Press "Enter" to skip to content

Koreys tilini o‘rganishni nimadan boshlash kerak

5. Sensirash va sizlashga doir so‘zlarni ajratib oling.
Xuddi o‘zbek tilida bo‘lgani kabi birinchi marta tanishgan yoki o‘zingizdan katta odamga hurmat yuzasidan qilinadigan murojaat va o‘rtoqlaringiz bilan o‘zaro gaplashganda ishlatiladigan so‘zlar farq qiladi. Bizda faqat sensirash va sizlash kabi ikkita tur bo‘lsa, koreys tilida uchta:
Norasmiy (sensirash) – o‘zingizdan kichkina yoki tengdoshlar, yaqin o‘rtoqlar uchun;
Rasmiy (sizlash) – yoshi sizdan katta, notanish odam yoki hamkasbingiz uchun;
Hurmat – juda ham rasmiy vaziyatlar, masalan, armiya yoki yangiliklar uchun. Har kunlik nutqda kam ishlatiladi.

Koreys Tili Kitobi

Koreys Tili Kitobi hurmatli Koreys tili ishqibozlariga yana bir foydali
manbaa bo’ladi.
Dastur ichida ko’plab bo’limlar bo’lib Koreyscha
-Alifbo
-Tez Aytishlar
-Topishmoqlar
-Testlar
dan iborat.
Marhamat o’qing o’rganing.
Omad.

Kitobda koreys tili grammatikasini o’rgatilgan

Koreys Tili Kitobi hurmatli Koreys tili ishqibozlariga yana bir foydali
manbaa bo’ladi.
Dastur ichida ko’plab bo’limlar bo’lib Koreyscha
-Alifbo
-Tez Aytishlar
-Topishmoqlar
-Testlar
dan iborat.
Marhamat o’qing o’rganing.
Omad.

App Name Koreys Tili Kitobi
Developer Русский разработчик
Category Books & Reference
Downloads 10+ Thousand
Rating 3.38 based on 71 ratings
Ranking Unranked
Libraries 10
Android version 4.1+
Last updated May 5, 2021
App age 2018 September
App size 15.0 MB
Content rating Everyone
Price FREE

Koreys tilini o‘rganishni nimadan boshlash kerak?

1. Ishni Hangul (Koreys alifbosi)dan boshlang.
Agar koreys tilida gaplashishni o‘rganayotgan bo‘lsangiz, keyinchalik o‘qish va yozish ham kerak bo‘ladi, desangiz alifboni o‘rganing. U 24 ta harf (14 ta undosh, 10 ta unli)dan tashkil topgan. Agar 16 ta diftongni ham qo‘shsak, jami 40 ta bo‘ladi.
2. Sanashni o‘rganing.
Sanashni bilish har qanday tilni o‘rganishdagi asosiy ko‘nikma hisoblanadi. Koreys tilida sanash biroz murakkab bo‘lishi mumkin, chunki koreyslar vaziyatga qarab 2 xil sanoq tizimidan foydalanadi.
Odamning yoshini aytish uchun yoki narsalarning miqdorini ko‘rsatish uchun (1 dan 99 gacha) koreys sanoq tizimidan foydalaning:
1- 하나 hana
2- 둘 tul
3- 셋 se(t)
4- 넷 ne(t)
5- 다섯 taso(t)
6- 여섯 yoso(t)
7- 일곱 ilgob
8- 여덟 yodolb
9- 아홉 ahob
10- 열 yol
Sanalarni aytish, pul miqdori, manzil, telefon raqami va 100 dan yuqori miqdor uchun sino-koreys sanoq tizimidan foydalaniladi:
1- 일 il
2- 이 i
3- 삼 sam
4- 사 sa
5- 오 o
6- 육 yug
7- 칠 chil
8- 팔 pal
9- 구 ku
10- 십 sib

3. Oddiy so‘zlarni yodlang.
So‘z boyligingiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘rganish jarayoni keyinchalik oson kechadi. Har kuni ishlatiladigan so‘zlarni yodlab oling. O‘zbek tilida ko‘p ishlatadigan so‘zlaringizni koreys tilida ham miyangizda takrorlang, agar u so‘zni bilmasangiz, tarjimasini topib, yozib qo‘ying. Biroz vaqtdan keyin uni yana o‘qib yodlab oling. Bunday so‘zlar uchun alohida daftar tutsa ham bo‘ladi.
Uyingizdagi buyumlarning chetiga shu narsaning koreyscha nomini yozib, yopishtirib qo‘ying. Masalan, oynaga, qahva va shakar idishiga.

4. Oddiy suhbatda ishlatiladigan so‘z va iboralarni o‘rganing.
Salomlashish, hol-ahvol so‘rash, xayrlashish iboralarini o‘rganib olsangiz, koreyslarni uchratib qolganingizda oddiy darajadagi suhbatga kirishishingiz oson bo‘ladi. Quyida ulardan bir qanchasini keltiramiz:
Salom – 안녕 – anyong, kattalarga esa anyong-haseyo
Ha – 네 – ne
Yo‘q – 아니요 – aniyo
Rahmat – 감사합니다 – kamsahamnida
Mening ismim … – 저는 ___ 입니다 – joneun ____imnida
Ahvollaringiz qalay? – 어떠십니까? – Ottosibnikka
Tanishganimdan xursandman – 만나서 반가워요 – mannaso bangauoyo
Xayr (siz ketib, boshqalar qolayotgan bo‘lsa) – 안녕히 계세요 – annyongi khesayo
Xayr (boshqalar ketib, siz qolayotgan bo‘lsangiz, yoki ikkovingiz ham ketayotgan bo‘lsangiz) – 안녕히 가세요 – annyongi kaseyo.

5. Sensirash va sizlashga doir so‘zlarni ajratib oling.
Xuddi o‘zbek tilida bo‘lgani kabi birinchi marta tanishgan yoki o‘zingizdan katta odamga hurmat yuzasidan qilinadigan murojaat va o‘rtoqlaringiz bilan o‘zaro gaplashganda ishlatiladigan so‘zlar farq qiladi. Bizda faqat sensirash va sizlash kabi ikkita tur bo‘lsa, koreys tilida uchta:
Norasmiy (sensirash) – o‘zingizdan kichkina yoki tengdoshlar, yaqin o‘rtoqlar uchun;
Rasmiy (sizlash) – yoshi sizdan katta, notanish odam yoki hamkasbingiz uchun;
Hurmat – juda ham rasmiy vaziyatlar, masalan, armiya yoki yangiliklar uchun. Har kunlik nutqda kam ishlatiladi.

6. Asosiy so‘zlarni o‘rgangach, gap tuzishni (asosiy grammatikani) mashq qiling.
Koreys tilida to‘g‘ri gapirish uchun grammatikani o‘rganish kerak. O‘zbekzabonlar uchun bu jarayon bir muncha oson bo‘ladi. Chunki xuddi o‘zbek tilidagi kabi koreys tilida ham kesim gapning oxirida keladi. Ega – to‘ldiruvchi – kesim.
Yana o‘zbek tiliga o‘xshash bir jihati bu – gapda ba’zan eganing tushib qolishi. Biz ham “Darslarimni qilib bo‘ldim” yoki “Uyqim kelyapti” deganda egani (“Men” so‘zini) tushirib qoldiramiz-ku.

7. Talaffuzingiz ustida ishlang.
Sizni to‘g‘ri tushunishlari uchun so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishingiz kerak. Lug‘atlarda beriladigan talaffuz belgilari siz bilgan harflardan biroz farq qilishini e’tibordan qochirmang.

8. Koreys tilini o‘rgatadigan kurslarga yoziling.
O‘zbekistonda KOICA markazi koreys tilidan bepul darslar taqdim qiladi. Yoki o‘quv markazlaridan ham bir qancha yaxshi ustozlarni topishingiz mumkin. O‘qituvchi bilan o‘rganish tez va osonroq kechishi mumkin.

9. Koreyscha multfilmlar ko‘ring.
Multfilmlar yosh bolalarga mo‘ljallangani uchun qiyin jumlalar ishlatilmaydi. Qolaversa, so‘zlar qanday talaffuz qilinishi, qanday kontekstda ishlatilishini ham o‘rganasiz.

10. Koreyscha qo‘shiq tinglang.
Hozirgi kunda ko‘plab qo‘shiqlarning matni va tarjimasini internetdan topsa bo‘ladi. Koreys tilida qulog‘ingizga yoqqan qo‘shiqni tanlab, matni bilan birga eshiting. Shunda qaysi so‘zni talaffuz qilayotganini bilasiz. Qolaversa, ma’nosini ham tushunasiz. Yodlab olib, qo‘shilib aytsangiz, nur ustiga a’lo nur.

  • Ulashing

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

Koreys Tili Kitobi 1.1.4 APK

We provide Koreys Tili Kitobi 1.1.4 APK file for Android 4.1+ and up. Koreys Tili Kitobi is a free Books & Reference app. It’s easy to download and install to your mobile phone.
Please be aware that ApkSOS only share the original and free pure apk installer for Koreys Tili Kitobi 1.1.4 APK without any modifications.

The average rating is 3.30 out of 5 stars on playstore. If you want to know more about Koreys Tili Kitobi then you may visit Русский разработчик support center for more information

All the apps & games here are for home or personal use only. If any apk download infringes your copyright, please contact us. Koreys Tili Kitobi is the property and trademark from the developer Русский разработчик.

Kitobda koreys tili grammatikasini o’rgatilgan

Koreys Tili Kitobi hurmatli Koreys tili ishqibozlariga yana bir foydali
manbaa bo’ladi.
Dastur ichida ko’plab bo’limlar bo’lib Koreyscha
-Alifbo
-Tez Aytishlar
-Topishmoqlar
-Testlar
dan iborat.
Marhamat o’qing o’rganing.
Omad.

  • Koreys Tili Kitobi 1.1.4 APK
  • Koreys Tili Kitobi 1.1.3 APK
  • Koreys Tili Kitobi 1.1.2 APK