Press "Enter" to skip to content

Собери свой электронный портфель

Eng muhimi, darsliklar innovatsion yondashuv asosida tayyorlandi. Bunda o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan ta’limiy o‘yinlar, mashqlar, masalalar va topshiriqlarga urg‘u berildi.

Darsliklarni yangilash bo‘yicha jamoatchilikdan 8 mingdan ortiq taklif kelib tushdi – Respublika ta’lim markazi

«Bugungi kunda darsliklarni yaratishda ta’lim muassasalari o‘quvchilari, o‘qituvchilari va ota-onalari hamda keng jamoatchilikning fikri muhim hisoblanadi. Shu maqsadda reja asosida nashrga tayyorlanayotgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarning mazmuni, dizayni va sifatini yanada yaxshilash hamda takomillashtirish yuzasidan Respublika ta’lim markazida «Darsliklarga taklif – 2020» boti va «Darslikka kelgan takliflar» telegram guruhi tashkil etildi. Shu telegramm kanallari orqali kelib tushayotgan takliflar darslik mualliflariga yetkazilmoqda, maqbullari darsliklar mazmuniga singdirib borilmoqda.

Hozirga qadar Respublika ta’lim markaziga foydalanuvchilarimiz tomonidan 8000 dan ortiq takliflar kelib tushdi. Darsliklar yuzasidan kelib tushayotgan o‘rinli taklif va mulohazalar Markazning fan metodistlari tomonidan o‘rganib chiqilib, darsliklarni davriylik asosida nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda. Darsliklar yuzasidan kelib tushgan takliflarga mutaxassis hamda metodistlar tomonidan tayyorlangan javoblar foydalanuvchilarga yuborilmoqda.

Shuningdek, «Darsliklar muhokamasi» telegramm kanaliga joriy yilda yangi va qayta nashr etiladigan darsliklarning PDF nusxalari bosqichma-bosqich qo‘yib borilmoqda. Bugunga qadar bu kanalimizga 225 dan ortiq takliflar kelib tushdi. Takliflarning asosiy qismi darslik mazmuni, bir qismi darslik dizayni hamda darslikdagi imlo xatolar to‘g‘risida bo‘lib, ushbu takliflar darsliklarni nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda.

Pirovardida, darsliklar yuzasidan kelib tushayotgan o‘rinli taklif va mulohazalar shubxasiz darsliklarni mazmunan takomillashtirishga yangi turtki beradi. Bu esa, sifat jihatdan yangilangan darsliklarni yaratishda, Respublika ta’lim markazi bilan keng jamoatchilik o‘rtasidagi samarali aloqani ta’minlashga xizmat qiladi», deya Shuhrat Sattorovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashrga tayyorlashda asosiy e’tibor mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob berishiga qaratilmoqda. Buning uchun amaliyotchi o‘qituvchilar hamda fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan darsliklar bir necha bor ekspertizadan o‘tkazilgan. Ekspertiza xulosalari asosida esa darsliklar mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida darsliklar qayta ishlanib, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.

«Bugungi kunda qayta nashrga tavsiya etilgan illyustratsiyasi eskirib ketgan, yorqin ranglarda bo‘lmagan, chizilgan rasmlar o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu yilgi chop etiladigan darsliklar qayta nashrdagi darsliklar bo‘lganligi sababli asosiy urg‘u darsliklarning mazmuni va dizayniga qaratildi.

2020-2021 o‘quv yili uchun chop etilishi rejalashtirilgan darsliklarni nashrga tayyorlash jarayonidagi o‘zgarishlar, kiritilayotgan yangiliklar RTMning ishlab chiqarish yig‘ilishlarida muhokama qilib borilmoqda.

Karantin pandemiyasi davrida darsliklarni nashrga tayyorlash jarayonida fan metodistlari, darslik mualliflari hamda nashriyotlar faoliyati masofadan tashkil etilib, ko‘proq darsliklarning elektron PDF variantlaridan foydalanilmoqda.

2020-2021 o‘quv yilida chop etiladigan darsliklarga kiritilgan o‘zgarishlar quyidagilar hisoblanadi.

Birinchi navbatda, o‘quvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari inobatga olingan holda tayyorlandi.

Ikkinchidan, darslik mazmunida mavjud bo‘lgan takrorlanishlar bartaraf etildi, xalqaro tajribaga suyangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

E’tiborli holat – fanlar kesimida fanlararo bog‘liqlik hamda sinflararo uzviylik ta’minlandi.

Yana bir muhim jihat shundan iboratki, darslik va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish bo‘yicha darsliklar mazmuniga xalqaro baholash dasturi o‘quvchilar yoshiga mos tarzda PISA, TIMSS talablari singdirildi.

Eng muhimi, darsliklar innovatsion yondashuv asosida tayyorlandi. Bunda o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan ta’limiy o‘yinlar, mashqlar, masalalar va topshiriqlarga urg‘u berildi.

Qolaversa, 4-, 5-sinf Texnologiya va 5-, 8-, 9-sinf Informatika darsliklari mazmuni o‘quvchilarda kreativ, mantiqiy fikrlashga yo‘naltiruvchi topshiriqlar bilan boyitildi. Bu STEAM texnologiyalari talablari asosida amalga oshirildi», deydi Shuhrat Sattorov.

Qayd etilishicha, darsliklardagi mavzularni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitish maqsadida darsliklarga QR-kod o‘rnatilmoqda. Ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan maktablar uchun 5-sinf adabiyot darsliklariga o‘zbek va jahon adiblarining hayoti va ijodidan namunalar kiritilgani ham darsliklardagi yangilik hisoblanadi.

Собери свой электронный портфель

Учебник это самая важная вещь в школе. В 21 веке электронные учебники заменили бумажные носители.

Электронные пособия – выбор современного школьника. Учебники для Узбекистана можно скачать в удобном формате PDF и EPUB, читать on-line на любом устройстве, делать пометки, не боясь испортить странички. Основная задача портала UZEDU.ONLINE – это не только повысить доступность образования, но и, в первую очередь, разработать удобный инструмент как для учителя, так и для школьника.

Наша команда разработала библиотеку для разных классов по математике, алгебре и геометрии, физике и химии. Коллекция постоянно пополняется. Если ты не нашёл нужного учебника, просто напиши нам, мы его найдём. Создавайте свой персональный электронный портфель с необходимыми учебниками! Учись в удовольствие и постигай науку с ресурсом UZEDU.ONLINE

Все учебники взяты с сайта Министерства Народного Образования Республики Узбекистан и публикуются исключительно в образовательных целях.