Ingliz tilini to‘g‘ri o‘rganish bo‘yicha 12ta ko‘nikma
Muloqot qilish mahoratini rivojlantirish uchun eng samarali usullardan biri so‘nggi paytlarda mashhur bo‘lgan onlayn va bepul ovoz yozish dasturlaridir. Nutqingizni yozib olib, ona tili inglizcha bo‘lgan do‘stingizga tinglatishingiz, xatolaringiz bo‘lsa, ulardan yordam so‘rashingiz mumkin.
Tillar qiroli bo’lmish ingliz tilining qiziqarli tarixi va u haqida siz bilmagan ma’lumotlar
Ingliz tili bugungi jamiyatning tili. Uni bilmay turib yaxshi ishga joylasha olish, birorta sayohatga jo’nab ketib, usiz bemalol muloqotda bo’lish amri mahol. Bu til har bir mamlakatda alohida ehtiromga sazovor. Uni yaxshilab o’rganib olib siz o’zingiz uchun yangi texnologik olamni kashf etasiz va shu olamda juda ko’p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lasiz.
Agar siz bu to’g’risida, ya’ni ingliz tili haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishni xohlasangiz quyidagi maqolada ingliz tili imlosining qoidalari, so’z turkumlari va boshqa yana ko’p narsalar to’g’risida ma’lumotlarni topasiz.
Buyuk Britaniya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari
Ushbu ikki malakatning o’rtasida hanuzgacha jamiyat uchun tushunarsiz bo’lib kelayotgan til munosabatlari shakllangan. Ular orasidagi nizolar allaqachonlardan beri vujudga kelgan. Har bir mamlakat bu tilga o’zi tomondan yangiliklar kiritishga harakat qiladi. Amerikaning yosh avlodiga taniqli bo’lgan Noa Uebster lug’atning o’zi kashf etgan variantini o’rganishni taklif qilgan.
Shunday payt ham bo’lganki bu tilda gapirish taqiqlangan. Bunday qonun 1969 yilda AQSHning Illinoys shtatida chiqqan. Ularning rasmiy tili amerika tili deb tan olingan. Birinchi qarashda ularning orasida hech qanday farq ham yo’qday tuyuladi, ammo aslida esa ingliz tilining 24 shevasi mavjud. Bu turli asarlarning mualliflari bo’lgan yozuvchilar uchun mislsiz qiyinchiliklar tug’diradi. Mana, masalan mashhur qahramon Garri Potter to’g’risidagi kitob. Uni butun Amerika aholisi bemalol o’qiy olishi uchun ingliz tilidan Amerikacha ingliz tiliga tarjima qilishga to’g’ri kelgan.
Ingliz tili harflari
Juda qiziqarli fakt aniqlangan! Lug’atda eng ko’p uchraydigan harf – E, eng kam uchraydigani esa – Q.
Amerikadagi ingliz tili bilan bevosita tanish bo’lganlar bir hil harflar turli talaffuz qilinishi mumkinligini juda yaxshi biladi. Hammasi gap va uning intonatsiyasiga bog’liq. Gapdagi bitta harf bir necha xarf birikmalariga ega bo’lishi mumkin.
Ingiz tilini lug’atining interpretatsiyasida yana bir harf bo’lgan. Bu o’ziga hos “&” ishorasi ham so’zlarda uchrab turgan. Uning hozir bo’lishi so’zning ma’nosini zarracha o’zgartirmagan, shuning uchun ham bugungi kunda bu harf ingziz tilidagi so’zlardan chiqib ketgan bo’lsa kerak.
Ingliz tilining so’zlari
Deryali har bir tilda o’zining talaffuzi, imlo qoidalari va jaranglashi bilan ajralib turadigan so’zlari bor. Ingliz tili ham bundan mustasno emas. Keling bir necha misolni ko’rib chiqaylik: rhythms so’zining tarjimasi – ritmlar. Bu so’zda birorta ham unli harf yo’q va u ingliz tilida bu tarzdagi eng uzun so’z deb hisoblanadi.
Indivisibiliti –bu birlik. E’tibor bergan bo’lsangiz (i) unli harfi bu so’zda 7 marta uchraydi. Bu so’z ingliz tili uchun eng oddiy so’zlardan bittasi.
Keyingi so’z -set. Birinchi qarashda mittigina bo’lib ko’ringan bu so’z fe’l uchun 44 xil, ot uchun 17 xil va sifat uchun 7 xil ma’noga ega. Bu hali hammasi emas! Ushbu so’z talaffuzining juda ko’p variantlari mavjud. Bu so’zning xilma-xilligi tarjimani qiyinlashtiradi, shuning uchun ham so’zning talaffuzi bilan butun gapning ma’nosiga chuqur e’tibor berish kerak.
Ingliz tilida eng uzun so’z hisoblanadigan so’z ham mavjud – bu Pneumonoultramicroscopicsilicovolcanoconiosis. Bu so’z ingliz tilida haqiqatdan ham ishlatilishiga ishonish qiyin. U kasallikni va uning nomlanishini anglatuvchi gap sifatida tarjima qilinadi. Xatto oddiy lug’atda ham tasavvufli holatlar uchrab turadi. Uzoq 1932 yildan 1940 yilga qadar dord – sharpa so’z mavjud bo’lgan.Uning hech qanday ma’nosi bo’lmagan, chunki u anglashilmovchilik natijasida lug’atga qo’shilib qolgan.
Ingliz tilidagi gaplar
Tez aytish o’yini nafaqat boshqa tillarda, ingliz tilida ham uning o’ziga yarasha o’rni bor. Masalan ularning biri – The sixth sick sheik’s sixth sheep’s sick.
Harflarni yaxshilab o’rganish uchun ingliz tilining barcha harflari hozir bo’lgan gap ham mavjud.
“I am” bilan “Ido” so’z iboralarini deyarli har bir maktab o’quvchisi biladi. Bu iboralar eng qisqa gaplar.
Eng uzun gapga kelsak, uning tarkibida 13 955 nafar so’z bor.
Ingliz tilining tarixiy merosi
Ingliz tilining dunyoga kelish tarixi o’z ildizlari bilan Germaniya tomonga qarab ketadi. O’rta asrlarda Germaniyaning qabilalari qachonlardir rimliklar tomonidan o’zlashtirilib olingan Britaniya yeriga bostirib kirgan va muloqot davomida yangi tushunarsiz til vujudga kelgan. Qadimiy ingliz tili hozirgisidan farq qiladi. Masalan: “bride” so’zining tarjimasi “kelin”, qadimiy tilda esa bu yegulik tayyorlash jarayonining anglatgan.
O’sha davrlardan buyon ko’p so’zlar o’zgatirilgan, so’zlarning nafaqat jaranglashi-yu ma’nosi, imlo yoidalari ham o’zgarib ketgan. Yana shunisi ma’lumki, 15 asrga qadar bu tilda tinish belgilari umuman bo’lmagan.
Bu til boymi yoki kambag’almi?
Ingliz tilini sevuvchilarning ko’pchiligi bu til soddaligi va kundalik hayotiyligi tufayli juda ommalashib ketganligi to’g’risidagi nazariyani doim ta’kidlaydilar. Biroq bu nazariya rad qilinishiga loyiq. O’zingiz tasavvur qilib ko’ring – aynan shu tilda tahminan 800 mingdan ortiq so’z bor. Nafaqat so’zlar, balki sinonim qatorlari ham o’zining talaffuz etilishi bilan juda boy. Masalan: “drunk” so’zining tarjimasi “mast” ma’nosini beradi, bu oddiy so’zning 2241 sinonimi mavjud, bu juda katta son. Bu rekord xatto Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritilgan. Bunaqasini boshqa birorta tilda ham topa olmasligingiz aniq.
Ingliz tili birjoyda turib qolgani yo’q, u doimo yangi so’zlar bilan yangilanib boryapti. Bu ham tilni yaxshiroq o’rganib olish uchun juda zarur.
Yuqorida keltirilgan faktlarga asoslanib shunday xulosa chiqarish mumkinki, bu til hali juda uzoq yillar (ehtimol asrlar) davomida insoniyat muloqot uchun foydalanib kelayotgan tillarning tojdori bo’lib qoladi. Uni o’rganish tinmay rivojlanishga tayyor barcha talabalar, o’quvchilar va oddiy odamlarning asosiy maqsadi bo’lib boradi.
Ingliz tilini to‘g‘ri o‘rganish bo‘yicha 12ta ko‘nikma
O‘qish mahoratini rivojlantirish, grammatika va til qurilishini anglash, so‘zlarni yodda saqlash, ularning ifoda hamda talaffuzini o‘rganish muhim ahmiyatga ega. Bu ko‘nikmani egallash uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin.
1) Inglizcha kitob, jurnal, gazeta o‘qing
Xorijiy til o‘rganishning oltin qoidasi – ko‘p o‘qishdir. Unutmang: bu ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, og‘zaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Modomiki, til o‘rganish masalasida qat’iy fikrda ekansiz, internetdan o‘zingizni qiziqtirgan mavzudagi biron kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam o‘qib boring.
- onlinenewspapers.com
- gutenberg.org
2) Qo‘l telefoningiz va kompyuteringizning tilini inglizchaga o‘tkazing
Telefoningiz, kompyuteringiz dasturini inglizchaga o‘zgartirish, bajaradigan amalingizni ma’lum bir so‘z bilan bog‘lash va buni har kuni bajarish so‘z boyligingizni orttiradi. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar tilini ham o‘zgartirish yangi bilimlar o‘rganishingizda yordam beradi.
3) Mobil ilovalardan foydalaning
Mobil jihozlar va ilovalar ingliz tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun cheksiz imkondir. Texnika taraqqiyoti yashin tezligida ildamlab borayotgan bir vaqtda bu imkondan foydalanish tamoman sizning ixtiyoringizda. O‘qishdan yoki ishdan uyga qaytar ekansiz, telefonga yuklangan bir qancha bepul ilovalar yordamida so‘z yodlashingiz o‘qish va anglash ko‘nikmangizni orttiradi.
- learnenglishbritishcouncil.org
- duolingo.com
- busuu.com
YoZISh
Inglizcha yozish o‘zlashtirilishi eng qiyin malakalardan biridir. Odatda, xorijiy oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlardan esse, motivatsion maktub yozish talab qilinadi. Yozish davomida qisqa ifodalar o‘rniga bog‘lovchilar va yordamchi jumlalarni qo‘llash, fikrni kengaytirilgan holda ifodalay olish juda muhimdir.
4) Blog yozing
Bugungi kunda blog yozish, fikrlar, qiziqishlar, biror mavzu yuzasidan mulohazalarni bildirish keng tarqalgan. O‘zingiz uchun inglizcha bir blog oching. Boshida qiynalishingiz tabiiy, ammo xotirangizdagi so‘zlarni «uyg‘otish» uchun bu usul juda katta yordam beradi.
5) Yangi so‘zlarni e’tiborda tuting
Bu sizga anchayin tanish usul. Yangi so‘zlarni yozilgan qog‘oz parchalarini tez-tez ko‘zingiz tushadigan yerga yopishtiring va ularni har kuni o‘qib boring. Buning natijasini esa bir necha kunda o‘zingiz ko‘rasiz!
6) Forumlardagi bahslarda ishtirok eting
Tasviriy san’at, musiqa, teatr, adabiyot kabi san’at turlari, shuningdek, siyosat, texnologiya, moda olami, pazandachilik kabi mavzularga qiziqishingiz bo‘lsa, demakki, forumlar aynan siz uchun. Qiziqishlari sizga yaqin bo‘lgan insonlar bilan bu mavzular haqida fikr almashish, bahslashish yangi so‘zlar va iboralarni qo‘llashingizga turtki beradi.
TINGLASh
Bu ko‘nikmani rivojlantirib borish muhim hamiyatga ega. Ayniqsa, xorijda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar borgan mamlakatlarida qiynalmasliklari, darslar, seminarlar yoki bahslarda faol qatnashishlari uchun bu ko‘nikmani rivojlantirishlari lozim.
7) Inglizcha qo‘shiq tinglang
Xorijiy tilini rivojlantirmoqchi bo‘lganlarga ilk tavsiyalardan biri o‘rganayotgan tillarida ko‘p qo‘shiq eshitishdir. Bu esa ham so‘zlarni, ham ularning talaffuzini o‘rganishingizda, shuningdek, qulog‘ingiz notanish so‘zlarga moslashishida asqotadi. Qo‘shiqni tinglar ekansiz, uning turiga, oson tushunilishiga, qo‘shiq matnining qancha qismini qog‘ozga tushira olishingizga ham diqqat qilib boring.
8) Inglizcha TV-kanallarini tomosha qiling
Amerika va Angliya TV kanallarida efirga uzatiladigan seriallarni, shoularni, xabarlarni, filmlarni ko‘rish eng foydali usullardan biridir. Dastlabki bosqichda subtitr bilan tomosha qilib, keyin yozuvsiz holda anglashga urinib ko‘ring.
9) Musobaqalarda qatnashing
Turli millatga mansub nomzodlar qatnashuvchi simpozium va musobaqalarda ishtirok etib, tajriba orttiring. Talaffuzingiz tozalanib borishiga e’tibor qarating.
10) Podkast tinglang
Podkastlar muayyan bir mavzudagi ovozli yoki tasvirli materiallardir. Internet – podkastlariga osonlik bilan yetishishda asosiy vosita. Sevgan mavzularingizdagi efirlarni tinglash asta-sekin bu boradagi mahoratingizni oshiradi, sizga motivatsiya beradi.
- librivox.org
- audible.com
MULOQOT
«Tushunaman, ammo gapira olmayman» degan gaplar bot-bot qulog‘imizga chalinadi. Xorijdagi ish beruvchi tashkilotlar ham TOYeFL yoki IYeLTS kabi sinovlardan olgan sertifikatlaringizga emas, nutq mahoratini qay darajada egallaganingizga e’tibor qaratadi. Demak, bu muhim.
11) O‘zingiz gaplashing va yozing
Muloqot qilish mahoratini rivojlantirish uchun eng samarali usullardan biri so‘nggi paytlarda mashhur bo‘lgan onlayn va bepul ovoz yozish dasturlaridir. Nutqingizni yozib olib, ona tili inglizcha bo‘lgan do‘stingizga tinglatishingiz, xatolaringiz bo‘lsa, ulardan yordam so‘rashingiz mumkin.
- Online Voice Recorder
- Voice Spice Recorder
12) Inglizzabon do‘stlar orttiring
Muloqot qila olish mahoratingizni rivojlantirish uchun inglizzabon do‘stlar orttiring. Internetdagi ko‘plab saytlar madaniyatlar bilan tanishuv, xorijiy til o‘rganish, dunyoning turli mamlakatlaridan do‘st orttirish uchun mo‘ljallangan platformalardir. Shuningdek, Telegram, WhatsApp, Skype kabi ilovalar yordamida o‘rtoqlaringiz bilan jonli suhbat qurish imkoningiz bor.
Otabek Tillayev tayyorladi