Press "Enter" to skip to content

Fransuz tili lug’ati

“Avitsenna” nomlari bilan mashhur bo‘lgan, ko‘p asrlar davomida jahon tibbiyot

O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi

Ma’lumki, jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlar birinchi navbatda tilimizda aks etadi. Respublikamiz hayotining barcha sohalarida ro’y berayotgan katta o’zgarishlar, rivojlangan juda ko’p mamlakatlar bilan aloqalarning tobora kuchayib borayotganligi qisqa vaqt ichida o’zbek tili, xususan, uning leksikasi rivojiga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Masalan, bozor iqtisodiyoti, yangicha iqtisodiy siyosat tizimidagi avizo, audit, auditor, broker, depozit, diler, konsalting, lizing, menejer, menejment, monitoring, nou-xau, sanatsiya, xolding kabi; fan va texnikaga oid yangi tushunchalarni ifodolovchi displey, internet, monitor, printer, sayt, skaner, fayl singari bir qancha yangi so’zlarning keng qo’llana boshlashi; vazir, domla, mirshab, posbon, hokim kabi so’zlarning yangicha ma’nolar kasb etishi, o’zbek sportining rivojlanishi tufayli kurash, yonbosh, chala, halol kabi so’zlarning yangi ma’nolarga ega bo’lishi, yuzlab diniy-tasavvufiy va falsafiy atamalarning iste’molga kirib kelishi ayni shu ijobiy ta’sir natijasidir.

O’zbek tili lug’at tarkibida yuz bergan jiddiy o’zgarishlar munosabati bilan davr talabiga javob beradigan izohli lug’at yaratish zarurati kelib chiqdi va akademik A.Hojiyev rahbarligida O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori institutining (oldingi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti) bir guruh lug’atshunoslari tomonidan 2006 – 2008-yillarda 5 jildli “O’zbek tilining izohli lug’ati” yaratilgan va nashr etilgan. Lug’atga 80 mingga yaqin o’zbek adabiy tilida keng iste’molda bo’lgan so’z va so’z birikmalari, fan, san’at, madaniyat va texnika sohalariga oid terminlar, shevalarda qo’llanadigan so’zlar, tarixiy atamalar jamlangan.

2020-yilda ushbu izohli lug’at, mutaxassislar va keng o’quvchilar ommasining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo’lim boshlig’i, f.f.n. Abduvahob Madvaliyev tahriri ostida tuzatilgan holda 3 ming nusxada qayta nashr etildi.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Bog’lanish

  • O’zbekiston, 100047, Toshkent shahar, Yahyo G’ulomov, 70
  • (+998 71) 233-68-47;
    (+998 71) 233-59-67
  • (+998 71) 233-74-82
  • kanselyaria@academy

Tezkor havolalar

  • Biz haqimizda
  • Jurnallar
  • Virtual qabulxona
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Davlat xizmatlari
  • Qayta aloqa
  • Bog’lanish
  • Murojaatlar uchun
  • Murojaatlar yagona onlayn platformasi

fransuz

ФРАНЦУЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin sayti tomonidan taqdim qilingan.

FRANSUZ so‘zining izohi bilan Savodxon saytida tanishsangiz bo‘ladi.

F R A N S U Z so‘zida unli harflarning soni 2 ta va ular qizil rang bilan belgilangan.
Ular quyidagilar: A, U

F R A N S U Z so‘zida undosh harflarning soni 5 ta va ular ko‘k rang bilan belgilangan.
Ular quyidagilar: F, R, N, S, Z

  • unlilar: 2
    undoshlar: 5
    hamma harflar: 7
    bo‘g‘inlarning soni: 2

Saytdagi o‘rni
So‘zning teskari yozilishi
Harflar soni
Ko‘rishlar soni

Kelishiklar

  • Bosh kelishik fransuz
  • Qaratqich kelishigi fransuzning
  • Tushum kelishigi fransuzni
  • Jo‘nalish kelishigi fransuzga
  • O‘rin-payt kelishigi fransuzda
  • Chiqish kelishigi fransuzdan

Oldingi 10 ta so‘z

Keyingi 10 ta so‘z

Boshqa qiziqrali so‘zlar jamlangan to‘plamlar

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

Fransuz so‘zining imlo qoidalariga asosan to‘g‘ri yozilish tasnifi bilan tanishib chiqamiz. So‘zning o‘zbek alifbosida lotin va kirillda to‘g‘ri yozilish imlosi, nechta undosh va unlidan tarkib topgani va bexato bo‘g‘inga ajratish tartibi hamda kelishiklarda qanday tuslanishiga oid ma’lumotlar berilgan. O‘ylaymizki, endi siz Imlo saytidan foydalanib, fransuz so‘zini xatosiz yoza olasiz.

Alifbo bo‘yicha

Tasodifiy so‘zlar

  • chaqiruvchi
  • birin-sirin
  • fotokatod
  • vibrafon
  • zeb-ziynat
  • tendensiozlik

Ko‘p xato qilinadigan so‘zlar

Imlo loyihasi haqida

Imlo — bu o‘zbek tilining imlo lug‘atidir. Sayt o‘zbek tilidagi so‘zlardan tarkib topgan. Saytimizda hozirgi zamon yoshlari hayotiga daxldor ommabop so‘zlar, ko‘p marotaba va qayta-qayta xato bilan yoziladigan so‘zlar jamlashtirilgan. Mana shu so‘zlar asosida yaratilgan imlo lug‘ati sayti, 87 000 dan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan. Batafsil Imlo loyihasi haqida

Loyihalarimiz

Lotin — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

TVinfo — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Kufa analitiklar maktabi (erkin munosabat)

lug‘atni va “Kitobul avomil” (“Boshqaruvchilar kitobi”) qo‘llanmasini yaratdi.

Biroq bu kitoblar bizgacha yetib kelmagan. Uning shogirdi, shhur arab

tilshunoslaridan biri Amir bin Usmon Sibavayxiy (733-yilda vafot etgan) “Al-

Kitab” asarini yaratdi. O‘sha davrdagi barcha ta’limotlar, qarashlarni

umumlashtirgan mazkur kitob Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan yuqori

baholangan hamda o‘sha davr arab adabiy tilining sintaktik va morfologik

tuzilishi, so‘z yasalish va fonetik tizimi to‘liq aks ettirilgan qo‘llanma sifatida uzoq

yillargacha islom dinini qabul qilgan mamlakatlar xalqlariga arab tilini o‘rgatishda

asosiy darslik vazifasini o‘tagan.

“Kitob al turk” (“Turk tilini tushunish kitobi”) Ispaniyaning Andaluziya

viloyatidagi Grenada shahrida tug‘ilib, Misrda yashagan, aslida Afrikaning berber

qabilasiga mansub Asruddin Abu Hayen Andalusning (1256-1345) 60ga yaqin

asari bo‘lib, bularning 15 tasigina bizgacha yetib kelgan, ularning ba’zilari turkiy

“Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turk”. Bu asarning muallifi, chop qilingan

joyi va vaqti noma’lum, ammo ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, “Kitob al

idrok”dan keyin yozilgan. Demak, “Attuhfa” XVI asrga oid. U 1891-1892 va 1931

yillarda Qohirada 40 marta nashr kilingan. Kitobning asl nusxasi Istambuldagi

Boyazit machitining Validdin Afandi kutubxonasida saqlanmoqda.

Arab tilshunoslari ayniqsa leksikografiyaga jiddiy ahamiyat berganlar va

juda ko‘p lug‘atlar yaratganlar. Bag‘dod maktabi vakili hind Sag‘ani (1181-1252

yy.) tuzgan va “To‘lqinlar toshqini” deb nomlangan 20 tomlik lug‘at, Feruzobodiy

(1329-1414 yy.) tuzgan va “Qomus” deb atalgan 60 tomlik lug‘at, misrlik ibn

Mansur (1232-1311 yy.) tuzgan noyob so‘zlar lug‘ati shular jumlasidandir. Arab

leksikografiyasida lug‘atlar mazmuniga ko‘ra 6 guruhga bo‘linadi: 1.To‘liq izohli

lug‘atlar. 2. Mavzuviy lug‘atlar. 3. Sinonimlar lug‘ati. 4. Noyob so‘zlar lug‘ati. 5.

O‘zlashgan so‘zlar lug‘ati. 6. Tarjima lug‘atlari. Arab lesikografiyasi sharq

mamlakatlariga, keyinroq Yevropa mamlakatlariga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.

Lug‘at yaratish borasida arablar o‘z ona tillaridan tashqari fors, mo‘g‘ul, turkiy

tillar masalalari bilan ham shug‘ullanganlar.

O‘RTA OSIYODA TILSHUNOSLIKNING RIVOJLANISHI

IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda milliy tafakkur yuqori darajaga ko‘tarildi.

Aynan ushbu davrda O‘rta Osiyo juda ko‘p fanlar poydevori, asosini yaratgan

buyuk allomalar dunyoga kelgani bois u birlamchi Uyg‘onish davri deb ham

yuritiladi. Buyuk bobokalonlarimiz bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy, Muso Al-

Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Al-Farg‘oniy kabi qomusiy

olimlarning matematika, kimyo, geodeziya, astronomiya, tibbiyot, musiqa, tarix,

falsafa kabi qator fanlar bo‘yicha yaratgan asarlari jahonning durdona asarlari

sifatida butun dunyoda e’tirof etiladi. Ushbu asarlar arab tilida yozilgani, tabiiyki,

arab tilining amaliy qo‘llanishi va rivojiga sezilarli ta’sir qilgan.

Ayni paytda buyuk allomalar tomonidan bevosita tilning fonetik, mofologik,

sintaktik qurilishi, so‘zning ma’no xususiyatlariga bag‘ishlangan asarlar ham

yaratilganki, bu O‘rta Osiyoda tilshunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishiga

bevosita ta’sir qilmay qolmadi. Xususan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va o‘z

o‘rnini egallashida hamda keyingi taraqqiyotida buyuk mutafakkir bobomiz

Alisher Navoiyning xizmatlari beqiyosdir. Biroq Navoiygacha bo‘lgan davrda

yaratilgan barcha ilmiy asarlar arab tilida, badiiy asarlar fors tilida yozilgani bois

O‘rta Osiyoda tilshunoslikning shakllanish va rivojlanish davrini 2 davrga:

 Navoiygacha bo‘lgan davr

 Navoiydan keyingi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin.

Xususan, Navoiygacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda tilshunoslikka oid

quyidagi asarlar yaratilgan:

Abu Nasr Forobiy (873-930 yy.) – “Fanlar tasnifi” asarida fonetika,

morfologiya, sitaksis, grammatika, orfografiya, orfoepiya, stilistika masalalarini

yoritgan. Nutq tovushlarini unli-undoshlarga ajratadi, ularning hosil bo‘lishi,

xususiyatlarini tavsiflaydi. So‘z ma’nolarini tasniflaydi, sodda va qo‘shma

so‘zlarni ajratadi, arab tilidagi turdash va atoqli otlar, son kategoriyasi, fe’l

zamonlari, so‘z birikmasi va so‘zlarning birikishi haqida fikrlar bildiradi. U

grammatikani to‘g‘ri yozish san’ati, deb baholaydi, so‘zlarni yozish qoidalari,

she’r yozish o‘lchovlari haqida dastlabki ma’lumotlarni beradi.

Abu Rayhon Beruniy (937-1048 yy.) – matematika, kimyo, astronomiya,

geografiya, geometriya, tarix, musiqa, tilshunoslik bo‘yicha 150dan ortiq durdona

asarlar yaratgan. (“O‘tmish avlodlar yodgorligi”, “Hindiston tarixi”). Ular orasida

“Saydana” bevosita tilga oid bo‘lib, 29 bob, 1116 misradan iborat. Unda 4500 dan

ortiq dorivor o‘simliklarning 8 tildagi nomlari izohlangan.

Abu Ali ibn Sino (980-1037 yy.) – Sharq olamida “Shayx ur-rais”, G‘arbda

“Avitsenna” nomlari bilan mashhur bo‘lgan, ko‘p asrlar davomida jahon tibbiyot

ilmining asosi bo‘lgan “Tib qonunlari” kitobi muallifi, shuningdek, “Kitabi al

milh finnahv” (“O‘tkirlik sintaksisda ekanligi”), “Kitob lisonul arab”, “Asbobi

xudut al huruf” (“Tovushlarning chegaralanish sabablari”) kabi tilshunoslikka oid

Allomaning fikricha, tovush havoning to‘lqinsimon harakati natijasida hosil

bo‘ladi, fizikaviy (savt) va nutqiy (harf) tovushlari mavjud. U arab tilidagi 3ta

unli, 28ta undosh borligini qayd etadi va undoshlarning har birini mukammal

tavsiflaydi. Ibn Sinoning tovushlar artikulyatsisi, nutq a’zolari, unli va undoshlar

haqidagi fikrlari fonetika sohasiga qo‘shilgan salmoqli hissadir.

Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariy (XI asr) Qoshg‘arda

tug‘ilgan, Samarqand, Buxoro, Nishopur va Marv shaharlarida o‘qigan, Bag‘dodda

arab adabiyoti, tilshunosligi, tarixi, tabiiy fanlar bo‘yicha o‘z malakasini oshirgan.

U turkiy tilshunoslikning ensiklopediyasi hisoblangan mashhur «Devonu lug‘atit

turk» («Turkiy so‘zlar devoni») asari orqali turkiy tillarning leksikologiyasiga asos

soldi, turkiy tillarning qiyosiy grammatikasini yaratdi.

“Devon”ning faqat bir nusxasi 1914 yilda Turkiyada topilgan. Bu kitob kotib

M.Qoshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozgan nusxasidan ko‘chirilgan. Shu nusxa

asosida 1905-1917 yillarda Turkiyada “Devon”ning uch jildi nashr qilingan. 1928

yilda Karl Brokkelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan va Leypsigda chop

etilgan; Bosim Atalay tomonidan turk tiliga o‘girilib, 1939 yilda Anqarada chop

etilgan; Solih Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan va 1960-1963 yillarda

Toshkentda chop etilgan. «Devon»ning muqaddima qismida turkiy xalqlarning

etnografiyasi, lahjalari haqida ma’lumotlar berilgan, lug‘at qismida esa 9 mingga

yaqin turkiy so‘zlar arab tiliga tarjima qilingan, ushbu so‘zlarning fonetik,

semantik, grammatik xususiyatlari misollar yordamida izohlangan.

Koshg‘ariy o‘z lug‘atida tovushlarning fiziologik va akustik xususiyatlari

haqida fikr yuritadi, tovushlarni harflardan qat’iy farqlaydi, arab yozuvidagi

harflarning turkiy tillarda mavjud tovushlarni ifodalash uchun yetarli emasligini

aytib, arab yozuviga yangi belgilar kiritadi. Arab yozuvidagi 18 harfdan 7tasi

ustiga maxsus qo‘shimcha belgi qo‘yish orqali 25 taga yetkazadi. Natijada turkiy

tillardagi 25 ta tovush yozma ifoda shakliga ega bo‘lgan. Alloma undoshlarning

jarangli-jarangsiz, qattiq-yumshoq, sodda-murakkab bo‘lishi, undoshlarning

ketma-ket va takror kelishi, singarmoniya, tovush tushishi, almashinishi,

assimilyatsiya, metateza, reduksiya kabi fonetik hodisalarga ham to‘xtalib o‘tgan.

Koshg‘ariy o‘z lug‘atidagi barcha so‘zlarni leksikolog, semasiolog,

leksikograf sifatida chuqur o‘rganib, ko‘p ma’nolilik, shakldoshlik, ma’nodoshlik,

zid ma’nolilik hodisalari, ma’no ko‘chishining 4 xil usullari, so‘z ma’nosining

kengayishi va torayishi hodisalari haqida fikr yuritadi, har bir hodisani misollar

yordamida izohlaydi. Aytish joizki, jahon miqyosida hech bir til vakili o‘z lug‘at

boyligini Mahmud Koshg‘ariychalik keng har tomonlama o‘rganib chiqmagan va

chuqur tahlil qilmagan edi. Uning bugungi kungacha topilmagan «Javohirun nahv

fi lug‘atit turk» («Turkiy tillar sintaksisining javohirlari») asari ham

Koshg‘ariyning o‘z zamonasining buyuk tilshunos olimi ekanligidan dalolat

Abul Qosim ibn Umar az Zamaxshariy (1075-1143yy.). «Ustod ul-arab va-l

ajam» (arablar va g‘ayri arablar ustozi), «Faxri Xorazm» deb sharaflangan O‘rta

Osiyolik allomadir. Yanada chuqur bilim olish maqsadida u Isfaxon, Bag‘dod,

Makka, Marv, Nishopur, Shom, Hijoz, Iroq kabi shaharlarda tahsil oladi. Tinimsiz

o‘qish-o‘rganish, izlanish natijasida o‘z zamonasining yetuk olimiga aylanadi. U

tilshunoslik, lug‘atshunoslik, jug‘rofiya, adabiyot, aruz, tafsir, hadis, fikh va qiroat

ilmiga oid asarlar yozgan. Xususan, uning Makkada 1,5 yil davomida yaratgan

arab grammatikasiga oid «Al-mufassal» (1121 y.) kitobi alohida o‘rin tutadi. U

arab tilining morfologiyasi va sintaksisiga oid tadqiqot ishi bo‘lib, musulmon

olamida juda mashhur bo‘lgan va yuksak baholangan.

Zamaxshariyning asosiy asarlari:

«Muqaddimat ul-adab» – 5 bo‘limdan iborat, unda so‘zlar ism (ot), fe’l,

bog‘lovchi, ot o‘zgarishlari (turlanishi) va fe’l o‘zgarishlari (tuslanish) ga

bo‘lib beriladi. Asar fors, eski chig‘atoy (o‘zbek), mo‘g‘ul, turk,

keyinchalik nemis, fransuz va boshqa tillarga o‘girilgan. Asar qo‘lyozmasi

O‘zFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

«Alfoiq fi g‘arib il-hadis» («Hadisdagi notanish so‘zlarni o‘zlashtirish») –

qiyin so‘zlarning ma’nolari sharhlangan lug‘at.

«Asos ul-balog‘a» («Chechanlik asoslari») – bu asar ham

ALISHER NAVOIY VA UNDAN KEYINGI DAVR

TILSHUNOSLIGI

XV asrning 2- yarmida O‘rta Osiyoda yetishib chiqqan buyuk mutafakkir,

she’riyat sultoni, o‘zbek adabiy tilining himoyachisi va targ‘ibotchisi Alisher

Navoiy (1441-1501) tilshunoslik tarixida ham yorqin iz qoldirgan ulkan

siymolardan biri. “Malikul shuaro” deb sharaflangan she’riyat sultoni o‘zining

turkiy tilda yaratgan asarlari bilan o‘zbek tilining amaliy rivojiga, lisoniy qarashlari

aks etgan tilshunoslikka oid asarlari bilan tilshunoslik fanining shakllanishiga katta

xizmat qildi. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» (1499) asari 2 til –

o‘zbek va fors tillarining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mazkur

tillarning umumiy va farqli xususiyatlari tahlil qilingan, mazkur tillar haqida

muhim ma’lumotlar beriladi.

Mazkur asarda til va tafakkur orasidagi munosabat, tillarning kelib chiqishi,

so‘z ma’nosi, so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, so‘zlarning

yasalish imkoniyatlari, morfologik kategoriyalar, so‘zning va tovushning nutqdagi

o‘rni va ahamiyati kabi hodisalarni keng tahlil qiladi. O‘zbek va fors tillarini

muhokama qilish orqali o‘zbek tilining adabiy-badiiy asarlar yaratishga mos

ulug‘vor til ekanligi, til boyligi va imkoniyatlari, istalgan, xususan, fors tili bilan

bemalol raqobat qila olishi va hatto o‘zib keta olishi mumkinligini tasviriylik

imkoniyatlari nuqtai nazaridan (jumladan, 100ta fe’l misolida) asoslab bergan.

Navoiyning ushbu asari nafaqat o‘zbek tilining nufuzini ko‘tarishga, balki qiyosiy

tilshunoslikka va tilshunoslik nazariyasiga ham katta hissa qo‘shgan ilmiy asar

Navoiydan keyingi davrda yaratilgan asarlar

Navoiy dahosi o‘z zamonasidayoq tan olingan va asarlari har tomonlama

o‘rganila boshlangan edi. Ma’lumki, Navoiy dunyoda eng ko‘p miqdorda – 26

ming so‘z ishlatgan buyuk ijodkor bo‘lib, uning asarlari o‘tkir falsafiy g‘oyalar

bilan yo‘g‘rilgan. Ushbu dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan ilmiy va adabiy

merosni o‘rganish, falsafiy-lisoniy asarlarini tahlil qilish, Navoiy ishlatgan

so‘zlarning ma’nolarini izohlash, ularning ma’noviy qamrovini, matndagi

quvvatini ochib berish va o‘zga tillarga tarjima qilish kabi ishlar XV asrdan

boshlab filologik tadqiqotlar va leksikografik ishlarning asosiy maqsadi va

vazifasi bo‘lib qoldi. Shunga ko‘ra shu davrdan boshlab, ko‘plab lug‘atlar yaratila

Bu lug‘atlar orasida Eron shohi Nodirshohning kotibi astrobodlik

Nizomiddin Muhammad Nodi al Husayn as Safaviy Mehdixon – qisqacha Mirzo

Mehdixonning (XVIII asr) «Sangloh» (1760 y.) asari alohida ahamiyatga ega.

O‘zbek tilining ilk grammatikasi deb hisoblangan mazkur asarda nafaqat

leksikografiya, balki leksikologiya, grammatika, morfologiya va sintaksis

masalalari bo‘yicha ham fikr yuritiladi. Muallif o‘zbek tilidagi 5 ta kelishik

shaklini ko‘rsatib o‘tadi, kishilik olmoshlarini mustaqil olmoshlar deb, ko‘rsatish

olmoshlarini ishora olmoshlari deb ataydi. Asarning lug‘at qismida, asosan

Navoiy, shuningdek, Lutfiy, Bobur she’riyatidagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar

ma’nosi izohlangan va fors tilidagi tarjimasi berilgan.

«Maboni ul-lug‘at» “Sangloh”ga ilova qilingan bo‘lib, 2ta: muqaddima va

tarsif (grammatika) qismlaridan iborat. “Muqaddima”da kitobning yozilish

sabablari bayon etilgan, arab va o‘zbek tillari qiyoslangan, o‘zbek shevalari haqida

ma’lumotlar berilgan. Tarsif qismi esa 6 bo‘limdan iborat bo‘lib, o‘zbek tilida

fe’lning turli nisbat va zamon shakllari, fe’llarning vazifaviy shakllari, fe’l

mayllari, fe’llarning yasalishi, ko‘makchi fe’llar, so‘zlarning imlosi, fe’l yasovchi

qo‘shimchalar, olmoshlar, ularning turlari, o‘zbek tilidagi 5ta kelishik shakli (bosh

kelishikdan tashqari ) haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Muallif o‘z asarini

o‘zbek tilining 1-ilmiy gammatikasi deb ataydi. Bu davrda bir qator lug‘atlar ham

“Abushqa” nomi bilan mashhur bo‘lgan muallifi noma’lum “Chig‘atoy

turk” lug‘ati (1500 y.). U 1862 yilda venger olimi Vamberi tomonidan

 Hirotiyning “Badoyi ul-lug‘at” asari, Navoiy asarlaridagi so‘zlar

tavsiflangan 1000 so‘zlik lug‘at.

 Fazlullaxonning “Lug‘ati turkiy” asari (XVI asr), 1925 yilda Kalkuttada

 Fatx Alixon Katoriyning “Kitobi lug‘ati atrokiya” asari, unda 8000ta

so‘zning turk va fors tillaridagi tarjimasi berilgan.

 Shayx Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoni”

lug‘ati. U 1828 yilda Istambulda chop etilgan bo‘lib, 92 ta o‘zbek qabilasi va

100ga yaqin shoirlarning asarlari haqida ma’lumot berilgan.

YЕVROPADA UYG‘ONISН DAVRIDAGI TILSHUNOSLIK

XV asrdan XVII asrning boshlarigacha bo‘lgan davr G‘arbiy Yevropada

uyg‘onish (renessans) davri deb ataladi. Feodalizm o‘zining eng yuqori taraqqiyot

darajasiga chiqqan, kapitalizm endigina rivojlana boshlagan bu davrga kelib,

arman, fors, o‘zbek, hungar, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, rus,

ukrain, portugal, nemis, polyak, chex, auten, meksika tillari rivojlana boshlagan

edi. XV-XVI asrlarda Yevropaliklar Shimoliy Amerika, Hindistondagi qator tillar,

chunonchi, indoneziya, xitoy, arab, fors, turk, manchjur tillari bilan tanishdilar.

Olingan ma’lumotlar asosida fan olamiga ma’lum bo‘lgan barcha tillarning

kartotekalari tuzildi va tillar klassifikatsiya qilindi.

Asosiy tushunchalar glossariysi

 Konfutsiy – Qadimgi Xitoyning mashhur faylasufi

 Neogrammatika – grammatikadagi yangi yo‘nalishlar

 Vedalar – induizm dinining asosiy muqaddas kitoblari

 Sanskrit – ishlangan, mukammal

 Prakrit – oddiy, tabiiy

 Panini – Qadimgi Hindlarning mashhur tilshunosi

 Aleksandriya – qadimgi grek ilm markazi

 Analogiya – o‘xshashlik, mutanosiblik

 Turonlar – qadimgi turkiy qavmlar

“Devonu lug‘otit turk” – turkiy tillarga tegishli 9 000 ga yaqin so‘zning lisoniy

xususiyatlari haqida ma’lumot beruvchi izohli lug‘at.

Adabiyotlar:

1. Кондрашев Н.A. История лингвистических учений. – M.,1979.

2. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. – T., 1972.

3. Кодухов В.И. Общее языкознание. – M., 1974.

4. Baskakov N.A. va b. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 1979.

5. Щербак A.M. Сравнительная типология тюрских языков. – Л., 1970.

6. Амирова Т., Олховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории

лингвистики. -М., 1975.

7. Bo‘ronov Sh.B. Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy grammatikasi. – T., 1973.

8. Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi tarixi. – T., 2002.

9. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.

10. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T., 2016.

11. Ломтев Т.П. Современное языкознания и структурная лингвистика. В

кн: “Тоеритическое языкознание”. – М., 1964.

12. Левицкий Ю.А. Общее языкознание. – М., 2009.

13. Попова З.Д., Стернин И.А. Общее языкознание. – М., 2007.

14. Umarxo‘jaev M. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2010.

VILGELM FON GUMBOLDT – UMUMIY TILSHUNOSLIK FANI

ASOSCHISI. QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK VA BOSHQA

1. Yevropada Uyg‘onish davridagi tilshunoslik.

2. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi.

3. Vilgelm fon Gumboldt – umumiy tilshunoslik fanining asoschisi.

4. Tilshunoslikda yuzaga kelgan turli ta’limotlar:

 Tilshunoslikda naturalizm ta’limoti.

 Tilshunoslikda psixologizm ta’limoti.

 Yosh grammatikachilar maktabi qarashlari.

 Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta’limoti.

5. XIX asrdagi rus tilshunoslik maktablari

6. Ctruktural lingvistika va uning maktablari

Asosiy tushunchalar: Uyg‘onish davri tilshunosligi, komparativistika,

mantiqiy grammatika, germanistika, antinomiya nazariyasi, naturalizm ta’limoti,

bobo til, psixologizm ta’limoti, sotsiologizm ta’limoti, lingvistik maktablar, til

ijtimoiy hodisa, til va nutq, sinxroniya va diaxroniya, funksional lingvistika,

deskriptiv lingvistika, distributsiya, glossematika.

YEVROPADA UYG‘ONISH DAVRIDAGI TILSHUNOSLIK

XV asrdan XVII asrning boshlarigacha bo‘lgan davr G‘arbiy Yevropada

uyg‘onish (renessans) davri deb ataladi. Feodalizm o‘zining eng yuqori taraqqiyot

darajasiga chiqqan, kapitalizm endigina rivojlana boshlagan bu davrga kelib,

arman, fors, o‘zbek, hungar, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, rus,

ukrain, portugal, nemis, polyak, chex, auten, meksika tillari rivojlana boshlagan

edi. XV–XVI asrlarda Yevropaliklar Shimoliy Amerika, Hindistondagi qator tillar,

chunonchi, indoneziya, xitoy, arab, fors, turk, manchjur tillari bilan tanishdilar.

Olingan ma’lumotlar asosida fan olamiga ma’lum bo‘lgan barcha tillarning

kartotekalari tuzildi va tillar klassifikatsiya qilindi.

Bu davrda ham antik davr adabiyotlarini, lotin va grek tillarini o‘rganish

davom ettirildi. Jyul sezar Skaliger “Lotin tili asarlari haqida” (1540), R. Stefanus

“Lotin tili xazinasi”(1553), G. Stefanus “Grek tili xazinasi” asarlarini yaratdi. Ayni

vaqtda semit tillari, Yevropa xalqlari tillari grammatikasiga oid asarlar yaratila

boshlandi. Jumladan, Uollsning “Ingliz tili grammatikasi (1653)”, Eduard

Rudolfning “Rossiyskaya grammatika”si (1696) dunyoga keldi, fransuz, italyan

tillaridan lug‘atlar nashr qilindi. Fransuz gumanisti G.Kastelleusning “Tillarning

qarindoshligi haqida (1593)” nomli traktati yozildi. Yustus Skaliger (1540-1609)

tillar tasnifi bilan shug‘ullanib, Yevropa tillarini 11 ta asosiy tilga ajratdi va

ulardan 4 tasini “Til onalari” (materi-yazыki) deb atadi.

Qayd etilganidek, bu davrda tillarni o‘rganish asosida ko‘p tomli lug‘atlar

dunyoga keldi. Jumladan, Pyotr Simon Pallasning 1786 –1791 yillarda Peterburgda

chop etilgan “Barcha tillar va shevalarning qiyosiy lug‘ati” 4 tilli lug‘atida Osiyo,

Yevropa, Afrika, Amerikadagi 272 tilga oid ma’lumotlar, ispaniyalik Lorenso

Gervasning 1800 –1804- yillarda Madridda chop etilgan “Ma’lum xalqlar

tillarining katalogi”da 307 tilga oid, nemis olimlari I.K.Adelung va I.S.

Faterlarning “Mitridat yoki umumiy tilshunoslik” lug‘atida 500 tilga oid

ma’lumotlar keltirilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Demak, uyg‘onish davrida

juda ko‘p jonli tillar – ispan, fransuz, venger, ingliz, polyak, chex, niderland

tillarining normativ grammatikalari va lug‘atlar yuzaga keldi.

Biroq lotin tili grammatikasi umumiy grammatika sifatida tan olinib,

Yevropadagi jonli tillarning grammatikasiga tadbiq qilindi. Bu tilni o‘rganishni

mantiqiy tafakkur qoidalarini bilishning asosi, barcha tillardagi grammatik

kategoriyalarni esa umumiy mantiqiy kategoriyalarning namoyon bo‘lishi sifatida

tushunish kuchaydi. Mantiqiy grammatika yaratish g‘oyasi asosida 1660 yilda

Parij yaqinidagi Por-Royal monastirining rohib olimlari mantiqshunos Antuan

Arno va fransuz tilshunosi Klod Lanslo tomonidan “Umumiy ratsional

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Ruscha-O’zbekcha lug’at (Русско-Узбекский словарь) на андроид – скачать Ruscha-O’zbekcha lug’at (Русско-Узбекский словарь) бесплатно

Основные характеристики Ruscha-O’zbekcha lug’at (Русско-Узбекский словарь)

Описание приложения :

Собираетесь посетить Россию в ближайшем будущем, говоря при этом только на узбекском языке? Тогда вам точно пригодиться этот русско-узбекский словарь, с помощью которого вы сможете быстро перевести нужное слово или фразу в любой непонятной ситуации!

Функции :

Приложение включает в себя базу из более 30 000 фраз и 50 000 слов, охватывающих все сферы современной жизни. Введите любое интересующее вас слово или фразу и получите их точный перевод на русский язык.

Возможности :

Словарь работает в автономном режиме, что делает его вдвойне полезным инструментом, так как для получения быстрого перевода вам не будет требоваться подключение к интернету.