5 sinf darsliklari tarix
1991-1993-yillar – Rubl zonasida
Adabiyot darsliklari pishiq va puxta boʻlsa
XX asrning boshlarida yurtimizda yangicha ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy harakat – jadidchilik vujudga keldi. Ushbu harakatning ishtirokchilari – shoir, yozuvchi, mudarris yoxud tarixchi boʻlib, ular xalqni maʼrifatli qilishga, oʻtmishdan xulosa chiqarib, kelajakka oʻzgacha nazar bilan qarashga undashgan. Buning uchun esa birinchi galda tafakkur va dunyoqarashni oʻzgartirish kerak edi. Shu bois jadidlar, avvalo, ziyo maskanlari – maktab va teatrlar ochishgan, bir necha gazeta va jurnallarni taʼsis qilishgan, maxsus darslik va oʻquv qoʻllanmalari tuzishgan.
Millatparvarlarning yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniy haqida oʻqir ekansiz, uning dastur va darsliklari gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgani, eng avvalo, dunyoviy va ilgʻor ilm-fanni bolalarga oʻrgatish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy qobiliyatini shakllantirish kabi ulkan maqsadlar qoʻyilganiga guvoh boʻlasiz.
Bugun-chi? Bugun ham millat ziyolilari taʼlim va tarbiya yoʻlida bir dam toʻxtagani yoʻq. Innovatsion oqimlar inson ongu shuurini zabt etishga ulgurgan bir pallada hech bir kishiga oson tutib boʻlmaydi. Ammo gap oʻquv kitoblari, xususan, adabiyot darsliklari haqida borar ekan, arzimas koʻringan zarraday kamchiliklardan ham koʻz yumib boʻlmaydi.
Xoʻsh, bugungi kundagi adabiyot darsliklari qay ahvolda? Ular davr talabiga javob bera oladimi?
Darsliklar yaratish masʼuliyatli va murakkab ishligini hisobga olsak, uzluksiz taʼlim tizimi uchun tayyorlangan darsliklar bir-birini takrorlamasligi, aksincha mazmunan toʻldirishi, oʻquvchi bilimini bosqichma-bosqich yuksaltirishga xizmat qilishi lozim. Hozirgi davr maktab darsliklari katta fundamental ish sifatida eʼtirofga loyiq. Lekin darsliklardagi ayrim oʻrinlar xususida mulohazalar borki, ularni aytib oʻtishni lozim topdik.
Amaldagi 5-9-sinf adabiyot darsliklarida oʻquvchilar 67 nafar oʻzbek hamda jahon adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi, shuningdek, turli adabiy janrlar, badiiy tasvir vositalari haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlishadi. Har bir mavzu oxirida keltirilgan savol va topshiriqlar oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi.
Avvalo, adabiyot darsliklari oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va ruhiy dunyosiga mos boʻlmogʻi kerak. Shuni inobatga oladigan boʻlsak, 5-6-sinf oʻquvchilari hali turli oʻyinlarga qiziqadigan, har xil sarguzashtlarga boy ertak va rivoyatlarni eshitishni xush koʻradigan, multfilmlarni tomosha qilib charchamaydigan yoshda boʻladi. Maqolani yozish jarayonida chet el adabiyot darsliklarini oʻrganib chiqdik. Masalan, 5-6-sinf rus bolasi A.Dyuma, J.Vern, M.Tven, E.Seton-Tompson, A.Gofman, L.Tolstoy, A.Pushkin kabi adiblarning bolalarbop sarguzasht asarlarini oʻqiydi. Oʻzimizdagi adabiyot darsliklariga ham oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, ertak va afsonalar, bolalar yozuvchilari tomonidan yaratilgan sarguzasht asarlar kiritilishi maqsadga muvofiq, deb oʻylaymiz.
Toʻgʻri, 5-6-sinf darsliklarida shunday asarlar bor. Ammo ularning safini kengaytirish lozim. Shu maqsadda, ushbu sinflarda oʻzbek yozuvchilaridan Nosir Fozilov, Erkin Malik, Anvar Obidjon, Qambar Ota hamda jahon adabiyotidan L.Tolstoy, A.Pushkin, I.Krilov, J.Vern, Lafonten, aka-uka Grim kabi ijodkorlarning bolalarga atalgan asarlaridan namunalar berish ayni muddao boʻlardi. Yuqorida nomlari zikr etilgan ijodkorlar haqida oʻquvchilar eshitgan boʻlishi mumkin, ammo ular bu adiblarning ijodi bilan tanish emaslar.
Toʻgʻri, bu ijodkorlarning kitoblari nashr etilmoqda, balki maktab kutubxonlariga ham yetib borgan. Ammo oʻquvchilar ularning asarlari haqidagi maʼlumotlarni eng avvalo maktab darsligi orqali bilib olishlari kerak emasmi?
Adabiyot darsliklarida berilgan ijodkorlarning tarjimai holi haqidagi maʼlumotlar xususida toʻxtalib oʻtsak. Ayrim shoir-yozuvchilarning hayot yoʻli bayonida faqat maʼlumotbozlik boʻy koʻrsatadi. Ijodkor hayoti va ijodiga oid matnlarda sanalar, joy hamda asarlar nomi koʻpligidan, nafaqat oʻquvchi, hatto oʻqituvchi ham shoshib qoladi. Masalan, 5-sinfda Maqsud Shayxzoda, 6-sinfda Turob Toʻla, 7-sinfda Mirmuhsin va Oʻlmas Umarbekov, 8-sinfda Fitrat, 9-sinfda Furqat kabi ijodkorlar hayoti haqidagi maʼlumotlar shu qadar koʻp va quruq holatda berilganki, bu oʻquvchini toliqtirishi, chalgʻitishi tabiiy.
Quyidagi iqtibosga eʼtibor bering: “…yoshlar gazetasida adabiy xodim, Oʻzbekiston Davlat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va suxandon, Oʻzbekiston Davlat nashriyoti (Oʻzdavnashr) muharriri, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida ssenariy boʻlimi mudiri, Respublika Kinochilar uyushmasida kotib, Madaniyat vazirligi sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʻi, Hamza nomidagi teatr direktori, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Adabiyotni targʻib etish markazi rahbari” (6-sinf, 1-qism, 27-bet). Bu – shoir Turob Toʻlaning tarjimai holidan parcha. Oʻquvchiga ijodkorning qaysi mansabda ishlagani emas, qanday asar yozgani, uning mazmun-mohiyati ahamiyatli (aslida, bu yoshdagi bola bu lavozimlarning farqiga bormaydi ham).
Ayrim ijodkorlar haqidagi mavzular sinfdan sinfga oʻtarkan, hech oʻzgarishsiz, qoʻshimcha va toʻldirishlarsiz koʻchiriladi. Masalan, 6-sinfda keltirilgan Muqimiy hayoti haqidagi maʼlumotni olaylik. Shoirning vafotidan keyin, uning 4-5 ta toʻplami nashr qilingani haqida aytmasak, 5-sinf darsligida berilgan maʼlumotlar shundayligicha takrorlangan. Shuningdek, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Oʻtkir Hoshimov kabi ijodkorlarning ham tarjimai hollari oʻzgarishsiz, yangi maʼlumotlarsiz darslikdan-darslikka koʻchib oʻtavergan.
Hazrat Alisher Navoiy – maʼnaviyatimiz quyoshi, ulugʻ mutafakkir. Ul zoti sharifning ibratlarga toʻla hayot va ijod yoʻli maktabgacha taʼlim muassasalari hamda boshlangʻich taʼlim jarayonidan yosh avlodga oʻrgatilib kelinayotgani tahsinga loyiq.
Ammo darsliklarda Navoiy ijodi haqidagi mavzular, bizningcha, tizimli ravishda berilmagan. Masalan, 5-sinfda ulugʻ shoir hayoti va ijodi haqida ikki sahifa, 6-sinfda esa bir sahifagina maʼlumot berilgan boʻlib, barchasi umumiy gaplardan iborat boʻlib qolgan. Vaholanki, 6-sinfda oʻquvchilar Alisher Navoiy haqida avvalgi sinfda berilmagan maʼlumotlarni oʻqishlari, ul zotning hayoti va ijodiga taalluqli yangi bilimlarga ega boʻlishlari kerak edi.
Ayni shu 6-sinfdagi Alisher Navoiy mavzusidan keyin berilgan savol va topshiriqlar qismida “Alisher Navoiy siymosi aks etgan qanday badiiy kitob va boshqa sanʼat asarlarini bilasiz?” degan savol bor. Toʻgʻri, 5-sinfda adib Mirkarim Osim qalamiga mansub “Zulmat ichra nur” qissasidan parcha berilgan. Oʻquvchilar, agar yaxshi oʻqigan boʻlishsa, shuni aytishlari mumkin. Ammo 6-sinfning oʻzida shoir tarjimai holida bu haqda biror gap aytilmagan. Oʻquvchi bu savolga qanday javob berishi mumkin?! Darslikning keyingi nashrlarida Alisher Navoiy siymosi aks etgan badiiy kitob va boshqa sanʼat asarlari haqidagi maʼlumotlar ham kiritilsa maqsadga muvofiq boʻlar edi. Shuningdek, 6-sinf darsligida xuddi quyi sinfdagidek Navoiy haqida yozilgan biror asarni berish foydadan xoli boʻlmaydi. Masalan, Oybekning “Alisherning bolaligi” asaridan parchalar berilsa, buyuk bobokalonimizni quruq faktlar bilan emas, badiiy tasvir orqali yaxshiroq tanitgan va oʻquvchilarda ul zotga nisbatan mehrni yanada oshirgan boʻlardik.
Hozirgi oʻquvchilardan hazrat Navoiyning qaysi gʻazallarini bilasan, deb soʻrasangiz, “Kecha kelgumdir debon…”, “Koʻrgali husnungni zoru…” kabi gʻazallari, “Gʻurbatda gʻarib…”, “Zohid sanga huru…” singari ruboiylarinigina aytishadi, xolos. Afsuski, buning asosiy sababi bir necha yildan beri oʻzgarmasdan, shunda ham faqat 8-sinf darsligidagina berib kelinayotgan “dejurniy” sheʼrlar. Aslida, darsliklarda Alisher Navoiy ijodidan namunalarning berilish tizimi ham munozarali. Eʼtibor bering: 5- va 6-sinflarda hazratning “Hayrat ul-abror” va “Mahbub ul-qulub” asarlari, 7-sinfda “Sabʼai sayyor” dostonidan parchalar, 8-sinfda bir turkum gʻazal hamda qitʼalari, 9-sinfda esa “Farhod va Shirin” dostonidan parchalar berilgan. Nahotki, butun bir yosh avlod faqat 8-sinfda akasi, opasi, amakisi, xolasi yodlagan gʻazallarni yodlashi kerak!? Axir, hazrat Navoiyning oʻzbek tilida yozilgan 2600 dan oshiq gʻazali bor-ku!
Shu maqsadda har bir sinf darsligiga shoir gʻazallariyu ruboiylaridan, qitʼalari va tuyuqlaridan namunalar hamda ularning tahlillarini kiritish lozim.
7-sinfda “Sabʼai sayyor” dostonidan parcha berilgan. Bizningcha, birinchi galda asar nima uchun “Yetti kezuvchi” deb nomlangani, uning asosiy syujeti va mazmun-mohiyati haqida oʻquvchiga tushuncha berilishi kerak edi. Ammo bu asarning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari, tuzilishi haqida bir jumla boʻlsa-da, maʼlumot berilmagan. Shoir hayoti tugaroq, “Beshinchi iqlim yoʻlidan kelgan musofirning doston oroligʻi”, deb Mehr va Suhayl haqida voqealar boshlanib ketgan. Aslida bu asar shoh Bahrom hamda uning husn va tafakkurda tengsiz boʻlgan yori Dilorom haqida boʻlib, Bahromning shoshqaloqligi va kaltabinligi oqibatida Diloromdan ayrilgani, Bahromni chalgʻitish uchun turli rangdagi yettita qasr qurilib, yetti kecha unga turli rivoyatu afsonalar aytilgani, Mehr va Suhayl haqidagi rivoyat beshinchi kecha – chorshanba kuni moviy qasrda bir jahongashta sayyoh tomonidan aytilganini oʻquvchilar bilmay ulgʻayishmoqda. Shunday ekan, “Sabʼai sayyor” qanday asar, deb soʻraganingizda, Mehr va Suhayl haqida deyishsa, hech ajablanmang…
Darslik yaratish mushkul ish. Buning uchun katta bilim va salohiyat, mehnat qilish kerak. Shu bois kitoblar bir nechta muallifdan tarkib topgan jamoa tomonidan yozilgan. Amaldagi darsliklarning mualliflari ham taniqli, chuqur bilimga ega boʻlgan adabiyotshunos olimlar. Darsliklar 4-5 yilda yangilanadi (oxirgi oʻn yillikdagi yangilanishlar unchalik farq qilarli darajada emas). Ammo mualliflar oʻzgarmaydi. Bizningcha, maktab darsliklarini tuzadigan mualliflar tarkibini qayta shakllantirish, toʻldirish kerakday. Bu bilan hozirgi darsliklarning muallifi boʻlgan hurmatli olimlarimizni qatordan chetlatish kerak, demoqchi emasmiz. Faqat kitoblarning saviyasini va mavzu mundarijasini yana yuksaltirish uchun mualliflar safini kengaytirish tarafdorimiz, xolos. Dunyoni teran anglaydigan, uygʻoq fikrli kitobxonlarni tarbiyalab voyaga yetkazish adabiyot taʼlimining kechiktirib boʻlmas birlamchi vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maʼnoda, ilm-fanning eng soʻnggi yutuqlari, adabiyotshunoslikning yangi soʻzi asosida zamonamizning yuksak surʼati va shiddatli tafakkuri darajasiga munosib boʻlgan, mukammal darsliklar yaratish lozim. Bu ishga millat bolalarini sevgan, ularning kelajagi va maʼnaviy dunyosi uchun oʻzini javobgar deb biladigan har bir ezgu niyatli kishi daxldor boʻlishi kerak.
Shu maqsadda, darslik-majmualarda adabiyotning turli sohalari – nasr, nazm va dramaturgiya yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan, turli oliy oʻquv yurtlarida adabiyot ilmi boʻyicha saboq berayotgan, adabiyot oʻqitish metodikasi bilan muntazam shugʻillanayotgan yuksak salohiyatga ega fan doktorlari va professorlarni ham jalb qilish lozim. Bunday deyishga ham sabab bor. 9-sinf adabiyot darsligida mumtoz adabiyot vakillaridan Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat kabi ulugʻ shoirlar bor. Ammo darslik mualliflari safida na navoiyshunos, na boburshunos, na ogahiyshunos, umuman olganda, mumtoz adabiyot olimlari bor. Agar ushbu darslik mualliflari navoiyshunos olimlarni ijodiy hamkorlikka chorlab, birga ishlaganlarida edi, “Farhod va Shirin” dostonidagi “Mashaqqatdin yigitni el qori der/ Ki, qozilmish iki-uch yuz qori yer” bayti “Mamlakatdin yigitni el qari der/ Ki, qozilmish iki-uch yuz qari yer” deb tushunarsiz holda darslikka kiritilmasdi. Yoki boʻlmasa, 5-sinfda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi mavzuda shoirning “Hajringda bu tun koʻngilda qaygʻu erdi / Vaslinggʻa yetishmadim, jihat bu erdi / Ohim tutuni birla koʻzimning yoshidin / Yoʻl balchiq edi, kecha qorongʻu erdi” ruboiysining oxirgi ikki misrasi shunday izohlanadi: “Keyingi ikki satrda shoir hazil-mutoyibaga oʻtadi. Fojia hazil bilan beriladi…” Bizningcha, bu yerdagi holatni fojia deyish va shoirning izohini mutoyibaga yoʻyish toʻgʻri emas. Oh tutun kabi atrofni tuman kabi zim-ziyo qilishi, koʻzidan oqqan tinimsiz yosh sabab hammayoq loy-balchiq boʻlishi – bu mubolagʻa, boʻrttirish sanʼatidir.
Shuningdek, darsliklarda berilgan xalq ogʻzaki ijodiga doir namunalar – turli xalq qoʻshiqlari, maqol va topishmoqlar, dostonlarning tahlilida ham folklorshunos olimlarning koʻmagidan foydalanish mumkin edi…
Adabiyot darsliklarida bir qancha ilmiy-uslubiy, imloviy xatolar ham mavjudki, ularni tuzatish maqsadga muvofiqdir. Quyidagilarga eʼtibor bering:
- 5-sinf darsligida Imom al-Buxoriyning “Al-jomeʼ as-sahih” kitobi toʻgʻrisida fikr yuritilib (31-bet), ushbu kitobga 600 ming hadisdan 7397 ta hadis kiritilgani aytilgan. 7-sinf “Oʻzbekiston tarixi” darsligining 102-betida “Al-jomeʼ as-sahih”ga kiritilgan hadislar soni 7275 ta deb koʻrsatilgan. Bir necha yil boʻldiki, bu tafovut hech kimning eʼtiborini tortmadimi, shundayligicha qolib ketayotir. Faraz qiling, oliy oʻquv yurtiga kirish imtihonidagi abituriyentga ona tili va adabiyot, tarix hamda chet tilidan iborat testlar toʻplami keldi. Ikki fandan tuzilgan testlarda ham bir xil – Imom Buxoriyning “Al-jomeʼ as-sahih” kitobiga qancha hadis kiritilgan, degan savol berildi deylik. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, abituriyent ikkala fan kitobida qanday yozilgan boʻlsa, oʻshani belgilaydi.
Xoʻsh, oʻquvchilarni chalgʻitayotgan maʼlumotning aslida qaysi biri haqiqatga yaqinroq? Bu savolga toʻgʻri javobni 2017 yili “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan “Islom” ensiklopediyasidan topamiz: “Undan (“Al-jomeʼ as-sahih” – H. M.) Imom Buxoriy tomonidan toʻplangan 600 mingga yaqin hadis orasidan ishonchli hadislar sifatida tanlab olingan 7275 hadis (takrorlanadiganlari bilan birga) joy olgan. Toʻplamda takrorlanmaydigan hadislar soni 4000 dan iborat” (415-bet). Ushbu ensiklopediya bir necha tarixchi olimlar, islomshunoslar, diniy ulamolar tomonidan tayyorlangan. Demak, hadislarning 7275 taligi haqiqat. Shunday ekan, 5-sinf adabiyot darsligining keyingi nashrida bu maʼlumot toʻgʻrilanadi, degan umiddamiz.
– 5-sinf adabiyot darsligining 2-qismida Alisher Navoiy 90 yoshli Lutfiy bilan koʻrishganida 12 yoshda ekani aytiladi. Hazrat Navoiyning tugʻilgan yilidan kelib chiqsak, bu voqea 1453 yilda yuz bergan. 8-sinf adabiyot darsligida Lutfiyning tugʻilgan sanasini 1366 yil deb koʻrsatilgan. 1366 ga 90 ni qoʻshsak, 1456 hosil boʻladi. Demak, bu maʼlumotda ham tafovut bor.
– 5-sinfda turli afsona va rivoyatlardan iborat hind eposi sifatida “Panchatantra” va “Kalila va Dimna” alohida asarlar sifatida sanab oʻtilgan. 8-sinfda esa u bitta asar sifatida izohlangan: “…sanskrit tilida mashhur “Panchatantra”, yaʼni keyinalik “Kalila va Dimna” nomi bilan mashhur boʻlib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi” (72-bet).
8-sinfdagi maʼlumotga tayanilsa, ikkala asar bitta ekanligi oydinlashadi. Koʻrinib turibdiki, maʼlumotlar bir-birini inkor qiladi.
– 6-sinfning 1-qismida Turob Toʻlaning “Yetti zogʻora qissasi” asaridan olingan “Doʻnan” nomli hikoyaning hajmi toʻrt sahifa. Ammo hiqoya haqidagi tahlil undan katta – olti sahifani egallagan. Bizningcha, tahlilning haddan ziyod koʻpligi oʻquvchining fikrlashi uchun imkon qoldirmaydi.
– 6-sinfda Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasi berilgan boʻlib, mavzu oxirida shunday savol keltirilgan: “Adabiy asar asosida yaratiladigan kinofilm yoki spektakllar oʻsha asar bilan bir xil boʻlishi kerak, deb hisoblaysizmi? Kinofilm va qissaning oʻziga xos hikoya yoʻsinini solishtirishga harakat qiling”. 12 yoshli bolaga bunday savol bilan murojaat qilish toʻgʻrimikan?!
– 9-sinfda berilgan “Farhod va Shirin” dostonida ham mazmunga putur yetkazadigan bir qancha imloviy xatolar bor. Masalan: “Bu farni hodiyi baxt yetgach irshod, Ravon shahzoda otin qoʻydi “Farhod” (aslida “Bu farni hodiyi baxt etgach irshod, Ravon shahzoda otin qoʻydi “Farhod”); “Bu jalvalkim, chekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda” (aslida “Bu jadvalkim, chekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda”); “Ne imkonim qaror oʻlgʻay koʻngulga, Tasalli oshkor oʻlgʻay koʻngulga” (aslida “Ne imkonkim qaror oʻlgʻay koʻngulga, Tasalli oshkor oʻlgʻay koʻngulga”).
– Yana shu sinfda mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti haqidagi mavzuda “Shoirning toʻyi”, “Chapaklar va chalpaklar mamlakatida” nomli asarlar muallifi sifatida “A.Aʼzam” degan ism-sharif koʻrsatilgan. Zamonaviy oʻzbek adabiyotidan boxabar boʻlgan kishi bu asarlar Ahmad Aʼzamga emas, Erkin Aʼzam qalamiga mansubligini biladi.
– 5-sinfda Saʼdiy Sheroziy hayoti va ijodidan keyin berilgan topshiriqlarda shunday savol bilan murojaat qilinadi: “Tabʼi aybjoʻylik boʻlsa agar bas, Tovus oyogʻidan boshqasin koʻrmas” satrlari maʼnosini tushuntirib bering”. Xoʻsh, 12-13 yoshli bola shu savolga javob topa oladimi? Aslida, Shayx Saʼdiyning asarlaridan olingan sheʼriy parchalarni birinchi galda tahlil qilish, oʻquvchilarga soddaroq tilda tushuntirish lozim edi. Ammo mualliflar bundan chekinib, yuqoridagi kabi savollar bilan oʻquvchini oʻylantirib qoʻyishmoqda.
Shu oʻrinda muhim bir masalaga toʻxtalsak. Til va adabiyot sohasining ham ilmiy, ham amaliy jabhasi boʻlgan muassasalar – Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti nega darslik yaratish jarayoniga jalb qilinmaydi? Kelajak egalarining tafakkurini rivojlantirish va ularning koʻngliga ezgulik hamda toʻgʻrilik urugʻlarini qadashda, nahotki, sanoqli mutaxassislarning maqolalariyu taqrizlari yetarli boʻlsa?! Bizningcha, bu ishda koʻpchilik boʻlib, bahamjihat ishlagan maʼqul. Shu boisdan ham, yuqorida sanab oʻtilgan tashkilotlarni darslik yaratish jarayonida bevosita ishtirok etishlari, oʻz fikr-mulohazalari bilan darsliklarning yanada mukammalroq boʻlishiga hissa qoʻshishlari kerak.
… Yaqinda oliy oʻquv yurtiga kirish uchun repetitorga qatnaydigan bir yigit bilan suhbatlashib qoldim. Adabiyot sohasiga yaqinligimni bilib, “Hozir ham tirik shoirlar bormi?” deb qoldi. Dafʼatan kulib yubordim. Kulganimdan xijolat boʻldimi, “Toʻgʻri-da, darslikdagi hamma shoirlar vafot etgan. Hozir ham yashab ijod qilayotganlari kiritilmagan, demoqchiman”, dedi. Bu gapdan keyin esa kulolmasdim, aksincha, ich-ichimdan xoʻrsindim. Negaki, bu yigit darslikka qarab, bugungi kunda adabiy asarlar yaratilmayapti, boshqa shoir-yozuvchi yoʻq ekan, degan xayolga borayotir.
Afsuski, bunday yoshlar (abituriyentlar) koʻplab topiladi. “Bularning hozirgi adabiy jarayondan uzoqligiga oʻzlari aybdor, gazeta-jurnal oʻqishmaydi, televideniyedagi badiiy-maʼrifiy koʻrsatuvlarni koʻrishmaydi”, deydiganlar ham topilsa kerak. Balkim.
Yaxshiyamki, oliy oʻquv yurtlaridagi kirish imtihonlarida ona tili va adabiyot fani qoʻyilgan ekanki, koʻpchilik yoshlar test uchun boʻlsa-da, shoir-yozuvchilarimizning hayoti va ijodini oʻqib, yodlashmoqda.
Shu maʼnoda, adabiyot darsliklari bugungi adabiy jarayon darakchisi boʻlishi ham kerak. Omon Matjon, Muhammad Ali, Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muhammad Doʻst, Erkin Aʼzam, Xayriddin Sultonov, Yoʻldosh Eshbek, Usmon Azim, Xurshid Davron, Azim Suyun, Mirza Kenjabek, Xurshid Doʻstmuhammad, Eshqobil Shukur, Sirojiddin Sayyid, Nazar Eshonqul, Iqbol Mirzo, Shoyim Boʻtayev, Luqmon Boʻrixon, Isajon Sulton, shuningdek, marhum ijodkorlardan Muhammad Rahmon, Matnazar Abdulhaqim, Aʼzam Oʻktam, Ravshan Fayz kabi shoir-yozuvchilarning borligi, ularning ajoyib asarlari oʻzbek adabiyotining eng yaxshi namunalari ekanligidan bexabar avlodning koʻpligiga ham ayni shu hol – maktab darsligida zamonaviy oʻzbek adabiyoti vakillarining, “tirik” ijodkorlarning yoʻqligi sabab boʻlayotir. Bundan tashqari, Shukur Xolmirzayev, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon kabi ijodkorlarning yurt va millatni sevishga undaydigan, erk va ozodlik kabi muqaddas tuygʻularni oʻz asarlarida bosh gʻoya sifatida aks ettirgan asarlari negadir darslikdan tushib qoldi… Ularning oʻrniga kiritilgan Saida Zunnunova, Xayriddin Saloh, Turob Toʻla, Mirmuhsin kabi ijodkorlarga ehtirom koʻrsatgan holda ismlari avvalroq keltirilgan shoir-yozuvchilar haqida ham oʻquvchilar bilishi, asarlarini oʻqib oʻrganishlari lozim, deb hisoblaymiz.
Toʻgʻri, 9-sinf darsligining oxirgi mavzusida mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti haqida muxtasar maʼlumot berilgan. Ammo ushbu mavzu may oyining oxirlariga toʻgʻri kelishini inobatga olsak, bu mavzuning oʻtilishi gumon (ushbu mavzu matni mustaqillik davridagi oʻzbek adabiyotining ahvoli haqida xorij jurnalida eʼlon qilish uchun yozilgan taqrizga oʻxshaydi: muallif va asar nomlari koʻp, umumiy gaplardan iborat). Qolaversa, oʻquv yili oxirida darslar taʼtil kayfiyatida oʻtilishi sir emas. Ayniqsa, 9-sinf oʻquvchilari bitiruv imtihonlariga tayyorgarlik koʻrib, nafaqat adabiyot, balki boshqa fanlarni ham diqqat bilan oʻqib, oʻzlashtirishmaydi. Shuning uchun hech boʻlmaganda 7-, 8-, 9-sinflarda yuqorida nomlari sanab oʻtilgan ijodkorlarning hayoti va ijodini yoritish ayni muddao boʻlar edi.
Shu oʻrinda yana bir narsani eslab oʻtish kerak. Akademik litseylarning 3-bosqich adabiyot darsligining oxirgi boʻlimida mustaqil oʻqish uchun hozirgi adabiy jarayon vakillari asarlari berilgan. Ammo bular ham oʻquvchilar tomonidan katta qiziqish bilan oʻqilmaydi. Sababi boʻlimning nomidan bilinib turibdi: mustaqil oʻqish uchun! Shuning uchun ham hozirgi davr ijodkorlarini maktab darsliklariga kiritish zaruriy holga aylandi.
Yuqoridagi barcha fikrlar oddiy bir kitobxonning mulohazalari deb qaralishini istardik. Biz darsliklar mualliflarini tanqid qilish yoki ularga aql oʻrgatish iddaosidan yiroqmiz. Istagimiz, ushbu fikrlar taklif sifatida qabul qilinib, agar maʼqul boʻlsa, keyingi nashrlarda eʼtiborga olinsa…
Husan MAQSUD
1991 yili tugʻilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan.
5 sinf darsliklari tarix
3-savol. Savol muallifi Jalol Boltayev
O’rta asr muarrixlari bir tarixiy shaxsni «Yo‘lbars changalidan omon chiqqan arslon chiyabori qo‘lida jon berdi» deb ta’riflaydi.
Diqqat, savol: ta’rifdagi arslonning kimligini topgan bo’lsangiz, unga sovchi, aniqrog’i ovchi yuborgan tarixiy shaxsning kimligini yozib bering.
Javoblaringizni @JalolBoltayev_TLbot‘ga jo‘nating.
To‘g‘ri javob va javobni topganlar 21:00 da e’lon qilinadi.
17.6K views Jalol BOLTAYEV , 08:05
Forwarded from TEST LIDER | JALOL BOLTAYEV ( Jalol BOLTAYEV )
✅ 3-savolning to’g’ri javobi: Ozarbayjon malikasi
Qabul: Ozarbayjon malikasi Malika xotun, Malika xotun
Izoh: Chingizxon qo’lidan omon chiqqan Jaloliddin Manguberdi kurd qo’lida halok bo’lganligi ko’pchilikka ma’lum. Kurd so’zi ham bo’ri ma’nosini anglatadi. Jaloliddin Manguberdi Tabrizni qamal qilib turganda, Ozarbayjon malikasi Jaloliddinga turmush qurish taklifini bildirib o’z, sovchilarini yuborgan ekan. Taklif qiz tomondan chiqsa, odatda ovchi jumlasi qo’llaniladi. Xullas, shu tariqa shahar jangsiz egallangan ekan.
Manba:
Акбар Замонов. Ўрта аср тарихий шахслари ҳаётининг айрим номаълум саҳифалари. – Т.: “Bayoz”, 2019. 22-б.
@TESTLIDER — ziyolilar kanali!
20.0K views Jalol BOLTAYEV , 18:00
Milliy Valyutamiz Tarixi
11-sinf Oʻzbekiston Tarixi
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
1991-1993-yillar – Rubl zonasida
1993-yil 1-noyabr – So’m-kupon
1994-yil 1-iyuldan – So’m
♻️ So‘m Kupyuralari
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
1994-yil 1,3,5,10,25,50,100 so‘mlik
1997-yil 200 so‘mlik
2000-yil 500 so‘mlik
2001-yil 1000 so‘mlik
2013-yil 5000 so‘mlik
2017-yil 10000 va 50000 so‘mlik
2017-yil 100000 so‘mlik banknotlar
Bizni kuzatib boring:
@TARIX
22.8K views Шахзод Тураев , 07:30
Forwarded from TEST LIDER | JALOL BOLTAYEV ( Jalol BOLTAYEV )
«Sen hammi, Brut!?» — Shekspirning «Yuliy sezar» tragediyasida o‘lim talvasasidagi Sezar shu ibora bilan do‘stiga murojaat qilgan. Bu voqea tarixiy ildizlarga ega.
Mil. avv. 44-yilda Sezarga qarshi fitna uyushtiriladi. Fitnachilar ichida Sezar o‘zining tarafdori va yaqin do‘sti deb bilgan Brut ham bor edi. Fitnachilardan biri Sezarga xanjar sanchgach, u nafas ololmay, tili kalimaga kelmay qoladi. Brut ikkinchi marta Sezar badaniga xanjar urish uchun u tomonga kelayotganini ko‘rib, imperatorning hayratdan ko‘zlari ochilib ketadi va «bolam, nahotki sen ham ular bilan birgasan?» deb yuboradi, degan mazmundagi ma’lumot antik davr Rim tarixchilari asarlarida uchraydi (ammo, Plutarx Sezar hech nima demaganligini qayd etgan).
Shekspir tarixchilarning gapini ozgina o‘zgartirib talqin qilgan «Sen hammi, Brut!?» iborasi yaqin do‘stlarning xoinligini ifoda etuvchi mashhur iboraga aylangan.
Manbalarda, fitnada jami 60 ga yaqin odam ishtirok etib, ulardan 20 tasi Sezarga 23 marta xanjar sanchganligi qayd etilgan.
Do‘stlaringizga ham ulashing!
25.2K views Jalol BOLTAYEV , 13:28
Forwarded from TEST LIDER | JALOL BOLTAYEV ( Jalol BOLTAYEV )
2022-2023-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga tarix fanidan imtihon topshiradigan abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan darsliklar ro’yxati
@TESTLIDER
19.3K views Jalol BOLTAYEV , 14:38
Forwarded from TEST LIDER | JALOL BOLTAYEV ( Jalol BOLTAYEV )
Menimcha, bugun e’lon qilingan “tasdiqlangan darsliklar ro‘yxati” aksariyat abituriyentlar va repetitorlarning dilini xira qildi. Ammo bizni (Jalol Boltayev, Sherzod Ro‘zmetov) emas.
Chunki biz bu o‘quv yilida topshiradigan abituriyentlarga “eski” darsliklarni o‘qitayotgan edik. Kirish imtihonlaridagi testlar “eski” darsliklardan tushishi haqida oldinroq – sentyabrda xabar topganimiz bizning yutug‘imiz bo‘ldi. Bu haqida oktyabrning boshlarida o‘zimga tanish bo‘lgan ba’zi repetitorlarga aytganimda, negadir ishonishmagandi. O‘zimiz ham shunday bo‘lishini taxmin qilayotgan bo‘lsak-da, bir odam tufayli bu taxminimiz yanada mustahkamlangan edi. Xullas, shu vajlar sababli 10-sinf va 1-kurslarga “yangi” darsliklarni, bu yil topshiradiganlarga esa “eski” darsliklarni o‘qitayotgan edik.
Bugun ba’zi repetitor do‘stlarimiz: “Aytsangiz bo‘lar edi”, – deb mendan xafa ham bo‘lishdi. Do‘stlar, aksariyat tanish repetitorlarga aytgan edim, ishonishmadi. Dabdurustdan sizga (mendan xafa bo‘layotgan ikkita repetitor nazarda tutilmoqda) aytsam, ishonishingiz qiyin bo‘lar edi, hatto o‘zimizda o‘qiydigan ba’zi abituriyentlarni ishontirishim qiyin kechgan.
(c) JALOL BOLTAYEV
Do‘stlaringizga ham ulashing!
24.3K views Jalol BOLTAYEV , 19:56
Forwarded from TEST LIDER | JALOL BOLTAYEV ( Jalol BOLTAYEV )
14-savol. Savol muallifi Jalol Boltayev
Qadimgi misrliklar fikricha, marhumlar saltanatidagi hayot Osiris sudining natijalariga bog‘liq bo‘lgan. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo‘yilib, uning natijasi marhumning taqdirini hal qilgan.
Diqqat, savol: Misr mifologiyasiga ko‘ra, tarozining bir pallasiga ko‘zlari miyasidan kattaroq, uchta oshqozonga ega bo‘lgan[1] qaysi qushning pati qo‘yilgan?[2]
To‘g‘ri javob: tuyaqush
Qabul emas: Maat. Pat Maatga tegishli edi, ammo biz savolda qaysi qushning pati ekanligini so‘radik [“Emu”, “Emu tuyaqushi” javoblari qabul qilinmaydi. Chunki “Emu tuyaqushi” deyilsa-da, Emu aynan tuyaqush turi hisoblanmaydi va Emular Afrikada emas, Avstraliyada yashaydi[4]]
Izoh: Qadimgi Misr mifologiyasiga ko‘ra, Osiris tarozisining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqa pallasiga tuyaqush pati qo‘yilgan. Ushbu patning egasi esa haqiqat va adolat ma’budasi Maat bo‘lgan. Misr mifologiyasida aynan tuyaqush tanlanganligi ramziy ma’noga ega, ya’ni tuyaqush qanotlaridagi patlar o‘lchami jihatidan deyarli teng bo‘lganligi uning adolat timsoli sifatida qaralishiga sabab bo‘lgan.[5]
5 sinf darsliklari tarix
Bolalikda o‘qilgan asarlarning ta’siri umr bo‘yi insonga hamroh-hamnafas bo‘ladi. Yoshlikda xayolga o‘rnashgan tushuncha, tasavvurlar hamisha to‘g‘ri tuyuladi. Shuning uchun bolaning oq qog‘ozdek sof, toza ongu shuuri kitobda zikr etilgan haqiqatlarni hayratomuz bir tashnalik bilan o‘zlashtiradi, ularga umri davomida inonib yashaydi.
Shunday ekan, bugungi adabiyot darsliklari qay ahvolda? Ular bugungi davr talabiga javob bera oladimi?
Darsliklar yaratish mas’uliyatli va murakkab ishligini hisobga olsak, uzluksiz ta’lim tizimi uchun tayyorlangan darsliklar bir-birini takrorlamasligi, aksincha, mazmunan to‘ldirishi, o‘quvchi bilimini bosqichma-bosqich yuksaltirishga xizmat qilishi kerak. Hozirgi maktab darsliklari katta fundamental ish sifatida e’tirofga loyiq. Lekin darsliklardagi ayrim o‘rinlar xususida mulohazalar borki, ularni aytib o‘tishni lozim topdik.
Amaldagi 5–9-sinf adabiyot darsliklarida o‘quvchilar 67 nafar o‘zbek hamda jahon adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi, shuningdek, turli adabiy janrlar, badiiy tasvir vositalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. Har bir mavzu oxirida keltirilgan savol va topshiriqlar o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi…
Avvalo, adabiyot darsliklari o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va ruhiy dunyosiga mos bo‘lmog‘i kerak. Shuni inobatga oladigan bo‘lsak, 5—6-sinf o‘quvchilari hali turli o‘yinlarga qiziqadigan, har xil sarguzashtlarga boy ertak va rivoyatlarni eshitishni xush ko‘radigan, multfilmlarni tomosha qilib charchamaydigan yoshda bo‘ladi. Maqolani yozish jarayonida chet el adabiyot darsliklarini o‘rganib chiqdik. Masalan, 5—6-sinf rus bolasi Aleksandr Dyuma, Jyul Vern, Mark Tven, Ernest Seton-Tompson, Amadey Hofman, Lev Tolstoy, Aleksandr Pushkin kabi adiblarning bolalarbop sarguzasht asarlarini o‘qiydi. Ammo bizda…
To‘g‘ri, 5—6-sinf darsliklarida bolalarbop asarlar yo‘q emas. Lekin ularning safini kengaytirish lozim. Sababi, mana bir necha yilki, maktab o‘quvchilari Xudoyberdi To‘xtaboyev, Antuan de Sent-Ekzyuperi, Janni Rodari kabi sanoqli bolalar yozuvchilarining asarlarini o‘qishmoqda. Ushbu sinflarda o‘zbek yozuvchilaridan Nosir Fozilov, Erkin Malik, Anvar Obidjon, Qambar Ota hamda jahon adabiyotidan Lev Tolstoy, Aleksandr Pushkin, Ivan Krilov, Jyul Vern, Lafonten, aka-uka Grimlar, Sharl Perro, Amadey Hofman kabi ijodkorlarning bolalarga atalgan asarlaridan namunalar berish ayni muddao bo‘lardi.
To‘g‘ri, bu ijodkorlarning kitoblari nashr etilmoqda, maktab kutubxonalariga ham yetib borgan. Ammo hamma maktab kutubxonalari ham kitobga boy emas. Shu ma’noda aslida o‘quvchilar yuqorida zikr etilgan adiblarning asarlarini eng avvalo maktab darsliklari orqali bilib olishlari kerak deb o‘ylaymiz.
Adabiyot darsliklarida berilgan ijodkorlarning tarjimai holi haqidagi ma’lumotlar xususida to‘xtalib o‘tsak. Ayrim shoir-yozuvchilarning hayot yo‘li bayonida faqat ma’lumotbozlik bo‘y ko‘rsatadi. Ijodkor hayoti va ijodiga oid matnlarda sanalar, joy hamda asarlar nomi ko‘pligidan o‘quvchi tugul, hatto o‘qituvchi ham shoshib qoladi. Masalan, 5-sinfda Maqsud Shayxzoda, 6-sinfda Turob To‘la, 7-sinfda Mirmuhsin va O‘lmas Umarbekov, 8-sinfda Fitrat, 9-sinfda Furqat kabi ijodkorlar hayoti haqidagi ma’lumotlar shu qadar ko‘p va quruq holatda berilganki, bu o‘quvchini zeriktirishi, toliqtirishi, chalg‘itishi tabiiy.
Quyidagi iqtibosga e’tibor bering: «. yoshlar gazetasida adabiy xodim, O‘zbekiston davlat radioeshittirish qo‘mitasida muharrir va suxandon, O‘zbekiston davlat nashriyoti (O‘zdavnashr) muharriri, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida ssenariy bo‘limi mudiri, Respublika kinochilar uyushmasida kotib, Madaniyat vazirligi san’at ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Hamza nomidagi teatr direktori, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Adabiyotni targ‘ib etish markazi rahbari». Bu – shoir Turob To‘laning 6-sinf darsligining 1-qismi 27-sahifasida berilgan tarjimai holidan parcha. O‘quvchiga ijodkorning qaysi mansabda ishlagani emas, qanday asar yozgani, uning mazmun-mohiyati ahamiyatli (aslida bu yoshdagi bola bu lavozimlarning farqiga ham bormaydi).
Ayrim ijodkorlar haqidagi mavzular sinfdan sinfga o‘tarkan, hech o‘zgarishsiz, qo‘shimcha va to‘ldirishlarsiz ko‘chiriladi. Masalan, 6-sinfda keltirilgan Muqimiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni olaylik. Shoirning vafotidan keyin uning 4-5 ta to‘plami nashr qilinganini aytmasak, 5-sinf darsligida berilgan ma’lumotlar mazkur sinfda shundayligicha takrorlangan. Bundan tashqari, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov kabi ijodkorlarning ham tarjimai hollari o‘zgarishsiz, yangi ma’lumotlarsiz darslikdan-darslikka ko‘chib o‘tavergan. Keyingi nashrlarda bu qaytariqlar tuzatilishi maqsadga muvofiq.
Hazrat Alisher Navoiy – ma’naviyatimiz quyoshi, ulug‘ mutafakkir. Ul zoti sharifning ibratlarga to‘la hayot va ijod yo‘li maktabgacha ta’lim muassasalari hamda boshlang‘ich ta’lim jarayonidan yosh avlodga o‘rgatib kelinayotgani tahsinga loyiq. Lekin darsliklarda Navoiy haqidagi mavzular, bizningcha, tizimli ravishda berilmayapti. E’tibor bering, 5-sinfda ulug‘ shoir hayoti va ijodi haqida ikki sahifa, 6-sinfda esa bir sahifagina ma’lumot berilgan bo‘lib, barchasi umumiy gaplardan iborat. Vaholanki, 6-sinfda o‘quvchilar Navoiy haqida avvalgi sinfda berilmagan ma’lumotlarni o‘qishlari, ul zotning hayoti va ijodiga taalluqli yangi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak edi. Biroq, afsuski, bu masala na kitob mualliflari, na Respublika ta’lim markazi xodimlarini o‘ylantirayapti…
6-sinfdagi Navoiy mavzusidan keyin berilgan savol va topshiriqlar qismida «Alisher Navoiy siymosi aks etgan qanday badiiy kitob va boshqa san’at asarlarini bilasiz?» degan savol bor. To‘g‘ri, 5-sinfda adib Mirkarim Osim qalamiga mansub «Zulmat ichra nur» qissasidan parcha berilgan. O‘quvchilar, agar yaxshi o‘qigan bo‘lishsa, ushbu asarni aytishlari mumkin. Ammo 6-sinfning o‘zida shoir tarjimai holida bu haqda biror gap aytilmagan. Shunday ekan, o‘quvchi bu savolga qanday javob berishi mumkin?! Darslikning keyingi nashrlarida Navoiy siymosi aks etgan badiiy kitob va boshqa san’at asarlari haqidagi ma’lumotlar ham kiritilishi kerak (masalan, Oybekning «Alisherning bolaligi» asaridan parchalar berilsa, buyuk bobokalonimizni quruq faktlar bilan emas, badiiy tasvir orqali yaxshiroq tanitgan va o‘quvchilarda ul zotga nisbatan mehrni yanada oshirgan bo‘lardik).
Hozirgi o‘quvchilardan Navoiyning qaysi g‘azallarini bilasan deb so‘rasangiz, «Kecha kelgumdir debon. », «Ko‘rgali husningni zoru. » kabi g‘azallari, «G‘urbatda g‘arib. », «Zohid, sanga huru. » singari ruboiylarini aytishadi, xolos. Bizningcha, buning asosiy sababi bir necha yildan beri o‘zgarmasdan, shunda ham faqat 8-sinf darsligidagina berib kelinayotgan «dejurniy» she’rlar. Aslida darsliklarda Navoiy ijodidan namunalarning berilish tizimi ham munozarali. E’tibor bering: 5- va 6-sinflarda hazratning «Hayrat ul-abror» va «Mahbub ul-qulub» asarlari, 7-sinfda «Sab’ai sayyor» dostonidan parcha, 8-sinfda bir turkum g‘azal hamda qit’alari, 9-sinfda esa «Farhod va Shirin» dostonidan parchalar berilgan. Nega butun bir avlod faqat 8-sinfda akasi, opasi, amakisi, xolasi yodlagan g‘azallarni yodlashi kerak!? Axir hazrat Navoiyning o‘zbek tilida yozilgan 2600 dan oshiq g‘azali bor-ku! Shuning uchun har bir sinf darsligiga shoir g‘azallari-yu ruboiylaridan, qit’alari va tuyuqlaridan namunalar hamda ularning tahlillarini kiritish lozim.
7-sinfda «Sab’ai sayyor» dostonidan parcha berilgan. Bizningcha, birinchi galda asar nima uchun «Yetti kezuvchi» deb nomlangani, uning asosiy syujeti va mazmun-mohiyati haqida o‘quvchiga tushuncha berilishi kerak edi. Ammo bu asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, tuzilishi haqida bir jumla ham ma’lumot berilmagan. Shoir hayoti haqidagi ma’lumot tugashi bilan «Beshinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofirning dostonorolig‘i» deb Mehr va Suhayl haqidagi voqealar boshlanib ketgan. Aslida bu asar shoh Bahrom hamda uning husn va tafakkurda tengsiz bo‘lgan yori Dilorom haqida bo‘lib, Bahromning shoshqaloqligi va kaltabinligi oqibatida Diloromdan ayrilgani, Bahromni chalg‘itish uchun turli rangdagi yettita qasr qurilib, yetti kecha unga turli rivoyatu afsonalar aytilgani, Mehr va Suhayl haqidagi rivoyat beshinchi kecha – chorshanba kuni moviy qasrda bir jahongashta sayyoh tomonidan aytilganini o‘quvchilar Navoiyni o‘qishni o‘zi ham ma’naviy burch deb bilgan o‘qituvchisi bo‘lsa, biladi… Bo‘lmasa, bilmay ulg‘ayaveradi (o‘quvchilardan «Sab’ai sayyor» qanday asar deb so‘raganingizda, Mehr va Suhayl haqida deyishsa, hech ajablanmang!).
…Darslik yaratish mushkul ish. Buning uchun katta bilim va salohiyat, mehnat talab qilinadi. Shu bois kitoblar bir nechta kishidan tarkib topgan jamoa tomonidan yoziladi. Amaldagi darsliklarning mualliflari ham taniqli, chuqur bilimga ega bo‘lgan adabiyotshunos olimlar. Darsliklar 4-5 yilda yangilanadi (oxirgi o‘n yillikdagi yangilanishlar unchalik farq qilarli darajada emas). Ammo mualliflar o‘zgarmaydi. Bizningcha, maktab darsliklarini tuzadigan mualliflar tarkibini qayta shakllantirish, to‘ldirish kerak. Bu bilan hozirgi darsliklarning muallifi bo‘lgan hurmatli olimlarimizni qatordan chetlatish lozim demoqchi emasmiz. Faqat kitoblarning saviyasini yuksaltirish va mundarijasini yanada boyitish uchun mualliflar safini kengaytirish tarafdorimiz, xolos. Dunyoni teran anglaydigan, uyg‘oq fikrli kitobxonlarni tarbiyalash adabiyot ta’limining birlamchi vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlari, adabiyotshunoslikning yangi so‘zi asosida zamonamizning yuksak sur’ati va shiddatli tafakkuriga munosib bo‘lgan mukammal darsliklar yaratish lozim.
Shuni inobatga olib, darslik yaratishga adabiyotning turli sohalari – nasr, nazm va dramaturgiya yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan, turli oliy o‘quv yurtlarida adabiyotdan saboq berayotgan, adabiyot o‘qitish metodikasi bilan muntazam shug‘ullanayotgan yuksak salohiyatli fan doktorlari va professorlarni ham jalb qilish lozim. Bunday deyishga ham sabab bor. 9-sinf adabiyot darsligida mumtoz adabiyot vakillaridan Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat kabi ulug‘ shoirlar bor. Ammo darslik mualliflari safida na navoiyshunos, na boburshunos, na ogahiyshunos, umuman olganda, mumtoz adabiyot olimlari bor (yoki darsliklarda berilgan xalq og‘zaki ijodiga doir namunalar – turli xalq qo‘shiqlari, maqol va topishmoqlar, dostonlarning tahlilida ham folklorshunos olimlarning ko‘magidan foydalanish mumkin edi. ).
Agar ushbu darslik mualliflari navoiyshunos olimlarni ijodiy hamkorlikka chorlab, birga ishlaganlarida edi, «Farhod va Shirin» dostonidagi «Mashaqqatdin yigitni el qori der / Ki, qozilmish iki-uch yuz qori yer» bayti «Mamlakatdin yigitni el qari der / Ki, qozilmish iki-uch yuz qari yer» deb tushunarsiz holda darslikka kiritilmasdi. Yoki bo‘lmasa, 5-sinfda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi mavzuda shoirning «Hajringda bu tun ko‘ngilda qayg‘u erdi / Vaslingga yetishmadim, jihat bu erdi / Ohim tutuni birla ko‘zimning yoshidin / Yo‘l balchiq edi, kecha qorong‘u erdi» ruboiysining oxirgi ikki misrasi shunday izohlanadi: «Keyingi ikki satrda shoir hazil-mutoyibaga o‘tadi. Fojia hazil bilan beriladi. ». Bizningcha, bu yerdagi holatni fojia deyish va shoirning izohini mutoyibaga yo‘yish to‘g‘ri emas. Oh tutun kabi atrofni zim-ziyo qilishi, ko‘zidan oqqan tinimsiz yosh sabab hammayoq loy-balchiq bo‘lishi – mubolag‘a, bo‘rttirish san’atidir…
Adabiyot darsliklarida bir qancha ilmiy-uslubiy, imloviy xatolar ham mavjudki, ularni tuzatish maqsadga muvofiqdir. Quyidagilarga e’tibor bering:
- 5-sinf darsligida Imom Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» kitobi to‘g‘risida fikr yuritilib (31-bet), ushbu kitobga 600 ming hadisdan 7397 ta hadis kiritilgani aytilgan. 7-sinf «O‘zbekiston tarixi» darsligining 102-betida «Al-jome’ as-sahih»ga kiritilgan hadislar soni 7275 ta deb ko‘rsatilgan. Bir necha yil bo‘ldiki, bu tafovut hech kimning e’tiborini tortmadimi, shundayligicha qolayotir. Faraz qiling, oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonidagi abituriyentga ona tili va adabiyot, tarix hamda chet tilidan iborat testlar to‘plami keldi. Ikki fandan tuzilgan testlarda ham bir xil – Imom Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih» kitobiga qancha hadis kiritilgan degan savol berildi deylik. O‘z-o‘zidan ma’lumki, abituriyent ikkala fan kitobida qanday yozilgan bo‘lsa, o‘shani belgilaydi.
Xo‘sh, o‘quvchilarni chalg‘itayotgan ma’lumotning aslida qay biri haqiqatga yaqin? Bu savolga javobni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti tomonidan 2017 yilda nashr qilingan «Islom» ensiklopediyasidan topamiz: «Undan («Al-jome’ as-sahih»dan – H.M.) Imom Buxoriy tomonidan to‘plangan 600 mingga yaqin hadis orasidan ishonchli hadislar sifatida tanlab olingan 7275 hadis (takrorlanadiganlari bilan birga) joy olgan. To‘plamda takrorlanmaydigan hadislar soni 4000 dan iborat» (415-bet). Ushbu ensiklopediya bir necha tarixchi olimlar, islomshunoslar, diniy ulamolar tomonidan tayyorlangan. Demak, hadislarning 7275 taligi haqiqat. Shunday ekan, 5-sinf adabiyot darsligining keyingi nashrida bu ma’lumot to‘g‘rilanadi degan umiddamiz.
- 5-sinf adabiyot darsligining 2-qismida Alisher Navoiy 90 yoshli Lutfiy bilan ko‘rishganida 12 yoshda ekani aytiladi. Hazrat Navoiyning tug‘ilgan yilidan kelib chiqsak, bu voqea 1453 yilda yuz bergan. 8-sinf adabiyot darsligida Lutfiyning tug‘ilgan sanasi 1366 yil deb ko‘rsatilgan. 1366 ga 90 ni qo‘shsak, 1456 hosil bo‘ladi. Demak, bu ma’lumotda ham tafovut bor.
- 5-sinfda turli afsona va rivoyatlardan iborat hind eposi sifatida «Panchatantra» va «Kalila va Dimna» alohida asarlar sifatida sanab o‘tilgan. 8-sinfda esa u bitta asar sifatida izohlangan: «. sanskrit tilida mashhur «Panchatantra», ya’ni keyinalik «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi» (72-bet). 8-sinfdagi ma’lumotga tayanilsa, ikkala asar bitta ekanligi oydinlashadi. Ko‘rinib turibdiki, bu ma’lumotlar ham bir-birini inkor qiladi.
- 6-sinf darsligining 1-qismida Turob To‘laning «Yetti zog‘ora qissasi» asaridan olingan «Do‘nan» nomli parchaning hajmi to‘rt sahifa. Ammo hikoya tahlili undan katta – olti sahifani egallagan. Bizningcha, tahlilning haddan ziyod ko‘pligi o‘quvchining fikrlashi uchun imkon qoldirmaydi.
- 6-sinfda G‘afur G‘ulomning «Shum bola» qissasi berilgan bo‘lib, mavzu oxirida shunday savol keltirilgan: «Adabiy asar asosida yaratiladigan kinofilm yoki spektakllar o‘sha asar bilan bir xil bo‘lishi kerak deb hisoblaysizmi? Kinofilm va qissaning o‘ziga xos hikoya yo‘sinini solishtirishga harakat qiling». 12 yoshli bolaga bunday savol bilan murojaat qilish to‘g‘rimikan?!
- 9-sinfda berilgan «Farhod va Shirin» dostonida ham mazmunga putur yetkazadigan bir qancha imloviy xatolar bor. Masalan: «Bu farni hodiyi baxt yetgach irshod, Ravon shahzoda otin qo‘ydi Farhod» (aslida «Bu farni hodiyi baxt etgach irshod, Ravon shahzoda otin qo‘ydi Farhod»); «Bu jalvalkim, chekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda» (aslida «Bu jadvalkim, chekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda»); «Ne imkonim qaror o‘lg‘ay ko‘ngulga, Tasalli oshkor o‘lg‘ay ko‘ngulga» (aslida «Ne imkonkim qaror o‘lg‘ay ko‘ngulga, Tasalli oshkor o‘lg‘ay ko‘ngulga»).
- Xuddi shu – 9-sinfda mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti haqidagi mavzuda «Shoirning to‘yi», «Chapaklar va chalpaklar mamlakatida» nomli asarlar muallifi sifatida «A.A’zam» ko‘rsatilgan. Zamonaviy o‘zbek adabiyotidan boxabar bo‘lgan kishi bu asarlar Ahmad A’zam emas, Erkin A’zam qalamiga mansubligini biladi.
- 5-sinfda Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodidan keyin berilgan topshiriqlarda shunday savol bor: «Tab’i aybjo‘ylik bo‘lsa agar bas, Tovus oyog‘idan boshqasin ko‘rmas» satrlari ma’nosini tushuntirib bering». Xo‘sh, 12-13 yoshli bola shu savolga javob topa oladimi? Aslida Shayx Sa’diyning asarlaridan olingan she’riy parchalarni birinchi galda tahlil qilish, o‘quvchilarga soddaroq tilda tushuntirish lozim edi. Ammo mualliflar bu ishni zimmasidan chetlatib, yuqoridagi kabi savollar bilan o‘quvchini o‘ylantirib qo‘yishmoqda.
- 9-sinf adabiyot darsligining so‘nggi mavzusida mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti haqida so‘z yuritilib, bir o‘rinda shunday deyiladi: «Milliy poeziyamiz tarixida ikkigina so‘zdan iborat she’r hech qachon bo‘lmagan. Faxriyor shunday she’r yozdi. …odamga o‘zgacha tuyg‘u baxshida qiladigan tugal she’r yaratilgan». Muallif nazarda tutayotgan bu «ikkigina so‘z» aslida taniqli shoir Faxriyorning «Ayolg‘u» dostonidan («Ayolg‘u». T.: «Sharq» NMK bosh tahririyati, 2000 yil, 166-bet) olingan «Oy bolta» jumlasi bo‘lib, muallif(lar) uni o‘zbek adabiyotida yaratilgan eng qisqa she’r deb e’tirof etib, o‘quvchilarda she’r haqidagi tushunchalarni boshqa o‘zanga burib yuboradi. Ko‘pchilik o‘quvchilar va abituriyentlar bilan bo‘lgan suhbatlarda ma’lum bo‘ldiki, yuqoridagi jumla «tuturiqsiz jumla», muallif esa «g‘alati shoir» (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti yotoqxonasida Faxriyor bilan bo‘lgan bir uchrashuvda hatto bo‘lajak filologlar ham «shuyam she’rmi, o‘zicha yangilik qilaman deb xohlagan ikkita so‘zni yozsa she’r deb yurish nima degan gap?» deganlarini eshitganman. Hatto shoirning o‘zi ham bir suhbatda «darslikdagi shu gap chakki bo‘lgan-da» deganiga o‘zim guvohman). Demak, darslikdagi bu tahlil o‘quvchilarni zamonaviy she’riyatdan, zamonaviy ijodkorlardan uzoqlashtirishga sabab bo‘layapti…
Shu o‘rinda yana bir muhim masalaga to‘xtalsak. Til va adabiyot sohasining ham ilmiy, ham amaliy jabhasi bo‘lgan muassasalar – O‘zbekiston fanlar akademiyasi tasarrufidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti nega darslik yaratish jarayoniga jalb qilinmaydi? Kelajak egalarining tafakkurini rivojlantirish va ularning ko‘ngliga ezgulik hamda to‘g‘rilik urug‘larini qadashda, nahotki, sanoqli mutaxassislarning maqolalari-yu taqrizlari yetarli bo‘lsa?! Bizningcha, bu ishda ko‘pchilik bo‘lib, bahamjihat ishlagan ma’qul.
. Yaqinda oliy o‘quv yurtiga kirish uchun repetitorga qatnayotgan bir yigit bilan suhbatlashib qoldim. Adabiyot sohasiga yaqinligimni bilib, «Hozir ham tirik shoirlar bormi?» deb qoldi. Daf’atan kulib yubordim. Kulganimdan xijolat bo‘ldimi, «To‘g‘ri-da, darslikdagi hamma shoirlar vafot etgan. Hozir ham yashab ijod qilayotganlari kiritilmagan demoqchiman», — dedi. Bu gapdan keyin esa kulolmadim, aksincha, ich-ichimdan xo‘rsindim. Negaki, bu yigit darslikka qarab, bugungi kunda adabiy asarlar yaratilmayapti, boshqa shoir-yozuvchi yo‘q ekan degan xayolga borayotgani hammani ham o‘ylantirishi tayin. Afsuski, bunday yoshlar (abituriyentlar) ko‘plab topiladi. «Bularning hozirgi adabiy jarayondan uzoqligiga o‘zlari aybdor, gazeta-jurnal o‘qishmaydi, televideniyedagi badiiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni ko‘rishmaydi» deydiganlar ham topilsa kerak. Balki shundaydir. Yaxshiyam oliy o‘quv yurtlaridagi kirish imtihonlarida ona tili va adabiyot fani qo‘yilgan, ko‘pchilik yoshlar test uchun bo‘lsa-da, shoir-yozuvchilarimizning hayoti va ijodini o‘qib, yodlashmoqda…
Adabiyot darsliklari bugungi adabiyot, adabiy jarayon darakchisi bo‘lishi ham kerak. Biroq… Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zam, Xayriddin Sultonov, Yo‘ldosh Eshbek, Usmon Azim, Xurshid Davron, Azim Suyun, Mirza Kenjabek, Xurshid Do‘stmuhammad, Eshqobil Shukur, Sirojiddin Sayyid, Nazar Eshonqul, Iqbol Mirzo, Shoyim Bo‘tayev, Nabi Jaloliddin, Luqmon Bo‘rixon, Isajon Sulton, shuningdek, marhum ijodkorlardan Muhammad Rahmon, Matnazar Abdulhaqim, A’zam O‘ktam, Ravshan Fayz kabi shoir-yozuvchilarning borligi, ularning ajoyib asarlari o‘zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari ekanligidan bexabar avlodning ko‘pligiga ham ayni shu hol – maktab darsligida zamonaviy o‘zbek adabiyoti vakillarining yo‘qligi sabab bo‘layotir (to‘g‘ri, akademik litseylarning 3-bosqich adabiyot darsligining oxirgi bo‘limida mustaqil o‘qish uchun hozirgi adabiy jarayon vakillari asarlari berilgan. Ammo bular ham o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o‘qilmaydi. Sababi bo‘limning nomidan bilinib turibdi: mustaqil o‘qish uchun! Shuning o‘zi ham hozirgi davr ijodkorlarini maktab darsliklariga kiritish zaruriy holga aylanganini ko‘rsatadi).
Bundan tashqari, Shukur Xolmirzayev, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon kabi ijodkorlarning yurt va millatni sevishga undaydigan, erk va ozodlik kabi muqaddas tuyg‘ularni bosh g‘oya sifatida aks ettirgan asarlari negadir darsliklardan tushib qoldi. Ularning o‘rniga Saida Zunnunova, Xayriddin Saloh, Turob To‘la, Mirmuhsin kabi ijodkorlar kiritildi. Ochig‘ini aytish kerak, olib tashlangan ijodkorlar yangi kiritilganlardan ijodi jihatidan yuqori bo‘lsa yuqoriki, aslo kam emas. Aytmoqchi bo‘lganimiz shuki, milliy adabiyotimiz darajasini ko‘rsatib turuvchi darsliklarga asarlari badiiy barkamol bo‘lgan shoir-yozuvchilarni kiritish kerak (to‘g‘ri, 9-sinf darsligining oxirgi mavzusida mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti haqida muxtasar ma’lumot berilgan. Ammo ushbu mavzu may oyining oxirlariga to‘g‘ri kelishini inobatga olsak, bu mavzuning o‘tilishi gumon (ushbu mavzu matni mustaqillik davridagi o‘zbek adabiyotining ahvoli haqida xorij jurnalida e’lon qilish uchun yozilgan taqrizga o‘xshaydi: muallif va asar nomlari ko‘p, umumiy gaplardan iborat). Qolaversa, o‘quv yili oxirida darslar ta’til kayfiyatida o‘tilishi sir emas. Ayniqsa, 9-sinf o‘quvchilari bitiruv imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rib, nafaqat adabiyot, balki boshqa fanlarni ham diqqat bilan o‘qib, o‘zlashtirishmaydi. Shuning uchun hech bo‘lmaganda 7-, 8-, 9-sinflarda yuqorida nomlari sanab o‘tilgan ijodkorlarning hayoti va ijodini yoritish ayni muddao bo‘lar edi).
…Yuqoridagi barcha fikrlarga oddiy bir kitobxonning mulohazalari deb qaralishini istardik. Biz darsliklar mualliflarini tanqid qilish, ularning kamchiliklarini ko‘rsatish yoki ularga aql o‘rgatish niyatidan yiroqmiz. Ushbu fikrlar taklif sifatida qabul qilinib, agar ma’qul bo‘lsa, keyingi nashrlarda e’tiborga olinadi degan umiddamiz.
Husan Maqsud