Press "Enter" to skip to content

Корейс тили А дан Я гача (корейс тилини мукаммал ўрганамиз) Toshkentda

Доставка до квартиры

​Xitoy va koreys tilini mukammal o‘rganishda xorijlik o‘qituvchilar tomonidan yangicha yondashuv

Hozirda o‘zbek yoshlari orasida sharq tillarini o‘rganishga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Ko‘plab hamyurtlarimiz Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarda tahsil olishmoqda. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Ko‘pchilik koreys, xitoy tillarini mukammal o‘rganishni istaydi. Biroq buning uchun ishonchli o‘quv markazini topishda qiynalishadi. Biz bugun sizga bir sirni ochamiz. Toshkentda qad rostlagan Smart Nimble Education o‘quv markazi bo‘lajak talabalarni, til o‘rganishga qiziquvchi yoshlarni o‘z mashg‘ulotlariga taklif etadi. Siz birgina darsning o‘zidayoq ustozlar mahorati va tilga bo‘lgan muhabbatni his etasiz.

Endi esa o‘quvchilar va ularning ota-onalarini qiziqtirishi mumkin bo‘lgan savollarga javob beramiz.

Qanday kurslar mavjud?

Bu yerda siz ingliz, koreys va xitoy tillarini mukammal o‘rganishingiz mumkin. Chet el fuqarolari uchun esa rus va ingliz tillari o‘rgatiladi.

Foto: Smart Nimble Education

Kimlar dars beradi?

O‘quv markazida faqatgina yuqori malakali, professional mutaxassislar saboq berishadi. Koreys tili kursidan 3 nafar Janubiy Koreyalik o‘qituvchilar ta’lim berishadi. Darslarning yana bir afzal jihati shundaki, ular nafaqat o‘zbek, balki ingliz va koreys tillarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitiladi. Xitoy tilini Xitoy davlatida ko‘p yillar davomida yashab “Xitoy filologiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha ikkita oliygohning magistratura yo‘nalishini muvaffaqiyatli tugatgan yuqori malakali o‘qituvchi dars beradi. O‘z navbatida darslar nafaqat uzbek tilida, balki, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Shuningdek, ingliz tili o‘qituvchisi yosh bo‘lishiga qaramasdan, o‘z bilimini namoyon qilgan holda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha mukofot va grantlarga ega bo‘lib, faoliyati davomida bir qancha til o‘rganuvchilarni milliy, hamda, xorij universitetlariga tayyorlagan.

Foto: Smart Nimble Education
Foto: Smart Nimble Education
Foto: Smart Nimble Education

Bu maskanda shuningdek, 180 kun ichida IELTS sertifikatini olishga ham kafolat beriladi.

Foto: Smart Nimble Education
Foto: Smart Nimble Education

Nima uchun aynan Smart Nimble Education?

* Koreys, xitoy va ingliz tillarida qiziqarli va interaktiv darslar

* Mahoratli va tajribaga ega xorijlik o‘qituvchilar

* O‘qituvchilar xorijda tahsil olgan yuqori malakali kadrlardir

* Mashg‘ulotlar vaqtida mazali kofe-breyklar ulashiladi

* Bir oila vakillari uchun chegirmalar mavjud (faqat ingliz tili kursida)

* Agar darslar va berilgan topshiriqlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa o‘quv markazi oliygohga kirishingizga to‘liq kafolat beradi

* Barcha tillar bo‘yicha individual darsliklar va elektron qo‘llanmalar o‘quv markazi tomonidan ta’minlanadi

* Chet ellik mehmonlar va universitet vakillari bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkaziladi

* Xonalar zamonaviy mebellar va uskunalar bilan jihozlangan

* Xitoy va Janubiy Koreyaning bir qator davlat universitetlari bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri imtiyozli shartnomaga ega

* Xitoy va Janubiy Koreya xalqaro universitetlari bo‘yicha ma’lumotlar ochiq holda taqdim etiladi

Bundan tashqari, o‘quv markazi talabalarni Janubiy Koreya va Xitoyga o‘qishga ham jo‘natadi.

Foto: Smart Nimble Education
Foto: Smart Nimble Education
Foto: Smart Nimble Education

Yana qanday imkoniyatlar bor?

Bu yerda siz tillarni mukammal egallash natijasida IELTS (ingliz tili), TOPIC (koreys tili), HSK (xitoy tili) imtihonlariga tayyorlanib, muvaffaqiyatli o‘tishingiz mumkin.

Narxlar qanday?

Ingliz tili: jamoaviy dars – 200.000 so‘m bir oyga (12 mashg‘ulot). Individual – 550.000 so‘m.

IELTS – 660.000 ming (12 mashg‘ulot)

Koreys tili: jamoaviy dars – 200.000 so‘m (boshlang‘ich). TOPIC – 300.000 so‘m.

Xitoy tili: jamoaviy dars – 300.000 so‘m (8 mashg‘ulot)

Foto: Smart Nimble Education

Qayerda?

Toshkent shaxhar, Yakkasaroy tumani, Sarabuston ko‘chasi, 3B-uy.

Mo‘ljal: “Kosmonavtlar” metro bekati, IIV qoshidagi “Korzinka.uz” supermarketi yonida

Telefonlar:

+(99890) 955 36 86
+(99871) 256 66 56

Sayt: SNE.uz

O‘quv markazining shiori :

“TODAY A READER, TOMORROW A LEADER. “. Unutmang, bugungi o‘quvchilar, ertaga yetakchilarga aylanishadi.

Корейс тили А дан Я гача (корейс тилини мукаммал ўрганамиз) Toshkentda

Корейс тили А дан Я гача (корейс тилини мукаммал ўрганамиз)

Narx yangilangan – 29.03.2022

Sotuvchi haqida ma’lumot

MChJ “ASAXIY.UZ”
Toshkent viloyati, Toshkent, Chilonzor tuman, Chilonzor-3 Mavzesi, uy склад
Telefonni ko’rsatish

  • Tavsifi
  • Xarakteristikalar
  • Yetkazib berish

Batafsil tavsif: Корейс тили А дан Я гача (корейс тилини мукаммал ўрганамиз)

Ушбу қўлланма инглиз тилидаги “Korean from zero” номли корейс тили ўрганиш учун мўлжаллаб чиқарилган дарслик китобининг таржимаси бўлиб, у корейс тилини бошидан бошлаган ёки давом эттирувчиларга мўлжалланган. Китобнинг мақсади ўқувчини корейсча матнларни ўқиб тушуна олиш ва ўз фикрини етказиб бера олиш даражасига олиб чиқишни ўз ичига олади.

Язык На узбекском
Количество страниц 352
Издательство Book Media Nashr
Тип обложки Мягкая
Формат бумаги A5
Год издания 2018

Модель: Корейс тили А дан Я гача

Texnik xususiyatlari

Yetkazib berish shartlari

Доставка

  • Доставка по городу Ташкент составляет – 15 000 сум на малогабаритные товары и 25 000 сум на крупногабаритную технику
  • Доставка в ближайшие к Ташкенту районы Ташкентской области (Кибрай, Зангиота, Янгиюль) платная – 10 000 сум (телефоны, мелкая техника и аксессуары), при заказе на крупногабаритную технику доставка считается так: 5000 сум за каждый км от поста ГАИ.
  • Доставка осуществляется ежедневно с 11.00 до 21.00, кроме понедельника.
  • Заказ на доставку товара к 11.00 оговаривается предварительно и не позднее 17.00 предыдущего дня.
  • Срок доставки – от 8 до 48 часов (время доставки зависит от товара), по областям – в течении 3-10 дней.
  • При оформлении заказа Покупатель сам выбирает удобное для него время доставки, но не менее 8 часов с момента заказа.
  • Если заказ оформлен после 17.00, доставка может быть осуществлена на следующий день.

Доставка до квартиры

  • Подъём на этаж и занос в квартиру:
    • малогабаритной техники – бесплатно.
    • крупногабаритной техники (холодильник, стиральная машина, газовая плита и т.д.) – от 15 000 до 20 000 сум за каждый этаж (сумма зависит от габаритов техники)

    Внимание! Мы не осуществляем подъём на этаж или занос товара в квартиру, если для этого потребуется:

    • перестановка мебели или других предметов;
    • снятие с петель дверей в помещении;
    • демонтаж любых частей товара с целью уменьшения его габаритных размеров;
    • расстояние между стороной товара и окружающими предметами или частями помещения при перемещении товара составляет менее десяти сантиметров;
    • габариты товара в упаковке превышают размеры лестничных маршей, площадок и входных дверей.

    В этом случае товар передаётся Покупателю перед подъездом или перед дверью квартиры, либо в прихожей квартиры, в зависимости от того, где возникло препятствие.

    Приём/передача товара

    • При получении товара Покупатель обязан внимательно проверить его в присутствии курьера и только после этого произвести оплату наличными или по терминалу.
    • Покупатель при приёме товара обязан проверить наличие гарантийного талона на товар.

    Обмен и возврат товара

    В случае обнаружения заводского дефекта, товары могут быть заменены на аналогичные в течение 10 дней с даты доставки. Товар и упаковка не должны быть повреждены.

    Важно!

    • Производитель на свое усмотрение и без дополнительных уведомлений Продавца может менять комплектацию, внешний вид, страну производства и технические характеристики модели. Проверяйте соответствие в момент получения товара.
    • Сотрудники службы доставки не являются консультантами по товару и не владеют информацией о его конфигурации. В случае необходимости уточняйте интересующую вас информацию о приобретаемом товаре у менеджера по продажам.

    Til o‘rganish uchun eng yaxshi 7 bepul ilova

    Ushbu bepul ilovalar yordamida til o‘rganishning qulayligi shundaki, ular har doim siz bilan. Uchrashuvdan besh daqiqa oldin bo‘ladimi yoki taksi kutib turgan paytingizdami, ularni ochib nimadir o‘rgansangiz bo‘ladi.
    Quyida taqdim qiladigan ilovalarimizdan foydalanib ko‘plab, jumladan, ingliz, ispan, fransuz, italyan, nemis, irland, golland, rus, xitoy tillarni o‘rganishingiz mumkin.

    1. Duolingo

    Bizga yoqqan jihatlari:
    •Akkaunt ochish shart emas;
    •Tillar tanlovi keng;
    •O‘rganish usullari ko‘p;
    •Bepul darslar ko‘p.

    Bizga yoqmagan jihatlari:
    •Darslar izchilligida uzilishlar bor.

    Duolingo bilan til o‘rganishni boshlash juda oson. Shunchaki ilovani ochib, o‘rganmoqchi bo‘lgan tilingizni tanlang va kurs boshlanadi. Akkaunt ochib o‘tirishingiz shart emas, lekin akkaunt yaratsangiz, o‘rganish jarayonini saqlash va kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi.
    O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ispan, fransuz, nemis, xitoy, ingliz, yapon koreys, italyan, portugal, golland, irland, shved, turk, esperanto, norveg, ukrain, gavayi, rus, polyak, hind, uels, vetnam, venger, grek, svahili, rumin, indonez, chex, navayo, klingon.
    Duolingo‘dan onalyn yoki Android, iOS va Windows uchun ilovalar orqali foydalanish mumkin.

    2. Memrise

    Bizga yoqqan jihatlari:
    •O‘qitish uslublari o‘ziga xos;
    •Ko‘plab tillar o‘rganish imkoniyati bor.

    Bizga yoqmagan jihatlari:
    •Akkaunt ochish talab qilinadi;
    •Veb-sayt dizayni tushunarsiz.

    Memrise — til o‘rgatuvchi yana bir bepul ilova. Bu ilova orqali til o‘rganish Duolingo‘ga qaraganda biroz murakkab. Ammo ilovadan foydalanish osonligi, oflayn kurslar bilan ta’minlashi sababli foydalanuvchiga ko‘plab tillarni o‘rgata oladi. Darslarni dastlabki yoki to‘gridan-to‘g‘ri yuqori bosqich bilan boshlash mumkin. Memrise’ning o‘ziga xos tomoni foydalanuvchiga yangi so‘z va iboralarni o‘rgatish usulidadir.
    Dasturda, shuningdek, tarjimalar orqali o‘qitish usuli ham mavjud.
    O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, fransuz, ispan, golland, portugal, norveg, yapon, koreys, island, sloven, arab, turk, nemis, shved, polyak, italyan, xitoy, rus, mo‘g‘ul.
    Memrise’dan Android, iOS uchun ilovalaridan, shuningdek, veb-brauzer orqali onlayn foydalanishingiz mumkin.

    3. Busuu

    Bizga yoqqan jihatlari:
    •Barcha darajadagi o‘rganuvchilar uchun mos;
    •Boshqa o‘rganuvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati mavjud;
    •Boshqa foydalanuvchilarga tavsiyalar berish imkoniyati bor.

    Bizga yoqmagan jihatlari:
    •Til tanlash tanlovi kam;
    •Ko‘p funksiyalari pullik;
    •Akkaunt ochish talab etiladi.

    Busuu ilovasidan foydalanish oson hamda ilova turli xil darajadigi til o‘rganuvchilar uchun juda qulaydir. Foydalanuvchi shunchaki ro‘yxatdan o‘tib, o‘rganmoqchi bo‘lgan tili va darajasini tanlaydi.
    Ilova foydalanuvchiga gaplar ichidagi so‘z va so‘z birikmalarini o‘rgatadi, so‘ngra bosqichma-bosqich test ko‘rinishida imtihondan o‘tkazadi.
    O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: nemis, ispan, portugal, fransuz, ingliz, italyan, rus, polyak, turk, yapon, xitoy
    Busuu bilan Android, iOS yoki internet vositasida tilni o‘rganish mumkin.

    4. AccellaStudy Essential Apps

    Bizga yoqqan jihatlari:
    Har bir til uchun alohida ilovadan iborat;
    Bir nechta o‘rganish usullari mavjud.

    Bizga yoqmagan jihatlari:
    Ilovaga yangilanishlar jo‘natilmaydi;
    Qolgan ilovalarga nisbatan til tanlovi kamroq;
    Android’ga mos keluvchi ilova yo‘qligi;

    AccellaStudy’da foydalanuvchi o‘rganmoqchi bo‘lgan har bir til uchun alohida ilova mavjud. Ilovalardan foydalanish juda sodda, oflayn rejimda ham ishlaydi. Tanlangan tildagi farqni aytmaganda, ilovalarning barcha jihatlari deyarli bir xil.
    Bu ilovada audio viktorinalar va yana boshqa qiziqarli funksiyalar bor. Bluetooth-garnitura funksiyasi esa avtomobil boshqarayotganda aynan mos keluvchi funksiya. Bunda foydalanuvchi qurilmaga qaramgan holda ham tilni o‘rganishi mumkin.
    Tilllarni bepul o‘rgatuvchi ushbu ilova dasturlari foydalanuvchiga o‘zining darslar to‘plamini yaratish imkonini beradi va shu bilan foydalanuvchi qaysi so‘zlarga e’tibor qaratishni o‘zi tanlay oladi. Bu juda yaxshi funksiya, chunki foydalanuvchi so‘zlarni o‘rganishga qiynalayotgan bo‘lsa so‘zlarni ajratgan holda o‘rganadi.
    O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, ispan, fransuz, nemis, italyan, golland, grek, arab, yapon, xitoy, koreys, polyak, portugal, rumin, rus, ukrain va turk.
    Ilova faqat iOS tizimlari uchun ishlab chiqilgan.

    5. 24/7 Tutor Apps

    Bizga yoqqan jihatlari:
    •O‘rganish usullari ko‘p;
    •Foydalanish oson.

    Bizga yoqmagan jihatlari:
    •Til tanlash imkoniyati kam;
    •Faqat iOS tizmiga mos.

    24/7 ilovasi bilan foydalanuvchi har kuni, istalgan vaqt til o‘rgatuvchi ustozga ega bo‘lishi mumkin. Ilovada faqat asosiy Yevropa tillari mavjud. Har bir til uchun alohida ilova mavjud. Har bir ilova orqali kiyim-kechak, o‘yin-kulgi, rang, ta’lim, oila, oziq-ovqat, salomatlik, salomlashish, tana a’zolari, yo‘nalishlar, ob-havo, ish va boshqa mavzularga oid so‘zlarni o‘rganish mumkin.
    Ilovada o‘rganilgan mavzular ro‘yxati, xotira o‘yinlari, viktorina, imlo amaliyoti kabi kategoriyalar bor.
    O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ispan, fransuz, nemis, italyan.
    24/7 ilovasi faqat iOS tizmida ishlovchi qurilmalariga mos keladi.

    6. Rosetta Stone

    Bizga yoqqan jihatlari:
    •Sayohatchilar uchun qulay;
    •O‘ziga xos funksiyalarga ega;
    •Til tanlovi keng;
    •Barcha platformalarga mos.

    Bizga yoqmagan jihatlari:
    •O‘rgatish metodlari eskirgan.

    Rosetta Stone tillarni o‘rganish uchun professional darajadagi servis. Ilova, asosan, sayohat davomida ko‘p qo‘llaniladigan so‘z va iboralarni o‘rgatadi.
    Shuningdek, restoran, mehmonxonalar va sayohat bilan bog‘liq asosiy so‘z va birikmalardan iborat so‘zlachgich bor – bu sayohatga chiqqanlar uchun juda foydali. Agar foydalanuvchi xohlasa, rang, valyuta va xaridga oid lug‘atlarni sotib olishi mumkin.
    O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ispan, ingliz, fransuz, yapon, italyan, nemis, xitoy, portugal, rus, arab, koreys, golland, yunon, hind, irland, fors, polyak, shved, turk, vetnam.

    7. Google Tarjimon

    Bizga yoqqan jihatlari:
    •Tarjima qilish usullari mavjud;
    •Tez tarjima qilish imkoniyati mavjud;
    •Ko‘p tillardan/tillarga tarjima qila oladi;
    •Ham ilova ham veb-saytda ishlaydi.

    Bizga yoqmagan jihatlar:
    •O‘rgatish darslari yo‘q.

    Ko‘pgina tillarni o‘rgatuvchi ilovalar foydalanuvchiga mashqlar bajarish orqali tilni o‘rgatadi, Google Tarjimon esa yozish va gapirishni o‘rgatadi.
    Google Tarjimonda, shuningdek, so‘z va jumlalarni terib kiritish, qo‘lda yozish va gapirish orqali tarjima qilish mumkin.
    Ilovadan internetga ulanmagan holda ham foydalanish mumkin (faqat til paketini oldindan yuklab olishni unutmang). Bundan tashqari, Google Tarjimonda har qanday matnni kamera orqali rasmga olib tarjima qilish mumkin (bunda dastur faqat bir necha tillardan tarjima qila oladi).
    Google Tarjimon juda ko‘plab tillarda ishlay oladi, shu jumladan o‘zbek tilida ham.
    Ilovadan Android va iOS tizimlari orqali foydalanish mumkin.

    Hasanboy Umarov tayyorladi.