Bezak materiallari va elementlari Toshkentda
shar, gul, yulduzcha va hokazo shaklda bo’ladi.
VIII-BOB. KIYIM FURNITURASI VA BEZAK MATERIALLARI . 271
5
KIRISH
Bozor munosabatlarining yangi sharoitida iqtisodiy islohatlarni bosqichma-
bosqich, davr talabiga qarab amalga oshirish, korxonalarni boshqarish tizimini
bozor iqtisodiyotiga moslashtirish, chet el investitsiyalarini kо‘proq jalb etish,
mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish, korxonalarda servis xizmatini
takomillashtirish, xom ashyo о‘rniga tayyor mahsulotlarni sotish uchun tadbirlar
ishlab chiqish, aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanishi muhim ahamiyatga
egadir.
О‘zbekiston Respublikasida oqilona va samarali iqtisodiy siyosatining ishlab
chiqilishi va hayotga izchil ravishda tatbiq etilishi, barqaror rivojlanishi asosiy
manba, omillarining tо‘g‘ri tanlanishini va ularga ustuvor ahamiyat qaratilishi
keyingi yillarda iqtisodiy о‘sishining yuqori sur’atlarini ta’minlashiga imkoniyat
yaratilmoqda, ya’ni yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan о‘sish
an’anaviy xom ashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay
konyuktura va ayrim xom ashyo turlari hamda materiallar narxining yuqoriligi
hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar
ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat kо‘rsatish sohalarini jadal
rivojlantirishni belgilab beradigan jiddiy tarkibiy о‘zgarishlar va ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishi hozirgi bozor iqtisodiyoti bosqichida
mahsulot va ish sifatini yanada yuqori darajalarga kо‘tarish g‘oyat zarur bо‘lgan
masalalardan biri bо‘lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
ahamiyatli yutuqlar, salmoqli natija va sezilarli о‘zgarishlar qо‘lga kiritildi.
Xususan, Prezidentimiz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2016 yil
yakunlari tо‘g‘risidagi ma’ruzasida, birinchi navbatda, mamlakat yalpi ichki
mahsulotining yuksak о‘sish sur’atlari va oltin-valyuta zahirasining oshishi va
tо‘lov balansining barqarorligini ta’minlaydigan eksport hajmining misli
kо‘rilmagan darajada kо‘payishi kabi ijodiy holatlarning xalqaro valyuta
6
jamg‘armasi tomonidan yuksak darajada baholanishini quvonch bilan qayd etib
о‘tdi.
Mamlakatimiz rivojlanishi uchun hukumatimiz oldiga bir qator vazifalar
qо‘yildi. U ham bо‘lsa, barcha turdagi korxonalarni tubdan yangilash, zamonaviy
texnik va texnologiyalar bilan qayta jihozlash, mamlakatning boy tabiiy va mineral
xom ashyo salohiyatidan tо‘la va samarali foydalanish, eksportga moslashgan va
import о‘rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo
etishdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitda ustuvor hisoblangan yetakchi tarmoqlar belgilab
olinmasa, bozor munosabatlari sharoitida ularning shakllanishiga yordam
kо‘rsatilmasa, iqtisodiy strategiya boy beriladi, о‘tish davrida davlat о‘z iqtisodiy
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish chog‘ida shuni e’tiborda tutish kerakki,
u ustuvor, katta istiqbolga ega bо‘lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har
tomonlama rag‘batlantirish, ya’ni eng muhim bо‘g‘inlarini aniqlash va shu orqali
iqtisodiyotni tarkiban qayta ishlash va tashkil etish bо‘yicha izchil siyosat
о‘tkazish kerak.
Shu bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarini
boshqarish taktikasi va strategiyasi о‘zgardi. Asosiy e’tibor korxonaning ichki
ishlab chiqarish xо‘jalik faoliyatini rejalashtirishga qaratildi. Asosiy maqsad,
korxonaning kelajakdagi istiqbolini aniq tasavvur eta olishdir.
«Materialshunoslik» fanidan yozilgan darslik talabalarga to‘qimachilik
sanoatida ishlatiladigan tolalar, iplar, to‘qimachilik maxsulotlari xaqida asosiy
ma‘lotlarni berib, ularning xossalarini va o‘rnini o‘rgatadi.
Bezak materiallari va elementlari Toshkentda
“Bezak materiallari va elementlari” Toshkentda sotib olish
Tovar.uz savdo platformamizga xush kelibsiz. Ushbu sahifada siz tez va osonlik bilan tasdiqlangan va ishonchli etkazib beruvchilardan “Bezak materiallari va elementlari”ni tanlashingiz va sotib olishingiz mumkin. “Bezak materiallari va elementlari Toshkentda” sarlavhasidagi tovarlar uchun barcha narxlar sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan shaxsan tasdiqlangan. Biroq, mos pozitsiyani tanlab, mahsulot sotilganmi, yoki o’tgan vaqt ichida narx o’zgarganmi, yoki yo’qligini aniqlash uchun sotuvchiga murojaat qilishingiz kerak.
Filtrlarning keng diapazoni, sizga Toshkentda “Bezak materiallari va elementlari” Toshkentda guruhidagi ideal variantni sotib olish uchun so’rovingizni iloji boricha aniqroq aniqlash imkonini beradi. Filtrlar yordamida ishlab chiqaruvchining mamlakatini, narx oralig’ini, siz uchun qulay bo’lgan to’lov turini (naqd pul, pul o’tkazish, Payme(Peymi), Click (klik), mahsulot turi, to’lov turi (chakana, ulgurji) va uning asosiy parametrlari va xususiyatlari aniqlab olish mumkin. Shuningdek, pozitsiyalarni narx, yangilik yoki mashhurlik bo’yicha guruhlanadi. Bundan tashqari, sotib olishdan oldin, siz taklif qilingan barcha variantlar orasida “Bezak materiallari va elementlari” bo’limidan o’xshash takliflarni solishtirishingiz mumkin. Bizning platformamiz samarali qidirish va vaqtingizni tejash uchun barcha qulayliklarni taqdim etadi.
Agar siz o’z mahsulotlarini “Bezak materiallari va elementlari Toshkentda” sahifasida taklif qilmoqchi bo’lgan tadbirkor bo’lsangiz, u holda, bizning Tovar.uz internet platformamiz, siz uchun savdo qilish uchun ajoyib maydon bo’ladi. Buning uchun siz saytda bepul ro’yxatdan o’tishingiz va xaridorlarni kompaniyangiz va tijorat takliflaringiz bilan tanishtirish uchun shaxsiy sahifani tashkil qilishingiz kerak. Siz “Bezak materiallari va elementlari” bo’limiga, fotosuratlarni, batafsil tavsiflarga va potentsial xaridor siz bilan bog’lanishi mumkin bo’lgan aloqa ma’lumotiga qo’shishingiz mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, Toshkentda tadbirkorlar o’rtasidagi raqobatni hisobga olgan holda, “Mahsulotlar” bo’limida sizning mahsulotlaringiz haqidagi barcha ma’lumotlar eng foydali tarzda taqdim etilishi kerak (asl fotosuratlarni yuklang, jozibali tavsif yozing, batafsil tavsiflarni ko’rsating), shunda sayt tashrif buyuruvchilari “Bezak materiallari va elementlari” sarlavhasi ostida sizning taklifingizni tanlashlari kerak.
Sotuvchi “Bezak materiallari va elementlari Toshkentda” sarlavhasi ostida keltirilgan ma’lumotlar uchun javobgardir.
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
usuli u qanday materialdan tayyorlanishiga qarab tanlanadi.
Tugmalar tayyorlanadigan materiallar turli – tuman. Bular plastmassalar,
yog’och, shisha, materiallar suyuq va hokazolardir. Tugmalarning xossalari ular
tayyorlanadigan materiallarning xossalariga bog’liq bo’ladi.
Aminoplast kukunidan presslab tayyorlangan tugmalar pishshiq, suv,
suyultirilgan kislotalar ta’siriga chidamli, yonmaydi, lekin ishqorlar ta’siriga uncha
chidamaydi; ular 80
S issiqqa chidaydi.
Polistiroldan va polistrol sopolimerlarning tayyorlangan tugmalar ximiyaviy
ta’sirlarga chidamsiz, ularning issiq bardoshligi mos ravishda 60 va 70
Fenoplast tugmalarning ximiyaviy turg’unligi ancha yuqori, issiqbardoshligi
Poliamid va poliefir smolalardan, melalit, polipropilendan yasalgan
tugmalarning ximiyaviy tugunlari yaxshi, issiqbardoshdigi 100
Sadaf tugmalar jilvalanib turadi, suv ta’siriga, qizishi kislota va ishqorlar
Shisha tugmalar har xil tusda bo’lishi mumkin. Ular mo’rt bo’ladi. Shox va
tuyoqlardan qilingan tugmalar qaynoq suvda yumshaydi va qiyshayib ketadi,
yaxshi silliqlanmaydi, chetlari g’adir-budir bo’lib, ipni uzib yuborishi mumkin.
Yog’och tugmalar (jamshid, keyin, zarang) sinuvchan bo’ladi, suv ta’sirida
shishib, shaklini va yaltiroqligini yo’qotadi.
Suyak tugmalar qizishga chidamli, ancha pishiq, lekin vaqt o’tishi bilan
Yumshoq po’lat lentadan ishlangan bezak tugmalar ancha pishiq va ximiyaviy
Tugmalar quyidagidan asosiy talablar: pishiqlik, suv ta’siriga chidamlilik,
sovunli eritmada qaynatilganda aynimaslik.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
Tugmani 1,5 metr balandlikdan tashlab yuborilganda shikastlanmasligi lozim.
Tugmalar har xil alomatlarga klassifikatsiyalanadi. Ishlatilishiga ko’ra
tugmalar palto, kostyum, ko’ylak, shim, ich kiyim, forma va bolalar kiyimlari
uchun mo’ljallangan xillarga bo’linadi.
Materialga qarab tugmalarning akrilat, tselluloid, metal, shisha, shox yoki
suyak, sadaf, yog’och, press-kukundan qilingan va boshqa bo’ladi.
Tashqi ko’rinishiga ya’ni shakliga ko’ra dumaloq, sharsimon, oval,
yarimsharsimon tugmalar; sirtning xarakteriga ko’ra silliq va relefining; rangiga
ko’ra qora, oq, guldor va toshbaqa rangli yoqut qahrabo rangli va boshqa rangli
Kiyimga qadalish usuliga ko’ra tugmalar ikki yoki to’rt teshikli va yo’nib
ochilgan ko’rinadigan yoki sim quloqli, charmi ko’rinib turadigan o’simtali xillarga
Tugmalarning o’lchamlarini mm da ifodalanadigan diametri bilan belgilash
Paltolik tugmalarning o’lchami 26 mm va undan katta, kostyumlik tugmalarni
20-25 mm, ko’ylakliklarniki 12 mm va undan katta, shimlarniki 14-17 mm, ich
kiyimlarniki 10-19 mm, formaliklarniki 14,18,32,24 mm bo’ladi.
Erkaklar tugmalari shakli jihatidan ancha oddiy, dumaloq, yassi, bir oz
chuqurchali yoki qavariq bo’ladi.
Ayollar tugmalari shakli va rangi jihatidan turli tuman; Dumaloq yassi, oval,
shar, gul, yulduzcha va hokazo shaklda bo’ladi.
Bolalar tugmalari futbol koptogi shaklida, gullar tushirilgan yassi shaklda va
boshqa shakllarda bo’ladi.
Formalik tugmalar turli emblemalar tushiriladi.
Ilgaklar, petlyalar, tukalar va pistonlar
Tikuvchilik ishlab chiqarishda qo’llaniladigan ilgaklar va petlyalar vazifasi va
o’lchamlari jihatidan har xil bo’ladi.
Ustki kiyimlar va ko’ylaklar uchun ishlatiladigan ilgak va petlyalar kam
uglerodli po’lat simdan yoki mis qotishmalaridan qilingan simdan tayyorlanadi.
Korroziyadan saqlash uchun po’lat va petlyalar laklanadi, oqsillanadi
(ximiyaviy bo’ladi) yoki fosfatlanadi (sirtida temir yoki marganets birikmalaridan
iborat parda hosil bo’ladi).
Nomeriga qarab ilgaklar mo’yna shubalarga (№2), palto va shinellarga (№3),
kitel va gimnastyorkalarga (№5), ayollar va bolalar ko’ylaklariga (№6 va №7)
qadash uchun ishlatiladi.
Shimlik ilgaklar kam uglerodli po’lat simdan yoki po’lat listdan tayyorlanadi.
Ko’ylaklik ilgaklarga o’xshab shimlik ilgaklarda xam zanglashga qarshi qoplama
Shimlik va jiletlik tukalar kam uglerodli po’latdan shtamplab tayyorlanadi,
korroziyadan saqlash uchun loklanadi yoki oksidlanadi. Shakl jihatidan
tukalarning bir tomonidan tishlari va o’rtasida ikkita kashagi bo’lgan to’rtburchak
shaklli yoki o’rtasida ikkita tili bo’lgan to’rtburchak shaklli xillari bo’ladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
Ko’ylaklik pistonlar nikellanib, kumush yugurtirilib yoki loklanib ishlab
chiqariladi va ko’ylaklar, bluzkalar, xalatlar, bolalar buyumlari va bosh
kiyimlariga qadash uchun ishlatiladi.
Pistonlarning sifati prujinaga bog’liq, prujina silliq va elastik bo’lishi lozim.
Molniya ilgagi gazlamadan qilingan ikkita bort lentalaridan iborat bo’lib,
lentalarda metall yoki plastmassa tishlar va qulflar qatori bo’ladi. Molniya
ilgagining po’lat detallari nikellanadi, rangli metallardan qilingan detallari
bo’yaladi yoki loklanadi.
Ilgaklarning uzunligi 120,150,180,200,250,300 mm va undan uzun. Ilgaklarga
qo’yiladigan asosiy talablar: metall detallari silliq, yaltiroq, dog’siz va zangsiz
bo’lishi, zvenolari puxta mahkamlangan va surilib ketmaydigan bo’lishi, qulfi
ravon surilishi va ilgakni istalgan joyda berkitishi, bort lentalari pishiq bo’lishi
To’qimachilik ilgagi ikkita lentadan iborat. Ulardan birining o’ng tomoni
monoiplardan qilingan petlyalar bilan ikkinchi lentaning o’ng tomoni yon qirqimi
bor monoip petlyalar, ya’ni ilgaklar bilan qoplangan. Ikkala lenta birlashtirilganda
ilgaklar petlyalarga kirib berkiladi. Anchagina kuch bilan tortilsa, lentalar bir-
biridan ajralib ochiladi.
Qotirmalik materiallar
Tikuvchilik buyumining ayrim detallariga qattiqlik berish va kiyilganda
buyumning shakli saqlanishi uchun qotirmalik materiallar ishlatiladi.
Palto va erkaklar kostyumlari tikkanda ko’krakka avra va astar gazlamasi
orasiga noto’qima qotirmalik material – flizelin yoki qilli gazlama qo’yib ketiladi.
Qilli gazlama tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin.
Tabiiy qilli gazlama rapirali to’quv stanoklarida polotno o’rilishda to’qiladi.
Tandasiga paxta kalava ip, arqog’iga ot qili ishlatiladi. Tabiiy qilli gazlamaning eni
ot qilining uzunligi bilan cheklangan bo’lib, 22 sm ga boradi.
Kiyim kiyib yurilganda dag’al ot qillari yoki kapron qillari avra gazlamasini
teshib chiqishi mumkin. Shuning uchun qilli qotirma avra gazlamasiga
mahkamlangandan so’ng qilli gazlamaning kesishgan joylariga zich gazlamadan
magiz qilinadi. Sun’iy qilli gazlama chetlarini eritib mustahkamlash tavsiya
qilinadi. Oliy sifatli buyumlarda qotirma uchun tabiiy qilli material ishlatiladi.
Pidjak va paltolarning oldini qattiq qilish uchun isitib yopishtirilgan ko’p
zonali qotirmalik gazlama ishlatiladi (unda tanda yoki arqoq yo’nalishida
joylashgan zonalar aniq bilinib turadi).
Qattiq zonadagi gazlama ancha siyrak va qattiq bo’ladi, har xil nisbatdagi
viskoza tolalar,paxta tolalari va jun tolalaridan iborat aralash kalava ipga tabiiy
qillar va sintetik qayishqoq iplar qo’yib ishlab chiqariladi.
Yumshoq zona gazlamasi bir jinsli kalava ipdan tashkil topadi hamda
qattiqligi va sirtqi zichligi eng kichik bo’ladi.
Zonalar tanda yo’nalishda yotganda gazlama barcha zonalarda bir xil arqoqqa,
zonalar arqoq yo’nalishda yotganda esa bir xil tandaga ega bo’ladi. Zonalarning
PDF created with pdfFactory Pro trial version
tanda yoki arqoq yo’nalishda galma-gal kelishi ketma-ket yoki ko’zgusimon
Zig’ir – nitrondan tayyorlangan qotirmalik gazlamaning qalinligi 0,75 mm,
gazlamaning massasi 220g; ho’llanganda tanda bo’yicha 0,8% va arqoq
bo’yicha 0,1% kirishadi.
Zig’ir – kaprondan tayyorlangan, armaturalangan qotirmalik gazlamaning
qalinligi 1,03 mm, 1m
gazlamaning massasi 226 g; tanda bo’yicha kirishishi 1%,
arqoq bo’yicha kirishishi 0,5%.
Paxta poliefiridan tayyorlangan qotirmalik gazlama tarkibida 15% lavsan
bo’lgan paxta kalava ipdan to’qiladi. Unga tarkibiga kraxmal, karbomol, ammiak
suvi, ammoniy xlorid bo’lgan appret bilan ishlov beriladi.
Bezak materiallari
Bezak materiallar jumlasiga lentalar, tesmalar, shnurlar, to’rlar kiradi. Bezak
materiallar sifatida gazlama, charm, zamsha, mo’yna tugma, biser va hokazolardan
ham foydalanish mumkin.
Lentalar eni har xil bo’lgani uzunchoq gazlama bo’laklari, lenta to’qish
stanoklarida to’qiladi. Lentalar paxta kalava ip, viskoza, atsetat va kaprondan
qilingan silliq va hajmdor iplardan, shtapel, lavsan va jun kalava ipdan polotno,
sarja, reps, atlas, tukli hamda har xil mayda gulli va yirik gulli o’rilishlarda
Lentalar sidirg’a va guldor qilib ishlab chiqariladi. Monokaprondan to’qilgan
lentalarda yopishtirish yo’li bilan hosil qilingan tukli naqshlar bo’lishi mumkin.
Qo’yma lentalar: bort jiyagi – yarim jun polotno o’rilishda to’qilgan eni 9-12
mm li dag’al lenta; cho’ziluvchanlik kamaytirish uchun bort chetlariga, o’yiqlar
chetiga va boshqa joylarga qo’yiladi.
Shim lentasi – paxta tolasidan, yarim kapron yoki kaprondan polotno va sarja
o’rilishda «archasimon» to’qilib, to’q tusga bo’yaladigan, eni 15 mm li lenta;
shimlarning pochasini puxtalash uchun ishlatiladi.
Korsak lenta – paxta tolasidan polotno o’rilishda to’qilgan sidirg’a yoki xom
lenta va o’rtasida atlas yo’li bor aralash o’rilishda to’qilgan yarim shoyi lenta; eni
Kiper lenta – «sarja va archasimon» o’rilishlardagi paxta tolali xom,
oqartirilgan yoki sidirg’a bo’yalgan lenta; ich kiyimlar va boshqa buyumlarni
bog’lash uchun ishlatiladi; eni 11,12,13,15,16,18 mm.
Magizbop lenta – paxta tolasi yoki yarim jun toladan sarja va soxta reps
o’rilishlarda to’qilib, oqartirilgan va sidirg’a bo’yalgan lenta; choklarni magizlash
uchun ishlatiladi; eni 13 va 16 mm.
bezak lenta – paxta tolasi, viskoza, sintetik yoki shtapel tolalardan qilingan,
rangi aynimaydigan kalava ipdan har xil mayda gulli va yirik gulli o’rilishlarda
to’qiladi; profillangan tolalar yoki metall iplar qo’shib ham to’qiladi; eni 14-80
PDF created with pdfFactory Pro trial version
shlyapa lentasi – viskoza toladan, reps yoki mayda gulli o’rilishda yo’l-yo’l va
katak gulli qilib to’qilib, sidirg’a bo’yalgan yoki guldor lenta; eni 20-40 mm;
Tesma sidirg’a yoki guldor, o’rilgan yoki to’qilgan har xil enli uzun gazlama
O’rilgan tesma lenta to’qish mashinalarida paxta yoki shtapel kalava ipdan,
kompleks viskoza iplardan, ba’zan rezina tolalar qo’shib to’qiladi. Tesma to’qish
jarayonida ipning tashkil qiluvchilari bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashadi,
shuning uchun tesma ancha cho’ziluvchan bo’ladi va har xil shaklli kesiklarni
magizlash uchun ishlatiladi.
To’qilgan tesma arqoq to’qish va tanda to’qish mashinalarida paxta, shtapel,
viskoza, lavsan kalava iplardan to’qiladi. Strukturasi jihatidan tesma tekis silliq
sirtli zich, relefdor naqshli zich va bejirim bo’lishi mumkin.
Merejka bezak tesmasi – kompleks viskoza iplardan merejka tipida gul hosil
qilib o’riladi; eni 0,6 sm;
Chetlari jimjimador bezak tesmasi – paxta tolalaridan arqoq yo’nalishda
to’qiladi; oqartirilgan jimjimador tishlari bor; eni 1,5 sm
Erkaklar shlyapalari uchun bezak tesma – viskoza yoki sintetik tolalardan zich
va jimjimador qilib to’qladi; sidirga bo’yalgan yoki guldor bo’ladi; eni 3-4 sm;
Elastik bezak tesma – paxta kalava ip, viskoza atsetat yoki sintetik iplarga
rezina tolalar qo’shib o’riladi; eni 2-3 sm;
Shnurlarning o’rilgan, eshilgan va to’qilgan xillari bo’ladi.
O’rilgan shnurlar o’rish mashinalarida yo’g’on paxta kalava ipdan o’zak
sifatida foydalanib, atrofiga viskoza, kapron iplar, paxta yoki shtapel kalava iplar
Ayollar va bolalar buyumlarini bezash uchun ishlatiladigan sutaj shnuri ikkita
yo’g’on kalava ipga sidirg’a yoki har xil rangli viskoza iplar o’rib tayyorlanadi.
Sutajning o’rtasida chuqurcha bo’lib, buyumga sutajni tikkanda qaviq shu
chuqurcha bo’ylab tushiriladi.
Sinelka (popuk) – yo’g’onligi 4 mm gacha bo’lgan tukli momiq shnur, viskoza
ipakdan tayyorlanib, o’rtasidan paxta ip bilan mahkamlanadi.
Petlyalik o’rilgan shnur – o’zagi paxta kalava ipdan va viskoza kapron
iplardan tayyorlanadi; diametri 4 mm.
Bort uchun ishlatiladigan o’rilgan shnurning o’zagi paxta tolasidan iborat;
diametri 2mm; relefdor petlyalar uchun ishlatiladi.
To’r – to’rsimon, shaffof, bejirim buyum; iplardan qo’lda yoki mashinalarda
tayyorlanadi. Qo’lda tayyorlangan to’r o’rib, to’qib yoki yo’rmab kungira,
proshivka, motiv va donali buyumlar tarzida ishlab chiqariladi.
Kungira – bir tomoni tekis, ikkinchi tomoni tishdor qilib, har xil enli
poloskalar tarzida tayyorlangan to’r. Proshivka – ikki tomoni ham tekis bo’lgan har
xil enli to’r. Motiv – doira, kvadrat va boshqa shakldagi to’r kuyma. Donali
buyumlar – to’r yoqalar,yenglar, bluzkalar, manjetlar va hokazo.
O’rilgan to’rlar – oqartirilgan yoki xom paxta yoki zig’ir tolali kalava ipdan
maxsus yog’och moslama bilan tayyorlanadi. Bunday to’rlarni tayyorlash uchun
sintetik va metall iplar ham ishlatiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
To’r o’rish jarayoni sermashaqqat va mayda ish. Maxsus momiq yostiqcha
ustiga ma’lum tartibda to’g’nog’ichlar qadab chiqiladi. Iplar uzun dastali yog’och
g’altaklarga o’raladi. Shu g’altaklar yordamida to’g’nog’ichlar atrofida har xil
gullar hosil qilinadi. Bajarish texnikasiga qarab qo’lda o’riladigan to’rlar sonli,
qadama, ilashtirma xillarga bo’linadi.
To’qilgan to’rlar ilgakli igna yordamida kroshe iplari yoki g’altak iplardan
Mashina to’rlari maxsus mashinalarda tayyorlanadi va mashinalarida ishlab
chiqarilgan, o’rilgan (o’rish mashinalarida tayyorlangan), kashta avtomatlarida
to’qilgan xillarga bo’linadi.
Mashinalarda tayyorlangan to’rlari yupqa ensiz, relefdor ensiz, relefdor enli,
gruntli rus to’rlariga bo’linadi.
Yupqa ensiz to’rning eni 10-40 mm, yupqa rombsimon paxta iplardan
qilingan to’r bo’lib, geometrik yoki o’simlik naqshidagi zich guli bo’ladi.
Yupqa enli to’rning eni – 40-120 mm; paxta yoki kapron ip bilan qilingan olti
yoqli to’rga yupqa naqsh tushirilib tayyorlanadi.
Relefdor ensiz to’rning eni 10-40 mm; paxta iplardan relefdor konturli va
qavariq naqshli qilib tayyorlanadi.
Relefdor enli to’r breton to’riga o’xshaydi, lekin eni 45-100 mm bo’ladi.
Gruntli rus to’rining eni 15-100 mm; naqshning relefdorligi jihatidan qo’lda
o’rilgan to’rga o’xshaydi.
Kashta to’rlar kashtachilik avtomatlarida paxta yoki kapron to’r, yupqa
sintetik trikotaj polotno, yupqa kapron gazlama ustiga kashta yo’li bilan
tayyorlanadi. Oldin keng polotno tayyorlanadi, keyin bu polotno zarur kenglikdagi
uzun bo’laklarga qirqiladi. Bunday to’rlar asosan ayollar ich kiyimini bezash
Gipyur – bir-biriga bejirim to’r bilan biriktirilgan keskin qiyofali bo’rtma
shakllardan iborat og’ir to’r. Gipyur havo kashtasi deb ham ataladi, chunki u
kashta avtomatlarida tayyorlanadi.
Tyul – to’g’ri shaklli uyalari bo’lgan to’r polotno. Tyul ingichka pishitilgan
paxta kalava ip bilan, viskoza ip qo’shilgan ipakdan va pishitilgan sintetik iplardan
tayyorlangan xillarga bo’linadi.
Kashta – yupqa ip gazlamaga o’yib yoki kesib teshiklar ochilgan, maxsus
mashinalarda kashta tushirilgan to’r. U tishli kungira va to’r ko’rinishida ishlab
chiqariladi. Kashta tipidagi gullari bo’lgan gazlamalar ham ishlab chiqariladi.
Tekshiruv savollari.
Bezak materiallari nima va ularni ishlatilishi.
Lentalar to’rlari, ishlatilishi.
Bezak materiallarni ishlab chiqarish asosiy maqsadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
Mavzu: «Gazlamalarni standartlari»
2. Bir gazlamaga mo’ljallangan standart.
3. Gruppaviy standart.
4. Standartlashtirishni ahamiyati.
(3) 109-110 (2) 202-212 (1) 293-295
Gazlamalarni standartlash
Standart so’zi inglizcha bo’lib, etalon, namunasini bildiradi. Standart –
ma’lum buyum haqidagi asosiy ma’lumotlar berilgan hujjat. Gazlamalarni ishlab
chiqarish, ularning barcha xossalarini tekshirish, ularni sortlarga ajratish,
markalash taxlash va upakovka qilish ishlari amaldagi standartlar normalariga
muvofiq bajariladi. Standartlar bir gazlamaga va gazlamalar gruppasiga
Bir gazlamaga mo’ljallangan standart – gazlamaning tarkibi, tuzilishi va
xossalarni belgilaydigan texnik normalar majmui.
Ayrim gazlamalarga mo’ljallangan standartlarda gazlamaning eni, massasi,
zichligi, pishiqligi, tanda va arqoq iplarning teksini bildiradigan aniq raqamli
normalar, shuningdek, gazlamalar tola tarkibi, tashqi ko’rinishi va o’rilishlarining
tavsifi beriladi. Standarlarda ba’zi gazlamalar uchun uzilishdagi uzayishi, ho’llash
yoki yuvishdagi kirishishi, jun gazlamalar tarkibidagi yog’ miqdori keltiriladi,
kalava ip hamda ip-larning strukturasi ta’riflanadi va hokazo.
Gruppaviy standarlarda gazlamalar gruppasiga yoki barcha gazlamalarga
klassifikatsiyasi, o’lchamlari va massasini, pishiqligi, rangini aynimasligini
aniqlash metodlariga tegishli va hokazo standartlar shular jumlasidandir.
Davlat standarlarini standartlar bo’yicha Davlat komiteti tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan standart «Butun itttifoq davlat standarti» (GOST) nomini oladi va
unga tegishli nomer beriladi. Standart nomeri tire belgisi orqali yoziladigan ikki
raqamlar gruppasidan iborat bo’ladi. Birinchi raqamlar gruppasi standartning tartib
nomerini, ikkinchisi (oxirgi ikki raqam) standart tasdiqlangan yilni bildiradi.
Tasdiqlangan standart qonun kuchiga kiradi.
Davlat standartlari (GOST) ko’plab va yirik seriyalab ishlab chiqarish
mahsulotlariga, normalar, qoidalar, talablar, terminlar va hokazolarga ishlab
Tarmoq standartlari (OST) tarmoqlar ichida va tarmoqlar orasida
ishlatiladigan mahsulotdarga belgilanadi.
Respublika standartlari (RST) respublika va mahalliy ishlab chiqarish
PDF created with pdfFactory Pro trial version
Korxona standartlari (STP) biror korxona (birlashma) mahsulotiga belgilanadi
va shu korxona rahbari tomonidan tasdiqlanib, ayni korxona uchun majburiy
Yangi gazlamalar odatda respublika ministrliklari tasdiqlaydigan texnik
shartlar (TU) ga muvofiq ishlab chiqariladi.
Sifat belgisi bilan ishlab chiqariladigan gazlamalarga oid standartlar bunday
gazlamalarga ancha yuqori talablar qo’yadi. Sifat belgisi beriladigan mahsulotlar
maxsus komissiyalar tomonidan davlat attestatsiyasidan o’tkaziladi. Sifat belgisi
gazlamaning texnik ko’rsatkichlari, badiiy bezalishi va pardozi oliy darajada
ekanligiga berilgan kafolatdir. Sifat belgisi bilan chiqarilgan buyumlarning estetik
va texnik darajasi yuqori bo’lganligi uchun narxi bir oz qimmat bo’ladi. Bunday
buyumlar iste’molchilarga ham, ularni ishlab chiqargan korxonalarga ham
Standartlarning katta ahamiyati shundaki, u mamlakatimiz xalq xo’jaligining
rejali ravishda rivojlanishiga yordam beradi va iste’molchilarga mahsulotlarning
sifati darajada bo’lishiga kafolat beradi.
Kompleks va ilgarilovchi standartlashga oid ishlarni kengaytirish mahsulot
sifatini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Standartlashga oid ishlarning rejalashtirilishi va o’tkazilishini umumiy kontrol
qilish Davlat standarti zimmasiga yuklangan.