Andijon davlat tibbiyot instituti
“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”.
Ona tili haqida insho
Ответ:
1)Kelajak maktabdan boshlanadi
3)Maktabga bolgan mehr
4)Maktab mrning ikkinchi uyim
Biror kishining taqdirida asosiy narsa maktabdan boshlanadi. Maktablarda qanday bo’lasiz, shuning uchun siz keyingi hayotda bo’lasiz. Men Abakan shahrining 1-sonli ajoyib maktabida o’qiyman. Ishonchim komilki, bu maktab ko’tarilishi va o’qitishi mumkin. Mening maktabimda eng yaxshi o’qituvchi. O’ylaymanki, bu har bir kishi sizning bolangizni yuragimda olib borishi, unga sevgi, g’amxo’rlik va mehribonlikni berishi mumkin.
Men o’qigan maktab, etmish yil. Ammo menimcha, hech qanday yangi maktab maktabimning devorlarini, qo’ng’iroqlarni o’zgartirish, talabalar, qat’iy, ammo o’quvchilar, qat’iy, qat’iy ko’rsatmalar berilmagandek tuyulishi mumkin emas.
Menga maktabim yoqadi. Uning akam u erda ham o’rgangan. Kichikligimda men akam bilan birga turli xil bayramlarda va ilm-fan ma’badiga boradigan vahima bilan mashg’ul bo’lib yurardim. Men bir necha yil ichida bu yerga faqat yelkama-yelka portfeli bilan tanishishini aniq bilardim. Hammasi sodir bo’ldi. Endi men maktabda yetti yil davomida o’qiyotganman va men uni juda yaxshi ko’rardim va, albatta, o’qituvchilar. Ammo maktab nafaqat bilim beradi. U hech qanday hayot tajribasini almashtirmaydi. U bizni yangi qiziqarli hayot uchun tayyorlaydi. Kerakli va mehribon ona sifatida, u buning evaziga hech narsa talab qilmasdan, barcha qimmatbaho narsalarni beradi.
Men maktabimni yaxshi ko’raman va men uning ichida o’rganayotganimdan xursandman. Bu erda men ichki dunyomni ochdim, men o’zimning “men” ni bilardim. Maktab mening ikkinchi uyim va har safar men bu erga tabassum va yaxshi kayfiyat bilan kelsam.
Maktab mening hayotimdagi yillarnikidan yaxshiroq – yoshlar. Men maktabimni yaxshi koraman, yoshligim bu yerda o’tganidan xursandman!
Andijon davlat tibbiyot instituti
Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o’z atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo’ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo’lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’ladi. Hattoki, go’dak ham o’z vatanini, ota-onasini, dunyoni o’z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o’z o’rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o’rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg’u, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek : “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug‘urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”.
Suvsiz daryo bo’lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Biror millatga mansub bo’lgan til, o’sha millat bilan yashaydi va bardavom bo’ladi. Ota-bobolarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan, rivojlantirishgan. Masalan, A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va boshqalar. O’zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo’shganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So’z mulkining sultoni,buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zi yashagan murakkab davr – XV asrda tilimiz ximoyasiga otlanib, turkiy til o‘z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jigatdan isbotlab berdi. O‘zining “Hamsa” kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o’zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk adabiyoti bo‘lgan xalqning buyuk tili ham bo‘ladi. Insonnig qanday ma’naviyatga ega ekanini uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo’ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’alari unda mujassam bo’ladi. Shu sababli ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to’liqligicha yetkazishimiz kerak. Birinchi Prezidentimizning ta’bri bilan aytganda “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-milliy bog’liqlik til orqali vujudga keladi”. Bu fikrlarni doimo yodimizda tutishimiz kerak. Darhaqiqat, tilsiz millat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi.
Institutimiz jamoasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining o’zbek tilining davlat titi sifatida qo’llanilishini kengaytirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash, o’qitish metodikasini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturining bajarilishi bo’yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirishni ko’zda tutilmoqda.
Shu jumladan institutimiz miqyosida davlat tiliga bo‘lgan hurmat va ehtirom har bir jabhada sezilib turadi. Rasmiy ish qog‘ozlari imloviy savodxonlik talablari asosida yuritiladi. Har bir tadbir milliy tilimizga bo‘lgan hurmat asosida mazmunli tashkil qilinadi. O‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlari asosida ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlari tahrirdan o‘tkaziladi. Davlat tiliga bo‘lgan bunday muhabbat institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlarda milliy g‘ururimizni, o‘zligimizni qalban his qilish yo‘lidagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarimizning in’ikosi hisoblanadi. Millatimizning milliyligini amalga oshirishdagi ko‘p yillik orzular bugungi kunda o‘zligini namoyon qilmoqda. Tilimizning tarovati-yu nafosatini, imkoniyati-yu salohiyatini e’tirof etish bilan birga ta’limiy, ma’naviy ishlarimizni yanada boyitish borasida mehnat qilaveramiz. Zero, shu asosda o‘z vatanparvarlik burchimizni ado etgan bo‘lamiz. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat va an’analarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida boyitishga, taraqqiy etgan tillar qatoriga qo‘shishga harakat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi bo‘lishi kerak.
M.Qo’ziboyeva
ADTI O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
Ona tili haqida insho
“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”.
Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan.
O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va eʼzozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejizga: “Til – millat ko‘zgusi”, – deyishmaydi.
1989 yil 21 oktyabr. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili davlatimizning bayrog‘i gerbi, madhiyasi kabi qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzlari qatori eʼzoz va ehtiromga sazovor bo‘ldi. Keyingi yillarda Davlat tilining ijtimoiy hayotda tutgan mavqeini yana-da mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
21 oktyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘zbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.
Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur” (M.Behbudiy). Eʼtibor beryapsizmi, milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoqda. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvori ikki hissa ortadi.
Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” deya eʼtirof qilmagan. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar.
Yozuvchi va shoirlarimiz tilimiz haqida ko‘plab purmaʼno hikmatli so‘zlarni aytganlar va tilni turlicha taʼriflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa, to‘tiga aylanib qolishini, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot taʼkidlaydi. Rasul Hamzatov esa ona tilisi yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini qalamga oladi.
Ona tilimiz hisoblanmish o‘zbek tilini maqtab, uni madh etib, hattoki shu mavzuda qasidalar yozib, qalam tebratgan shoir-u shoiralarimiz nihoyatda bisyor. Masalan, qalami o‘tkir shoir Rauf Parfining:
Hayhot, toptaganda arab-u mo‘g‘ul,
Hayotingning zanjirli yili.
Boshdan ne kechirding mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili, – deya aytilgan yuqoridagi sheʼrida yurtimizni ko‘chmanchilar istilo qilganda ham, garchi bosib olib, o‘z tili, mafkurasini o‘rnatishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, o‘zbek millati o‘zining eng qimmatli boyligi, yaʼni ona tilisini yo‘qotmaganligi aks etgan. Yoki shu voqealarning davomi sifatida Xurshid Davronning quyidagi sheʼrini keltirishimiz mumkin:
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.
Shu voqealarni eslab, Muhammad Yusufning quyida yozgan sheʼrini o‘qib, beixtiyor o‘yga toladi kishi:
Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim.
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Shoir keyingi misralarda o‘zbek tiliga va uning rivojiga benihoya katta hissa qo‘shgan “g‘azal mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiyning ona tilimizga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromini quyidagicha qayd qilib o‘tadi:
Sen bo‘lmasang, nima bizga silliq sheʼrlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar.
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Shukur Qurbonning “Ona tilim” qasidasida ona tilining manguligi, barhayotligi oldida inson umrining bir lahzalik xotira ekanligini taʼkidlanadi:
Sen mangusan, baqosan,
Men esam – o‘tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men – lahzalik xotirot.
Ona tilim, jon tilim.
Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, o‘zbek tilining shon-shuhrati, obro‘si borgan sari yildan yilga oshib bormoqda. Sport, fan, madaniyat va sanʼat sohasida O‘zbekiston yoshlarining saʼy-harakatlari beqiyosdir. Yurt kelajagi bo‘lgan biz yosh avlod o‘z harakatlarimiz bilan o‘zbek tilini butun dunyo tan olishi, uning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shishimiz lozim. Shu jumladan, O‘zbekiston yoshlari qatorida men ham ona tilimiz sofligini saqlash, uni yana-da yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shish uchun astoydil harakat qilaman:
Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
Davlatnazarov Muxriddin
IIVning Xorazm akademik litseyi
o‘quvchisi
Ona tili haqida insho
Собиқ тузум хукмрон бўлиб турган 1989-йили Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилиши Истиқлолга эришиш йўлидаги энг мухим қадам бўлганди. Ватанимиз мустақилликка эришгач она тилимиз ўзининг хақиқий ўрни ва мавқеига эга бўлди,Ўзбекистон Республикаси Конституциясида давлат тилининг мақоми хуқуқий жихатдан мустахкамлаб қўйилди. Ўзбекистон Республикасининг “Давлат тили тўғрисида”ги қонунининг қабул қилиниши она тилимизнинг тараққиёти, ривожланиши ҳамда ўзига хос ва бой бисотини намойиш этишга кенг имконият яратди.Шу тариқа ўзбек тили мустақил давлатимизнинг Байроғи, Герби, Мадхияси, Конституцияси қаторида турадиган,қонун йўли билан химоя қилинадиган муқаддас тимсолларидан бирига айланди. Истиқлол шарофати билан тилимизга, унинг сайқал топишига эътибор янада ортди. Тил – инсон қиёфаси ва ички гўзаллигини намоён этадиган энг гўзал туйғудир. Ўз тилига меҳр-муҳуббатли инсон халқини, Ватанини, миллий қадриятларини, маданий меросини ҳам эъзозлайди. Бежизга бундан беш аср илгари Алишер Навоий бобомиз “Тилга эътиборсиз – элга эътиборсиз” дея ёзмаган.
Ўзбек тили дунёдаги қадимий, гўзал ва бой тиллардан бири ҳисобланади. Тилнинг беқиёс имкониятлари қадимги тошбитикларда, халқимизнинг замонлар синовидан ўтиб келаётган мақол ва ҳикматли сўзлари, бетакрор иборалари, достонларида, шоир ва ёзувчиларимиз асарларида яққол кўриш мумкин. Маҳмуд Қошғарийнинг “Девони луғатит турк” китоби, Аҳмад Яссавийнинг ҳикматлари, Алишер Навоийнинг “Хамса”си, Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг “Бобурнома”си, Абдулла Қодирийнинг бетакрор романлари, Чўлпон, Абдулла Орипов, Муҳаммад Юсуфларнинг ўтли шеърияти она тилимизда ёзилган бебаҳо дурдоналардир.Тилимиздаги ҳаё, ибо, андиша, орият, меҳр-оқибат сўзларини бошқа тилга айнан таржима қилиб бўлмайди. Уларни фақат ўзбек тилида ифодалаш мумкин. Чунки бу тушунчалар халқимизга хос ва уларни айтишга фақат шу тил қодирдир. Бизнинг она тилимиз дунёдаги уч мингга яқин тил орасида туркий тиллар оиласига мансуб бўлиб, жонли тил сифатида қипчоқ, қарлуқ, ўғиз лаҳжаларида намоён бўлади. Ўзбек адабий тили эса ана шу лаҳжалардаги сўзларнинг маълум бир меъёрига келтирилган шаклидир. У муттасил ўсиб, ривожланиб бормоқда. Унинг ривожида сўз мулкининг султони Алишер Навоийнинг хизматлари беқиёсдир. Ҳазрат Навоий тил хақида шундай ёзадилар: “Кўнгил хазинасининг қулфи тилдир. Ул хазинанинг калитидин сўз бил”.
Ўз она тилимизга бўлган муҳаббатни халқимизнинг, одамларнинг самимий суҳбатларида, юксак ахлоқий фазилатларида кўриб, беихтиёр шундай эл фарзанди эканлигимиздан фахрланамиз.
Тил маданият кўзгуси ва руҳимизнинг қаноти. Биз она тилимиз орқали халқлар, миллат ва элатлар орасида ҳамиша азиз-у мукаррам эканлигимизни асло унутмаслигимиз керак. Ўзбекона лутф, муомала, миллий қадриятлар, одоб-ахлоқ эса она тилимиз маданиятининг калитидир.
Тонгдек оромбахш, қуёшдек нурли, она оғушидек иссиқ, баҳордек тароватли, ёздек ҳароратли, куздек саховатли, қиш қорларидек беғубор туйғуларимизнинг таржимони бўлган, миллатимиз руҳини ифода этувчи она тилимиз, бизни юксак маънавиятга, маърифатга, маданиятга, истиқлолу истиқболга етакловчи бебаҳо неъматдир. Шу боис ҳам ҳар биримиз она тилимизни асрабавайлашимиз, эъзозлашимиз лозим. Зотан, тилимизга эътиборли бўлсак, миллатимиз қалби она тилимиз ҳеч қачон завол топмайди.
Донишманд ота-боболаримиз азалдан нутқ маданиятига катта эътибор беришган. Улар қолдирган асарларни ўқир эканмиз, ҳар бир сўз ўз ўрнида қўлланганига гувоҳ бўламиз. Сўз ҳиссини доимо билиб яшашимиз керак. Шундай экан, она тилимизни асраб-авайлаш, уни эъзозлаш ҳар биримизнинг зиммамизга катта масъулият юклайди.
Одилжон Нарзуллаев
Зангиота тумани “Имом Аъзам”Жоме масжиди имом хатиб