Kimyo» Boshlang ich saboqlar (7-sinf uchun)
REJA: 1, “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. 2. Pedagogika tarixi fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o’zaro aloqadorligi. 3. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolar 4. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha Sug’diyon, Baqtriya, Xorazm davlatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti 5. Xalq maktablari, san’at maktablari. 6. “Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi. 7. Xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasining boshlanishi va eng qadimgi yozma manbalarda ta’limotlar.
MAVZU PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA ENG QADIMGI DAVRLARDAN
REJA: 1, “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. 2. Pedagogika tarixi fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o’zaro aloqadorligi. 3. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolar 4. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha Sug’diyon, Baqtriya, Xorazm davlatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti 5. Xalq maktablari, san’at maktablari. 6. “Avesto” Eng qadimgi davrlarning madaniy yozma yodgorligi. 7. Xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasining boshlanishi va eng qadimgi yozma manbalarda ta’limotlar.
ADABIYOTLAR: 1. Hоshimоv K. , Nishоnоvа S. , Inоmоvа M. , Hаsаnоv R. Pеdаgоgikа tаriхi. – T. : O’qituvchi, 1996. 2. Hаsаnbоеv J. , Hаsаnbоеvа О. , Hоmidоv H. Pеdаgоgikа tаriхi. – T. : O’qituvchi, 1997. 3. Sаfо Оchil. , Hоshimоv K. O’zbеk pеdаgоgikаsi аntоlоgiyasi. – T. : O’qituvchi, 1999. 4. Hоshimоv K. , Sаfо Оchil. O’zbеk pеdаgоgikаsi аntоlоgiyasi. – T. : O’qituvchi, 2010. 5. Dоlimоv U. Milliy uyg’оnish pеdаgоgikаsi. – T. : NOSHIR, 2012. 6. Аtаеvа N. , Rаsulоvа F. , Hаsаnоv S. Umumiy pеdаgоgikа (Pеdаgоgikа tаriхi). – T. : “Fan va texnoligiya”, 2011.
TAYANCH SO’ZLAR : Eng qadimgi davrlar , piktografik yozuvlar , ideografik yozuvlar , zardushtiylik ta’limoti , xalq pedagogikasi , qadimgi manbalar
TARIX VA PEDAGOGIKA TARIXINING UMUMIY HAMDA O’ZIGA XOSLIKLARINI OCHISHGA DOIR VENN DIAGRAMMASI TOPSHIRIG’I Tarix Pedagogika tarixi
“PEDAGOGIKA TARIXI” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI “Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat. Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni. “Pedagogika tarixi” fanining vazifalari: 1) milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish; 2) pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish; pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
PEDAGOGIKA TARIXINI O’RGANISH MANBALARI: 1) arxeologik yodgorliklar; 2) qo’lyozmalar; 3) xalq og’zaki ijodi; 4) adabiy yodgorliklar; 5) hujjatlar; 6) badiiy adabiyot; 7) memuarlar; 8) Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.
Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz: -Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar. -Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar. -Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko’ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar. -bolalar va o’smirlar; -ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; -keksalar.
PEDAGOGIKA TARIXINI DAVRLASHTIRISH: Eng qadimgi davrlardan O’zbekiston Respulbikasi mustaqilligigacha (1991 y) bo’lgan davrda O’zbekistonda maktab, pedagogik fikrlar tarixi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligidan keyingi davrlarda (1991 yil, 31 -avgust) ta’lim – tarbiya va pedagogik fikrlar. Xorijda eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha pedagogik fikrlar rivoji.
BIROQ PEDAGOGIKA TARIXINI INSONIYAT TARIXI BILAN BOG’LIQLIKDA O’RGANISH MAQSADIDA QUYIDAGI TARZDA DAVRLASHTISH MAQSADGA MUVOFIQ: 1) eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar; 2) VII asrdan XIV asrning birinchi yarmifacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar; 3) Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi; 4) XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab; 5) XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji; 6) XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji; 7) XIX asrning 2 -yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar; 8) 1917 -1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji; 9) Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji; 10) eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi; 11) XIX asrning 2 -yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji; 12) hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug’lardan iborat bo’lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar. Eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So’g’diyona, Marg’iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o’lkalarda xalq xo’jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro’y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo’lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi.
Hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari Ajdolarimiz tomonidan qo’lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta’lim tarbiyaga oid merosi hisoblanadi. Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: ye. E. Bertels, S. P. Tolstov, V. V. Braginskiy, I. M. Mo’minov, B. Gafurov, I. V. Stebleva, A. O. Makovelskiy, Y. Jumaboev, M. IShoqov, adabiyotshunoslar A. Qayumov, N. Mallaev, N. Rahmonov, pedagog-olimlar O’. Aleuov, M. Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo’lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning Tarix, Strabonning Geografiya hamda Mahmud Qoshg’ariyning Devonu lug’atitturk kabi asarlari, shuningdek, Urxun-yenisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o’rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o’ynaganligidan dalolat beradi.
PIKTOGRAFIK YOZUVLAR – SURATLI YOZUV
IDEOGRAFIK YOZUVLAR – BELGILI, GRAFIKLI YOZUVLAR
«Kimyo» Boshlang’ich saboqlar (7-sinf uchun)
Mazkur qo’llanma ensiklopedik xarakterga ega bo’lib, kimyo fanidan boshlang’ich bilimlarni o’z ichiga oladi. Darslik ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’lim sof modda va aralashmalar haqida bo’lib, unda moddalarning zarrachali tuzilishi, sof moddalar, aralashmalar, aralashmalarning ajratilishi, maishiy chiqindilar va qayta ishlash bilan bog’liq mavzular o’rin olgan. Ikkinchi bo’lim modda va ishlab chiqarish haqida bo’lib, unda davriy sistema, fizikaviy va kimyoviy o’zgarishlar, kimyoviy reaksiyalar, kislota va asoslar, moddalarga issiqlikning ta’siri, kimyo sanoati to’g’risida mavzular o’rin olgan. Darslik illustratsiyalarga boyligi, mavzular ko’rgazmali holda batafsil bayon etilgani, tilining o’quvchilar yoshiga mos holda sodda va ravon ekani bilan ajralib turadi. Ushbu qo’llanma tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktablar, umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari, kimyo fani bo’yicha Olimpiada ishtirokchilari va kimyo fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan.