Milliy bosh kiyimlardan do ppi tikish texnologiyasi
2. Do`ppini bichish;
Xalq hunarmandchligi
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda xalq hunarmandchiligiga nisbatan hurmat va xayrihohlik tuyg`ularinio`stirish, bosh kiyimlarni tikishga va kiyishga oid estetik didini o`stirish, tejamkorlikka o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning do`ppido`zlik hunari va bosh kiyimlar va ularni tikish ishlari haqidagi ko`nikma va malakalarini kengaytirish.
Kasb-hunarga yo`naltiruvchi maqsad: O`quvchilarni do`ppido`zlik modelyer, bichuvchilik va tikuvchilik kasblariga qiziqtirish.
Dars turi: nazariy va amaliy
Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari:
1) Ananaviy: suhbat, maruza, savol-javob
2) Noananaviy: bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, klaster, o`rgan-o`rgat.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, texnologik xarita, turli xil do`ppilar, slaydlar, qog`oz, qalam, qaychi, ish qutichasi.
Darsning borishi:
TEXNOLOGIK XARITA
Mashg`ulotning borishi
Didaktik vositalar
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
Bahs-munozara, aqliy hujum
Yangi mavzuning bayoni
Guruhlar bilan ishlash,o`rgan-o`rgat
Do`ppi nusxalari, slayd,
Yangi mavzuni mustahkamlash
I. Tashkiliy qism:
2. Davomatni aniqlash;
3. Kun yangiliklari.
II. Manaviyat daqiqasi:
1. Manaviyat nima?
2. Prezidentimizning oxirgi asarlari qaysi?
3. 666-sonli qaror mohiyatini ayting.
4. Kashta yangiliklari haqida malumot bering.
III. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
1. Milliy kiyimlarga nimalar kiradi?
2. Kashta tikishda nimalarga etibor beriladi?
3. Kashtachilikda ishlatiladigan chok turlari haqida gapiring.
4. Nozmunchoq qanday maqsadda ishlatiladi?
O`qituvchi o`quvchilarni guruhlarga bo`ladi.
1-guruh: Bichuvchi,
2-guruh: Tikuvchi,
3-guruh: Pardozlovchi
O`quvchilar bilan o`tgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. O`qituvchi o`quvchilarga savollar beradi.
1. Do`ppi qanday turlarga bo`linadi?
2. Do`ppi necha qismdan iborat?
3. Nima uchun do`ppini milliy kiyim deymiz?
O`qituvchi yaxshi javob berganlarni rag`batlantirib, uyga berilgan topshiriqlarni sifatini tekshirib, qabul qiladi, kamchiliklarni tuzatishni o`rgatadi.
IV. Yangi mavzuni bayon qilish
Slayd va ko`rgazmalardan foydalangan holda
1. Milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish texnologiyasi;
2. Do`ppini bichish;
3. Bo`laklarga tanlangan naqsh elementlari piston, munchoqlar bilan bezash.
Nazariy malumot. Do`ppi milliy bosh kiyim hisoblanadi do`ppilar turli mintaqalarda kishilarning yoshiga va jinsiga qarab turlicha bo`lgan. Masalan, erkaklar, ayollar, bolalar, jumladan, o`gil bolalar, qiz bolalar, qariyalar va boshqalar o`zlariga mos bosh kiyim kiyishgan.Do`ppilar uchi cho`qqi, konus shaklida, yarim qubba, tagi yassi, dumaloq, to`rtburchak , chorsi shaklida tikilib ipak, zarrin ip, kumush iplar bilan kashta tikib va nozmunchoqlar yordamida bezatilgan.
Do`ppido`zlik sanati haqida qisqacha malumot:
Do`ppi O`zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyimi. Do`ppi dastlab Eronda va Turkiy xalqlar o`rtasida tarqalgan. Asrlar davomida do`ppilarning turli xillari vujudga kelgan.Jumladan, bahmal, satin, sidirg`a, shoyi kabi gazlamalarga ip, ipak, va zig`ir bilan do`ppi gullari tikilgan. Do`ppi boshni sovuqdan, quyosh nuridan himoya qiladi.
O`zbekiston sharoitida do`ppi ko`p kiyiladi. O`zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun, Shahrisabz do`ppilari mashxur bo`lib, ular o`ziga xosdir. Respublikamizning barcha tumanlarida do`ppi kiyiladi. Iroqi, Chust do`ppi, Gilam do`ppi, Chakmatur, qizil gulli, piltado`zi, zardo`ppi, to`ldirma deb nomlanadigan do`ppilar bor. Har bir do`ppi ajratish uslubiga ega, ular bir-biridan farqlanadi.
O`zbekistonda ommaviy bosh kiyim asosan uch xil shaklga ega.
Kuloh-konussimon bosh kiyimi. U asosan darvishlar qalpog`i uning matosi to`q uchburchak pardalar shaklida bichilib, yoppasiga tikiladi.Kuloh erkaklar bosh kiyimi hozir juda kam uchraydi. Araqchin -sharsimon do`ppi uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda sharsimon do`ppilar qo`lda, hiyol bosma, chakmatur, iroqi chok usullarida tikiladi.
Tus do`ppi – keng tarqalgan yassi yuzli do`ppi ko`pincha tus do`ppi Chust do`ppi deb yuritiladi. Tus do`ppilarda bitta o`zida sakkizta chok usuli qo`llaniladi: zanjra, to`g`ri chok, pilta, kungura, taroq, stalanma, pildiroq, ova. Chust do`ppining tepasi kizakdan kvadrat shaklida bo`rttirib chiqib, ajrim sharq ko`rinishida bo`ladi. Do`ppilar uchta qism: tepa, kizak va jiyakdan iborat. Ana shu qismlari qanday materialdan, qay tarzda tayyorlanishi, bezatilishi, tikish uslubi va usullariga ko`ra farqlanadi. Shu o`ziga xos usul va uslubda tayyorlanadigan do`ppilar shu yerning nomi bilan mashxur bo`lgan. O`g`il bolalar va erkaklar kiyadigan Toshkent, Chust, Marg`ilon do`ppilari sidirg`a rangli (yashil, qora, to`q binafsha, jigarrang) baxmaldan tayyorlanadi. Toshkent do`ppilarining ikki xili: dumaloq, uchburchaksimon tayyorlanadigan turlari mavjud.
Do`ppi turlari va tayyorlanishi: Do`ppilarning tepasi va kizaklarini bichishda odatda andozalardan foydalaniladi.
Do`ppi uchun bitta o`lchov olinadi, faqatgina bosh aylanasini uzunligi olinadi xolos. Karton yoki qalinroq qog`ozga doira chiziladi. Agar 54 o`lchamli do`ppi tikiladigan bo`lsa, doiraning diametri 20.5 sm bo`ladi. Do`ppining o`lchami oshgan sari diametri 2 mm kengaytiriladi. 55 o`lchamli do`ppi uchun doiraning diametri 20.7 sm bo`ladi. Doira to`g`ri chiziq bilan 4 ga bo`linadi. Kvadrat hosil bo`lgandan keyin chetlari qirqib tashlanadi.
Kizak yoni 4 sm, uzunligi 56 sm lenta shaklida bichiladi Astar avraga nisbatan 0.5 sm enliroq va uzunroq bo`ladi. Do`ppi boshga mos tarzda chuqurroq yoki yassiroq bo`lishi mumkin. Bunda kizak enli yoki ensiz olinadi. Tepa avra astarga xomaki qaviq bilan ko`klab chiqiladi. Pilta uchun choklar tikilgandan so`ng bu choklar so`kib tashlanadi. Tepa markazidan chetga tomon bir meyorda tepchima chok bilan tikiladi. Choklar orasiga piltalar ham ko`p qo`yiladi. Toshkent do`ppilari kir bo`lsa yuviladi. Bir oz qurigach yana yelimlab tahtakachga qo`yiladi, quritilgandan so`ng kiyiladi. Chust va Marg`ilon do`ppilari yuvilmaydi. Kimyoviy yo`l bilan tozalanadi. Uy sharoitida atseton yoki aviabenzin bilan tozalanadi. Do`ppi changdan, namdan saqlanadi. Kiyilmagan paytda taxlab o`rab qo`yiladi.
Jiyak qismi
Amaliy ish. Bayram do`ppisini tayyorlash: Bayram liboslari qatorida do`ppining alohida o`rni bor. Chiroyli va bejirim qilib tayyorlangan bayram do`ppisi kattayu- kichikda zavq uyg`otishi mumkin.
Kerakli buyumlar: oq rangli mato, durlar, pat, toshlar, igna hamda ip, jig`a (broshka), karton qog`oz.
Tayyorlanishi: karton qog`ozdan qalinligi 6 sm, uzunligi 56 sm bo`lgan bo`lak o`lchangan holda kesib olinadi. Keyin kartonga aylana shakli chizilib, chetiga 1 sm chiqarib, kesib chiqiladi. Aylananing o`rtasida to`rtta chiziq tortilib, bitta uchi kesiladi va yelimlanadi. Kesib olingan karton bo`laklari pistoletli yelimda qotirilib, atroflari oq rangli mato bilan o`rab chiqiladi. Do`ppini bezatish uchun hameleon rangli toshlar hamda durlar yopishtiriladi. Do`ppining chetiga uzun pat yopishtirilib, ortiqcha joyi kesib tashlanadi. Keyin patning yo`nalishi bo`ylab jig`a hamda toshlar yopishtirilib chiqiladi.
TEXNOLOGIK XARITA
Milliy bosh kiyimlardan do’ppi tikish texnologiyasi
Mazkur sahifada Milliy bosh kiyimlardan do’ppi tikish texnologiyasi faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material ZIP formatda bo’lib, 337.75 KB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.
Bo’lim: | Qo’shimcha materiallar |
Versiya: | 1 |
Hajmi: | 337.75 KB |
Fayl turi: | application/zip |
Ko’rishlar: | 81 marotaba |
Ko’chirishlar: | 7 marotaba |
Yuklovchi: | Ustoz |
Yaratilgan: | 26-07-2022 |
Yangilangan: | 26-07-2022 |
Fayl hajmi: 337.75 KB
Sifat bizning ustunligimiz! milliy bosh kiyimlardan do’ppi tikish texnologiyasi faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek qo’shimcha materiallar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.
Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein
O‘zbek do‘ppisi sirlari
12091 “Do‘ppi tikdim. ipaklari tillodan”, – deb kuylanadi mashhur o‘zbek qo‘shig‘ida. Tajribali usta kashtachilarning qo‘llari bilan haqiqiy san’at asarlari yaratiladi. Bilasizmi, o‘zbek do‘ppisi qanday sirlarni o‘zida saqlaydi? O‘zbekistonda do‘ppi nafaqat kiyimning bir jihati, balki xalq madaniyatining tarkibiy qismidir. Bugungi kunda shaharliklarning boshida do‘ppini faqat ayrim holatlarda: oilaviy tantanalar, dafn marosimlari yoki bayramlarda ko‘rish mumkin. Ammo bundan bir necha o‘n yillar oldin do‘ppi O‘rta Osiyoda asosiy bosh kiyim turi bo‘lgan. Uni erkaklar va ayollar, bolalar va qariyalar kiyardi. Va har bir mintaqada do‘ppilar o‘ziga xos farqli jihatlarga ega bo‘lgan. Shartli ravishda do‘ppilar bir nechta guruhlarga bo‘linadi. Bular: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm-Qoraqalpoq va Qashqadaryo-Surxondaryo do‘ppilaridir. Shuningdek, do‘ppilar bayrambop, diniy va kundalik bo‘ladi. Ushbu milliy bosh kiyimi yumshoq yoki qattiq matodan tikilib, kashta yoki munchoqlar bilan bezatiladi, unga yumaloq yoki kvadrat shakl beriladi. Biroq, bugungi kunda har kim ham do‘ppi naqshida yashiringan ma’nolar haqida o‘ylamaydi. Axir har bitta bukilish, rasm, chiziq o‘zining chuqur ma’nosi va siriga ega. Hozirgacha xalq orasida do‘ppilar haqidagi afsonalar va rivoyatlar saqlab kelinadi. Rivoyatlarga ko‘ra, erkaklar do‘ppisining yuqori qismidagi to‘rtta gul odamning sog‘lig‘ini to’rt tomondan himoya qiladi, do‘ppi chetidagi o‘n oltita gul esa katta va ahil oila bo‘lish (o‘n oltita farzand ko‘rish) tilagini bildiradi. Ushbu do‘ppilar odmi, kamtar va shu bilan birga juda bezakli ko‘rinishga ega. Ular to‘rtta qalampir boshchalari ko‘rinishidagi oq naqshning qora fon bilan keskin birikuvi bilan ajralib turadi. Qorong‘i fonga oq ipak bilan tikilgan gullar inson qalbi va yuragi pokligining ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Ayollar do‘ppilarini bezashda asosan gullar, mevalar va qushlardan foydalaniladi. Gul naqshlari orasida keng tarqalgani atirgul, gulsapsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz, olma gullari va boshqalar, mevalar orasida esa anor, olcha va gilos, bodom va qalampir tasvirlari va boshqalar hisoblanadi. Gullar ko‘pincha yuqorida va yon tomonda tasvirlanadi. Gullar ichidagi jihatlar, ayniqsa, ehtiyotkorlik bilan ishlanadi. Qushlar ham bezakning asosiy naqshini tashkil qilishi mumkin. Asosan, bu tustovuq, xo‘roz, bulbulning tasvirlaridir. Hunarmand ayollarning go‘zallikka, mukammallikka intilishi ularning mehnatini hunarmandchilikdan eng yuqori san’at darajasigacha ko‘taradi. Shunday qilib, o‘zbek do‘ppisi bezagining barcha elementlari — rangi, chiziqlari, rasmlari muhim ma’no yuklamasiga ega bo‘lib, ko‘pincha hayot va o‘lim, yorug‘lik va qorong‘ulik, yer va osmon, yaxshilik va yomonlik kabi umumiy tushunchalar bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘zbek do‘ppilari haqli ravishda butun dunyoda talabga ega. Chet ellik sayyohlar bunday bosh kiyimlarini g‘ayrioddiy yodgorlik sifatida sotib olishadi, aksariyat insonlar hatto ular bilan o‘z uylarini bezashadi. Shaxsiy foydalanish uchun esa do‘ppini istalgan bozorda va sayyohlik markazlaridagi maxsus sovg‘alar do‘konlarida xarid qilish mumkin.