Press "Enter" to skip to content

2 sinf ona tili va o’qish savodxonligi ish rejasi

152. O`quv qayda bo`lsa ulug`lik bulur Bilig kimda bo`lsa, beduglu alur, Uqushlug uqar-ul, biliglik bilur, Biligli, ulug`li tillakka tegir Ushbu aqliy tarbiyaga undovchi misra kimga tegishli?

Pedagog xodimlar uchun namunaviy attestatsiya savollari. 2-variant

2. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan qaysi biri kadrlarga bo`lgan talabni belgilovchi asosiy buyurtmachi hisoblanadi?

ishlab chiqarish
3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilindi?
1992-yil 8-dekabrda
4. O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili to`g`risida»gi Qonuni qachon qabul qilindi?
1989-yil 21-oktyabrda
5. Hadis hikmatlarida yoshlar tarbiyasi mavqeyi qanday?
yoshlar tarbiyasiga juda katta e`tibor berilgan
6. Nima uchun maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi o`yin asosida tashkillashtirilganligi ma`qul?
O`yin-maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi
7. A.Avloniy fikricha, axloq nima?
Ahloqiy kategoriyalardan biri bo`lib, insonlarni yaxshilikka chaqiradi, yomonlikdan qaytadi

8. Quyidagi tarif to`g`ri belgilangan qatorni toping: «Pedagogika – inson faoliyati sifatida maqsad sari qilingan harakat, xohish istagi va ehtiyojlaridan kelib chiqqan fan»

Umumpedagogik
9. Abu Nosr Farobiy ta`limning milliy xarakteri nimaga bog`liq deb etirof etadi?
Millatga xos belgilarga

10. Jahon tarixiy pedagogik jarayoni va uning hozirgi bosqichi qanday masalalarni har tomonlama o`rganishni taqozo etadi?

Global masalalarni
11. Pedagogikaning fan sifatdagi vazifasi nima?
12. Pedagogika atamasi qanday ma`noni bildiradi?
Yunoncha «paydogogos» so`zidan kelib chiqib, «bola yetaklash» ma`nosini bildiradi.
13. Ta`lim nima?

Maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o`tkaziladigan, o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim qobiliyatlarini ustiradigan, dunyoqarashni tarkib toptiradigan jarayon.

14. Tarbiya nima?

Tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalovchi ongiga singdirish uchun ular ruhiyatiga maqsadli ta`sir etish jarayoni.

15. Asosiy pedagogik tushunchalar?
rivojlanish, ma`lumot, ta`lim, tarbiya
* 16. Shaxsni shakllantirish degani nima?
Atrof-muhit nasliy belgilar tarbiya ta`sirida shaxsning rivojlanish natijalariga aytiladi.
17. Sensor tarbiya nima?

Hissiy bilish usullarini shakllantirishga va sezgi hamda idrok etishni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta`sir ko`rsatish sistemasi

18. Gudaklik va yasli davri to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping?
1 yoshdan 3 yoshgacha
19. Qanday kishilar pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishga haqli?

Maxsus tayyorgarlikning nazariyasi, mazmuni va uslublarini egallagan, pedagogik ma`lumotli, g`oyaviy, ilmiy tayyorgarlik olgan kishilar

20. Didaktika nimani bildiradi?
Didaktika ta`lim-nazariyasini anglatadi.
21. Ta`lim jarayoning metodologik asosi qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?
bilish nazariyasi
22. Ta`lim mazmunini belgilashda qanday ehtiyojlar hisobga olinadi?
ta`lim mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi.
23. Ta`lim mazmunini o`zida aks ettiruvchi hujjatlar qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?
O`quv rejasi, dasturi, darslik
24. Milliy pedagogikaning vazifasi nima?

Respublikamizda yashovchi turli millat va elatlarning orzu-istaklariga monand ta`lim-tarbiyaning ham nazariy ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to`g`ri hal etib berish

25. Davlat gimni yunoncha «hummos»- madhiya so`zidan olingan bo`lib, quyidagi ma`noni bildiradi?
«Yuqori pardali tovush bilan aytiladigan ashula».

26. Bola rivojlanishiga doir o`zgarishlarni, yosh davrlariga xos xususiyatlarni bilish va hisobga olish nima uchun kerak.

Bolalarning rivojlanib borayotganligini aniqlash uchun.
27. Qaysi yosh maktabgacha tarbiya yoshi hisoblanadi?
1 yoshdan 7 yoshgacha
28. Necha yoshdagi bolalar o`smirlar hisoblanadi?
12 yoshdan 15-16 yoshgacha

29. Qaysi davrda tasavvur va tafakkur doirasi deyarli nihoyasiga yetgan va ijtimoiy hayotning biror sohasiga yo`naltirilgan bo`ladi?

o`spirinlikda
30. O`spirinlik faoliyatining asosiy turi nima bo`ladi?
o`qish va mehnat

31. «Tarbiyachi tashkil etishni, ish yuritishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo`lishni bilishi lozim, u o`zini shunday tutishi kerakki, uning har bir xarakati tarbiyalasin» ushbu jumla kimga tegishli?

A.S.Makarenko

32. Ibtidoiy jamoa davrlarida tarbiyaning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan shart-sharoitlar nimalardan iborat edi?

Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar

33. O`qituvchi quyidagilarga qaysi usulni qo`llaganda amal qilishi kerak? 1-tayyorlab kelingan savollar hammaga taalluqli bo`lib, o`rtaga tashlanishi; 2-bir o`quvchi javobga chaqirilishi; 3-javob berayotgan o`quvchini boshqalar tenglab, to`ldirib, tuzatib, oydinlashtirib borishi; 4-javoblarni o`qituvchi izohlashi va baholashi.

Suhbat usulida

34. Bolalarning sog`lom o`sishi bilan ularni aqliy, jismoniy mehnatga, Vatan mudofaasiga tayyorlash qaysi tarbiyaning maqsadi bo`lib hisoblanadi?

35. Huquqiy tarbiyaga doir eng yirik asar «Al-Hidoyat» kimning qalamiga mansub?
Al-Marg`inoniy

* 36. Tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi qobiliyatlar qaysi tarbiyada kamol topadi?

37. Qaysi tarbiya bolalarni tabiat va jamiyatda go`zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o`rgatadi?

38. Ta`limda bilim, ko`nikma, malakalarni puxta va mustahqam o`zlashtirish qoidasi nima?

Bu qoida didaktik talab va normalarni tizimli, ongli, o`zlashtirilgan ilmiy bilimlarni turmush bilan boglab faoliyatda qo`llay olish malakalariga ega bo`lishni nazarda tutadi

39. «Avesto»da bolalarni o`qitish va tarbiyalash qoidalari qay tartibda tavsiya etilgan?
Diniy va ahloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o`qish va yozishni o`rgatish

40. «Har kim bilim olish huquqiga ega» degan ibora Konstitutsiyaning nechanchi bob va moddasida yozilgan?

IX bob, 41 modda.
41. Huquqiy tarbiyaga oid eng yirik asar «Al-hidoya» kimning qalamiga mansub?
Al-Marg`inoniy
* 42. Konstitutsiyamizning 41-moddasida nima haqida so`z boradi?
Ilm olish huquqi haqida.

43. Mustaqil O`zbekistonni rivojlantirishning manaviy-axloqiy negizlari Prezident I.A.Karimovning qaysi asarida o`z aksini topgan?

Tarixiy xotirasiz kelajak yoq

44. O`zbekiston tarixini to`g`ri va asosli o`rganish masalasiga Prezidentimiz I.A.Karimovning qaysi asarida alohida e`tibor qaratilgan?

«Tarixiy xotirasiz kelajak yoq»
45. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik deganda nimani tushunasiz?
Xalqimizning adolat, tenglik, ahil qo`shnichilik, insonparvarlik ko`rtaklarini avaylab kelishi
46. Insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi nimalarda ko`rinadi?
Insonning o`zi va oilasining baxt-saodati yulida mehnat qilishga shaxsan tayyor ekanligida
47. O`zbekiston fuqarosining vatanparvarligi nimalarda namoyon bo`ladi?
O`z yeri, tabiati, o`lka tarixi, madaniyati, ananalari bilan faxrlanishi, ularni himoya qilishida
48. O`z-o`zini taribiyalash elementlari qaysi qatorda tug`ri ko`rsatilgan?
O`z shaxsini, fazilatlarini, tahlil qilishga hatti harakatlari haqida uylashga o`rgatadi
49. Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi to`g`risida nima degan?
Bola ona qornidaligidayoq tarbiyani boshlash lozim.
50. Yusuf xos Xojib tarbiya to`g`risida qanday asarlar yozgan?
«Qutadg`u bilig»
51. «Qutadg`u bilig» asarining g`oyasi nimadan iborat?
Ta`lim-tarbiyadan

52. “Tarbiyachilarning o`ziga zamonaviy ta`lim berish ularning ma`lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo`lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz” Prezidentimiz I.A. Karimovning ushbu fikrlari qaysi asarda o`z aksini topgan?

“Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”.

* 53. “Kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo`lgan shaxslar pedagogika bilan shug`ullunish huquqiga ega” ekanligi Ta`lim to`g`risidagi qonunning qaysi moddasiga tegishli ma`lumot?

5-moddasida
* 54. Maktab o`qituvchilarining faoliyati nimaga qaratilgan?
Inson shaklini shakllantirishga qaratilgan.

55. Pedagogik muloqatni boshkarishning qaysi uslubida o`quvchilar tashabbusiga keng yo`l qo`yilmaydi?

Avtoritar uslub
56. Pedagogik mahorat deganda nimani tushunasiz?

O`quvchi shaxsiga tarbiyasiga mohirlik bilan yondoshadigan, fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga xos bo`lgan qobiliyat

57. Ritorika lotin tilidan olingan bo`lib qanday ma`noni bildiradi?
Chiroyli nutq so`zlash san`ati

58. O`quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iktisodiy hisob-kitoblar va shular xakida fikrlay olish kabi qobiliyatlar qaysi tarbiyada kamol topadi?

59. Bolalar qaysi tarbiya yordamida tabiat va jamiyatda go`zalliklarni ideal nuktai nazardan idrok etishga o`rganadilar?

60. Jamoa faoliyatiga aralashmaslikka harakat qiladigan boshqarish uslubini toping?
Liberal uslubda
61. Ibtidoiy jamiyatda tarbiyaning xususiyati?
Tarbiya ishi hammaning ishi bo`lgan
62. Ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisini ayting?
63. O`qituvchining kommunikativ qobiliyati nima?
To`g`ri muomila qila olish qobiliyati
64. Pedagogik mulokatni boshkarishning kaysi uslubida o`quvchilar tashabbusiga keng yul qo`yilmaydi?
Avtoritar uslub

65. O`z kasbini sevgan,irodali,qiyinchiliklarga bardosh beradigan, o`quvchilar bilan ishlash qobiliyatini mukammal egallagan o`qituvchi qanday toifaga kiradi?

Fidoyi o`qituvchi
66. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish nimani bildiradi?
Tarbiyani insonparvarlashtirishni

67. Pedagogik mulokotni boshkarishning qaysi uslubida o`qituvchi jamoa faoliyatiga aralashmaslikka harakat qiladi?

Liberal uslubda
68. Quyidagi javoblardan qaysi birida pedagogika faniga to`ѓri tarif berilgan?

Ta`lim – tarbiyaning nazariy va amaliy asoslari hamda yosh avlodni o`qitish, ma`lumotli qilishning mohiyati va qonuniyatlari haqida bahs yuritadigan fan

69. Iste`dod deb nimaga aytiladi. Qaysi qatorda to`g`ri javob keltirilgan?
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichiga
70. Fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatlar qaysi qobiliyat?
Bilish qobiliyati
71. Muloqat orqali ta`sir etish usuli qaysi qobiliyatga mansub?
Kommunikativ qobiliyatiga
72. Bilimlarni tekshirishning nechta turi mavjud?
73. Insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi nimalarda ko`rinadi?
Insonning o`zi va oilasining baxt-saodati yulida mehnat qilishga shaxsan tayyor ekanligida.
* 74. Tarbiyachi tortinchok bolalarni mashg`ulotga qanday jalb eta olishi kerak?
chora-tadbirlar o`ylab topishi kerak

75. Pedagogik texnologiyalar tasnifiga kura to`g`ri belgilangan qatorni ko`rsating: umum pedagogik texnologiya, xususiy predmetli, loqal pedagogik texnologiya «Ilg`or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni aniqlash hamda ommalashtirish chora tadbirlari to`g`risida» gi qaror qachon qabul qilingan?

O`zbekiston xalq ta`limi vazirligi hayat majlisining 1998-yil 19-dekabrdagi qarorida
* 76. Davlat ta`lim standartining bosh talabi nimadan iborat?
ijodiy tafakkur sohibini yetishtirishdan iborat
77. Yangi pedagogik texnologiyalarning asosi nima bo`lib hisoblanadi?
Davlat ta`lim standartlari bo`lib hisoblanadi
78. O`quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta`sir ko`rsatish qaysi qobiliyatga mansub?
Obro` orttira olish qobiliyati.

79. Pedagogik muloqatni boshqarishning qaysi uslubida o`qituvchi faollik ko`rsatmaydi, sifat kam bo`ladi?

Liberal uslub

80. Bolalarning sog`lom o’sishi bilan ularni aqliy, jismoniy mehnatga, Vatan mudofaasiga qaysi tarbiyaning maqsadi bo`lib hisoblanadi?

Jismoniy tayyorlash

81. Insoning o`tkir aqli, sof mulohazasi, toza kungili, olijanobliligi, mardligini ko`rsatuvchi omil qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

Rostgo`ylik

82. Turkiy xalqlarining hayot tarzlari, ta`lim-tarbiyaga oid ma`lumotlar kimning qaysi asari, yodgorliklari orqali bizgacha yetib kelgan?

M.Qoshg`ariy “Devonu lug`at-it turk”
83. Inson fazilatlarini oshiruvchi xislatlar qaysi javobda ko`rsatilgan?
To`g`rilik, muloyimlilik, shavqat
84. Demokratiya so`zining ma`nosi nima?
Xalq hokimiyati

85. Bilimni buyuk qil, o`quvni ulug`. Shu ikkov ulug`lar kishini to`liq. Qo`yidagi hikmat nima haqida yozilgan?

86. Iymon deymizmi, vijdon diymizmi, Har kimning ko`ksida xudosi bo`lsin Ushbu jumlaning muallifi kim?

87. Tafakko`r so`zining ma`nosi nima?
O`ylash, muhokama, mushohada, fikr yuritish

88. Aql tarozisida o`lchanmagan har qanday bilim chin bo`la olmaydi, demak u haqiqiy bilim emas. Bu fikr kimga tegishli?

Abu Ali Ibn Sino
89. Ilm va madaniyat nuri nima?
90. Har kishi olmasa hayotdan ta`lim, unga o`rgatolmas hech bir muallim.
91. Ilm insonlarning madori, hayoti, raxbari, najotidur degan g`oya muallifi kim?
Abdulla Avloniy
92. Dunyodagi o`xshashi yoq noyob, beqiyos, hech tugamas narsa nima?
93. Musulmonlar ilk bor madaniyatni ta`lim-tarbiyani qayerdan olgan?

94. O`quv o`rganish uchun eng qulay vaqt yoshlik davri. Yerta tong va qosh qoraygan payt. Ushbu satrlar muallifi kim?

95. G.Spenser marifatning maqsadi. nima degan?
Xarakterni tarbiyalashdan iboratdir

96. Alisher Navoiyning aytishicha “Odamdagi eng ulug` fazilatlarning biri yaxshilik qilmoq va go`zal xulqdir, ikkinchisi rostgo`ylik, uchinchisi. mana shu uch fazilat birlashsa u komil inson bo`lib yetishadi” uchinchisi nima?

97. Senkvein qanday ma`noni bildiradi?
fransuz tilida “besh qatorli sher” ma`nosini bildiradi
98. Avestoda yaxshilik va yomonlik siymosini nima deb atagan?
Axuramazda, Axramaniyu
99. Abu Ali ibn Sinoning oila tarbiyasi to`g`risidagi fikrlari qaysi asarida o`z aksini topgan?
«Tadbiri ma`nozil»
* 100. Aqliy kamoloat nima?

Bu yoshning o`sib, tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiya ishlar ta`sirida bolaning aqliy faoliyatida ro`y beradigan miqdor va sifat o`zgarishlarning majmuasidir

101. Tug`ilgan bola qanday nomlanadi?

102. Bolalar bog`chasini o`rab turgan go`zallik muhiti bolalarning har tomonlama kamol topishiga, didli tarbiyalanishiga ta`sir etadigan tarbiya turini ko`rsating?

Estetik tarbiya

103. Korreksion pedagogika (defektologiya)ning qaysi sohasi nutq buzilishlarini o`rganish, oldini olish va tuzatish bilan shuѓullanadi?

Logopediya
. 104. Motiv nima?
Kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi da`vat, turtki

105. I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so`zlagan nutqida asosiy urg`uni tarbiyaning qaysi jihatlariga qaratgan?

Buyuk ma`naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish to`g`risida to`xtalib o`tgan
* 106. I.A.Karimovning o`tmish tariximiz va merosimiz ahamiyatini yorituvchi asari qanday nomladi?
«Tarixiy xotirasiz kelajak yoq»
107. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting?
Ta`lim, tarbiya, ma`lumot, rivojlanish

108. Ta`limni texnologiyalashtirishda axborot texnologiyalarning o`rni qanday? Boshqarish imkoniyati tug`iladi va u o`qituvchining yaqin ko`makdoshiga aylandi hamda uning funksiyalarini qisman o`z zimmasiga oladi. Didaktikaning asosiy kategoriyalarini ayting?

Bilim, malaka , ko`nikma,ta`lim, ta`lim jarayoni, metod;
109. Didaktika nima?
Ta`lim mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogikaning sohasi;
110. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini ayting?

Aniq maqsadga yonaltirilgan, ko`p qirrali, uzoq muddatli, yaxlit tizimli, ikki tomonlama aloqa, qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.

111. Ta`lim oluvchilarni fan asoslariga oid bilimlar tizimi bilan qurollantirish ijtimoiy tarbiyaning qaysi yo`nalishi asosida amalga oshiriladi?

Aqliy tarbiya

112. Mazkur g’oya qanday tushuncha mohiyatini yoritadi: «. shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yonalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yonaltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo`lib, ular asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi tamoyillari, obekti va subektiv omillari aniqlanadi»?

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarining;

113. O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga asosan o`quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o`qitishni ta`minlaydigan, ularga o`rta maxsus ta`lim beradigan yangi tipdagi ta`lim muassasasini ko`rsating?

Akademik litsey
114. Maktabdan tashqari ta`lim funksiyasini ayting?

madaniy-yestetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo`nalishlarda bolalar hamda o`smirlarning ta`limga bo`lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-yehtiyojlarini qondirish, ularning bo`sh vaqti va dam olishini tashkil etish;

115. O`zbekiston Respublikasining «Maktabgacha tarbiya muassasalari haqidagi Nizom»i nechanchi yilda qabul qilingan?

116. Maktabgacha tarbiya muassasalarining pedagogik vazifalari nimalardan iborat?
Tarbiyachilar mashg`ulot rejalarini, mashg`ulot sifat darajasini nazoratga olishi.

117. Shoirga dedilar sen baxtli inson Xalqingiz ardoqlar hamma taniydi Shoir javob qildi menda bor armon, Muallim desalar meni qaniydi. Ushbu she`r kimning qalamiga mansub?

Abdulla Oripov
118. «Tizim» so`zi qanday ma`noni bildiradi?
Qismlardan tuzilgan, birikkan yaxlit narsa yoki hodisa
119. O`quv rejasi asosida qanday davlat xujjati tuziladi?
O`quv dasturi

120. DTS, o`quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosda belgilangan,milliy istiqlol g`oyalari singdirilan, muayyan o`quv fanining mavzulari to`liq yoritilgan, tegishli fanning asoslari mukammal o`zlashtirishga qaratilagan davlat nashri qanday nomlanadi?

121. 1999-yil 28-sentabrdagi oily va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 288- sonli qanday buyrug`i e`lon qilindi?

Uzluksiz ta`lim tizimini o`quv adabiyotlari bilan taminlash haqida

122. Darslkni qisman to`ldiruvchi, muayyan fan dastiri bo`yicha tuzilgan,mavzulari keng yoritilgan adabiyot turi?

O`quv qo`llanma

123. Ta`limning ilmiy bo`lishi, ta`limdagi onglilik va faol harakatda bo`lish , ta`lim jarayoning ko`rsatmali bo`lishi –bo`lar nima deb ataladi?

Ta`lim prinsplari
124. Tizimlilik didaktik kategoriya sifatida kim tomonidan asoslab berilgan?
Ya.A.Komenskiy
125. «Texnologiya» tushunchasi fanga kachon kirib keldi va qanday ma`noni bildiradi?
1872-yilda kirib keldi, «hunar fani» ma`nosini bildiradi
126. Ta`limda bilim, ko`nikma, malakalarni puxta va mustahkam o`zlashtirish qoidasi nima?

bu qoida didaktik talab va normalarni tizimli, ongli, uzlashtirilgan ilmiy bilimlarni turmush bilan boglab faoliyatda qo`llay olish malakalariga ega bo`lishni nazarda tutadi

127. Eng qadimgi davrdagi manaviy madaniyatimiz, xususan bolalar tarbiyasi tizimini o`rganishga asos bo`lgan manbani ayting?

128. Xalq ommasi tomonidan yaratilgan va avloddan avlodga o`tib kelayotgan ta`lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo`llanib usul, vosita, ko`nikma va malakalar birligini ifodalovchi tajribalar asosida tuplangan bilim va ma`lumotlar yig`indisi?

Xalq pedagogikasi
129. O`rta Osiyoda musulmon maktablari tizimi qaysi tarixiy davrda tashkil topgan?
XIII-XII asrlar
130. Dastlabki arab tilidagi maktablarning yaratilishiga nimalar ta`sir etdi?
Qur`oni Karimning tarqalishi

131. Ibtidoiy jamoa davrlarida tarbiyaning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan shart sharoitlar nimalardan iborat edi?

Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar

132. «Javonmardlikning asli uch narsadur» biri ulkim, aytgon s o`zingni o`zing qilsang: ikkinchisi ulkim, rostlikka xilof qilmasang: uchinchisi ulkim, hayr ishini ilgari tutsang, Odamdagi barcha qolgan sifatlar bu uch narsaning ostidadur”. Ushbu fikrning muallifi kim?

133. «Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga tarbiya xayf. Uni tarbiya qilmasliq bilan nobud qilma, munga tarbiyangni nobud qilma” Yuqoridagi fikrning muallifi kim va u qaysi asardan olingan?

Mahmud Koshg`ariy «Qutadgu Bilig” asaridan
134. Turkiy tilda yaratilgan dastlabki ta`miy-axloqiy asar qaysi?
Qutadgu Bilig
135. Hadis ilmining yaratilishida oltin davr nechanchi asrga to`g`ri keladi?
IX-XIII asrlar
136. Abu Rayxon Beruniyning qaysi asari alohida pedagogikaga bag`ishlangan?
Pedagogik g`oyalar barcha asarlarida sochma tarzda berilgan

137. «Maqsad gapni chuzish emas, balki o`quvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir narsaga qaray berish sabrsizlikka olib keladi. O`quvchi fandan fanga o`tib tursa turli bog`larda yurganga o`xshaydi»-bu parcha kimning qaysi asaridan olingan?

Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asaridan

138. Mutafakkirlardan qaysi biri jamoa bo`lib maktabda o`qitishning ahamiyatini ilmiy asoslab bergan?

Abu Ali ibn Sino

139. Ibn Sino maktabda o`qitish, tarbiya ishlarini jamoa tarzida tashkil etish g`goyasini qaysi asarida olga suradi?

«Tadbiri ma`nozil»da

140. “Ta`lim faqat so`z va o`rganish bilangina bo`ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan, yani shu xalqning. ish-harakat, kasb hunarga berilgan bo`lishi, o`rganishidir”. Ushbu fikr qaysi mutafakkirning qanday asaridan olingan?

Farobiyning hikmatlaridan.

141. “Musulmonlarga diniy masalalarda ta`lim berib, shariat va islom dini akidalari: tasvir, xadis, fikxdan dars bersinlar deb, xar bir shaxarga olimlar va mudarrislar tayin qildim”. Ushbu fikr kimning qaysi asarida keltirilgan?

Amir Temurning “O`gitlar”ida
142. Dars deb nimaga aytiladi?

Aniq maqsadni ko`zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o`quvchi ,yoshlar bilan o`qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg`ulot.

143. Texnik vositalardan foydalanib kinofilm, diofilmlarni namoyish qilish qaysi ko`rgazmalilikka kiradi?

Demonstrasiya
144. Darsga qo`yilgan talablarni ayting?
Tarbiyaviy, didaktik,tashkiliy
145. O`z-o`ziga baho berish qaysi davrda kuchayadi?
O`smirlik davrida
146. “Takt” so`zi – haqida tushuncha:
To`qnashish – bu odamlarning o`zaro munosabatini tartibga keltiruvchi axloqiy kategoriyadir
147. “Intonatsiya” so`zi – haqida tushuncha bering?
Ovozning baland pastligi
148. So`z va bo`g`in tovushining aytilishidagi to`g`ri va aniqlik nima deyiladi?
149. Qanday kasb egalari axloqiy normalarga qatiy amal qilishi zarur?
Mehnat obyekti inson bo`lgan kasb egalari
150. O`qituvchi kasbining yuksak manaviy-axloqiy sifatlari nimadan dalolat beradi?
Pedagoglik kasbida ishlashga yaroqli ekanligidan
151. Pontomimika nima?
Gavda, qo`l,oyoq harakati.

152. O`quv qayda bo`lsa ulug`lik bulur Bilig kimda bo`lsa, beduglu alur, Uqushlug uqar-ul, biliglik bilur, Biligli, ulug`li tillakka tegir Ushbu aqliy tarbiyaga undovchi misra kimga tegishli?

Yusuf xos Xojib

153. O`z kasbini sevadigan qobiliyatli, mahorati yetarli, bilimdon, o`z ustida tinimsiz ishlaydigan fan rivojiga katta hissa qo`shuvchi o`qituvchi qaysi toifaga kiradi?

Ijodkor o`qituvchi
154. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismi keltirilgan qatorni belgilang?
Mimika va pantomimika
155. Insonlarga yuz tutish xayrihohlik, muomilalik qaysi qobiliyat turiga kiradi?
Kommunikativ

156. Insonning ichki hayotini to`g`ri baholash unga hamdardlik bildirish hamnafas bo`lish qobiliyati qaysi qobiliyat turiga kiradi?

Tempatiya qobiliyat
157. Muosharat odobi nima?
Odamlarning bir-birlari bilan bo`lgan munosabatining go`zalligi, muloyimligi
158. Interfaol usul nimani nazarda tutadi?
O`zaro hamkorlikni
159. Qobiliyat qanday paydo bo`ladi?
Pedagogik faoliyat jarayonida paydo bo`ladi va rivojlanadi
160. Pedagogik mehnat predmeti?
161. Odob” so`zi qanday tariflanadi?

Har bir insonning o`zi bir inson yoki jamoa bilan bo`lgan muloqatida va yurish turishida o`zini tuta bilishdir

162. Nutq ohangini nima tashkil etadi?
Pauza, temp va nutqning yoqimliligi
* 163. Maktabgacha tarbiya muassasalarining pedagogik vazifalari nimalardan iborat?
Tarbiyachilar mashg`ulot rejalarini, mashg`ulot sifat darajasini nazoratga olishi
164. Maktabgacha tarbiya muassasasida bolalar hayotining rejimi nima?
Bedor yurish, uxlash, ovqatlanish faoliyatning xilma-xil turlari
165. Bolalarning go`daklik va yasli davri ayting?
Bir yoshdan uch yoshgacha
166. Maktabgacha yoshdagi bola organizmning usish surati kaysi yosh davrida bir muncha susayadi?
3 yoshdan 5 yoshgacha
167. Necha yoshdagi bolalar o`smirlar hisoblanadi?
12 yoshdan 15-16 yoshgacha.
168. Necha yoshda bolalar ona tilining deyarli barcha jihatlarini egallagan bo`ladilar?

169. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar jismoniy jihatdan qanday o`sadi, bo`yi va og`irligi o`rtacha qanday bo`ladi?

tekis o`sadi, bo`yi 120 sm, ogirligi 25 kg bo`ladi
170. O`smirlik davri yana qanday nomlanadi?
Balog`atga yetish davri.

171. Bolalarda jinsiy yetilish davri, erkaklik va aqllik tashki belgilari kaysi davrda paydo bo`la boshlaydi?

o`smirlikda
172. O`spirinlik faoliyatining asosiy turi nima bo`ladi?
O`qish va mehnat
173. Maktabgacha yoshdagi bolaning axloqiy sifatlari necha yoshdan shakllanadi?
3-4 yoshdan
174. Tarbiyachi tortinchok bolalarni mashg`ulotga qanday jalb eta olishi kerak?
chora-tadbirlar o`ylab topishi kerak.

175. Maktabgacha yoshdagi bolaning injiqligi, mashg`ulotlarga qatnashmasligi nima sababdan kelib chiqadi?

kasalligidan

176. Bolalar bogchasini urab turgan guzallik muxiti bolalarning xar tomonlama kamol topishiga, didli tarbiyalanishiga ta`sir etadigan tarbiya turini ayting?

Estetik tarbiya
177. O`yin nima?
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati
178. Maktabgacha tarbiya muassasasida kunning birinchi yarmida qanday mashg`ulotlar olib boriladi?
asosiy mashg`ulotlar
179. «Sinkveyn» qanday ma`noni bildiradi?
fransuz tilida «5 qatorli she`r» ma`nosini bildiradi
180. Pedagogik tizim nimalardan iborat?

Pedagogik jarayonning obektlari va subektlari, shakl – usullari, ular o`rtasidagi munosabatlar, o`zaro ta`sirlar hamda ularni boshqarishdan

181. Masofadan o`qitishning tarkibiy belgilari?
O`qituvchi-kommunikatsiya-o`quvchi
182. Masofadan o`qitishning afzallik tomonlari?

O`qish muddatini o`quvchi o`zi belgilaydi, qisqa muddat ichida ko`p hajmdagi axborotni uzatish va qabul qilish sharoiti mavjud

183. Pedagogning umumiy madaniyati nimalardan iborat?
Bilimi, ishonchi, qobiliyati va xulqi
184. Pedagog uchun eng zarur nutq madaniyatini belgilang?
Nutqning grammatik to`g`riligi, uning leksik boyligi, aniq va ravshan ifodalanganligi
185. Oliy ta`lim nechta bosqichdan iborat?
186. Monologik metodni ko`rsating?
Leksiya, hikoya, namoyish qilish

187. Bilish jarayoniga alohida ahamiyat berib, insonlarning bilishga bo`lgan intilishlarini keng yoritgan alloma asari bilan ko`rsating?

2 sinf ona tili va o’qish savodxonligi ish rejasi

«O‘qimagan kitoblaringiz bir kuni sizni jazolaydi». Kutubxonachining ham ahvolini so‘raydiganlar bormi?

Faoliyatim davomida ko‘p bora maktab ma’muriyati yoki boshqa soha vakillari tomonidan: «Kutubxonachilarning kitob tarqatish va qabul qilishdan boshqa qanaqa ishi bo‘lishi mumkin, 4 ta kitobni u yoqdan bu yoqqa olaverib kunni kech qilishadi», degan gaplarini eshitganman. Ana shunday o‘ylaydiganlarning kutubxonaga nisbatan fikrlarini o‘zgartirish uchun men kutubxonachilarning yil davomida qiladigan ishlari, o‘tkazadigan tadbirlari hamda zimmasidagi mas’uliyati va javobgarliklari haqida imkon darajasida qog‘ozga tushirib sizlarga havola etmoqchiman.

Xullas, men Axborot-resurs Markazi rahbari sifatida lavozim yo‘riqnomasidan tashqari, maktab kutubxonachilariga uslubiy yordam berib, ularni kutubxonadagi faoliyatlarini muntazam ravishda nazorat qilib boraman. Tumanimizda 19 ta maktab bor: ARM xodimlari esa 8 nafarni tashkil qiladi, G‘allaorol tumanida 90 tadan ziyod maktab bor lekin o‘sha tumanda ham ARM xodimlari 8 nafarni tashkil qiladi, Vazifamiz lavozim yo‘riqnomamiz va oylik ish haqimiz esa bir xil. Men har oy yoki har ikki oyda maktab kutubxonalariga borib ishlarini ko‘zdan kechirib kelaman. Bu mening vazifam va buni mendan viloyat Axborot-resurs Markazi va tuman xalq ta’limi bo‘limi talab qilib turadi, (96 maktabi bor tuman ARM xodimlarini holatini tasavvur qilib ko‘ravering) muntazam ravishda tadbirlar va kutubxonachilar bilan ishlaganim uchun doim bir xil muammoga duch kelaman, aniqrog‘i men emas maktab kutubxonachilarining muammosi.

Kutubxonachilarning bir oylik ish haqi

Kutubxonachilik lavozimi uchun shtat birligi maktabdagi sinflar soniga qarab maktab joylashgan hududning moliya bo‘limi tomonidan belgilanadi: 13 ta sinfi bor maktabga 0.5 stavka kutubxonachi, bir oylik ish haqi 258 188 so‘m, kitoblar soniga qarab eng kam oylik ish haqining 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha ustama ham to‘lanadi (pasti 17 224 so‘m, yuqorisi 34 448 so‘m) 258188+34448=292 636 so‘m.

Bundan kelib chiqadiki, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari hisobchiga tabel topshirayotganda 0.5 stavka kutubxonachiga 258 188 so‘m oylik ish haqi yozadi, hisobchi kutubxonachining topshirgan hisobotiga tayanib tabeldagi 258188 so‘mga ko‘pi bilan 34448 so‘m qo‘shib unga oylik ish haqi yozishi mumkin, undan 15 foiz daromad solig‘iga, 1 foiz kasaba uyushmasiga, 1 foiz nafaqa jamg‘armasiga (nafaqaga chiqqanida xalq bankidan borib oladi), 8 foiz nafaqa fondiga, misol uchun

(qoldiqlarni yozib o‘tirmadim)

292636-(43895+2926+2926+23411) = 219478 so‘m

Ishonish qiyin lekin rostdan ham 0.5 stavka kutubxonachilar bizning hududda 3 nafarni tashkil qiladi, ular bir oylik ish haqlaridan kommunal to‘lovlariga o‘tkazmasa plastik kartochkalariga 219478 so‘m pul mablag‘i tushadi, shunda ham ularning kutubxonasidagi kitoblar soni 20 foizlik ustama talablariga javob bersagina qolgan 13 tadan yuqori sinfi bor kutubxonachilarning bir oylik ish haqlarini o‘zingiz chamalab ko‘ravering!

13 tadan 30 tagacha sinfi bo‘lgan maktabga 1 stavka kutubxonachi

30 tadan 40 tagacha sinfi bor maktabga 1.5 stavka kutubxonachi

40 tadan yuqori sinfi bor maktabga esa 2 stavka kutubxonachi shtati beriladi

(bizning hududda 40 tadan ziyod sinfi bor maktab mavjud emas)

Kutubxonachi bo‘lib ishga kirganlar orasida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishini bitirganlar 80.90 foizni tashkil qiladi. Aynan kutubxonachilik bo‘yicha oliy ma’lumotli kutubxonachini maktab kutubxonalaridan topish juda qiyin. Agar shunday xodim bo‘lsa ham 50 yoshlar atrofida bo‘ladi (Unutmang men tumanda turaman va o‘zim yashab turgan muhitdan kelib chiqib yozyapman).

Tadbirlar (o‘quv yili davomida)

Kutubxonaga kirganingizda kitob javoni undagi kitoblar, bir nechta parta va o‘rindiqlarga ko‘zingiz tushadi, yana yaxshilab nazar tashlasangiz, qaysidir shoirning yuz yilligiga bag‘ishlanib tashkil qilingan burchak, gazeta va jurnallar taxlami bo‘lmish jamlanmalar. Kutubxonachi o‘tiradigan stol yonidagi kitob javonida esa papkalar, hujjatlar, rasmlar, bukletlarni ko‘rishingiz mumkin. Hujjatlarning soni va qog‘ozbozlik bo‘yicha kutubxonachi maktabda 3 o‘rinda turadi. Mavzudan sal uzoqlashgan holda maktab ma’muriyatidagi qog‘ozbozlik va hujjatlar yuritish bo‘yicha o‘rinni men o‘zim uchun quyidagi tartibda terib chiqdim:

1-o‘rin ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2-o‘rin o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari
3-o‘rin kutubxonachi

4-o‘rin yoshlar ittifoqi yetakchisi

5- o‘rin monitoringchi (sinf rahbarligi va fan o‘qituvchiligi bor)

6-o‘rin xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

7-o‘rin xotin qizlar qo‘mitasi raisi (sinf rahbarligi va fan o‘qituvchiligi bor)

8-o‘rin kasaba uyushmasi raisi (sinf rahbarligi va fan o‘qituvchiligi bor)

9-o‘rin ish yurituvchi (kotiba)

10-o‘rin sinf rahbarlari (fan o‘qituvchiligi bor)

11-o‘rin fan o‘qituvchilari

14-o‘rin maktab direktori

Ochig‘ini aytsam, o‘quvchilarni badiiy kitob o‘qishga jalb qilinadigan tadbirlarni boshida nega faqat kutubxonachi qo‘yilishi va bu tadbirlarga aynan kutubxonachi mas’ulligi meni hayron qoldiradi. 2017-2018- o‘quv yili davomida kutubxonachi o‘tkazadigan tadbirlar quyidagilardan iborat:

«Kitobxonlik bayrami», bu tadbirni ichida tadbirlar bor;

– «Kitob taqdimoti» (sentabr-dekabr oylari davomida);

– «Adabiyot kunlari» (fevral oyining birinchi yarmida);

– «Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi» (15-fevraldan 20-martgacha);

– «Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari» (10-martdan 20-martgacha);

– «Bir farzandga-uch kitob» (10-martdan 20-martgacha);

– «Kitobim-oftobim» (mart oyida);

– «Momomning sandig‘i» ertaklar tanlovi (o‘quv yili davomida);

– «Men sevgan adabiy qahramon» insholar tanlovi (aniq muddatini topolmadim);

– «Targ‘ibotchi kitobxon o‘quvchi» (o‘quv yili davomida);

– «Yosh kitobxonlar ko‘rik tanlovi» (may, iyun, iyul oylarida);

– «Mustaqillik bolalar madhida» she’rlar tanlovi (o‘quv yili davomida);

– «Kitob o‘qish» tadbiri (o‘quv yili davomida);

Kutubxonachi barcha tadbirlarni o‘tkazganligi haqidagi ma’lumotnoma va tadbirlardan olingan suratlarni tuman Axborot-resurs markaziga yetkazadi, tuman Axborot-resurs markazi umumlashtirib viloyat Axborot-resurs markaziga, ular esa tumanlarnikini umumlashtirib Respublikaga yuborishadi. Kitobxonlik bayrami tadbiri haqida Dono G‘aniyevaning «Ta’lim tizimidagi axborot-kutubxona jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish» kitobidan batafsil o‘qib bilib olishingiz mumkin. Boshqa tadbirlar nizomini internetdan topish mushkul emas.

Kutubxonachi bu tadbirlarni, albatta yolg‘iz o‘zi o‘tkazmasligi kerak, unga maktab ma’naviyatchisi, yoshlar ittifoqi yetakchisi, sinf rahbarlari va ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ko‘maklashishlari chora-tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek aksariyat kutubxonachining ma’lumoti o‘rta maxsus, maktabdagi vakolati ham boshqalarnikiga nisbatan ancha past, kim ham unga o‘z ixtiyori bilan yordamlashardi, barcha o‘zini ishdan olib qochadi, ba’zida tadbirlarga ham hakam topish unga juda mushkul bo‘lib qoladi. Qaysidir tadbirni ma’lumotnomasi o‘z vaqtida kelmasa biz avvalo kutubxonachiga telefon qilamiz, javob bermasa yoki paysalga solsa maktab rahbariga, maktab rahbari o‘z o‘rnida kutubxonachini chaqiradi yoki o‘tirgan joyidan kotibasiga: «ayt anavi kutubxonachiga telefon qilsin, oboradigan ma’lumotnomasi bor ekan, topshirsin», – deydi xolos. Eng yomoni bizga olib kelingan ma’lumotnomalarda shu qadar xato kamchiliklar ko‘pki, bu kamchiliklarni maktab o‘quvchisi ham bemalol aniqlay oladi, xatolari ko‘p ekan deb qaytarib yuborishga avvalo odamgarchilik yuzasidan vijdonimiz yo‘l qo‘ymaydi. Axir unga tuman markaziga kelib ketishning o‘zi bo‘ladimi, boshqa tomondan qaytarib yuborsak qachon qaytarib olib kelishi dargumon bo‘lib qoladi, bu ma’lumotnomalarga maktab rahbari o‘qimasdan muhr bosganiga nima deysiz. Yana ular orasida qo‘l yozmalari ham kelib turadi, ya’ni qo‘lda yozilgan ma’lumotnomalar, sababini so‘rasak javoblar bisyor.

O‘zi maktabda bitta kompyuter bor, u ham hech bo‘shamaydi;

maktabimizda tok yo‘q edi;

Kompyuter qog‘oz chiqarmay qo‘ygan;

Informatika xonasi qulf ekan v/k.

Aslida esa maktab kutubxonachilarining kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari nolga teng, ular hatto malaka oshirish kurslariga borganda ham, kompyuterdan foydalanishni o‘rganib kelishmaydi yoki malaka oshirish institutidagi mas’ullar bunga jiddiy qarashmaydi. Bizning tumanda ham, qo‘shni tumanlarda ham vaziyat bir xil: maktab kutubxonalarida kompyuter, printer degan narsa yo‘q. Kutubxonachi ming ovoragarchilik bilan maktabda undan bundan gohida iltimos qilib gohida pulini berib tadbirlari uchun bayonnoma, ma’lumotnoma, chora-tadbirlar rejasini yozdirib fleshkasida saqlab yuradi, Tadbirlarni suratga tushirish uchun esa kimda yaxshi telefon bo‘lsa o‘shanga iltimos qiladi. Qachon biz so‘rasak o‘tgan yilgi tadbirni sanalarini o‘zgartirib chiqarib olib keladi. Ranglik fotosuratlarni esa tuman markaziga kelib foto salonlarda chiqarib kelishadi. Har safar ularga yig‘ilish o‘tkazganimda ichimda o‘z ishimga nisbatan nafrat uyg‘onadi, chunki men bezbetlarcha ko‘ra bila turib ulardan tadbirlar ma’lumotnomasini o‘z vaqtida olib kelishlarini, ma’lumotnomaga suratlarni ilova qilishlarini qattiq talab qilaman, chunki mendan ham yuqori tashkilotlar shuni talab qilishadi. Undan ham yomoni kutubxonachilarga maktab ma’muriyati tomonidan qog‘oz, ruchka, qalam, yelim, skoch berilmaydi, tuman markaziga borish kerakmi, viloyatgami yoki qaysidir yangi tadbirga banner chiqarish kerakmi, rangli suratlarmi farqi yo‘q kutubxonaga tegishli bo‘lgan barcha xarajatlar kutubxonachining cho‘ntagidan.

O‘quv darsliklarni tarqatish (avgust-sentabr oylari)

Bu ishni bir stavka, ya’ni 30 ta sinfi bor maktab kutubxonachi misolida hisoblaydigan bo‘lsak. 30 ta sinf bu har bir sinfdan 3 tadan bor degani ya’ni 1-a, 1-b, 1-v va hokazo. 30 ta sinf ichidan 3ta birinchi sinfni olib tashlaymiz, chunki ularga prezident sovg‘asi taqdim etiladi. Qolgan sinflarda o‘rtacha 28 nafardan o‘quvchi bor deb hisoblaymiz.

2-, 3-, 4-sinf o‘quvchilari uchun 10ta darslikdan iborat 9×28=252 nafar o‘quvchi 252×10=2520 dona kitob

5- sinf 12 ta darslikdan iborat, 3×28=84 nafar o‘quvchi 84×12=1008 dona kitob

6-sinf 13ta darslikdan iborat, 3×28=84 nafar o‘quvchi 84×13=1092 dona kitob

7-, 8-, 9-sinflar 10ta darslikdan iborat, 9×28=252 nafar o‘quvchi 252×10=2520 dona kitob

10- sinf 18 ta darslikdan iborat 3×28=84 nafar o‘quvchi 84×18=1512 dona kitob

Kutubxonachining qo‘lidan o‘quv yili boshida jami 8652 dona kitob o‘tarkan, 754 jamlanma kitobni sanab ega-egalariga topshirib ijara shartnomasiga kitoblar nomini yozib, qo‘l qo‘ydirib olish bilan birgalikda bu kitoblarni ijara to‘lovini ham hisoblab olish kutubxonachining gardanida, ijara darsliklari uchun quyidagicha pul yig‘iladi:

2-sinflar 8500×84=714000 so‘m

3-sinflar 9800×84=823000 so‘m

4-sinflar 11400×84=957600 so‘m

5-sinflar 7400×84=621600 so‘m

6-sinflar 11000×84=924000 so‘m

7-sinflar 13700×84=1150800 so‘m

8-sinflar 8900×84=747600 so‘m

9-sinflar 9400×84=789600 so‘m

Kutubxonachi ijaraga beriladigan kitoblarni tarqatish bilan birgalikda jami 6 728 200 so‘m pul mablag‘ini o‘quvchilardan, o‘quvchilarning ota- onasi yoki boshqa yaqin qarindoshlaridan sanab olib maktabning shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda sanab topshiradi. Bu ishni oxiriga yetguncha sentabr oyi ham yakunlanib qoladi. Sababi 2-4 sinflar uchun – kelgan o‘quv darsliklari ikki yilda bir marta va 5-9 sinflar uchun – to‘rt yilda bir marta yangilanadi, buning natijasida har yili qaysidir sinfga yangi darsliklar keladi 6 sinfning o‘ziga butunlay yangi darslik kelsa bu 1092 kitob degani, har bir kitobga ikki marta maktab muhri bosiladi, ya’ni 1 va 17 betiga, yana unga inventar raqami ro‘yxatga olingan sana, oy va yil ham yoziladi 1092 ta kitobga kutubxonachi 2184 marta muhr bosadi. Har birining 17 betini varaqlab ochganda barmoqlari bilan o‘zi bilmagan holda 18564 varaq sanaydi. Hisoblab ko‘rdim bitta o‘quv darslikka muhr bosib inventar raqam va sana yozishga 48 sekund vaqt ketarkan 1092 ta kitobga 15 soat shunda ham u to‘xtamasdan juda tez va sifatli ishlashi kerak.

Kitobxonlar qatnovi (o‘quv yili davomida)

Kutubxonachilar, o‘quvchilar maktabga kelgan kundan boshlab faqat darslik tarqatishmaydi, ular shu bilan birgalikda badiiy adabiyotlar ham tarqatishlari kerak, bola kutubxonaga kitob o‘qish yoki olish uchun kirishni xohlasa, unga keyinroq kel deb ikki uch marta ta’kidlayversa uni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi so‘nadi. Faoliyatimda shunday vaziyatlarga tushganman, ya’ni ota-onalar telefon qilib nega farzandimni kutubxonaga kirgizmading nima haqining bor yuqoriga chiqaman deb qo‘ng‘iroq qilishgan, telefon raqamimni qayerdan olganliklari menga qorong‘i, ular sizni muammolaringizni eshitishni xohlashmaydi, vazifangmi bajarasan deyishadi xolos, bunaqa vaziyatga nafaqat men boshqa kutubxonachilar ham tushishgan hatto ancha ovora bo‘lganlari ham bor. 840 ta o‘quvchisi bor maktab kutubxonasiga 1 kunda nechta o‘quvchi kitob olish uchun kirishini bir tasavvur qilib ko‘ring, shuncha o‘quvchini bir kunda hech bo‘lmasa 6 foizi kutubxonaga kirganda ham bu 50 nafar o‘quvchi degani. 50 nafar o‘quvchi 50 dona kitob olib ketadi va 50 dona kitob olib keladi, kutubxonachi 50 marta joyidan turib kitoblarni o‘z joyiga qo‘yishi kerak bo‘ladi albatta shu bilan birgalikda kitobxon formulyari va kitobdagi qaytarish varag‘iga yozishga ham ozmi ko‘pmi vaqt ketadi. Bitta kitobni olib qolib ikkinchi kitobni berib yuborish uchun kutubxonachi o‘rtacha 1 daqiqa vaqt sarflaydi, 50 nafar o‘quvchiga 50 daqiqa, lekin o‘quvchilarning hammasi bir xil vaqtda kelaverishmaydida yana bolajonlarni kitobni rostdan ham o‘qigan yoki o‘qimaganligini tekshirish uchun bir nechta nazorat savollarini ham berish kerak, ularni ham falon kitob bormi ustoz degan savollariga javob berish ham kutubxonachining vazifasiga kiradi. O‘quvchilar bilan birgalikda maktab xodimlari ham kutubxonaga kirib turadi lekin unchalik ham ko‘zga tashlanadigan darajada emas. Kutubxonachini qiynaydigan narsalardan biri bu kitoblarning yo‘qolishi undagi kerakli varaqlarini o‘quvchilar yirtib olishi, kitoblarni asrab avaylash uchun ham kutubxonachining bir ko‘zi yozayotgan narsasida bo‘lsa, ikkinchi ko‘zi kutubxonaga kirgan kitobxonlarda bo‘ladi.

Kutubxonaning gigiyenik holati (yil davomida)

Kutubxona shunday joy bo‘lishi kerakki, inson u yerga kirganida sokin, ozoda, yorug‘ va boshqa olamga tushib qolganday his qilishi kerak o‘zini. Kitoblarning ko‘pligini ko‘rganida ko‘zlari quvnab o‘qishga bo‘lgan shijoati oshishi lozim, kutubxona kutubxonachi uchun ishxona, boshqalar uchun ma’naviy dam olish xonasi bo‘lishi kerak. Maktab kutubxonalari haqida unday deb bo‘lmaydi. Kutubxonaga bir kunda 50 ta kitobxon kirsa bu yuzta oyoq degani, har biri ichkarida o‘rtacha 12 metrdan masofani bosib o‘tsa bu o‘rtacha 30 qadam degani 50 kishiga ko‘paytirsak 1500 qadam, xonada hech kim yugurmaganda ham bizni tuman va qishloq sharoitida xonadagi javonlar va kitoblarni usti shu bilan birgalikda polni ismingizni yozadigan darajada chang bosadi, qishin-yozin tozalanishi kerak bo‘lgan kutubxonani ulgursa kutubxonachi farroshga tozalatadi, ulgurmasa o‘zi tozalashiga to‘g‘ri keladi.

Kitoblar va kitoblarga ishlov berish (yil davomida)

Kutubxonadagi kitoblarni alfavitli va sistemali tartibda terilishini nazorat qilib borish, reja bo‘yicha haftaning qaysidir kunida bir ko‘zdan kechirib chiqib undagi qaytarish varaqalari, yorliqlar, kitob pasporti va cho‘ntakchalarini joyidaligini nazorat qilib turish ham kerak. Kutubxonaga kelgan komissiya ishlov berilmagan bir dona kitobni ko‘rib qolsa, butun kitoblarga «to‘liq ishlov berilmagan» degan xulosani yozib ketadi. Kitobning jihoz raqami inventardagi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Inventar kitobidagi raqam kitobdagi bilan bir xil bo‘lmasa ham inventar noto‘g‘ri yuritilgan deb xulosa yozib ketishadi. Kutubxonadagi kitoblarning yaroqsiz holga kelgani yoki yo‘qolganiligi haqida dalolatnomani tuzish ham o‘zining zimmasida, har oyning 25 sanasiga qadar kutubxonadagi kitoblar haqidagi hisobotni, tuman markazidagi hisobchilarga yetkazishi kerak. Yangi kelgan badiiy adabiyotlarga yuqoridagi yorliq, kitob pasporti va qaytarish varag‘i kabi narsalarni ham kutubxonachi kompyuterdan chiqaradi, qirqadi, yozadi, yopishtiradi. Bir dona badiiy kitobga to‘liq ishlov berib javonga qo‘yishgacha, kutubxonachi 8 daqiqa vaqt sarflaydi.

Kutubxona hujjatlarini yuritish (o‘quv yili davomida)

Kutubxonachi tadbirlarning nizomiga asosan chora-tadbir rejasi, tashkiliy guruh, yig‘ilish bayonnomasi, tadbirlar ssenariylari, ma’lumotnomalar foto suratlarni o‘ziga ham yig‘ib boradi, tadbirlardan tashqari yana quyidagi hujjatlarni ham saqlashi va yurgizishi kerak, jumladan:

Jamlanma (kutubxonaga kelgan kitoblar yuk xatlarini hisobga olish daftari)

Inventar (kitoblar nomi soni inventar raqami yozib boriladigan daftar)

Formulyar (kutubxonaga a’zo kitobxonlarni a’zolik kitobchasi)

Gazeta va jurnallar obunasi haqida jadval

Gazetalardan bibliografik kartotekalar yozib borish (qaror, farmoyish, muhim sanalar v/h)

Yillik va oylik ish rejalari

O‘quv darsliklariga tegishli hujjatlar

Rad etilgan kitoblar ro‘yxati

Talab qilingan kitoblar ro‘yxati

Kutubxona hujjatlari orasida kutubxonada qancha kitob borligi, fondni qanchasi lotin alifbosida qanchasi kirill alifbosida va yana qanchasi boshqa tillarda ekanligi haqida ma’lumot bo‘lishi shu bilan birgalikda sohalar bo‘yicha ham fondni aniq ma’lumoti bo‘lishi, umumiy qilib aytganda kutubxona fondini raqamli ko‘rsatkichi bo‘lishi shart.

Mavsumiy ishlar (yil davomida)

Muhtaram yurtboshimiz endilikda pedagog xodimlar o‘z vazifalaridan boshqa vazifalarga jalb qilinmasliklari haqida o‘z nutqlarida ta’kidlab o‘tdilar, o‘sha kungacha maktab kutubxonachisining jamoadagi o‘rni xuddi shaxmatdagi piyoda kabi edi; U obodonlashtirish, chopiq, chekanka, paxta kabi yumushlarga farroshlar bilan birgalikda birinchi qatorda borardi. Biz ular bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lganimiz uchun ham buni hammadan ham yaxshi bilamiz. (hozir ahvol zo‘r deya olmayman, kuzatamiz)

Obuna va jamlanma (yil davomida)

Aksariyat kutubxonachilar yil boshida «shu obunani bizdan soqit qilishni iloji yo‘qmi ayrim maktablarda tashkiliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ayrimlarida ma’naviyatchi shug‘ullanar ekan» deb bizga murojaat qilishadi, Maktab ma’muriyati nechta gazeta, nechta jurnalga a’zo bo‘lgan bo‘lsa ularni hammasini yil davomida tarqatish kutubxonachining zimmasiga yuklatilgan. Yana qo‘shimcha tarzda kutubxonada gazetalarning oxirgi sonini jamlanmasini tikib borish ham kutubxonachining zimmasida. Aslida esa jamlanmalarni kutubxonada turishi umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Misol uchun 5 ta nomdagi gazetaning oyma oy chiqqan sonlari jamlanmaga tikib borilsa demak obuna bo‘lgan o‘qituvchilardan qaysi biridir pulini to‘lagan bo‘lsa ham gazetasini olmayapti. Majburiymi yoki ixtiyoriymi gazetaga maktabning o‘zi emas xodimlari obuna bo‘lishadi, nashriyot gazetani maktab kutubxonachisiga emas aynan obunachining o‘ziga yetkazishi kerak. Bundan kelib chiqadiki maktabga kelgan gazetalarning har birini egasi bor, maktab kutubxonachisiga yuklatilgan bu vazifaning ustidan nazorat qilish esa bilimsizlik. Ma’lumot uchun har oyda maktabga kamida 30 nomdagi gazeta va jurnallar keladi, yana ularning har biridan eng kamida 4 nusxadan bo‘lsa eng ko‘pi 20 nusxani tashkil qiladi.

O‘quv darsliklarini yig‘ib olish (may, iyun oylarida)

O‘quv yili yakuniga yetganda kutubxonachi o‘quvchilardan ijaraga berilgan 8652 dona kitobni bittalab tekshirib olishi va sinflarga bo‘lib keyingi yili yana tarqatishiga oson bo‘lishi uchun tartib bilan taxlab chiqishi kerak, blogpostimning boshida kitob tarqatishdagi ovoragarchiliklar haqida yozgandim, kitoblarni qabul qilishda qiyinchiliklar ham oz emas, agar kitob yaroqsiz holga kelgan yoki yo‘qolgan bo‘lsa o‘quvchini ota- onasini yoki sinf rahbarini chaqirtib dalolatnoma tuzish ziyonini undirish kerak. 8652 dona kitobni orasidan yo‘qolgani yaroqsiz holga kelib qolgani juda ko‘p uchraydi.

Kutubxona joylashuvi va rahbariyatning bu holga befarqligi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Kitob o‘qish» tadbirlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 2017 yil 1 mart sanasida tuman seminarini tashkil qildik, Seminarda qo‘shni tuman ARM rahbarlari, o‘zimizni tumandan barcha maktab ma’naviyatchilari va kutubxonachilari, va viloyat Axborot-resurs Markazi rahbari ham ishtirok etishdi, shaxsan o‘zim borib o‘sha vaqtdagi viloyat xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘ini tadbirga taklif qilib keldim. U kishining kelishi va seminarda ishtirok etishi maktab rahbarlarini kutubxonaga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartiradi degan umidda edim. Shaxsan borganim bilan ham faoliyatimizga yuzaki qaradilarmi tadbirga kelmadilar. Seminarimizga bloger Sanjar Saidni ham taklif qilgan edik, ikki yuz kilometrdan Sanjar Said o‘z vaqtida yetib keldi biroq 40 kilometrdan viloyat Xalq ta’limi bo‘limidan hech kim kelolmadi, Sanjar Said so‘zga chiqqanida maktab kutubxonalarining joylashuvini tanqid qilib, kutubxonalar tor, sovuq, qorong‘i va maktab binosining eng uzoq burchaklarida joylashgani haqida ta’kidladi. Shu bilan birgalikda ularni binoning kiraverish qismiga, o‘quvchilar doimiy ravishda o‘tib qaytganda ko‘ziga tashlanadigan xonalarning biriga ko‘chirish kerakligi haqida taklif kiritdi. Ushbu tadbirdan bir necha kun o‘tib yuqoridagi taklifni maktab direktorlariga yig‘ilishlarning birida og‘zaki ravishda yetkazdim, lekin rahbariyat bu taklifimizga ham jiddiy e’tibor bermadi. Ba’zi maktab direktorlarning xonasiga kirsangiz ichidagi jihozlarning yarqirashi va xonaning kengligidan dilingiz yayraydi qani endi kutubxonalar xam xuddi shunday bo‘lsa.

Xolis fikr

Maktab kutubxonachilari uchun yuqoridan kelgan tadbir va talablarni bajarish juda qiyin yoki imkonsiz, ayrimlarining o‘tkazilishi muddati bir oyga to‘g‘ri keladi. Tadbir nizomi skaner qilingan holatda avval viloyatga, u yerdan tumanga, keyin maktab ish yurituvchisiga undan maktab kutubxonachisiga yetib keladi, ba’zi tadbirlar nizomi yo‘l-yo‘lakay yo‘qolib qolishi va kutubxonachiga yetib kelmasligi kuzatiladi, tadbirlar nizomlarini topish uchun tuman markazida turib hatto biz internetdan foydalangan holda bir amallab topamiz, nafaqat internet hatto kompyuteri yo‘q bo‘lsa, ustiga ustak kompyuter bo‘lganda ham undan foydalanish uchun ko‘nikmasi yo‘q kutubxonachi nima qilishi kerak? Yaxshiyamki bizni hududda 19 ta maktab bor biz o‘z hisobimizdan bo‘lsa ham ba’zi bir nizomlarni chiqarib kutubxonachilarga yetkazamiz 90 ta maktabi bor tumanlar buni qanday uddalashmoqda ekan, hayronman. Tan olib aytishim kerak, o‘tkazilayotgan tadbirlarni 10 tadan 2 tasi yuqori darajada o‘tkazilishi mumkin shunda ham joni bor, gapi o‘tadigan kutubxonachining maktabida. Postni yozishdan maqsad ta’lim tizimida kutubxonachilar va kutubxonaga bo‘lgan e’tiborni oshirish ularning muammolari haqida yuqoridagilar va ular ishlab turgan maktab ma’muriyatiga ham bildirib qo‘yish, tadbirlar o‘ylab topadigan va ularning nizomlarini tuzadigan amaldorlardan iltimosimiz joylardagi sharoitlarni o‘rganmasdan, ularning imkoniyat darajasini hisobga olmasdan turib o‘zlaring yashab va ishlab turgan muhitdan kelib chiqib tadbirlarni o‘ylab topmanglar. Tajriba, moddiy texnik bazasi va moliyaviy tomondan ham Poytaxt bilan viloyat o‘rtasida, viloyat bilan tuman o‘rtasida, tuman bilan qishloqlar o‘rtasida juda katta sezilarli farq bor. Biz ham o‘quvchilarimiz, farzandlarimiz, uka-singillarimizni bilimli, dono, yurtimizga, jamiyatimizga foydasi tegadigan yaqinlari u bilan faxrlanib yuradigan daraja qobil inson bo‘lib ulg‘ayishini xohlaymiz. Agar sizning ham maqsadingiz shunday bo‘lsa avvalo kutubxonalarni moddiy texnik bazasini, kutubxonachilarning oylik ish haqini, ularning kun davomida bajaradigan vazifalarini tartibga olish haqida bosh qotirib ularni hal qilishda amaliy yordam bering, yana meni blogpostimni ro‘kach qilib maktabdagi kutubxonachilar faoliyatini o‘rganish uchun chora-tadbirlar rejasi tuzib bir to‘da komissiyalarni yubormanglar, bu kamchilik va muammolar bilan men 10 yildan buyon kurashib kelmoqdaman, biroq yolg‘iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas, degan gap bor xalq orasida.

Faqat muammolarni yozish bilan ish bitmasligini bilgan holda, faoliyatimdan kelib ushbu muammolarni hal qilishda quyidagi takliflarni kiritaman.

Maktab kutubxonalarini kompyuter va rangli printerlar bilan jihozlanishini yo‘lga qo‘yish, kutubxonachilarni kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishda tuman Axborot-resurs Markazlari tomonidan 1 va 2 oylik bepul kurslar tashkil qilish.

Kompyuter va printerlarning uzluksiz va muammosiz ishlashini nazorat qilishni Axborot-resurs markazlari xodimlari zimmasiga yuklash.

Kutubxonachilarning muntazam ravishda kitoblar bilan ishlashini inobatga olgan holda ularning oylik ish haqlarini eng kamida 50 foizga oshirish va kutubxona xarajatlari uchun maktab xarajatlari smetasiga zarur pul mablag‘ini kiritish.

Kutubxonalar uchun ajratilgan xonalarni standartlashtirish va barcha maktab kutubxonalarini ushbu standartlarga mos xonaga ko‘chirib o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

Kutubxonachi javobgarligida bo‘lgan ommaviy tadbirlarni sonini qisqartirish, tadbirlardan kutubxonachilarni ozod qilish va kutubxonachilarni ish vaqti davomida kutubxonada kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatishini ta’minlash.

Sinf rahbarlari hafta yoki oy davomida kutubxonaga kirib o‘quvchining kitob olayotganligi kutubxonaga qatnovini nazorat qilib borishi va kutubxonachining bu haqdagi ma’lumotiga tayangan holda maktab direktori sinf rahbarlariga va bunga mas’ul shaxslarga tegishli jazo choralarini qo‘llash yoki aksincha rag‘batlantirish.

O‘quvchilarni kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikka jalb qilishda faol kitobxon o‘quvchilarni moddiy hamda ma’naviy tomondan muntazam ravishda rag‘batlantirib borish, kitobxon o‘quvchilarning ota- onalariga maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etib borish, jumladan maktab kutubxonachilarining o‘zlari tadbirlar o‘ylab topishi va bu tadbirlar o‘quvchining darsiga xalaqit bermasligi, maktab ma’muriyati va kutubxonachini ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchilikdan holi bo‘lishini inobatga olish.

Obunachi va matbuot tarqatuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma bandlarini ko‘rib chiqqan holda matbuot tarqatuvchidan gazeta va jurnallarni kutubxonachiga emas obunachiga taqdim etilishi masalasini ko‘rib chiqish (qanday bo‘lmasin kutubxonachini obunadan ozod qilish yo‘lini ko‘rish kerak).

Kutubxona fondini boyitish uchun har-xil tadbirlarga umidvor bo‘lmasdan, maktab xarajatlar smetasiga ma’lum miqdorda tuman moliya bo‘limi tomonidan mablag‘ ajratilishi, ajratilgan mablag‘ga kitob xarid qilishda o‘quvchi yoshiga mos ravishda bo‘lishini va kitoblar sonda emas nomda ko‘p bo‘lishini nazorat qilish.

Aziz mushtariy, sizdan tanishlaringiz orasida kutubxonachilar bo‘lsa umringizni 30 daqiqasini ayamasdan ularga ushbu blogpostimni o‘qib berishingizni chin yurakdan iltimos qilaman, ularning muammolariga befarq emasligimizni bilishlarini, o‘z kasblariga noilojlikdan emas sharaf bilan yondashishlarini so‘rab qolaman.

Unutmang, o‘qimagan kitoblaringiz bir kuni sizni jazolaydi.

Yangi — 2020-2021-o`quv yili uchun tayanch o`quv rejasi tasdiqlandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy majlisga murojaatida maktab o`quv dasturlarini ilg`or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o`quv yuklamalari va fanlarni qayta ko`rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur ekanligini ta`kidlagan edi.

Bundan tashqari, 2018 yilning 14 avgust kuni «Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingan bo`lib, unda umumiy o`rta ta`limning amaldagi tayanch o`quv rejasini qayta ko`rib chiqib, 10 foizga qisqartirish vazifasi belgilab berilgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda O`zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha Yo`l xaritasi”ning 12-bandida “2019 yil dekabr oyidan boshlab, ilg`or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda davlat ta`lim standartlari, o`quv dasturlari va o`quv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish” vazifasi belgilangan.

Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida o`quvchilarning savodxonlik darajalarini aniqlashda kompyuter simulyasiyali interfaol topshiriqlardan foydalaniladi va barcha sinovlar kompyuter texnikasi yordamida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o`quvchilarining haftalik o`quv soati jami 88 soat etib belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me`yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang`ich sinflarning o`quv soati Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.

Endilikda asosiy e`tibor fanlarga ajratilgan soatlarga emas, balki ulardan samarali foydalangan holda sifatli ta`lim berishga qaratiladi.

Yuqoridagilar inobatga olinib, quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida 2019 yil 23 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan yig`ilish bayonining 24-bandida “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” fanlarini birlashtirgan holda 2020-2021 o`quv yilidan yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish belgilangan.

Shu munosabat bilan, “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” fanlarini birlashtirilib, yagona “Tarbiya” fani joriy qilindi. 2020-2021 o`quv yilidan boshlab 1-11-sinflarida “Tarbiya” faniga 1 soatdan ajratilmoqda.

“Ona tili va adabiyoti” fani

Ona tili va adabiyot fani bo`yicha etakchi olimlar, soha mutaxassislari va amaliyotchi o`qituvchilardan iborat ishchi guruhi tomonidan xorijiy davlatlarda ona tili va adabiyot fanining o`qitilishi tahlil qilindi.

Xususan, ona tili va adabiyoti fanining haftalik o`quv soati Estoniyada 39 soat, Germaniyada 41 soat, Finlyandiyada 42 soat, Angliyada 43 soat, Janubiy Koreyada 46 soat, Belorussiyada 42 soat, Qozog`istonda 58 soatni tashkil etadi.

Mazkur davlatlar umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fani umumta`lim davrida Estoniyada 1365 soat, Germaniyada 1230 soat, Finlyandiyada 1596 soat, Angliyada 1591 soat, Janubiy Koreyada 1886 soat, Belorussiyada 1428 soat, Qozog`istonda 1914 soat o`qitiladi.

O`zbekiston umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fanining o`quv dasturlari xorijiy tajribalar asosida o`quvchilarda tinglab tushunish, o`qib tushunish, yozish va og`zaki nutq ko`nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga yo`naltirilgan holda takomillashtirildi.

Yangi umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun 2020-2021 o`quv yiliga mo`ljallangan tayanch o`quv rejada ona tili va adabiyot fanini haftada 57 soat, yillik jami 1938 soat o`qitilishi belgilangan.

O`quv dasturlarni chuqur tahlil qilish natijasida muomalada ishlatilmaydigan qoidalar, murakkab grammatikaga oid, oliy ma`lumotli filolog mutaxassisini tayyorlashga yo`naltirilgan mavzular o`quv dasturlaridan qisqartirildi.

Xususan, 5-sinfda ona tili va adabiyoti fanidan 30 ta mavzu, 6-sinfdan 17 ta mavzu chiqarib tashlandi. Shuningdek, 5-sinfdagi 40 ta mavzu, 6-sinfda 23 ta mavzu yuqori sinflarga o`tkazildi.

Shuningdek, yangi o`quv yili uchun tasdiqlangan tayanch o`quv rejasidagi o`quv soatlari O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga moslashtirildi.

Bundan tashqari, bu borada mutaxassis olimlarning fikrlari ham o`rganildi, xususan, filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliev bu haqida shunday deydi:

Ona tili bo`yicha hosil qilinadigan malakani ikkiga ajratish mumkin:

1) til jamiyatidan o`zlashtiriladigan malaka (fonetik va grammatik malaka);

2) maktabda egallanadigan malaka (imlo, punktuasiya, leksika va b.)

Fonetika va grammatikaning imlo bilan bog`liq jihatidagina ta`limga ehtiyoj sezamiz. Fonetika va grammatikaga doir bundan boshqa bilimlarni keraksiz bilim deyish mumkin. Shu asosda ona tilidan “kerakli” (ishlaydigan) va “keraksiz” (ishlamaydigan) bilimni farqlash lozim. Ona tili darsliklariga yillar davomida kirib qolgan va “ishlamaydigan”, ta`limiga davlat mablag`i, o`quvchining vaqti va ota-onaning puli behuda sarflanayotgan bunday mavzularni qanday ajratamiz?

Shuningdek, olim tomonidan keltirilgan ayrim dalillarga ko`ra:

1. Urg`u bilan bog`liq mavzular. O`zbek tili – agglyutinativ til. Bunday tillarda grammatika juda rivojlangan, shuning uchun so`z ma`nolarini urg`u farqlamaydi va u nutqda sezilarsiz bo`ladi (ko`zlar – “ko`p ko`z”; ko`zlar – “mo`ljallar”). Uni ta`lim bilan rivojlantirish imkonsiz. O`zbek tilidagi so`z urg`usi qoidalar asosida aniqlanadi, nafaqat o`quvchi, hatto o`qituvchining o`zi ham uni topishda qiynalishining sababi ana shunda. Uni o`qitishga hech qanday hojat yo`q. Bu mavzu 1-sinfdan 11-sinfgacha taxminan 5 soat hajmida o`qitiladi.

2. So`z yasalishi bilan bog`liq mavzular. Til egalari nutqida so`z yasamaydi, balki (tubmi, yasamami) tayyor so`zdan foydalanadi. So`z yasamas ekanmiz, bu bo`yicha bilimlar ham ishlamaydi. Demak, bu mavzu ta`limi ham keraksiz. Mavzu 1-11-sinflarda taxminan 12 soat o`qitiladi.

3. So`zlarning birikish usullari (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) bilan bog`liq mavzular. Og`zaki va yozma nutq uchun bu bilimlar ham mutlaqo ishlamaydi. Bu mavzular rus tili grammatikasidan aynan ko`chirilgan, o`zbek tili tabiatiga sira ham mos emas. Bu mavzuga ham 1-sinfdan 11-sinfgacha taxminan 5 soat ajratilgan.

Afsuski, mazkur fanlarni o`qitishga ajratilayotgan soatlar hajmi, jalb etilayotgan o`qituvchilar soniga ko`ra xalq ta`limi tizimiga o`qitish uchun ajratilayotgan mablag`larning eng katta qismi sarflanayotgan bo`lsa-da, o`quvchilarning savodxonlik darajasi pastligicha qolmoqda. Eng achinarlisi, o`qituvchilarning o`zlari ham o`z mutaxassisligi bo`yicha etarli kompetentlikka ega emasligi Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida o`tkazilgan test sinovlari natijasida ma`lum bo`ldi.

Aslida o`quvchilarga biror bilimni o`rgatish unga ajratilgan soatda emas, balki uni o`rgatish metodikasiga bog`liq. Masalan, ayrim o`qituvchilar bitta mavzuni soatlab o`quvchilarga tushuntiradi, lekin o`quvchilar bu mavzuni etarlicha tushunmaydi. Bu borada tajribali o`qituvchi esa o`sha mavzuni 10-15 minutda qiziqarli tarzda o`quvchilarga tushuntiradi. Shunday ekan, fanga ajratilgan soatga emas, balki uni o`qitish metodikasini kuchaytirish zarur bo`ladi.

“Ona tili” darsliklarini tahlil qilish natijasida keraksiz, til malakasi uchun “ishlamaydigan” juda ko`p mavzular chiqarib tashlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag`ishlangan yig`ilishida ilm-fan sohasida islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida va yurtimizda azaldan rivojlangan ilmiy maktablar, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.

Shuningdek, oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga “Matematika” fani majburiy fan sifatida kiritildi.

Shu sababli, o`quvchilarga matematika fanini chuqurroq o`rgatish maqsadida 10-sinfda “Algebra” faniga haftasiga 1 soat qo`shib berildi va ushbu fanning haftalik o`quv soati miqdori 3 soatga keltirildi.

“Informatika va axborot texnologiyalari” fani

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma`naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko`tarish maqsadida 2020 yil “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi.

Joriy yilda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha tub burilish qilish, bu soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, ta`limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to`liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan qo`shib berildi va ularning haftalik o`quv soatlari miqdori 1 soatga keltirildi.

Bu orqali o`quvchilarning xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish maqsad qilingan.

“Kimyo” va “Biologiya” fanlari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag`ishlangan yig`ilishida ilm-fan sohasida islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida va yurtimizda azaldan rivojlangan ilmiy maktablar, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.

Shu sababli, o`quvchilarga STEAM ta`limi yo`nalishidagi fanlarni chuqurroq o`rgatish maqsadida 10-11-sinflarda “Kimyo” va “Biologiya” fanlariga 1 soatdan qo`shib berildi va ularning haftalik o`quv soatlari miqdori 3 soatga keltirildi.

“Geografiya va iqtisodiyot” fani

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 8-bandida “Bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lmagan fanlar asosida tuzilgan o`quv dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va o`quv fanlari sonini optimallashtirish” vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan, “Geografiya”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Tadbirkorlik asoslari” fanlarini birlashtirgan holda, yagona “Geografiya va iqtisodiyot” fani kiritildi. Bu orqali o`quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish va Xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda O`zbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish maqsad qilingan. Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida o`quvchilarning moliyaviy savodxonlik darajasi baholanishi nazarda tutilgan.

“Jismoniy tarbiya” fani

O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o`quvchilarining haftalik o`quv soati jami 88 soat belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me`yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang`ich sinflarning o`quv soatlari Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 30 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalga oshirish to`g`risida”gi majlis bayoni ijrosini ta`minlash maqsadida umumiy o`rta ta`lim maktablarida doimiy tarzda ommaviy sport turlari musobaqalarini o`tkazish orqali o`quvchilarning jismoniy sog`lom bo`lishlari, ular o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ishlari yo`lga qo`yilgan.

Shu sababli, 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanining haftalik o`quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.

“Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fani

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida maktab o`quv yuklamalari va fanlarni qayta ko`rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish ta`kidlandi.

Bu borada ilg`or xorijiy davlatlarning umumta`lim fanlari va o`quv yuklamalari o`rganib chiqildi.

O`rganish natijalarida ilg`or xorijiy (Angliya, Germaniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Estoniya kabi) davlatlarda mazkur fan o`tilmasligi aniqlandi. Shuningdek, “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fani o`qituvchisi “Jismoniy tarbiya” fani o`qituvchisi bilan hamkorlikda o`quvchilar o`rtasida turli sport musobaqalarini o`tkazadi.

Shu sababli, 10-11-sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fanining haftalik o`quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.

Ona tili va adabiyot to garak ish rejasi

hashtag: #kundalikcom #kundalik #kundalikcomgakirish #кундалик #kundalikxato #kundalikcomxato #kundalikcomloginerror .

10 часов назад

Milliy sertifikat tizimi yangilandi-mi? Ma’ruzachi: “Registon” Uchtepa filiali ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Nazira Rashidova .

Onlayn Ona tili darslari | Fonetika | 1 – dars
Просмотров 301 тыс. Год назад

Ona tili darsining telegram kanali – t/ona_tili_registan Darsni “Registon” o’quv markazining tajribali Ustozi Rashidova .

Ozbekistonda online dars����
Просмотров 1 млн 2 года назад
Ozbekistonda online dars.
Похожие запросы для Ona tili va adabiyot to garak ish rejasi
Ona tili va o’qish savodxonligi fani bo’yicha namunaviy dars | Nodira Paxritdinova
Просмотров 36 тыс. Год назад

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 67-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Nodira Paxritdinovadan mahorat darsi .

Interfaol metodlar
Просмотров 95 тыс. Год назад
Andijon shahar 20-umutalim maktabi. Ochiq dars
Просмотров 128 тыс. Год назад
2-sinf o’quvchisi O’qituvchisini sharmanda qildi
Просмотров 142 тыс. 2 года назад

2-sinf o’quvchisi O’qituvchisini sharmanda qildi Biznu kuzatib boring! Kanalga obuna bo’lishni unutmang #sharmanda .

Ona tili 01 dars | Fonetika
Просмотров 2,8 тыс. 8 месяцев назад

Assalom alaykum siz bu videodarsimiz orqali Generation ta`lim markazimiz tomonidan berib boriladigan majburiy fanlardan .

MIrzayeva N. – Relative clauses
Просмотров 10 День назад
Birinchi dars ssenariysi����‍������
Просмотров 36 тыс. 2 года назад
Birinchi darsni muvaffaqiyatli o`tkazish uchun fydali maslahatlar ‍
KO’RGAZMALAR #TO’PLAMI TEZKOR TO’PLAM.
Просмотров 113 тыс. 2 года назад
Аssalomu alaykum aziz USTOZLАR.! Kanalimizga xush kelibsiz. Bizda MАKTАBlar va MАKTАBGАCHА TА’LIM .
Turlanish va tuslanish | Nazira Rashidova
Просмотров 3,1 тыс. 3 месяца назад

Darslarni Registon Uchtepa filialimizdagi Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Nazira Rashidova olib bordi. Uyga vazifalar ushbu .

Dars oʻtishda metodlar kerakmi? Marhamat siz uchun eng sodda va samarali metodlar!
Просмотров 78 тыс. 7 месяцев назад

Bugungi kunda taʼlim tizimini rivojlantirish barchamizning asosiy vazifamiz. Sizga oʻz tajribamdagi metodik faoliyatimdan .