Press "Enter" to skip to content

Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi boshlandi

3-tur. 14 iyun

Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichiga qura tashlandi. O’zbekiston qaysi guruhdan joy oldi?

O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundiga chiqa olmagani bois, vakillarimiz endi Osiyo Kubogi yo’llanmasi uchun saralash o’yinlarida ishtirok etishadi.

Quraga ko’ra Srechko Katanec boshchiligidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi Tailand, Maldiv orollari va SHri Lanka bilan “C” guruhidan joy oldi. Bizning guruh o’yinlari 8-14 iyun kunlari Namangan shahrida bo’lib o’tadi.

Osiyo Kubogiga har bir guruh g’oliblari va 5ta eng yaxshi ikkinchi o’rin sohiblari yo’llanma olishadi.

Qura natijalari:

“A” guruhi: Iordaniya, Kuvayt, Indoneziya, Nepal.
“B” guruhi: Falastin, Filippin, Yaman, Mo’g’uliston.
“C” guruhi: O’zbekiston, Tailand, Maldiv orollari, SHri Lanka.
“D” guruhi: Hindiston, Gonkong, Afg’oniston, Kambodja.
“E” guruhi: Bahrayn, Turkmaniston, Malayziya, Bangladesh.
“F” guruhi: Qirg’iziston, Tojikiston, Myanma, Singapur.

Oltita mamlakatda o’yinlar shu yilning 8-14 iyun oralig’ida bo’lib o’tadi.

1-tur. 8 iyun

2-tur. 11 iyun

3-tur. 14 iyun

​“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi boshlandi

Kitobsevar yoshlar intiqib kutgan kun ham keldi. Avval xabar berganimizdek bugun “Yosh kitobxon” tanlovning saralash bosqichi ishtirokchilari har bir viloyat va tuman-shaharlarda tashkil etilgan, kerakli jihozlar bilan jihozlangan maxsus xonalarda test sinovlarini topshirish uchun jam bo`lishdi.

Ishtirokchilarga test topshirish qoidalari bo`yicha tushuntirish beriladi. Eslatib o`tamiz, test sinovida yoshlar o`zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga 25 daqiqa vaqt davomida javob berishlari lozim.

Har bir to`g`ri javob uchun 2 balldan belgilanadi. Ishtirokchilar natijalari saqlab qolinadi (elektron ko`rinishda va imzolangan holda qog`ozda). Test natijalariga ko`ra 86 va undan yuqori ball to`plagan ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo`lga kiritishadi.

“Yosh kitobxon” tanlovining 3 yosh toifasi bo`yicha saralash bosqichlari shu tartibda ketma-ket uch kunda o`tkaziladi.