Shohbozbek Dolimov. Maqsad. T
Aminmanki, “Maqsad” ning hamkasblari va chet elda ta’lim
olmoqchi bo’lganlar. Shoxbozbek Dolimovning izohli kitobi o’zbek
adabiyotiga «avtobiograiya yozish» yozuvini kiritishi va o’qishi
kerak emas. Agar shunday bo’lsa, sizning blogingizga, Shohbozbek
Dolimovga birinchi yaxshi blogger, yordam beradigan
“avtobiograiyalar chellendje” kabi odamlarga aylanadi.
Shoxbozbek Dolimovning yoki Shaxaning keyingi ijodlariga omad
tilab qolaman.
«Musoirnoma» romanining muallii, Temur Malik
5
Шоҳбозбек Долимов: Мақсад
Шоҳбозбек Долимов Ёрқинбек ўғли 1994 йил 16 феврал куни Тошкент шаҳар Мирзо Улуғбек туманида таваллуд топган. Лицейни тамомлагач 2012 йил Япониянинг Беппу шаҳрида жойлашган Ритсумеикан Осиё Тинчлик университетига грант асосида бакалавр босқичини ўқиш учун жўнаб кетади. 2016 йил Норвегиянинг Осло шаҳрида жойлашган BI Norwegian Business School ига грант ютиб олиб магистратурани давом эттириш учун жўнаб кетади. Магистратурани муваффақиятли тамомлаб, ҳозирда Менежер Маркетолог лавозимида ишлаб келмоқда.
“Мақсад китобимни ёзишимдан мақсад бу Япония ва Норвегия мамлакатларида кўрган қийинчиликларим ва уларни қандай бартараф этганим, чет эл мамлакатларига нотўғри фикрда чиқиб кетаётган ёшларни олдиндан шу ҳаётга тайёрлаш ва ёшларни ўз-ўзига бўлган ишончини ошириш” дейди у.
Китоб ҳақида маълумотлар:
Чоп этилган нашриёти: “Замин нашр”
Чоп этилган йили: 2019
Муқоваси: Юмшоқ
Бетлари сони: 128
Характеристики
Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан
Shohbozbek Dolimov. Maqsad. T
Shohbozbek
Dolimov
MAQSAD
UO’K – 910.4(100)
KBK 26.89(0)
D 69
Shohbozbek Dolimov. Maqsad. T.: Zamin nashr
nashriyoti 2019.
Shoxbozbek Dolimov Toshkent shahrida tug’ilgan. Hozirgi yoshi
25-da bo’lganiga qaramay ko’p chet davlatlardagi oliygohlarda
ta’lim olishga ulguribdi. Yaponiyadan boshlab to Norvegiyagacha.
O’zini boshidan kechirganlarini va ona-yurtdan olisdagi hayotning
qiyinchiliklarini «Maqsad» deb nomlangan kitobida avtobiografk
shaklda yozgan.
ISBN 978-9943-5892-0-9 «Zamin nashr» nashriyoti 2019.
3
Do’st fkri
Ilk bor Shohbozbek Dolimovning ijodi bilan 3 yil oldin tanishgan
edim.U paytlar men ham chet davlatda ta’lim
olayotgandim.Uyimni juda sog’inganimda Shohbozbekning
ijtmoiy ko’rardim.qayta-qayta Shuncha vaqtdan keyin yo’llarimiz
kitob sohasida to’qnashib qoladi deb tasavvur ham
qilmagandim.Menga Shaxa (uni shunday deb atardim)ning kitobi
boshimdan o’tgan voqealarni yana yodimga soldi.Haqiqatdan
ham ko’pchilik chetda oʻqishni bir kata baxt deb tasavvur
qiladi.Chet davlatda alohida kvartrada yakka bir oʻzi turibi
restoranlarda ovgatlanibi har dam olish kunlari u-bu joyga aylanib
dam olib kelibi brand kiyimlarni faslga qarab alishtrib kiyibi oʻziga
hech narsa taqiqlamay yashash boshqai o’qish-ish-uy» uchburchak
qafasidan chiqmayi qorni to’ymayi bir xonada bir necha kishi
yashabi har doim asabiy bo’lib yashab yurish boshqa.Biroq
odamlar bu haqiqatga ishongilari kelmaydi.Qolaversai bu odam
tarmoqdagi videolarini haqiqatni aytgan haqida hech narsaga
erisha olmaganda» deb ichida o’ylashadi.O’qishini bitribi vataniga
qaytb.«Bu.o’ziikelganlarniahmoqqaBugungikundagi
turlixil
«Falonchi edukeyshn.uz»deganchetdavlatga o’qishga jo’natsh
bilanshug’ullanayotgan xususiy tashkilotlar ham shu haqiqatni
bo’lajak talabalarga tushuntrsai chakki bo’lmas edi.Lekin afsuskii
bu juda kata biznesga aylandi va hamma tashkilotlar ham insof
bilan ish yuritayotgani yoʻq.esa chiqarishadi.
4
Aminmanki, “Maqsad” ning hamkasblari va chet elda ta’lim
olmoqchi bo’lganlar. Shoxbozbek Dolimovning izohli kitobi o’zbek
adabiyotiga «avtobiograiya yozish» yozuvini kiritishi va o’qishi
kerak emas. Agar shunday bo’lsa, sizning blogingizga, Shohbozbek
Dolimovga birinchi yaxshi blogger, yordam beradigan
“avtobiograiyalar chellendje” kabi odamlarga aylanadi.
Shoxbozbek Dolimovning yoki Shaxaning keyingi ijodlariga omad
tilab qolaman.
«Musoirnoma» romanining muallii, Temur Malik
5
KIRISH O’RNIDA
Har kim hayotni oʻzicha tasavvur qiladi. Boks ustasi uni ringga,
futbol ustasi esa sinov maydoniga solishtiradi. Qaysi birida
bo’lmang, muvafaqiyatga erishish uchun qiyinchiliklar
shohsupasidan oʻtishingizga to’gʻri keladi. Boks ustasi raqibini
yengishga harakat qilsa, futbol ustasi raqiblarini aldab o’tib,
darvozaga to’p kiritishga intiladi. Ikki sport turida ham kutilmagan
zarbalar va vaziyatlarga duch kelasiz. Ba’zida bularga tayyor
bo’lamiz, ba’zida esa yoʻq. Men hammasini – zarbalar kelayotganini
bila turib, mas’uliyatsizlik qildim. Mas’uliyatsizlik qilganim
yetmagandek, hato zarbalarga tayyorgarlik ham koʻrmadim.
Yaponiyadan Osloga (Norvegiya poytaxtii kelganimda nihoyatda
tushkunlikka tushib qoldim. Yaponiyada oʻqib yurgan kezlarim
yaponlar bilan do’stligimiz Yaponiyaga ko’nikib ketishimga ancha
yordam bergan edi. Norveglar – umuman boshqa dunyo. Ularning
yurtiga muhojir sifatida tashrif buyursangiz, ularning
munosabatlari sizga umuman yoqmagandek tuyulishi mumkin.
Nega deysizmi? Norveglar notanish inson bilan tezda chiqishib
ketaveradigan xalqlardan emas. kamgap, qoʻpol tuyulishi mumkin,
lekin bu degani notanish insonga nisbatan yomonligi bor degani
emas. Oddiygina biror notanish inson bilan do’st tutunish uchun
norveglarga ozgina vaqt kerak, xolos.
6
Menga ham xuddi shunday boʻlgan. Boshida kursdoshlarim bilan
doʻst tutunishga rosa harakat qildim lekin negadir uddasidan chiqa
olmadim. Keyinchalik amin boʻldimki, bu ularning oddiygina
tabiati, xolos. Hozirda juda ham norveg doʻstlarim ko’p va
ishonasizmi ular bilan doʻst boʻlib olganin- gizdan soʻng, norveglar
juda sodiq doʻst boʻlishadi. Sizni aldamaydi, orqangizdan
gapirmaydi va boshqalarni ham gapirishiga yoʻl qo’ymaydi,
aybingiz- ni sharta yuzingizga aytadi. Lekin bu yerga birinchi
marta kelgan men bu narsalarni oʻgc’mon qayerdan ham bilay?
Shu tufayli magistraturaning boshlangʻich davrida juda yolgʻizlanib
qoldim. Har kuni oʻqishdan soʻng itnes klubga borishni odat
qildim. Oʻzimni shunday ovuntirmasam boʻlmas edi. Lekin bora-
bora oʻqish, itnes klub, uy hayotidan ham zerika boshladim. O’sha
paytdagi ovunchoqlarimdan biri – bu YouTube sosial tarmogʻi edi.
Har kuni uyda YouTube tarmogʻiga kirib, oʻzim yoqtirgan video
bloggerlar hayotini kuzata boshladim. YouTube dunyodagi videolar
joylashgan eng kata tarmoq hisoblanadi. Har yili bu tarmoqqa ikki
milliardga yaqin foydalanu- chi kirib, video tomosha qiladi.
Videolarni yuklab boruvchilar video blogger yoki vloggerlar deb
ataladi. Video blogger oʻz kanaliga videolar yuklab boradi. Har bir
kanalning oʻziga yarasha muxlisi yoki obunachisi boʻladi. Bu yerda
obunachilar bilan muloqot qilish, video ularga yoqqan-
yoqmaganligini ko’rib borish mumkin. Oʻzim yoqtirgan video
bloggerlarni hayotini koʻrgan paytlarim hayotimda boʻlayotgan
muam- molardan yiroqlashgandek boʻlar edim. Ba’zilariga esa juda
kata muxlis boʻlib qolgandim. Yaponiyadan kelayotgan vaqt oʻzim
bilan Canon EOS M3 rusumli kamera xarid qilgan edim.Internetda
Norvegiyaning ajoyib tabiatini koʻrib mabodo oʻsha yerlarga
7
borsam, video va rasmlar olaman degan maqsadda.Shu kameram
video olishga juda qulay va ba’zida “men ham oʻzbek tilida
YouTubega videolar qo’ysam, odamlarga qiziq boʻlarmikan?”
degan xayollar bilan yurardim. Xalqimizda “O’ychi o’ylaguncha
tavakkalchi ishini bitiradi” degan naql bor. Men ham o’ylab
oʻtirmasdan 2016-yil 6-noyabr kuni YouTubeda oʻz shaxsiy
kanalimni ochishga muvafaq boʻldim. Xorijiy mamlakatlarga
sayohat qilganim tufayli turli davlatlar, xalqlar hayoti, turmush
tarzi haqidagi qiziq ma’lumotlarni video shaklida yuklashni
boshladim. Tez orada obunachilarim soni 100ga, 1000ga, bora-
bora 10 000 nafarga yetdi. Joylayotgan videolarim muxlislarim
tomonidan juda ijobiy qabul qilinar, men esa kunu tun videolar
qoʻyishda davom etardim. Oilaviy muammolar tufayli yoshligimda
menga e’tibor koʻproq buvim va buvam tomonidan kelgan. Ota-
onamdan e’tibor deyarli boʻlgaman. Shuninguchunmi bilmadim,
virtual hayotdan kelayotgan olqishlar meni butunlay sehrlab
qo’ygandek edi. Oʻqishimga vaqt ajratolmay qoldim. Aniqrogʻini
aytsam, Norvegiyaga aslida nima uchun kelganimni ham
unutgandim.Magistraturaga 100 % grant yutib olganim hali ham
esimda.Ota-onamning tabassumi, do’stlarim- ning, hatoki ingliz
tili ustozimning havas qilishgani menga bitmas-tuganmas faxr
bagʻishlagan edi.Dadam hamma oʻg’aynilariga koʻkrak kerib, “Meni
oʻg’limdunyoning eng nufuzli universitetiga 100 % grant asosida
kirdi” deganlarichi. Magistratura ikki yil muddatda bo’lib, mazkur
grantning ham oʻziga yara- sha shartlari mavjud edi. Eng muhimi –
baholarimni eng kami B (bizdagi 4 bahoga toʻgʻri keladii darajada
saqlab qolishim kerak edi. Afsus, unday boʻlmadi. Men YouTubeni
va undagi obunachilarimni afzal koʻrdim. Shunday qilib, birinchi
bosqichni juda yomon koʻrsatkich bilan yakunladim, natijada
8
grantimni boy berib qo’yishim mumkinligiga amin boʻla boshladim.
Endi men oʻz ehtiyojlarimdan tashqari qoʻshimcha 12 ming AQSH
dollari topishim kerak edi. Yana hech narsa bo’lmagandek, ta’tilda
Oʻzbekistonga ota-onamni koʻrishga jo’nab ketdim. Men bu haqda
bir necha bor ota-onamga aytishga urindim, lekin jur’atim
yetmadi. Nima boʻlsa boʻlar deb, Norvegiyaga qaytib keldim.
Menda talabalik vizasi mavjud boʻlib, uni har yili yangilab turish
kerak. Har yili o’qishda erishgan yutuqlaringiz, olgan baholaringiz
va yana bir yil yashash uchun yetarli pul (o’sha payt 13 ming AQSH
dollarii borligini isbotlay olsangizgina, vizani yangilab berishardi.
Menda esa na yaxshi baho, na erishgan yutuq, na yashash uchun
pul va na o’qish puli (o’sha payt 12 ming dollar atroidai bor edi.
Oldimda Xitoy devoridan ham balandroq toʻsiq turar va bundan
narvonsiz oʻtishimga toʻgʻri kelardi. Men esa muammoni bartaraf
qilmasdan undan qochishga urundim. Oʻzbekistondan
qaytganimdan soʻng, grantimni yoʻqotdim. Menga vizamni
yangilab berilmasligi aniq boʻldi. Kompyuterimni ochdimda
tavakkalqilib, Yaponiyaning Tokiyo shahrida joylashgan Soiya
Universitetiga hujjatlarimni topshirdim. Oʻqishga kirishimga
ishonchim komil boʻlsa-da, lekin muammolarimni hal qilmasdan
qochib ketayotgan- dek, ya’ni qoʻrqoqlik qilayotgan edim.
Yaponiyaga qayta topshirishimni oʻziga yarasha sabablari bor.
Birinchidan, Yaponiya men uchun “komfort zona” dek edi,
ikkinchidan, boshqa davlatga topshirib oʻzimga kata “risk” olishni
xohlamadim, uchunchi- dan, Yaponoyaga qaytib borsam tezda
joylashib, hatoki ish topib ketishimni bilar edim. Mashhur
milliarder Dan Penaning bir gapi bor: “Sen menga do’stlaringni
koʻrsat va men senga kelajagingni aytib beraman”. Norvegiyada
men uchun qadrli boʻlib qolgan vatandoshim Bekzod aka istiqomat
9
qilardilar. Bekzod akaning kasblari koʻz doktori boʻlib, mendan
hozirgacha beminnat yordamlarini ayamaganlar. Kasalni shuncha
yashir- ganim yetar, Bekzod akaga muammoni aytishga qaror
qildim. Bekzod akam o’limdan boshqa hamma narsaning chorasi
borligini, Yaponiyani zaxira sifatida saqlab goʻyishimni ta’kidlab,
oldimda tur- gan muammolarning yechimini topishda yo’l-yo’riq
koʻrsatdilar. Bekzod aka toʻgʻrisini yuziga qoʻrqmas- dan
aytadiganlardan. Bu narsalarni men boshida kalandimog’likdek
qabul qilgan edim, lekin hozir bilsam, bu narsalarni menga yaxshi
boʻlsin deb ayt- gan ekan. Norvegiyaga kelib erishgan narsalarim-
ning koʻpiga Bekzod akamning o’rinlari juda kata. Norvegiyada
maoshlar boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori, qatq ishlab
toʻlab yuborsa boʻladiku, deb aytishingiz mumkin. Lekin Norvegiya
qonunlariga koʻra, har bir talaba hafasiga 20 soatdankoʻp ishlashi
mumkin emas. Bunday narsalarni hukumat juda qatq nazoratga
olgan. Mabodo, 20 soatdan ko’p ishlaganimni bilib qolishsa, meni
zudlik bilan davlatdan chiqarib yuborishlari mumkin. Norvegiyada
aholining 90 %i karta bilan savdo qilishadi. Oddiygina saqichni ham
shu kartangiz bilan xarid qilishingiz mumkin. Qogʻoz pul
ishlatadiganlar soni juda kamchilikni tashkil qiladi. Nima
demoqchiman? Sizga beriladigan oylik hammasi sizning bank
raqamingizga tushadi. Sizga oylik tushgan payt hukumat soliqni
avtomatik tarzda yechib oladi. Bu degani sizga necha pul topyabsiz
va necha soat ishlayabsiz, hamma-hammasi hukumat nazoratida
boʻladi.
Qogʻoz pul bilan oylik toʻlash birinchidan jinoyat, ikkinchidan
bunday korxonalar deyarli yoʻq. Shu kunlarning birida, men Nigina
degan qiz bilan tanishdim. Niginaning xayolida men Norvegiyaga
grant yutib kelgan, o’z kelajagini qurishga tinimsiz harakat
10
qilayotgan kishi edim. Lekin Yaponiyaga hujjat topshirganim,
yaqinda Norvegiyadan ketishim, grantimni yoʻqotganim va boshqa
gaplardan uning umuman xabari yoʻq edi. Negadir bilmadim, shu
qizni uchratganimdan so’ng uzoq davom etgan tushkunlikdan
asta-sekin chiqa boshladim. Muammolarim hal boʻlmasa-da,
koʻnglim xotirjamlashib, kelajakka ishonch paydo boʻlayotgan edi.
Xalqimizda “kasalni yashirsang, isitmasi oshkor boʻladi” degan
maqol bor.Va nihoyat, bu haqida Nigina bildi va shuncha
muammolarni yashirganim uchun mendan juda qatq xafa boʻldi.
Xayolimdamen endi unga keragi yoʻqdek edim, lekin u men bilan
bir yoqadan bosh chiqarib kurashishga kirishdi. Eng qizig’i,
shuncha muammolarim boʻla turib, uyalmasdan, hech narsa
boʻlmagandek YouTubega video joylardim. Soiya Universitetidan
xabar keldi va talabalikka 100 % grant asosida qabul qilinganim va
oyiga 1000 dollardan oshiqroq stipendiya beri- lishini ham
aytishdi. Endi oldimda ikki yo’l paydo boʻldi: Norvegiyada bir
amallab oʻqish pulimni to’lash yoki zudlik bilan bu davlatdan
Yaponiyaga (komfort zonamgai qochish. Qisqa muddatda Niginaga
juda ham oʻrganib qolgandim. Bekzod akamning gaplari ham
xayolimda tinimsiz aylanar, xullas, nima qilishni bilmasdim. Agar
bu tarzda muammolardan qochaversam, bora- bora odatga
aylanib qolishidan qoʻrqardim. Hozir bu muammodan, keyinchalik
esa katarogʻidan. “Shunchalar ham kuchsiz boʻlamanmi?” deb
ruhiya- tim qiynalardi. Vaqt ham meni ayamasdi, birpasda qish
ham keldi. Soiya borolmasligimni elektron pochta orqali xabar
qildim. Oldimda endi yagona yo’l qoldi: nima qilib boʻlsa ham
Norvegiyada qolish. Buni taqdir zarbasi deysizmi yoki omadsizlik –
Soiya Universitetiga bormayman degan kunimning ertasiga
Norvegiya hukumatidan xat keldi.
11
Xatda Norvegiyadan mart oyining 14-sigacha chiqib Dekabr
oyida Universitetiga ketishim haqida yozilgan ekan. topdik.
Advokat Juda yaxshi advokat hukumatdagi xatni koʻrib, hozirgi
oʻqiyotgan universitetimdan akademik ta’til olib, berilgan muddat
ichida chiqib ketishim – oʻzimga va kela-
jakda qaytib kela olishim uchun ham yaxshi boʻli- shini
aytdi.Shunday ham qildim.Mart oyining 14- kuni Norvegiyadan
Oʻzbekistonga uchib ketdim.”Boshingga qilich kelsa ham, rost
soʻzla”, deydi dono xalqimiz.Lekin shunday paytlar boʻlarkanki,
rost soʻzlashga gʻurur aslo yoʻl qoʻymas ekan.Ota-onamga
“Oʻgʻlingiz YouTubeni va mas’uliyatni his qilmadi deb, tayyor
grantini qoʻldan boy berdi, mendek oʻgʻlingizni kechiring”
deymanmi?Jur’atim yetmadi, ota-onamga “Oqishim tugayotganligi
tufay-li diplom ishini uyda yozaman”, deb yolg’on gapirdim. Sodda
onam mening gaplarimga ishondi-qoldi. Shunday qilib keyingi olti
oy ichida Norvegiya- ga qayta hujjatlar yigʻishni boshlab yubordim.
Aksigaolib, eng yaqin Norvegiya elchixonasi Moskva shahrida
joylashgan edi. Moskvaga borib kelishim, Toshkentdagi kunlik
xarajatlarimni qoplash va viza uchun 600 AQSH dollari bilan
hamma yigʻib qoʻygan pullarimni ishlatdim.
Toshkentdaligimda oʻzimni ovutish uchun YouTubega videolar
joylashtirar, turli xil musobaqalar tashkillashtirar edim. Chunki
yolgʻiz qolishim bilanoq, qilgan xatolarimni eslab, tushkunlikka
tushib qolar edim. Shuncha harakatlarim tufayli iyul oyida
Norvegiyadan menga talabalik vizasi chiqdi. Bir tomondan
xursand, boshqa tomondan esa xavotirda edim. Xavotirimga sabab
– endi borib magistraturani tugatishim, qoʻshimcha ish topishim
va hammasini boshidan boshlashim kerak edi. Kelishimbilanoq
12
oldingi ishlagan kompaniyaga qoʻngʻiroq qilib, qaytib kelganim va
mabodo ishchi kerak boʻlsa, ishni davom etrishimni ma’lum
qildim.
Ishim Nespresso kompaniyasida kofe sotish edi. Tez orada boshliq
qoʻngʻiroq qildi va sentabrdan ish boshlay olishimni aytdi. Ko’nglim
ozgina xotirjam- dek edi. Keyingi sinov bu oʻqishni
tamomlaganimdan keyin, oʻz soham boʻyicha ish topishdan iborat.
Odatda, bu yerda universitetni tamomlamasdan oldin ish
topadigan talabalar juda ham koʻp, lekin bu xalqaro talabalar
uchun qiyin jarayon. Nega deysizmi? Norvegiya – juda ham boy
davlat. Bu yerda yashashni koʻpchilik orzu qiladi. Shuning uchun
ish oʻrinlariga boʻlgan raqobat nihoyatda kata. Xalqaro talabaning
mahalliy aholi bilan raqobat qila olishi uchun mahalliy tilni bilishi,
universitetni tamomlagan baholari yaxshi boʻlishi kerak edi. Men-
chi? Men na mahalliy tilni bilaman, na universitetdagi baholarim
yaxshi. Endi men mahalliy aholi bilan raqobat qila olishim uchun
ikki barobar emas, uch-toʻrt barobar koʻproq va qatqroq
ishlashim kerak. Dunyoning juda ham ko’p rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlarida ishga qabul qilish jarayo- ni bir xil.
Birinchi bosqich, o’zingiz haqida qisqacha ma’lumot yoki ingliz
tilida “resume, CV” va bu bilan birgalikda “nega o’sha
kompaniyaga ishlamoqchi ekanligingiz” haqida qisqacha insho
yozib, elektron tarzda yuborasiz. Ikkinchi bosqich, agar siz oʻz
yuborgan hujjatlaringiz bilan ularni e’tiborini torta olsangiz, sizni
suhbatga chaqirishadi. Shuning uchun birinchi bosqichda
“kreativlik” juda ham muhim deb oʻylayman. Suhbat, odatda,
oʻsha davlatning mahalliy tilida yoki ingliz tilida boʻlib o’tadi. Agar
13
suhbatdan oʻtsangiz, sizni sinab koʻrish uchun sohangizga qarab
“test sinovi”dan oʻtkazishadi. Hammasidan oʻtsangizsizga ish
kontraktini yuborishadi. Tasavvur qiling, har bir kompaniya uchun
alohida insho yozishni. Meni ishga joylab qoʻyadigan dadajonim
ham, onajonim ham uzoqda, hammasiga oʻz peshona terim bilan
erishishim kerak. Ko’p kompaniyalardan rad javobi kela boshladi,
bunga asosiy sabablardan biri – mahalliy til, ya’ni norveg tilini
bilmasligim edi. Barvaqt turib o’qishga, oʻqishdan qoʻshimcha
ishimga, u yerdan uyga qaytib kelib, kechasi bilan kompaniyalarga
xat yozish bilan mashgʻul edim. Kom- paniyalardan esa birin-ketin
rad javoblari kelardi.
Chet elga chiqib hozirgacha qonunga qarshi ish qilishga urunib
ham koʻrmaganman. Sababi bir dona qiladigan nojoʻya harakatim
butun boshli kelajagimni barbod qilib yuborishi hech gap emas. Bu
mas’uliyatni juda yaxshi his qilar edim. Ishlardan kelayotgan rad
javoblari meni juda ham dovdiratib qo’ygan edi. Bir kuni
qo’shimcha ishimning yonida joylashgan savdo do’koniga
shirinliklar xarid qilish uchun kirdim. Sababi, siqilgan paytlarim
shirinlik yeyishni juda yaxshi koʻraman. Norvegiya savdo
do’konlarida “self service”, ya’ni “oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish”
joylari mavjud. Navbat kutmasdan, mahsulotlarga o’sha yerda pul
toʻlab, chiqib ketishingiz mumkin. Chuqur hayollarim tufayli 3-4
shirinlik xarid qilib, 2 tasiga toʻlamasdan chiqib ketib qolibman.
Oʻsha yerda meni kuzatib turgan ishchi darrov soqchilarni chaqirdi.
Ishchiga, men yonidagi ishxonada ishlashimni, har doim bu yerdan
savdo qilishimni qanchalik tushuntirmayin, meni eshitmasdan
soqchi chaqirdi. Umrimda birovning haqqiga koʻz
olaytirmaganman, bir zumda mas’uliyatsizligim tufayli oʻgʻriga
aylanib qoldim. Nima bu? Taqdir oʻyinimi? Xudoning gʻazabini
14
keltiradigan nima ish qilgan edimki, menga bunday sinov bersa?
Agar bu safargi berilgan imkoniyatni ham boy bersam, bilmadim,
endi ota-onamga nima deyman? Shu payt negadir yoshligim
esimga tushdi.
15
Bolaligimni xotirlasam: bogʻcha muddati tugaganda onam meni
Dang’araga – buvijonim va buvajonimning oldilariga jo’natib
yubordilar. Buvijonim -odobnoma oʻqituvchisi, buvajonim esa
haydovchi edilar. Ular meni jonlaridan ham ortiq yaxshi koʻrishar,
ularning mehr bulogʻidan qonib suv ichardim. Dangʻaradan
chamasi 5 km uzoqlikda joylashgan 1-sonli maktab internatiga
qabul qilindim. O’sha paytlar maktabning oʻqitish tizimi va
mavqeyi juda yuqori edi. U yerda dushanbadan shanbagacha yotib
qolib, oʻqir edim.
Hali-hamon esimda, buva- jonim havo xoh sovuq bo’lsin, xoh
issiq, 5 km masofaga oʻzlarining “Ural” velosipedlarining oldingi
oʻrindigʻiga oʻtkazib olib, maktabimga olib borar, shanba kuni esa
maktabimdan olib ketar edilar. Rahmatli buvajonim bilan yo’l-
yo’ʻlakay juda ajoyib suhbatlar qurar: ba’zida oʻqishim, ba’zida
oilaviy muammolar va ba’zida ajoyib ibratli hikoyatlar haqida edi.
Onam 3-4 oyda bir kelib, bizdan xabar olar edilar. Chamasi 2-sinf
edim, onajonim buvajonimga ko’k rangli “Tiko” avtomashinasini
sovg’a qildilar.
Shu mashinada biz buvajonim bilan Toshkentga onamni koʻrgani
borardik. Shunday qilib, 4-sinfga- cha shu maktabda oʻqidim,
orada esa onam boshqaoila qurdilar. Yoshligim tufayli, bunday
narsalarga unchalik tushunmas edim. “Yangi dada” juda ham jid-
diy, gavdali va o’sha paytning boy insonlaridan edi. “Yangi
dadam”ning menga munosabati umu- man yoqmas edi. 2001-yil
17
singlim tug’ildi va oʻz- oʻzidan hozirgacha menga nisbatan kam
boʻlgan “e’tibor” umuman yoʻqoldi. Ba’zida bir oʻzimni uyda
qoldirib, singlim, onam va “yangi dadam” ovqatlangani ketishar
edi. Shu paytlar xonamga kirib olib, baqirib yig’laganlarim hali-
hamon esimda. Dang’arada 4-sinfni tugatganimdan so’ng, onam
meni Toshkentga yangi ochilgan Ichki ishlar vazirligi qoshidagi
harbiylashtirilgan Maxsus maktab internatiga topshirib koʻrishimni
taklif qildilar. Men esa kuchimni sinab koʻrish uchun imtihonlarga
qat- nashdim va maktabga muvafaqiyatli qabul qilindim. Ne koʻz
bilan koʻrayki, bu maktab ham xuddi eski maktabim kabi yotib
qolib oʻqiydigan maktab ekan.
Men orziqib kutgan damlar keldi, onam bilan yashab, har kuni
ularning nafaslariga, mehrlariga toʻyaman desam, afsuski, yana
onamdan uzoqda yashashga majbur boʻldim. Harbiy maktab
menda erkak kishi uchun kerakli juda ko’p xislatlarni rivojlantirdi.
Har kuni barvaqt turib, maktabni chinnidek tozalar edik. Bu bilan
har bir inson oʻzi yashayotgan joyiga hurmat bilan qarash
kerakligini oʻrgandim, shuningdek, bu odat menga vaqtida
uygʻonish, vaqtida ovqatlanish va vaqtida uxlash, umuman,
qat’iylikni oʻrgatdi. Oltmish kishilik yotoqxona – “kazarma”da yotib,
“hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun” ligini koʻrdim.
Har kuni yotishdan oldin maydonda safda turib, “Qurolli Kuchlar
Nizomi”ni eshitar edik. Bu esa vatanim qoʻriqchisi boʻlishim uchun
kuchli shijoat uyg’otardi. 9-sinf oxirida negadir harbiylikka boʻl-
gan qiziqishim ozgina soʻndi.
Onam Harbiy litseyga hujjatlarimni topshirishimni maslahat
qildilar, men esa harbiylikka boʻlgan qiziqishim biroz so’nganligini
va oʻzimni boshqa sohada sinab koʻrishimni tushun- tirmoqchi
18
boʻldim. Afsuski, onam meni tushunishni ham, eshitishni ham
xohlamadilar. Bu esa onam bilan oʻrtamizga kata nifoq soldi.
Doim onamdan uzoqda yashaganim uchunmi bilmadim, onam
bilan til topishish xuddi sahrodan igna qidirishdek edi.
19
Onam bilan munosabatlarimiz bundan ortiq yomonlashishini
xohlamadim va Asakaga dadamning oldilariga joʻnab ketdim.
Dadam ham bu yillar ichida boshqa oila qurishga ulgurgan edilar.
Dadam tabiatan juda hazilkash va ajoyib inson. Yangi oilalari
tufayli menga koʻp vaqt ajrata olmaganlar, lekin meni jonlaridan
ortiq yaxshi koʻradilar. Har doim “Sen meni katam, polvonimsan”,
derdilar. Dadamning uch nafar farzandlari, ya’ni ukalarim bor.
Hammasi boʻlib, toʻrt bolaning akasiman. Asakadagi eng
boshladim. Litseyning eng qatqqo’l ustozi, rahmatli Xosiyat
opaning guruhida oʻqidim. Ustozim tarix fan- lari doktori
boʻlmasalar-da, uncha-muncha doktorlar bilan bemalol tenglasha
olardilar. Qoʻllaridan qancha- qancha olimpiada gʻoliblari va tarix
ustozlar yetishib chiqqan. Ustozim tufayli jahon va vatanim
tarixiga boʻlgan qiziqishim kuchaydi. Tarixni sevib oʻqishni
boshladim, hatoki, Andijon shahrida o’tkazilgan olimpiadaga
chiqdim, lekin “ogʻzi qiyshiq boʻlsa ham, boyning bolasi gapirsin”
deganlaridek, bir ota-onasi badavlat insonning farzandi gʻoliblikka
ega chiqdi. nufuzli litseyda oʻqishni Xoh siz jarroh boʻling, xoh siz
duradgor, har birimiz vatanimiz tarixini bilishimiz kerak. Bu orqali
ajdodlarimiz bizga qoldirib ketgan ajoyib makonni yanada ravnaq
topishi uchun mutasil harakat qilishimizga, boshqa millat
vakillariga batafsil gapirib berishimizga va kim ekanligimizni
yanada chuqurroq anglashimizga turtki bo’ladi. Dadam boshqa oila
qurganlarigami, bilmadim nega, lekin Asakadagi uyda yashashni
xohlamadim va litseyning yotoqxonasida joylashdim. Onam har
oyda joʻnatib turadigan pul ovqatlanishimga zo’rg’a yetar,
dadamning esa har doim ham sharoitlari bo’lmas edi. “Yarim
21
mustaqil” hayotim xuddi shu yerdan boshlandi. Kursdoshlarim har
kuni uydan qatnab oʻqishar, toza kiyim kiyishar va litsey
oshxonasida ovqatlanishar edi. Har kuni litsey oshxonasida
ovqatlanishga to’g’risi cho’ntak ko’tarmas edi. Shuning uchun
ba’zida bir bo’lak “uy noni” olib, hech kim koʻrmaydigan joyda yeb
olar edim. Uy noni qayerdan deysizmi? Yotoqxonadagi
xonadoshim Andijonning Xoʻjaobod tumanidan kelgan bola edi.
Juda ham ziyoli va badavlat oilaning farzandi edi. Har safar uyidan
qaytgan paytlar, onasi tandirda yopilgan non, uzum va boshqa
narsalar berib yuborar va ularni xonadoshim doim men bilan
boʻlishar edi. Yotoqxonada boʻlib o’tgan bir ajoyib voqeani sizlar
bilan ulashsam. Kata kursda oʻqiydigan talabalar, yotoqxonani
armiya singari qilib olish- ganidan umuman xabarim yoʻq edi. Bir
kuni kechasi kimdir eshigimni qatq taqillatdi. Choʻchib uygʻonib
ketib, “Kim?” desam, “Tashqariga 5 daqiqada chi- qib
saflanmasang yomon bo’ladi” degan ovoz keldi. Tushimmi yoki
oʻngimligini bilmay qoldim. Garangsirab xonadoshimni uygʻotib
tashqariga chiqdik. Chiqsak, kata kursda oʻqiydigan bir bola
yotoqxonada yashaydigan kichik kurs talabalarni yigʻib olib, suhbat
o’tkazayapti. Xonadoshim bilan bizham kirdik. Kechga qolganimiz
uchun bizdan 50 mar- ta “oʻtirib-turish mashqini” bajarishimizni
buyurdi. Xonadoshim bilan kulib yubordik va bu holat kata
kursdagilarga yoqmadi. Litseyimiz yonidan kata ariq oʻtgan edi,
xuddi shu ariqning narigi taraida xolamning oʻgʻillari yashar edi.
Darrovda qoʻng’iroq qilib, bu vaziyatni tushuntirdim. Akalarim 5
kishi boʻlib yetib kelishdi. Buni koʻrgan kata kursdagilar akamga
bu holat boshqa qaytarilmasligini qayta- qayta tushununtirishdi.
Shu bilan yotoqxonadagi “armiya”ga chek qoʻyildi. Yotoqxonada
yashab yurgan kezlarim yana bir ajoyib inson – Sirojiddin akam
22
bilan tanishdim. Uylari yotoqxonamizdan besh daqiqa uzoqda
joylashganiga qaramasdan yotoqxonada yashar edi. Buning sababi
uylarida odam sonining ko’pligi va oliy ta’lim muassasasiga kirish
uchun tayyorgarlikka tinch joy talab qilishi edi. Siroj akam ingliz
tilini juda ham yaxshi bilar va koʻpchiligimiz u kishiga havas qilar
edik. O’sha paytlar chet elga oʻqishga ketish degan tushuncha
ancha ommalashgan. Koʻp yoshlar chet elga ketish uchun har xil
oʻquv markazlariga borib, ingliz tilini mukammal o’rganishni
boshlashdi. Litseyimizga dunyoning nufuzli universitetlaridan
talabalar kelib, oʻzlari ta’lim olayotgan universitet va davlat haqida
prezentatsiyalar qilishar edi. Ularning oʻzini tutishi, borgan
davlatlari va universitetlarini koʻrib, odamning havasi kelar edi.
Shular tufaylimi, menda ham chet elga borib oʻqish havasi paydo
boʻldi. Chet elga chiqib, o’qish istagi boʻlgan har bir odam oʻsha
davlat tili yoki dunyo tili boʻlmish ingliz tilini mukammal bilishi
zarur.
Siroj akam Andijondagi eng nufuzli oʻquv markazlaridan biri –
“Taraqqiyot markazi”ga ingliz tilini oʻrgangani borar edilar.
Eshtishimcha, bu yerdan juda koʻp iste’dodli bolalar yetishib
chiqqan. Bu markazning eski nomi – “Andijan Development
Center”. Sababi – bu markazga amerikaliklar asos solishgan. 2005-
yilda markazni Gennadiy Morozov, biz esa oʻzbekchasiga Gena aka
deb ataydigan inson boshqaruvni oʻz qoʻllariga olganlar. Siroj
akamdan meni ham oʻsha o’quv markaziga olib borishini, menda
ham ingliz tili o’rganishga ishtiyoqim paydo boʻlganini aytdim.
Bilimimni tekshirish uchun boshliq (Gena akaini oʻzi suhbat qildi.
Gena akaning xonalari turli xil mamlakatlardan keltirilgan sovg’alar
bilan to’la edi. Xonalarining bir chetida kata divan bor edi. Shuni
koʻrsatib, “Bu inglizchada qanday ataladi?” deb so’radilar. Men esa
23
“sofa”, ya’ni divan oʻrniga, “armchair”, ya’ni kreslo dedim. Kerak
boʻlsa, “shunaqa kata kreslo ham boʻladi” deb, Gena akani
ishontirishga ham urindim. Urinishlarim zoye ketdi, bilim olishni
“beginner”, ya’ni boshlangʻich darajadan boshlashimni taklif
qildilar.
24
Ingliz tili kursiga hafada uch marta borardim. Asakadan Andijonga
Damas qatnardi. Damas-Andijon- ning eng sevimli avtoulovi.
Hatoki, kosmosdan ham Andijonda yurgan damaslarni koʻrishingiz
mumkin. Damasda qatnash zoʻr, lekin unga ketayotgan xarajat zo’r
emasdi. Shuning uchun onam bilan maslahatlashib, meni
Asakadan Andijondagi biror-bir litseyga koʻchirishini iltimos qildim.
Yangi litseyga tezda joylashib oldim.
Rahbarimiz litseyga oq ko’ylak va qora shimda kelishimni
ta’kidladilar. Litseyning birinchi kunidanoq xuddi toʻyga kelgan
odamdek kostyum-shimda keldim, naqshli qizil galstukni aytmasa
ham boʻladi. Litseyga kirib borarkanman, kimdir ola qarash va
yana kimdir kulib oʻtib ketar edi. Sababi, oʻsha kuni kostyum-shim
kiygan yagona talaba men edim. Yangi litseyimga boshqa litsey
talabalari “modalar uyi” deb laqab berishgan.
Nega deysizmi? Sababi bu yerda faqatgina qizlar emas, balki
yigitlar ham kim oʻzarga “modniy” kiyinishga musobaqalashishar
ekan. Ba’zida boshqa litsey talabalarini uchratib qolsam, falon
litseydanman deyishga ozgina iymanar edim.
26
Xolamning o’gʻli bor, yoshlikdan men bilan Dangʻarada kata
boʻlgan akam. Harbiy sohaga ishga kirganlar. Hamma akamga
havas qilar edi. Baxtimga akamning ishlari Andijonga koʻchdi va
akam Andijon- ning Bo’ston deb nomlangan qismidan ijaraga uy
oldilar. O’sha yerda akam bilan birga yashay bosh- ladim.
Muammolarim ancha kamaydi. Akam har kuni uyga bozorlik qilib
kelar, men esa “oshpaz” edim. Hozir sharoit ancha yaxshilangan,
lekin oʻsha paytlar Andijonning markazida elektr va gaz muammo
edi. Endi Andijonning chekkarogʻida joylashgan Boʻstonni oʻzingiz
tasavvur qilavering. Xudoga ming shukurlar boʻlsinki, suvdan
muammo yoʻq edi. Uyga suv isitadigan uskuna qoʻymoqchi edik,
lekin akam oʻz ishlari bilan juda ham mashgʻul boʻlib, boshida olti
oy shu uskunasiz yashadik.
Toshkentda yashab, har kuni ertalab cho’milishga oʻrganib
qolganman, shekilli, Asakada ham, Andijonda ham issiq suv
muammosiga hech koʻnika olmadim. Har kuni erta turishga to’gʻri
kelar, sababi ertalab hech kim gazdan foydalanmas va gaz
balandroq yonardi, bu esa menga gazda suv isitib olishga imkon
berardi. Isigan suvni hammomda turgan togʻoradagi muzdek suv
bilan aralashtirib, choʻmichda olib, yuvinar edim. ingliz
“intermediate”, ya’ni o’rtacha darajaga yetib qoldi. Ustozim Aziz
aka “Taraqqiyot markazi”da birinchi marotaba “debate course”,
ya’ni munozara kursi ochishini, uning davomiyli ikki oy va bu kurs
qayta ochilishi noma’lum ekanligini ta’kidlab, e’lon berdi. Ingliz
tilida bahslashuvlar juda qiziq boʻlib, kuchli bolalarga doim havas
koʻzi bilan qarar edim. Bu kurs “upper intermediate”, ya’ni yuqori-
oʻrta darajada vaqtlarda Shu tilidan darajam biluvchi oʻquvchilar
uchun edi. Menda esa bunga yetarli na daraja, na yetarli pul bor
edi. Onamdan yordam so’ragani qo’rqardim, dadamning esa
27
boshqa oilalari borligi tufayli muammolarimga koʻmilib qolishlarini
istamasdim. “Izlagan imkon topadi”, bu iborani siz ham oʻz
hayotingizda qoʻllab koʻrishingizni tavsiya qilgan bo’lar edim.
Shunday qilib, sharta Gena akaning xonalariga kirib, na pulim, na
yetarli darajam borligini aytdim va menga yordam qilsalar,
qachondir, albata, qaytarishimni tushuntirdim. Gena aka mendagi
shijoatni koʻrib, kursga oʻz yonidan pul toʻlab berishlarini aytdilar.
Haqiqatdan ham kuchlilar bilan oʻqishim endilikda kuniga 4 soat
emas, ballki 6, 7, 8 soatlab oʻqishimga undadi. Bahslashuv kursimiz
tugab, “speaking”, ya’ni gapirishimdagi oʻzgarishlardan atrofdagi
do’stlarim hayron qolishdi. Gena aka ham menda boʻlgan
oʻzgarishni ko’rib, pulni qaytarib bermasam ham boʻlishini
ta’kidladilar.
Tesla, PayPal va bir qancha innovatsion g’oyalar asoschisi Ilon
Maskning bir ajoyib gapi bor: “Siz hammaga oʻxshab 4 soat emas,
balki 8 soat ishlang, hamma maqsadiga 1 yilda erishsa, siz xuddi
shu maqsadga 6 oyda erishasiz”. Ingliz tilini tez fursatda
oʻzlashtirmoqchi boʻlsangiz, butun vujudingiz bilan oʻrganing.
Butun vujudingiz deganda, faqatgina til oʻrganish marka- zida 1,5
soat dars tinglash tushunilmaydi. Har daqiqadan unumli
foydalanish maqsadga muvoiq.
Men har kuni darsdan chiqib, kutubxonaga kirib ketar edim.
Kutubxonada oʻsha kungi darsda oʻtilganlarni yaxshilab takrorlab,
keyingi darsga ham oldindan tayyorgarlik ko’rar edim. Qolgan
vaqtimni oʻz darajamga mos kitoblar o’qishni va boshqa talabalar
bilan ingliz tilida rurli xil kinolarni koʻrish bilan o’tkazardim. Bu esa
do’stlarimga nisbatan tilni ancha tez o’rganishimga sabab bo’lgan.
28
Hatoki, bozordan biror narsa xaridqilish jarayonida ham pulimni
ingliz tilida sanab berar edim.
29
YAPONIYA
Ingliz tilini o’rganganim sari chet elda o’qishga borishishtiyoqi
yanada ortib borardi. Ammoakam bilan yashab, u erishayotgan
yutuqlarni ko’rib, harbiylikka boʻlgan qiziqishim yana
uyg’ongandek boʻldi va xuddi akamdek men ham harbiy bo’lib
ishlash ishtiyogi tugʻildi. 3-bosqichga o’tganimda, litseyimizga
Milliy Xavfsizlik Xizmatidan xodimlar kelishdi. O’zimni sinab ko’rish
uchun tezda hujjatlarimni yig’ishni boshlab yubordim. Harbiy
maktabda juda ko’p narsalarní o’rganganim uchuno’zkuchimga
juda ham ishonardim. MXXga birinchi suhbat bo’ldi va keyingi
bosqich, ya’ni tibbiy ko’rikdan o’tdim. Tibbiy koʻrik sizga oddiy
eshitilishi mumkin, lekin MXX tibbiy ko’rigi eng qiyin jarayonlardan
biri hisoblanadi. Hamma hujjatlarni bir hafa deganda u
shifoxonadan bu shifoxonaga qatnab, zo’rg’a to’pladim. Doimiy
turar jayim Toshkent shahrida bo’lganligi tufayli, Andijon
shifoxonalari Toshkentdan hujjat soʻrab “qon” qilishdi. Tibbiy
ko’rikdan sog’lom o’tishim menga jismoniy tarbiyadan imtihonga
yo’l ochib berdi. Bizga tayyorgarlik uchun bir oy vaqt berishdi va
akam bilan imtihonga tayyorgarlik koʻrishni boshlab yubordim.
Harbiy maktabda olgan jismoniy bilimlar juda qo’l keldi va
imtihonni
darajada
topshirdim.Harso’ngbirbosqichdanmuvafaqiyatlitopshirolmaganla
rning ism-familiyasi imtihonni e’lon qilinib, harbiy xizmatni o’tab,
yana qayta hujjat topshirishi bo’yicha koʻrsatma berilar va jo’natib
yuborishardi. Jismoniy imtihondan keyin ham xuddi shunday hol
yuz berdi. Bolalar safni birin-ketin tark eta boshlashdi, mening
31
ismim aniq chiqmaydi, chunki hammasidan a’lo darajada o’tdim,
deb o’zimga qatq ishonch bilan qaddimni tik turardim.
32
Toʻ’satdan oxirida Dolimov Shohbozbek deb chaqirib qolishdi,
o’sha daqiqada sodir bo’lgan ichimdagi g’alayon faqatgina Hudoga
va menga ayon. Go’yoki muzdek suv ichdim-u, shu suv butun
tanamni bir muddatga muzlatib quygandek boʻldi. Ko’zimdan duv-
duv yosh oqar, turli xil savollarga javob axtarardim. Keyin bilsam,
qabul qilinmaganimga sabab, rahmatli buvajonimning
sudlanganligi ekan. Hudoga shukur, hozir bu qarorlar bekor
qilingan. Xuddi menga o’xshab yiqilganlar son mingta. Nega endi
o’z vatani uchun jonini ido qilishga, ona yurt osoyishtaligi uchun
o’z tinchligidan kechishga, kechalari uxlamay, vatan tuprogʻini
himoya qilishga tayyor yigitni rahmatli buvasining sudlanganligi
tufayli yiqitishadi? O’sha kun oʻzimga oʻzim, nafaqat harbiy
sohadan, balki boshqa davlat sohalaridan uzoqroq yurishga so’z
berdim. Shundan keyin xorijiy davlatlarning universitetlariga
o’qishga kirish uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko’ra boshladim.
Til markazimizga Yaponiyaning Beppu shahrida joylashgan
Ritsumeikan Osiyo Tinchlik Universitetidan bir talaba kelgani va
markazimizda o’zi oʻqiyotgan universitet haqida taqdimot qilishi
e’lon qilindi. Men ham qiziqib, o’sha prezentatsiyada qatnashdim.
Universitetda tahsil olayotgan olti ming o’quvchining yarmi
xalqaro, qolganlarini esa yaponlar tashkil qilar ekan. To’qsondan
ortiq mamlakatdan talabalar lib o’qishini. talabalik hayotining
qanchalik rang-barang ekanligini ko’rib, rosa havas qildim.
Prezentatsiya tugagandan so’ng savollarimni o’sha talabadan
so’rab, bilib oldim. U yigitning ismi Farrux bo’lib, meni Yaponiyada
o’qishga qiziqtirgan birinchi akam Universitetiga tayyorgarlikni
boshlab yubordim. va yagona inson. Farrux Ritsumeikan tufayli
Osiyo Tinchlik Universitetga turli xil hujjatlar to’planib, ularni
pochta orqali yuborish kerak edi. Hujjatlarning eng asosiylari – 6 ta
33
insho (hozirda 4 tai, litseydagi baholar va IELTS (Ingliz tilidan
xalqaro test sinovii natijalari edi. Hammasidan insho eng
murakkab jarayon ekan. Insho yozishga roppa-rosa bir oy vaqtimiz
ketdi. Insholarimni ustozim Saydullo aka bilan yozganman.
Insholarimni tekshirib, talab asosida tayyorlanishida Saydullo
akamning o’rinlari benihoya kata. Insholarimni tugatib, yaxshi
niyatda hamma hujjatlarimni Yaponiyaga jo’natib yubordim. Bir
muncha vaqt o’tgandan keyin telefonda suhbatga chaqirishdi va
suhbat juda ham ajoyib o’tdi. Bahslashuv kursida o’qib
o’rganganlarim suhbatimda juda qoʻl keldi. Universitetning bir
yillik kontrakt puli 15 ming AQSH dollari edi. Insholardan va
suhbatdan muvafaqiyatli o’tgan o’quvchilarga shu miqdorni
foizlar (35 %, 50 %, 65 %, 80 % va 100 %i orqali kamaytirib, grant
yutib olish imkoniyati bor edi. Men esa 80 % yoki 100 % grant
yutsamgina, ketishga sharoitim borligini bilar edim. Tilning suyagi
yoʻqligigami bilmadim-u, barcha do’stlarimga Yaponiyaga hujjat
topshirganimni va tez orada javob kelishini aytib qo’ydim.
Shundan so’ng, ko’p do’stlarim natijani bilish uchun har hafa
qo’ng’iroq qilishni boshlashdi. Menda esa hech qanday javob yo’q
edi. Bir kuni doʻstimga grant yutganimni va Yaponiyaga ketaman,
deb aldab qo’ydim. Gap tez tarqaydi deganlari rost ekan, birpasda
barcha sinfdoshlarim qo’ngʻiroq qilib, tabriklay boshlashdi.
Universitetdan esa hanuz xabar yo’q. onam qo’ngʻiroq qilib,
Kunlarning birida Yaponiyadan xat kelganini aytib qoldilar. Onam
ingliz tilini tushunmaganliklari tufayli, xatni ochib, ichidan % (foizi
belgisini qidirishni va undan oldin qanday raqam borligini
soʻradim. Onam “80 %” deganlarini bilaman, ich-ichimdan baqirib,
yangi tugʻilgan qoʻzichoqday sakray boshladim. Bu xabarni tezroq
Gena akaga va markazdagi do’stlarimga aytgim kelardi,
34
xursandchiligim ichimga sig’may ketganidan qanday yuvinganim-u
sovuq suvda birmuncha turib qolganimni ham, kiyinib uydan
chiqib ketganimni ham bilmayman. Bu xabarni eshitgan Gena aka
koʻzlarida yosh bilan menday o’quvchisi borligidan qanchalik
faxrlanishini to’lqinlanib gapirdi. Keyingi ishalarimga omad tiladi.
Shuning bilan Yaponiyaga tayyorgarlik boshlandi. 2016-yil 16-
sentabr kuni men va yana ikki nafar do’stim Yaponiyaga uchib
ketdik.
Izlagan imkon topar.
35
BIRINCHI MARTA
YIG’LADIM
Eng goʻzal narsa borliqdir, chunki uni Taneri yaratgan. Eng
cheksiz narsa ham borliqdir, u hamme narsani sig’diradi. Eng
uchqur ikrdir, chunki uni hech nima toʻxtatolmaydi. Eng dono
narsa vaqtdir, yolg’iz vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi.
Miletik Fales
O’zbekistondaligimda, mabodo, universitetiga o’qishga kirsam,
o’zim yoqtirgan musiqani qo’yib, dengiz bo’yida kelajagim haqida
xayollar suraman, deb niyat qilgan edim. Va nihoyat o’sha kun
keldi. O’qishdan chiqib ishga bordim.
Mehmonxonamizga har kuni 200-300 ga yaqin mehmon tashrif
buyurardi. Yaponlar bizga o’xshab, kata idishlarda ovqatlanmaydi.
Patnistda 5-6 ta kichik idishchalarda ovqat tortilardi. 200- 300 ta
odamdan nechta idish-tovoq chiqishini tasavvur qilavering. Ha, bir
patnistda “take”, ya’ni bambukdan yasalgan idishi bo’lib, unda
salat tortilardi. Bambukni issiq suvda yoki idish yuvadigan
mashinada yuvishning iloji yo’q edi, sababi bambuk issig suvda
shishib ketib, sifatini yo’qotar ekan. Shuning uchun har kuni 200-
300 bambuk idishlarni sovuq suvda yuvardım. Qo’llarim sovuq
qotib, ba’zida barmoqlarimni anchagacha sezmay qolardim.
36
Har kuni ishdan chiqib, qo’limni isitish uchun kechda ham
ishlaydigan do’konlarga kirib, issiq choy olib, qoʻlim isigunga qadar
do’konniaylanib chiqardim. Ooʻlim isib olgandan so’ng, qo’limdagi
choyni joyiga goʻyib. yangisiniolardim va yotoqxonagacha
ichibketar odim. Mehmonxonamiz dengiz bo’yida joylashgan edi.
Bir kuni ishdan chiqib, dengiz bo’yida o’tirib, koʻzimdan yosh
chiqib ketdi. Onamga qo’ng’iroq qilib, boshqa chiday olmasligimni,
O’zbekistonga qaytgim kelayotganini aytdim. Onam hamn
xohlagan paytimda qaytishim mumkinligini va O’zbekistonning
biror-bir universitetiga kirib o’qishim mumkinligini aytdilar. O’sha
kuni kechqurun Yaponiyadan ketish qarorimni Abdurahmon
akamga aytgan edim, jahllari chiqib ketdi. Bu yerlarga kelib o’qish
ba’zilar uchun orzu ekanligini, kelgunimga qadar sarflangan
xarajatlar bir pul boʻlishi va asosiysi hamma narsani sabr bilan
yengib o’tishim mumkinligini tushuntirdilar.
Hali-hamon esimda. O’qishga grant yutib olgan kuni
dadajonim xuddi yosh bola kabi xursand boʻlib, choyxonada
do’stlariga rosa maqtangan edilar. Onam ham xuddi shunday. Endi
O’zbekistonga qaytib borsam, ularning oldida kim degan Shuning
uchun bu xayolni boshqa o’ylamasdan, yana o’sha bambuk
idishlarni yuva boshladim. birga o’tiradigan odam boʻlaman? Yigit
kishi yig’lamaydi degan gapni ko’p eshitib qolamiz. Lekin shunaqa
paytlar boʻ’ladiki, yig’lab yoki qatq baqirib, ichimizdagi yomon
narsalarni tashqariga chiqarib tashlashga majbur bo’lamiz.
Shunday paytlarda sizni hech kim topa olmaydigan yoki
eshitmaydigan bir joy topib maza qilib, yigʻlab oling. Ancha
yordam beradi.
37
Yotoqxonamiz juda qulay va hamma imkoniyatlar yetarli, lekin
narxi men uchun juda qimmatlik gildi Shuning uchun do’stim Islom
va Sulton bilan shaharga ko’chib ketishga qaror qildik. Yotoqxona
bir kishi uchun $400 bo’Isa, shahardagi ikki xonali uyimiz $500
AQSH dollari edi. Men hamda doʻstlarim oʻzimiz ishlaydigan
hududga yaqinroq joydan uy topdik va ko’chib ketdik. Oylik
harajatlarim ancha kamaydi, lekin tanganing ikkinchi tomonini
o’ylab ko’rmagan ekanman. Hammamizning ish, oʻqish tartibimiz
har xil bo’lganligi tufayli kimdir uyga vaqtli, kimdir esa kech
kelardi. Ko’pincha men ishdan vaqtli kelib, ovqatimni pishirib,
yotib uxlar edim. Lekin doʻstlarim ishdan juda kech qaytib,
ovqatlanib, uyquga yotgunlaricha allamahal bo’lardi. Bu esa,
albata, mening dam olishimga yomon ta’sir qilar va ertasi kuni
yaxshi uxlay olmaganligimdan kun bo’yi uyqusirab yurar edim.
Ikkinchi chorakning boshida yapon tilini endi boshlang’ich
darajasini tugatdim, ammo yapon tilim hali-hanuz idish-tovoq
yuvadigan ishdan boshqasiga yetmas edi. Yana qo’shimcha ish
topmasam, oʻqish pulini to’lashga qurbim yetmay qolishini
tushundim va o’zim ishlayotgan mehmonxonaning qarshisidagi
boshqa mehmonxonadan idish-tovoq yuvish uchun ish topdim.
Endi bir emas, ikki joyda idish-tovoq yuvishni boshladim.
Universitetimning 1-bosqichi ish topish, o’qish, siqilish, uyga
qaytib ketmoqchi boʻlish, puldor talabalarga havas qilish bilan
38
o’tib ketdi. Chet el universitetlariga talabalikka qabul gilinsangiz,
birinchi yil juda ko’p muammolarga duch kelasiz. Yuqoridagi
holatlar aksariyat xorijda oʻqiyotgan talabalarning hayotida yuz
beradi. Shu bois quyidagi tavsiyalarni berardim: oʻzingizga yaxshi
ish topib olguningizga qadar, doʻstlaringiz bilan ijaraga uy oling.
Shunda ishlab topgan pulingiz barakali boʻladi. Agar yotoqxonada
va yeb-ichishimga pul qolardi, xolos. Kiyinish, do’stlar bilan ba’zan
sayohatga chiqish, umuman, kutilmagan uyimga qolganimda
hollar uchun pulim boʻlmasdi.
39
HAMMASI YAXSHI BO’LADI
Xalqimizning oyning o’n beshi qorong’u bo’lsa, o’n beshi yorug’,
degan hikmatli so’zi bor. Ba’zida qiyinchilik ortidan qiyinchilik
kelaverishi ruhan insonni sindirib qo’yishi mumkin. Doim tayyoriga
o’rganib qolganim uchun hayotimda yuz berayotgan mushkulotlar
esankiratib qoʻygandi. Chet elga o’qishga kelishim men uchun
kata maktab boʻldi. “Bolam, nonushtaga nima qilib beray”, “Tura
qoling. nonushta tayyor bo’ldi”, “Kir kiyimlaringiz bo’lsa, yuvib
beraman”, deydigan na onam, na buvim va na singlim bor edi.
Mustaqil hayotning bu qadar qiyin kechishi yet uxlab tushimga
ham kirmagan edi. Andijonda uydagilarimdan uzoqda yashab,
narsani lekin bo’lsam-da, ancha biror muammo bo’lsa, darrov
taksiga o’tirib, Toshkentga yoki Qoʻqonga yetib olishim mumkin
edi. Lekin Yaponiyada muammoga duch kelsam, darrov
samolyotga o’tirib, ketib bo’lmas, yetib olgan taqdirda ham,
chiptaga pulim yo’q edi. Bu holatlarga bir yildan so’ng ko’nika
boshladim. o’rgangan Endi vaqtimni faqatgina ish va oʻqishga
emas, balki yangi-yangi do’stlar ortrishga, ular bilan ko’proq vaqt
o’tkazishga, ularning madaniyatini o’rganishga va shu bilan
birgalikda o’zimizning buyuk tariximizni ularga o’rgatishga harakat
qilar edim. O’sha payt yoshlik qilib O’zbekistonga qaytib
ketganimda nima bo’lardi, bilmayman? SABR qilish orqali hammasi
yaxshi bo’la boshladi.
40
ENDI IDISH-TOVOQ
YUVMAYMAN
Yapon tilini o’rganmas ekanman, universitetni bitirgunimga qadar
idish-tovoq yuvishim aniq edi. Odatda, ishxonaga borib, deyarli
hech kim bilan muloqot qilmasdan qaytardim. Yapon tilini oz
bilishimga qaramasdan, gapirib xato qilishdan qo’rqardim. Bir kuni
yapon tili ustozim, yapon tilida yaxshi gapirmoqchi bo’lsangiz, xato
bo’lsa-da gapiring dedilar. Ishxonada to’rt nafar oshpaz bor. O’sha
kuni kechqurun ishga bordim va ulardan men bilan tez-tez suhbat
qurishlarini iltimos qildim. Shu kundan boshlab, har soatda
oldimga kelib, 10-15 dagiqa men bilan gaplashishar edi. Men esa
yapon tilida o’rganayotgan yangi so’zlarimni suhbatimiz davomida
qo’llardim.
Mabodo, qanday ishlatishni bilmasam, ulardan so’rab olardim.
Bir-ikki oy ichida yapon tilida teran va ravon gapira boshladim.
Beppuda yashaydigan ko’p talabalar shaharning eng kata Suginoi
mehmonxonasining restoranida oitsiant bo’lib ishlashardi.
Universitetda juda ham qadrdon bo’lgan Anvar akam ham shu
yerda ikki yildan buyon ishlab kelayotganini eshitib, meni ham
o’sha mehmonxonaga ishga taklif etishlarini so’radim. Ikki kunga
qolmasdan mehmonxonadan go’ng’iroq qilib, suhbatga kelishimni
so’rashdi. Suhbat koʻngildagidek o’tmadi va suhbat qilgan inson
javobini qo’ng’iroq orqali ma’lum qilishini aytdi. Oradan chamasi
bir oylar o’tdi va boshqa ish izlamasdan oʻzimning oldingi ishimda –
idish-tovoq yuvishda davom etdim. Bir kuni notanish raqamdan
go’ng’iroq bo’ldi. Olsam, men bilan suhbat qurgan o’sha
41
mehunonxona xodimi ekan. Ishga qabul qilinganimni va loji
boricha tezroq ish boshlashimni aytdi. Shunday qilib endi idish-
tovoq yuvmaydigan talabalikning olgan o’rtoqlashmoqchiman:
foydalanib zahmatli taassurotlaridan Baqtdan bo’ldim. sururli
xulosalarni bilan siz
1. Biror davlatga o’qishga bordingizmi, iloji boricha tezroq
mahalliy tilni o’rganishga harakat qiling. Mahalliy tilni bilishingiz
sizga nafaqat yaxshi ish berishi, balki o’sha davlatning insonlariga
yanada yaqinlashishga imkoniyat yaratadi.
2. Mahalliy tilni dars mobaynida o’rgansangiz ham bo’ladi, lekin
bu uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun mahalliy aholi bilan
imkon topildi deguncha, suhbat qurishga harakat qiling. Bahonada
yashayotgan joyingizning shevasini ham o’rganib olasiz. Shevada
sapira olishim o’sha yerda yashaydigan aholi bilan tezroq chiqishib
ketishimga yordam bergan.
42
SIGARET CHEKISHNI
BOSHLADIM
Universitetda juda ko’p xorijlik do’stlar ortrganman.Eng yaqin
do’stlarimdan biri Janubiy koreyalik Sungjae Park edi.Mendan
sakkiz yosh kata bo’lishiga qaramasdan ikrlarimiz bir joydan
chiqqani tufayli qisqa muddatda juda qalin do’st bo’lishga
ulgurgan edik.Ko’pincha oʻqishdan keyin uning uyiga borib,
o’zbekcha, yaponcha va koreyscha ovqatlar qilib, vaqt
o’tkazardik.Do’stim qahvani juda ham yaxshi ko’rar va har qahva
ichgan paytida bir-ikki dona sigaret chekar edi.
Men ham ba’zida do’stimga qoʻshilib chekishni boshladim va
chekishlarim soni kun sayin ko’payib bordi.Oldin do’stimning
sigaretini chekkan bo’lsam, keyinchalik o’zim sotib olishni
boshladim.Ko’pchilik chekishni siqilish yoki hayotida qandaydir
voqea tufayli boshlaydi.Menda esa hech qanday sabab
yoʻq.O’qishim, ishim, hayotim, hamma-hammasi joyida edi.Yoshlik
qilganman deb oʻzimni oqlamoqchi emasman, lekin sog’ligimga
juda kata zarar yetkazayotganimni bilib turib chekaverishim eng
achinarlisi edi.
Xayolimda sigaret hidi bilan sepib yuradigan atrimning hidi
aralashib, yoqimli hid beradi, deb o’ylar edim.Mabodo,
chekayotgan yoki endi chekishni boshlayotgan bo’lsangiz, sizga
do’stlik maslahatim, chekishni tashlang.Chekkanda siqilishdan
xalos bo’laman, vazn yo’qotaman yoki atrimning hidiga aralashsa
zo’r boʻladi deb oʻylasangiz, kata xato qilasiz.
43
Yuqorida keltirib o’tgan sabablarni chekmasdan boʻladi.Oʻzingizni
oʻylamasangiz ham, siz bilan yashaydigan jufi halolingiz va
kelajakda tug’ilajak farzandingizni oʻylang.
44
ZINAPOYAMGA TUTGICH
YASADIM
Mavzudan hayratlangandirsiz? Hayotning har bir bosqichini
zinapoyalarga o’xshatgim keldi. Shu zinapoyadan tepaga chiqish
uchun unga yillar mobaynida tutqich yasay boshladim va ular
yordamida tepaga harakatlanaverdim. Shaharda yashaydigan
talabalarning aksariyat qismi universitetga avtobusda borishardi.
Men ham do’stlarim bilan shaharga ko’chganimdan keyin
avtobusda qatnab yurdim. Har kuni borish- kelishga chamasi 50
daqiqa vaqtim ketardi.
Bir kun uchun bu kamdek tuyulishi mumkin, lekin 1 oyda 1500 (25
soati daqiqa, 1 yilda esa 18000 (300 soati daqiqa faqatgina yo’lda
o’tib ketar ekan. Bundan tashqari, $1000ga yillik “avtobus
karta”sini xarid qilishim kerak edi. Hamma narsani qaytarsa
bo’ladi, lekin vaqtni orqaga qaytarib bo’lmaydi. Universitetimizda
mototsikllari uchun maxsus joy ajratilgan bo’lib, ko’p talabalarning
o’z mopedlari bo’lar edi. O’zbekistondan kelishimdan oldin asqotib
golar deb, haydovchilik guvohnomasi olgandim, lekin Yaponiyada
talabalarning moped/ haydovchilik bu guvohnomasini
guvohnomamni “mensishmadi”.
Keyin mening B va C yo’nalishlari uchun edi. “Mensigan”
taqdirdayam mashina olib hayday olmasdim:
1. Buning uchun pulim yetarli emas edi.
2.Pulim bo’lgan taqdirda ham universitetimizda faqat o‘qituvchi
va professorlarning avtomobili uchun joy ajratilgan edi.
45
Yaponiyada haydovchilik guvohnomasini olish xuddi
universitetdan diplom olganday gap, JUDA QIYIN. Bizdan oldin
oʻqib ketgan akalarimiz 16 marta yiqilib, keyin olishgani haqida
ko’p gapirishgan.
Mavzuga qaytsam. Universitetga mopedda qatnab yuradigan
do’stim men turgan joydan universitetgacha daqiqalik yo’l
ekanligini aytdi. Bir kun hisobidan qaraganda 25 daqiqa va 15
daqiqa o’rtasidagi farq kata ko’rinmasligi mumkin lekin, bu
sonlarni xuddi tepadagidek oylar va yillarga ko’paytirsangiz ancha
farqni sezasiz.
Xullas, to’rt marta yiqilib, ““50cc” mopedi uchun haydovchilik
guvohnomasini oldim. Mopedning yangisi magazinda $1000 ga
yaqin, ishlatilgani esa holatiga qarab $400-500 ga tushar edi.
Talabaga yangi moped olishni kim qoʻyibdi, albata, men ham
ozgina yurgan yaxshi holatdagi mopedni sotib oldim. Siz
talabalikda uyquninig qadriga yetganmisiz yoʻqmi bilmadim-u,
lekin uyqu juda shirin va aziz narsaga aylanib qoladi. Menga
moped “yana 10 daqiqa uxlab olay”ni, bundan keyin “ehh,
shuncha pulga avtobus kartasini olyapman-a”, “yana ozgina tezroq
yurganimda shu avtobusni o’tkazib yubormasdim-a” demaslikni va
asosiysi ancha vaqtim tejalishiga imkon berdi. Ishimga ham,
o’qishimga ham, hato Beppudan tashqari shaharlarga ham
bemalol chiqib kelishni boshladim.
Yaponiyada moped talab uchun juda qulay transport vositasi
hisoblanadi. Balki qulay borib o’qiydigan shahar yoki davlatda
46
ehtiyoj siz sezmasligingiz mumkin.bunga Bundan chiqadigan
xulosalar quyidagicha:
1. Moped sotib olishni emas, ammo sarflayotgan har bir
daqiqangizning qadriga yetishingizni maslahat bergan boʻlardim.
2. Imkoniyatingiz boʻlsa, universitet yotoqxonasida turing, yoki
universitetga yaqinroq joydan uy toping.
3. Agar avtoshahobcha boʻlsa, oʻzingizga mashina sotib oling.
4. Asosiysi vaqtdan yuting.Vaqtingizni kunga emas, oy va yillarga
ko’paytirsangiz, oʻzingizga kerakli javobni olasiz.
47
O’ZIMGA ISHONCHIM
ORTDI
Hozirgacha Universitetiga grant bilan o’qishga kirish mening eng
kata yutuqlarimdan biri edi. Bundan tashqari boshqa sohalarda
qirralarimni hali ko’rmaganim uchun oʻzimga u qadar ishona olmas
edim. Natijalarim bilan maqtanay desam, baholarim yomon,
matematikadan qobiliyatim undan ham yomon. Har kuni
ishlayverib, stress tufayli yuzlarimga husnbuzarlar chiqqandi.
Ritsumeikan Tinchlik Osiyo Biror-bir qizga “gap otish”ga ham
uyalardim.
O’zimga bo’lgan ishonchsizlik hayotimga salbiy ta’sir
ko’rsatdi. Yogʻli ovqatlar, shirinliklar, xullas, inson salomatligiga
zarar yetkazadigan narsalarning ketini uzmasdan yerdim. Har
soatda bolaxonaga chiqib, sigaret chekar, gamburger yeb, kino
koʻrib yotardim.
Kundan-kun sogʻligim yomonlashar, bu esa o’qishimga
e’tiborimni ham susaytirar edi. Odamning oʻziga ishonchi
boʻlmaganidan keyin boshqa odamlarni qanday ishontira olsin?
Agar shu hayot tarzida yana bir yoki ikki yil yashaydigan bo’lsam,
o’qishdan haydalib ketishim yoki haydab yurgan mopedimga
sig’may qolishim aniq edi.
48
CHETDAN KUZATDIM
. .
Andishaning otni qo‘rqoq deb bo‘lmaydi.
Sohil bo’yida voleybol yoki futbol o’ynah ko’rganmisiz?
Kunlar isishi bilan do’stlarim bilan sohil bo’yida maza qilib, futbol
yoki voleybol o’ynar edik. G’arb kinolarini e’tibor berib ko’rsangiz.
jismoniy baquvvat bolalar sohil bo’yida ustida kiyim kiymasdan
yurishni yaxshi ko’rishadi. Universitet talabalari ham xuddi
kinolardagidek sohil bo’yida tanasini ko’z-ko’z qilib yurishar edi.
Bir tarafdan ularni koʻrib g’ashim, boshqa tarafdan havasim
kelardi. Havasim kelishiga sabab bu ularning qaddini tik tutib,
boshqalar bilan ishonch bilan gaplasha olishida edi. Men esa
qaddimni tik tutish uyoqda tursin birovning ko’ziga besh soniyadan
uzoqroq qarab turolmas edim. Voleybol yoki futbol o’ynayotgan
paytimizda jazirama issiq bo’lsa ham kiyimimni yechmasdan
o’ynardim. Sababi men boshqa bolalar kabi jismonan baquvvat
emas edim.
Oxirgi marta Milliy Xavfsizlik Xizmatiga hujjat topshirganda
jismoniy mashqlar asosida tayyorgarlik ko’rgan edim. Undan so’ng
uzoq muddat sport bilan shug’ullanmadim, aksincha, sigaret
chekib, yog’li taomlarni tanovul qilib yuraverdim. Dengizda
cho’milmoqchi bo’lgan paytlarim sohilda odam kamayishini kutib
turardim. Xullas, menga har bir qilayotgan ishimda ishonch
yetishmas edi.
49
FITNESS
Har bir insonning xonadonida yoki xonasida ko’zgu bo’lishi kerak.
Uydan chiqayotgan vaqtingiz shu koʻzguda o’z aksingizni ko’ʻrasiz.
Ba’zida aksingiz xursandchilik, ba’zida esa tushkunlik kayiyatini
tug’dirishi mumkin.Fikrimcha ikkisi ham yaxshilikka yo’ysa bo’ladi.
Mabodo, ko’zguda o’z aksingizni ko’rib quvonsangiz, demak, siz
to’g’ri yo’ldasiz va shu yo’lingizda yanayam jadalroq harakat qiling.
Agar buning teskarisi bo’ʻlsa, demak, o’z hayot tarzingizni
o’zgartirish vaqti keldi, deb o’ylayman.
Har doim koʻzguga razm solganimda oldingi Shohbozdan asar
ham qolmaganini ko’rardim. Ich- ichimdan oldingi quvnoq,
harakatchan, intiluvchan oʻzimni koʻrishni xohlasamda, lekin
buning uchun harakat qilishga juda ham erinchoqlik qilar edim.
Kunlarning birida kompyuter oʻyinlariga mukassidan ketib qolgan
bolaning itnes bilan uch yil mobaynida oʻzgargani haqidagi
videoni koʻrib qoldim. Videoda onasidan ayrilib qolgan bola
tushkunlikka tushib, shu tushkunlikni yengish maqsadida video
o’yinlar o’ynashni odat qiladi.Birmuncha vaqtdan so’ng bu holatga
qaram
keyinchalik,esa,video,o’yinlarsiz,umuman
turolmaydigan bo’lib qoladi.
Bundan xavotirga tushgan ota itnes klubdan bir ustoz yollab,
oʻgʻlini bu odatidan xalos qilishni soʻraydi. Oʻsha bola uch yil ichida
xuddi avvalgi holatiga qaytadi hamda ijobiy tomonga o’zgaradi.
Video oxirida oʻzini oldingidan ham yaxshi his qilishi, o’ziga bo’lgan
ishonchni oshganligi endilikda itnesni o‘zgarish uchun emas balki
o‘z turmush tarziga aylantirganini e’tirof etadi.
50
Videoda e’tiborimni tortgan eng muhim jihat – uning oxirgi soʻzlari
boʻldi: “Oʻzimga bo’lgan ishonchim yanayam oshdi”. Shu soniyada
sohil bo’yida qaddini tik tutib, o’ziga ishonch bilan yurgan bolalar
esimga tushdi. Fitnes bilan ishonch o’rtasida qandaydir umumiylik
borligini anglay boshladim. Yotgan joyimdan tez turib, itnes
klubga shoshildim Anchadan buyon shug’ullanmay
qo’yganimgami, itnes klub go’yo yangi sayyoraga oʻxshar edi.
Yugurish mashinasidan boshqa hamma narsa menga yet yot
begona edi. Xuddi mehmonga kelgandek uyalib, yugurish
mashinasiga chiqdim. Xayolimda menga hamma qarab turgandek.
O’zimga “Shohboz, oʻzingni itnes klubga har doim kelib
yuradigandek tutgin”, deb buyruq berdim. Chamasi o’tz daqiqa
yugurdim va o’zimni yanada yaxshi his qila boshladim. Boshida
hafasiga bir marta, keyin ikki-uch, yarim yil ichida esa itnes
klubga hafasiga besh-olti marta borishni odat qildim. Kun sayin
tanamda yuz berayotgan oʻzgarish, oʻzimga bo’lgan ishonchning
oshishiga va koʻzguda oʻzimni koʻrganimda kayiyatim
ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bilimlarni tez oʻzlashtira olishim va
ularning mazmun-mohiyatini anglay boshlaganim baholarimning
yaxshilanishiga olib keldi. Endilikda itnesni ozish, semirish yoki
baquvvat boʻlish uchunemas, balki kundalik hayotarzimga
aylantirdim.
51
CHEMPION BO’LDIM
Harbiy maktabda o’qib yurgan kezlarim sportning boks yoki
kikboks turi bilan juda shugʻullanishni xohlar edim. Do’stlarim
maktabimiz yonginasida joylashgan “JAR” sport saroyida turli sport
turlariga qatnashishardi. Maktab o’quvchilari uchun juda ham
kata chegirma ajratilgan bo’lib, men ham onamga biror-bir sport
turi bilan shug’ullanishim uchun pul berishlarini soʻraganman.
Onamning o’sha paytlari sharoitlari yoʻqligi tufayli hech qaysi sport
turiga borolmagaman. Yosh bo’lganimgami bilmadim, o’sha payt
onamdan xafa boʻlganim esimda, hozir shularni o’ylasam oʻzimdan
uyalib ketaman.
Universitetimizning itnes klubida shugʻullanib yurgan kezlarim
Kyoto shahrining “Arm Wrestling”, ya’ni qo’l kurashi bo’yicha
chempioni Makaya Nakata ismli yigit bilan tanishib qoldim.
Yoshligimizda do’stlarim bilan maktab partalarida qoʻl kurashi
bo’yicha juda ko’p bellashardik. Tez chiqishib ketdik, u tez orada
qo’l kurashi boʻyicha ustozimga aylandi. Ko’pchilik qo’l kurashini
oddiygina sport sifatida qabul qiladi, jumladan, men ham shu
insonlar qatorida edim. Lekin ustozim menga qo’l kurashi hech
qachon bir kishi bilan bo’lmaydi, albata, bellashish uchun ikkinchi
odam zarur. Ikkinchi odam bilan muloqot va bu muloqotning
natijasi o’z-oʻzidan do’stlikka yetaklaydi, deganlari hali hamon
esimda. Shu sport tufayli ko’p do’stlar ortrishga muvafaq
bo’lganman.
52
KELAJAKDA KIM
BO’LMOQCHIMAN?
Bu savol juda ko’p yoshlarni, hatoki katalarni ham qiynaydi.
Yoshligimda shunday savol berishsa, oʻzimga ishonch bilan
“prezident” derdim. Vaqt o’tishi bilan orzular ham o’zgarar ekan.
Har yili yoki har ikki yilda kelajakda qaysi kasbni tanlashim bo’yicha
tasavvurlarim o’zgara boshladi.
Maktabni bitiray deganimda harbiy, litseyni bitiray deganimda
tadbirkor, universitetni bitiray deganimda esa bilmayman.
Bilmasligim uchun ba’zida ota-onamní, ba’zida esa muhitni
ayblardim. Lekin boshqalarni ayblashda davom etaversam, bir kun
kelib, yoshim bir joyga borib qolganda afsuslanishni xohlamas
edim. “ISH OVI” BOSHLANDI
Yaponiyada “job hunting” – “ish ovi” boshqa
davlatlardantubdanfarqqiladi.Keling, “ishovi”vauning oʻziga
yarasha ahamiyatlari haqida tushuntirib bersam. “Ish universitetni
bitirayotgan talabalar go’yo o’rmonga hayvon ovlagani
chiqqanidek, internetga “ish ovlagani” yoki tanlagani kirishib
ketishadi. Yaponiyada “ish ovi”, odatda, har yili yanvar oyidan
boshlanadi.
Odatda, talabalar ishlashni xohlagan kompaniyaning web
sahifasidan o’zlari haqidagi ma’lumotni to’ldirib jo’natishadi. Agar
ma’qul kelsa, birinchi suhbatga chaqirishardi. Ko’p kompaniyalar
Tokiyo, Osaka, Kyoto, Yokohama va shu kabi kata shaharlarda
ovi” nomidan koʻrinib turganidek, joylashgan. Shu shaharda
53
yashovchilar uchun boshlang’ich suhbatga borish muammo
tug’dirmasdi.
Universitetim Yaponiyaning bir chekkasida joylashganligi tufayli
har yili ikki yuzdan ortiq dunyoning eng nufuzli korporatsiyalaridan
ishga oluvchilarkelib, universitetningoʻzidayoqboshlangich
suhbatdan o’tkazishar edi. Bu esa, albata, talabalarga qulaylik
tug’dirardi. Mabodo, oxirgisuhbatga o’tsangiz. kompaniyaga
borishingizga to’g’ri kelar va borib. kelish uchun ketadigan hamma
xarajatni kompaniya goplab berardi. Bu haqida eshitganmisiz
yo’qmi, bilmadim-ku, lekin ishga topshiriladigan “resume”, ya’ni
“oʻzingiz haqida ma’lumotnoma”ni qoʻlda yozishingiz kerak edi.
Nimaga deysizmi? Yaponlarning o’ylashicha, qo’lda yozish – bu
o’sha kompaniyaga haqiqatan kirmoqchi ekanligingizni bildirar
ekan. Yaponiyada ishga kirish uchun qaysi yo’nalishda
o’qiganligingiz kata ahamiyatga ega emas, albata, tibbiyot,
muhandislik va shu kabi sohalardan tashqari. Yaponiya
kompaniyalari bir kishini ishga olish uchun juda kata mablag’
sarflaydi. Har bir yangi ishchi uch oydan bir yilgacha “training”,
ya’ni
muddatinio’taydi.
Shutayyorlovmuddatichidao’zingiz ishlaydigan bo’lim faoliyatini
ipidan-ignasigacha o’rgatishadi. Har bir kompaniyaning ishlash
uslubi har xil, shuning uchun sinov muddati ham shunga qarab
belgilanadi.
Mana, siz o’qigan sohaning nima uchun ish beruvchilarga
ahamiyati yoʻqligining sababi nimada. To’rtinchi bosqichga ham
o’tdim, do’stlarim “ish ovi”ni boshlab yuborishdi. Men esa ishga
topshirsammi yoki magistraturaga o’qisammi degan xayollar bilan
band edim. Bu xayollarimga turli xil sabablar bor: kelajakda qaysi
54
soha egasi bo’lishimni hali aniqlay olganim yo’q va aniqlashim
uchun menga vagt kerak edi. Agar ishlaydigan bo’lsam, ish bilan
ovora bo’lib, qaysi soha vakili bo’lishimni to’g’ri aniqlay olmayman,
deb oʻyladim. Agar ish topib, vizamni ishchi vizaga o’zgartirmasam,
O’zbekistonga gaytib ketishimga to’g’ri kelardi. Bu vaqtni topish va
o’ylay olish imkoniyatlardan biri magistratura edi.
55
Magistraturada tahsil olmoqchi bo‘lsam Tokiyoda joylashgan
Keio yoki Waseda Universitetlariga topshirishim kerak edi. Chunki
ingliz tilida biznes ta’limini o’qitadigan eng nufuzli universitetlar
shular edi. Negadir xayolimga Yaponiyadan boshqa davlatlardagi
oliygohlarní qidirish ikri kelib qoldi. O’sha paytlar Skandinaviya
mamlakatlarining ta’limga bo’lgan e’tibori haqida ko’p maqolalar
o’qiganim uchunmi, universitetim hamkorlik qiladigan
Skandinaviya mamlakatlarida joylashgan oliygohlarni topdim. Keio
joylashgan Waseda topshirishim edi.
Hujjatlarimni birinchi Shvetsiyaning Lund Universiteti, Business
BI Norwegian Business Schoollariga yubordim.To’rtinchi
bosqichgacha magistraturada o’qish xayolimga kelmaganigami,
bakalavrda baholarimga uncha e’tibor bermagan ekanman.
Hujjatlarimni dunyoning eng nufuzli universitetlariga yuborganim
bois meni bu ko’rsatkichlarim bilan qabul qilishmasa kerak deb
oʻylab, doʻstlarim bilan “ish ovi”ga kirishdim. Ich-ichimdan ishga
kirishni xohlamaganim sababli ish ovidan kelayotgan natijalar
yomon edi. Shunda o’zing yoqtirmagan ishni qilish – qanchalik
qiyin ekanligiga yana bir bor amin bo’ldim.
“Ish ovi”ga tayyorgarliki do’stlarim bilan kutubxonamizda
joylashga yuzdan ortiq kompyuterlarda amalga oshirar edik.
Zerikkan paytimizda yoshlikni eslab, “Counter Strike” o’yinini
o’ynardik. Aytgancha, bunday o’yinlarni o’ynash kutubxona
56
ma’muriyati tomonidan do’stlarim bilan ta’qiqlangan edi. Juda
ko’p ogohlantirishlarga qaramay o’ynayverardik. Ha, nima qilaylik,
“ish ovi”ning muammolaridan uzoqlashishning yaxshi yo’llaridan
biri edi. Kunlarning Norvegiyadan kirganligim haqidagi tabriknoma
edi. Bir tarafdan juda xursand bo’ldim, boshqa tarafdan esa grant
yutganligim yoki yutmaganligim haqida hech qayerda
yozilmaganligi ko’nglimni g’ash qilar edi. Agar grant yutmagan
bo’lsam, o’qish puli juda ham qimmat va buni to’lashga esa
mening pulim yo’q edi. Shoshilib, Norvegiyaga grant haqida hech
qanday ma’lumot yo’qligini tushuntirib, xabar yubordim. elektron
Xabar pochtamga o’qishga birida xabar keldi.
Oradan ikki kun o’tib, ular o’qishga kirish va grant yutish
xabarlari alohida yuborilishini, tez kunlarda grant haqidagi
ma’lumotni ham olishim mumkinligini aytishdi. Buni eshitib
ko’nglim ancha joyiga tushdi. Oradan 15 kunlar o’tar-o’tmas, grant
haqida ham xabar keldi. O’zim xohlagan yo’nalishda 100 % grant
asosida o’qishga qabul qilinibman. Buni eshitgan do’stlarim ham
juda xursand boʻlishdi.
57
NORVEGIYADAGI ILK
SARGUZASHTLARIM
Norvegiyaning muhojirlarga nisbatan jiddiy qonun-qoidalari ko’p.
Oddiy talaba boʻlib borish uchun ham ancha bosqichdan
o’tishingizga to’g’ri keladi. Talabalik vizasiga hujjat yig’ish
magistraturaga grant yutib olishdan ancha qiyin kechdi. Birinchi va
eng kata muammo pul edi. Norvegiya hukumati qonun-
qoidalariga ko’ra, har bir talaba viza bilan taqdirlanishi uchun o’z
universitetiga 13.000 AQSH dollari o’tkazishi so’raladi. Togʻrisini
aytsam, men endi magistraturaga kirdim, yaqinda ketaman deb
chuchvarani xom sanagan ekanman. Nisbatan
Oddiy talabada buncha pul nima qilsin? Buncha pul nimaga
deysizmi? Norvegiya hukumatining hisob- kitoblariga ko’ra, bir
talaba yiliga yeb-ichish, yashash va kerakli narsalarni sotib olishi
uchun 13 ming AQSH dollari ketar ekan. Hukumat qarorini qoʻllab-
quvvatlayman, sababi shu orqali talabalar ko’chada pulsiz qolib
ketishmaydi. Albata, pulimni Norvegiyaga borishim bilanoq
qaytarib berishlarini aytishdi. Biroq shuncha pulni qayerdan
topishga boshim qotib qoldi.
Onamgaqo’ng’iroqqilib, vaziyatni tushuntirishga harakat
qildim. Onam chet mamlakatlarda yashamaganliklari tufayli
vaziyatni bir emas, bir necha marotaba tushuntirishga majbur
bo’ldim. Onam menga 5 ming AQSH dollari berib tura olishlarini va
qolganini o’zim topishimni aytdilar. Norvegiyaga ozgina pul yig’ib
qo’ygan edim, lekin bu pul Osloda go’shimcha ish topib
58
olgunimgacha ishlatishim uchun yig’ib qo’ygan edim. Do’stlarim
allaqachon oʻzlari yoqtirgan kompaniyalaridan ish olishgan va men
esa bu yerda tang ahvolda qolib ketgan edim. 8 ming AQSH
dollarini 15-20 kun atroida do’stlarimdan so’rab ko’rdim va hech
kimda buncha pul yo’qligini anglab yetganimdan so’ng,
magistraturaga borolmasligimni tushunib yetdim va yana ish oviga
qaytdim.
Kunlarning birida Yaponiyada bir paytlar men bilan yashagan
va hozirda Kanadaga ko’chib ketgan akam hol-ahvol so’rab
yozdilar. Vaziyatimni tushuntirdim va hozir nima qilishni
bilmaganim uchun maslahatlari kerakligini aytdim. Ravshan akam
menga yet yot begona bo’lganlari bilan, menga xuddi o’z
qarindoshiga ishonganday ishonardilar. Universitetda oʻqib yurgan
paytlarimizda juda ko’p yordamlari tekkan. Ravshan akam hozirda
bankda ishlayotganligi va menga kredit olib berishlarini aytdilar.
Shunday qilib, juda qisqa fursatda 8000 AQSH dollarini jo’natib
yubordilar. Bu pulni topgunimga qadar har bir kunim go’yo yildek
o’tayotgandi. Niyatim yaxshiligi va shuncha harakat qilganim
tufayli eng kerakli odamga ro’paro bo’ldim. Onam, Ravshan akam
va Shoxruh do’stimdan qarz olib turdim.
Norvegiyaga kelishim hayotimda yuz bergan voqealar ichida
eng qiziqlaridan biri bo’lgan desam, yanglishmagan bo’laman.
Fukuoka – Oslo yo’nalishi bo’yicha samolyot chiptasini Norvegiyaga
talabalik vizasini qabul qilganimdan so’ng xarid qildim. Iyun
oyining boshi edi. Har doim chiptalarni shaxsiy kredit kartochkam
bilan xarid qilganim uchun Osloga chiptani ham xuddi shunday
xarid qildim. Norvegiyadagi o’qishim 22-avgustdan boshlangani
tufayli BI Norwegian Business School universiteti menga vaqtliroq
59
kelishni tavsiya qildi. Shuning uchun chiptamni 4-avgustga xarid
qildim. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu kunni intizorlik bilan
kutdim. 4-avgustda Beppudan bir kun vaqtliroq chiqib ketib,
yaqinroq mehmonxonada qolishga qaror qildim. Xalqaro
Aeroportiga Fukuoka Soạt chamasi 14:00 edi. Toʻsatdan elektron
pochtamga Aeroflot Aviokompaniyasidan menga elektron xabar
keldi. Xabarni ochib qarasam, kredit kartochkam tekshiruvdan
o’tmaganligi tufayli 4-avgust kuni uchib ketolmasligimni aytishdi.
Zudlik bilan Aviakompaniya bilan bog’landim. Ularning aytishicha,
odatda, xaridorning kredit kartochkasi chipta xarid qilayotganida
va xariddan so’ng yana bir marta tekshiruvdan o’tishini aytishdi.
Kredit kartochkam pul to’laganimda tekshiruvdan o’tganligi, lekin
ikkinchi tekshiruvdan o’tmaganligini tushuntirib berishdi. Keyin
men Yaponiyadan ketayotganligim uchun chiptani xarid qilib
boʻlib, bankimga bog’lanib kartochkamni yopishni so’ragan edim
deb ularga tushuntirdim. Bu vaziyatni Avikompaniya ishchilari
tushunishdi va menga pulimni ma’lum bir hujjatlarni
jo’natganimdan so’ng qaytarib berishni aytishdi. Afsuski, mening
chiptam boshqa odamga sotilib ketgan ekan. 4-avgustda faqatgina
Turk Havo Yo’llarida chipta bor ekan. Norvegiyaga bir yarim ming
AQSH dollari atroida pul yig’ib qo’ygan edim. Shundan ming AQSH
dollarini chipta sotib olishga sarfladim va yonimda atigi besh yuz
AQSH dollari qolgan edi. Bu bilan besh yuz AQSH dollari qiymatsiz,
demoqchiemasman. Lekin dunyoning eng qimmat shaha
hisoblangan Norvegiyaning poytaxti uchun besh yuz AQSH dollari
atigi uch hafaga yetardi, xolos. Tavakkal qilib, 4-avgust kuni erta
tongda Norvegiyaga uchib ketdim. Bu hayotimdagi eng noqulay
chipta bo’ldi desam, adashmagan bo’laman. Birinchi Fukuoka
shahridan Osaka shahriga uchdim. Osakada besh soatlar
60
tranzitdan so’ng, Istanbulga 12 soatlik sayohatga yo’lga chiqdim.
Istanbulning Otaturk Aeroportida 16 soat tranzitda o’tirishimga
to’g’ri keldi. Odatda, dunyoning kata aviakompaniyalari 12
soatdan uzoq tranzitda o’tiradigan yo’lovchilarni tekinga
mehmonxona bilan ta’minlashi haqida eshitgan edim. Turk Havo
Yo’llarida bunday xizmat koʻrsatilmas ekan. Mehmonxonaga jon
deb borgan bo’lardim, lekin pulimni ishlatib qo’ysam, Osloda juda
qiyin ahvolda qolib ketishim aniq edi. Aeroportning bir chetidan
yaxshi joy topdimda, sumkani boshimga qo’yib uxladim. Ichimda
“mabodo narsalarimni o’gʻirlab ketishsa, nima boʻladi” degan
xayol bo’lgani uchun yaxshi uxlay olmadim. Amallab 16 soatni
o’tkazdim. Istanbuldan Osloga 4 soat uchdik. Osloda kechki 11.
Do’stim Awale (APUda tanishganman, asli somaliyalik,
Norvegiyada tug’ilib o’sgani Osloda avtobus bekatida kutib olishini
aytdi. Men esa Osloga ketadigan oxirgi avtobusga zo’rg’a
ulgurdim. Do’stim meni kutib olib, yotoqxonaga olib borib qoʻydi.
Yotoqxonaga borganimdan juda qatq afsuslandim. Yotoqxona
binosi eski, lif tushadiganday harakat qilar edi. Xonam esa bo’m-
bo’sh. Shu payt Yaponiyaga birinchi marta borganim xayolimga
tushdi.Yaponiyadagi yotoqxonada hamma narsa tayyor edi,
shunday kirib yashasa bas. Bu yerda esa stol, stul va divandan
boshqa hech vaqo yo’q. Do’stim keyingi ikki-uch kun band
boʻlishini aytdi. Chamasi 40-41 soat yo’l yurib keldim Do’stimni
kuzatib yuborib, xonamga qaytib kelib ko’zimdan toʻ’xtamasdan
yosh chiqib ketdi. Nima gilayotganimni o’zim ham bilmadim.
Kechqurun bilan “to’g’ri qaror qabul qildimmi?” degan o’y bilan
uxlolmadim. Tongga yaqin Yaponiyadan olib kelgan kurtkamni
kiyib, bo’m-bo’sh divanda uxladim Osloda Awaledan boshqa hech
qanday tanishim yoʻq edi. Pulim AQSH dollarida bo’lganligi tufayli
61
pulimni qayerda almashtirishni bilmas edim. Xonamda internet
tarmog’i bo’lgani bilan uni ulash uchun maxsus sim kerak. Tavakkal
qilib tashqariga chiqdim. Atrofga yaxshi nazar tashlab, atrofdagi
narsalarni yodlab oldim. Sababi, mabodo, uzoqlashib ketsam,
qaytib kelishimga oson bo’lsin deb. Pul almashtirish shoxobchalari,
odatda, shahar markazida bo’lgani uchun ko’chadagi odamlardan
so’rab-surishtirib pul almashtirish shaxobchasini topdim. Bu
shaxobchani koʻrganimda xuddi tillo topib olgandek xursand edim.
Yaponiyada halol mahsulotlarni topish juda mushkul, topgan
taqdirimda ham juda qimmat edi. Norvegiyada esa bu muammoga
umuman duch kelmasligimni, uyga bozorlik qilayotganimda anglab
yetdim. Shahar markazida besh-oltita masjid, oʻndan ortiq halol
qassobxonalarni uchratdim. Bunga sabab Osloda Pokiston,
Somaliya, Hindiston va boshqa davlatlardan musulmonlarning
ko’pligi ekan. O’qishim ham ana-mana deguncha boshlandi.
To’g’risini aytsam yangi davlatga o’rgana olmayotganimgami,
odamlari kamgap ekanligigamibilmadim, magistraturaga
kelganimdan afsusda edim. Pulim kam qolganligi sabab har daqiqa
ko’nglim g’ash edi. Tezroq ish topmasam, tez kunlarda och
qolishim aniq. Universitetim o’qish boshlangandan keyin 5000
ming AQSH dollarini, ya’ni grant pulini berdi, men uni onamga,
Ravshan akamga va do’stimga jo’natib yubordim. Yonimda esa
juda kam pul qolgandi. Oktabr oyida Facebook orqali Bekzod aka
menga bog’landi. Oldiniga ko’zlarimga ishonmadim, sababi Bekzod
aka haqida Taraqqiyot markazida ingliz tilini o’rganib yurgan
paytlarim eshitgan edim. Hozirda Osloda koʻz doktori bo’lib ishlar
ekanlar. Yaqindan tanishib oldik va menga Norvegiyada ish topish
boʻyicha o’z maslahatlarini berdilar. Maslahatlari bo’yicha oʻzim
haqimdagi hujjatlarimdan bir nechta nusxa olib, online va
62
to’g’ridan-to’g’ri 50 dan ortiq tashkilot va restoranlarga topshirib
chiqdim. Taxmin qilganingizdek, hech biridan javob kelmadi.
Kunlarim birin-ketin o’taverdi. Bir kuni uyg’onib, muzlatkichni
ochganimda quritilgan mevalar, bodom, yong’oq va apelsin
sokidan boshqa hech narsa qolmaganini ko’rdim. Xayolimga onam
keldilar, chunki bularni menga onam jo’natgandilar. Maslahatim:
vatandan yiroqqa ketyapsizmi?! Albata, o’zingiz bilan quritilgan
meva va yong’oq oling, chunki och golganda bir tomondan ham
to’q tutadi, ham miyani ishlashiga yordam beradi.
63
UMIDSIZLIKDAN UMIDGACHA.
. .
Quruq mevalar va apelsin soki bilan 3 kun yashab
ko’rganmisiz? Men yashab ko’rganman. Negadir Yaponiyada sohil
bo’yida o’tirib yigʻlaganim esimga tushib ketdi. Hozir ham deyarli
xuddi shunday vaziyatda edim, ya’ni boshi berk ko’chaga kirjb
qolgandek. Quruq mevalar yeyaverib tomoqlarim shilinib ketgan
kunlarning birida Facebook sotsial tarmog’i orqali bir ishdan xabar
keldi. Xabarda suhbatga qachon kela olishim so’ralgan ekan. Men
esa xabar kelganiga 30 soniya bo’lmasdan zudlik bilan “hozir bora
olaman” deb yozdim. Omadni qarangki, unda meni suhbatga
kelishimni soʻradi. Suhbat ishxonaning o’zida Suhbatni angliyalik,
hozirda yaqin aylangan, shu ishxonaning menejeri Steve oldi.
Steve bilan tezda chiqishib ketdik va u meni ishni qachondan
boshlay olishimni so’radi. Menga pul shunchalar zarur ediki,
“bugundan” deb baland ovozda gapirib yuborganimni ham sezmay
qolibman. boʻlib o’tdi. do’stimga Ishxonam ingliz uslubida qurilgan
“The Star” deb nomlangan, ikki qavatli karaoke bari edi.
Karaoke Yaponiyada juda ham mashhur va Norvegiyada ham
bunchalik mashhur ekanligi yet uxlab hayolimga ham kelmagan
edi. Ishim kechqurun 8 da boshlanib, ertalabki 5 gacha davom
etardi. Ishimning birinchikuni bir yoshi kata inson kirib ichkilik
buyurdi. Ishxonada men va u insondan boshqa odam yo’qligi
uchun menga savollar bera boshladi. Savollaridan birida qayerda
o’qishimni so’radi. Men esa “BI Norwegian Business School”da deb
javob berdim. Universitetimda ko’proq boy insonlarning
farzandlari o’qiganligi tufayli, u menga “U yerda o’qiydigan bola
65
bunday joyda nega ishlayapti?” deb so’radi. Men esa yoshim 20
dan o’tganligi, odatda, bu yoshda bizni davlatda ota-onadan pul
so’rash uyatligi va qiyin bo’lsa ham o’z kuchim bilan oyoqqa
turishim kerakligini tushuntirdim. Bu gapni eshitgan yoshi kata
inson menga qarab “Bizni zamondagi bolalar ham shunday edi,
hozir juda ko’pchilik yoshlar dangasa bo’lib ketishgan” deb javob
berdi. Suhbatimiz so’ngida menga 500 NOK, ya’ni 60 AQSH
dollariga yaqin pulni choy-chaqa sifatida berib, “Sendek yoshlar
hali ham borligidan juda ham xursandman” deb bardan chiqib
ketdi. Ko’zimdan to’xtamasdan yosh oqishni boshladi va
yoshlarimni artib olish uchun kiyim almashtirish xonasiga yugurib
kirib ketdim. Ko’z yoshimga sabab, bugun ishdan keyin quruq
meva emas, balkim anchadan buyon ta’mi esimdan chiqib ketgan
tovuq yoki mol go’shti olib yeya olishimda edi.
Ishim tugagandan so’ng, 24 soat ishlaydigan do’kondan 1
emas, 2 emas, 3 ta “hotdog” sotib olib, xuddi ovqat ko’rmagan
insondek yeyishni boshladim. Ko’chada yurganlar esa meni bu
holatda ko’rib ba’zilari kulib, ba’zilari esa kelib hol-ahvol so’rab
ketishdi. O’zimni juda yomon his qilgan bo’lsamda, ich- ichimdan
juda hursand edim, sababi ertaga tong otishi bilan do’konga borib
tovuq sotib olib, mazzaqilib yeyishimni bilar edim. Har kuni
tushgan choy- chaqa bilan birinchi oyligimga zoʻrg’a yetib oldim.
Muhammad Yusufning she’ridan bir misra keltirdim, sababi bir kun
kelib albata hammasi yaxshi bo’lishiga qatq ishonardim.
Taxminan to’rt oy davomida qatq ishlab, ham kun koʻrish, ham
o’qishni eplab ketish juda ham murakkab jarayon edi.
Inson nimagadir erishish uchun qanchalik qatq harakat qilishi
kerakligini tasavvur qilolmaysiz. Nega menda hammasi yaxshi
66
bo’lmayapti deb, ko’pchilik o’ylaydi? Nega boshqalarga boʻlgan
e’tibor kuchlj?
Mening boshqalardan nima kam joyim bor? Bilasizmi.
hammasiga javob bita! Odamzotni bir-biridan ajratib turadigan
narsa bu uning ongida! Hech qachon umidsizlikka tushish kerak
emas. Vaholanki, oʻlimdan boshqa hamma qiyinchiliklarning
yechimini topsa bo’ladi. Ishlab o’qiyman deb sog’ligimdan ham bir
tomondan ayrilganman, ya’ni soat 9 dan ertalab 5 gacha ishda
bo’lib, soat 7 da o’qishga ketardim. Uyqu 2 soat boʻlardi.
67
Fitnes klubga birinchi borishni boshlagan paytlarim ko’p
ma’lumotlarni YouTube tarmog’idan olar edim.Eng yoqtirgan
kanallarimdan biri bu Christian Guzman ismli video blogger kanali
edi.Asli amerikalik bo’lib, o’z kanaliga itnes va sog’lom ovqatlanish
haqida juda foydali videolar joylab borardi.Shu paytlar bu bola
o’zining kichkina “Alphalete” deb nomlangan shaxsiy itnes
brendini boshladi.Va shaxsiy brendni qanday boshlash va
nimalarga e’tibor berish kerakligini ipidan ignasigacha o’rgatishni
boshladi.Alphalte qisqa vaqt ichida nafaqat Amerikada, balki
dunyoda eng kata itnes kiyim-kechaklar brendiga aylanishga
ulgurdi.O’sha paytlar men ham bir kun kelib o’z itnes brendimni
yarataman deb oʻzimga-o’zim va’da berib qo’ygan
edim.Magistratura ishlari bilan juda band bo’lib ketdim va shaxsiy
brendimni boshlash uchun yonimda yetarlicha mablag’im ham
yo’q edi.Magsitraturaning 1-chi kursini tamomlay deb qolgan
paytim, o’z brendimni boshlash uchun bel bog’ladim.Amerikalik
do’stim bilan “High Athletics” deb nomlangan brend logotipini
yaratib, futbolkalar ishlab chiqarishni boshladik.Futbolkalar
Norvegiyadagi do’stlarim tomonidan juda ham pozitiv qabul qilindi
va ozgina pul ishlashga ham muvafaq bo’ldim.Lekin mening
maqsadim bu brendni Norvegiyada emas, aksincha, o’z vatanimda
rivojlantirish edi.Negadir “High Athletics”da milliylikni koʻrmadim
va nominioʻzgartirishga qaror qildim.Juda ham ko’p vaqtdan so’ng
“ZBEK” deb nom berdim.ZBEK dagi “Z”, ya’ni oxirgi va Bek, ya’ni
oʻzbeklar, to’liq qilib aytganda “oxirgi beklar” ma’nosini
anglatuvchi nom berdim.Yuqorida aytganimdek, grantimni
yoʻqotib O’zbekistonga qaytib ketayotgan paytim, endi vaqtimni
68
shu sarflayman dedim.Hozir Oʻzbekistonga borsam xohlagan
matoni topishim mumkin va alogador ishlarim ancha osonlashadi
deb borgan edim.Lekin juda qatq adashgan ekanman..
rivojlantirish brendni uchun tekstilga O’zbekistonga qaytishda
oʻzim bilan mashxur sport kiyim kechaklari – Nike, Adidas va
Reebok bir nechta futbolkalar olib olgandim.O’zingiz bilsangiz
kerak, itnes yoki sport futbolkalari oddiy futbolkalardan ancha
farq qiladi va narxi jihatdan ham oddiy kiyim- kechaklardan 2 yoki
3 barobar qimmat.Chunki sport kiyimlariga ketadigan mato terini
oʻziga shimib oluvchi, shugullanishni osonlashtiradigan, bir necha
qimmat matolarning aralashuvidan tayyorlanadi.Bir necha tikuv
sexlariga bogʻlanib, shunday futbolkalar tikib bera olishadimi yoki
yoʻqmi deb so’radim.Va ular bunday matolar O’zbekistonda ishlab
chiqarilmasligi va faqat Xitoydan olib kelishning iloji borligini
aytishdi.Faqat
aytishdi.Yosh
tabdirkorda buncha pul qayerdan ham bo’lsin?High Athleticsga
ham Xitoydan buyurtma bergan edim, lekin boshida 50 ta so’ragan
paytimda, hech qanday qarshiliklarsiz tikib berishgan edi/ Juda
ham ko’p joylarga mato qidirib bordim va bir joydan men xohlagan
matoga yaqinrog’i bor ekan. Nima bo’lsa bo’ldi, shundan sotib olib
tikaman deb, matoni Andijondagi tikuv sexiga jo’natib yubordim.
Mato muammosidan qutuldim desam, keyingi muammo chevarlar
ekan. Juda ham ko’p tikuvchilar “standart” kiyim tikaverib, men
shaklda tikish ular uchun kata muammo bo’ldi Andijonga
Toshkentdan chamasi sakkiz marta gatnah 100 dona futbolka
chiqarishga muvafaq bo’ldik, xohlagan Futbolkalar birin-ketin
sotilishni boshladi, lekin ozgina vaqt o’tgandan keyin yaqin
do’stimning futbolkasidagi mato o’zgarishini koʻrdim. Mato sotgan
69
insonga bu muammoni aytsam, “Eng yaxshi mato shu, bundan
yaxshisini topa olmaysiz” dedi. O’sha payt O’zbekistonda bu ishni
boshlashim to’g’rimikan deb rosa o’ylandim. Albata, hamma
biznesda xatoliklar bo’ladi va buning mas’uliyati faqatgina o’zimda
edi. Futbolkaga buyurtma berishning o’ziga yarasha noqulayliklari
bor. Eng kata noqulayliklaridan biri – bu siz nechta S, M, L razmer
sotilishini bilmaysiz. Shuning uchun buyurtma berayotgan paytda,
taxmin qilishingizga to’gʻri keladi. Sotilmay qolgan hamma razmer
sizga zararga kiradi. Menda ham xuddi shunday bo’ldi. Juda ham
ko’p M razmerdagi futbolkalar sotilib, S va L deyarli sotilmay qolib
ketdi. Buning zararini qoplash uchun, futbolka hammaga birdek
to’g’ri keladigan biror bir mahsulot sotishdan boshlasammikin deb
o’ylab qoldim. balkim emas, Albata, bu mahsulot “kepka” edi.
Kepka sotishning qulayligi shunda ediki, kepaki xohlagan
razmeringizga moslab kiysangiz ikrim, albata, muvafaqqiyatli
boʻladi deb chiqaruvchi sexlarga borib, ularning mahsulotlariní
kepka oldingi ko’rishni boshladim. Ishonasizmi, shu payt biznes
boshlaganimga shunaqa darajada afsuslanib ketdimki, bu tuyg’uni
o’zimdan boshqa hech kim bilmas edi. chiqargan birma-bir
Kepkalar juda ham arzon paxtali matodan tikilar va bilsangiz
bunday kepka kiyish boshni terlatib, soch to’kilishiga sabab
bo’lardi. Bu haqida sex boshlig’idan soʻrasam, “Hozir shunga talab
kata, shuning uchun faqatgina shu paxtali matoda chiqaramiz,
agar yaxshiroq paxtali mato kerak boʻlsa, Xitoydan olib
keltirishimiz kerak” dedi. Sal insofliroq odam ekan, 1 tonna emas,
siz qancha xohlasangiz shuncha olib keltirib beramiz dedi. Tavakkal
qilib Xitoydan mato olib kelib, 200 dona kepkaga buyurtma
berdim. Har kuni o’n minglab kepka tikayotgan odam “200” ni
eshitib, boshida menga hato qaragisi kelmadi. Buvijonim
70
yoshligimda “Bolam, ba’zida ishingni bitkazish uchun itingni ham
aka deyishga to’g’ri keladi” degan gaplari bilan “iltimos akajon”
deb bir amallab kepkalarni tiktirib oldim. Kepkalaroʻzim
kutganimdekjudatezsotilibketdi, lekin bu paytda menga
Norvegiyadan talabalik vizasi chiqdi. Oldimda ikki yoʻl paydo bo’ldi,
O’zbekistonda qolib biznesimni rivojlantirish, yoki Norvegiyaga
qaytib borib o’qishimni yakunlash. Yuragim Norvegiyaga qaytib
borib magistraturani tugatishimni va shundan so‘ng bir qarorga
kelishimni aytdi. Shu bilan avgust oyida Norvegiyaga uchib
ketdim.
71
ISH TOPDIM
Juma kuni edi. Kunimni har doimgidek kitob mutoaala
qilish bilan boshladim. Qishdan yozishni boshlagan. Bu yil qish
to’rt oydan ortiqroq davom etdi va juda ko’p qor yog’di. Negadir
qishni juda yomon ko’raman, chunki undagi qorong’ulik xuddi
o’zining girdobiga olib kirib ketadigandek. chiqib ketishni
xohlayman. kurtak endigina daraxtlar chiqib, undan Men esa
Nonushta qilib bo’lganimdan so’ng, yaxshi niyatlar bilan
qo’shimcha ish topgan korxonaga qarab yo’l oldim.
Bu korxonada oʻqishdan bo’sh bo’lgan kunlarim kelib ishlar va
topgan pullarim kundalik xarajatlarimga yetib turardi. Yaqin
kunlardan buyon ertalab soat 5 da turishni odatga aylantirdim,
ishimga ham bir soat erta borardim. Fikrimcha, bunday qilish,
o’sha kunlik ishni rejalashtirishga, boshqa xodimlar orasida
hurmatingiz oshishiga yordam beradi. Bugun juda muhim kun –
anchadan buyon ishga kirmoqchi bo’lgan kompaniyadan javob
chiqadi. Yoʻlda kelar ekanman, yuragimning “duk- duk” urishini
eshita boshladim. Hayajon, xavotir va xomushlik boshimni ancha
egib qo’ygan edi.
72
Chamasi soat 15:00 larda telefonimga elektron xat keldi, unda
ishga qabul qilinganligim yozilgan edi. Tanamni bir necha
soniyalarga sezmay qoldim va ko’zimdan to’xtamasdan yosh
chiqardi. Albata, bu quvonch yoshlari edi. Odam bita ish
topganiga ham yig’laydimi deb hayron bo’layotganingizni bilaman.
Ish topishim menga juda ko’p eshiklarni ochdi. Yaxshi oylik, ishchi
vizasi, erkinlik va eng ichki xotirjamlik. Ish topganim uchun
keraklisi emas, o’sha sizga aytgan Xitoy devorining boshqa
tomoniga narvonsiz oshib tushganimdan yig’lardim.
73
10MASLAHAT
Bu 10 maslahat hozirgacha men yo’l qoʻygan
xatolar va tajribalardan kelib chiqgan holda
tuzishga harakat qildim. Bular sizning
yuksalishingiz uchun oz boʻlsa-da xizmat qiladi
degan umiddaman.
75
1.Oson yo’l qidirmang
Elektron kitoblar, qog‘ozli kitoblar va audiokitoblar
Hurmatli kitobsevarlar, Kitobxon.com – elektron kitoblar kutubxonasiga xush kelibsiz! Mazkur sayt orqali Siz elektron va audio kitoblarni yuklab olishingiz hamda pochta orqali etkaziladigan qog‘ozli kitoblarga buyurtma berishingiz mumkin.
Elektron kitoblar kutubxonasida adib va mualliflarning o‘zbek va rus tillarida nasriy va nazmiy asarlari – badiiy, ilmiy-tarixiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, monografiya va boshqa yo‘nalishdagi, bolalar va o‘quvchi yoshlar, talabalar va o‘qituvchilar uchun darslik, qo‘llanma, lug‘at va metodik tavsiyalar janrlar, toifalar va mualliflar bo‘yicha joylashtirilgan.
Elektron kitoblar bazamiz doimiy ravishda o‘zbek va jahon adabiyoti mualliflarining yangi badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlari, ma’lumotnoma, o‘quv qo‘llanma va hujjatli asarlari bilan to‘ldirilib borilmoqda.
Sayt orqali Siz bugungi kunda:
- elektron kitoblarni sotib olish va o‘qish (saytdagi onlayn-o‘qish, Android yoki Windows ilovalari orqali);
- MP3 formatida audio kitoblarni sotib olish va yuklab olish;
- O‘zbekiston bo‘yicha pochta orqali etkazib beriladigan qog‘ozli kitoblarga buyurtma berish imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Saytda o‘zingiz uchun sevimli, zarur va foydali bo‘lgan asarlarni albatta topa olasiz. Kitobxon.com – bu Sizning elektron kutubxonangizdir!
Noshir tashkilotlarni va barcha ijodkorlarni hamkorlikka chorlaymiz!
Hamkor mualliflar va nashriyotlarga minnatdorlik bildiramiz!
Janr va bo‘limlar
Badiiy adabiyot
- Bolalar adabiyoti
- Detektivlar
- Sarguzashtlar
- Fantastika, mistika, fentezi
- Romanlar, hikoyalar
- Ertaklar
- Drama va Tragediya
- She`rlar, nazm
- Klassika
- Qo´rqinch va Trillerlar
- Komediya, yumor va satira
- Qissalar, dostonlar
- boshqalar
Ma`lumotga oid adabiyot
- Yo´lko´rsatkichlar
- Lug´atlar
- Ensiklopediyalar
- Yo´riqnomalar
- Ma`lumotnomalar
- Aforizmlar, hikmatlar, taqdirlar
- boshqalar
Uy va oila
- Sihat-salomatlik
- Sport, fitnes
- Ro´zg´orshunoslik
- Ishtiyoq-qiziquv
- Bolalar tarbiyasi
- Pazandalik
- boshqalar
Fan va ta`lim
- Qishloq xo’jaligi
- Irrigatsiya, suv ta’minoti
- Energetika
- Elektrotexnika
- Monografiya
- Arxitektura, qurilish, chizmalar
- G’oya, mafkura
- Jurnalistika, ommaviy axborot vositalari
- Din asoslari
- Biologiya
- Botanika
- Ximiya
- Fizika
- Geografiya, geologiya
- Matematika, geometriya
- Til va lingvistika
- Tarix
- Huquqshunoslik
- Falsafa
- Sport va fizkultura
- Astronomiya, astrologiya
- Tibbiyot
- Psixologiya
- Zoologiya
- Jamiyatshunoslik
- Filologiya
- Ekologiya
- Informatika, kompyuter, internet, aloqa
- O´quv va metodik qo´llanmalar
- Pedagogika
- Buxgalteriya, moliya
- Iqtisod
- Darsliklar
- Biznes
- Ma`naviyat va ma`rifat
- boshqalar
- Maktab kutubxonasi
- Maktabgacha ta’lim
San`at
Xujjatli adabiyot
- Biografiya, Memuarlar, esse
- Geografiya, Yo´l xotiralari
- Xarbiy mavzu
- Tanqid
- Publisistika
- boshqalar
- Yoshlar ittifoqi
Gazeta va jurnallar
- Pedagog minbari
- Fantik – журнал современной фантастики
- Sharq tabobati
- Mushtum
- Gazeta “Kitob dunyosi”
- Turon tarixi
- Infolib
- O’zbekiston armiyasi
- Vatanparvar
- Inter futbol
- Guliston
- O’zbekiston adabiyoti va san’ati
- boshqalar