Cefr kitobi
Gap shundaki, CEFR tizimidagi darslik yaratuvchi mutaxassislar o’quvchining chet tilini grammatika va leksik materialni o’rganish orqali emas, balki tabiiy ravishda, so’zlashib, tilni jonli iste’mol qilib o’zlashtirishlarining tarafdoridir. Bu – ajoyib g’oya. Biroq, har qanday tatbiq etilajak g’oya kimga nisbatan qo’llanailayotganini ham hisobga olishimiz shart. Tilni tabiiy ravishda, jonli o’rganish tarafdorlari bitta asosiy g’oyani ilgari suradi: “Yosh bola tili chiqish jarayonida o’z ona tilini grammatika orqali darsliklardan o’rganmaydi, hammasi tabiiy ravishda ro’y beradi”.
CEFR haqida
“Mamlakatimizda chet tillarini o’rganishga katta e’tibor berilmoqda” tarzidagi gaplarni chet tillariga oid katta yoki kichik adabiyotlarning ilk sahifalarida o’qish mumkin. Bu inkor qilib bo’lmas haqiqat. Bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlarning salmog’i ham katta. Biroq, mazkur maqolaning maqsadi – bu amalga oshirilayotgan ishlarning bir jihati, aniqroq aytganda o’rta maxsus ta’lim tizimiga tatbiq qilinayotgan chet tilini o’qitishning CEFR tizimiga tanqidiy nazar bilan qarash.
Avvalo, CEFR so’ziga ta’rif beradigan bo’lsak, u qisqartma ot bo’lib, kengaytirilganda Common European Framework of Reference for Languages (Tillar Bo’yicha Umumyevropa Manbalar Tizimi) degan ma’noga ega. Mamlakatimizda chet tillarni o’qitishni ushbu tizim asosida tashkil qilsh bo’yicha ancha ishlar qilib bo’lindi va qilinmoqda.
Bunga yorqin misol mualliflar jamoasi tarafidan yaratilgan va o’rta maxsus bilim yurtlarida ingliz tilini o’rgatish uchun mo’ljallangan English B1 darsligidir. Bu darslik o’rta maxsus tizimidagi uchala bosqich (1,2,3 – kurslar) ni qamrab oladi. U Teacher’s book (o’qituvchi kitobi), Student’s book (talabaning kitobi) va Workbook (mashqlar kitobi) dan iborat.
Kitobni ilk bor ko’zdan kechirgan odam unga juda katta mehnat sarflanganligiga amin bo’ladi. Albatta, bunchalik katta hajmdagi darslikni yaratishning o’zi bo’lmaydi.
Kitob bilan yaqindan tanisha boshlagan mutaxassis esa, beihtiyor “shuncha mehnat sarflangan ekan, bu darslikni yaxshiroq qilib yaratsa bo’lmasmidi?” degan savolni berishi tabiiy. Bunday savolning berilishiga, albatta, bir necha jiddiy sabablar bor.
Birinchidan shuni aytish lozimki, omadim chopib, ushbu kitobning taqdimoqti amalga oshirilayotgan ilk pallada shu darslik mualliflaridan biri va uning tatbiq etilishi uchun mas’ul bo’lgan Feruza opa Rashidova bilan shaxsan muloqot qilish imkoni bo’lgan. O’shanda Feruza opa va u kishiga hamroh mutaxassislarga kitobning asosini tashkil qiluvchi g’oyaga nisbatan tanqidiy fikrlarimni bayon qilganman. Biroq…
Gap shundaki, CEFR tizimidagi darslik yaratuvchi mutaxassislar o’quvchining chet tilini grammatika va leksik materialni o’rganish orqali emas, balki tabiiy ravishda, so’zlashib, tilni jonli iste’mol qilib o’zlashtirishlarining tarafdoridir. Bu – ajoyib g’oya. Biroq, har qanday tatbiq etilajak g’oya kimga nisbatan qo’llanailayotganini ham hisobga olishimiz shart. Tilni tabiiy ravishda, jonli o’rganish tarafdorlari bitta asosiy g’oyani ilgari suradi: “Yosh bola tili chiqish jarayonida o’z ona tilini grammatika orqali darsliklardan o’rganmaydi, hammasi tabiiy ravishda ro’y beradi”.
Bu dalil mutlaqo to’g’ri. Lekin, ona tilida gaplashishni boshlayotgan bolada o’sha tilni yaxshi o’zlashtirishi uchun MUHIT mavjud. Go’dak uyg’oq bo’lgan 10-12 soat davomida ona tili bilan qurshab olinadi. Ota-onasi, bobo-buvisi, qolaversa, radio va televideniye uning ona tilida bo’ladi.
Endi masalaning boshqa tarafiga qaraylik. Agar o’quvchi akademik litseyda xorijiy til yo’nalishida ta’lim olsa, bir haftada ko’pi bilan 8-10 soat chet tili bilan mashg’ul bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun unga albatta yuqori malakali o’qituvchi dars o’tishi shart.
Shu o’rinda, keling, oddiy hisob-kitobni amalga oshiraylik: ona tilini tabiiy ravishda o’rganayotgan go’dak kuniga 12 soat til muhitida bo’ladi, bir haftada bu ko’rsatkich 12X7 = 84 soatni tashlik etadi. Mutaxassisligi xorijiy til bo’lgan talaba esa haftasiga 8 soat (10 baravar kam) chet tilidan bahra oladi, xolos. Agar talabaning sohasi boshqa bo’lsa, aytaylik ijtimoiy yoki aniq fanlar, talaba hafta davomida bor-yo’g’I 2-4 soat chet tili muhitida bo’ladi. Qaytaraman, bunday holat agar chet tili o’qituvchisi haqiqatdan darsda chet tili muhitini yaratib bera olsagina, mumkin bo’ladi.
Raqamlardan ko’rinib turibdiki, o’rta maxsus tizimi doirasida chet tilini o’rganuvchi talaba “tabiiy muhitda, huddi ona tilini o’rganganday” chet tilini o’zlashtirishni orzu qilmasa ham bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, darslik yaratuvchi ijodkorlar oldiga jiddiy muammoni qo’yadi: yaratilayotgan va yaratilajak darsliklar o’quvchilarga cheklangan vaqt davomida chet tili bo’yicha yetarli miqdorda bilim va ko’nikma orttirish imkoni berishi kerak. Afsuski, bunda “tabiiylik”dan biro z chekinishga majbur bo’lamiz.
Ikkinchidan, ushbu darslik bugungi kunda barcha o’rta maxsus ta’lim muassasalariga tarqatilgan. Barcha o’quvchilar uchun yetarli miqdorda darslik mavjud. Bu – quvonarli holat. Afsuski, chet tilini o’quvchilarga “tabiiy ravishda” yetkazib berishga bel bog’lagan mualliflar o’qitilajak dars soatlari miqdorini hisobga olmaganlar. Aytaylik 1 – kurs uchun belgilangan English B1 darsligi o’z ichiga 100 (yuz) akademik soatni oladi. Aslida esa, akademik litseylarning xorijiy til yo’nalishi uchun 1 o’quv yilida 260 (ikki yuz oltmish) soat belgilangan. Orada 160 (bir yuz oltmish) soatlik bo’shliq paydo bo’lgan. Tan olib aytish kerakki, o’sha oradagi bo’shliqni to’ldirish uchun o’qituvchiga bir oz erkinlik berilgan, va u bo’sh qolgan soatlar o’rniga o’zi tuzgan o’quv materiallaridan foydalanishi mumkin. Ammo, chet tilini o’qitishda talabaning tanlagan sohasidan qat’i nazar bir xillikka intilayotgan mualliflarning bunday xilma xillik (agar sifatsiz amalga oshirilsa, parokandalik) kelib chiqishiga keng yo’l ochib berishi mantiqqa mos keladimi? Mutaxassis sifatida o’z yechimimni taklif qiladigan bo’lsam, bunday noqulayliklarning oldini olish uchun o’rta maxsus ta’lim tizimidagi asosiy yo’nalishlarni hisobga olgan holda alohida-alohida darsliklar yaratilishi kerak. Albatta, bu ulkan mehnat talab qiladigan jarayon. Shu o’rinda o’quvchilarni ishontirib aytamanki, bu yo’nalishda ishlar olib borilmoqda.
Uchinchidan, English B1 darsligi O’zbekiston oliygohlariga kirmoqchi bo’lgan talabalar uchun eng kerakli ilm manbai emas. Hammaga ma’lumki, 1995 – yildan boshlab mamlakatimiz oliygohlariga kirish uchun test sinovi tizimi joriy etilgan. Bu tizimning aynan chet tili (ingliz tili) yo’nalishiga to’xtaladigan bo’lsak, unda 36 ta savol mavjud bo’lib, ular asosan abiturientning grammatik, leksik bilimlari va katta hajmdagi matnni o’qib tushunish malakasini sinovdan o’tkazadi. Bu o’rinda 36 ta savolning asosiy qismi aynan grammatikaga oid ekanligini ta’kidlashimiz shart. Demak, oliygohga kirmoqchi bo’lgan yosh yigit yoki qiz avvalo chet tilining grammatikasini yaxshi bilishi shart. English B1 darsligida esa o’quvchiga bunday bilimlarni chuqurlashtirish imkoni berilmagan. Testlardagi matnlar va English B1 dagi matnlar tematikasiga keladigan bo’lsak, ular bir-biriga umuman mos emas, va English B1 darsligidagi matnlarni mukammal egallagan o’quvchi testdagi matnlar bo’yicha savollarga javob berishga qiynaladi. Men test tizimini mukammal degan fikrdan juda yiroqman. Asosiy fikrim shuki, o’rta maxsus ta’lim tizimida CEFR yo’nalishida chet tili o’qitilar ekan, unda DTM test savollarini tuzishni tubdan qayta ko’rib chiqish kerak. Agar DTM testlarini o’zgartirish ehtimoli mavjud bo’lmasa, darsliklar o’quvchilarni o’sha testlarga tayyorlaydigan tarzda tuzilishi shart. Axir, oliygohga kirish orzusidagi o’quvchini o’z orzusidan mosuvo qilishga haqqimiz yo’q-ku.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, CEFR tizimi va uni amalda qo’llashning osmoni ba’zilar o’ylaganchalik musaffo emas. Yuqorida eng asosiy nuqtalarga muxtasar to’xtaldik. Chet tili mutaxassislarining oldidagi endigi vazifa ushbu muammolarning mavjudligini tan olish va ularni bartaraf etish bo’yicha aniq chora tadbirlar ishlab chiqishdir. Muammoga bevosita aloqador shaxs sifatida shuni aytishim mumkinki, bu yo’nalishda ma’lum ishlarni amalga oshirdik va oshirmoqdamiz. Yetarki, mulohazalarimiz kerakli nuqtaga yetib borsa.
Cefr kitobi
The ninth workshop of CEFR Online Workshop Series 2022 entitled “Developing CEFR-based assessment.
Mediation in/for the language classroom: Learning situations and formative assessment
Online 3 November 2022
The eighth workshop of CEFR Online Workshop Series 2022 entitled “Mediation in/for the language.
Le volume complémentaire du CECR : un outil pour la formation des enseignant·e·s de langues étrangères
Online 6 October 2022
The seventh workshop of CEFR Online Workshop Series 2022 entitled “Le volume complémentaire du.
Using the CEFR Companion volume to enhance teacher agency in school-based language curriculum making
Online 7 September 2022
The sixth workshop of CEFR Online Workshop Series 2022 entitled “Using the CEFR Companion volume.
The Common European Framework of Reference for Languages: Learning, teaching, assessment – Companion volume broadens the scope of language education , reflecting academic and societal developments since the CEFR publication in 2001. It presents the key aspects of the CEFR for teaching and learning in a user-friendly form and contains the complete set of extended CEFR descriptors , replacing the 2001 set. These now include descriptors for mediation, online interaction, plurilingual/pluricultural competence , and sign language competences . The illustrative descriptors have been adapted with modality-inclusive formulations for sign languages and all descriptors are now gender-neutral.
This publication marks a crucial step in the Council of Europe’s engagement with language education, which seeks to protect linguistic and cultural diversity , promote plurilingual and intercultural education , reinforce the right to quality education for all , and enhance intercultural dialogue , social inclusion and democracy .
The new version updates and extends the CEFR 2001, which was designed to provide a transparent, coherent and comprehensive basis for the elaboration of language syllabuses and curriculum guidelines, the design of teaching and learning materials, and the assessment of foreign language proficiency.