Press "Enter" to skip to content

Yosh kitobxon 2023 nizomi pdf

Jizzaxlik Dilnavoz Ilhomova esa 259,2 ball bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, 200 ta kitoblar jamlanmasi va «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 10 foizlik chegirmaga ega bo‘ldi.

Yosh kitobxon oila

“Yosh kitobxon oila” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yosh oilalar oʻrtasida “Yosh kitobxon oila” tanlovini
(keyingi oʻrinlarda – Tanlov deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Tanlov yosh oilalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga
qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yoʻnaltirilgan.
3. Tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy
kutubxonasi masʼul tashkilotlar etib belgilanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy
kelib chiqishi va tilidan qatʼiy nazar 30 yoshgacha boʻlgan barcha yosh oilalar
Tanlovda ishtirok etish huquqiga ega. Ishtirokchilar talabidan kelib chiqib, ularning
Tanlov jarayonida qoraqalpoq va rus tillaridan foydalanishiga ruxsat beriladi.
5. Respublika
ishchi
guruhi
Tanlov
nizomiga
oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritish vakolatiga ega.

II. Tanlovning maqsad va vazifalari
6.
Tanlov yosh oilalar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir
oila aʼzosini kitob mutolaasiga keng jalb etish, ular oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibat,
odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.
7.
Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi koʻzda tutiladi:
Yosh oilalarning barcha qatlamlarini kitob oʻqishga daʼvat etish hamda kitob
oʻqishga boʻlgan qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit
shakllanishiga erishish;
yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy
hayot haqidagi tushuncha va bilim-koʻnikmalarini yanada yuksaltirish;
qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib
va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya,
madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ
ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash;
yoshlarni oʻzlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat
ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish.

Do’stlaringiz bilan baham:

Yosh kitobxon 2023 nizomi pdf

Foto: Yoshlar ittifoqi

20-30 yoshlar o‘rtasidagi «Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Tanlovning 14 nafar qatnashchisi «O‘zbek adabiyoti bilimdoni», «Jahon adabiyoti bilimdoni», «Buyuk mutafakkir va adib» hamda «She’riyat» kabi 4 ta shart bo‘yicha bellashishdi.

Umumiy baholash natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridan Toshkent davlat pedagogika universitetining 3-bosqich talabasi Shohsanam Xolboyeva 327,2 ball bilan «Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Prezident sovg‘asi «Spark» avtomobili va «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 20 foiz chegirmaga sazovor bo‘ldi.

«Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichiga tayyorgarliklar davomida 60 dan ortiq kitoblarni o‘qib chiqdim. Mazkur tanlovda g‘olib bo‘lishga ahd qilib, tayyorgarliklarga puxta yondashdim. Uyimizda ota-onam kichik kutubxona yaratib bergan. Bu kabi imkoniyat va shart-sharoitlar uchun ulardan cheksiz minnatdorman. Tanlovgacha tinimsiz o‘qidim, asarlarni tahlil qildim. Yodda qolishi uchun eng muhim nuqtalarni daftarimga qayd etib bordim. Bugun esa ko‘p kitob o‘qib, badiiy savodxonligimni oshirganligim natijasida Prezident sovg‘asi «Spark» avtomobiliga sazovor bo‘ldim», — deydi tanlovning 20-30 yosh toifasidagi ishtirokchilarining mutlaq g‘olibi Shohsanam Xolboyeva. —«Hozirga qadar 400 dan ortiq badiiy asarni o‘qib chiqqanman. Mutolaalarim davomida Usmon Nosir, Lev Tolstoy, Paulo Koelo kabi adiblarning ijodini katta qiziqish bilan mutolaa qildim. Kelajakda eng sevimli, malakali o‘qituvchi bo‘lib, o‘zim kabi yosh kitobxonlar davrasini kengaytirishni maqsad qilganman».

Toshkent viloyatidan Dilnavoz Najimova 264,5 ball bilan 2-o‘rinni egallab, kompyuter jamlanmasi va «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 15 foizlik chegirma bilan taqdirlandi.

Jizzaxlik Dilnavoz Ilhomova esa 259,2 ball bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, 200 ta kitoblar jamlanmasi va «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 10 foizlik chegirmaga ega bo‘ldi.

Tanlovning barcha ishtirokchilari «Dugonalar» va «Yosh kuch» jurnali hamda «Yoshlar ovozi» gazetasiga 1 yillik bepul obuna bo‘ldi.

2018 yilgi «Yosh kitobxon» tanlovining saralash bosqichlarida 20-30 yosh toifasidagi 1128 nafar ishtirokchi o‘z bilimini sinab ko‘rdi.