Press "Enter" to skip to content

Yosh kitobxon tanloviga ariza 2023

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilar “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Yosh kitobxon tanloviga ariza 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga qaratilgan topshiriq ijrosini amalda bajarish maqsadida, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida “Eng faol yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda korxonamizda faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.

To‘rtta shartdan iborat bo‘lgan ko‘rik-tanlov qiziqarli va murosasiz kechdi, oliy toifali hakamlar xay’ati tomonidan qo‘yilgan ballar hisoblanib unga ko‘ra birinchi o‘rin markaziy kimyo laboratoriyasi laboranti Ravshanoy Ismatillaevaga, ikkinchi o‘rin karbamid ishlab chiqarish sexi laboranti Manzuraxon Pozilovaga va uchinchi o‘rin sog‘lomlashtirish-diagnostika sexi hamshirasi Maxsuna Tojiboevalar egalladilar.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilar “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati.

  • 5 Noyabr 2021
  • 539

Yosh kitobxon tanloviga ariza 2023

“Kitobxon talaba -2021” ko‘rik-tanlov yakuni

2021-yil 9-iyun kuni Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Abdulla Qahhor asarlari bo‘yicha “Kitobxon talaba -2021” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Ma’lumki, joriy o‘quv yili davomida “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan onlayn shaklda, bir necha bosqichda o‘tkazilgan ushbu tanlovga talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy ishlar institutning “Eng yaxshi kitobxon talaba” telegram kanaliga muntazam joylanib borildi. Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan o‘rganilib, nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan ishlar ko‘rik tanlovning yakuniy bosqichida tinglandi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha belgilandi:

Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlarda va “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining 3ta yo‘nalishdagi faol ishtiroki uchun:

Oliy o‘rin – Baymuratova Lobar -Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti talabasi;

“Eng faol badiiy asar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi

1-o‘rin – Nosirova Mardona – Bank ishi fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Mingboyev Ibroxim – Moliya fakulteti talabasi.

“Audiohikoya” nominatsiyasi

1-o‘rin – Mahkamov Doniyor – PDU qo‘shma fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Abduxalilova Oyshabonu – Iqtisodiyot fakulteti;

3-o‘rin – O‘sarov Javoxir – Moliya fakulteti talabasi.

“Badiiy ijod” nominatsiyasi

1-o‘rin – Abdusattorova Mushtariy Dilshodbek qizi – Bank ishi fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Mingboyev Ibrohim – Moliya fakulteti talabasi.

“Audiopostanovka” nominatsiyasi

1-o‘rin – Umaraliyev Saidqobil – Iqtisodiyot fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Murotova Nigina – Bank ishi fakulteti talabasi;

3-o‘rin – Yandasheva Parizoda – Moliya fakulteti talabasi.

“Nazm va navo” nominatsiyasi

1-o‘rin – Fayzullayeva Nigina – Soliq va sug‘urta fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Yusupov Mirzayusuf – Bank ishi fakulteti talabasi;

3-o‘rin –Uktamova Malika – Bank ishi fakulteti talabasi.

G‘olib talabalarga institut tomonidan faxriy yorliqlar, kitoblar va pul mukofotlari topshirildi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Sayyora To‘ychiyeva, institut murabbiylar kengashi raisi Umurzoq Rajabov, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi professori Nishonboy Husanovlar so‘zga chiqib, talabalar badiiy ishlariga yuqori baho berishdi va bu tanlovda Prezidentimizning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning uchtasi ijrosi bajarilgani, yoshlar hayotida adabiyot, she’riyatning ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirdilar.

11:45 / 2021-06-10
Telefon: (8 371) 234-46-26
Faks: (8 371) 234-11-48
Email: devonxona@tfi.uz
Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66
Ijtimoiy sahifalar
Manzil: 100000 Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi 60A
Jamoat transporti:
89, 17, 91, 19, 24, 38, 51, 60, 67, 72, 93, 115, 140, 2

Copyright © 1999-2023. Saytda joylashtirilgan barcha ma’lumotlar O`zbekiston va xalqaro qonunchilik mualliflik huquqlari asosida himoyalangan. Saytdagi ma’lumotlardan sayt muallifi ruxsatisiz foydalanish ta’qiqlanadi.