuzilishidan ko‘ra
OSHIQ YIGIT says:

KO’RINISHXAM QLBIHAM TOZA BO’LSAYU CHIROYLI VA ILMOQLI GAPLANI BILMASACHI ?
QIZDI OLDIDA O’ZINI YOXSHI TUTISHNI BILMASA YOKI EPLOLMASACHI ??
QIZLA BUNDAY BOLLAGA NIMA MASLAHAT BERASILA.

Azizbek says:

Bir kiyimlarni kõrdim ichida insoni yõq,
Bit insonlarni kõrdim ustida kiymi yõq .Budunyoda biliminggiz va omadinggiz bõlsa bõldi.

Azizbek says:
Bir insonlarni kõrdim ustida kiymi yõq.
Uzur xato ketibdi.
Wirina says:

Rostanam odammi tawqi ko’riniwimas muhimi qalbi ciroyli bo’sa bo’ldiyu o’wanda kiyimmi o’ziyam yarawib ketadi

Giyos says:

WIrina manimcha odamni tashki korinishi muhim rol oynaydi. chunki odamda tashki korinish yomon va iflos bo’lsa uning yuragiga ham karashga xohish yoq bo’ladi. hozir odamlar bir biri bilan tashki korinishga qarab muomala qilishadi. tashki korinish ham ozgina bolsada muhim.

Malik says:

Qizlar eshitilar yigitlar kiyimi yo tashqi qiyofasi chiroyle mi yo xunuk mi baribir u erkak 10 % qizlar uchun bu narsalarni qizigi yu chunke ular uchun umir yuldosh kiyim yo chiroy emas sadoqatle vafodor uyim joyim bolam chaqam deb tugri yuldan ketsa shu muximroq inson har xil dunyoda

Барец says:
Qalb go’zalligi haqida shuncha gairamiz ammo har safar tashqi go’zallikni tanlaymiz nega?

Xayotda xamma narsa xam insonni ust bowiga qarab baxolanmidi. Bu dunyoda yuzi yaltiro ici qaltirola kop qanaqa kiyiniwidan qati nazar kongli toza mexribon inson bosa bold

Hammanniki togri .
Ismimi ahamiyati yoq says:
Eng asosiysi insonni qalbi chiroyli bolsin!
Ana shunaqa gaplar!
Sirli qiz says:
Alixan says:
Salom Hammaga
Alixan says:
Benom says:

Og’zi qiyshiq bo’sayam boyni bolasi gapirsin ekan, tashqi ko’rinish Chiroymas puling ko’p bo’lsin tagingda Kaptivang bo’sin urot bo’sangam qizlar seni sevarkan

Ismimni aytishim shartmas. says:

Og’zi qiyshiq bo’sayam boyni bolasi gapirsin ekan.Meni fikrim 85 prasent qizlar puli ko’p boyvachcha yigitlar yoqtirishadi agar yigit urot bo’sayam baribir sevaverdi chunki u Boyda

Shaaa says:

Avvalambor salom. Hechamda fikrizga qo’wilmayman hamma qizlaram puli uchun yaxwi kurmaydiku axir insonni tawqi kuriniwi ichki dunyosi xarakteri muomalasi odobi yaxwi bulsa buldi

Shaaa says:

Ha yana bir gap bitta qiz yomon bulsa yo pulga etibor qaratadigan bulsa bu hamma qizlar wunaqa degan fikrga keliwga asos bumaydi

Soliha says:

Nazarimda asosiysi tashki ko’rinish emas ichki dunyosi xarakteri ko’rinishi chiroyli bo’sayu chiroyli kiyinsayu xarakteri chiroyli bumasa nima keragi booo unaqa yigitti

Firdavs says:

O’zila o’ylab ko’rila. Oldilaga sassiq yoqimsiz yigit kelib gap boshladi. Lekin ko’ngli toza gapida ma’no bor. Oldizdegi dugonez bn ensa qotirish bn eshitasiz. Lekin chiroyli kiyingan savlatli xushbichim yigit kelib gap boshlashidan oldin. Hayolizzi o’g’irlagan tasavvurizda qaniydi yigitim shunaqa bo’sa degan narsa paydo bo’ladi. Aytmoqchi bo’ganim realistik bo’ling. Hayotga haqiqat bn qaren. Ko’ngil 2chi darajaga tushib qogan hozir. Tashqi ko’rinish siz uchun muhim Qizla.

Авазбек says:
Tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lsa kiyimi zo’r bo’lsa gap otishni bilmasa?
Eldor says:

Hamma «Qalbi go’zal bo’lsa bo’ldi» deydi. Lekin hech kim atirgullar orasidan, qizg’aldoqni tanlamaydi…

Puling.bolsaham.yuragimiz.toza.bolsin

Salom hammaga. Man hammani fikrini oqidm hammanki tori. Manimcha 1 orinda qalbida iymoni bosn. Uyoği keynam bovuradi.

Utkirbek says:

Inson doim inson bulsin avval;o erkaklar u ming chiroyli bulgani bn erkaklik hususyatdan yiroq bulsa u erkak kuriniwidagi ayol

ozoshka says:

To‘g‘to kiyim mol u davlat HECH nimani anglatmaydi muhim odamga tortadigan bir ichki kechinmalari CHIROYLI qalb egasi bo‘sin mol u davlat ham kiyim ham bu dunyoda o‘tkinchi hoy u havasdir

Turkmenchik says:

Men bita maktapning eng chiroyli qizi bilan sevishkanman tashki kornishim ja bir zor emasedi ugrilarim endi yoqolp ketkanedi. Sizlarga motivasiya bolshi ucun yozyapman . Hammasi ishonchga bogli

ibrat says:

Savol .Men bir qizni sevaman . U ham menga befarq emas . Unga sevishimmi aytmoqchiligimi bladi . Qanday qilib gap ochishni blmayapman

anonim says:
хмм яхши хаммаларингни гапларинг озларинг учун тогри нотогри болганда ёзиб отирмасдиларинг
ибрат севсангиз чайналмасдан дангал-дангал айтинг болса болсин болмаса умуман ёколсин
dilsora says:
Togri iymonli taqvodor onson bolsa har doim wundogam ozoda yuradi. Agar namoz o‘qisa
__-Clever-_-Boy-__ says:

Ibrat men ham senga bir gap aytaymi, qizingga dangal seni sevaman sen meni sevasanmi? deb ayt agar u ha deb javob bersa, uzing bilasan buyog’ini agar yo’q desa yigiting bor – mi? deb so’ra.

No name says:

Salom sizlarga netdayam qattiq sevib qolishi mumkinmi ikki inson bir birini sizlarda xech shunaqa xolat bo’lganmi

No name says:

Salom men yigitim bn qarindowligimiz bor edi u bn gaplawiwimni hammaligi bilardi chiroyimam odobimam qalbimam go’zal hamma hammasi joyida edi nomoz ham o’qir edim unga hiyonatniyam o’ylamas edim umrimda birinchi bor gaplawgan yigitimam wu inson edi lekin bir hafta oldin tel qilib biz bir birimizga togri kelmaymiz seni pamyatkang yow bolaniki deb turli haqorotlar bn teli ochirdi hoz nima qiliwimniyam bilmiman uydagilarga qanaqilib yoriliwi bilmayapman uni ustiga 3 kundan ken imtihonim

Julyetta says:
Salom menimcha xozir xamma tashqi ko‘rinishga qarab baxo beradi .
Махмуд22 says:
Ayol kishi hammasiga chidaydidir lekin erkak kishining jahliga chidamaydi
нет имя says:
Oxooooooo gabilar zoruuu
Da venchi Shokhida says:

Hammaga salom, ayol kishi hammayoqa chidedi va sizlarni jaxlingizga ham faqat jaxilniyam chegarasi meyori bor, qizi yerga urib jaxil qilsa qiz munosabatlani oyledi men unga kereszman meni endi sevmedi qadirlamedi deb oylab, mensiz baxtli bo’lsa bo’la qolsin deb ketishga shaylanishi mumkin, shunda ham yigitining kelajeda kim bilan munosabat yuritishiga be farq bo’lmedi zimdan kuzatadi, agar chindan chevib unga qadri bolsa, qadir muxabbat qozonish esa bollani muomalasiga bog’liq

Da venchi Shokhida says:

Yuqorida yurtdoshla baxsiga qaraganda o’ziga qarash muhimmi yo muomala ikkisi ham birdek muhim, birinchi galda avvalo qalb tozaligi pinxona be g’araz sevmoq va odob doirasidan chiqmaslig, bu bilan tashqi korinish axamiyatsiz degani emas, tashqi korinishi deganda dexqon omi odamga tuzu quru kiyintirib yasantirib qoysa ham shaxzoda bob qolo’radi, usti yaltiro ichi qaltiro sevishgandayam oxirgacha kurashme tashqi go’zaligiga boshqalani ilintirib xiyonat qiladigonla kop, sen bolmaseng boshqasi deb o’zini chiroy chimatiga ishonadigonla, bir komentaryada kordim sassu bola yonigda tursa digan, shunaqa fikirli bolaga javob siz sevgan qizizi yonida tortinmeszmi agar sevib qolsa sekin asta o’ziga oro bera boshledi, yokida sevsa sevgan qizini tanqidini togri qabul qiladi, shuni kiysez yanayam yaxshi bolardi, shuni olgandim qani biram yarashdi diyilsa osha bola shunaqa oziga yarashigi bilan did bilan kiyinishi boshledi, yuvinib taranadi kiyimga mos, bu dunyoga hamma bir de kiyimsiz kelib kiyimsiz ketadi buni togirlasa boladi, shunchun qalb muximro pok qalblilani har qadam daham uchratmesan kishi, gap faqat bolani pokizali gi haqida emas qizladayam bor shunaqangi bita qizi deb 10 ta qizi shunde korib yonidan qochishadi, qizlaram sal oziga oro bersa yaxshi bo’lardi, hozigi zamonda oro berish desa oshirvorishyabti hammayoqni ham meyyori bor, atir upani ham ochiiq yoki yopiiiq kiyinishi ham meyori bor, agar narmani odam bosa o’zi biladi narmani yurishi, muomalaniyam ortiqcha tilyog’lamaligi yaramedi bolagayam qizlagayam, o’ta qopol qo’rs bolish ham, bolla trinofka qib clublada mushak chiqaraslada iltimos yuragilaram shuncha baquvat bolsin qizlani paypo qime bita bilan adushi gaplashila oxirgacha, agar sizdan qoqsa va chindanam siz uni sevishiz, olishiz uylanish jidi niyatiz bilsa hich kim hiyonat qilmedi, og’il bolada qo’rslik nima desak boladi qo’tirlik yarashadi o’tta farishtacha bolib kundaa yuvinib taranib atirga chomilish ham yaramedi,bu g’irt bekorchini ishi, o’ziga oro beromayotgan va muhim ishla bilan bant bolish mumkin, buni keginro to’lasa bo’ladi, agar bollaga qizlani tashqi ko’rinish muhim bo’lsa aytib qoye qizla o’zini chiroyli hisoblasa o’zini sizdan ham abzalrog’iga loyiq ko’radi hiyonat qiladi, qalbi chiroyli qiz sizni sevsa hiyonatni o’ylamedi, o’ziga oro beradi parfumeryada hamma ham qratsavitsa bo’ladi, yaxshi olib yursez hichnimaga zoriqtirmasez yasanib chiroyli kiyinadi, faqat siz uchun, chiroyli bolar ham shunde hiyonatkor oshigi ko’p bo’ladi, hammasiyam emaskuya, ayrimla, hammani hudo tengi bilan qib qoygan hiyonatkor bilan hiyonatchi qalbi pok bilan iymonli, ishbilarmon bilan ishbilarmon dunyo qarashi keng hamani o’z parasi bor yo’lga solish qo’lilada, qalb chiroyli bolsa dunyoni jufti halolini chiroyli kora boshledi, ozodalik, tashqi korinish, ichki dunyo, muomala hammasi birdek muhim omillar, kop fikr bildirvordim uzr