Eng yaxshi kitobxon” tanloviga start berildi
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi g‘olibi “Yangi yil” aksiyasiga chiptani qo‘lga kiritadi.
“Yosh kitobxon oila tanlovida ishtirok etib, “Spark” yutib oling!
Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:
- Yosh oilalarni kitob o‘qishga chorlash hamda kelajakda ziyoli oilalar sonini ko‘paytirish va yosh oilalarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish;
- Yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish.
Kimlar qatnasha oladi?
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qat’iy nazar 30 yoshgacha bo‘lgan (1991-2003-yil oraligʻida tugʻilgan) barcha yosh oilalar (er va xotin) tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.
Ishtirokchilar talabidan kelib chiqib, ularning tanlov jarayonida qoraqalpoq va rus tillaridan foydalanishiga ruxsat beriladi.
Tanlovda yosh oilalar o‘zlari yashayotgan yoki o‘zlari o‘qiyotgan (ishlayotgan) muassasasi joylashgan hududdan ishtirok etadi.
Mukofotlar
Hududiy bosqich g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
- Birinchi o‘rin – kir yuvish mashinasi, maxsus diplom.
- Ikkinchi o‘rin – televizor, maxsus diplom.
- Uchinchi o‘rin – kitoblar to‘plami, maxsus diplom.
Hududiy bosqichning qolgan barcha qatnashchilari maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
- Birinchi o‘rin – “Prezident sovg‘asi” 1 dona yengil avtomashina (“Spark”), kitoblar to‘plami, maxsus diplom.
- Ikkinchi o‘rin – 1 dona kompyuter jamlanmasi, kitoblar to‘plami, maxsus diplom.
- Uchinchi o‘rin – kitoblar to‘plami, maxsus diplom.
Respublika bosqichining qolgan barcha ishtirokchilari maxsus diplom va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.
Tanlovga roʻyxatdan oʻtish va tanlov bosqichlari
Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi.
Birinchi bosqich, tanlovning arizalar qabul qilish va saralash bosqichi bo‘lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh oilalardan arizalar onlayn qabul qilinadi va ishtirokchilar test sinovi asosida saralanadi.
Tanlovga arizalar 2021-yilning 30-may kuniga qadar Telegramdagi @kitobxonoila_bot boti orqali onlayn tarzda topshiriladi.
Test sinovi may oyida o‘tkaziladi. Unda ariza topshirgan yosh oilalar ilmiy-ommabop, o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga javob beradi.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan belgilanadi.
Test natijalariga ko‘ra tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p ball to‘plagan 2 ta oila (2 tadan ko‘p oilalar o‘rtasida qayta test olish orqali saralanadi) ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Ikkinchi bosqich tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, iyun-iyul oylari davomida quyidagi 2 ta shart bo‘yicha kasting asosida o‘tkaziladi:
1-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.
Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 4 ta savolga 4 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 2 ta savolga er, 2 ta savolga xotin javob berishi shart). Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
2-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to‘g‘ri topilganda 50 ball qo‘yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topaolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 50 ballgacha baholanadi.
Ikkita shart bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan bitta yosh oila Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Uchinchi bosqich tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, iyul oyida teletanlov shaklida, quyidagi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:
1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to‘g‘ri topilganda 50 ball qo‘yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topaolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 50 ballgacha baholanadi.
2-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.
Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 4 ta savolga 4 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 2 ta savolga er, 2 ta savolga xotin javob berishi shart). Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
3-shart. “Erkin mavzu”.
Ushbu shartda ishtirokchilar Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan mavzulardan birini bilet tortish orqali tanlaydi va ushbu mavzuda monolog yoki ma’ruza tayyorlash orqali o‘z fikrini bayon qilib berishi so‘raladi.
Ishtirokchilarga (faqat erkaklar ishtirok etadi) tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.
Tanlov uchun kerakli kitoblar
3 bosqichli tanlovning barcha jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan kitoblarni BU YERDAN bepul yuklab olishingiz mumkin.
Tanlovning saralash, hududiy va respublika bosqichlari bo‘lib o‘tadigan joyi, sanasi Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilanadi hamda 3 kun oldin ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.
Tanlovlar jarayonida foydalaniladigan savollar va testlar majmuasi Ekspertlar komissiyasi tomonidan tanlovning barcha bosqichlari uchun alohida tuziladi, maxsus konvertlarga solinib muhrlanadi hamda joylarga yetkaziladi.
Tanlov Nizomini BU YERDAN yuklab olib, toʻliq tanishib chiqishingiz mumkin.
“Eng yaxshi kitobxon” tanloviga start berildi!
Registon o‘quv markazi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorlikda butun insoniyat rivoji uchun xizmat qiladigan g‘oya, ya’ni kitobga muhabbat tuyg‘usini kushaytirishni maqsad qilib, “Eng yaxshi kitobxon” tanlovini e’lon qiladi.
Bu tanlovni o‘tkazishdan maqsad:
Sir emaski, har bir odam tanasini rivojlantirib borishi, jismoniy charchamasligi uchun bir kunda uch yo to‘rt marta ovqatlanadi. Ya’ni yashash uchun, tiriklikni saqlab qolish uchun o‘ziga jismoniy energiyani oladi. Nima uchundir, ma’naviy-ruhiy energiya mavjudligini, u insonni hayvonot olamidan ajratib turishligini ko‘pincha hisobga olmaymiz. Kitob aynan ma’naviy-ruhiy energiya manbasi ekanligini anglashimiz va barchamiz dunyoqarashimizni “tuydirish”ni boshlashimiz kerak, nazarimizda. Mana shunday ezgu maqsadni ko‘zlagan holda bu tanlov tashkil etildi.
Tanlov haqida qisqacha:
Tanlov 17.11.2018 dan 13.12.18 gacha davom etadi.
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi ishtirokchisi quyida berilgan kitoblardan birini tanlab 17-noyabrdan to 13 dekabrgacha jiddiyat bilan o‘qib chiqib, kitob mazmuni asosida o‘z qarashlarini insho orqali yoritib beradi. Quyida berilgan asarlardan birini avval o‘qigan qatnashchilar bo‘lsa, unda ularning o‘sha asar bo‘yicha yozadigan insholari ham qabul qilinadi.
Hech bir asar shunchaki yozilmaydi. Chunki yozuvchi jamiyatdagi mavjud muammolarni kuzatadi hamda bu muammolarning ildizi, sababi, oqibatini obrazlar vositasida ko‘rsatib beradi. Quyida berilgan barcha asarlarning tag zaminida ma’lum ijtimoiy muammo ko‘tarilgan va ularning echimlari keltirilgan. Inshoning mazmun-mohiyati mukammal chiqishi uchun bu jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
- Tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
- Quyida berilgan kitoblardan birini tanlash;
- Tanlangan kitobni e’tibor bilan o‘qib chiqish;
- Asardagi eng ta’sirli voqea, hodisa, obraz va boshqalar haqida mustaqil sarlavhali insho yozish;
- Insho mavzusi o‘qilgan kitobning mazmunidan kelib chiqishi va bu mavzuning dolzarbligiga alohida e’tibor berish;
- Tanlangan mavzuni yoritishda erkin va tizimli fikrlash;
- O‘qilgan asarda muallif qanday ijtimoiy muammoni olib chiqqan va uning qanday echimlarini berganligni inshoda yoritish;
- Tanlangan mavzuni ochib berish, uning originalligi va erkin fikrga asoslanganligiga diqqat qilish;
- Imloviy va leksik qoidalarga amal qilish;
- Insho 12 varaqdan iborat daftarga yozilishi lozim;
- Hajmi 500 so‘zdan kam bo‘lmagan insholar qabul qilinadi;
- Insholar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
- 12 varaqdan iborat daftarga yozilgan inshoni eng yaqin Registon o‘quv markazi filialiga topshirish;
- Daftarda qatnashchi haqida barcha ma’lumotlar: Ism va familiyasi, ta’lim muassasasi, telefon nomeri va boshqa kontaktlari bo‘lishi lozim.
- 17.11.2018 yildan to 13.12.2018 gacha barcha tanlov qatnashchilari o‘z insholarini topshirib bo‘lishlari lozim.
Eng muhimi….
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi g‘olibi “Yangi yil” aksiyasiga chiptani qo‘lga kiritadi.
2-3-o‘rin sohiblari esdalik va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
1-o‘rindan to 50-o‘ringacha bo‘lgan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi g‘oliblari “Yorug‘likka intilib” nomli maxsus treningga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
50-o‘rindan to 200-o‘ringacha esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo‘yicha yozilgan insholar 13-dekabrgacha Registon o‘quv markazining barcha filiallarida qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari 15-dekabrda www.rgn.uz saytida e’lon qilinadi. 16-dekabr kuni barcha g‘oliblar taqdirlanadilar.
Barchaga omad tilaymiz.
- “Lison ut-tayr” A. Navoiy
- “Boburnoma” Z.M.Bobur
- O‘tkan kunlar” (roman) Abdulla Qodiriy
- “Kecha va Kunduz” (roman) Cho‘lpon
- “Abulfayzxon” (drama) Fitrat
- “Shum bola” (qissa) G’afur G’ulom
- “Yulduzlar mangu yonadi” (qissa) Tog‘ay Murod
- “Yulduzli tunlar” (roman) Pirimqul Qodirov
- “Dunyoning ishlari” (qissa) O‘tkir Hoshimov
- “Ruhlar isyoni” (doston) Erkin Vohidov
- “Sohibqiron” (she’riy drama) Abdulla Oripov
- “Oq kema” (qissa) Chingiz Aytmatov
- “Otamdan qolgan dalalar” (roman) Tog‘ay Murod
- “Ulug’bek xazinasi” (roman) Odil Yoqubov
- “Asrni qaritgan kun” (roman) Chingiz Aytmatov
- “Mehrobdan chayon” (roman) Abdulla Qodiriy
- “Sariq devni minib” (roman) Xudoyberdi To’xtaboyev
- “O‘tmishdan ertaklar” (qissa) Abdulla Qahhor
- “Navoiy” (roman) Oybek
- “Galatepaga qaytish” Murod Muhammad Do‘st
- «Евгений Онегин» А.С. Пушкин
- «Герой нашего времени» М.Ю. Лермонтов
- «Мертвые души» Н.В. Гоголь
- «Обломов» И.А. Гончаров
- «Преступление и наказание» Ф.М. Достоевский
- «Война и мир» Л.Н. Толстой
- «Хамелеон» А.П. Чехов
- «Старуха Изергиль» М. Горький
- «Мастер и Маргарита» М. Булгаков
- «Прощание с Матерой» В. Распутин
- «Ревизор» Н.В. Гоголь
- «Вишневый сад» А.П. Чехов
- «Тихая моя родина…» Н. Рубцов
- «Братские могилы» В. Высоцкий
- «Из ташкентского репортажа» А. Вознесенский
- «Василий Теркин» А. Твардовски
- «Мильон терзаний» И.А. Гончаров
- «Микроскоп» В. Шукшин
- «Один день Ивана Денисовича» А. Солженицын
- «Иуда Искариот» Л. Андреев
- In Search of Lost Time Marcel Proust
- Don Quixote Miguel de Cervantes
- Hamlet William Shakespeare
- The Odyssey Homer
- Crime and Punishment Fyodor Dostoyevsky
- Alice’s Adventures in Wonderland Lewis Carroll
- The Sound and the Fury William Faulkner
- To the Lighthouse Virginia Woolf
- Heart of Darkness Joseph Conrad
- Anna Karenina Leo Tolstoy
- Great Expectations Сharles Dickens
- Gulliver’s Travels Jonathan Swift
- The Grapes of Wrath John Steinbeck
- The Red and the Black Stendhal
- The Sun Also Rises Ernest Hemingway
- Robinson Crusoe Daniel Defoe
- Faust Johann Wolfgang von Goethe
- Father Goriot Honoré de Balzac
- Fairy Tales and Stories Hans Christian Anderson
- Mustaqil fikr va original g‘oyalar miqdori va sifati
- Imloviy xatolarning miqdori va sifati
- Uslubiy xatolarning miqdori va sifati
- Grammatik xatolarning miqdori va sifati
- Tinish belgilari bilan bog‘liq xatolar miqdori va sifati
- Fikrlarning mantiqan bog‘langanligi hisobga olinadi
Ikkinchi o‘qituvchi tamonidan har bir inshodagi mustaqil fikr va original g‘oyalarning miqdori va sifati aniqlanadi. Tanlangan mavzu ochib berilganligi, originalligi va erkin fikrga asoslanganligi hamda birinchi o‘qituvchining tekshirish natijalarini hisobga olgan holda 100 ballik tizimda ballar qo‘yib chiqiladi.
Registon o‘quv markazi
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 53-uy.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 93 584 27 00
Reklama huquqi asosida
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Ishlar organlari yosh xodimlarining bilimi va dunyoqarashini oshirish, o’zbek hamda jahon badiiy adabiyotiga bo’lgan qiziqishini uyg’otish maqsadida “YOsh kitobxon” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Tanlovda har bir soha xizmat, shahar-tuman ichki ishlar bo’limlaridan 30 yaqin yosh xodimlar ishtirok etdi.
Ko’rik-tanlovda yosh xodimlarning bilimi, kitobxonligi, o’qigan badiiy asarlari sinovdan o’tkazildi.
Ko’rik tanlov yakuniga ko’ra, 1-o’rinni boshqarma Tergov boshqarmasi katta tergovchisi mayor Bekzod Turdiboev, 2-o’rinni Qarshi shahar IIO FMB 2-son IIB HPB HQMB katta inspektori kapitan Nafisa Xujanova, 3-o’rinni Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi operatori safdor SHaxnoza Raxmonova band etishdi.
SHuningdek, tanlovning “Badiiy asarlar bilimdoni” nominatsiyasida G’uzor tuman IIB HPB XQMB katta inspektori kapitan Munira Toshniyozova, “eng zukko kitobxon” nominatsiyasida Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo’limi surishtiruvchisi leytenant Nurbek Azizov g’oliblikni qo’lga kiritdi.
G’oliblar boshqarma rahbariyatining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati