Ona tili millat ko’zgusi insho
1-boshlovchi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi. Asosiy Qonunimizning 4-moddasida shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.
Til millat ko`zgusi
1 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Qadrli do`stlar, opa – singillar! Mana bugun ona – yurtimizning har bir go`shasida katta bayram, katta shodiyona. Ona tilimizga “Davlat tili” maqomi berilgan kunga roppa – rosa 28 yil to`ldi.
2 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli davramiz ishtirokchilari. Barchangizni bugungi kunimiz uchun ham, ertangi kunimiz uchun ham mo`tabar bo`lgan elimizning ulug` bayrami – til bayrami bilan muborakbod etamiz. “O`zbek tiliga Davlat tili maqomi” berilgan kunga bag`ishlab 5 – “A” sinf o`quvchilari tomonidan tayyorlangan “Til –millat ko`zgusi” deb nomlangan kamtarona tadbirimizni e`tiboringizga havola qilamiz! Tabrik uchun so`z beriladi.
“Vatan” qoshi`gi
Bir o g`iz so`zingga jonim tasaddiq
Bunchalar shirinsan, bunchalar so`lim,
Bormikan ajib til sendan ham ortiq.
2 – boshlovchi : Endigi navbatni ona tilimizni madh etuvchi she`rlarga bersak. Marhamat.
Ona tili haqida she`rlar ( 12 ta )
1 – boshlovchi: Ha, ona tilimiz har birimizga jon kabi yaqin va aziz, ko`nglimizga cheksiz surur bag`ishlaydi.
2 – boshlovchi: Chunki ona tili ona suti orqali jon – jonimizga, qon – qonimizga singib ketgan. Shu sababli bo`lsa kerak, uni buyuklikda eng mo`tabar zot onaga qiyoslashadi va “ona tili” deb e`zozlashadi.
1-boshlovchi: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi. Asosiy Qonunimizning 4-moddasida shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.
2-boshlovchi: Baxrom aka , keling, o’zbek tili tarixiga oid bo’lgan ma’lumotlarimizni shu yerda to’xtatib tursak-da, tomoshabinlarimiz qalblariga huzur bag’ishlash niyatida navbatni bir go’zal taronaga bersak. Marhamat!
1 – boshlovchi: O`zbek tilimiz bugun 28 yoshga to`ldi. Shuncha yillar davomida u o`zligini aslo yo`qotmadi.
2 – boshlovchi: Keling Muhammadyusufxon, davramizga ona tili malikasini taklif qilsak va tavallud ayyomlari bilan muborakbod etsak.
Musiqa sadolari ostida ona tili malikasi tashrif buyuradi.
Bayram avjida do`stlar,
Tabrik etib qutlagaysiz,
Qadrdon, aziz, do`stlar!
Assalomu alaykum, jannatmakon yurt egalari, mustaqil vatan poydevorlari. Mening tavallud topgan kunim bilan qutlash uchun tashrif buyurgan aziz insonlar!
1 – boshlovchi: Ona tili malikasi, sizning tavallud topgan kuningiz bilan
2 – boshlovchi: Necha yillardan beri biz seni ardoqlab, qalbimiz to`rida saqlab kelamiz.
1 – boshlovchi: Malikam, sizni qutlash uchun dunyoning 7 iqlimidan kelgan mehmonlar navbat kutib turishibdi. Ruhsat bersangiz, ularni davramizga taklif qilsam.
1 – mehmon “Amor” ( ingliz tilida tabrik)
2 – mehmon “Kalinka” ( rus tilida)
3 – mehmon “Andijon polkasi” ( Andijonliklar)
4 – mehmon “Bahor va kuz”
Ona tili : Rahmat, azizlarim. Sizlarning tabrik so`zlaringiz mening dilimni shod etdi. Meni e`zozlar ekansiz, millat ko`zgusi bo`lib qolaveraman.
Ona tili haqidagi she`rlar aytiladi.
1 – boshlovchi: Durdonaxon, ona tilimizni avaylash haqida so`z borar ekan, hozirgi kunda tilimizni buzib talaffuz qilib, boshlarini telefondan ko`tara olmayotgan yoshlarni ham uchratib qolamiz.
2 – boshlovchi: Yo`g`eee, nahotki shundaylar ham oramizda bo`lsa.
1 – boshlovchi: Bo`lmasa, davramizga mehmonlarni taklif etamiz va ulardan ajoyib maslahatlarni eshitamiz.
“ Telefondan bosh ko`tar” qo`shig`I
1-boshlovchi: Bisyor bo’lsa agar, bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
2 – boshlovchi: Bu yorug’ dunyoda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda ona degan nom.
“Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston”
1-boshlovchi: Aziz mehmonlar, shu bilan bugungi bayram tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.
Ulug‘ ajdodlarimiz, ota bobolarimiz so‘zlashgan til – bizning yuragimizda ildiz otgan daraxtga o‘xshaydi. Bu daraxt doimo yashnab turmog‘i kerak. Uni ulug‘ ajdodlar qadrlagandek sevishimiz, boyishiga hissa qo‘shishimiz bilan birga, tilimizdagi jozibador so‘zlarning talaffuzini buzmasdan so‘zlashishimiz kerak.
2 – boshlovchi: Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.
Qo`qon shahar XTB tasarrufidagi 15 – umumiy o`rta ta`lim maktabida o`tkazilgan “Til – millat ko`zgusi” tadbiri
O`qituvchi: To`xtaboyeva D
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Ona tili millat ko’zgusi insho
Til, millat, davlat. Bu uch tushunchani bir-biridan ayro tasavvur qilib boʻlmaydi. Har inson oʻz ona tilida soʻzlaydi, ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida his qiladi, ona tilida tush koʻradi. Til – milliy gʻurur, milliy iftixordir. Til muloqot vositasigina boʻlib qolmay, u insonning ichki olamini ifodalaydi, dunyoni teran idrok qilishiga koʻmaklashadi, dunyoqarashi va kamolotini belgilab beradi. Shuning uchun ham yer yuzida rivojlanaman degan davlat borki, oʻz tilining mavqeini koʻtarishga harakat qiladi.
Taxminlarga koʻra, dunyoda ellik million kishi oʻzbek tilida gaplashar ekan. Bu yer yuzi aholisining har 150 kishidan biri oʻzbek tilida gaplashishini anglatadi. Soʻzlashuvchilar soniga koʻra, oʻzbek tili sayyoramizda eng keng tarqalgan, har birida kamida 30 million aholi gaplashadigan 40 ta tildan biri hisoblanadi. Yaqinda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oʻzbekistonda davlat tilida ish yuritishni taʼminlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlikni belgilovchi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlaydiganlar kamligini aytib munosabat bildirganligi ommaviy axborot vositalarida turli muhokamalarga sabab boʻldi. Yuqoridagi raqamlardan kelib chiqib, oʻzbek tilida gaplashuvchilar soni kam deyish mumkinmi?! Oʻzbek tili chuqur tarixiy ildizga ega oʻzbek millatining umumiy mulkidir, chetdagi odam xohlagancha muhokama qiladigan mulk emas.
Til bayramini nishonlash arafasida turibmiz. 1989-yil 21-oktyabr sanasi millatimiz uchun muhim sanalardan biridir. 31 yil avval Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinib, tilimizga davlat tili maqomi berilgan. Oxirgi vaqtlarda oʻzbek tilining katta minbarlarda yangrayotganligini eshitib, faxru-iftixorga toʻlasan kishi. Lekin, davlat ichida hanuzgacha toʻliq davlat tilida ish olib bormasak, katta minbarlardan turib, afkor ommaga nimani tushuntirmoqchimiz oʻzi? Ayrim davlat tashkilotlarida ish yuritish davlat tilida emas, hali ham rus tilida olib borilayotganiligi davlat tiliga boʻlgan hurmat va eʼtiborning pasayishiga olib kelmaydimi? Bilishimcha, ayniqsa qurilish, temir yoʻl sohasi idora va tashkilotlari hozirgacha rus tilida ish yuritadilar. Bundan tashqari, yoshlar orasida oʻzbek tili qoidalaridan toʻgʻri foydalanmaslik, savodsizlik darajasi birmuncha ortib borayotgandek.
Maktablarimizning barcha sinflarida ona tili fani oʻqitiladi, ammo bu fanni keyinchalik tilshunoslik yoʻnalishidan ketadigan kishilar oʻrganishi lozim degan tushuncha shakllanib qolmoqda. Yaxshi eslayman. Maktabdagi ona tili oʻqituvchimiz darsda koʻp diktant, insho va bayon yozdirardilar. Boshida koʻp xato qilardim, bora-bora xatolarim kamayib, daftarimga qizil ruchka tegmaydigan darajaga keldi. Esimda qolgan oxirgi diktantda bitta xato qildim, yaʼni “shafqat” soʻzini “shavqat” deb yozganman va bu men uchun katta dars boʻlgan. Kollejda oʻqish uchun kirish imtihonida ham ona tili fanidan insho yozganmiz. Maktablarimizda diktant, insho va bayon yozishga koʻproq eʼtibor berish, oʻquvchilarda matn yaratish koʻnikmasi va malakasini rivojlantirish ogʻzaki va yozma nutq savodxonligini oshiradi deb hisoblayman.
Bugungi kunda oʻzbek tili bir necha rivojlangan davlatlarning 60 ga yaqin oliy oʻquv yurtlarida va 100 dan ziyod maktablarida oʻrganib kelinayotganligi haqida maʼlumotlar bor. 2018-yil avgust oyida televizorda bir oʻzbek jurnalistining Germaniyadagi Gumbold universiteti professori Ingeborg Baldauf xonim bilan uyushtirgan suhbatini koʻrib qoldim. Ochigʻi, bu ayolning sof oʻzbek tilida gaplashayotganligini koʻrib, hayron qoldim. Chunki u oʻzbek tili qoidalarini joyiga qoʻyib, ravon suhbatlashayotgandi. Keyin bilsam, professor oʻzbek tili boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ustida ishlayotgan ekan. Universitetda oʻzbek tilini oʻrganayotgan xorijlik talabalar ham bor ekan. Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish sharoitida agar biz boshqalarga qiziq boʻlgan urf-odatlarimizni, adabiyotimiz durdonalarini, tansiq taomlarimizni, tilimizni jahonga chiroyli koʻrsata olsak, yurtimizga qiziquvchilar soni yildan-yilga ortib boradi.
Avar shoiri va yozuvchisi Rasul Hamzatovning “Mening Dogʻistonim” asari sevib oʻqiydigan kitoblarimdan biri. Barcha oʻqishi lozim boʻlgan 100 ta kitob roʻyxatida bu asar nomi ham keltirilgan. Shu asarda keltirilgan bir hikoyani qayta-qayta oʻqiyman. Hikoyani toʻligʻicha keltirmoqchiman:
Parijda dogʻistonlik rassomni uchratib qoldim. U inqilobdan keyin Italiyaga ketgan, oʻsha joyda uylangan va yurtiga qaytmagan. Togʻliklar anʼanasi boʻyicha tarbiya koʻrgan dogʻistonlikning yangi mamlakatga koʻnikishi qiyin kechibdi. Dunyo boʻylab kezib chiqqan rassom oxiri goʻzal poytaxt shahardan qoʻnim topibdi. Ammo qayda kezmasin, sogʻinch ajralmas yoʻldosh boʻlibdi. Men boʻyoqlar orqali suratlarga koʻchgan sogʻinchni koʻrgim keldi va rassomdan ijod namunalaridan koʻrsatishini soʻradim.
Rassom “Vatan sogʻinchi” suratini koʻrsatdi. Unda italyan ayol (rassomning xotini) qadimiy avarliklar kiyimida tasvirlangan. Ayol togʻdagi buloq yonida, qoʻlida gotsatlinlik ustalar tayyorlagan kumush koʻza. Toshlar orasidagi ovul qaygʻuli – qora rangda, ortidagi togʻ ham qoramtir. Choʻqqilarni tuman qoplagan.
– Tuman – bu togʻlarning koʻz yoshi, – deya izoh berdi rassom. – Togʻ yon bagʻridan tuman suzib oʻtganda, qoyalar ustida tomchilar paydo boʻladi. Tuman, bu – men.
Boshqa rasmda tikanli buta shohida oʻtirgan qush tasvirlangan. Bunday tikanli buta – changallar, toshlar orasida oʻsadi. Qush sayrayapti, uyning derazasidan gʻamgin tanish ayol qarab turibdi. Mening suratga qiziqish bilan qarab turganimni koʻrgan rassom tushuntirishga urindi:
– Bu surat qadimiy avar afsonasi asosida yaratilgan.
– Qushni ushlab, qafasga solishadi. Qafasga qamalgan qush kechayu kunduz faqat bitta soʻzni takrorlayvergan: Vatan, Vatan, Vatan, Vatan, Vatan, Vatan… Men ham oʻtgan yillarda faqat shu soʻzni takrorladim.
Qushni ushlab turgan kishi oʻyga toldi: “Uning vatani qanday ekan, qayerda ekan? Ehtimol, jannat qushlari va jannat daraxtlari bor gullab-yashnagan bir oʻlkadir. Yaxshisi, qushni qoʻyib yuborib, qaysi tomonga uchishini kuzatayin. Menga qushcha moʻjizaviy mamlakat yoʻlini koʻrsatar”. U oltin qafasning tuynugini ochdi, qush ozodlikka chiqdi. Qush oʻn qadamcha uchib, silliq toshlar orasida oʻsgan changal shoxiga qoʻndi. Shu changal shoxlari orasida qushning uyasi bor ekan… Men ham oʻz Vatanimga qafasning derazasidan tikilib turibman, – deya hikoyasini tugatdi rassom.
– Nega unda oʻz ovulingga qaytmayapsan?
– Endi kech. Oʻz vaqtida men Vatandan qaynoq yuragimni olib ketgandim, endi unga keksaygan suyagimni olib qaytamanmi?
Parijdan qaytganimdan keyin rassomning qarindoshlarini izlab topdim. Hayratlanarlisi, uning onasi hali hayot ekan. Onasining uyiga toʻplangan qarindoshlari oʻz Vatanini tashlab ketib, uni oʻzga yerlarga almashgan oʻgʻil haqidagi hikoyani gʻamgin tinglashdi. Ular adashgan oʻgʻilni kechirganday boʻlishdi, tirik ekanidan suyunishdi. Shunda birdan onasi soʻrab qoldi:
– Sizlar avarcha soʻzlashdinglarmi?
– Yoʻq, biz tarjimon yordamida gaplashdik. Men ruscha gapirdim, u fransuzcha.
Ona yuziga qora chodrasini tushirdi, bizda onalar oʻz oʻgʻlining oʻlganini eshitganda shunday qilishadi. Uzoq jimlikdan keyin mushtipar: “Rasul, sen yanglishibsan, mening oʻgʻlim allaqachon oʻlgan ekan. Agar u hayot boʻlganida, avar onasi oʻrgatgan tilni unutmagan boʻlardi!” deya suhbatga nuqta qoʻyadi.
Vo darigʻ! Ona tilida gaplashmagani uchun volida oʻz oʻgʻlini oʻldiga chiqarsa-ya. Mana shu ona tiliga sadoqat, mana shu milliy gʻurur emasmi?!
Bugun chet tillarini chuqurroq oʻrganishimizni davrning oʻzi taqozo qilmoqda. Xorijiy davlatlardan mamlakatimizga koʻplab investor va tadbirkorlar kelishmoqda, ular bilan turli sohalar boʻyicha hamkorliklar oʻrnatilmoqda. Turizmni rivojlantiryapmiz, koʻplab yoshlar chet el universitetlarida oʻqishga katta qiziqish bildirishmoqda. Mamlakatimizda chet tillarini oʻqitish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Chet tillarisiz katta muvaffaqiyatlarga erishish mushkul. Biroq, chet tillarini oʻrganish ona tilimizga eʼtiborsizlik hisobiga boʻlmasligi kerak. Zero, XX asr boshida olti tilli – oʻzbek, arab, fors, hind, turk, va rus tillarida lugʻat tuzgan Isoqhon Ibrat aytganlaridek, “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval oʻz ona tilini koʻzlariga toʻtiyo qilib, ehtirom koʻrsatsinlar. Zero, oʻz tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”. Biror xorijiy tilni kamsitmasdan, til oʻrganishni qadrlagan va qoʻllab-quvvatlagan holda oʻz ona tilimiz sofligini saqlashimiz va dunyoda muhim til sifatida rivojlanishi uchun astoydil harakat qilmogʻimiz kerak. Oʻzbek tilini yanada rivojlantirish, uni dunyoga tanitish nafaqat tilshunos olim, shoir, yozuvchi, sanʼatkor-u suxandonlarning vazifasi, balki har bir millat vakilining ham burchi boʻlmogʻi lozim. Ona tilimiz faqat soʻzlashuv tili boʻlib qolmasdan, mamlakatimizda rasmiy ish yuritish tili, ilm-fan tili boʻlishi kerak.
Sherzod Yuldashev
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
“Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qoʻshma
taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish” boʻlimi koordinatori
Til — millat ko‘zgusi
Har yili 21 oktyabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida o‘zgacha g‘urur, faxr va iftixor bilan keng nishonlanadi. Albatta, har bir millat o‘z ona tiliga ega. Ulkan boylik, bebaho qadriyat sifatida e‘zozlanadigan tilda ajdodlarining bebaho merosi, tarixi, o‘tmishi va buguni yashaydi. O‘zligini anglagan har bir millat va elat uchun til bebaho va tengsiz boylik sanaladi.
Ona tiliga bo‘lgan e‘tibor yuksak qadrlandi. Darhaqiqat, ona tilini sevgan, ardoqlagan inson qalbida o‘tmishi, an‘ana va qadriyatlariga, buyuk ajdodlariga bo‘lgan cheksiz ehtiromi mujassam bo‘ladi. Istiqloldan ilgari qo‘lga kiritilgan bebaho boyligimiz, qadriyatimiz – o‘z ona tilimizni har tomonlama rivojlanishini ta‘minlanish faoliyatimiz mezoni sifatida dolzarb sanaladi va albatta, yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish jarayonida ham ushbu muhim omillarga alohida ahamiyat qaratib kelmoqdamiz. Shu maqsadda 2018 yil 11 oktyabrь kuni Buxoro davlat universiteti, Buxoro tumanidagi 1-umumta‘lim maktabi va O‘zMTDP Buxoro viloyati Kengashi hamkorligida 21 oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda partiya viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, partiya faollari, BuxDU professor-o‘qituvchilari, 1-umumta‘lim maktabi jamoasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida o‘zbek tilining millat ko‘rki sifatida qadrlanishi umumta‘lim maktabi o‘quvchi yoshlari tomonidan tayyorlangan she‘rlar, hikmatli so‘zlar va sahna ko‘rinishlarida namoyon bo‘ldi. Tadbir davomiyligida o‘zbek farzandlari-yoshlarimiz qalbida yana bir bor ona tilimiz orqali Vatanga, ona yurtga bo‘lgan yuksak sadoqat va buyuk muhabbat mustahkam qaror topdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar mutaxassislar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi. Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko ‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”. Abdulla Avloniy. “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”.Ona tili — bu millatning ruhidir» — deya ta’kidlab o‘tilgan. . Tilshunos olimlarning fikriga ko ‘ra, turkiy tillar eramizning IV asrida uch guruhga bo‘lingan hamda qarluq, qipchoq, o‘g‘uz guruhlari vujudga kеlgan. Bular orasida eng qadimgi yozuv tili qarluq guruhi zaminida shakllangan azaliy o‘zbеk tilidir . Tarixda eng ko ‘p adabiy va ilmiy asarlar ham shu tilda ijod qilingan.
Til – millat ko ‘ zgusi , ma’naviyat sarchashmasidir. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini o‘rganish barchamizning asosiy burchimiz bo‘lishi lozimJamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O`z tilini yo`qotgan har qanday millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar. I . KARIMOV. Til xalqning yagona bir millat sifatida milliyligini, o`zligini,madaniyatini ko`rsatuvchi ko ` zgudir . Millatning borligi va birligining bosh belgisi til hisoblanad Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
“Har qanday millatning dunyoda borligini ko`rsatadurg`on oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo`qotmak, millat ruhini yo`qotmakdir”, degan edi ulug` mutafakkir Abdulla Avloniy.
Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa bugungi globallashuv – dunyo xalqlarining turmush-tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so`zlarning zalvori ikki hissa ortadi.
O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida “Til – millat ko`zgusi” mavzuida o`tkazilgan tadbirda ham aynan shu masalaga alohida to`xtalib o`tildi.
Uchrashuv shaklida tashkil etilgan davra suhbatida Filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov instituning Xalq ijodiyoti fakulteti “kutubxona-axborot faoliyati” ta`lim yo`nalishi talabalariga til va uning millat shakillanishidagi o`rni, sohaga doir bugungi muammolar xususida gapirib berdi.
Shuningdek tadbirda institutning professor-o`qituvchilari, tilshunoslar va boshqa mehmonlar ham ishtirok etishdi.
– Ayni paytda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil odimlamoqdamiz, – dedi Nizomiddin Mahmudov. – Bugun qay bir sohaga qaramang rivojlanish jarayonini, o`sishni ko`ramiz. Shunday ekan tilimiz ham bunday taraqqiyotdan chetda qolmasligi zarur. Bunda siz yoshlarning harakatingiz alohida o`ringa ega. To`g`ri xorijiy tillarni o`rganish bugun har doimgidanda dolzarb vazifa lekin millat g`ururi – ona tilimiz hisobiga emas.
Uchrashuv avvali mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar bilan boshlangan bo`lsa, so`ng talabalar tomonidan keltirilgan qizg`in munosabat hamda savol-javoblar tadbirga o`zgachalik baxsh etdi.
Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
“Har qanday millatning dunyoda borligini ko`rsatadurg`on oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo`qotmak, millat ruhini yo`qotmakdir”, degan edi ulug` mutafakkir Abdulla Avloniy.
Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa bugungi globallashuv – dunyo xalqlarining turmush-tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so`zlarning zalvori ikki hissa ortadi.
O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida “Til – millat ko`zgusi” mavzuida o`tkazilgan tadbirda ham aynan shu masalaga alohida to`xtalib o`tildi.
Uchrashuv shaklida tashkil etilgan davra suhbatida Filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov instituning Xalq ijodiyoti fakulteti “kutubxona-axborot faoliyati” ta`lim yo`nalishi talabalariga til va uning millat shakillanishidagi o`rni, sohaga doir bugungi muammolar xususida gapirib berdi.
Shuningdek tadbirda institutning professor-o`qituvchilari, tilshunoslar va boshqa mehmonlar ham ishtirok etishdi.
– Ayni paytda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil odimlamoqdamiz, – dedi Nizomiddin Mahmudov. – Bugun qay bir sohaga qaramang rivojlanish jarayonini, o`sishni ko`ramiz. Shunday ekan tilimiz ham bunday taraqqiyotdan chetda qolmasligi zarur. Bunda siz yoshlarning harakatingiz alohida o`ringa ega. To`g`ri xorijiy tillarni o`rganish bugun har doimgidanda dolzarb vazifa lekin millat g`ururi – ona tilimiz hisobiga emas. Uchrashuv avvali mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar bilan boshlangan bo`lsa, so`ng talabalar tomonidan keltirilgan qizg`in munosabat hamda savol-javoblar tadbirga o`zgachalik baxsh etdi. Ko’plab adiblarimiz til haqida ko’plab hikmatli so’zlarni aytganlar va tilni turlicha ta’riflaganlar. Masalan, “ Til – millat ko ’ zgusi ”, “ Til -ma’naviyat ko ’ zgusi ”, “ Til – millatning bebaho boyligi” va shu kabilardir. . Til – millat ko ‘ zgusi , deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida shakllangan
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Ona tili millat ko’zgusi insho
Til – milliy davlatchiligiga ega bo‘lgan har bir xalq suverinitetining muhim belgisi, millat ma’naviyatining ajralmas tarkibiy qismidir. Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 4-moddasida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz hali mustaqillikka erishmasidanoq istiqlol sari muhim qadam qo‘yildi: 1989 yil 21 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu hujjat ona tilimizning qadrini mustahkamlash, faxr-iftixorimiz, g‘ururimiz timsoli bo‘lgan o‘zbek tilining mavqeini yuksaltirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Farg‘ona viloyatida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
– O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi uning mavqeini oshirib, qo‘llanish doirasi va rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi, – deydi viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi Zokir Rahimov. – Viloyatimizda ham davlat tilining ahamiyatini targ‘ib qilish, ish va hujjatlarni davlat tilida yuritishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shu kunlarda tashkilot va muassasalar, o‘quv yurtlari, mahallalarda til bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Farg‘ona davlat universiteti, Qo‘qon davlat pedagogika institutlarida o‘zbek tilining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan an’anaviy konferensiyalar tashkil etilmoqda. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Ona tili – davlat tili”, “Odob boshi – til” kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazilayotir.
Til – millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. Shu bois ona tilimizni hurmat qilish, uning boy imkoniyatlarini o‘rganish barchamizning asosiy burchimiz bo‘lishi lozim.