Biologiyadan masalalar kitobi
Bu qo’llanmaning asosiy maqsadi birinchidan o‘qituvchilar va pedagogika oliy o‘quv yurtlarining biologiya yo‘nalishi talabalarini biologiyadan har xil tipdagi masalalar va ulaming ishlash metodikasi bilan tanishtirish, ikkinchidan o‘qituvchilar uchun o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida foydalanish uchun qator masalalami taklif etishdir.
G. shaxmurova, I. Azimov, U. Raxmatov
Toshkent tibbiyot pediatriya instituti qoshidagi Yunusobod birinchi akademik litseyining oliy toifali biologiya o‘qituvchisi Mamatqulova V.
Chilonzor tibbiyot kollejining biologiya o‘qituvchisi Xasanova S. A
. UO‘K: 574/577(076.1)
ISBN 978-9943-5002-0-4
© G.A.Shaxmurova., 2017 © «Sano-standart» nashriyoti, 2017
0‘quv fanini o‘zlashtirilganlik darajasi nafaqat nazariy bilimlar bilan balki olingan bilimlami turli xil sharoitlarda qo’llay olish orqali ham belgilanadi. Agar o’quvchi matematikadan masala yechishni bilmasa, bu uni matematikani bilmasligini ko’rsatadi. Hatto u barcha teorema va qonunlami bilsa ham. Afsuski ko‘pchilik bu biologiya uchun ham ta’luqli ekanligini tushunib yetmaydi.
0‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar biz o‘quvchi- lardan ko‘p talab qiladigan biologik terminlar miqdori bilan belgilanmaydi, balki ulami muammoli vaziyatlarda qo‘llay olishi ham hisoblanadi. Biologiyadan ham xuddi matematika, fizika, kimyo fanlari kabi darsliklar bilan bir qatorda masala va mashqlar to‘plami ham kerak. Bu fikr pedagogik jamoa tomonidan ham qo‘llab quwatlanadi. Hozirgi vaqtda biologiya o‘qituvchilari uchun masala va mashqlar bo‘yicha A.T.G’ofurov, S.S.Fayzullaev, U.E.Raxmatov- laming “Genetikadan masala va mashqlar” o‘quv qo‘llanmasi, Almatov va boshqalar tomonidan chop etilgan “Genetikadan masa- lalar” kabi qo‘llanmalar mavjud.
Bu qo’llanmaning asosiy maqsadi birinchidan o‘qituvchilar va pedagogika oliy o‘quv yurtlarining biologiya yo‘nalishi talabalarini biologiyadan har xil tipdagi masalalar va ulaming ishlash metodikasi bilan tanishtirish, ikkinchidan o‘qituvchilar uchun o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida foydalanish uchun qator masalalami taklif etishdir.
Ushbu biologiyadan masalalar va mashqlar yechish o‘quv qo’llanmasida biologiyadan turli hisoblashga doir, eksperimental xususiyatiga ega boMgan masala va mashqlar keltirilgan. Qo‘llan- mada keltirilgan masala va mashqlar ayni vaqtda qo‘lla-nilayotgan o‘quv dasturi va ishchi dasturiga mos ravishda ishlab chiqilgan. Biologiyaning turli yo‘nalishlaridan keltirilgan masalalar yechimi biologik qonuniyatlami, tabiat inomlaridan to‘g‘ri foydalanish, alohida hayvon va o‘simliklaming biologiyasi hamda ekologiyasini o‘ziga xos tomonlarini chuqur o‘rganish imkonini beradi. Shuning- dek qo‘llanmada masalalar sharti, ishlash usullari, yechimlari qisqa holda bayon etilgan va metodik ko‘rsatmalar berilgan. Biologiyadan masalalar yechish o‘quvchilaming ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy
fikrlashlarini, barcha biologiya kursidan olgan bilimlarini mustah- kamlash va rivojlantirish imkonini beradi. Biologiyadan masalalar yecha olish – o‘rta maktab o‘quvchilarining amaliy hayotda zarur bo‘ladigan eng muhim malakalardan biridir. Ba’zan biologik masalalar degan so‘zdan, asosan genetika mavzulari bo’yicha yechiladigan masalalar tushuniladi. To‘g‘ri genetik masalalar biologiya o‘qitish jarayonida test topshiriqlarini tuzishda ancha qulay va genetika o‘qitish jarayonida muhim ahamiyatga ega – hayotda ham shunday masalalarga duch kelinadi. Ammo biolo- giyaga oid masalalar – biologik tushunchalar, nazariyalar, qonun, qoidalami mohiyatini ochib beradigan masalalar ham katta amaliy ahamiyatga ega. Bu masalalar o‘qituvchining o’quvchilar nazariy tayyorgarlik darajasini ancha oson bilish* o‘simlik va hayvonot olami haqidagi tasawurlarini chuqurlashtirishi, nazariy bilimlami amaliyotga tatbiq etishi, o‘quvchilaming ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, o‘quvchilarda biologik tafakkurni hosil qilishi uchun imkon beradi.
0‘quvchilar biologiyadan masalalami ayrim darslarda emas balki doimo butun biologiya kursini o’qitish davomida aniq ma’lum tartibda ishlab borgan taqdirdagina o‘quvchilar biologiyadan masala yechish malakalariga atroflicha ega bo‘lib boradilar. Hozirgi vaqtda o‘rta maktab uchun biologik masalalami uzil kesil ishlab chiqilgan va tajribada to‘la sinovdan o‘tkazilgan sistemasi yo‘q. Biologiyadan masalalar klassifikatsiyasining taxminiy variantlaridan birini ko‘r- satib o‘tamiz.
Biologiyadan foydalaniladigan masala va mashqlarning turlari
Biologiyadan masala va mashqlami nafaqat yangi material-ni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganliklarini nazorat qilishda, balki darsning boshqa bosqichlarida ham foydalanish mumkin. Dastlab olingan bilimlami mustahkamlashda. Masala yechish davomida o‘quvchilarda darsda olgan bilimlaming qo‘llash ko’nikmalari hosil bo‘ladi. 0‘zlashtirilgan bilimlarga esa ongli yondashiladi va chu- qurlashadi.
Masala va mashqlami darajasi, shakli va ma’nosiga qarab klassifikatsiya qilish mumkin.
0‘quvchilarga taklif etilayotgan masala va mashqlar (u darsda yoki olimpiada bo‘lishidan qat’i nazar), ulami 5 ta darajaga ajratish mumkin. Ulami bilimlami o‘zlashtirish darajasi bilan chalkashtir- maslik kerak. Didaktika bilimlami o‘zlashtirishni uch guruhga bo‘lishi ma’lum ular reproduktiv o’zlashtirish, standart masalalami ycchish va ijodiy masalalami yechishni bilish.
- Birinchi darajali masalalarda oddiy bilimlami taqqoslash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bunday testlar ko’proq o‘quvchilaming xotirasini tekshirish uchun qulaydir.
- Misol uchun: diploid navli makkajuxorida urug‘lanish jara- yonidan so‘ng bitta so‘tasida 800 ta umg‘ hosil bo‘lgan. Darslikdan olgan bilimlaringizga asoslanib, qo‘sh urug‘lanish jarayonida ishtirok etgan spermiylar sonini hisoblab toping?
lta umg‘ hosil bo‘lishida – 2 ta spermiy ishtirok etsa,
800 ta umg‘ hosil bo‘lishida – x=1600 ta spermiy ishtirok etadi.
- Ikkinchi darajali murakkablikka ega bo‘lgan masalalami yechishda ayrim biologik qonunlami tatbiq eta olishni va ayrim hodisalami taqqoslash talab etiladi.
Yechilishi: Berilgan ma’lumotlarga asoslanib masalani javobini hisoblab topamiz.
- Bitta urg‘ochi ipak qurti 1000 metr pilla urasa, erkagi unda 30 % ko‘p tola o‘raydi ya’ni bitta erkak ipak qurti 1300 metr pilla urashini aniqlab olinadi.
- Olingan natijani erkak ipak qurtlarining soniga ko‘paytirilib javob topiladi.
- Uchinchi darajali masala va mashqlami yechishda qanday bilimlardan foydalanib javob berish kerakligini aniq bilish kerak.
Fosfodiefir bog‘ 598 ta bo‘lsa, bu bog‘ bilan birikkan nukleotidlar soni 600 ta bo‘ladi. Bitta triplet bitta aminokislotani kodlashini hisobga olgan holda peptid bog‘lar sonini topamiz. Sintezlangan oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalar soni 200 ta bo‘lsa, peptid bog‘lar soni 199 ta bo‘ladi. Chunki birinchi aminokislota bilan ikkinchi aminokislota o‘rtasida bitta peptid bog‘ mavjudligini e’tiborga olib peptid bog‘lar sonini aminokislotalar sonidan bitta kam olinadi.
‘ To‘rtinchi darajali masala hamda mashqlarga javob berishda o’quvchilar boshqa fanlardan kimyo, fizika, matematikadan olgan bilimlarini ham safarbar etishni bilishlari kerak.
Misol uchun: DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor. Ade nin nukleotidi umumiy nukleotidlaming 25% tashkil qilsa, nukleotidlar orasi 0,34 nm bo‘Isa, bu holda DNK uzunligi necha nanometer ekanligini aniqlang?
Yechilishi: komplementarlik prinsipiga binoan masalani yechimi hisoblab topiladi.
- DNK molekulasi tarkibida 3125 ta A – xuddi shuncha ya’ni 3125 ta T ham bo‘ladi.
- DNK molekulasi tarkibida 3125 ta A-25 % ni tashkil etishini nazarda tutgan holda DNK dagi umumiy nukleotidlaming sonini aniqlaymiz.
100% – x=12500 ta umumiy nukleotid bor ekan.
- DNK molekulasi ikkita zanjirdan iboratligini hisobga olgan luilda umumiy nukleotidlar sonini ikkiga bo‘lamiz va DNK ning bir /unjiridagi nukleotidlar soni aniqlanadi, bu natija esa DNK ni u/unligini aniqlashda asos hisoblanadi.
- DNK molekulasi zanjirining uzunligini topamiz.
- Beshinchi darajali masala va mashqlami shartlari murakkab bo‘lib uning ichida yashiringan tushunchalarni tushunish ancha qiyin bo‘lib uni ishlashda biologik qonuniyat va nazariyalami tatbiq eta olishi hamda kimyo, fizika, matematikadan olgan bilimlarini ham safarbar etishni bilishlari talab etiladi. Misol uchun: DNK molekulasida guanin va sitozin nukleotidlari orasida uchta, adenin va timin nukleotidlari orasida ikkita vodorod bog‘i mavjud. Ma’lum bir DNK molekulasida 1170 ta vodorod bog‘lari bo‘lsa, hamda ushbu fragmentda umumiy nukleotidlarning 20 % ini adenin tashkil qilsa, undagi timin va sitozin nukleotidlarining sonini aniqlang?
- usul.Masalani yechishda komplementar prinspi asos bo‘ladi. 20 % A bilan 20 % T (ikkita H2 bog‘), 30% G bilan 20% S
20 • 2x+30 • 3x=l 170 ta vodorod bog‘i bor x= 1170 ta vodorod bog‘i bor x= 1170:130 x= 9
T-9 • 20 %=180 ta T nukleotidi bor
S-9 • 30 %=270 ta S nukleotidi bor.
- usul.
- )20 • 2 = 40 ta vodorod bog‘i bor
- 30 • 3 = 90 ta vodorod bog‘i bor
- 40+90 = 130 ta vodorod bog‘i bor
- Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib proporsiya tuzamiz.
1170 — x = 900 ta nukleotid bo‘lishi aniqlanadi.
- Endi har bir nukleotidlar sonini hisoblab topamiz.
- 100% — 900 ta umumiy nukleotid bo‘lsa,
- 100% — 900 ta umumiy nukleotid bo‘lsa,
Har ikki usulni ham to‘g‘ri ekanligini tekshirish uchun quyidagi amallar bajariladi.
- 180 *2 =360 ta ta vodorod bog‘i bor.
- 270 • 3 =810 ta ta vodorod bog‘i bor
- 360+810 =1170 ta ta vodorod bog‘i borligi asos qilib olinadi.
Masala qanchalik yuqori darajali bo‘Isa shunchalik ko‘proq fikrlashni va murakkab mantiqiy operatsiyalami bajarishni talab etadi.
Mavzu tekstidagi xatolarni topish bo‘yicha mashqlar
0‘smirlarda boshqalami xatosi topish juda katta xursand- chilikni keltirib chiqaradi. Har doim o‘zini boshqalardan aqlliroq ekanligini sezish o‘ziga xos hissiyotlarga sabab boiadi. Ayniqsa biror bir nashr etilgan kitoblaming betlaridagi xatolikni topish. Inson tabiatidagi bu xususiyatni o‘quv jarayonida foydalanish samarali natija beradi.
Beshinchi sinf o‘quvchilari uchun o‘simliklaming hayotiy shakllari bo‘yicha matn tuzib ular ichiga noto‘g‘ri javoblami qo‘shib xatolikni topish tavsiya etilishi mumkin. Misol uchun: butalar bo‘yicha quyidagi matnni tavsiya etib uni xatosini topishni o‘quvchilarga topshiriladi. Butalar – poyasi yog‘lashgan, bo‘yi 2-3 metrdan oshmaydigan bitta yoki bir necha poya hosil qiladigan sershox o‘simlik. Butalarga tog‘lar yonbag‘rida keng tarqalgan irg‘ay, singirtak, archa, na’matak, shuvoq, zirk, bodomcha, uchqat, madaniy o‘simliklardan anor, limon, qoraqat, gulsapsar kabilarni misol qilish mumkin. Matnda qanday xatolik mavjud? Bu tipdagi mashqlami bajarish shu tomondan muhimki bunday mashqlar turli xil matnlardagi xatoliklami topish imkonini beradi.
Masala va mashqlar yechishda fanlararo bog‘lanishlar
Juda ko‘p biologiyadan tuziladigan masalalar turli xil ta’sirlami jonli tabiatdagi jarayonlar bilan bog‘liqligini tahlil qilishga qarati- ladi. Bunday masalalarga tuzilish bilan bilan bajaradigan funksiya- sini, tuzilish bilan hayot tarzini, turli tirik organizmlaming o‘zaro ekologik bog‘lanishlarini va boshqalami misol qilish mumkin. Shu- ningdek bunday tipdagi masala va mashqlarga qo‘yilgan mummoni yechimini turli usullar bilan topiladigan masalalami ham kiritish mumkin.
Biologiyani o‘qitish jarayonida fizika fani bilan bog‘liq masalalardan foydalanish ham ijobiy natija beradi.
Misol uchun: tinch holatda nerv hujayrasining membranalarida elektr maydon kuchlanishi va potensiallar farqi nimaga teng bo‘ladi? (elektr maydonining kuchlanishi – bu kuchdir, u membranada hosil bo‘ladigan yagona elektr zaryad hisoblanadi).
Masala quyidagicha yechiladi: membranining ikki tomonidagi potensiallar farqi (100 mv atrofida) ni uning qalinligiga (25 mmk) bo‘lish kerak.
Javob: juda hayratlanarli darajada: 4 mln. volt/m yoki 4 ming volt/mm.
Kimyoviy masalalar o‘quvchilaming biologiya va kimyodan olgan bilimlarini tekshirish uchun kimyo bilan biologiyani bog‘lov- chi masalalardan foydalanish ulami biologiya va kimyoga bo‘lgan qiziqishlami oshiradi. Bunday masalalar birinchidan bolalami kimyoni o‘rganib biologiyaga borganda uni esdan chiqarmaslikka o‘rgatadi.
Kimyo bilan biologiyani bog‘lovchi masalaga quyidagini misol qilish mumkin.
ADF va ATF solingan aralashmada 0.5mg/mol adenin va 1.2 mg/mol fosfat hosil bo‘lgan. Aralashma qancha mg/mol ATF mav- jud? ADF dan bunday miqdor ATFni olish uchun qancha mg/mol glyukozani kislorodli muhitda parchalanishini ta’minlash kerak?
- mol ADF ning parchalanishidan lmol adenin va 2 mol fosfat kislota qoldig‘i, 1 mol ATF ni parchalanishidan esa 1 mol adenin 3 mol fosfat kislota qoldig‘i hosil bo‘ladi. ADFning mg/mol miqdorini x, ATFning mg/mol miqdorini esa у bilan belgilab olamiz va bu sistemani ikkita tenglama ko‘rinishida yozamiz.
- 005 mg/moldan ko‘proq glyukoza kerakligi ma’lum bo‘ladi.
DNKning ma’lum bir nusxasini anorganik moddagacha parcha- lanishi natijasida 0.37 mg/mol ammoniy va 0.1 mg/mol fosfata kislota qoldig‘i hosil bo‘lgan. DNK da qancha miqdor mg/mol adenin, timin, guanin va sitozin bo‘lgan? Bu masalani yechishda kitobdan foydalanish mumkin.
Kitobni ko‘rish orqali bir molekula adeninda 5 atom azot, guaninda ham 5 atom, bir molekula sitozinda 3 atom, timinda esa 2 atom azot bo‘lshini ko’rishimiz mumkin. Shunday qilib A – T juftida 7 atom azot va 2 fosfat guruhi, G-S juftida 8 atom azot va 2 fosfat guruhi mavjud.
Adenin (timin bilan m/g – mol miqdori bir xil) dagi mg/mol miqdorini x harfi bilan, guanindagi mg/mol miqdorini у harfi bilan belgilab olamiz va tenglama tuzamiz.
Bu tenglamani yechish orqali quyidagi natijani olamiz x = 0.03 mg/mol va у = 0.02 mg/mol.
О‘quvchilaming mantiqiy fikrlashga o‘rgatadigan murakkab masalalarga quyidagini ham misol qilish mumkin.
Masala: DNK molekulasida guanin va sitozin nukleotidlar orasida uchta, adenin va timin nukleotidlari o‘rtasida ikkita vodorod bog‘i mavjudligini e’tiborga olsak, ushbu fragmentda 1400 jufit nukleotidlar mavjud. Unda guanin va sitozin juftligi adenin va timin
juflligidan 2.5 barobar ko‘p bo‘lsa, ushbu zanjirdagi vodorod bog‘lar sonini toping?
2800 = 2 x (A va T) + 2,5 • 2 x (G va S)
400 adeninga 400 ta timin komplementar ular orasida 800 ta vodorod bog 1 bor.
1000 ta guaninga 1000 ta sitozin komplementar ular o‘rtasida 3000 ta vodrod bog‘ mavjud.
800+3000= 3800 ta
Javob: 3800 ta vadarod bog‘lar mavjud.
Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan masala va mashqlar mazmuni Botanika fanidan masala va masbqlar
- o‘simliklaming vegetativ va generativ organlariga oid masala va mashqlardan foydalanish o‘quvchilaming olgan bilimlarini mus- tahkamlashga qaratilgan;
- vegetativ va generativ organlar bo‘yicha masala va mashqlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ijodiy izlanishga oid ko‘nik- malarini shakllantiradigan;
- o‘simliklar sistematikasi bo‘yicha ilmiy dunyoqarashni ken- gaytirishga oid masalalar;
- o‘simliklar muhofazasiga oid masalalardan foydalanish orqali o‘simliklar ekologiyasi va muhofazasiga oid bilimlami kengaytirish;
- 0‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simliklar biologiyasi va tarqalishi haqidagi bilimlami kengaytirishga qaratilgan masalalar.
- hayvonlaming tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini yori- tishga va ulaming tuzilishi, xilma-xilligini tasawur qilishga yordam beradi gan;
- hayvonot olamining tiplari va ulaming o‘zaro o‘xshashlik, farqli tomonlarini yoritishga imkon beradigan;
- o‘quvchilaming ijodiy va mustaqil fikrlashlarini kengayti- rishga imkon beradigan;
- o‘quvchilar tasawurida hayvonlaming tuzilishi, katta va kichikligi tasawur qilishga va moddalar almashinuvini tasvirlash imkonini beradigan;
- hayvonlaming ko‘payish intensivligini, nasi soni, naslning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar;
- 0‘zbekiston “Qizil Kitobi” ga kiritilgan hayvonlaming soni, muhofazasi, hamda prognozlashga oid ma’lumotlami aks ettirgan masalalar.
- odam va uning salomatligi fanidan o‘zlashtiriladigan bilim ko‘nikma va malakalami rivojlantirishga qaratilgan;
- to‘qima va organ! ar tizimi haqida tushunchalami, tasawumi, ulami o‘zaro taqqoslash, tuzilishiga xos tomonlami ochib beradigan;
- organlar va organlar sistemasi to‘g‘risidagi tasawurlami shakllantiriadigan, taqqoslash, organlar anatomiyasi, fiziologiyasi hamda gigienasini yoritib berishga qaratilgan;
- organlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan omillaming ijobiy va salbiy tomonlarini o‘quvchilar ongiga singdirishga qaratilgan;
- modda va energiya almashinuvi jarayonini o‘zlashtirishga imkpn beradigan;
- organlar sistemasini nerv – gumoral yo‘l bilan boshqarilishi haqidagi tushunchalami kengaytirish va rivojlantirishga oid;
- sog‘lom turmush tarzini, o‘z organizmiga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga oid qarashlami shakllantiradigan masala va mashqlar.
- biologiyani o‘rganish metodlari va tirik organizmlaming xilma-xilligi, prokariot va eukariot organizmlaming o‘ziga xos tomonlari va ulami taqqoslashga, ko‘payish tezligi, ko‘payish tezli- giga ta’sir ko‘rsatadiga omillar to‘g‘risida;
- hujayrani kashf etilish tarixi, o‘rganish usullari, hujayra organoidlari, kimyoviy tarkibi, organoidlar funksiyasini yoritib beradigan;
- hujayra tarkibiga kiruvchi organik moddalar – oqsillar, uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar va boshqalaming tuzilishi, kelib chiqishi, tarkibidagi monomerlar izchilligini, molekulyar massasini o‘rganishga imkon beradigan;
- hujayrada boradigan plastik va energetik almashinuv, ATF, fotosintez mohiyatini anglab yetishga, jarayonlami to‘g‘ri tasvir- lashga qaratilgan;
- irsiyat qonunlari, modifikatsion, mutatsion o‘zgaruvchanlikni o‘rgaishga oid;
- seleksiya asoslari ya’ni o‘simlik, hayvon, mikroorganizmlar seleksiyasi va 0‘zbekistonda seleksiya yutuqlari haqidagi qarash- lami kengaytishga qaratilgan”
- umumbiologik qonuniyatlar va nazariyalami chuqur o‘zlashtirish, mustaqil fikrlar qabul qilishga, qonun va nazariyalar mohiyatini yoritib berishga qaratilgan:
- genetik injeneriya va biotexnologiya asoslaridan bakteriya- lami ko‘paytirishga, genetik transformatsiya, transduksiya, trans- pozonlar, plazmidlar, rekombinat DNK olish genlami klon-lash, biotexnologiyaga oid o‘zlashtirgan bilimlami mustahkam-lashga qaratilgan;
- tirik organizmlaming kelib chiqishi va rivojlanishi o‘zaro bog‘liqligini yoritib bemvchi, paleontologiya, biogeografiya va organizmlaming tarqalishi haqida bilimlarga asoslagan;
- ekologiya va biosfera qonuniyatlarini kengroq bilishga imkon beradigan.
Biologik masalalar ko‘zlangan maqsadga nazariy yo‘l bilan ishlash bilan bir qatorda amaliyotga qo‘llash uchun, amaliy bilim- larga asoslanib ham yechish kerak. Kasbga yo‘naltirish ta’limini joriy qilinish munosabati bilan amaliyotga tatbiq etiladigan masalalarni ta’lim tarbiya jihatidan ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Biologik masalalarning majburiy minumi
Biologiya kursining samarali o‘zlashtirilishi maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9 sinf o’quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar o’quvchilari dasturga bog‘liq holda, izchil ravishda biologik masalalar jumladan, biologik bilimlami ishlab chiqarishga tatbiq etish mazmunidagi masalalar yechish kerak.
- sinf o’quvchilari botanikadan: 1-gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishishga oid, 2-gulli o‘simliklaming hayotiy shakllarini o‘rganishga, 3- o‘simliklaming hujayraviy tuzilishi va to‘qimalarga xos tushunchalami o’zlashtirishga, 4-vegetativ organlar – ildiz, poya, barglaming tuzilishi, ahamiyati, funksiyasini yoritishga, 5- o‘simliklaming vegetativ ko‘payishini tasawur etishga oid masala va mashqlar ishlashlari lozim.
- sinfda o‘quvchilar: 1-generativ organlaming tuzilishi, qism- lari, changlanish, urug‘lanish, mevalaming hosil boiishi, turlari, larqalishiga oid, 2-botanikada berilgan bakteriyalar, zamburug’lar, lishayniklar biologiyasiga oid bilimlami chuqurlashtirishga imkon beradigan masalalar, 3-o‘simliklaming asosiy bo‘limlari suv o‘tlari, yo‘sinlar, qirqbo‘g‘imlar, qirqquloqlami o‘ziga xos tomonlarini yoritadigan, 4-gulli o‘simliklar sinfi bir urug‘ pallali va ikki urug‘ pallali o‘simliklarning oilalari bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarmi kengaytirishga qaratilgan, 5-o‘simliklar muhozasiga oid masalalar yechishi.
- sinfda o‘quvchilar: 1-hayvonot olamining tuzilishi tasawur qilishga oid masalalar, 2-hayvonlaming tabiatdagi va inson hayyo- tidagi ahamiyatini yoritib beradigan, 3-hayvonlaming har bir tiplari haqidagi bilimlamii chuqurlashtirishga imk on beradigan, 4-hayvonlar muhofazasiga oid tushunchalmi rivojlantirishga imkon beradigan.
- sinfda Odam va uning salomatligi kursidan o‘zlashtirigan bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan: 1-organlar sistemasini bir biridan farqlash imkonini beradigan, 2-ayrim organlarning kimyoviy tarkibi haqidagi bilimlami rivojlantirish imkonini beradigan, 3- organlar faoliyati bilan bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, 4-organlar sistemasini nerv va gumoral bilan boshqarilishini bilishga oid masalarlar yechishi.
- sinfda o‘quvchilar: 1-organik olamning xilma xilligini, 2- organizmlaming hujayraviy tuzilishi, organoidlar tuzilishi va funk- siyasiga oid, 3-hujayraning kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, lipid, nuklein kislotalarga oid, 4-hujayrada boradigan moddalar almashi- niuvi energetik va plastik almashinuv ya’ni oqsillar biosintezi, genetik kod, nuklein kislotalar, komplementarlik prinsipigaga oid bilimlami rivojlantiriuvchi, 5-organizmlami ko‘payishi va individual rivojlanishini yoritadigan, 6-irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyat- lami atroflicha o‘rganish i mk onini beradigan masalalar yechishi kerak.
0‘simliklar dunyosini o‘rganish o‘quvchilarda tirik tabiat haqidagi tasawurlaming shakllanishida alohida o‘rin tutadi. Chunki, tirik organizmlaming anatomiyasi, morfologiyasi, fiziologiyasi, sistematikasi va boshqa ko’rsatkichlar haqidagi qarashlar asta sekinlik bilan shakllana boshlaydi. 0‘quvchilarda organlar, organlar sistemasi, ulaming tuzilishi to‘g‘risidagi bilimlar kengaya boradi. Hozirgi vaqtda o‘quv tarbiya jarayonini izchil va ketma-ket holda bayon etish, o‘quvchilaming bilish faoliyatini oshirish, biologiya fanini o‘rganishga intilishlarini tqkomillashtirish va ekologik tarbiyaning shakllantirish bo‘yicha turli xil o‘qitish shakli va usullari ishlab chiqilgan. 0‘simliklar dunyosini o‘rganish davomida o’quvchilar o‘simliklaming vegetativ organlari (ildiz, poya, barg), generativ organlari (gul, urug‘, meva), o‘simliklar sistematikasi (tuban va yuksak 0 ‘simliklar, sporali, ochiq urug‘li, yopiq umg‘li o‘simliklar va ulaming oilalari) o‘simliklar ekologiyasi, o‘simlik- laming muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishadi. Bu bilimlami mustahkamlashda masala va mashqlardan foydalanish ham muhim o‘rin tutadi.
Gulli o‘simliklarning organlari bo‘yicha masala va mashqlar
Bu mavzu 0 ‘simlik organlarining tuzilishi, ulaming inson hayotidagi ahamiyati, odam tomonidan bu organlaming amaliyotda qo‘llash kabi asosiy masalalarga e’tibor beriladi. Ushbu mavzularda o‘quvchilaming tabiatshunoslik fanlaridan olgan bilimlari chuqur- lashtiriladi, aniqlashtiriladi, o‘simlik organlarini bir-biriga uzviy bog‘liqligi o‘rganiladi va o‘simlik bir butun sistema ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalar shakllanadi. Bu mavzuning asosiy vazifasi
- organizmdagi organlaming tashqi tuzilishi va funksiyasini o‘zaro bog‘liqligini, ulardagi mavsumiy o‘zgarishlami, o‘simliklaming xilma-xilligi tarqalishi va ulaming yashash muhiti, o‘simlik boyliklaridan tejamkorlik bilan foydalanish kabilami 0 ‘rganishdir. 0‘quvchilar o’simliklaming yashash muhiti bilan o‘zaro bog‘liqlik sabablarini, odamning madaniy o’simliklaming o‘sish va rivojlani-
- shiga ko‘rsatadigan ta’sirini, o‘simliklaming kuzgi, qishki, bahorgi, yozgi o‘zgarishlarini o‘rganish orqali tabiat go‘zalliklaridan bahra ola bilish kabi estetik tarbiya shakllanadi. Shu boisdan bu mavzularda darslarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari amalga oshiriladi. Mavzulami chuqur o‘rganish uchun mvzularga bog’liq holda labarotoriya mashg’ulotlari, ekskursiyalar va o‘quv tajriba maydonchasida olib boriladigan ishlar katta rol o’ynaydi.
O’quvchilami gulli o‘simliklar organlarini sxematik mashqlami tuzishga o‘rgatib borish zarur. Har qanday tuzilgan masala va mashqlar o‘simlik organlarini tuzilishini, vazifasini, vegetativ ko‘pa- yishdagi rolini ochib berishga, o‘simliklar haqidagi o‘quvchilar tasa- vurini kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday masala va mashq- lardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi va ma’naviy- iqtisodiy tarbiyaning shakllanishida muhim o‘rin egallaydi.
Biologiyadan masalalar kitobi
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Biologiyadan masalalar kitobi
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.Molekular biologiya va genetikaga oid masalalar to‘plami
Ko‘rganlar, jami:
Hammuallif:
Nashr yili:
ISBN raqami:Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!
Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’tingDo‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Mazkur uslubiy qo‘llanmada molekular genetika, mono, di, poliduragay chatishtirishlar, genlarning o‘zaro va ko‘p tomonlama ta’siri, komplementarlik, epistaz, pleytropiya jins bilan bog‘liq holda nasldan naslga o‘tish, krossingover bo‘yicha tuzilgan masala va mashqlar hamda ularni yechish usullari bayon etilgan. Ushbu uslubiy qo‘llanmadan nafaqat tibbiyot yo‘nalishidagi, balki boshqa oliygoh talabalari ham, jumladan, umumiy genetika va tibbiyot genetikasi fani o‘tiladigan hamma oliygoh talabalari, shuningdek genetika kursi o‘tiladigan barcha o‘quv yurtlari va tibbiyot kolleji talabalari, tibbiyot yo‘nalishidagi litseylar hamda o‘quv markazi o‘quvchilari ham foydalanishi mumkin.
Kommentariy berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting
ну почему всегда так. заплатили за одну книку дали загрузку на совсем другую. нам нужна была именно эта книга , ане ваша туфта.
8 октября 2019
Администратор: Благодарим Вас что пользуетесь услугами KITOBXON.
По нашим данным Вы произвели оплату за книгу «Молекулар биология ва генетикага оид масалалар тўплами»! Данная книга находиться в полном доступе у Вас в личном кабинете (и в Вашем профиле приложения). Мы проверили содержание книги и сравнили с тем что было куплена Вами – все соответствует, электронная книга грузиться….
Пожалуйста разъясните Вашу проблему более подробно!Biologiyadan masalalar kitobi
Bizning kanal sizlar uchun biologiyadan noldan cheksizlikkacha bo‘lgan masalalar to‘plami va ularning yechimlarini taqdim etib boradi.
Yangicha masalalar
Murakkab masalalar
Masala yechish uchun qo‘llanmalar !!About
Blog
Apps
Platform
BIOLOGIYADAN MASALALAR
362 subscribers
Media is too big
VIEW IN TELEGRAMXardi Vaynberg qonuni. GENETIKA.
Hamma qiynaladigan va oʻqilishi kerak boʻlgan mavzu.
© Uzbekistan Biology kanali ♾
____________________
۩ Manzil ➪ @biologi2019
۩ Manzil ➪ @biologi2019DIQQAT E’LON❗️
Kimyo fanini 0 dan boshlab o’rganmoqchi bo’lganlar uchun ajoyib imkoniyat.
✍️ Alloh taoloning izni bilan KIMYO NOLDAN kanali siz abiturentlar uchun kimyo fanidan bepul masalalar darslarini oʻrgatadi.
Kanalga ulaning, o’qing, o’rganing, bosqalarga ham ulashing; zero bir yahshilikka dalolat qilish yahshilikni qilish bilan barobardir.
Kanalga ulanish:
۩ Qoʻshiling ➪ @kimyoni_organishMedia is too big
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAMDIQQAT E’LON❗️
Biologiya fanini 0 dan boshlab o’rganmoqchi bo’lganlar uchun ajoyib imkoniyat.
✍️ Alloh taoloning izni bilan BIOLOGIYA NOLDAN kanali siz abiturentlar uchun Biologiya fanidan bepul test va masalalar darslarini oʻrgatadi.
Kanalga ulaning, o’qing, o’rganing, bosqalarga ham ulashing; zero bir yahshilikka dalolat qilish yahshilikni qilish bilan barobardir.
Kanalga ulanish:
۩ Qoʻshiling ➪ @biologiyani_organish