Press "Enter" to skip to content

10 sinf huquq

O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida bu borada quyidagi fikmi keltirgan: «O’zbekistonning hududiy makon xususiyatlari, uning geografik o’rni bizning ichki va tashqi siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. O’zbekiston bugungi kunda qo’shni davlatlar Qozog’iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston o’rtasida bog’lovchi halqa vazifasini o‘taydi. Bulaming barchasi respublikaning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, diet el investitsiyalarini jalb qilish, O’zbekistonni davlatlar o’rtasida o’zaro foydali hamkorlikning, tovarlar va kapital tranzitining o’zida xos mintaqaviy markaziga aylantiradi».

O`zbekistonning geosiyosiy o`rni va munosabatlari

O`zbekiston dunyo hamjamiyati va siyosiy xaritasida o’ziga xos mavqega ega. U hozirgi kunda Birlashgan Millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan 193 davlatdan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi BMTga 2-mart 1992-yilda qabul qilingan.

O`zbekiston Yevrosiyo va Markaziy Osiyoning deyarli qoq o’rtasida joylashgan. Respublika hududi g‘arbdan sharqga 1425 kmga cho’zilgan, shimoldan janubgacha masofa esa 930 km. Eng baland nuqtasi Hazrat Sulton cho‘qqisi (Hisor tizmasi) dengiz sathidan 4643 m balandlikda, eng past nuqtasi Mingbuloq botig‘i -12 m.

Davlat ehegaralarining umumiy uzunligi 6221 km bo‘lib, shundan 2203 km yoki 1/3 qismi Qozog‘iston Respublikasiga, 1721 km Turkmanistonga, 1161 km Tojikistonga, 1069 km Qirg‘izistonga va 137 km Afg‘oniston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.

O`zbekistonning mikroiqtisodiy geografik o’rni (hududning o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga nisbatan tutgan o’rni) ancha qulayligi bilan xarakterlanadi. Bu holat, avvalo, uning Markaziy Osiyo respublikalarining qoq o’rtasida joylashganligi va barcha mintaqa davlatlari bilan to’g’ridan to’g’ri chegaradoshligi tufayli kelib chiqadi. O’zbekistonning mikro IGO’ qulayligi qo’shni respublikalar bilan barcha turdagi quruqlik transport (avtomobil, temiryo’l, quvur) tuzilmalari bilan nisbatan yaxshi bog’langanligida ham o’z ifodasini topadi. Mikro IGO’dagi bunday qulayliklar tarixiy davrlardan hozirgacha O’zbekistonni mintaqa davlatlari orasida aholisi eng zich, yirik shaharlarga boy, iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan darajaga olib chiqqan.

O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida bu borada quyidagi fikmi keltirgan: «O’zbekistonning hududiy makon xususiyatlari, uning geografik o’rni bizning ichki va tashqi siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. O’zbekiston bugungi kunda qo’shni davlatlar Qozog’iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston o’rtasida bog’lovchi halqa vazifasini o‘taydi. Bulaming barchasi respublikaning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, diet el investitsiyalarini jalb qilish, O’zbekistonni davlatlar o’rtasida o’zaro foydali hamkorlikning, tovarlar va kapital tranzitining o’zida xos mintaqaviy markaziga aylantiradi».

O’zbekistonning bunday qulay iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlari har bir qo’shnilari tomonidan aholisi zich joylashgan tutash (kontakt) hududlarda (Farg‘ona vodiysi, Zarafshon, Quyi Amudaryo mintaqalari, Surxondaryo viloyati) hozirgi davrda ko’plab turli ixlisosdagi respublikalararo hududiy ishlab ehiqarish majmualari, qo’shma korxonalardan tortib erkin iqtisodiy hudularni tashkil qilishgacha keng imkoniyatlar beradi. Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo’lgan transchegaraviy daryolar va yo’llar muammolari hal etilishi respublika mikrogeografik o‘rnining yanada qulaylashuviga olib keladi.

Yaqin atrofida joylashgan davlatlar (Rossiya Federatsiyasi, Afg’oniston, Eron, Kavkaz respublikalarijga nisbatan O’zbekistonning mezoiqtisodiy geografik o’rni (yaqin mintaqalarga nisbatan tutgan o‘rni) o’rtacha qulayliklarga egaligi bilan tavsillanadi. Mezo IGO‘ni bunday baholanishining sababi shundaki, O`zbekiston bir tomondan, Kavkaz respublikalari, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasi bilan, asosan, zamonaviy transport vositalari orqali samarali bog`langan va bu davlatlar bilan an’anaviy ravishda ko‘p tomonlama yaqin aloqalar olib boradi. Jahon davlatlari orasida eksport-import aloqalari hajmiga ko‘ra, Rossiyaning yetakehilik qilib kelayotganligi buning isbotidir. Ikkinchi tomondan, janubda joylashgan va O’zbekistonning mezo IGO‘ guruh davlatlari toifasiga kiruvchi Afg’oniston, Eron davlatlari butun o’tgan tarixiy davrlar davomida respublikamiz bilan har tomonlama keng ijtimoiy aloqada bo’lib kelgan bo’lsa-da, hozir­gi vaqtda bunday aloqalarni olib borishga mavjud texnik va siyosiy qiyinchiliklar to’siq bo’lib turibdi.

Davlatlararo iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning yanada samarali natijalar berishi uehun jahonning uzoqroq mamlakatlari bilan bog’lanish, boshqacha aytganda, makrokengliklar talab etiladi. Ammo, dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqa o’rnatishda materik iehkarisida joylashgan davlatlar dengiz bo’yidagilarga nisbatan bir qancha noqulayliklarga duch keladi. O’zbekiston yaqin dengizlarga chiqishi uchun kamida ikki davlat hududini bosib o’tishiga to`g‘ri keladigan jahondagi kamdan kam davlatlaridan biri boiganligi sababidan makroiqtisodiy geografik o’rni (jahon davlatlariga nisbatan tutgan o‘rin) nisbatan noqulaydir. Mustaqillik yillarida turli yo‘nalishlarda O`zbekistonni dunyo okeani bilan bog`lovchi xalqaro yo‘l loyihalarida faol ishtirok etishi mazkur holatni biroz yengillashtiradi.

O`zbekiston Respublikasining siyosiy geografik o’rni klassik geosiyosatchilar tomonidan ajratilgan Yevrosiyoning ichki kontinental qismi, ya’ni Xartlend (ingl. Heartland – “dunyoning yuragi”), hamda Yevrosiyoning janubi-g’arbiy dengizga yaqin mintaqasi Rimlend (Rimland “ichki yarim oy”)ning o‘zaro tutashgan hududda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Bu holat esa jahonda yetakchilikni qo’lga kiritishni rejalashtirayotgan ko’plab davlatlarning respublikamizga nisbatan geosiyosiy qiziqishlarining yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.

Bundan tashqari, O’zbekistonning qulay transport geografik o’ringa egaligi, davlatimizning strategik resurslar hisoblanmish – neft, gaz, oltin, uran va boshqa ko’plab yerosti va usti boyliklariga egaligi, qu­lay tabiiy iqlim sharoiti, insoniyat tarixiy taraqqiyoti va sivilizatsiyasida salmoqli o’rin tutishi, katta demografik salohiyatning mavjudligi uning o’ziga xos geosiyosiy imkoniyatlarga egaligini ko’rsatib beradi.

Shu bilan birga, uning siyosiy geografik o’rniga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar ham mavjud. Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm xavfi, respublikamiz hududini narkotrafik yo’laklari sifatida foydalanishga harakat, global miqyosdagi ekologik muammolar, turli davlatlar orasidagi geosiyosiy raqobat, Afg’onistondagi beqaror siyosiy vaziyat O’zbekiston mazkur geografik o’rin ko’rinishiga ta’sir etuvchi salbiy omillar bo’lib hisoblanadi. Mazkur salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida respublika rahbariyati tomonidan katta miqyosdagi ishlar amalga oshirilgan.

Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasi yig’ilishlaridagi ma’ruzalarida jahon hamjamiyati diqqatini birinchi navbatda aynan Afg’oniston va Orol muammolariga qaratishga undagan edi. Respublikamizning Afg’oniston muammosini hal qilish bo’yicha “6+2” guruhidagi faoliyati qo’shni davlatda tinchlikni o’rnalish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam berishga qaratilgan. BMT rahbarlarining yurtimizga tashrifi chog’ida Orol dengizi muammosiga e’tibor qaratishlari natijasida u xalqaro ekologik muammolar qatoridan joy oldi hamda buning natijasida ushbu muammoga turli davlatlar e’tiborini jalb qilishga erishildi.

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi transchegaraviy daryolar, O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘rtasidagi eksklav (tegishli davlat hududining asosiy qismidan boshqa davlat hududi bilan ajralib turgan yerlar) va ba’zi chegara hududlari, Tojikiston bilan davlat chegarasida oxiriga yetkazilmagan delimitatsiya (chegara chizig‘ini aniqlashtirib, mustahkamlash) ishlari bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar birinchi
navbatda hal qilinishi lozim bo‘lgan muhim geosiyosiy muammolardan bo‘lib hisoblanadi.

Hududi yadroviy quroldan xoli bo‘lgan, qo‘shilmaslik siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi davlatga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekiston siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish, iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun qator davlatlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Atrof qo‘shnilaridan tashqari, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy kabi davlatlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan. Shu bilan birga SHHT, MDH kabi tashkilotlarning faoliyatida doimiy ishtirokchi hisoblanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.

1-mavzu: O’zbekiston Respublikasi-Xalqaro huquq subyekti Jumlani davom ettiring: Fuqaro bilan davlat o’zaro…

1-mavzu: O’zbekiston Respublikasi-Xalqaro huquq subyekti
1. Jumlani davom ettiring: Fuqaro bilan davlat o’zaro…
A) huquqlar orqali uzviy bog’liq.
B) majburiyatlar orqali uzviy bog’liq.
C) erkinliklari va majburiyatlari orqali uzviy bog’liq.
D) huquq va majburiyatlari orqali uzviy bog’liq.

2. Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan qadriyatlar?.
A) mulk, boylik. B) davlat, jamiyat.
C) shaxs, davlat, jamiyat. D) barcha javoblar to’g’ri.

3. Huquq-…?
A) shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi.
B) tartib.
C) barcha uchun qo’yiladigan talab.
D) mansabdor shaxslar tonobidan bareiladigan erkinlik.

4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 2-modda
A) Davlat mamlakatni kuchini ifoda etib unga xizmat qiladi.
B) Davlat organlari va mansabdor shaxslar va jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
C) Xalq davlatni irodasini ifoda etib ularga xizmat qiladi.
D) Davlat xalq irodsini ifoda etib, uning huquqlarini amalga oshiradi

5. Prezident Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilish kafili?.

BEHZOD KARIMOV QONUN YAXSHILIK VA ADOLAT SAN’ATDIR