Press "Enter" to skip to content

TIQXMMI yangiliklari

Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

KITOBXONLIK BUYUK KELAJAK KAFOLATIDIR

Kitob − umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobdek qudratga ega vosita topilmas. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o’qishga, undan ilmu odob sirlarini o’rganishga chorlab kelishgan. Darhaqiqat, kitob insonni erdan ko’kka ko’taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma’naviy-ma’rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko’rsatib berishga qodir mash’ala hisoblanadi. “Fizika-texnologiya” fakulteti guruxlarida yoshlarni kitobxonlikka yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida doimiy ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Kitob mutoala qilish nafaqat iroda va ma’naviy saviyani shakllantiradi, balki tilni ravon etib ajoyib nutq madaniyatini rivojlantiradi. Shuningdek, o‘z tilini yoki xorij tilini to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatadi. Shunday ekan, har birimiz kitob mutolaa qilishni yoshlarimiz bilan birga odat etib, rivojlanib kelayotgan zamonda tabiiy holda kitobdan tabiiy ravishda ta’lim va ma’naviy tarbiya olishimiz kerak…”-deydi NavDPI ARM direktori H.Artiqov. Haqiqatan ham, kitob o’qigan inson qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko’nikmasiga ega bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, kitobxonlik buyuk kelajak kafolatidir.

Navoiy shahri, Ibn Sino 45
+998 79 225-19-27
+998 79 225-19-23
info@nspi.uz

Navoiy davlat pedagogika instituti © 2020
Navoiy sh., Ibn SIno ko`chasi 45, tel. +998 (79) 225-19-30 faks +998 (79) 225-19-30
Sayt materiallaridan foydalanilganda resursga faol giperhavola bo`lishi shart.

Rektor va prorektorlarga
[contact-form-7 404 “Not Found”]
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so’zi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

O’ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG’I

Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O’zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O’zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.

Kitobxonlik − kelajak kafolati

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek , “ Kitob – beminnat ustoz , bilim va ma ’ naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai ”. Kitob – umr yo ’ llarini yorituvchi so ’ nmas nur , inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai hamda u har qanday vaziyatda ham hamroh bo ’ luvchi sodiq do ’ stdir . Insonning ma ’ naviy kamolotini ta ’ minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo ’ q . Shu bois azal – azaldan ma ’ rifat peshvolari , ahli donishlar butun insoniyatni kitob o ’ qishga , undan ilmu odob sirlarini o ’ rganishga chorlab kelishgan .

Darhaqiqat , kitob insonni yerdan ko ’ kka ko ’ taruvchi , uning ma ’ naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir . U insoniyatning tarixiy xotirasi , ma ’ naviy – ma ’ rifiy olami , ilmiy zaminini mustahkamlovchi , kelajakni yorqin ko ’ rsatib borishga qodir mash ’ ala hisoblanadi. “ Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari ” kafedrasida ham “Muqobil energiya manabalri” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida Mutaxassislik fanlari bo‘yicha kitobxonlik tanlovi tashkil etildi. G‘oliblarga sertifikat va esdalik kitoblari topshirildi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

tayanch doktoranti A.Davirov axboroti

Universitet matbuot xizmati