Press "Enter" to skip to content

Ona tili bayramiga rasmlar

(Javob: qator undosh tovushlar).

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o’rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Joriy yilda “O’zbek tili bayrami kunini belgilash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligini yana bir muhim voqeaga aylandi.

Respublikamiz bo’ylab nishonlanayotgan “O’zbek tili bayrami”da xalqning quvonchiga sherik bo’lish maqsadida, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ham ushbu bayramni munosib o’tkazish bo’yicha bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi.

Xususan oktyabr` oyi davomida Institut va uning joylardagi filiallarida ona tilimiz haqidagi hujjatli fil`mlar namoyish qilindi, o’zbek tilida chop etilgan yangi kitoblar taqdimotlari va savdolarini tashkil etildi, davlat tiliga hurmatni aks ettiruvchi ko’rgazmali targ’ibot materiallarini tayyorlanib ta’lim oluvchilarga taqdim etildi.

Joriy yilning 20 oktyabr` kuni Institutda tilshunos olim va davlat tili bo’yicha etuk mutaxassislar ishtirokida “Ona tilim-mening faxrim” mavzusida videokonferentsiya shaklida onlayn davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston xalq yozuvchisi, davlat mukofoti laureati Muhammad Ali, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti kafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi To’lqin Saidaliev, Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari, Institut professor-o’qituvchilari, IIV akademik litseylarining ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Til bayramiga taklif etilgan taniqli yozuvchi, shoirlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to’lganini, yangilanayotgan O’zbekistonning bugungi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, bugungi kunda ona tilimizning nufuzini yanada oshirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotganligini, til bilish barcha muvaffaqiyatlarning garovi ekanligini, har bir inson avvalo o’z ona tilini, qolaversa boshqa tillarni sevib o’rganishlari zarurligini uqtirib o’tildi.

Institut va uning filiallarida bayram munosabati bilan rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti

Ona tili bayramiga rasmlar

. So‘zi qudratli, sirli,

Ham go‘zal, ham sehrli,

Go‘yoki tirik jondek,

Go‘zal jonona tilim,

Asl durdona tilim.

Joriy yilning 20-oktabr kuni “Metallurg” MSda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir shoirning ona tilimizning madh etuvchi ushbu misralari bilan boshlandi.

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 33 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati kombinat ishchi-xodimlari uchun “Qadring baland bo‘lsin – ona tilim” shiori ostida “Ona tilim – millat ruhi” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda kombinat yoshlari, kasaba uyushmasi faollari, shahrimizdagi kollejlar o‘quvchilari, MTTU MISiS hamda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiallarining talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda “Kamalak” havaskorlik drama to‘garagi a’zolari ona tilimizning tarixi va bugunini aks ettiruvchi kompozision sahna ko‘rinishini namoyish etishdi.

So‘ngra, OKMK bosh muhandisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari, taniqli olim, akademik Abdurashid Hasanov o‘zbek tilining boy tarixi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, A.Hasanov tomonidan yaqinda nashrdan chiqqan “Ruscha-o‘zbekcha kon-metallurgiya atamalari izohli lug‘ati”ning ikkinchi qismini taqdimotini o‘tkazdi. Mazkur kitobni yaratilishida faol ishtirok etgan bir guruh ijodkorlar ham e’tirof etilib, ularga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Tadbir davomida OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, Yoshlar ittifoqi hamda Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan “Tilga e’tibor” viktorinasi, “Eng yaxshi she’r”, “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi fleshmob” kabi tanlovlarning g‘oliblari ham rag‘batlantirildi.

Jumladan, “Tilga e’tibor” viktorinasi g‘olibi sifatida Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi xodimi Abror Zokirov e’tirof etildi. 2-o‘rinni Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ulug‘bek Alimov egalladi. Texnologik transport boshqarmasining transport vositalardan foydalanish bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Bahrom Niyazmetov 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

“Eng yaxshi maqola” nominasiyasi g‘olibi “Yoshlik-1” koni burg‘ulash uskunasi mashinist yordamchisi Shahzod G‘ulomov bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda 34-MTT musiqa rahbari Anora Abdurahmonova ham rag‘batlantirildi.

“Eng yaxshi she’r” nominatsiyasida Holmo‘min Suvonov (“Jizzax sement plant” MChJ Tog‘-kon sexi marksheyderlik ishlari ishchisi), 2-o‘rin: Bunyod Xudoyberdiev(MTMZ Ta’mir-mexanika uchastkasi (RMU) tokari), Sirojiddin Saylodinov(Texnologik transport boshqarmasi ta’mirlash bo‘yicha mexanigi)lar sovrindor bo‘lishdi.

“Eng yaxshi tabrik” (fleshmob) nominatsiyasida esa Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmat jamoasi g‘olib, deb topildi.

Shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yinida 1-o‘rinni egallagan Mis boyitish fabrikasining “Legion” jamoasi 1 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi jamoasi 2-o‘ringa munosib ko‘rilib, 800 000 so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi. Olmaliq shahri yoshlaridan tashkil topgan “Parvoz” jamoasiga 3-o‘rin nasib etdi va ularga 600 000 so‘m pul mukofoti topshirildi.

“Eng yaxshi targ‘ibotchi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib taqdirlandi.

“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Axborot xizmati

Ona tili bayram senariysi (2019)

Maktab sahnasi va zal “So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Til – oinayi jahon” kabi shiorlar, hikmatli so‘zlar, o‘zbek tili rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk siymolarning suratlari, devoriy gazetalar bilan bayramona bezatiladi. O‘quvchilar tayyorlagan ijodiy va ilmiy ishlardan namunalar ilinadi.

Sahna pardasi ochilib, 8 nafar ishtirokchi o‘quvchi karnay-surnay sadolari ostida chiqadi va quyidagicha joylashadi:

(Ishtirokchilar she’r o‘qiyotganda ekranda yurtimizning go‘zal manzillari, buyuk ajdodlarimizga oid lavhalar namoish etiladi.)

Mir Alisher bobomizdan

Meros bo‘lib qolgan tilim.

Bobur Mirzo she’rlaridan

Rang va qiyos olgan tilim.

Shunday tildan tonar bo‘lsam,

Qiyma-qiyma bo‘lsin tilim.

Alla bo‘lib jaranglagan

Ona tilim – jon-u dilim.

2-o‘quvchi : Assalomu alaykum, qalbi quyosh, mehridaryo, aziz ustozlar hamda bilimga chanqoq o‘quvchilar! Bugun ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 26 yil to‘ldi. Ushbu ayyom munosabati bilan barchangizni (hamma jo‘r bo‘lib) MUBORAKBOD ETAMIZ!

(Davrani ochish uchun so‘z navbati maktab direktori yoki ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiga beriladi.)

Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,

Mening o‘z tilimga ming jonim fido.

Erta ona tilim agar yo‘qolsa,

Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.

1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqida qonun qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Kon¬stitutsiyasining 4-moddasida shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunining 4-moddasida quyidagicha keltirilgan: “O‘zbekiston Respublikasida Davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millat va elatlarning tillariga izzat va hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o‘rgatish bepul amalga oshiriladi”.

Eshitganman ilk bor shu tilda alla,

Kuylaganman ilk bor shu tilda yalla.

O‘zbegim o‘zligi timsoli sensan,

Shu tilda kuylayver, kuyla baralla.

(Ona obrazidagi o‘quvchi sahnaga chiqib, beshik tebratadi; alla yangraydi.)

So‘zi qudratli, sirli,

Ham go‘zal, ham sehrli,

Go‘yoki tirik jondek,

Go‘zal jonona tilim,

Asl durdona tilim.

Sen millatning mulkisan,

Aks ettirgan ko‘zgusan,

Donishmand, dono tilim,

Asl durdona tilim.

Sensiz na ilm bo‘lar,

Na fikr, bilim bo‘lar.

Sen bo‘lmasang so‘zlarnnig,

Bag‘ri ming tilim bo‘lar.

Onajon, ona tilim,

Mening shohona tilim.

Til haqida buyuklar shunday deganlar:

“Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil”. Alisher Navoiy.

“Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”. Abdulla Avloniy.

“Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”. Islom Karimov.

(Sahnaga 6-sinf o‘quvchilari taklif etilib, fonetikaga oid topishmoq va quvnoq she’rlar o‘qiladi).

«Yettov»da yo‘q.(Javob: “i” tovushi).

2. Bir so‘zda bir xil undosh

Ketma-ket qator kelar.

Misol topib aytinglar,

Ular qanday tovushlar?

(Javob: qator undosh tovushlar).

3. «Arra»da ikkita bor,

«Yalla»da ham shuncha bor,

Yana qaysi so‘zlarda

Shu holat bo‘lar takror?

(Javob: karra, zarra, alla, malla, kalla, salla. )

4. Til uchi milkka tegib,

Havo yo‘lini to‘sar.

So‘ngra birdan ochilib

Tovushlar portlab chiqar.

Topsin dono bolalar,

Ular qaysi tovushlar?

(Javob: d, t, l, n tovushlari.)

5. Bordir olti xil tovush,

Ular cho‘zib aytilar.

So‘z tuzilmas ularsiz,

O‘ylang, balki toparsiz?

(Javob: unli tovushlar.)

Qanday yaxshi so‘z, kalom,

Odob boshi –”Assalom”.

Xush yoqadi hamma vaqt,

“Rahmat”, “Xo‘p-xo‘p”, “Marhamat”!

Do‘stlarning “Xush keling”i.

So‘nggi so‘z ham alomat:

“Xayr, bo‘ling salomat”.

(Sahnaga laparchi qizlar chiqib, “Omonyor”, “Chitti gul”, “Jamalagi tillo” kabi xalq qo‘shiqlaridan namunalar ijro etishadi.

Tadbirda ona tilimizning qadri va boyligini tarannum etuvchi boshqa sahna ko‘rinishlarini ham namoyish etish, musobaqalar uyushtirish mumkin.

Shu tariqa bayram kechasi yakunlanadi.)

Ona tili bayramiga rasmlar

Bugungi sanada: 3 ta

Bugungi sanada: 3 ta

Bugungi sanada: 6 ta

BUGUN: 27-Yanvar, 2023-yil. Juma
O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne’matidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir.Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she’ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o’z nufuzi, obro’siga ega bo’ladi. Har bir xalqqa o’z tili aziz va ardoqli. Sho’rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa, ko’p ming asrlik tarixga ega bo’lgan turkiy xalqlar ham o’z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo’ldagi sun’iy to’siqlarni pisand etmadilar. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko’tardi. Sho’rolar davrida ham o’zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo’lgan. Xususan, ona tiliga bag’ishlangan turli tadbirlar o’tkazishga harakat qilingan bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez o’tkazila boshlangan.1988 yil matbuotda yangi bayram — «Til bayrami» haqida ma’lumotlar paydo bo’la boshlagan. Bunday bayram Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Boltiq bo’yi va Kavkaz orti respublikalarida va mamlakatimiz poytaxtida ham o’tkazilgani haqida gazetalarda maqolalar bosilgan. Bu bayramlarning asosiy maqsadi — ona tilini e’zozlash, ona tili bilan birga boshqa tillarni ham chuqurroq o’rganishga da’vat qilish bo’lgan. O’zbekistonda ilk bor «Til bayrami» 1988 yil 3 dekabrda Toshkentning talabalar shaharchasida ToshDUning o’zbek filologiyasi, tarix fakul’teti, shuningdek, politexnika instituti va boshqa o’quv yurti talabalari tomonidan o’tkazilgan. Talabalarning «O’zbek tili bayrami» deb nomlangan bu tadbiri ko’proq miting-namoyishga o’xshab ketardi. Davraga notiqlar chiqib, ular ona tuproq, ona yurt, xalq, til haqida so’zlab, she’rlar o’qib, ularni asrashga da’vat qilishdi. Yig’ilganlar «Til — xalq boyligi», «O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilsin!», «Tilga hurmat — elga hurmat» kabi rang-barang shiorlarni ko’tarib olishgan edi. «Til bayrami»- da xonandalar xalqni, millatni, tilni ulug’lovchi qo’shiqlar kuylashdi. Yoshlarga alohida zavq-shavq baxsh etuvchi kichik kulguli sahna asarlari ijro etildi». 21 oktyabrni o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelmoqdamiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1996 yil 10 sentyabrdagi 311-qaroriga binoan «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilingan kundan e’tiboran har yili «O’zbek tili kuni»ni o’tkazish, uning 0.4. bandida 21 oktyabr barcha o’quv yurtlarida har yili — o’zbek tili kuni sifatida nishonlanishi ta’kidlandi. Shular asosida 21 oktyabr — milliy tilimiz bayrami sifatida rasmiy tarzda nishonlanadi.Har bir yildagi bayram turli shiorlar ostida o’tkaziladi. «Ona tilim — jonu dilim», «Tilga e’tibor — elga e’tibor», «Til — millat ko’zgusi» shular jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasida til bayramini o’tkazish bo’yicha yaxshi tajriba to’plangan. Til bayramining mazmunli va qiziqarli o’tishi har bir o’quv yurti muallimlarining aql- zakovati, o’z kasbini qanchalik chuqur egallaganligiga bog’liq. Til bayramiga taniqli yozuvchi, shoirlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar taklif etiladi. Ular yoshlarga til bilish barcha muvaffaqiyatlarning garovi ekanligini, har bir inson avvalo o’z ona tilini, qolaversa boshqa tillarni sevib o’rganishlari zarurligini uqtirib o’tadi. Til bayramlarida til haqidagi hikmatli so’zlar, she’rlar, qo’shiqlar yangraydi. Shu kuni radio va televideniye orqali til bayramiga doir qiziqarli chiqishlar uyushtiriladi. Til bayrami insonni ona tiliga va o’z xalqiga bo’lgan mehr-muhabbatini jo’sh urdiruvchi betakror bayramdir. Til bayrami shuningdek xalqlar o’rtasida o’zaro totuvlik va do’stlik rishtalarini mustahkamlovchi muhim omildir.«Uchquduq ko’p millatli shahar, — deb yozadi «Xalq so’zi» gazetasi muxbiri A. Pirmatov, — bu yerda muomala madaniyatida davlat tili ustuvorligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Yaqinda shahar madaniyat saroyida «O’zbek tilini o’rganish orqali o’quvchilarga konstitutsiyaviy bilim berish» mavzusida o’tkazilgan tadbir ham buni yana bir bor isbotladi. Tadbirda o’ttizdan ziyod millat va elat farzandlari huquqiy qomusimizni qanchalik bilishlarini o’zbek tilida ifodalashdi. Jonli tildagi savol- javoblar, o’tkir zehnlilar bellashuvi, huquqshunoslar va til mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi. Bu tadbir shaharda til bayramiga aylanib ketdi. Davlat tili o’z nomi bilan davlatning ramziy belgisiga aylanishiga hamma guvoh bo’ldi» («Xalq so’zi», 2001 yil, 25 oktyabr).Toshkent Davlat yuridik institutida «Davlat tili to’g’risida»gi qonunning 12 yilligiga bag’ishlangan «Yuksak huquqiy madaniyat — komillik belgisi» mavzuida tadbir bo’lib o’tdi. Unda ona tilimizning huquqiy bilimlarni ifodalashdagi imkoniyatlari naqadar kengligi, go’zal va boyligi haqida so’z boradi. O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov, adabiyotshunos A. Rasulov, shoir va tarjimon Yo’ldosh Parda bo’lg’usi huquqshunoslarga tilimizni puxta o’rganish fazilatlari haqida so’zlab berdilar. Xullas, til bayramining imkoniyatlari bitmas-tuganmasdir.