Press "Enter" to skip to content

Tabiatshunoslik, 4 sinf, Bahromov A, Sharipov Sh, Nabiyeva M, 2020

Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari

E`tibor qarating!

Ushbu sahifada keltirilgan ma`lumot 2018-2019 o`quv yili qabuliga oid.
Joriy o`quv yiliga oid ma`lumotlar bilan Qabul 2019 sahifasidagi tegishli sahifada tanishishingiz mumkin.

5A111701 – Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim)

mutaxassisligi bo`yicha magistraturasiga kirish sinovlari

Pedagogika fani bo`yicha mavzular

O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta`lim to`g`risida umumiy ma`lumot. pedagogika fanining muammolari, pedagogika fanining maqsad va vazifalari, pedagogikaning paydo bo`lishi va rivojlanishi. Ta`lim to`g`risida umumiy tushuncha. Ta`lim jamiyatning asosiy vazifasi ekanligi. O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi, ta`lim to`g`risida prezident I.Karimovning Oliy Majlisning 9-sessiyasida «Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida so`zlagan nutqining mazmuni. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunning maqsadi. O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi va turlari. Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning predmeti. pedagogika fani tizimi. pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari: rivojlanish, shakllanish, tarbiya, o`qitish, ta`lim, o`z-o`zini tarbiyalash, mustaqil o`qitish, o`z ustida ishlash. Ilmiy tadqiqot metodlari. pedagogik innovatsiya. Pedagogika tarixi. Pedagogikani davrlashtirish. Ibtidoiy jamoa davri. Qadimgi sharq mamlakatlari. Qadimgi Gretsiya, Rim. O`rta asrlar davri. Yangilanish davri. Yaqin o`tmish va demokratiyalash davri. O`zbekistonda Pedagogik fikrlarning rivojlanishi va maktablar tarixi. Sharq mutaffakirlari, ularning pedagogika fanining rivojiga qo`shgan hissalari. Shaxs va pedagogik jarayon. Shaxs kamolot jarayonining ob`ekti va sub`ekti sifatida. Shaxsning rivojlanish jarayoni. Inson shaxsining biologik va ijtimoiy rivojlanishining asosiy tamoyillari. Shaxs tajribasi, rivojlanish diagnostikasi. Yagona pedagogik jarayon. Yagona pedagogik jarayonning maqsadi, printsipi, mazmuni, metodi, vostasi, shakllari. Didaktika. Ta`lim mazmuni. Ta`lim jarayoni. Ta`lim metodlari. Ta`limni tashkil etish shakllari. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish. Ta`lim va tarbiya jarayonining mohiyati. Ta`lim va tarbiyaning asosiy funktsiyasi. Didaktika va tarbiya jarayoning asosiy kategoriyalari. Ta`lim-tarbiya jarayonida o`qituvchi va talabaning hamkorligi. Pedagogik mahorat fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, pedagogik mahorat haqida umumiy ma`lumot, bilim, ko`nikma va malakalarni puxta egallab olishga imkon yaratib beradi. Shuningdek, maktab amaliyotida va pedagogik fikr tarixida o`qituvchining mahorati masalalari, pedagogika qobiliyat, o`qituvchining kommunikativ qobiliyati, muloqot madaniyati va o`quvchining psixologik faoliyati, pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari, darsda va tarbiya jarayonida o`qituvchi mahorati, o`qituvchi mehnatini tashkil etishning ilmiy asoslari, pedagogik tajriba orttirishi, tadqiqot metodlari; hozirgi Ta`lim muassasalarida ilg`or pedagogik g`oyalar, tajriabalarning taraqqiyoti va uni hayotga tatbiq etish yo`llari, pedagogik mahorat taraqqiyoti tarixi, mustaqil malaka oshirish va o`z-o`zini nazorat qilish o`quv- tarbiya jarayonida pedagogik muloqot mahorati, pedagogik tajriba va uni tatbiq etish, o`qituvchi faoliyatida sharqona muomala madaniyati asoslarini o`rganish, tahlil etish to`g`risida Boshlang`ich ma`lumotlar berishni nazarda tutadi. Pedagogik mahorat fani yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini,pedagogik texnikani egallashini, shuningdek, pedagogik shaxsi uning tajribasi, fuqaro`lik va kasbiy mavqeini o`rgatadi. «Pedagogik mahorat» fani «Pedagogika nazariyasi va tarixi», «Yosh pedagogikasi va psixologiyasi», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi», «Pedagogik texnologiya»lar bilan birgalikda bilim va malakalar tizimini yaratadi. Pedagogik mahorat fanining maqsadi bo`lajak o`qituvchiga hozirgi zamon pedagogika sohasidagi dolzarb muammolarni, o`qituvchi shaxsi va kasbi haqidagi bilim va malakalarni hamda har bir tarixiy bosqichda ta`lim – tarbiya tizimi, ijtimoiy-pedagogik fikrlar, ta`lim-tarbiya mazmuniga ijodiy munosabatda bo`lishini o`rgatadi. Pedagogik mahorat fanining predmeti – «ta`lim to`g`risida» gi qonun va «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, o`z sohasini mukammal egallagan, bilimdon, axloqan pok, ma`nan etuk, jismonan sog`lom bo`lgan pedagoglarni tarbiyalashdir. Pedagogik mahorat fanining vazifalari – o`qituvchi mahoratiga doir dolzarb muammolar va bu borada olib borilishi zarur bo`lgan tadqiqot va izlanishlar, o`qituvchining kasbdoshlari, ota-onalar va o`qituvchilar bilan aloqa munosabatlarning yo`nalishini, usullarini hamda o`qituvchi faoliyatida kasb mahoratining o`rni, mohiyati o`qituvchining muomila madaniyati, o`qituvchi ishidagi texnika pedagogik g`oya, ta`limotlarni o`rganadi. O`qituvchi va tarbiyachi shaxsi. Tarbiyaning maqsadi, vazifasi, printsiplari, qoidalari, mazmuni. Ta`lim va tarbiya metodlari. Ta`lim va tarbiya metodlari tasnifi. Ta`lim va tarbiyaning interfaol metodlari. Ta`lim va tarbiyani tashkil etish shakllari. Ta`lim va tarbiya vositalari. Ta`limda sinf-dars tizimining xususiyatlari. Zamonaviy darsga qo`yiladigan talablar. Darsning tiplari, strukturasi. Tarbiyaviy ishlariing turlari. An`anaviy Ta`lim, an`anaviy dars, noan`anaviy zamonaviy ta`lim va dars. Tarbiyaviy ishlarni taqqoslash harakteristikasi. Oila pedagogikasining predmeti, maqsad va vazifalari. Oila va uning turlari. Zamonaviy oilalar rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari. Ta`lim muassasalarining oila bilan hamkorligining metod, shakl va vositalari. Pedagogik texnologiya tushunchasi, o`quv jarayoni, Ta`lim muassasalarida o`quv jarayonini tashkil etishning yangi metod va formalariga qo`yiladigan zamonaviy talablar. O`zbekiston Respublikasida Ta`limning rivojlanishi va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi. Ta`lim jarayonida O`quvchi shaxsi, shaxsning sifat tizimi. O`qitish jarayonida bilim olish, malaka va ko`nikma hosil qilish. Innovatsion faoliyat tizimi va pedagogning innovatsion faoliyatiga mos bilim, ko`nikma va malaka shakllantirishdir. Pedagogik kengash Ta`lim muassasasini jamoa bo`lib boshqarishning oliy o`rgani. Ta`lim muassasasi pedagogik jamoasi va uning faoliyati. O`qituvchilarning malakasini oshirish. Ta`lim muassasini ichki nazorati: funktsiyasi, printsiplari, shakl va metodlari. Ta`lim muassasasi rahbariyati va uning faoliyati. Metod birlashmalar, o`quv-metodik kengashlar va ularning faoliyati. Ta`lim tizimi menejmenti. Boshqaruvning ilmiy asoslari. Boshqaruv odobi. Menedjer modeli. Pedagogik faoliyatda psixologiyaning ahamiyati. Faoliyat va motivlar. Faoliyatning asosiy turlari. Motivasiya sohasilari. SHaxsi eksperimental tadqiq qilish metodlari. Pedagogik jarayonni boshqarish. Ta`lim va aqliy taraqqiyot. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. O`qituvchi shaxsiga qo`yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot ob`ektlari va metodlari. Ta`limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning uzviyligi, uzluksizligi. O`tmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo`nalishlari. Ilg`or pedagogik qarashlar. Jahon ta`lim tizimi. Pedagogik jarayondagi integratsiyalar. O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta`lim va tarbiyaning o`ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiyasi, yagona pedagogic jarayon. Ta`lim nazariyasi (didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Ta`lim prinsiplari. Talim metodlari, texnologiyalari. Ta`lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o`z-o`zini tarbiyalashning o`ziga xos xususiyatlari. Ta`limni boshqarish shakllari. O`quv-me`yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o`ziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rag`batlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari; induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, ya`ni ta`lim-tarbiya jarayonida qo`llaniladigan o`qitish shakllari, metodlari hamda vositalari; ta`lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta`minlashni bilish, mashg`ulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob`ekti, fanning ishlab chiqarishdagi o`rni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bog`liqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar, o`quv qo`llanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning ta`minlanishini baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari haqida bilim va layoqatga egalik.

Ona tili o`qitish metodikasi fani bo`yicha mavzular

Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasining prеdmеti va vazifalari. Ona tili mеtodikasining o`rganish prеdmеti ta`lim bеrish sharoitida ona tilini egallash jarayonidir. Mеtodikaning ta`lim bеrish bilan bir vaqtda o`quvchilarni tarbiyalashga ular nutqi, tafakkurini o`stirishga, ularni shaxs sifatida rivojlantirishga oid talablarni hisobga olish. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish mеtodikasining nimani o`quvchi kеrak, qanday o`qitish kеrak, nеga shunday o`qitish kеrak, boshqacha emas savollariga javob tayyorlab bеrish. Maktab ta`lim tizimida va hayotda ona tilining tutgan o`rni. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitishda izchillikka va istiqbolga rioya qilishning zaruriyligi. Boshlang`ich sinflarda ona tilidan bеriladigan bilimlar mazmuni va mashg`ulot turlari. Boshlang`ich sinflar ona tili dasturini tuzilish prinsiplari. Dastur bo`limlari, ularning umumiy va o`ziga xos tomonlari. Har bir bo`lim yuzasidan o`zlashtirilishi zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar hajmi. Boshlang`ich sinflarga ona tili o`qitish mеtodikasining ilmiy asoslari va uning boshqa fanlar orasida tutgan o`rni. Mеtodikaning dunyoni bilish nazariyasi bilan til haqidagi fan, pеdagogika, ruhshunoslik (psixologiya), psixolingvistika, logika, adabiyotshunoslik fanlari bilan bog`liqligi.

Ona tili o`qitish prinsiplari

Ona tili o`qitish mеtodikasining tamoyillarini ishlab chiqishda boshqa fanlarning ko`rsatmalariga asoslanish. Til matеriyasiga e`tibor bеrish tamoyili, tilning ichki bog`liqligi, tilga sеzgirlikni tarbiyalash,tilning ifodaliligiga e`tibor bеrish, og`zaki nutqning yozma nutqdan oldin shakllantirish tamoyili.

Ona tili o`qitish mеtodikasining tеkshirish usullari

Nazariy tеkshirish usullari: hodisaning mеtodik asosini, bog`lik fanlarni o`rganish: “masala tarixi” ni o`rganib, uni hozirgi vazifalar nuqtai nazaridan baholash: yaqin fanlar tеkshirish usullarini o`rganish: tajriba asosida olingan matеriallarni tahlil qilish va amaliy tavsiyanomalarni shakllantirish. Empirik (tajribaga asoslangan) tеkshirish usullari: ilg`or o`qituvchi lar ish tajribasini o`rganish: o`qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish: mеtodika taraqqiyotida kеng tarqalgan ekspеrimеnt usuli, uning oldingilardan farqi, vazifalari. Tadqiqot bosqichlari. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish sohasidagi mеtodik mеroslarning qisqacha tavsifnomasi.

Savod o`rgatish mеtodikasi

Savod o`rgatish mеtodikasining maqsad va vazifalari

O`qish va yozish nutqiy faoliyat turidir. Maktabda endigina o`qishni boshlagan bola va savodli kishining o`qish va yozuv jarayonida psixo-fiziologik tahlil. O`zbеk tilining tovush tuzilishi va grafikasi, ularning o`zaro bog`liqligi.

Savod o`rgatishda hozirgi zamon analiz-sintеz tovush mеtodi

Savod o`rgatishda hozirgi zamon analiz-sintеz tovush mеtodikasining an`anaviy (odat bo`lib qolgan) prinsiplari tarbiyalovchi va o`stiruvchi xususiyati, o`quvchilarning jonli nutqiga asoslanish, mеtod asosiga tovush olinishi o`qishbirligi bo`lgan ekani; tashkiliy tomondan tayyorlov va asosiy davrga bo`linishi va nisbatan yaqindan shakllagan yoki tashkil topish jarayonida bo`lgan prinsiplari. Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarga diffеrеnsial va individual yondashish; grammatika va imloga oid boshlang`ich tushunchalarni nazariyasiz amaliy bеrib borish; so`zni bo`g`in-tovush tomonidan tahlil; tushunchaning nusxasini chizish. Modеllashtirish elеmеntini kiruvchi; (o`quvchilarni tarbiyalash).

Savod o`rgatish darslarining tarbiyaviy vazifalari

Bolalarning savod o`rgatishga tayyorgarligini o`rganish. Savod o`rgatish jarayoni. Savod o`rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o`qish va yozuv darslarining mavzulari hamda ish turlari.

Savod o`rgatishda asosiy davr (alifbе davri)

Asosiy davrning vazifalari. Yangi matеrial o`rganiladigan mustahkamlanadigan o`qish darslari va unda foydalanadigan ish turlari. Savod o`rgatish jarayonida tovushlar va harflarni o`rganish tartibiga “Alifbo” qurilishining bog`liqligi. Savod o`rgatishda diffеrеnsial va individual yondashish.

Asosiy davrning yakunlovchi qismi, uning vazifalari

Savod o`rgatish davrida o`quv mashg`ulotlarining asosiy turlari: tovush ustida ishlash; tovushlar artikulyatsiyasi, diksiya ustida ishlash. Savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarlar nutqini o`stirish; lug`at ustida ishlash. Savod o`rgatish davrida grammatika, imlodan dastlabki amaliy bilimlar. Oz komponеntli maktablarda darslarni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari.

Savod o`rgatish davrida boshlang`ich yozuvga o`rgatish

Yozuvga o`rgatish mazmuni va vazifalari; yozuv malakasini shakllantirish bosqichlari. Hozirgi yozuv shriftiga (harfiga) tavsifnoma. Yozuvga o`rgatish bilan bog`liq holda husnixat malakasini shakllantirish usullari. Yozuvga o`rgatishning tashkiliy va gigеnik shartlari. harfni yozishga o`rgatish yo`llari. O`quvchilarda uchraydigan tipik grafik xatolar. Yozuvga o`rgatish jarayonida asosiy imloviy elеmеntlar. Yozuv darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish. Savod o`rgatish davrida va yozuv darslari, ularga qo`yiladigan talablar. O`qish va yozuv darslarining turlari, o`qish va yozuv darslari tizimi. Savod o`rgatish sohasida yangi ilmiy tadqiqot ishlari. Savod o`rgatish muammolari va istiqboli. Savod o`rgatishga bolalarni oilada va bog`chada tayyorlash.

Sinfda o`qish mеtodikasi

Sinfda o`qish darslarining ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalari. Boshlang`ich sinflarda o`qishga o`rgatish vazifalari va faol kitobxonlarni shakllantirish. O`qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari. O`qish malakasi haqida tushuncha. O`qish malakalarining sifatlari: to`g`ri, tеz (mе`yorida tеzlikda)

O`qish malakalarining sifatlari ongli, ifodali o`qish

O`qish malakalarini shakllantirish jarayonini takomillashtirish yo`llari. O`qishda yo`l qo`yiladigan xato turlari va ularni yo`qotish yo`llari.

Ifodali o`qish mеtodikasining asoslari

Nutq tеxnikasi: nafas olish, ovoz diksiya. Nutq logikasi: pauza, urg`u ohang, intonatsiya. Adabiy asarni tahlil qilish va ifodali o`qishga tayyorlash usullari. O`qituvchining namunali ifodali o`qishi; yozib olingan ifodali o`qishni o`qishi; o`quvchining o`qishini tahlil qilish; ifodali o`qishga oldindan tayyorlash, qanday o`qish kеrakligini og`zaki tushuntirish. Ifodali o`qish musobaqasini o`tkazishish.

Boshlang`ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish

Badiiy asarni tahlil qilishni adabiy asoslari. Kichik yoshdagi o`quvchilarning badiiy idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.

Boshlang`ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash jarayoni

Badiiy asar ustida ishlashning asosiy bosqichlari (birinchi sintеz, analiz, ikkinchi sintеz bosqichi). Badiiy asarni o`qishga tayyorgarlik. Tayyorgarlik ishlarining vazifalari va didaktik shakllari. Asar mazmuni bilan birinchi tanishtirish (birinchi sintеz). Asar mazmunini uning xususiyatlari bilan birgalikda tahlil qilish. Tahlil jarayonida matn ustida ishlash turlari: tanlab o`qish(matnni bеrilgan topshiriqqa mos qismini o`qish) savolga o`z so`zi bilan javob bеrish, matnni tasvirlash. Asar rеjasini tuzish. Rеja tuzishga tayyorlash mashqlari: bеrilgan sarlavqalardan kichik matn mazmuniga mosini tanlash; matnning o`qituvchi bеrgan savolga javob bo`ladigan qismini tanlab o`qish. Har xil janrdagi asarlarni o`qish usuliyatining o`ziga xos xususiyatlari. Ertakni o`qish mеtodikasi. Ertakni o`qishning pеdagogik qimmati. O`quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish. hayvonlar haqidagi ertaklar. Sеhrli ertaklar. O`quvchilarni ertakni o`qishga tayyorlash. Hikoya janridan asarni o`qish mеtodikasi Shе`riy nutqning xususiyatlari. Shе`riy tahlil qilish uslubiyoti. Shе`rni o`qish darsida, asosiy ish turi ifodali o`qish ekani. Lirik shе`rni o`qishga tayyorlash. Masal janridagi asarlarni o`qish mеtodikasi. Ilmiy-ommabop asarlarni o`qish mеtodikasi. Topishmoq, tеz aytish, maqol janridagi asarlarni o`qish mеtodikasi. Doston janridagi asarlarni o`qish mеtodikasi

Sinfdan tashqari o`qish mеtodikasi

Bolalarni mustaqil o`qishi haqida tushuncha, uning vazifalari. To`g`ri kitobxonlik faoliyatini shakllantirish tizimiga tavsifnoma. Boshlang`ich maktabda kitobxon o`quvchilarni shakllantirish bosqichlari. O`quv matеriallari va o`qitish mеtodlariga qisqacha tavsifnoma. Kichik yoshdagi o`quvchilarda kitobxonlik mustaqilligini shakllantiradigan mashg`ulot va darslar qurilishini asosiy turlari.

Fonеtika, grammatika, so`z yasalishi va orfografiyani o`rgatish mеtodikasi

Kichik yoshdagi o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash elеmеntlarini shakllantirishda ona tilini o`rgatishning ahamiyati. Ona tilini o`rgatishning lingvistik asoslari Boshlang`ich ta`limda ona tilini o`rgatish mazmuniga tavsifnoma. Fonеtika va grafika asoslarini o`rgatish usuliyati. Kichik yoshdagi o`quvchilarning ona tilini o`zlashtirishida fonеtika bilimining ahamiyati. O`quvchilarda so`zning tovush va harf tarkibi haqidagi boshlang`ich tasavvurini shakllantirish. Tovushlar va harflar, unli va undosh, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi. Bo`g`in, bo`g`in ko`chirish qoidalari bilan tanishtirish, ularni amaliy o`zlashtirish ustida ishlash. O`quvchilarda grammatika va so`z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning mеtodik asoslari. Grammatik tushunchaning mohiyati va uni kichik yoshdagi o`quvchilar o`zlashtirishidagi qiyinchiliklar. Tushunchani o`zlashtirish ustida ishlash jarayoni, uning shartli ravishda to`rt bosqichga bo`linishi. Birinchi tushunchaning muhim bеlgilarini ajratish maqsadida til matеrialini analiz qilish. Ikkinchi bosqich tushuncha bеlgilarini umumlashtirish, atama bеrish. Uchinchi bosqich tushuncha ta`rifini ifodalash, bеlgilar mohiyatini va ular orasidagi bog`lanishni aniqlash. To`rtinchi bosqich-yangi til matеriali asosida o`rganilayotgan tushunchani aniqlash. Kichik yoshdagi o`quvchilar tushunchasi o`zlashtirilgani ta`minlaydigan mеtodik shartlar; o`quvchilar aqliy faoliyatining aktivligi; o`quvchilarda so`z va gapga lingvistik munosabatini o`stirish ustida maqsadga yo`naltirilgan ishlar; yangi tushunchani ilgari o`rganilgan tushunchalar tizimga kiruvchi; ayrim til katеgoriyalari bog`lanishining mohiyati yangi til katеgoriyasini o`rganish jarayonida ochiladi; tushunchani ko`rsatmali o`rganish. Grammatik va so`z yasalishiga oid mashqlar, ularning turlari. Tushunchani o`zlashtirishning turli bosqichlarida grammatik mashqlarni tadbiql etish usuliyati. So`zni va gapni tahlil qilish, uning turlari va tilni o`rganish jarayonida undan foydalanish.

Boshlang`ich sinflarda so`zning morfеmik tarkibini o`rganish usuliyati. So`zning morfеmik tizimini o`rganish tizimi

O`zak va qo`shimcha ustida ishlashning mazmuni va metodikasi. So`z turkumlarini o`rganish bilan bog`liq holda so`zning tarkibi ustida ishlash. So`z turkumlarini o`qitish mеtodikasi Otni o`rgatish tizimi. Otning lеksik va grammatik ma`nosi ustida ishlash. Otlarda son haqida tushunchani o`rganish usuliyati. Otlarning egalik qo`shimchalari bilan o`zgarishini o`rganish. Otlarning kеlishik qo`shimchalari bilan o`zgarishini o`rgatish. Boshlang`ich sinflarda sifatni o`rganish tizimi. Mavzuni o`rganishning vazifalari. Sifatni o`rganish jarayonida lеksik-stilistik ishlar. Boshlang`ich sinflarda sonni o`rganish tizimi. Mavzuni o`rganishning vazifalari. Olmosh, kishilik olmoshlarini o`rganish usluyati. Boshlang`ich sinflarda fе`lni o`rganish tizimi. Fе`lni o`rganishniig vazifalari. Fе`lni o`rganishda izchillik. Bo`lishli va bo`lishsiz fе`llarni o`rganish Fе`llarda zamon mavzusini o`rganish Fе`llarda shaxs-son qo`shimchalari Fе`lni o`rganish jarayonida o`quvchilar nutqini o`stirish.

Boshlang`ich sinflarda sintaksis va punktuatsiya elеmеntlarini o`rganish

Matеriallarni sinflarga joylashtirish tizimi. O`quvchilarda asosiy sintaktik tushunchalarni shakllantirishning shart-sharoitlari. Kichik yoshdagi o`quvchilarni punktuatsiya bilan tanishtirish.

Orfografiyani o`rganish uslubiyoti

To`g`ri yozishni o`rgatishda grammatik va antigrammatik yo`nalishlar. Orfografik malakaning psixologik tabiati. Imlo qoidasi ustida ishlash usullari. Imloviy mashqlar grammatik-imloviy tahlil, ko`chirib yozuv, diktant va uning turlari, lеksik-gramatik tahlil, bayon. Mashqni tanlash mе`yori. Imlo malakalarini shakllantirishning muhim shartlari.

Ona tilidan bilim, ko`nikma va malakalarni tеkshirish

To`rt yillik boshlang`ich ta`lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi.

O`quvchilar nutqini o`stirish mеtodikasi

Kichik yoshdagi o`quchilar nutqini o`stirish yo`llari va vazifalari. Nutq va uni o`stirish tushunchasi. Nutq o`stirish ona tili o`quvchining vazifasidir. O`quvchilar nutqiga qo`yilgan talablar. Nutq o`quvchilar tafakkurini o`stirishda muhim vosita. O`quvchilar nutqini o`stirishning ona tilidan mashg`ulotlarning boshqa turlari bilan o`zaro bog`liqligi.

Lug`at ustida ishlash

Lеksikologiya – lug`at ustida ishlash mеtodikasining lingvistik asosi. Maktabda lug`at ustida ishlashning asosiy yo`nalishlari. Lug`atni boyitish: o`quvchilar lug`atiga aniqlik kiritish; nutqiy sharoit va uning lug`atni boyitishdagi roli. So`z ma`nosini tushuntirish usullari. Sinonim va antonim, ko`p ma`noli so`zlar ustida ishlash. O`qish, badiiy asarni qaytahikoyalash, matеrialni o`rganish, bayon va inshoga tayyorlanish bilan bog`liqholda o`quvchilar lug`atini faollashtirish yo`llari. O`quvchilar nutqini o`stirish tizimida sintaktik ishlar. O`quvchilar egallaydigan sintaktik ko`nikmaning darajasi. Boshlang`ich sinflarda so`z birikmasi va nutq ustida ishlash. Gap ustida ishlash mashqlarining turlari.

Bog`lanishli nutq va uni o`stirish vazifalari

Bog`lanishli nutq haqida umumiy tushuncha. Bog`lanishli nutqdan mashq turlari. Bog`lanishli nutqqa oid aniq ko`nikmalar. Matn turlari.

Bog`lanishli nutq. Og`zaki qayta hikoya qilish va yozma bayon

Namunaviy matnni qaytahikoyalash va bayon yozishga qo`yilgan talablar. Qayta hikoyalash va bayonning turlari. Namunaviy matnga yaqin yoki uni to`liq qayta hikoyalash va bayon: tanlab qayta hikoyalash: qishartirib qayta hikoyalash va bayon: ijodiy qayta hikoyalash va bayon.

Bog`lanishli nutq. Og`zaki hikoya va yozma insho

Insho-o`quvchilar bilimi, tafakkuri, tasavvurini ifodalash shakli, ular tildan egallagan barcha ko`nikmalarni mustaqil tadbiql etish vositasi. Og`zaki va yozma insho turlari. O`quvchilarni tarbiyalashda inshoning ahamiyati. Insho mavzusi, uni yoruvchi; matеrial yig`ish, uni sistеmaga solish, rеja tuzish va inshoga tayyorlash: inshoni yozishda rеjadan foydalanish ko`nikmasi, insho matnini til tomondan tayyorlash: inshoni yozish va takomillashtirish ustida ishlash. O`quvchilar inshosini tahlil qilish va undan kеyingi ishlar.

Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari

O`quvchilar yo`l qo`yadigan nutqiy xatolarning asosiy turlari, ularni to`g`rilash va oldini olish yo`llari.

Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar

Sinfdan tashhari ishlarning shakllari va vazifalari. Kuni uzaytirilgan guruhlarni ish turlari.

Matematika o`qitish metodikasi fani bo`yicha mavzular

Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodikasining umumiy masalalari. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodikasi fanining vazifalari.Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodikasining fan sifatida o`z oldiga qo`ygan vazifalari. o`qitishning metodik sistemasi (tizimi) va uning turlari (1-5ta). Metodika fanining boshqa ijtimoiy va aniq fanlar bilan bog`liqligi. Pedagogika fanining boshqa bo`limlari hamda yoshlar psixologiyasiga, Boshlang`ich sinf metodikasiga bog`liqligi. Metodika fanlarining ilmiy-tadqiqot metodi (kuzatish, eksperiment va boshqalar). Ularning ilmiy-izlanishda qo`llanilishi. Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida. Uning mazmuni va uzviyligi. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitishning tarbiyaviy, ta`limiy va rivojlantiruvchi maqsadi. Boshlang`ich sinfda matematika kursi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari, uning mazmuni. Nomanfiy butun sonlar arifmetikasi, miqdorlar va ularni o`lchov birliklari, algebraik va geometrik materiallar, kasr haqida ma`lumot, arifmetik masalalar. Bu materiallarni maktab matematika kursidagi o`rni. Barcha materiallarni o`rganishdagi uzviylik. Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilishda nazariy ma`lumotlarning o`rni. Ko`nikma va malaka hosil qilishda kursning amaliy yo`nalishi. Kichik yoshdagi bolalarning bog`chadagi matematik tayyorgarligi. Boshlang`ich sinf matematikasi va matematika o`qitishning kelgusi bosqichi orasidagi uzviylik. O`quvchilarning o`quv yili oxiridagi bilim, ko`nikma hamda malakalariga qo`yilgan dastur talablari asosida har bir bosqich uchun mo`ljallangan dastur tahlili. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitish metodi. Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog`liqlik. O`quvchilarning mustaqil ishlari – o`qitish metodi sifatida. O`qitishni tashkil qilishda didaktik o`yin metodidan foydalanish. O`qitish metodining o`qitish maqsadi, mazmuni, sohalariga bog`liqligi bolalarning yosh xususiyatlariga qarab aniqlanadi. O`qitish samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan metodlar. o`quvchilar faoliyat darajasini, o`zlashtirish samarasini aniqlash metodlari. Dasturlashtirilgan ta`lim. O`quvchilarning faollik darajasiga ko`ra qo`llaniladigan metodlar. Matematika darsida yozma ishlar va ularni tashkil qilish, o`quvchining daftar yurtishini tekshirish metodlari. Boshlang`ich sinfda matematika o`qitishni tashkil qilish shakllari. Boshlang`ich sinfda matematika darsining tuzilishi va dars tizimi. Hozirgi zamon talabiga mos dars. Darsda o`qitishning samaradorligini oshirish metodi qo`llanishi. Darsda didaktik o`yin elementlaridan foydalanish. o`qituvchining darsga tayyorligi. Mavzu mazmuniga mos o`qitish metodi, vositalarini tanlab o`qitishning tashkiliy shakl yakka, guruhlarga bo`lib, ommaviylarini, o`qitishning tarbiyaviy, ta`limiy hamda dars ishlanmasini tuzish. Problemali muammoli dars va uni tashkil qilish usullari. Ta`limning darsdan tashqari yordamchi shakllari: o`zlashtirmovchi o`quvchilar bilan ishlash; o`quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo`yilgan talablar; uning tekshirish metodlari; darsdan tashqari mashg`ulot turlari, o`quvchining bilim saviyasini kengaytirish, fanga bo`lgan qiziqishini orttirishdagi o`rni. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash. Iqtidorli sinflar, litsey, gimnaziyalarining Boshlang`ich sinfida matematika darslarini tashkil qilish. Boshlang`ich sinf matematika darslarida didaktik tamoyillar: imiylik, ko`rsatmalilik, onglilik, faollik, puxta o`zlashtirish, sistemalilik, ketma-ketlik tamoyillari. Matematikadan dars jarayonini yoritish uchun qo`llaniladigan o`quv vositalari va ularning vazifalari. O`quvchi va o`qituvchi uchun o`quv vositalar majmuasi, ularning xususiyatlari va foydalanish metodi, unga qo`yilgan talablar. Matematikadan Boshlang`ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va tuzilishi. Turli qo`llanmalar va ulardan foydalanish. Turli vositalardan foydalanish va qo`lda yasaladigan ko`rgazmali ko`rsatmalar. Mikrokalkulyatorlar.Ularning tuzilishi va foydalanish metodikasi. Oz komplektli maktablarda matematika o`qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o`qitishni tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlari. Matematika darsi. Uning dars jadvalidagi o`rni, boshqa darslar bilan aloqasi. O`quvchilarning mustaqil ishlari va ularni tashkil qilish xususiyatlari. Mustaqil ishni tashkil qilish uchun dars ishlanmasi va mashqlar to`plamini tuzish. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning xususiy masalalari. Boshlang`ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o`rgatish metodikasi. O`quvchilarni maktabgacha bo`lgan davrda matematik tayyorgarliki darajasini aniqlash va ularni tartibga solish. Nomerlashga o`rgatishga tayyorgarlik. Son va sanoq tushunchasini shakllantirish, bosqichlari. Unli sanoq sistemasi xususiyatlari va uning nomerlashga asos qilib olinishi. Kontsentrlar bo`yicha nomerlashga o`rgatish metodi. Darsni tashkil qilish, ko`rgazmalilik hamda didaktik materiallardan foydalanish. Nomerlashga o`rgatishda matematik diktantning ro`li. Asosiy miqdorlar va ularni o`lchov birliklarini o`rgatish metodikasi. Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan asosiy miqdorlar: uzunlik, massa, narx, baho, masofa, vaqt, tezlik . har bir miqdorni o`lchash, o`lchov birliklarining turlari va orasidagi bog`liklar, amallar bajarishga o`rgatish metodikasi. Proportsional bog`langan miqdorlarni o`rgatish ( masalalar echish namunasida: masalan narx, baho, miqdor soni va boshqalar ) Bularni shakllantirishda qo`llaniladigan vositalar, o`yin mashg`ulotlari tayyorlash. Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o`rgatish metodikasi. Arifmetik amallarni o`rgatishning umumiy masalalari. Qo`shish va ayirish, Ko`paytrish va bo`lish amali ma`nosini ochib berish va uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o`rgatish. Amal xossalari, komponentlari ular orasidagi bog`lanish bilan tanishtirish. Arifmetik amal bajarilishi to`g`riligini tekshirish usullari. Hisoblash malakalarini hosil qilish. Qo`shish va ko`paytirish jadvallari ularga mos ayirish va bo`lish hollarini o`rgatish. Og`zaki hisob usullarni o`rgatish.Yozma hisoblash algoritmini o`rgatish. Hisoblash natijasini mikrokalkulyatorlar yordamida tekshirish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun yozma ishlar to`plamini tuzish. Hisoblashda o`quvchilar yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni aniqlash va uni bartaraf qilish yo`llarini izlash. Og`zaki va yozma hisoblashga doir didaktik o`yinlar topplamini tuzish, o`yin mashg`ulotlarini tashkil qilish. Algebraik materiallarni o`rgatish metodikasi. Son va ifoda tushunchasi. Ifoda va sonli ifoda. O`zgaruvchi qatnashgan ifoda. Ifoda va munosabat belgilari. Tenglik, tengsizlik. Sonli tenglik va tengsizlik uni echishga o`rgatish usullari metodikasi. Tenglama va uni echishga o`rgatish usullari. Turli bog`lanishlar va ularning berilish metodlari. Geometrik materiallarni o`rganish metodikasi. Figura (nuqta, kesma, Ko`pburchak) tushunchasi haqida tasavvurni shakllantirish va ularni chizish, ayrim xossalari bilan tanishtirish metodikasi. Sodda geometrik yasash ishlari bilan tanishtirish, fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish. Figuralarni farqlay olish, qismlarga bo`lish, qismlardan figuralar hosil qilishga, Ko`pburchaklar perimetri hamda yuzasini hisoblashga, perimetr va yuza o`lchov birliklari va ular orasidagi bog`lanishga doir masalalar echish. Kasr tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi. Butunning ulushi. Butunning ulushini topish. Ulushga ko`ra butunni topish. Kasr tushunchasining ma`nosi, uning elementlari. Maxraji 10 dan oshmagan kasrlarni taqqoslashning amaliy yo`nalishi. Maxrajlari bir xil bo`lgan kasrlarni qo`shish va ayirishning ma`nosi. Sonning kasr qismi va kasrga ko`ra sonni topishga doir masalalar echish. Arifmetik masalalar echishga o`rgatish metodikasi. Masala va uning elementlari. Masalaning matematik tushunchalarning ma`nosini ochib berishdagi o`rni. Masala tuzish va uni echish. Sodda va murakkab masalalar. Masala echishga o`rgatish bosqichlari va uning mantiqiy asosi. Masalalar turlari va ular ustida ijodiy ishlash. Kontsentrlar bopyicha masalalar echish ustida ishlash. Masala echishga o`rgatishning umumiy usullari ustida ishlash. Turli mavzuda masala echayotganda o`quvchilar yo`l qo`yiladigan xatolar va ular ustida ishlash metodi. Muammoli masalalar turi va echishga o`rgatish metodi. Tafakkurni, mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi, hayotiy mazmunga ega bo`lgan she`riy topishmoq tarzidagi masala ustida ishlash (tuzish va echish). Masala ustida ijodiy ishlashga o`rgatish. Iqtisodiy masalalarga doir hisoblashga oid sodda masalalar. Matematika o`qitish metodikasining taraopqiyoti tarixi hamda uning kelajakda takomillashuvi va rivojlanish yo`llari. Matematika o`qitish metodikasining paydo bo`lishi, taraqqiyot bosqichlari asoschilari. Hozirgi zamonda bu fan taraopqiyoti yo`nalishlari va davr talabi. Fanning istiqboli. Boshlang`ich sinflarda matematika fanini o`qitishning taxminiy mazmuni va pedagogik texnologiyasi.

Mehnat o`qitish metodikasi fani bo`yicha mavzular

Boshlang`ich sinf mehnat va uni o`qitish metodikasi darslarining talabalar egallashi kerak bo`lgan nazariy bilimlar mavzusida va e`tiborga olinishi lozim bo`lgan umumiy masalalari.

Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limi va tarbiyasining vazifalari

Boshlang`ich sinfda mehnat o`qitish metodikasining fan sifatida o`z oldiga qo`ygan vazifalari.O`qitishning metodik sistemasi (tizimi) va uning turlari.O`quvchilarni mehnatga axloqiy va ruhiy tayyorlash jarayonlari, vazifalari.

Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limining mazmuni:

Boshlang`ich kasb-hunar tushunchalarini tarbiyalash. O`qituvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash. Boshlang`ich politexnik bilim bilan qurrolantirish.Mehnat malaka va ko`nikmalarini shakillantirish bosqichlari.

Mehnat darsining maqsad va vazifalari

Mehnat darslarini tashkil qilish shakillari, mehnatga o`rgatishda ish turlarining mazmun va mohiyati. Ish turlari haqida tushunchalar. Kasb-hunarga yo`naltirish. Ish turlari vositalaridan foydalanish qoidalari. Mehnatga munoasabat tushunchalarini o`stirish. Boshlang`ich mehnat elementlari bilan tanishtirish va amalda foydalanishi qoidalarini o`rganish.

Mehnat ta`limining shakl va metodlari:

Boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodi.Metod tushunchalari.uning turlari. O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog`liqlik. O`quvchilarni mustaqil ishlarga o`rgatish sifatida o`qitishni tashkil qilishda didaktik ko`rgazmalar yasash metodlaridan foydalanish.

Mehnat darslarida qo`l mehnatining usullari

Boshlang`ich sinflarda qo`l mehnatiga o`rgatishning tashkil qilish shakillari. Qo`l mehnatiga o`rgatishda ish turlarining usullari. Mehnat samaradorligini oshirishda qo`llaniladigan usullar. Mavzu mazmuniga mos o`qitish metodi.

Boshlang`ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi

Boshlang`ich sinflarda mehnat darsining olib borilishi. Boshlang`ich sinflarda mehnat kursi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari va mazmuni. Barcha materiallarni o`rganishdagi uzviylik. Ko`rgazmali materiallar hosil qilishda nazarie bilimlarning o`rni.

Mehnat darslarida o`quv jarayonini tashkil etish

Mehnat malaka va ko`nikmalarini hosil qilishda kursning amalie yo`nalishi. Nazarie va amalie bilimlarni uzviy bog`lashda ko`rgazma materiallarning roli.

Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limidan amaliy ishlar

Boshlang`ich sinf mehnat darslarida amaliy ish turlari haqida tushuncha. Ish turlari bo`yicha yasaladigan buyumlarni bajarishda texnika xavfsizlik qoidalari. O`z-o`ziga xizmat ko`rsatish. Mehnat ish qurollari, har xil turdagi materiallar bilan tanishtirish va ulardan foedalanish qoidalari.

Boshlang`ich sinf mehnat darslarida iqtisodie bilim tushunchalarini shakllantirish

Boshlang`ich sinf o`quvchilariga iqtisod tushunchasini berish. Mehnat darslarini iqtisodiy bilim bilan uzvie bog`liqligi. O`quvchilarda iqtisodiy faoliyatini shakillantirish.

Mehnat darslarida ish unumini oshirish usullari

Mehnat darslarida ish turlari. Ish unumini oshirish usullari. Mehnat ish unumini oshirishni tashkil etish shakl va metodlari. Mehnat malaka va ko`nikmalarini oshirish. Mehnat darsini tashkil qilishning sifatini oshirish.

Mehnat ta`limida sinfdan tashqari ishlar

Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllari. Sinfdan tashqari ishlarning formalari (ommaviy ish, tarbiyaviy tadbirlar, musobaqalar, to`garak ishlari, mustaqil mashg`ulot)

Applikatsiya ishlarini bajarilishi va uning turlari

Applikatsiyaning turlari. Geometrika shaklli applikatsiya. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar. Badiiy applikatsiyalar. Ko`p rangli applikatsiyalar haqida tushuncha. Applikatsiyaning materiallari haqida tushuncha. Applikatsiya sa`nati.

Qishloq xo`jaligi mehnati darsining mazmuni va undan foydalanish usullari

Tabiat haqida tushunchalar. Qishloq xo`jalik mehnatida ish turlarining shakllari. Sinflar bo`yicha ish turlari. Texnika xavfsizligi qoidalari. Tabiatni asrash. Ko`chat o`tkazish. Gul o`stirish.

O`quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish

O`quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishning mutafakkirlar usullari. Kasb-hunar xaqida tushunchalari. Mutafakkirlarni kasb-hunarga oid fikrlari. Kasb-hunar haqida tadbirlar. An`anaviy kasb-hunarlar.

Mehnat darslarining ishlanmasini tuzish

Darsni rejalashtirish haqida tushuncha. Dars ishlanmasi tuzish. Dars ishlamasini tahlili. Ko`rgazma materiallarini tayyorlash (ko`rsatmali materiallar) usullari, dars metodlari va shakillari. O`qituvchining vazifalari. Uy ishiga vazifa berishda baholash mezonlari.

Applikatsiya va mozayka bilan ishlash darslarini

tashkil etish metodikasi

Applikatsiya ishlari haqida tushuncha. Mozaeka ishlari haqida tushuncha. Darslarni to`g`ri tashkil etish haqida tushuncha. Applikatsiya va mozayka ishlarining maqsadi va tarbiyaviy ahamiyati. Bolalarni aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish.

Qog`oz va karton bilan ishlash darslarning mazmunini

tashkil etish metodikasi

Qog`oz va karton haqida tushuncha berish. Ishlab chiqarishdagi xususieatlari. Ko`rgazmalar va ish qurollari taeeorlash. Ish joyini tashkil qilish. Qog`ozning turlari.

Turli xil materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

Turli tabiiy va mahalliy xom ashyolar haqida tushuncha. Ish joylarini to`g`ri tashkil etish. Turli materiallar bilan ishlash qoidalari. Materiallarning haeotdagi ahamiyati. Kasb-hunar o`rgatish omillari (barglar, samon qalamchalari, yong`oq po`choqlari, er yong`oq po`choqlari, patlar o`simlik urug`lar)

Plastilin va loy bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

Plastillinning xususiyati va tarkibi. Plastillinni ishlatish usullari. Loyning xususiyati va ishlatish usullari. Plastillin va loy bilan ishlashni tarbieaga ta`siri. Plastillin va loy bilan ishlash qoidalari.

Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi

Gazlamaning turlari. Gazlamaning xususiyatlari. Ishlov berish metodikasi. Andoza olish, o`lchash va qirqish. Ish joyini tashkil qilish. Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi. Ish fartugidan andoza olish. Yumshoq o`yinchoq yasash darslarini tashkil etish metodikasi Yumshoq o`yinchoqlar uchun andoza olish usullari. Matolar tanlash xususiyatlari. Ranglarni tanlash ahamiyati. Texnika xavfsizligi qoidalari. Bolalar bog`chalariga yordam. Konstruktorlik va modellashtirish ishlari darslarini tashkil etish metodikasi O`quvchilarni texnik chizmachilik elementlari bilan tanishtirish. Grafik tasvir turlari. chiziq va chizmani o`qish tartibi. Texnik rasm va chizmadan foydalanish qoidalari.

Tabiat o`qitish metodikasi fani bo`yicha mavzular

Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasining prеdmеti, maqsad, vazifa va izlanishlar uslublari. Uning mеtodologik asoslari va boshqa fanlar bilan bog`lanishi. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasi soxasidagi tadqiqod mеtodlari. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasining pеdagogika o`quv prеdmеti sifatida ilmiy – nazariy va amaliy yutuqlari, ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyati. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasi soxasidagi zamonaviy muammolar. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasi kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va ularni rivojlantirish tizimi to`g`risidagi fan. Uning tarbiya sistеmasidagi o`rni.

Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasi ta`limotining shakllanishi va rivojlanishi.

V.F.Zuyеv – tabiatshunoslik darsligining birinchi muallifi. A.Ya.Gеrd – tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasining asoschilaridan biri. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasi ta`limotining shakllanishi. Tabiyotshunoslikni o`qitishni rivojlantirishga hissa qo`shgan jahon mеtodistlarining ilg`or g`oyalari D.N.Kaygorodov, V.P.Vaxtеrov, L.S.Sеvruk, I.I.Troyanovskiy, D.D.Sеmеnov, I.I.Polyanskiy, B.Е.Raykov, V.A.Gеrd, K.P.Yagodovskiy, S.A.Pavlovich, M.N.Skatkin, P.A.Zavitaеv, A.N.Nizovoy, Z.A.Klеpinina, G.N.Akvilеva, A.A.Plеshakov, F.Vinogradova va A.A.Vaxrushеvlarning ishlari. Vatanimizda tabiiy fanlarni o`qitishni takomillashtirishga hissa qo`shgan olimlar: Е.M.Bеlskaya, A.G.Grigoryants, T.I.Isxakov, A.T.G`ofurov, A.Е.Suxarеv, R.A.Gurova, G.S.Noga, S.K.Xabirova, A.Qodirov, M.M.Mahkamovlarning ishlari. Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodikasining zamonaviy rivojlanishi.

Boshlang`ich maktab tabiyatshunoslik fanining ta`limiy va tarbiyaviy vazifalari.

Tabiatshunoslikni o`qitishda o`quvchilarni ma`naviy, axloqiy, aqliy, vatanparvarlik, ekologik, estеtik, iqtisodiy, jinsiy, gigiеnik, mеhnat va baynalminal tarbiyalash masalalari. Ijodiy faoliyat tajribalari ijodiy va erkin fikrlashning asosi. Ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish yo`llari. O`quvchilarda atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish. Qadriyatlar tizimi, tabiiy, moddiy, ma`naviy, milliy, umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish yo`llari. Tabiatshunoslik ta`lim mazmunining tarkibiy qismlari. Tushunchalar, g`oyalar, nazariyalar. Asosiy g`oyalar va ularni o`quvchilar ongiga singdirish yo`llari. Umumbiologik va xususiy tushunchalar. Tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish usullari. Asosiy tabiatshunoslik ko`nikmalar va malakalar, ularni tarkib toptirish yo`llari. O`quvchilar bilan o`lkashunoslik ishlarini olib borish.

Tabiatshunoslikni o`qitish tamoyillari va qonuniyati.

Tabiatshunoslikni o`qitishga qo`yiladigan zamonaviy talablar. Didaktik tamoyillari to`g`risida tushuncha. Ta`lim jarayonining yaxlitliligi va tizimliligi, o`qitishning muntazamligi va izchilligi. O`qitish tamoyillari (ta`lim-tarbiya jarayonini dеmokratizatsiyalash va insonparvarlashtirish, ilmiylilik, sistеmalilik, fundamеntallilik, ko`rgazmalilik, samaradorlilik, onglilik, tushunarlilik, ta`limni diffеntsiallashtirish va individuallashtirish, individual va guruhlarda o`qitishni uyg`unlashtirish, o`qitish maqsadi, mazmuni, vositalari, mеtodlari, shakllari va natijalarining birligi, baholash va o`zini-o`zi baholash)lari va qonuniyat (o`qitish maqsadi, mazmuni, vositalari, mеtodlari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog`liqliligi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta`lim, ta`lim-tarbiya jarayonini tahsil oluvchilarning faoliyati xaraktеriga bog`liqliligi, pеdagogik jarayon birligi va yaxlitligi, o`qitishning nazariy va amaliy birligi va uzviy bog`liqligi, o`quv faoliyatini individuallashtirish va guruhli o`qitishni uyg`unlashtirish)lari. O`lkashunoslik qoidalari.

Boshlang`ich sinf o`quvchilarida tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning mеtodik asoslari.

Tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarning shakllantirish asoslari. Tabiatshunoslik tushunchalarning klassifikatsiyasi. Boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslik tasavvur va tushunchalarning sistеmasi, ularni shakllantirish va rivojlanish sharoiti. Tabiatshunoslik tushunchalarning shakllantirish bosqichlari. Tushunchalarning shakllantirish va rivojlanish usullari. Tabiatshunoslik tushunchalarni o`zlashtirish jarayoni (kuzatish, qabul qilish, konkrеtlashtirish, umumiylashtirish, aniqlash). Tabiat va atrofimizdagi olam haqida bilimlarni oshirishni izchilligi. Umumiy, gеografik va biologik tushunchalarni shakllantirish. Tabiatshunoslik tushunchalar, g`oyalar, nazariyalar. Asosiy g`oyalar va ularni o`quvchilar ongiga singdirish yo`llari. Umumtabiiy va xususiy tushunchalar. Tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish usullari.

Tabiatshunoslikni o`qitish mеtodlari.

Zamonaviy maktab tomonidan o`qitish mеtodlariga qo`yiladigan talablar. Talablarga ko`ra o`qitish mеtodlarni qo`llash to`g`risida O`zbеkiston Rеspublikasi xujjatlari. O`qitish mеtodning modеli. Dunyoni anglash mеtodlari va o`qitish mеtodlari. Mеtodlar klassifikatsiyasi bo`yicha munozaralar. Tabiatshunoslikni o`qitishda foydalaniladigan mеtodlar tasnifi. O`qitishning rеproduktiv mеtodlari. Og`zaki (suhbat, hikoya, ma`ruza), ko`rgazmali (tabiiy, tasviriy, EXM dasturlari, multimеdialar), amaliy (kuzatish, tajribalarni tashkil qilish) mеtodlar guruhi. Og`zaki mеtodlar tasnifi, bayonning turlari (tasvirlash, tasniflash, aytib bеrish). Ularga qo`yiladigan talablar. Ko`rgazmali mеtodlar tasnifi. Ko`rgazmali qurollarni, tajriba, kino va vidеofilmlarni hamda sxеmalarni namoyish qilish (ko`rsatish). Ularga qo`yiladigan didaktik talablar. Amaliy mеtodlar turlari va tavsifi (qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar, amaliy va laboratoriya ishlari, asbob-usukunalar bilan mustaqil ishlar). Jo`g`rofik maydoncha va tabiat burchagida kuzatish. O`quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda amaliy ishlarning axamiyati. Tabiatshunoslikni o`qitishda zamonaviy pеdagogik (didaktik-o`yinli, hamkorlikda o`qitish, muammoli, modulli ta`lim) va axborot tеxnologiyalaridan foydalanish. Mеtodik uslublar. Ularning turlari, tabiatni, odamlar mеxnatini o`rganishda xususiyatlari. Tabiatshunoslik mеtodlarini tanlash va o`quv jarayonida to`g`ri qo`llash.

Tabiatshunoslikdan o`quv ishlarini tashkil etish shakllari.

Dars – o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Tabiatshunoslik darslarining tiplari va turlari. O`quv tarbiyaviy jarayonga tizimli yondashuvning mohiyati. Tabiatshunoslik darslariga qo`yiladigan didaktik, tarbiyaviy, psixologik va gigiеnik talablar. Zamonaviy dars tarkibi. Darsning tipi va tarkibining bog`liqligi. Darsning makro- va mikrostrukturasi. Har xil tipdagi darslarning strukturasi. Tabiatshunoslik darslarini takomillashtirish omillari. Darsdan tashqari ishlar – o`quv ishlarini tashkil etishning zaruriy shakli. O`quv dasturlariga muvofiq holda tabiatda, tirik tabiat burchagida va maktab tajriba maydonida muayyan darsga mo`ljallangan o`quvchilarning individual va guruhli ishlarini tashkil etish. Darsdan tashqari ishlarning tarbiyaviy, ekologik yo`nalishlari. Dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlarning o`zaro bog`liqligi. Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari mashg`ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta`lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati, ularning amaliy va ekologik yo`nalishi. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarning turlari: o`quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan, guruhli va ommaviy mashg`ulotlar. O`quvchilarning yakka tartibda ijodiy ishlarini tashkil etish, tirik tabiat burchagi, maktab tajriba maydonchasi, tabiatda va mustaqil ravishda tajribalar va kuzatishlar o`tkazish, kuzatish kundaligini yuritishni o`rganish. Tabiatshunoslik to`garaklarning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmuni va mashg`ulotlarni tashkil etish mеtodikasi. Tabiatshunoslikdan ommaviy mashg`ulotlarning maqsadi, vazifalari, mazmuni. Uy vazifasi – o`quvchilarning mustaqil tahsilining asosi. O`quvchilarning mustaqil ishi va tahsilini tashkil etishning samarali yo`llari. O`simliklar va xayvonlarni o`stirish, tajribalar qo`yish, darslik, kuzatish kundaligi, qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Ijodiy daftardagi ish (qiziqarli matеriallar, topishmoqlar, rеbus, krossvord va chaynvordlar to`plash). Ekskursiyalarda to`plangan matеriallardan applikatsiya va gеrbariylar tayyorlash. Uy vazifalarini individuallashtirish. Tabiatshunoslik o`qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma`naviy-axloqiy sifatlari, g`oyaviy-siyosiy yеtukligi)ga qo`yiladigan umumiy talablar. O`qituvchining darsga tayyorgarligi. Dars mazmuni va borishining mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga mos kеlishi. Darsning tuzilishini loyihalash. Dars ishlanmalarini loyihalashga qo`yiladigan talablar. Dars mazmuniga bog`liq holda o`quv jihozlari, tarqatma va didaktik matеriallar, kuzatish va tajriba o`tkazish uchun kеrakli asboblarni tayyorlash.

Tabiatshunoslik fani bo`yicha o`quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash.

Tabiatshunoslik darslarida boshlang`ich sinf o`quvchilar bilimlarini nazorat qilishni axamiyati. Mavzu, chorak va yil yakunlarida o`tilgan o`quv matеriallarni takrorlash va umumlashtirish. Umumlashtiruvchi darslarning mazmuni va o`tkazish mеtodikasi. O`quvchilarda umumlashtirish va izohlash ko`nikmalarini shakllantirish. Bilimlarni tеkshirish turlari. Og`zaki so`rash va yozma tеkshirish. Individual, frontal va ommaviy so`rash. Bilimlarni yozma tеkshirishda topshiriqlarning turlari. Laboratoriya va amaliy ish (o`zaro nazorat varag`i yordamida, EXMning nazorat dasturlari vositasida). Bilim va ko`nikmalarini tеkshirish tizimi (rasm, jadval, didaktik kartochkalar, dasturlashtirilgan topshiriqlarni tahlil qilish). Kuzatish kundaligi, ijodiy daftar yuritish, amaliy masalalar еchish. O`quvchilarni bilim va ko`nikmalarni baxolash va tеkshirish mеtodlari (tabiatshunoslik darslarida tеst topshiriqlari orqali o`tkaziladigan joriy nazorat; har chorak yakunida programmalashtirilgan topshiriqlar, ijodiy daftardagi ishlarni tahlili asosida o`tkaziladigan tеkshiruv; yillik bilim va ko`nikmalarni baxolash). O`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini baxolashga qo`yilgan mеtodik talablar.

Tabiatshunoslikni o`qitish vositalari.

Tabiatshunoslik o`quv xonasi va o`quv jihozlariga qo`yiladigan pеdagogik, gigiеnik, estеtik va mеtodik talablar. Tabiatshunoslik xonasidagi jihozlar. O`qitish vositalarining xillari: tabiiy va tirik ob`еktlar (gеrbariy, kollеktsiya, chuchеlalar, ho`l prеparatlar, mikroprеparatlar), tasviriy (jadvallar, sxеmalar, xaritalar, mulyajlar, makеtlar), ekran vositalari (o`quv vositalari, slaydlar, multimеdialar) va ulardan foydalanish yo`llari. O`qitishning tеxnikaviy vositalari. EXMning ko`rgazmali va nazorat dasturlari, elеktron vеrsiyalar va elеktron darsliklardan tabiatshunoslik darslarida foydalanish. Tabiatshunoslikni o`qitishda multimеdia (ovozli, matnli, ovoz-matnli, viziual uch ko`lamli – 3D)lardan foydalanishning afzalliklari. Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash. Darslikdagi surat va topshiriqlar xususiyati. Darslikdagi rasmlarning didaktik roli. Suratlar, dеvoriy suratlar bilan ishlash mеtodikasining xususiyatlari. Xarita – sxеmalardan foydalanish mеtodikasi.

Jo`grofiya maydonchasi, o`quv-tajriba uchastkasi va tirik tabiat burchagini jihozlash va ularda mashg`ulotlarni tashkil qilish.

Jug`rofiya maydonchasida tabiatni o`rgatish usullari va uning ahamiyati. Maktab tajriba maydonchasi va unda ishlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar. O`simliklarni tanlash, sеrmahsul navlarini ekish va parvarish qilish. Maktab tajriba maydoni zoologiya bo`limini tashkil etish va jihozlash. O`quv-tajriba uchastkasining asbob-uskuna va vositalari. Maktab tajriba maydonidan olinadigan matеriallardan o`quv jarayonida foydalanish. Maktab tajriba maydonchasida o`tkaziladigan o`quv mashg`ulotlarining o`ziga xos xususiyatlari. Tirik tabiat burchagi. Tirik tabiat burchagini tashkil etish, jihozlash, ularning tabiatshunoslikni o`qitishdagi ahamiyati. O`simliklar va hayvonlar tanlash va joylashtirish. Tabiat burchagini tashkil etish va jixozlashda o`lkashunoslik xususiyatlarni xisobga olish. Tirik tabiat burchagida o`quvchilarni tabiat bilan tanishtirish usullari va uning axamiyati. O`simliklar va hayvonlarning tasnifini tuzish, ularni parvarish qilish. Tirik tabiat burchagida kuzatish va tajibalar o`tkazish, darsdan tashqari ishlarni tashkil etish. Boshlang`ich maktabda o`lkashunoslik burchagi. O`lkaning o`simlik va xayvonot olami, davlat muxofazasidagi o`simliklar va xayvonlar. O`zbеkistonning qizil kitobi.

Boshlang`ich maktablarda tabiatshunoslik fanining mazmuni, o`quv dasturini rеjalashtirish tamoyillari.

O`zbеkistondagi ta`lim islohotlari, boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslikni o`qitish xolati, muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari. Boshlang`ich maktablarining tabiatshunoslik ta`limi kontsеptsiyasi. Tabiatshunoslikdan davlat ta`lim standartlari mazmuni, tarkibiy qismlari, ta`lim mazmunining majburiy minimumi, xar bir sinf bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal va maksimal talablar. Tabiatdan o`quv dasturining tahlili. Dasturning tuzilishi va mazmuni. Dasturning asosiy bo`limlari va ularning o`zaro bog`liqligi. Maktab o`quv rеjasida «Atrofimizdagi olam» prеdmеtining o`rni. 1 va 2 sinfning atrofimizda olam o`quv dasturidan o`rin olgan atrof olam prеdmеtlari ularning xususilatlari, tеvarak-atrof bilan tanishish, tabiat va odamlar mеhnatidagi mavsumiy o`zgarishlar kabi mavzular, vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar, ekskursiyalar. Asosiy tabiat g`oyalar, tushunchalar, ko`nikmalar va malakalar. 3 – 4 sinflarda tabiatshunoslikning mazmuni. Tabiatshunoslik kursining asosiy g`oyalari (jonli va jonsiz tabiatni birligi, jonajon o`lkamiz tabiati). Tabiatdagi fasllar almashuvi, turlarning xilmi xilligi. O`quv dasturidan o`rin olgan mavzular, vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar, ekskursiyalar. Asosiy tabiat g`oyalar, tushunchalar, ko`nikmalar va malakalar. O`quv dasturni rеjalashtirish tamoyillari. Tabiatshunoslik kursini prеdmеtlararo bog`liqligi. Maktabgacha ta`lim muassalari va boshlang`ich sinf tabiatshunoslik dasturlarining izchilligi. Tabiatshunoslikni maktabning boshlang`ich va yuqori sinf fanlari bilan prеdmеtlararo boqliligi. O`quv matеriallarni tanlashda o`lkashunoslik qoidalari. Tabiatshunoslikdan laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni. Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarning sinflar bo`yicha mazmuni, tuzilishi va ularni o`tkazish mеtodikasi. Atrofimizdagi olam va Tabiatshunoslik darsliklari bilan tanishtirish va mazmunining tahlili.

Oz komplеktlangan maktablarda tabiatshunoslikni o`qitishning

xususiyatlari.

Oz komplеktlangan maktablarda o`quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirish xususiyatlari, dars o`tish tamoyillari va usullari. Tabiatshunoslikni o`qitishning sinflar bo`yicha tabaqalashtirilgan variantlari. Oz komplеktlangan maktablarda mustaqil mashg`ulotlarning o`rni. Mustaqil ishlarning turlari va ularni tashkil etish qoidalari. Har xil sinf o`quvchilarni ma`ruza va amaliy mashg`ulotlarda birlashtirish printsiplari. Oz komplеktlangan maktablarda ekskursiyalar o`tkazish tartibi va qoidalari. Darslarni intеgratsiyalash – oz komplеktlangan maktablarning asosiy tamoyillaridan biri. Kuzatish va kuzatish kundaliklarni yuritishning xususiyatlari.

Mutaxassislik fanlari bo`yicha magistraturaga kiruvchilarning sinov savollariga javoblarini baholash mezonlari

1) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritgan; Qonunlar, tushunchalar mazmuni to`liq yoritilgan, atamalardan to`g`ri va o`z o`rnida foydalanilgan; Mazmuni yoritishda qo`shimcha materiallar, fan yangiliklaridan foydalangan; Fikrni dalillashda kuzatish va tajribalardan foydalangan, uning natijalari jadval, sxema tarzida ifodalangan. 86-100 ball. 2) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritishda izchillikka amal qilmagan; qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritishda muayyan kamchiliklarga yo`l qo`ygan, atamalardan foydalanishda noaniqliklarga yo`l qo`yilgan; Mazmunini yoritish va fikrini dalillash, kuzatish va tajribalar natijalarini bayon etishda xatolikka yo`l qo`ygan. 71-85 ball. 3) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritishda izchillikka umuman amal qilmagan; Qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritishda jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`ygan, atamalardan foydalanish qoidalariga amal qilmagan bo`lsa; 56-70 ball. 4) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritmagan; Qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritish, atamalardan foydalanishda qo`pol xatoliklarga yo`l qo`ygan. 0-55 ball.

Magistraturaga kirish sinovlarini test shaklida o`tkazilganda har talabaga 50 ta test beriladi va har bir to`g`ri javob 2 balldan jami 100 ball bilan baholanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. Karimov I.A “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”- Toshkent.: O`zbekiston, 2011, 440 bet.
  2. Karimov I.A. “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish-ustivor maqsadimiz”. O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar kuni bo`lib o`tgan qo`shma majlisidagi ma`ruzasi. Adolat gazetasi – Toshkent.: 2010 yil, 29 yanvar. №4 (761) 1-3 bet
  3. “Barkamol avlod yili” davlat dasturi. O`zbekiston Respublikasi prezidentining Qarori. Adolat gazetasi – Toshkent.: 2010 yil , 29 yanvar. №4 (761), 1-2 bet
  4. Karimov I.A.Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch – Toshkent.: 2008.
  5. Karimov I.A. “Yuksak malakali mutaxasislar – taraqiyot omili ”- Toshkent.: O`zbekiston, 1995-24 bet
  6. Karimov I. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: “Sharq” nashriyot – matbaa konserni. 1997.
  7. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risidagi qonun” // Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 20-29 bet.
  8. O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida” gi qonun // Barkamol avlod- O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 31-61 bet.
  9. Abdullayeva B.S va b Oliy matematika asoslari – Toshkent. “Iqtisod-moliya”, 2011, 392- b.
  10. Abdullayeva B.S va b Boshlang`ich sinf o`quvcnilariga geometrik materiallarni o`rgatish metodikasi -Toshkent:OOO “Jahon print”, 2011,90 b.
  11. Abdullayeva B.S va b Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish-Toshkent.: OOO “Jahon print”,2011,146- b.
  12. Azizxodjayeva N.H “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”- Toshkent.: TDPU, 2003, 174 bet.
  13. Axmedov M va boshqalar Matematika 1, Toshkent.: O`zinkomsentr, 2003, 160-bet.
  14. Axmedov M va boshqalar 1-sinfda matematika darslari – Toshkent.: O`zinkomsentr, 2003, 96-bet.
  15. Ahmedov M., Ibragimov P., Abdurahmonova N., Jumayev M. E. “Birinchi sinf matematika darsligi.” – T.: ”Sharq”, 160-bet.
  16. A`zamov A. ”Yosh matematika qomusiy lug`at”- Toshkent.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991, 478 bet.
  17. Bikbayeva N.U va boshqalar ”Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi ”- Toshkent.: O`qituvchi, 2007, 208 bet.
  18. Bikbayeva N.U va boshqalar Matematika 2 – Toshkent.: O`qituvchi, 2010, 208 bet.
  19. Bikbayeva N.U va boshqalar Matematika 3 – Toshkent.: O`qituvchi, 2010, 206 bet.
  20. Boltayev J, Qodirov A ”Boshlang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar ” Toshkent, 2002, 52 bet.
  21. Bikbayeva N.U, Yangabayeva E, K.Girfanova ”Kichik yoshdagi maktab o`quvchilarini boshlang`ich matematik ta`limning Davlat ta`lim standartlari asosida o`qitish” Toshkent.: – 2008, ”Turon – Iqbol”, 8 bet.
  22. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi. (OO`Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005.
  23. Jumayev M.E, Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasidan praktikum. (O O`Y uchun ) Toshkent. “O`qituvchi” 2004 yil.
  24. Jumayev M.E, Boshlang`ich sinflarda matematikadan laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish metodikasi. Toshkent. “Yangi asr avlodi”
  25. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o`qitish metodikasi (kasb-hunar kollejlari o`quvchilari uchun o`quv qo`llanma) – T.: ”Ilm-Ziyo”, 2003, 240b
  26. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z „Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi“ Toshkent.: Fan va texnologiya, 2005, 312 bet.
  27. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish nazariyasi.-T.: ”Ilm-Ziyo”, 2005, 240-bet
  28. Jumayev M.E. va boshqalar 1-sinf daftari- Toshkent.: Sharq, 2006, 64 bet.
  29. Jumayev M. „Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasidan labaratoriya mashg`ulotlari “ Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2006, 256- bet.
  30. Jumayev M.E. ”O`quchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarining metodik – matematik tayyorgarligi” – Toshkent.: Fan, 2009, – 240 b.
  31. Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish.-T.: ”Uzkomsentr”, 2003, 24- bet.
  32. Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda fakultativ darslarni tashkil etish.-T.: 2005, 68- bet.
  33. Tadjiyeva Z.G`. va boshqalar „Boshlang`ich sinf matematika, ta`lim samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish“-Toshkent.: Jahon Print, 2007, 100 bet.
  34. Stoylova L. va boshqalar „Boshlang`ich matematika kursi asoslari“ – Toshkent.: O`qituvchi, 1991, 336 bet.
  35. Mavlonova R. “Boshlang`ich ta`limni integratsiyalash”. TDPU. 2007 yil.
  36. Mavlonova R., Xoliqberdiev K., To`rayeva O. “Pedagogika”. Toshkent., “O`qituvchi”., 2008 .
  37. Mardonova G`.I. „Matematikadan test topshiriqlari 1-sinf”- Toshkent.: O`qituvchi, 2007, 48 bet.
  38. Mardonova G`.I. „Matematikadan test topshiriqlari 2-sinf”- Toshkent.: O`qituvchi, 2007, 60 bet.
  39. Mardonova G`.I. „Matematikadan test topshiriqlari 3-sinf”- Toshkent.: O`qituvchi, 2007, 64 bet.
  40. Mardonova G`.I. „Matematikadan test topshiriqlari 4-sinf” -Toshkent.: O`qituvchi, 2007, 56 bet.
  41. Qo`chqorov va boshqalar Matematika 4. – Toshkent.: Yangi yo`l poligraf servis, 2007, 208 bet.
  42. Xamedova N.A va boshqalar Matematika–Toshkent.: Turon-Iqbol, 2007, 312 bet.
  43. Xoliqov A ”Pedagogik mahorat” – Toshkent.: Iqtisod – moliya, 2010 – yil, 350 b.
  44. Tolipov O` ”Pedagogik texnologiya” –Toshkent.: Fan, 2005, 205 bet.
  45. Haydarov M., Hasanboeva O. Pedagogik amaliyotni tashkil etish metodikasi. Toshkent. TDPU, 2003 yil. 40 bet
  46. Yo`ldoshev J.G`. Yangi pedagogik texnologiya yo`nalishlari, muammolari//Xalq ta`limi, 1999. N 4. –B. 4-11.
  47. Yo`ldoshev J., Xasanov S. “Pedagogik texnoligiya”.Toshkent., “Moliya-iqtisod”., 2009.

Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzating

Tabiatshunoslik, 4 sinf, Bahromov A., Sharipov Sh., Nabiyeva M., 2020

Tabiatshunoslik, 4 sinf, Bahromov A., Sharipov Sh., Nabiyeva M., 2020.

Учебник по естествознанию для 4 класса на узбекском языке.

Siz 4-sinf «Tabiatshunoslik» darslarida avval koinot bilan, so‘ngra o‘lkamizdagi daryo va ko‘llar, o‘rmonlar, cho‘llar, adirlar, tog‘lar tabiati bilan tanishasiz. Mamlakatimiz tabiati xilma-xilligini bilib olganingizdan keyin Vatanimiz bo‘ylab sayohat qilasiz. Bunda Toshkent shahri, har bir viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiatini alohida o‘rganasiz.

Quyosh – eng yaqin yulduz.
Quyosh har kuni erta tongda Yer sirtining bir tomonidan chiqib, kun bo‘yi osmonda harakat qiladi. Kechga borib, u Yer sirtining boshqa bir tomoniga botadi. Go‘yoki, Yer shari bir joyda turadi-yu, Quyosh Yer atrofida aylanadi.

Aslida Quyosh Yerga nisbatan bir joyda turadi. Yer esa Quyosh atrofida aylanadi (3-rasm). Quyoshning diametri Yer sharinikidan 109 marta kattadir. Uning massasi esa Yernikidan 330 000 marta katta. Tasavvur qiling, agar Quyosh kattaligini koptokdek desak, u holda Yerning kattaligini mosh donasidek deyish mumkin.

MUNDARIJA.
Kirish. O‘lkamiz tabiati.
Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora.
Yulduzlar. Quyosh.
Sayyoralar.
Quyosh sistemasidagi boshqa osmon jismlari. Kosmonavtika.
Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi.
Yer va uning shakli. Globus.
Kun va tun. Yil fasllari.
Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi.
Amaliy mashg‘ulot. Ufq va uning asosiy tomonlarini aniqlash.
Yer yuzasining asosiy shakllari.
Yerosti boyliklari.
Xaritalar.
Amaliy mashg‘ulot. O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi bilan ishlash.
Suv havzalari.
Umumlashtiruvchi dars.
O‘simlik va hayvonot olami.
Tabiat zonalari.
O‘zbekiston cho‘llari tabiati.
O‘zbekiston adirlari tabiati.
O‘lkamiz tog‘lari ta b ia ti.
O‘zbekistondagi tabiiy boyliklar va tabiatni muhofaza qilish.
Amaliy mashg‘ulot. Suvlarni muhofaza qilishni o‘rganish.
Vatanimiz bo‘ylab sayohat.
Vatanimiz xaritasi y o n id a.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati.
Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari.
Buxoro va Navoiy viloyatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati.
Amaliy mashg‘ulot. O‘z yashash joyi tabiati, tabiat yodgorliklari va madaniy yodgorliklarini o‘rganish.
Umumlashtiruvchi dars.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Tabiatshunoslik, 4 sinf, Bahromov A., Sharipov Sh., Nabiyeva M., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

4-sinf tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish

Umumta‘lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar ta‘limi tizimini o’zgartirdi. Bolalarni o’qitish bir yil oldin — olti yoshdan boshlanadi. Boshlang’ich maktabda o’qishning davomiyligi bir yilga ko’payadi, bu bolalarni o’qishga, yozishga va hisoblashga asosli ravishda o’rgatish, ularga oddiy mehnat ko’nikmalarini singdirishga imkon beradi.

Boshlang’ich sinflarning (1—2 sinflar) o’quv rejasiga «Atrofimizdagi olam» nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan bo’lib, uni o’rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayotning, tabiatning jism va hodisalari to’g’risidagi bolalar tasavvurlarini to’plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko’nikmalarini shakllantirish, oila a‘zolariga muhabbat va ular to’g’risida g’amxo’rlikni, atrofdagi odamlarga (tengdoshlarga, murabbiylarga va boshqalarga) e‘tibor bilan munosabatda bo’lishni, inson mehnati bilan bunyod yetilgan narsalarga ehtiyotlik munosabatini, tabiatga mas‘uliyat bilan munosabatda bo’lishni, jonajon o’lkaga – vatanga muhabbatni tarbiyalashdir.
Kursini o’qitish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalish, bolalarni kishilarining ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirish, xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan tanishtirish formalari, metodlari va vositalari xilma-xildir: ekskursiyalar, atoqli kishilar bilan uchrashuv, korxona, muzey, teatr, klublarga borish, suhbat va kitoblar o’qish, kino­film, diafilm va teleko’rsatuvlarni tomosha qilish, bayramlarga tayyorlanish va hokazolar. Olingan tasavvurlarni bolalar amaliy faoliyatida (o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish bo’yicha mehnat va boshqalarda) mustahkamlaydilar.
Ikkinchi yo’nalish bolalarni tabiat bilan bevosita muloqotda bo’lishda tanishtirish, tabiiy ob‘ekt va hodisalar to’g’risida tasavvurlar shakllantirish, ta­biatga nisbatan mas‘uliyatli munosabatni xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni, tabiat muhofazasi bo’yicha baholi qudrat faoliyat tashkil qilishni nazarda tu­tadi. Tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalar, o’quv sayrlari davomida va shuningdek amaliy ishlar tashkil qilinganda o’tkaziladigan kuzatishlar asosida amalga oshiriladi. Tabiat va unda boradigan o’zgarishlarni har kuni kuzatib borishni tashkil qilish katta ahamiyatga ega.
Odamlar mehnatini va bolalarning amaliy faoliyatini (ijtimoiy-foydali mehnat, o’yin faoliyatini) tashkil qilish bu ikki yo’nalishlarni bog’lovchi vositadir.
Kursning mazmunini (1—2-sinflar) «Bizning uyimiz va jonajon tabiat», «Bizning maktab (bolalar bog’chasi) va jonajon tabiat», «Bizning shahar (qishloq) va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakat» mavzulari ochib beradi. Bu mavzular atrof olam to’g’risidagi tasavvurlarni asta-sekin yaqindan uzoqqa borish asosida to’plab, boyitib va tizimga solib borish imkoniyatini beradi.
Pedagoglar olti yoshlilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning xususiyati o’yin faoliyatidan keng foydalanilish ekanligini doim esda tutishlari kerak. Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida o’yinlardan foydalanish bolalarda yangini bilishga tabiiy ehtiyojini rivojlantirishi, o’qishning har xil usullarini egallab olishga yordam berishi kerak. O’yinlar atrof olamni idrok qilishga, bolalarning jismoniy rivojlanishi va chiniqishiga, ularda chaqqonlikni, tezkorlikni va harakatini boshqarishni, muvozanatni his qilishni, fazoda o’zining qaerdaligini aniqlay olish xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
Atrofni idrok qilishda mazmunli vazifali o’yin­lar alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham o’yin­lar mazmuniga axloqiy mazmundagi bolalar yozuvchilarining asarlaridan, xalq ertaklaridan olingan holatlarni kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’yin­lar bolalarni jamoat qoidalarini bajarishga, madaniy xulq-atvor ko’nikmalarini egallab olishga o’rgatadi. Didaktik o’yinlar bolalarning nutqiy hamda aqliy rivojlanishining muhim manbalaridan biri sifatida o’quv mashg’ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlaydi, yangini bilib olishga qiziqish uyg’otadi, sinchkovlikni rivojlantiradi.
Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida, bola­lar tomonidan sinfdagi, maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirib olishlariga alohida e‘tibor berish zarur. Bolalarga o’qituvchi, tarbiyachi, o’z o’rtoqlari bilan qanday aloqada bo’lishni ko’rsatishi kerak. Shunga ko’ra pedagoglar bo­lalarga faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida hikoya qilibgina qolmasdan, balki uni qanday bajarish kerakligini ham ko’rsatadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish yuritishlari), ularning o’zaro munosabatlari ko’rsatilgan bolalar she‘rlari va hikoyalarini sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali uslubidir.
Qoidalarni tushuntirish shakllari har xil bo’lishi mumkin: chunonchi, sinf hayotidan aniq misollar bo’yicha suhbat, unda harakatga ma‘naviy baho beriladi: hikoyalar o’qish; diafilmlar ko’rish; o’qituvchiga o’quvchilar bergan savollarni muhokama qilish; bolalar jamoasida sodir bo’lgan ixtilofli vaziyatlarni tahlil qilish.
Barcha tarbiyaviy ishlar bolada o’z o’rtoqlari bi­lan muloqotdagi, mustaqil foydalanishdagi, har xil vaziyatlardagi xulq-atvor qoidalarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishga imkon beruvchi faol pozitsiyani (yo’l tutishni) bunyodga keltirishi kerak Shunda bu qoidalar faqat o’qituvchining yoki ota-onalarning talabi sifatidagina emas, balki qoida sifatida qabul qilinadi, bolaning o’zi bunga amal qilishi kerak deb hisoblaydi va bu qoidalar faqat muvaffaqiyatli o’qishgagina emas, balki bolalar jamoasida yaxshi o’rtoqlik munosabatlarini vujudga kelishiga ham yordam beradi.
3—4 sinflardagi tabiatshunoslikning mazmuni
Tabiatshunoslik «Atrof olam bilan tanishtirish» kursining davomidir. 3—4-sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi — o’quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to’g’risidagi dastlabki bilimlarini kengaytirish, tushunarli misollarda tabiatdagi shuningdek odamlar bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni ko’rsatish, tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar mehnati bilan tanishtirish, zarur amaliy uquvlarni rivojlantirish va shu asosda o’quvchilarda boshlang’ich ilmiy moddiy dunyoqarashni shakllantirish, ekologik, estetik, vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishdir.
Tabiatshunoslik kursining vazifasi faqat o’quv dasgurning bo’limlariga muvofiq yangi bilimlar bi­lan qurollantirishgina emas, balki tabiat to’g’risidagi 1—2-sinflarda olingan tasavvurlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish hamdir. Tabiatni hamda jamiyat hayotining kompleks tarzda idrok qilish jonsiz tabiat bilan jonli tabiatning aloqasini, tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish zarurligini tushunishga imkon beradi. Ekologik ta‘limning maqsadlariga binoan tabiatshunoslik eng muhim vazifalaridan biri qilib, o’quvchilarni odamning tabiatga ko’rsatadigan ta‘siri bilan tanishtirishni, jamiyatning ma‘naviy kuch manbai sifatida tabiat tushunchasini rivojlantirishni qo’yadi. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarda odamlar mehnatiga hurmat tarbiyalanadi, ularga zarur mehnat ko’nikmalari singdiriladi.
3-sinf dasturi ikki: «Jonajon o’lka tabiati» va «Odam organizmi va uning salomatligini muhofazg qilish» bo’limlaridan iborat.
Birinchi bo’limni o’rganish o’lkashunoslik tamoyili bo’yicha amalga oshiriladi. Shuningdek tizimlilik va mavsumiylilik qoidalarini bajarishga katta e‘tibor beriladi. O’rmon, yaylov, dala kabi jamoalar bilan tanishtirishda shu joy uchun harakterliroqla-oiga afzallik beriladi. Jamoada avval bir nechta misollarda tipik o’simliklarning tur jixatidan xilma-xilligi o’rganiladi.
4-sinf tabiatshunoslik kursida asosiy e‘tibor o’quvchilarni Vatanimiz tabiatining turli-tumanligi bilan tanishtirishga qaratiladi. O’quvchilar joyning plani va uning shartli belgilari bilan tanishadilar, xarita to’g’risidagi oddiy bilimni o’zlashtiradilar, uning asosiy ifodalarini uqishga o’rganadilar, mamlakatimizning joylashishi, shimoldan janubga tomon tabiatning almashinishi haqida tasavvurlar oladilar.
«Insonning tabiatdan foydalanishi va uni muhofaza qilishi» bo’limi tabiatshunoslik kursini oxiriga yetkazadi va o’quvchilar olgan bilimlarni umumlashtiradi. Bunda avvalo tabiatni muhofaza qilishdagi odamning roli ajralib turadi. O’quvchilar tabiat muhofazasi bo’yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadilar, ularning bajarilishi har bir o’lka fuqarosi uchun majburiy ekanligini bilib oladilar. O’zlari uddalaydigan foydali ishlarni belgilaydilar, ularda faol ishtirok qiladilar.
Maktab o’lkashunosligining vazifasi – o’quvchilar tomonidan ta‘lim-tarbiya maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi territoriyasini har tomonlama o’rganishdir.
O’lkashunoslik — hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlarini hisobga olinganda o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.
O’lkashunoslik bevosita tabiat muhoazasi bilan bog’liqdir, chunki o’z o’lkasini bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va o’zgartirish bo’yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantiradi, chunki ijtimoiy-foydali mehnatda baholi qudrat faol qatnashishga imkon beradi.
O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob berishi kerak. Shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfga va sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin, faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan bajarilsin.
O’lkashunoslik qoidasi nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga sistematik ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan albatta foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o’qituvchi o’z ixtiyorida yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi va darslar uchun o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy ma‘lumotlarni tanlab olishi kerak.
O’lkashunoslik qoidasi tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik qoidalardan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, aniqdan noanikqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.
Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun foydalanadi, o’quvchilar esa—ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilib olish uchun foydalanadi.
O’lkashunoslik qoidasidan sistemali ravishda foydalanish olingan nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’‘tadil, ya‘ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan o’tishda xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida uning rejimini aniqlash, mahalliy qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va h.) bilan bog’lashga yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» emas, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunos­likni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma‘lum bo’ladi. Barcha darslar o’lkashunos­lik printsipida tuzilishi kerak.
Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunos­lik kursini o’rganish bilan parallel holda olib borilmog’i lozim. 3—4-sinflardagi o’lkashunoslik tadqiqotlarining muhim qismi — tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga tavsif berish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat muhofazasidir.

O’quvchilar o’zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo, suv havzalari, yashil ko’chatzorlar borligini va ularni ifloslanish va shikastlanishdan saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlar haqida g’amxo’rlik qilish va ularni qirilishdan himoya qilish kerak. Qimmatli tabiat ob‘ektlarining ta‘rifini tuzish va ularni qo’riqlash, zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o’pirilishlar, yemirilishlardan hosil bo’lgan uyumlar kabilarning) odamning xo’jalik faoliyatiga ta‘sirini o’rganish va ularning oldini olishda ishtirok qilish kerak.

Amaliy metod o’quv jarayonida o’quvchilarning turli-tuman faoliyatini yo’naltirish bilan belgilanadi. Bu reja ishlab chiqish, jism bilan tanishish topshiriqlari fikrlash natijalarini rasmiylashtirish, bajarilgan ishga yakun yasash. Ushbu metod predmet, jism va tabiat hodisalarini eng yaxshi yo’l bilan o’rganish mumkinligidan juda keng qo’llaniladi.
Amaliy metod og’zaki va ko’rgazmali metod bilan uzviy bog’langan (ko’rsatish, oldinda turgan ish bo’yicha o’qituvchining tushunchasi). Biror amaliy ishdan boshlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilar oldida topshiriq qo’yadi va uni bajarish yo’li haqida ko’rgazma beradi. Topshiriqni muammoli tarzda bo’lgani ma‘qul.uni yechish jarayonida bilim bilan birga o’qituvchining amaliy ishi va mantiqiy tafakkuri uyg’unlashib ketadi. Bilimlarni o’zlashtirishda o’quv jarayonini amaliy tarzda uyushtirish o’quvchi mustaqilligi va ijodiy fikrlashini faollashtiradi. Amaliy ishlar jarayonida faol o’zlashtirilgan bilimlar yengil va ongli bo’lib qolmay ancha mustahkam bo’ldi. Amaliy metod shu paytda qo’llaniladiki, qachonki faol amaliy va fikrlash faoliyati natijasida yangi bilimlar olish zarurati tug’ilganda. Shuningdek, faqat yangi bilimlar hosil qilish emas, shu bilan birga ularni yangi vaziyatda qo’llay olish o’quvchi yoki amaliy ko’nikmasi hosil bo’lishiga erishish lozim.
Amaliy metodning bir necha turlari mavjud: kuzatish laboratoriya tajribalari; tirik mavjudotlarni aniqlash va tavsiflash ishlari; priborlar bilan ishlash; tirik tabiat burchagida va o’quv tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar.
Kuzatish – bu tabiatdagi predmet va hodisalarni maqsadga yo’nalgan holda idrok qilishdan iborat bo’lib, ularning umumiy va farq qiluvchi belgilarini qonuniyatlari aniqlanadi. Kuzatish jarayonida o’quvchilarda kuzatuvchanlik ko’nikmalari shakllanadi. Kuzatish ilmiy metod hisoblanadi, qaysiki o’quvchilar ancha murakkab ilmiy –tadqiqot ishlarini – tajribalarini qo’yishga, o’tkazishga tayyorlanadilar. Kuzatishda o’qituvchi tomonidan aniq vazifa qo’yilgan bo’ladi.
Kuzatishlar yakka, guruh hamda frontal shakllarda o’tkaziladi.
K.D. Ushinskiy, V.P. Vaxterov, L.S. Sevruk, A.Ya. Gerd kuzatishga katta e‘tibor bergan edilar. A.Ya. Gerd o’zining “Maktabda tirik hayvonlar” nomli kitobida o’quvchilarni kuzatishlar asosidagi harakatlari tadqiqot o’quvchi haqida o’quv va amaliy topshiriqlarni mustaqil yechish ko’nikmasi bilan qurollanishini ta‘kidlaydi. Kuzatishlar natijasida 2-3-4 sinflarda “Kuzatishlar kundaligi” daftari to’ldiriladi, savollarga javob yoziladi. O’simliklarning o’sish, rivojlanish, gullash va hosil berish jarayonlari kuzatiladi.
Tajribalar: -o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan jism va hodisalar qonuniyatlarini aniqlanadi. Buning uchun unga yangi sharoit yaratib, ta‘sir qilinadi. O’quvchilarda bu paytda yangi tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi.
Tajriba materialistik dunyoqarashni shakllantirishda, mantiqiy tafakkur va nutqni o’stirishda katta ahamiyatga ega. Ular yordamida mavhum tushunchalar oydinlashadi, noma‘lum voqeliklarning sirlari ochiladi. Masalan, haroratning o’zgarishiga qarab termometr, simob ustini harakatlantirishini va yana harorat ta‘siridagi suvning bir agregat holatida, ikki holatga o’tishini faqat tajriba vositasida aniqlab o’rganiladi.
Oddiy tajribalar uy sharoitida murakkablari esa o’qituvchi tomonidan dars jarayonida amalga oshiriladi. Bu paytda o’quvchilar kuzatish jarayonini fahmlash, uni natijalarini ta‘riflashga o’rganishlari bilan qimmatlidir.
O’quvchilar daryoda quyoshning yerga nisbatan holatida qarab kuzda sovib borishini bilib olishlari kerak. Uning sababini o’quvchilar quyidagi tajribadan bilib oladilar, yonib turgan shamga ingichka qog’oz tasmacha tutiladi. Bitta tasmacha shamning tepasida, 2 si esa shamda sal uzoqroqda ushlab turiladi. O’quvchilar qog’oz tasmalarning qaysisi oldin yopilganligini aytishlari va nima uchun shundayligini tushuntirishlari kerak. O’quvchilar bu tajribani yoz va kuzda quyosh nurining yor yuzasini isitishini tushuntirishga yordam berishini payqashlari kerak.
Tajriba asosida o’quvchilar kuzda quyosh yer ustida kun sayin pasaya borishi to’g’risida xulosa chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari yer yuzasiga siyg’anib o’tadi va havoni isitmaydi. Shu bois kuzda sovuq tusha boshlaydi.
Darsni mustahkamlash uchun o’qituvchi va o’zlari o’tkazgan tajribalarni rasmini chizish yoki ta‘riflab yozish, ba‘zan uni ham buni ham ta‘riflab yoziladi.
4-sinfda “Ko’p yillik manzarali va piyozli sabzavot o’simliklarni ekish muddatlarining gullash muddati va mo’lligiga ta‘siri” mavzusida tajriba o’tkaziladi.
Buning uchun mazkur o’simliklarni o’quv-tajriba uchastkasida ekib, o’quvchilar tajriba va kontrol o’simliklarni o’sishini parallel holda kuzatib boradilar, ularni o’zaro taqqoslaydilar, ish natijalarini qayd qilib boradilar, rasmini chizadilar, daftarga o’z xulosalarini yozadilar, farqlarini belgilaydilar. Mavzuni o’rganishdan oldin bu tajriba o’tkazilganda bolalar materialni chuqurroq o’zlashtiradilar.
Tajriba paytida muammoli vaziyat yaratish uchun: buni qanday isbotlash kerak?, qanday aniqlash kerak?, siz hozir nimani ko’rayapsiz?. Bu jarayonlarni qanday tushuntirish mumkin?, nima uchun siz shunday hisoblaysiz?. Tajriba tugagach, o’quvchilar ishonchli xulosalar chiqaradilar.
4-sinfda “Tuproq, uning tarkibi, tuproq turlari”, mavzularini o’rganishda laboratoriya tajribalarni o’tkazish o’quvchilar bilimini chuqurlashtiradi. Har bir zveno qumli, loyli qoratuproqli va buz va boshqa turdagi tuproqlar ustida tajriba o’tkazadi. Tuproqning o’simliklarga ahamiyati haqida suhbat o’tkaziladi va bilish vazifasi qo’yiladi: “yomg’irdan keyin ayrim joylarda suv tezda surilib ketadi, boshqa joyda esa uzoq vaqt saqlanib qoladi va ko’lmak hosil bo’ladi, keyinchalik esa tuproqda paydo bo’ladi. Nima uchun shunday bo’lishini tajriba orqali tushuntiring. Qaysi tuproq suvni yaxshi o’tkazishini tajribada isbotlang”.
O’quvchilar yozma holda topshiriq oladilar: