Press "Enter" to skip to content

OKMK Toshkentdagi chang manbasi uning karyeri ekanini rad etdi

Bugun, 1-mart kuni O‘zbekiston mezbonligida o‘tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oladi. 16 ta mamlakat jamoalari ishtirok etuvchi musobaqa Toshkent shahrida joylashgan “Bunyodkor”, “JAR”, “Lokomotiv” va Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionlarida o‘tkaziladi.

Bugun Toshkentda Osiyo chempionati boshlanadi

Bugun, 1-mart kuni O‘zbekiston mezbonligida o‘tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oladi. 16 ta mamlakat jamoalari ishtirok etuvchi musobaqa Toshkent shahrida joylashgan “Bunyodkor”, “JAR”, “Lokomotiv” va Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionlarida o‘tkaziladi.

Reglament

16 jamoa to‘rtta guruhga ajratiladi va o‘z kvartetida dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 1/4 finalga yo‘l oladi. Yarim final yo‘llanmasiga ega chiqqan to‘rt terma jamoa 2023-yilning may – iyun oylarida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Turnirda Indoneziya yoshlar jamoasi ham ishtirok etmoqda. Agarda jamoa yarim finalgacha yetib borsa, chorak finalda mag‘lub bo‘lgan 4 mamlakat yoshlari yana bitta yo‘llanma uchun kurashish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonning yo‘li

Murabbiy Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi jamoa “A” guruhida Suriya, Iroq va Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi. Guruh masalasi hal etilsa, chorak finalda “B” guruhining Qatar, Avstraliya, Vyetnam yoki Eron jamoalaridan biri ro‘baro‘ keladi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining taqvimi:

O‘zbekiston – Suriya
1-mart, 19:00 (“Bunyodkor”, Toshkent)

Iroq – O‘zbekiston
4-mart, 19:00 (“Bunyodkor”, Toshkent)

O‘zbekiston – Indoneziya
7-mart, 19:00 (“Istiqlol”, Farg‘ona)

  • Ulashing

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

OKMK Toshkentdagi chang manbasi uning karyeri ekanini rad etdi

Toshkent viloyatida joylashgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) “Effekt Makarenko”Telegram kanalidagi Toshkent changlashishining asosiy sababi kombinat “Yoshlik I” konining yangi uchastkasida tozalash ishlarini boshlagani haqidagi xabarini rad etdi.

Kombinat bayonotida aytilishicha, kondagi tog‘ jinslarini tozalash va rudalarni qazib olish uchun burg‘ulash va portlatish ishlari “normativ talablarga muvofiq” amalga oshiriladi.

“Kon ochish ishlari tog‘ jinslarini, dioritlar va siyenito-dioritlar tub joylashuvlari, shuningdek rudalarni qazib olish uchun amalga oshirib boriladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish zarurki, tub jinslarining qattiqligi Protodyakonov shkalasi koeffitsiyenti bo‘yicha kon maydonida IX dan XIV gachani tashkil qiladi. Yer tuproq (loysimon) jinslarini qazib olishda burg‘ulash va portlatish ishlari olib borilmaydi, faqat tog‘ jinslarining ekskovatsiyasi olib boriladi. Kon maydonida gips jinslari yo‘q, changni bostirish uchun tosh massasiga suv sepish ishlari tashkil etilgan”, — deya qayd etgan OKMK.

Shuningdek, SanPinning №0350−17-sonli “O‘zbekiston Respublikasining aholi yashaydigan hududlarida atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari va qoidalari”, “Rangli metallarni qazib olish uchun chiqindi to‘plash omborlari va shlamyig‘gichlar” (6.1.3-band) nizomlariga muvofiq, 500 metrlik sanitariya muhofazasi zonasiga rioya qilinishi ta’minlangani aytilgan.

“„Yoshlik I“ koni Olmaliqning janubiy qismida, Toshkent shahridan 61,4 km masofada (azimut yo‘nalishi 333 gradus), Toshkent undan shimolroqda joylashgan. Shamolning o‘rtacha yillik tezligi hududda 1,2 m/sekundga teng, uning ortib ketish ehtimoli 5% va 5 m/sekundgacha teng bulishi mumkin. Shamolning asosiy yo‘nalishi — ustunligi sharqda (azimut 90 gradus) va janubiy-sharqda (azimut 120−135 gradus)ni ko‘rsatishi Toshkent shahri geografik jihatdan shamol esadigan hududda joylashmaganligini isbotlaydi”, — deyiladi kombinat xabarida.

“Konlarni o‘zlashtirish uchun loyiha oldi loyiha hujjatlarida ekologik xavflarning yuzaga kelishi va atrof-muhitga ta’sirining oldini olish choralari hisobga olingan va bajarilayotgan ishlarning atrof-muhitga ta’sirining oldini oladigan choralar ko‘rilgan”, — deyilgan OKMK bayonotida.