Press "Enter" to skip to content

Adabiyot 7-sinf

11.”Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mish bilan Xolbeka necha kun tulupda (tuyaning terisi) , necha kun sahroda qolib ketishdi? a) besh va olti b) olti va to’ qqiz c)uch va to’qqiz d) bir va besh

8-sinf (I qism) Adabiyot fanidan test savollari

1.”Hayotda ko’rayotganlarim go’yo yuragimning ustini shilib tashlagandek bo’ldi. Shundan buyon mening qalbim har bir nohaqlikdan,adolatsizlikdan ta’sirlanib, achishadigan bo’lib qoldi”. Bu fikrlar qaysi rus adibiga mansub?

a)A,Pushkin b) M.Lermontov

c) S.Yesenin d) M.Gorkiy

2.”Bugungi murakkab va tahlikali zamonda . ning bashariyatni ertangi kunini o’ylab, odamlarni ezgulik, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag’rikenglikka da’vat etishga qaratilgan haroratli so’zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda”. Prezidentimiz tomonidan aytilgan ushbu nutqda kim haqida gap ketgan?

a) o’qituvchi b) tarixchi c) yozuvchi d) adabiyotshunos

3.”Bugungi murakkab va tahlikali zamonda . “ Bu fikr Prezidentimizning qaysi asaridan olingan?

a)Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch b)Karimov I. Adabiyotga e’tibor- ma’naviyatga e’tibor.

c)Karimov I. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. d)Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.

4.Hayot haqiqati (hatotda yuz bergan voqea hodisaiar) badiiy haqiqat (chinakam badiiy asar)ga aylanishi uchun ijodkor nimaga ega bo’Iishi lozim?

a) o’tkir qalam b) o’tkir so’z ustaligi c) tug’ma iste’dod d) badiiy fikrlash

5.Folklorshunos To’ra Mirzayevning ma’lumotiga ko’ra, yirik dostonchilik maktabiari qachon paydo bo’lgan?

a) XIX asrda b) XV – XVI asrlarda c) XIX asrning boshlarida d) X – XII asrlarda

6.”O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Xalq baxshisi” unvoni qachon ta’sis etilgan?

a) 1999 yil 21 sentabr b) 2000 yil 14 mart c) 2002 yil 14 aprel d) 2003 yil 21 aprel

7.”Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mish 14 yoshdan keyin qanday hunarlarni o’rgandi?

a)qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, ko’pkari, chopish b)qilichbozlik, nayzabozlik, ko’pkari, chopish kabi sipohiylik c)miltiq otish, nayzabozlik, ko’pkari, chopish kabi sipohiylik d)qilichbozlik, miltiq otish, ko’pkari, chopish kabi sipohiylik

8.”Kuntug’mish”dagi epizodik obrazlar qaysilar?

a)Qosim, Mullabachcha, Zamongul, chorvadorlar b)Qosim, Mullabachcha, Zamongul, baliqchilar

c)a va b d)Qosim, Xolmo’min, Mullavachcha, Zamongul

9.”Kuntug’mish” dostonida Xolbeka kimning qizi edi?

a) Toyir vazirning b) Shoir vazirning

c) podshoning d) dehqonning

10.”Kuntug’mish” dostonida “Xon g’azabi-Xudo g’azabi”, deb necha o’rinda kimlar tomonidan aytilgan?

a)ikki o’rinda; umarolar b)bir o’rinda; ulamolar c)ikki o’rinda; ulamolar va xon d)uch o’rinda; ulamolar, xon, Zamongul

11.”Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mish bilan Xolbeka necha kun tulupda (tuyaning terisi) , necha kun sahroda qolib ketishdi? a) besh va olti b) olti va to’ qqiz c)uch va to’qqiz d) bir va besh

12.”Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mish nega daryodan qayiqda o’tmadi?

a)qayiqlarni Azbarxo’ja teshib ketgan edi b)Azbarxo’ja qayiqlarni cho’ktiriib ketgan edi

c)qayiqda suzishni bilmas edi d)qayiq uchun pul to’lash kerak edi

13.”Kuntug’mish”da Gurkiboy va Mohiboy nega Zangar shahrida bandi qilindi?

a)Olatog’da o’n minguyli qulning yilqisini olgani uchun b)Yasovulboshini o’ldirgani uchun

c)a va b d)Olatog’da cho’ponlar bilan kelishib, 10 ming uyli qo’yni haydab ketgani uchun

14.”Kuntug’mish”da go’dak Gurkiboy va Mohiboylar qaysi cho’lda qolib ketishgan edi?

a) Qurudumning cho’lida b) Zarchamanning cho’lida c) Zangarning cho’lida d) No’g’ayning cho’lida

15.”Kuntug’mish”da Qoraxon podsho o’zining o’rniga kimni qo’ygan edi?

a) vazirini b) xotinini c) qushbegini d) ukasini

16.Xalq dostonchiligining ko’pchiligiga xos xususiyat nima?

a)ishq-muhabbat mavzusining ustunligi b)sarguzashtga boyligi c)qahramonlik d)barchasida bir xil qoliplaming uchrashi

17.Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et. Ushbu bayt kimniki?

a) Navoiy b)Bobur c) Nodira d) Uvaysiy

18.Janriy jihatdan “Kuntug’mish” dostoni qaysi guruh dostonlarga kiradi?

a) ishqiy-qahramonlik b) ishqiy-sarguzasht c) ishqiy-muhabbat d) tarixiy-qahramonlik

19.Yusuf Xos Xojib qayerda tug’ilgan? a)Balosog’un b)Koshg’ar c)Quzo’rda d)avac

20.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” dostoni nechanchi yillarda yozilgan?

a)hijriy 462, milodiy 1069-1070-yili Koshg’arda yozib tugallangan b)hijriy 460, milodiy 1067-1068-yili Koshg’arda yozib tugallangan c)hijriy 462, milodiy 1069-1070-yili Bolosog’unda yozib tugallangan d)hijriy 462, milodiy 1069-1070-yili O’rdukentda yozib tugallangan

21. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik”ning hajmi necha baytdan iborat bo’lgan va necha yil mobaynida yozilgan? a) bir ming, 409 bayt, bir yil b) 3 ming bayt, ikki yarim yil

c) 4 ming 409 bayt, ikki yil d) 6 ming 409 bayt, bir yarim yil

22. O’z e’tirofiga ko’ra, “Qutadg’u bilik” asarini Yusuf Xos Xojib necha yoshlarida yozgan?

a) 40 yoshlarida b) 50 yoshlarida c) 30 yoshida d) 60 yoshlarida

23. Yusuf Xos Xojib “Qutadg’u bilik”ni kimga taqdim etadi?

a)Muhammad al-Muqtadoga b)Dod Sipohsolorga c)Muhammad Xo’jabekka d)Tavg’achxon Ulug’ Bug’ra Qoraxonga

24. Yusuf Xos Xojib “Qutadg’u bilik” asarining Alisher Navoiy tavalludidan ikki yilgina oldin ko’chirilgan nusxasi?

a) Vena nusxasi b) Namangan nushasi c) Qohira nushasi d) b va c

25. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asari haqida nega Alisher Navoiy va Bobur asarlarida hech narsa deyilmagani sababi?

a)chunki uning bor yo’g’i uch nusxasigina saqlanib qolgani b)chunki asar keyinchalik ma’lum bo’lgan

c)asar mavzusi didaktik bo’lgani uchun d)bunday asarlar ko’p bo’lgani uchun

26. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” dostonining qadimiy nusx¬asi qaysi?

a) Namangan nushasi b) Qohira nushasi c) Vena nusxasi d) a va c

27. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” dostonining Vena nusxasini kim o’rgangan?

a) Hammer Purgshtall b) Jaubert Amadee c) Fitrat d) V.V.Radlov

28. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” dostonining 31-bobi nima haqida?

a)Obob-axliq haqida b)Nafs va uning namoyon bo’lishi haqida c)Beklikka loyiq bek qanday bo’lishi haqida

d) Qanoat, oriyat, ofiyat haqida

29.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asarida yozilishicha, Bek qaysi illatdan ehtiyot bo’lmog’i lozim? l.ShoshqaloqIik. 2,Ochko’zlik. 3.Jaholat. 4. Buzuqfe’llilik. S.Yolg’onchilik. 6.Iymonsizlik.

a) 1,2, 3,4, 5 b) 2, 3, 4, 5, 6 c) 1,2,-3,4, 5 d)2,3,4,5,6

30.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik”asarida muallif Bek so’zini qaysi so’z bilan bog’liq deydi?

a) bilik so’zi bilan b) birdamlik so’zi bilan c) sultonlik so’zi bilan d) hamjihatlik so’zi bilan

31.”Qutadg’u bilik”da nimalar el uchun bog’ich, deb aytilgan?

a) sadoqat va saodat b) hushyorlik va siyosat c) siyosat va davlat d) ogohlik va hushyorlik

32.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asarini ommabop shaklda she’riy yo’l bilan o’zbekchalashtirgan tarjimon kim? a) Aziz Qayumov b) Homidjon Homidiy c) Boqijon To’xliyev d) Qayum Karimov

33.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” dostonini baytma-bayt bugungi o’zbek tiliga tabdil qilgan olim kim?

a) Aziz Qayumov b) Homidj on Homidiy c) Boqijon To’xliyev d) Qayum Karimov

34.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik”ida EIni boshqarishning ikki asl ildizi nima deyiladi?

a)biri – xalqqa adolat qilish, biri – lashkarga kumush ulashish b)biri – sadoqatli bo’lish, biri – chegarani saqlash

c)biri – adolat, biri – shavqat d)biri – hushyorlik, biri – donolik

35.Yusuf Xos Xojib “Qutadg’u bilik” asarining Qohira nusxasi qaysi yozuvda yozilgan?

a)uyg’ur b)arab c)arab yozuvining turkiy alifbosida d)uyg’ur yozuvining turkiy alifbosida

36.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asarining Namangan nusxasi qaysi adabiyotshunos tomonidan o’rganilgan?

a)AbduraufFitrat b)Muhammad hoji Eshon c) Qayum Karimov d) Boqijon To’xliyev

37. “Qutadg’u bilik” qanday sheriy shaklda va aruz vaznining qaysi bahrida da yaratilgan?

a)masnaviy, vazni – mutaqoribi musaddasi mahzuf b)masnaviy, vazni -hazaji musammani solimda

c)masnaviy, vazni – ramali musaddasi mahzufda d)musaddasda, vazni – mutaqoribi musammani mahzuf

39.Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohiar haqidagi asarlar asosan aruz vaznining qaysi bahrida yozilgan?

a) ramal b) hazaj c) mutaqorib d) rajaz

40.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asarini “Baxtliklanish bilimi” deb o’girgan adib kim?

a) Fitrat b) Cho’lpon c) G’afur G’ulom d) Avloniy

41.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asarini kimlar “Adab ul-muluk” (“Podshohlar odobi”) deb nomlashgan?

a) eronliklar b) arablar c) chinliklar d) turonliklar

42.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik”idagi Kuntug’di (chiqqan Quyosh) – elig, ya’ni hukmdor nimaning ramzi?

a) baxt va davlat b) adolat c) aql d) sog’lomlik

43.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asaridagi Oyto’ldi (to’lgan Oy) – vazir nimaning ramzi?

a) baxt va davlat b) adolat c) aql va zakovat d) sog’lomlik

44.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asaridagi O’gdulmish (aqlga to’lgan) – vazirning o’gli nimaning ramzi?

a) baxt va davlat b) adolat c) aql va zakovat d) sog’lomlik

45. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asaridagi O’zg’urmish – vazirning qarindoshi nimaning ramzi?

a)qanoat b) ofiyat c)sog’lomlik d)a,b,c

46. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asari necha bobdan tashkil topgan?

a)nasriy hanida she’riy muqaddima b)71 maxsus bobdan tashkil topgan

47.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asarida “Agar – . arslon itlarga bosh bo’isa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo’lib qolishi mumkin”, degan kim?

a) O’gdulmish b) Oyto’ldi c) O’ zg’ urmish d) Kuntug’ di

48.”Sharqqa she’riyatni o’rgatib bo’lmaydi”, deya qaysi adib aytgan?

a) M. Shayxzoda b) A. Oripov c) E. Vohidov d) Fitrat

49.”Didaktika” so’zining ma’nosi, qaysi tildan olingan?

a)yunoncha, didaktikos – ibratli b)yunoncha, didaktikos – tarbiya usuli

c)lotincha, didas – uchi o’tkirlangan tayoq d)lotincha, didaktikos – aql

50.Sharq so’z san’atida pand-nasihat ruhi ustunroq, u shunisi bilan G’arb adabiyotidan farq qiladi. Ushbu fikrlarni kim bildirgan? a) Abu Ali ibn Sino b) Forobiy c) Beruniy d) Xorazmiy

51.Dikdaktik adabiyotni necha turga tasniflash(klassifikatsiya) mumkin?

a)2: nasriy, she’riy b)3: nasriy, she’riy, hajviy c)3 ta: nasriy, nasriy she’riy, she’riy d)4: nasriy, she’riy, nasriy she’riy, nazmiy

52.”Qobusnoma”, “Ming bir kecha”, “Panchatantra”, “Kalila va Dimna” qaysi turdagi didaktik asarlarga kiradi?

a) nasriy b) she’riy c) nasriy-she’riy d) hajviy

53.Keyinchalik “Kalila va Dimna” nomi bilan mashhur bo’lib ketgan asarning nomini toping?

a) “Panchatantra” b) “Pandnoma”c) “Qobusnoma” d) “Gulzor”

54.”Gulzor”, “Miftoh ul-adl” kabi asarlar muallifi kim?

a) So’fi Olloyor b) Xoja – Poshoshxoja c) Huvaydo d) Lutfiy

55.Nasriy-she’riy asarlar sirasiga kiradigan asarlarni toping?

a)”Guliston”, “Mahbub ul-qulub” b)”Zarbulmasal”, “Bo’ston”

c)”Hayrat ul-abror”, “Qutadg’u bilig” d)a va b

56.She’riy didaktik asarlar sirasiga kiruvchi asarlar?

a)”Qutadg’u bilik”, “Gulshan ul-asror” b)”Mahzan ul-asror”, “Hayrat ul-abror”

c)a va b d)”Zarbulmasal”, “Bo’ston”

57.Shukrulloning “Javohirlar sandig’i” asari didaktik asarlarning qaysi turiga mansub?

a) nasriy b) she’riy c) nasriy-she’riy d) aralash

58.”Mavlono” sifati, “malik ul-kalom” unvonlari bilan mashhur bo’lgan shoir kim?

a) Lutfiy b) Navoiy c) Gadoiy d) Atoiy

59.Lutfiyning to’qson to’qqiz yoshida olamdan o’tgani va qabri o’z maskani bo’lgan Dehikanorda ekanligi haqidagi ma’lumotlar qaysi asarda eslab o’tilgan?

a)Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” b)Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”

c)Ahmad Taroziy “Funun ul-balog’a” d)Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirai Davlatshohiy”

60.Qaysi asarda Lutfiy haqida o’z zamonasining malik ul-kalomi ekanligi, forsiy va turkiy tilda tenggi yo’q ekanligi va turkiy devoni mashhurligi yoziladi?

a)Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” b)Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”

c)Ahmad Taroziy “Funun ul-balog’a” d) Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirai Davlatshohiy”

61.Qaysi asarda Lutfiy haqida Toshkentlik degan nisbani anglatuvchi “Lutfiyi Shoshiy”, deya tilga olingan?

a)Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” b)AlisherNavoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”

c)Ahmad Taroziy “Funun ul-balog’a” d)Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirai Davlatshohiy”

62.Ahmad Taroziyning keying yillarda Amerika Qo’shma Shtatlaridan topilgan topilgan “Funun ul-balog’a” asari qaysi yo’nalishdagi asar?

a)tilshunoslik yo’nalishidagi b)adabiyot nazariyasi yo’nalishidagi c)tazkira yo’nalishidagi d)hasbi hol yo’nalishidagi

63.Lutfiyning “Inonma” radifli g’azali aruzning qaysi bahrida yozilgan?

a) ramali musammani mahzuf b) hazaji musaddasi mahzuf

c) hazaji musammani axrabi d) ramali musaddasi mahzun makfufi mahzuf

64.Lutfiyning “Inonma” radifli g’azaliga kim tomonidan nazira-o’xshatish bitilgan?

a) Boborahim Mashrab b) Nodira c) Anbari Barno d) Jahonotin Uvaysiy

65.Lutfiyning “Inonma” g’azalining radifida qaysi badiiy san’atdan foydalanilgan?

a) takrir b) tazod c) tajnis d) talmeh

66.Lutfiyning “Yo’qtur guzarim xoh inon, xoh inonma”g’azalidagi “guzar” so’zi qaysi ma’noda kelgan?

a) o’tish b) kelish c) ketish d) o’tirish

67.Nodira Lutfiyning qaysi g’azaliga o’xshatma-nazira yozgan?

a)”Ne bo’lursan” radifli g’azaliga b)”Xoh inon, xoh inonma” radifli g’azaliga

c)”Qilg’ali” radifli g’azaliga d)”Bu ko’nguldir, bu ko’ngul” radifli g’azaliga

68.Lutfiyning “Bu ko’nguldir, bu ko’ngul” radifli g’azali qaysi bahrda yozilgan?

a)ramali musaddasi mahzuh (yoki maqsur) b)ramali musammani mahzuh (yoki maqsur)

c)hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur) d)hazaji musammani mahzuh (yoki maqsur)

69.Lutfiyning “Bu ko’nguldir, bu ko’ngul” radifli g’azali qaysi mavzuda?

a)ilohiy (orifona) ishq mavzusida b)an’anaviy ishqiy (oshiqona) mavzuda

c)ijtimoiy mavzuda d)rindona mavzuda

70.Mumtoz adabiyotimizning asosiy tasvir manbai nima?

a) ko’ngul b) yor c) oshiq d) ishq

71.Lutfiyning “Ayoqingga tushar har lahza gisu. ” g’azali qaysi bahrda yozilgan?

a)ramali musaddasi mahzuh (yoki maqsur) b)ramali musammani mahzuh (yoki maqsur)

c)hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur) d)hazaji musammani mahzuh (yoki maqsur)

72.Lutfiyning qaysi g’azali maqollar asosiga (irsoli masal san’ati) qurilgan?

a)”Ne bo’lursan” radifli g’azali b)”Nozuklik ichra belicha yo’q tori gisuyi. ” g’azali

c)”Xoh inon, xoh inonma” radifli g’azali d) “Ayoqing’a tushar har lahza gisu. ” boshlanmali g’azali

73.Lutfiy g’azalidagi “Tiloganni – tilogu” maqolining ma’nosi?

a) tilaganga yordam ber b) tilagingga et c) tilagan kishi tilagiga etadi d) tilaklar ezgu bo’ lsin

74.Oshiq yorning qaysi xislatidan “kabki dariyg’a” kim bo’lishini aniqlashtiradi?

a)chiroyli kulishidan tovusga o’xshatadi b)chiroyli yurishidan tog’ kakligiga

c)tishlarini durga o’xshatadi d)sochlarini suvdagi sunbulga qiyoslaydi

75.Tuyuq, albatta aruzning qaysi vaznida yozilishi shart?

a) ramali musaddasi mahzuf b) hazaji musaddasi mahzuf

c) ramali musammani mahzuf d) hazaji musammani mahzuh

76.UI parikim, telbalarga ishqidin monand edim, Zulfi zanjirida Majnundek asiri band edim, Javrida qone’ bo’lub, vasliga hojatman edim, Shavqidin dam urmayin bedodiga xursand edim, Vahki, bo’ldum hajridin rasvoyi davron oqibat, – Ushbu muxammas bandi qaysi shoirga tegishli, undagi “edim” so’zlari sher’ning qanday tarkibiy qismi?

a) Lutfiy, qofiya b) Navoiy, ichki radif c) Bobur, asosiy radif d) Nodirabegim, qofiyaning ikkinchi so’zi

77.UI parikim, telbalarga ishqidin monand edim, Zulfi zanjirida Majnundek asiri band edim, Javrida qone’ bo’lub, vasliga hojatman edim, Shavqidin dam urmayin bedodiga xursand edim, Vahki, bo’ldum hajridin rasvoyi davron oqibat, – Ushbu banddagi “oqibat” so’zi sher’ning qanday tarkibiy qismga ki-radii?

a) qofiya b) radif c) ichki radif d) asosiy radif

78.Navoiyning “Xamsa”dagi qaysi dostoni radiflarning rang-barangligi jihatidan boshqa dostonlaridan farqlanib turadi? a) “Hayrat ul-abror” b) “Farhod va Shirin” c)”Sab’ayi sayyor” d) “Saddi Iskandariy”

79.”Muqarrabi shohiy” so’zining ma’nosi nima?

a) shohning yaqin qarindoshi b) shohning eng yaqin kishisi c) shohning do’sti d) shohning ulfati

80.Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarlarida bu ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz. Gap qaysi san’at haqida ketmoqda?

a) tazod b) tajnis c) g’uluv d) irsoli masal

81.”Gul va Navro’z” asarining muallin kim?

a) Lutfiy b) Gadoiy c) Komil Xorazmiy d) Haydar Xorazmiy

82.Badiiy san’atlar necha turga bo’linadi?

a) 2 ta: she’riy va nasriy b) 2 ta: lafziy va ma’noviy c) 4 ta: she’riy, nasriy, she’riy- d) turlarga bo’linmaydi nasriy, ma’noviy

83.Tajnis qanday san’at turiga kiradi?

a) lafziy b) ma’noviy c) shakldoshlik d) a va b

84.Navoiyning “Kelmadi” radifli g’azali unung qaysi devonidan?

a) “G’aroyib us-sig’ar” b) “Badoye ul-vasat” c) “Navodir un-nihoya” d) “Mantiq ut-tayr”

85.”Kelmadi” radifli g’azalidagi begona bayt qaysi?

a)Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’ kelmadi, Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

b)Ul parivash hajridakim, yig’ladim devonavor, Kimsa bormukim anga ko’rganda kulgu kelmadi.

c)Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglung uyin, Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.

d)Tolibi sodiq topilmas, yo’g’sa kim qo’ydi qadam, Yo’lg’akim awal qadam ma’shuqi o’tru kelmadi.

86.”Bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa, maqtaydi, kimni yomon ko’rsa, undan alamini oladi, g’azal umumyo’nalishiga u qadar bog’lanmaydiganroq gapi bo’lsa ham, shu yerda aytib qoladi”. G’azal haqidagi ushbu so’zlar kimniki va u qaysi baytni nazarda tutgan?

a)Abdulla Oripov, “begona bayt” b)Erkin Vohidov, “yakunlovchi bayt”

c)Maqsud Shayxzoda, “shoh bayt” d)Hamid Olimjon, “mustaqil bayt”

87.Navoiyning qaysi asarida may o’z ma’nosida keltirilgan?

a)”Xamsa” b)”Munshaot” c)”Holoti Sayyid Hasan Ardasher” d)b va c

88.Navoiy keltirgan “ummul xabois” iborasi nima uchun qo’llanadi?

a) chog’ir b) may c) boda d) hammasi

89. “May” so’zining turkiy ekvivalenti qanday?

a) chog’ir b) gulgun c) no’sh d) sharob

90.Rindona g’azallar qanday g’azallar?

a) yor ta’rifidagi g’azallar b) may ta’rifida kelgan g’azallar c) darveshona g’azallar d) oshiqona g’azallar

91.Qaysi tariqat XX asr boshlariga qadar davom etgan?

a) qodiriya b) yassaviya c) kubroviya d) naqshbandiya

92.Riyo-vu zug’d ahli kimlar?

a) ko’zbo’yamachi mas’harabozlar b) yolg’onchi zohidlar c) haqqiy zohidlar d) haqqiy oshiqlar

93.Navoiyning ilmiy-tarixiy manba hisoblangan asari?

a) “Nasoyim ul-muhabbat” b) “Muhokamat ul-lug’atayn” c) “Majolis un-nafois” d) “Xamsa”

94.Navoiy zamondoshlariga yo’llagan xatlarini yig’ib, qaysi nom bilan to’plam qilgan?

a) “Risola” b) “Xazoyin ul-maoniy”

c) “Munshaot” d) “Xamsatul mutaxayyirrin”

95.Tasavvufda “soch” nimaning timsoli?

a) tun va tundagi sirlarga ishora b) Allohning sirlariga bir ishora c) oshiqning hasrati d) pirning sirlari

96.Xizr suvi nimaning ishorasi?

a)abadiy hayot, ya’ni Yaratgan vasliga etishga intilish b)ko’ngilda AUoh aks etishi

c)Allohning sirlariga etishga bir ishorad)Allohga qilingan tavba-ta’zarru

97.Raddul – matla’ qanday san’at hisoblanadi?

a) maqta’ni takrorlash b) matla’ni takrorlash c) maqta’ va mabdaning o’rin d) mabda’ning radifi

98. Kim Navoiyni “hech kim ondek ko’p va xo’p yozg’an ermas”, deydi?

a) Bobur b) Xondamir c) Husayn Boyqaro d) Samarqandiy

99. Navoiyning “Shayx” radifli g’azalida din ahlining necha toifasi haqida gap ketadi?

a) 2: ahli riyo, ahli fano b) 2: ahli javo, ahli vafo c) 3: oshiqlar, darveshlar, imomlar d) a va b

100.AYSESKO tomonidan Toshkent shahri qachon, qanday nom bilan atalgan?

a)2009 yil, “Islom madaniyati poytaxti” b)2007 yil, “Islom madaniyati poytaxti”

c)2005 yil, “Islom madaniyati va ma’rifatining poytaxti ” d)2001 yil, “Islom ma’rifatning Vatani “

101.Xoja Bahouddin Naqshband, Abduxoliq G’ijduvoniy, Xoja UbayduUoh Ahror kabi tasawuf namoyandalarining yubileylari nechanchi yillarda o’tkazilgan?

a) 1993,2003,2004 b) 1992, 2004,2006 c) 2001,2002, 2003 d) 2010, 2011,2012

102.Kuyi shunday bo’lsa, g’amning o’ziga, Qanday chiday olgan ekan odamzod?! Ushbu satrlar kimning qaysi she’ridan olingan parcha?

a) A. Oripov, “Munojot” b) A. Oripov, “Munojotni tinglab”

c) E. Vohidov, “Navoiy” d) M. Yusuf, “Vatan”

103.Nodira o’zbekcha va forscha g’azallariga qanday taxallus tanlagan?

a) Komila, Maknuna b) Nodira, Mohlaroyim c) Mohlaroyim, Maknuna d) Maknuna, Nodira

104.Nodiraning qaysi devonida 189 ta g’azal mavjud?

a) forsiy devonida b) turkiy devonida c) “Firoqnoma”sida d) Qo’qon nusxasida

105.Nodiraning “Firoqnoma” she’rida “falak” timsoli zamirida nima ko’zda tutiladi?

a) dunyo b) osmon c) charxpalak d) butun insoniyat

106.She’riyatda “tajdid” nima?

a) an’anaviylik b)novatorlik c) o’xshatish san’ati d) qiyoslash

107.Qit’a janri qanday qofiyalanadi?

a) b-a, g-a, d-a b) a-a, b-a, g-a C) a-b, a-g, a-v d) b-b, a-b, a-g

108.Qit’a nimasi bilan g’azaldan farqlanadi?

a) qit’ada maq’ta bo’lmaydi, yani a-b bayti bo’lmaydi b)uning matla’si bo’lmaydi, ya’ni a-a bayti bo’lmaydi

c)qit’abilan g’azalning qofiyalanshi bir xil d)g’azal ko’proq oshiqona boiadi

109.”Ipga terilgan marvarid” ma’nosini beruvchi tushuncha?

a) masnaviy b) musallas c) musammat d) muashshar

110.Musammatlar nimasiga ko’ra mustaqil (tab’i xud) va tazmin bo’ladi?

a)ma’no-mazmuniga ko’ra b)yaratilish xususiyatiga ko’ra

c)bandlardagi misralarning soniga ko’ra d)boshqa janrlardan farqlanishiga ko’ra

111.Mumtoz adabiyotda besh misrali band nima deyiladi?

a) musallas b) muxammas c) murabba’ d) musabba’

112.Mumtoz adabiyotda to’qqiz misrali band nima deyiladi?

a) mustasne’ yoki tasne’ b) muashshar c) musaddas d) muxammas

113.Nodira “Ehtiyoj” she’rida qaysi taxallusni qo’llagan?

a) Maknuna b) Nodira c) Mohlaroyim d) Komila

114.Nodiraning qaysi g’azalida tanosib (o’zaro mutanosiblik) san’atiga qat’iy amal qilingan?

a) “Ne boiursan” radifli g’azalida b) “Kimga qildim bir vafokim. “

c) “Firoqnoma” d) “Na gul sayr ayla, na fikr bahor et”

115.Hozirgi tilshunosligimizda maqol, matal va iboralar nima deb yuritiladi?

a) folklor namunalari b) hikmatlar c) frazeologizmlar d) parafrazalar

116.Asosan tajnis san’atiga quriluvchi she’r shakli nima deyiladi?

a) chiston b) tuyuq c) fard d) qit’a

117.Fitratning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari?

a) “Sayha” b) “Hind sayyohi qissasi” c) “Muxtasar islom tarixi”, “O’qu” d) “O’qu”

118.Fitratning ilmiy asarlari?

a)”Bedil”, “O’zbek tili qoidalari to’g’risida bir tajriba” b)”Sarf, Nahv”, “Sarfi zaboni tojik”

c)”Adabiyot qoidalari” d)hammasi

119.Hamal oyining homiy sayyorasi deb aytiladigan planeta qaysi qatorda berilgan?

a) Zuhra b) Mirrix c) Mushtariy d) Yer

120.Fitrat qaysi she’rida o’zi va millatining dardiga najot topganday bo’ladi?

a) “O’gut” b) “Rahbari najot” c) “Abo Muslim” d) “Muxtasar islom tarixi”

121.Fitratning dastlabki yirik asari?

a) “Begijon” b) “Munozara” c) “Oila” d) “Cnin sevish”

122.Fitratning “Munozara” asari qayerda chop etilgan? a) 1909 yili Ankarada b) 1908 yili Olmoniyada

c) 1908 yili Hindistonda d) 1909 yili Istanbulda

123.Adibning “Sayha”, “Hind sayyohi qissasi” qaysi tilda yozilgan?

a) forsiy tilda b) turkiydac) o’zbek tilida d) zullisonaynlikda

124.Fitrat qayerda qanday jamiyat tashkil etadi?

a)1919-yili Samarqandda “Chig’atoy gurungi”ni b)1920-yiii Buxorada “Jamiyati xayriya”ni

c)1918-yili Toshkentda “Chig’atoy gurungi”ni d)b va c

125.Fitratning qaysi she’ri yigitlarga bag’ishlangan?

a) “O’qi” b) “O’gut” c) “Mirrix yulduziga” d) “Monolog”

126.Qaysi shoir “Yigit omon bo’lsa, xavfu xatar yo’q” , deb yozgan?

a) G’.G’ulom b) A. Oripov c) H. Olimjon d) M. Yusuf

127.Fitratning “Go’zalim, bevafo gulistonim” she’ri qaysi shoir she’riyatiga hamohang?

a) Usmon Nosir b) Cho’lpon c) Muhammad Yusuf d) Abdulla Oripov

128.G’.G’uIomning XX asrning 30-yillarida yozilgan qissalari berilgan qator?

a)”Netay”, “Yodgor”, “Tirilgan murda”, “Shum bola” b)”Shum bola”, “Mening o’g’rigina bolam”, “Yodgor”

c)”Ikki vasiqa”, “Shum bola”, “To’y”, “Tirilgan murda” d)b va c

129.G’.G’uIomning balladalari berilgan qator qaysi?

a) “Netay”, “Oltin medal” b) “To’y”, “Ikki vasiqa”

c) “Sharqdan kelayotirman”, d) “Men – yahudiy”, “To’y” “Kuzatish”

130. G’.G’ulom poemasi berilgan qator qaysi?

a) “Vaqt” b) “Sog’inish” c) “Ko’kan” d) “Ikki vasiqa”

131.G’.G’ulom 1943 yili Oybek bilan birga qanday unvonga ega bo’lgan?

a)akademik b) O’zbekistonQahramoni c) Xalq yozuvchisi d) doktor

132.G’.G’uIomning “Vaqt” she’rida keltirilgan Diana ma’badini yoqqan “mashhur” kimsa kim?

a) Gitler b) Chingizxon c) Gerostrat d) Iskandar

133.Gerostrat haqidagi afsonaga ishora G’.G’uIomning qaysi she’rida keltirilgan?

a) “Vaqt” b) “Sog’inish” c) “Men – yahudiy” d) “Kuzatish”

134.G’.G’uIomning mashhur asarlaridan qaysi biri haqida gap ketganda adabiyotshunoslar tomonidan “ma’naviy ota” iborasi ishlatilgan?

a) “Yodgor” b) “Sen etim emassan” c) “Shum bola” d) “Sog’ inish”

135.G’.G’uIomning qaysi asarida «o’zbek otasi»ning bo’rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosini uchratamiz?

a) «Yodgor» b) “Sen etim emassan” c)«Shumbola» d) “Sog’inish”

136.”Ne qilsa otaman, meros hissiyot. “ degan misralar quyidagi qaysi asarda uchraydi?

a)M.Yusuf, “Samarqandga borsam. ” b)M.Shayxzoda, “Mirzo Ulug’bek”

c)G’G’ulom, “Sog’inish” d)Firdavsiy, “Shohnoma”

137.G’.G’ulom “Sog’inish” she’rida yurakni nimaga o’xshatgan?

a) umidbaxsh chashma b) bir qatra simob c) o’rtanuvchi parvona d) umid beruvchi mayoq

138.G’G’ulom “Sog’inish” she’rida “tong otar chog’ida juda sog’inib” kimning asarlarini o’qiganini yozadi?

a) Navoiy b) Lutfiy c) Hofiz d) Bedil

139.Shoirning ikkinchi jahon urushi yillarida yozilgan she’rlari?

1. “Kuzatish” 2.”Yalovbardorlikka”. 3.”Sen yetim emassan” 4. “Turksib yolllarida” 5.”Vaqt” 6. “Onalar” 7. “Sog’inish” 8. “Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak. 9. Tirik qo’shiqlar; 10. Oltin medal; 11. Dinamo; 12. Men – yahudiy.

a) 1,2, 3, 5, 6,7,10 b) 2, 3,4, 5, 7, 9, 12

c) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 10 d) 1, 3, 5, 7, 8, 10, 12

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Adabiyot 7-sinf

Android Application Adabiyot 7-sinf, Разработанный Turkiston, Перечислен В Категории Книги И Справочники. Текущая Версия 1.0.0, Выпущенная На 08/07/2018 . Согласно Google Play Adabiyot 7-sinf, Достигнуто Более 99 Тысяча. Adabiyot 7-sinf В Настоящее Время Имеет Рейтинги 217 Со Средней Номинальной Стоимостью 4.4

Другой редактор Министерства издательской и печатной компании Республики Узбекистан является главной редакционной службой Министерства публикации и печати “Sharq” из Республики Узбекистан

Tashkent – 2017
Литература : Общее учебник среднего образования для 7 -го класса школ
. Redricted 4-Edition
/ q. Юлдашев, б. Касимов, В. Кадиров, J. Road Doshbe –
Kov. – Т.: «Шарк», 2017 – 368 с.

В Настоящее Время Мы Предлагаем Версию 1.0.0. Это Наша Последняя, ​​самая Оптимизированная Версия. Это Подходит Для Многих Разных Устройств. Бесплатно Скачать Непосредственно Apk Из Google Play Store Или Других Версий. Более Того, Вы Можете Скачать Без Регистрации И Не Требуется Входа В Систему.

У Нас Есть Более 2000+ Доступных Устройств Для Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet . С Таким Количеством Вариантов, Вам Легко Выбрать Игры Или Программное Обеспечение, Которое Соответствует Вашему Устройству.

Это Может Пригодиться, Если Есть Какие -Либо Страновые Ограничения Или Какие -Либо Ограничения Со Стороны Вашего Устройства В Google App Store.