MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Tarbiyachi kitobxonlarning qiziqishlarini shakllantirishi va rivojlantirish ular o’qishga rahbarlik qilishi, haqiqiy kitobxonlar bilan til topishib ishlashi lozim. Biz bu yerda alohida kitobxonlarga ta’rif berdik xolos. Bolalar o’qishni sifatli ravishda tashkil etish va ularni davr talabiga javob bera oladigan kishilar qilib tarbiyalash uchun, avvalo ularni har tomonlama o’rganish lozim.
Kitob o‘qishning foydalari
Fan va texnika behad rivojlangan xozirgi davrda insoniyat ma’naviyatining juda qashshoqlashib ketayotgani haqida bugun nafaqat ezoteriklar, balki fan olimlari, mediklar ham gapirmoqdalar. Chindan ham kompyuterlarda, smartfonlarda, uyali telefonlarda, internetda, (xatto televizor ko‘rsatuvlarida ham) keng o‘rin olib borayotgan reklamali va boshqa turli tasviriy lavhalar va rasmli (ayniqsa jangovar) o‘yinlar odamlarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini sezilarli ravishda susaytirib borayotgani sir emas.
Bunday bo‘lishi tabiiy. Zero, inson mantiqiy tafakkuri fikrni tushunish jarayonida shakllanadi, tasvirni ko‘rish jarayonida emas. Ya’ni, fikrlash uchun tasvirlangan narsani ko‘rishdan ancha boshqacha shart-sharoit kerak. Ikkinchi tomondan, ekranlarda aks etgan tasvirlar tamoshabin uchuye faqat shablon (qotirib qo‘yilgan surat) bo‘la oladi xolos, tamoshabin tasavvurining mustaqil, ijodiy rivojiga yo‘l bermaydi. Bunday fikri tormozlanib qolgan odamlardan faqat aqli noqis, to‘mtoq, serzarda odamlar kelib chiqadi va turli oilaviy fojia va jinoyatlar ham shuning natijasi bo‘ladi.
Ezoterika ham hamisha mutolaa, fikrlash, ilm olishning ahamiyati haqida azaldan ko‘p gapirib kelgan. Zero, NOZIL BO‘LADIGAN YUKSAK MISTIK ILMLARNI TUSHUNIB qabul qilish uchun ham insonda avvalo mantiqiy fikrlash qobiliyati shakllangan va yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Xususan, Ibn Arabiy, Rumiy, Navoiy, Ibn Sino kabi zotlar yoshliklaridan ko‘p kitob o‘qiganlari ma’lum.
Bugungi kunda medisina fani bu masalani sog‘liqqa ham dahli borligi haqidagi maslani ko‘tardi. Mediklar ALSGEYMER kasalligining tobora “yosharayotgani” (Ya’ni bu kasallik faqat qariyalarda emas, yoshlarda ham kuzatilayotgani) haqidagi fikrlarni bayotn etishmoqda hamda bu kasallikka qarshi choralaridan biri sifatida kitob o‘qish, miyani ishlatadigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish kerakligi haqidagi fikrlarni oldinga surmoqda. Ya’ni ularning tushuntirishlaricha, kitobni diqqat bilan, o‘ylab, fikrlab o‘qish bilan muttasil shug‘ullanish natijasida qariganida ham inson aqli o‘z tiniqligini saqlar ekan. Albatta, kitob o‘qib, fikr yuritishdan ko‘ra, qo‘liga pultni olib, televizor ko‘rish yoki nouibukni ochib olib, virtual reallikka kirib ketishdan osoni yo‘q. Lekin, olimlar buning zararlarini ham, kitob o‘qishning esa foydalarini ham yoritib bermoqdalar
Umuman bugun psixolog-olimlarimiz kitob o‘qishning foydalari haqida kamida quyidagi 10 ta sababni ko‘rsatmoqdalar :
1. Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi. bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Gu tariqa kitob o‘qig nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki inson bilimini ham orttiradi. (Axir ayg‘ambarimiz “Beshikdan qqabrgacha ilm izlang” lemaganlarmi).
2. Kitob o‘qish boshqa odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi. Ya’ni kitob o‘qigan odam o‘z fikrlarini chiroyli, aniq, yorqin ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Bir nechta mumtoz adabiyotni o‘qishning o‘zida ham kishida gapirish san’ati bir qadar rivojlangani seziladi. shu tariqa kishi yaxshi suxbatdosh bo‘la oladi, odamlarda o‘zi haqida yaxshi tassurot qoldiradi.
3. Kitob o‘qish insonni dadillashtiradi.
Kitob o‘qigan insonning o‘ziga ishonchi kattaroq bo‘ladi. Chunki kitobdan olgan ilmlari unga madad beradi. Atrofingizdagi olamlarda esa siz haqingzda yaxshi tasavvur uyg‘onadi. bu esa sizni yanada juo’atli qiladi.
4. Kitob o‘qish stresslarni kamaytiradi.
Stresslar bugungi odamlarning eng asosiy muammosiga aylangan. Kitob tekstining boyligi va ritmi inson ruxiyatini tinchlantiruvchi va stresslarnibartaraf etuvchi, chal0ituvchi xususiyatga ega. Ayniqsa uyqudan oldin kitob o‘qiganlar buni yaxshi bilishadi.
5. Kitob o‘qish natijasida xotira va fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Tafakkurni (fikrlash qobiliyatini) rivojlantirish kitob o‘qishning eng samarali xususiyatidir. Chunki kitob o‘qiganimizda biz ekranlardagi bir tasvirdan boshqqasiga shunchaki ko‘chib o‘tmaymiz, balki asarni tushunish uchun asar qahramonlari va boshqa qatnashchilarning xarakterlari, gap so‘zlari, xulqu atvori, fikrlash tarzlari, tabat va b. haqida fikrlashimizga to‘g‘ri keladi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O’QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Oyisha Kuchkarova
Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o‟qishga qiziqtirish vazifasini muhokama qilishga qaratilgan bo‟lib,mazkur vazifani hal qilishda psixologiyaning o‟rni qanchalik muhim ekanligi qator tajriba va ma‟lumotlar asosida isbotlab berilgan
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Oyisha Kuchkarova
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI DUDUQLANUVCHI BOLALARDA MUSTAQIL NUTQNI RIVOJLANTIRISH
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
BOLALAR OG`ZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA O’YIN VA O’YINCHOQLARNING O’RNI
BOLALARDA BUNYODKORLIK HISSINI TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
THE ROLE OF PSYCHOLOGY IN ENCOURAGING PRESCHOOL CHILDREN TO READ BOOKS
This article is devoted to the discussion of tasks to stimulate the interest of preschool children in reading books, on the basis of a number of experiments and data, the role of psychology in solving this problem is proved
Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O’QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O’RNI»
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O’QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O’RNI
Samarqand davlat tibbiyot instituti
Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish vazifasini muhokama qilishga qaratilgan bo’lib,mazkur vazifani hal qilishda psixologiyaning o’rni qanchalik muhim ekanligi qator tajriba va ma’lumotlar asosida isbotlab berilgan.
Kalit so’zlar: maktabgacha yoshdagi, psixologiya, metod, kuzatish, suhbat, kitobxonlik.
THE ROLE OF PSYCHOLOGY IN ENCOURAGING PRESCHOOL
CHILDREN TO READ BOOKS
Samarkand State Medical Institute
This article is devoted to the discussion of tasks to stimulate the interest of preschool children in reading books, on the basis of a number of experiments and data, the role of psychology in solving this problem is proved.
Keywords: preschool child, psychology, methodology, observation, conversation, reading.
Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andozalari darajasiga ko’tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi [1].
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
Maktabgacha yoshdagi bolalaming kitobga bo’lgan qiziqishni uyg’otish o’z navbatida psixologiya,bolalar xarakteristikasini bilmay turib amalga oshmaydi.Chunki har bir bola o’z shaxsiyat va dunyo qarashga ega.Shaxs kamoloti va uning taraqqiy etishida psixologiyaning o’rni beqiyosdir [7]. Shuning uchun ham bolalarni kitob o’qishga qiziqtirishda psixologiya eng asosiy omil hisoblanadi.
Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma’naviy xislatlarga ega bo’lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog’lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas’uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o’ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko’nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Les Gaining fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo’lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi[3]. A.S.Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo’lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 90% ini tashkil etadi, degan edi [12].
Maktabgacha yoshdagi bolalarda endigina narsalarni idrok etish, fikrlash tasavvur etish shakllanib boradi. Ular kitoblardagi qahramonlarning qiziqarli qiliqlari, kulgili voqea va hodisalarni tasodiflarni ko’proq eslab qoladilar. Agar tarbiyachi kitobni ovozli o’qib ularning diqqatini o’qilgan narsaga tartib tushuntirib bersa, bolalar uni eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalar o’yin orqali voqea va hodisalarni, kishilarning xarakteri va munosabatlarini bilib oladilar ko’rgan eshitgan, o’qigan narsalardagi holatlarni, kishilarni, hayvonlarni “yaxshi” va “yomon”ga ajratadilar va ularga o’z munosabatlarini bildiradilar. Bu yoshdagi bolalarni o’zlarini o’rab turgan muhit, tabiat va undagi hayvonlar, o’qimliklar qiziqtiradi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
Shuning uchun ham ular o’z qiziqishlarini qondirish uchun kattalarni xilma-xil savollarga ko’mib tashlaydilar. Endi ular voqea va hodisalarga boshqacha ko’z bilan qaraydilar, voqeilikni bilishga intiladilar va xotirada saqlab qoladilar. “Nima uchun qaroqchi bo’ladi?”, “Nima uchun qushlar uchadi-yu odamlar uchmaydi?”, “Nima uchun qor yog’adi?” va boshqa savollar bilan kattalarga murojaat qiladilar. Chunki bu davrda ularning rivojlanishi alohida bir bosqichni tashkil etib, aqliy va jismoniy o’sishida, o’qitish va tarbiyalashda o’ziga xos yosh xususiyatlarga amal qilishini talab etadi.
Kitobxonlar uchun konkret narsani obrazli fikrlash xarakterlidir, o’qish davomida shu obrazli fikrlash orqali ularning tushunchalari o’sib boradi. Bu yoshda bolani kitobning yozlishi masalaning qo’yilishi emas, kitobdagi obraz, voqea va hodisa qiziqtiradi.
Tarbiyachi kitobxonlarning qiziqishlarini shakllantirishi va rivojlantirish ular o’qishga rahbarlik qilishi, haqiqiy kitobxonlar bilan til topishib ishlashi lozim. Biz bu yerda alohida kitobxonlarga ta’rif berdik xolos. Bolalar o’qishni sifatli ravishda tashkil etish va ularni davr talabiga javob bera oladigan kishilar qilib tarbiyalash uchun, avvalo ularni har tomonlama o’rganish lozim.
Ba’zi bolalar haqiqiy kitobsevar bo’lsa, boshqalari esa o’qishni yoqtirmaydilar. Shunga qaramay, barcha bolalarni ham kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin. Pedagoglar tomonidan berilgan quyidagi ko’rsatmalar bolalarni kitobga mehr qo’yishiga yordam beradi [8].
Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
1-rasm. Bolalarni kitobga mehr qo’yishiga yordam beruvchi ko’rsatmalar
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
Zamonaviy texnologiyadan foydalanish: Ota ona farzandining kitob o’qishini istaydi, u esa kompyuter o’yinini xohlaydi. Nima qilish kerak? Kitob mutolaasini ana shu jarayonga yaqinlashtirish, ya’ni zamonaviy texnologiyalardan foydalanish lozim. Ota-onalar internetda ko’plab bepul elektron kitoblar topishi va kompyuter yoki planshetdan foydalangan holda elektron kitoblardan o’qib berishi mumkin. Ularni on -layn o’qish yoki yuklab olish ham mumkin. Ba’zi elektron kitoblarning qog’oz nusxasiga nisbatan imkoniyatlari keng. Masalan, audio va video tasvirlar bilan boyitilganligi ularning imkoniyat darjasini yanada oshiradi. Bu esa bolalarni qiziqtirishi aniq.
Mutolaa burchagi qilish: Bolalarni chalg’itmaydigan, tashqi shovqin-surondan holi bo’lgan mo’jazgina “uycha” yoki burchak qilib berish ularrning kitobga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishi mumkin. Ana shunday mo’jazgina chodirchalar ham bolalar uchun “uycha” sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bolalarni tez-tez kutubxonaga olib boorish: Ota-onalar farzandida doimiy ravishda kitob o’qish ko’nikmasini shakllantirishni istashsa, haftasiga hech bo’lmagamda bir marta kutubxonaga olib borishi lozim.Chunki kutubxonada bola turli xil kitoblarni ko’radi va uning kitobga bo’lgan qiziqishi tobora oshadi
Kitoblarni tez-tez suhbat mavzusiga aylantirish: Agar ota-onalar bolalarini kitob o’qishga g’ayratini oshirmoqchi bo’lishsa, tez-tez ertaklar, hikoyalar aytib bering, umuman kitoblar va ularning mazmun – mohiyati haqida suhbatlashib turishi kerak. Hayotda sodir bo’lgan haqiqiy voqealarni bolalar o’qigan ertak va hikoyalar bilan bog’lashga harakat qilish lozim. Bu esa bolalarni nafaqat o’qishga chorlaydi, balki, mushohada qilishga o’rgatadi, tahlil qilish qobiliyatini shakllantiradi.
Bolalarga namuna bo ‘l/sh: Bolalar ota-onasida namuna oladilar. Agar ota-onalar muntazam kitob mutolaa qilsangiz, boshqa oila a’zolaringiz bilan turli kitoblar to’g’risida tez-tez suhbatlashsa, kitobdan zavq olgangizni ko’rsatsa, bu o’z navbatida bolalar ongiga,psixologiyasiga ta’sir qiladi.Va natijada kitob o’qish asta-sekin bolalarning ham sevimli mashg’ulotiga aylanib boradi.
Har kun/ k/tob o ‘q/b ber/vh: Agar ota-onalar vaqtni ayamasdan, bolalarga har kuni kitob o’qib bersa, u asta-sekin o’zi ham muntazam mustaqil tarzda kitob mutolaa qiladigan bo’ladi. Uning hayotida kitobxonlik an’anaga aylanadi.
Bolalarni kitobxonlikka o’rganish har xil usullarda olib borilsa ham quyidagi tamoyillarga asoslanadi [6].
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
Asosiy tamoyillardan biri – yosh kitobxonni o’rganishni uning shaxsini o’rganish bilan bog’liq holda olib borish. Avvalo tarbiyachi suhbat, kuzatish va boshqalar birgalikda kitobxon haqida to’liq ma’lumot bera oladigan bo’lish lozim.
Shunday qilib biz yosh kitobxonning qiziqishi va talablarini o’rganish bilan birga uning o’zini ham o’rganamiz. Zero, kitobxonning qiziqishi, talabi uni o’rab turgan muhit (oila, maktabgacha ta’lim muassasasi, o’rtoqlari) bilan munosabatini qo’shib o’rganishga, u haqda to’liq ma’lumot beradi.
Ikkinchi tamoyil, pedagogik va psixologik xususiyatlardan kelib chiqadigan fikrlar va xulosalar asosida yosh kitobxonni o’rganish bilan birga uning qiziqishlarini to’g’ri yo’lga solib, yanada rivojlantirishdan iboratdir.
Uchinchi tamoyil bolalar kitobini ilmiy va estetik jihatdan o’rganish bilan uzviy alohida olib boriladi. Tarbiyachi bolalarga atalgan badiiy, ilmiy, ommobob kitoblarni yaxshi bilishi, uni pedagogik tomondan tahlil qila olish kerak. Tarbiyachi bu kitoblani o’zining mulohazasi va xulosalari bilangina baholab qolmasdan, kitobxonning yosh xususiyati, saviyasi hamda nuqtai nazarini ham hisobga olish lozim.
Shu bilan birga bolalarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirish uchun psixologiyaning bir necha metodlaridan foydalaniladi:
Kuzatish va suhbat – kitoblarni chuqurroq o’rganish usuli bo’lib, tarbiyachi o’zining kundalik ishida kitobxonlar bilan yakkama- yakka ish olib borganda doimo shu usuldan foydalanadi.
Kuzatish metodi yordamida esa kutubxonachi yoki tarbiyachi kitobxonni kitob tanlayotganida, ommaviy ishlarda qatnashashyotganida, kitob o’qiyotganida (o’quv xonasida) bevosita ishlanadi.
Suhbat metodi orqali u kitobxon fikrini, bilishini, qobiliyatini, qiziqishini, so’zlab berish mahoratini bilib oladi.
Bu usulning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Birgalikda ko’ndalang qilish usuli orqali biror bir dolzarb muhokama kuzatiladi. Bu ayniqsa kitob haqida munozara bo’lgani bois o’tkazilganda yorqin namoyon bo’ladi. Tarbiyachilar o’zlarining kundalik faoliyatlarida shunday usullardan foydalanadilarki, u bir vaqtda ham kitobxonni o’rganadi, ham uning o’qishga rahbarlik qiladi. Tarbiyachi kitobxonlarni kitob tanlash, undagi rasmlarni ko’rish yoki bolalarni kitobni bir -biriga tavsiya etayotgan paytda ular aytgan so’zlarni bildirmasdan yozib oladi, bu ancha tabiiy
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
chiqadi. Kitobxonlarning o’qishini o’rganishda va ular bilan yakka tartibda ishlashda eng samarali usullardan biri suhbatdir, bu kitobxon va tarbiyachi o’rtasidagi quruq savol va javob bo’lmay, balki tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida kitoblar haqida qiziqarli, maroqli fikr almashuv vositasidir [11].
Odatda tarbiyachi psixologiyaning suhbat metodining quyidagi uch xil turidan foydalaniladi:
O’qilgan kitoblar haqida suhbat
Bolaning kitobga qiziqishini tanishuv suhbati
2-rasm.Suhbat metodining uch xil ko’rinishi (muammoga ko’ra)
Tavsiyaviy suhbat bolaga kitob tanlashda yordam berishni, kitobga qiziqish uyg’otishni, o’ziga maqsad qilib qo’yadi. Tarbiyachi iloji boricha har qanday so’roqqa javobi tavsiya suhbati o’tkaziladi, kitobxonga mos keladigan kitoblarni tavsiya etadi. Bunda albatta xonadagi turli tavsiyaviy vositalar, kitob ko’rgazmalari, rasmli kartotekalardan foydalanib kitobxon diqqatini jalb etadi va qiziqiarli so’zlab berish orqali ularni kitobga bo’lgan qiziqishini orttiradi. Tavsiyaviy suhbatning qiymati shundaki u kitobxonni tartibli ravishda ko’proq mustaqil kitobni tanlash va dunyoqarashini kengaytirishga olib keladi. Tarbiyachi kitobxon bilan kitob almashtirayotganda davra suhbati bilan quyidagi foidalarga amal qiladi. S Suhbat kitobxon qiziqishga manoli bo’lish kerak, agar shunday bo’lmasa, kitob tavsiyasi va tarbiyachining maslahati zo’rma- zo’raki g’amxo’rligi keraksiz bo’lib qoladi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 4 j 2G21
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 DOI: 1G.24411/2181-1385-2G21-GG552
S Suhbat doimo bir maqsadga qaratilgan, bo’lib kitobxonning qobiliyatini takomillashtirishga yoráam berish lozim. Bolani suhbatlashishga majbrn- qilmasdan unda suhbatlashishiga moyillik uyg’otish kerak.
S Tavsiya etilayotgan materialning to’liq mazmunini aytib bernaslik lozim, unda kitobxonning materialga bo’lgan qiziqishi yo’qoladi.
S Tavsiya etilayotgan materialning qisqa ifodalik, qiziqarii qilib bayon etilishi kitobga bo’lgan qiziqishni orttiradi.
S Kitob haqida suhbatlashayotganda kiobni ko’rsatish, uning muallifi, rasmlari ba’zi joylarida o’qib berish ham mumkin bu esa suhbatini jonli o’tishiga yordam beradi. Ko’pgina maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqarli kitoblar berishini so’raydilar [3, 4]. TaTbiyachi esa bola qiziqqan na^alai haqida u bilan birgalikda eslaydi, shundan so’ng qiziqishiga asoslanib, unga mos keladigan kitobni tavsiya etadi. Buni nazaráa tutib kutubxonaga kitobxon bilan suhbatini, kitobda nimalar bayon qilingan ekan? “degan umumiy savoldan emas, balki kitobdan uning uchun eng qiziqarii narea nimaligini so’rashdan boshlaydi va asta -sekin undan kitobni qanchalik tushunchanini bilib oladi. Zarur bo’lgan taqdirda unga muallif fikrini anglashga, qahramon xarakterini tushunishiga yoráam beradi, muhimi epizodni kitobxon bilan birgalikda o’qiydi, berilgan rasmlarni ko’rib chiqadi kitobxonga asar g’oyasini tushuntiriga yordam bemvchi suhbatini davom ettiradi.
Tartiyachi kitob tavsiya etar ekan, kitobxonlarga mustaqil гaivshda kitob taxlash malakasini ham singdirib beradi. Bundan tashqari har bir kitobxonning o’ziga xos tomoni, xarakteri, qiziqish mavjud bo’lib, tarbiyachi suhbat davomida bularni tezda ilg’ab olish lozim [12]. Shuning uchun tartiyachi imkoniyatini hisobga olib u^ bilan yakka holda ishlami va ularga yordam berish zarur. Bolaning ko’z oldida tartiyachi kitoblarni yaxshi biladigan, uning qiziq joylarini gapiгib beгa oladigan maslahatchi bo’lib gavdalanish lozim.
Tartiyachining tartiyaviy гoli biгinchi maгta kitobga qiziqqan bola bilan suhbati bog’liq. Tarbiyachi bolalar bilan suhbatlashib kitob bilan ishlash qonun qoidalarini ham aytib o’tishi lozim. Chunki bola olgan kitobiga javob berishi lozimligi uqtiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bola^ kitob tanlashda kutubxonachiga yoki tartiyachiga muhtojdilaг. Shuning uchun ham kutubxonani yoki tartiyachi kitob tavsiyasining eng yaxshi usuli – suhbatdan foydalaniladi. Tavsiyaviy suhbat o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’yadi:
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
> bolaga kitob tanlashga yordam belish;
> kitobga nisbatan qiziqishni uyg’otish bolaning kitobga juda ham qiziqishi
kitobni oxirigacha yakunlashni yordam beradi;
> o’qishga qo’llanma berishdan iboratdir.
Tavsiyaviy suhbatda so’ralgan kitob xarakteriga, ya’ni so’roq motiviga bog’liq holda har xil tuziladi. Suhbat davomida bolalarga yoqqan yoki yoqishi mumkin bo’lgan bir necha kitoblarni ko’rsatadi, ular qiziqtira oladigan jizodlarni aytib beradi. Masalan mehr oqibat tuyg’usini shakllantiruvchi “Yoriltosh ertagini bilasizmi?” [2]. Bu kitob yetim qizlar Gulnora va Oymomo haqida. Gulnora juja chiroyli, chaqqon, mehribon, ishlab charchamaydigan qiz bo’ladi. Uning onasi vafot etganidan keyin otasi begona ayolga uylanadi. Ayol juda badjahil yolg’on bo’ladi. Gulnora singlisini o’padi-da zor -zor yig’lab qochib ketadi. Uni quvlab kelayotganlar yetay deganda tog’dagi tosh yorilib Gulnora uning uchiga kirib ketadi. Quvlaganlarning hammasi kirib yoriltosh desa ham tosh yorilmaydi. Lekin hech kim yo’g’ida singlisi kelib yoriltosh desa u ochilad i, nimaga shunday bo’lganini kitobni o’qisalaring bilib olasizlar deb kitobxonni qiziqtirib kitoblar tavsiya etiladi.
Shu bilan bir vaqtda kutubxonaga yoki tarbiyachi bolaning diqqatini tortadi, ularga o’zlari qanday qilib ko’rgazmadagi qiziq kitoblarni topishlari kerakligini tushuntirishi kerak. Kitobxon bir mavzu bo’yicha kitobning muallifi va nomini bilmogan holda kitob so’raganda ham tavsiyaviy suhbat o’tkazish kerak.
Kitobxon nomi aniq bo’lgan kitobni so’raganda ham tavsiyaviy suhbat zarur. Bu yoshdagi bolalarga kitobdagi alohida epizodlar, atamalar qiyinchilik terdirishini kutubxonachi o’z tajribasidan biladi. Bunday holda kutubxonachi yoki tarbiyachi bola nima uchun shu kitobni tanlayotganini, kitobni o’zi o’qiydimi yoki kattalar bilanmi? Shularni bilib oladi va bolani qiziqtirayotgan kitobni unga beradi. Ko’pgina bolalar tabiat haqida kitoblar so’raladi. Shuning uchun tarbiyachi tabiatning jami va jonsizga bo’linishini, o’simliklar, hayvonlar va odamlar, ozuqlanishi, nafas olishi, o’sish ko’payishini va bular jonni tabiat quyon, oy, yulduzlar, toshlar jonsiz tabiat jonligini tushuntiradi. Yerda eng qudratlisi inson ekanini, u tabiatni o’zgartirib turishiga qodirligi haqida so’zlab berib, kitobni o’qiganingda shunga e’tibor bergan deb tayinlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga kitob tavsiya qilayotganda rasm ko’rsatish usuli ayniqsa muhimdir. Ular o’quv texnikasini yaxshi bilishmaydi, kitobdagi rasmlar ularni
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
shu kitobga qiziqtiruvchi asosiy kuch bo’lib hisoblanadi. Tavsiya suhbati kitobxonni rasmni va matini chuqur qabul qilishga tayyorlaydi. Suhbat davomida bolaga kitobga chizilgan rasmni, kitob muallifining va rassomning familiyasini voqea sodir bo’lgan vaqti va joyini ko’rsatib, kitobxon diqqatini kitobning asosiy tomonlariga tortadi. Bolaga ertak kitoblar tavsiya qilinayotganda u shu kitobning boshdan ozgina o’qib berib, kitob qahramonini harakterlab beradi. Ertaklarda ko’rsatilgan rasmlar ham muhim rol o’ynaydi. Bunda rasmlarning hammasini birdan ko’rsatish maqsadga muvofiq mas. Rasmlar bolaning hayajonini kuzatgan holda asta – sekin ko’rsatish kerak. 1-2 ta asosiy rasmlarni ko’rgan bola kitob bilan birga shu kitobdagi epizodlarga, qahramonlarga, voqealarga, qahramonlarning harakteriga qiziqib qoladi. Masalan, Qadim Saidmurodovning “Men opamdan kattaman” kitobini tavsiya qilayotib, unda rassom Iambarov chizgan rang – barang, chiroyli rasmlarga bolalar va tibat tasviriga e’tibor beriladi [9, 10].
Bolalar asardagi badiiy detallarni esda yaxshi saqlab qoladilar. Asarni eslatishga va detallarni oydinlashtirishga qaratilgan savollar bolalarning asar mazmunini to’liq eslab qolishlariga yordam beradi. Ularning kuzatuvchanligini o’stiradi va so’zga mehr uyg’otadi. Ayrim paytda badiiy adabiyotlar yuzasidan o’tkazilgan suhbat davomida savollarga kitobxonning faktik tomonlarini qanday o’zlashtirganligini, u kitobni oxirigacha o’qigan yoki o’qmaganligini, uning mazmunini tushungan yoki tushunmaganligi kabilar bilib oladi. Bu kabi savollar o’qiganlarini yaxshi tushuna olmaydigan, kitobni oxirigacha o’qimaydigan o’quvchilar yoki bolalar bilan suhbat o’tkazilganda qo’llaniladi. Bunda tarbiyachi bolaning o’qiganlarini, asardagi yorqin epizodlarni yodga olishiga harakat qiladi.
Bu usul, bola kitobni topshirayotgan paytda kitobning qaysi joylarda ko’proq yoqib qolgani haqida gappirgan vaqtda qo’llaniladi. Bu esa kitobning qiziq – qiziq joylarini qayta o’qib chiqishga havas uyg’otadi. Bolalarning ma’lum asardagi qahramonlar va voqealarni tasvirlab chizgan rasmlari ham shu kitobning mazmunini esda yaxshi saqlab qolishda katta yordam beradi. Ko’pincha tarbiyachilar odatdagi savollar bilan, birga shu kitob qanday rasm chizish haqida ham uylab ko’rishni taklif qiladilar. Kitob bilan ommaviy ish olib borilganda, bolalarni vatanimiz va boshqa mamlakatlarda sodir bo’layotgan ijtimoiy -siyosiy voqealar va hodisalar, tabiatda yuzaga kelayotgan o’zgarishlar bilan tanishtiriladi.
Mashhur shoirlar va yozuvchilar, peadgoglar A.Avloniy, H.H.Niyoziy, S.Ayniy, S.Delimov, S.Rajavob, X.To’xtaboyevlar ifodali o’qishga yuqori baho
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
berganlar. Ovozli o’qish va so’zlab berish bolani kitobga jalb qilishning tabiiy usuli bo’lib, undan oilada ham keng foydalaniladi[6,13]. Mashhur pedagog A.S.Makarenko oilada ovozli o’qish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab: Imkoni boricha o’qish har kuni va doimiy ravishda olib borilishi lozim[5]. Avvalo ota – onalar o’qib berilsa, so’ngra bu ishni bolalarning o’ziga topshirishsa maqsadga muvofiq bo’ladi” degan edi. Ovozli o’qish va so’zlab berish maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda muhim o’rin egallaydi. Ular ham o’qish texnikasini yaxshi egallamagan bo’ladilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar birinchi – ikkinchi yilda o’qishga qiynalishlari sababli o’qishdan ko’ra eshitishni yaxshi ko’radilar. Bundan tashqari, bolalar o’qishgagina emas, diqqat bilan eshitishga ham, eshitganlarini o’zlashtirishga va aytib berishga ham o’rganishlari kerak.
Ovozli o’qishga yoki so’zlab berishga xalq ertaklari juda qiziq manba bo’lib xizmat qiladi. Har xil fantastik sehrli ertaklarni so’zlab berish maqsadga muvofiq. Aniq va yorug’ obrazli kichik, qiziqarli ma’nodor ertaklar bolalarni atroflarini o’rab turgan dunyo bilan tanishtiradi. Ularning ko’pgina savollarga javob beradi. Xalq ertaklariga xos bo’lgan xususiyat haqiqatni yomonini, rostni yolg’on ustidan g’alaba qilish xususiyati bolalarda haqgo’ylikni tarbiyalaydi. Natijalar ertaklar bolalarda badiiy adabiyotga qiziqish uyg’otadi. Ammo hamma xalq ertaklari ham bolalarga to’g’ri qilavermaydi. Ertak tanlayotganda bolalarning yosh xususiyatiga, ertakning g’oyasi va mazmuniga e’tibor berish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonlikka qiziqtirishning yana bir usuli so’zlab berishdir. So’zlab berish asar tanlangandan so’ng birinchi marta o’qib, hamma tomoniga e’tibor berish kerak. Uning mazunini bilan shunday tanishishi va eshituvchilarga ham hikoyaga asardan qanday ta’sirlangan bo’lsa, shunday ta’sirlanishlari kerak. Shundagina kitobdagi hamma narsalar eshituvchilarning esida qoladi, ular holatlarini hatto so’zma – so’z bilib olishadi. So’zlab berishda ma’noga amal qilish lozim [4].
Xulosa qilib aytganda bolalarni kitobxonlikka, kitob o’qishga qiziqtirishda psixologiyaning o’rni beqiyosdir. Chunki psixologiyaning qator metodlari orqali bolalarning kitobxonlik ko’nikmalarini shakllatirishning samaradorligi turli tajriba va tadqiqot ishlari tomonidan aniqlangan.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o’sishida albatta o’z aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o’tkazish kuchi jihatidan g’oyat mas’uliyatlidir.
Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o’tgach, uning butun yashash sharoitida jiddiy psixologik o’zgarishlar yuz beradi.
Birinchidan, bola bog’cha yoshiga o’tgach, uning faoliyat doirasi ancha kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o’yinlari, xatti-harakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo’la boshlaydi.
Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi. Uchinchidan, bola maktabgacha yoshga o’tgach, muayyan dastur asosida maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o’zgarishlar uning jismoniy va psixik jihatdan o’sib kamol topishniga ta’sir etmay qolmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonlikka mehr uyg’otishning holatini o’rganish dolzarb masala hisoblanib,umuman bolalarning yosh xususiyatlarini psixologiya fani o’rganadi. Kitobxonlik esa uning xulosalarga tayanib, bolalarning kitob o’qishicha, ularning yosh xususiyatlarini qnaday kitoblarni o’qish o’rganishga ta’sir etadi. Shunday qilib maktabgacha yoshdagi bolalarda, umuman bolalarda kitobga bo’lgan qiziqishni uyg’otishda psixologiyaning o’rni beqiyosdir.
1. Maktabgacha ta’limning davlat standard. O’zPFITI. Т., 1995.
2. Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. T.: Ilm,ziyo,2006
3. M.G.Davletshin., Sh.Do’stmuxamedova, M.Mavlonov, S.To’ychiyev. —Yosh davrlari va pedagogi psixologiyall. O’quv qo’llanma. T., 2004-y. 8.2. b.t.
4. N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti, T:. 2013-y.
5. J.G’.Yo’ldashev —Interfaol ta’lim sifat kafolatil O’MOI T-2007
6. R.A. Mavlonova va boshqalar —Pedagogik texnologiyall Fan 2008-y.
7. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T.: O’qituvchi,1993.
8. Z.Nishonova, G.Alimova. —Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasill. O’quv qo’llanma. O’zbekiston èzuvchilar uyushmasi Adabièt jamg’armasi.T., 2006-y. 10 b.t.
9. Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari”, T:. 2013-y.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00552
10. Умиров, И. (2021). Таълим жараёнида электрон таьлим воситаларини куллашнинг педагогик-психологик омиллари. Academic research in educational sciences, 2(2).
11. Iskandarovich, U. I. (2021). Theoretical Fundamentals of Introduction of Electronic Educational Tools to the Educational Process. Central asian journal of theoretical & Applied sciences, 2(1), 1-7.
12. Asqarov, I. B (2017). Bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarini tadqiqot faoliyati uchun tayyorlashning asosiy bosqichlari. Sharqiy Evropa ilmiy jurnali, (5).
13. Аскаров, И. Б. (2017). Управление и планирование процессом формирования исследовательских умений и навыков будущих преподавателей профессионального образования. Школа будущего, (2), 10-15.
14. Аскаров, И. Б. (2017). Основные подходы и принципы подготовки будущих педагогов профессионального обучения к исследовательской деятельности. Актуальные научные исследования в современном мире, (2-6), 25-32.
15. Аскаров, И. Б. (2016). Подготовка к исследовательской деятельности будущего педагога профессионального обучения. In Педагогическое мастерство (pp. 39-42).
16. yhnp://wwwdetskiysad. ru/ped.
Kitobxonlarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashning maqsad va vazifalari
Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Har bir davrning o‘z extiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o‘z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bugungi kunda “Mutolaa madaniyati”, “Kitobxonlik madaniyati”, “O‘qish madaniyati” kabi atamalar bilan qo’llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir.
“Mutolaa” so’zi arabcha “o’qish” degan ma’noga ega bo’lsa-da, bugungi kunda u kitob o’qishdan ko’ra kengroq tushunchani anglatmoqda. A. Umarov fikricha: “Mutolaa” madaniyati ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma’lumot olishga yo’naltirilgan jarayon, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o’zgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar, me’yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlardir. Ayni chog’da mutolaa madaniyatini ta’lim tizimlari orqali maxsus shakllantiradigan, ixtisoslashgan ma’lumotni inson hayoti davomida turli manbaalar – kitoblar (badiiy, ilmiy, o’quv, qomusiy), ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniya, radio va shu kabilar), zamonaviy axborot texnologiyalari (internet, elektron gazeta, jurnal, qo’llanma va hokazolar), shuningdek, subyekt bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxslar (oila a’zolari. ) orqali ega bo’linadigan turli yo’nalish va shakldagi umumiy ma’lumotdan farqlash lozim bo’ladi» 2 . Professor E.I.Yo’ldoshev «O’qish madaniyati» tushunchasiga shunday ta’rif beradi: «O‘qish madaniyati – juda keng qamrovli tushuncha bo’lib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo’lishni, shuningdek, kitobdan to’la ravishda foydalanishga yordam beruvchi ko’nikma va malakaga ega bo’lishni taqozo etadi»
Jumladan, axborot olish madaniyati badiiy adabiyotni to’g’ri tushunish, undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma’lumot-bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o’zini qiziqtirgan ma’lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot okimlari orasidan kerakli, muhim bo’lgan ma’lumotlarni ola bilish, o’z kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to’g’ri foydalanish yo’llarini o’rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. Axborot olish madaniyatini to’liq egallagan shaxsga nisbatan esa kitobxon terminini qo’llash o’rinlidir.
Safo Matchon: «Kitobxonlik – o’qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o’qish, ya’ni maqsadli o’qishdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi aytmoqchi bo’lgan fikrini nechog’li uqishini, ya’ni asar «tili»ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasi ko’rsatadi. Shu tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi». Uning fikricha kitobxonlik talanti tug’ma emas, balki tarbiya vositasida kamol topadi. Kitobxonlik haqida gap ketganda, olmon mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir: «Kitobxonlikka o’rganish uchun qanchalik ko’p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag’ishladim, lekin hali ham o’rgandim, deb ayta olmayman». Professor V.F.Asmus o’zining «Kitobxonlik – mehnat va ijod» nomli maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta’rif beradi: «Mutolaa vaqtida asar bir ko’zadan ikkinchi ko’zaga kuyilgan suv kabi kitobxon miyasiga quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi». «Taraqqiy etgan хorijiy mamlakatlarda,- deb yozadi H.To’xtaboуev,- kitobxonlik fan darajasiga ko’tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ’ib qilishgina emas, balki kitob o’qishni, o’qiladigan kitobni tanlay olishni, mag’zini chaqishni, ya’ni kitob yordamida o’zini anglashni o’rgatish hamdir».
«Axborot olish madaniyati» kontekstida uning tarbiyaga muhtoj elementlarini aniqlaymiz:
O’qishga, axborot olishga mayl, havas, ishtiyokni shakllantirish;
O’qilgan kitob orqali fikrlash yo’llarini o’rgatish;
Mavjud kitobxonlik malakalarini takomillashtirish.
Ta’lim o’qitish, o’qish, rivojlanish mujassam amalga oshiriladigan jarayondir. Axborot olish madaniyatini tarbiyalash ta’lim jarayonida amalga oshadi. Egallagan bilimlar o’quvchilarni izchil shakllantirib borishni ta’minlaydi.
Ta’lim jarayonining mazmunini tashkil qiluvchi bilim, ko’nikma va malakalar faqatgina sinfda o’qitiladigan darslarda shakllanib kolmasdan, balki sinfdan tashkari, anikrogi axborot-kutubxona muassasalarida mustaqil tarzda shugullanish orqali egallanadi.
Axborot-kutubxonachilik ishidagi mavjud tajriba shuni ko’rsatadiki, axborot olish madaniyatini tarbiyalashning eng samarali vositasi – axborot- kutubxonachilik bilimlarining o’quvchilar orasida targ’ib qilishdir. Buning eng samarali yo’llaridan biri bo’lib axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish hisoblanadi.
Axborot olish, u bilan ishlashning asosiy usullari haqida ma’lumot berish axborot-kutubxonachilik darslarining negizini tashkil etadi. Ushbu darslarda axborot bilan ishlash, kitob bilan tanishish, kitobni bevosita o’qish, eng muhimi, uni uqish, o’rganish malakalari singdirib borilishi kerak. Shuningdek, elektron kutubxonadan foydalanish, elektron kataloglar, ma’lumotlar bazalari haqida axborotga ega bo’lish, ulardan foydalanishni o’rganish kabilar kiradi. Bu esa o’z-o’zidan amalga oshadigan, jo’n narsa emas, albatta. Buning uchun axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislaridan juda keng bilim, mahorat talab qilinadi. Axborot-kutubxonachilik darslarini qay tarzda tashkil etish mumkin, degan savolga ham javob berib o’tish lozim. Tajriba shuni ko’rsatadiki, axborot-kutubxonachilik darslarini o’tkazish uchun sinfdan tashqari darslar va tarbiyaviy soatlardan alohida soatlar ajratib olish mumkin. Dars jadvali tuzishda asosan sinflar soni, nazariy va amaliy dars soatlari, o’qituvchi va kutubxonachi o’tkazadigan soatlar, darsni o’tkazish joyini, ya’ni sinfda yoki axborot-kutubxona muassasasida o’tkazilishini aniqab olish zarur.
Ayni paytda bir necha tashkiliy masalalarni ham hal etish zarur. Chunonchi, ko’pgina o’qituvchilar dars berish uslubiyotini yaxshi egallagan bo’lsalar-da, axborot- kutubxonachilik sohasida yetarli bilim va malakaga ega bo’lmaydilar. Kutubxonachilar esa aksincha. Shu sababli ham o’qituvchilarga axborot-kutubxonachilik sohasidan ma’ruzalar o’qib, ularni axborot-kutubxonalar faoliyati bilan tanishtirish, kutubxonachilarga esa dars o’tish qoidalari, uslubiyotini o’rgatish muhimdir. Bizningcha, hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda o’quvchilarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning o’ta muhimligini hisobga olib axborot-kutubxonachilik darslarini ommalashtirish, yo’lga qo’yish zarur. Avvalo, buning uchun masalaning tashkiliy jihatini hal etish, ya’ni axborot-kutubxonachilik darslarini yo’lga qo’yish yuzasidan qaror qabul qilish, shu qarorga asosan umumiy o’rta ta’lim muassasalari va axborot-kutubxona muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish va o’tkazishning aniq shakllarini ishlab chikish zarur.
Axborot-kutubxona muassasasida o’quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasini hal qilish faqat ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador bo’lmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy yuksalishi bilan bog’liq, davlatning strategik maqsadlariga xizmat qiluvchi faoliyatiga ham daxldordir. Shu sababli ham mazkur muammo ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan kompleks o’rganishni taqozo qiladi. Binobarin, tadqiqot natijalari ko’rsatganidek, kutubxonada o’quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi pedagogika, psixologiya, falsafa, adabiyotshunoslik, sosiologiya kabi kator fanlar erishgan yutuqlarga tayangan holdagina hal etilishi mumkin.
Axborot-kutubxona muassasasida axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi borasida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
Axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, umummilliy muammo hisoblanadi. Bu ma’lum davr bilan chegaralanadigan hodisa bo’lmasdan, inson umr bo’yi o’rganadigan ma’naviy ehtiyojdir.
Axborot olish madaniyatini tarbiyalaydigan asosiy maskan – axborot-kutubxona muassasalaridir. Axborot-kutubxona muassasalari o’z imkoniyatlari bilan nafaqat maktab dasturlarining, Davlat ta’lim standartlarining bajarilishida, balki mustaqil ta’lim olish sari yo’llaydi.
Axborot olish madaniyatini tarbiyalashda maktab-oila-kutubxona hamkorligini yo’lga qo’yish muhim ahamiyatga ega. Axborot-kutubxona muassasalarining axborot olish madaniyatini tarbiyalashdagi asosiy vazifalarni belgilash zarur.
Axborot-kutubxona muassasalarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning pedagogik-psixologik asoslarini o’rganmasdan turib, haqiqiy kitobxonni kamol toptirish mumkin emas. Xususan, Axborot-kutubxona muassasalarda foydalanuvchilarning yosh xususiyatlari, tipologik jihatlari, ularning psixologik tayyorgarligi, ayniqsa, ulardagi fiziologik o’zgarishlar albatta hisobga olinishi zarur.
Axborot-kutubxona muassasalarida o’quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalashda quyidagi asosiy yo’nalishlarga jiddiy e’tibor qaratilishi lozim:
kitobxonnning oilaviy sharoiti, oilada Axborot-kutubxona muassasasining bor-yo’qligi, bolaning yosh xususiyatlari va psixologik tayyorgarlik darajasini o’rganish;
umumta’lim muassasasi dasturidagi fanlarni hisobga olish, bolaning qiziqishlari doirasini aniqpash hamda shunga muvofiq tarzda yakka va ommaviy rahbarlik yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqish;
o’quvchida o’z ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirib borish, axborot olish malakalarini shakllantirish;
o’quvchining yosh xususiyatlari va psixologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda turli-tuman ommaviy shakllardan samarali foydalana olish, mavjud sharoitdan kelib chiqib yangi shakllarni izlab topish va amalda qo’llash mahoratiga ega bo’lish;
o’quvchilarni axborot olishga bo’lgan qiziqishini shakllantirish, ularni Axborot-kutubxona muassasalariga, mutolaaga kengroq jalb qilish;
o’quvchilar o’rtasida axborot-kutubxonachilik bilimlarini keng targ’ib qilish.
Axborot olish madaniyatini tarbiyalashning asosiy mas’uliyati kutubxonachilar zimmasiga tushadi. Bu jarayon esa mutaxassislardan juda katta pedagogik mahoratni, professional bilimni, eng muhimi, o’z kasbiga bo’lgan fidoyilikni talab etadi. Bu asosan kutubxonachi kadrlar tayyorlash jarayonida shakllanadi. Shu sababli ham kutubxonachi kadrlarga bo’lgan talabni kuchaytirishga, ta’lim sifatini oshirish zarur.
Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon “Kitoblar tafakkur durdonalarini avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir” deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni charhlaydigan, aql bulog’ini ochadigan va uni ilhomlantiradigan buyuk mo”jizadir.
Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyotidagi beqiyos o’rni qadimdan ma’lum. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go’zallikka muhabbat uyg’otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg’usini paydo qiladi.
Bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va mas’uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o’zi ham yuksak didga ega va ma’rifatli va bilimli bo’lishlari kerak. Ma’lumki, bola kitob o’qishni bilgan taqsirdagina, kitob uning ma’naviy hayotida muhim rol o’ynaydi. Kitob bolaning ma’naviy boyishi uchun uni ma’naviy, aqliy, estetik o’sishga yo’llashi zarur. Buning uchun dastlabki turtki oilada bolaga o’qib berilgan birinchi kitob bo’lsa, ikkinchisi, bola otasi va onasining o’qishini eshitib, badiiy obrazlar go’zalligini tasavvur qilishi, kitob bilan ana shu birinchi va ikkinchi uchrashuv bolaning keyingi o’smirlik davrida uning ma’naviy hayotining barcha sohalari: mehnat, o’yin, musiqa, bolalar ijodi bilan bog’liq bo’lib, uni hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur. Chunki, o’smir hayotini ijodiy mehnat, ertaklar olami, fantaziyalar, o’yin va musiqasiz tasavvur etish qiyin. Bularning barchasini kitobxonlik ham qamrab olsa, uning hayoti mazmunsiz, voqea-hodisalarning tub mohiyatini anglab olishga harakat qiladigan, turmush ziddiyatlarini tushunadigan aql-zakovatli ma’nan barkamol shaxs bo’lib yetishishiga yordam beradi. Ana shunday aql-zakovatni shakllantiruvchi, inson cha’naviy dunyosini boyituvchi vosita – bu kitob, kitobxonlikdir.
Kitobxonlik – bu insonning o’z ustida ishlashi, faoliyatini ma’lum yo‘nalishga burib yuborish, ongida ma’lum tuyg’ularni, e’tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o’ylashga, hayotda qanday yashashga o’rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning ma’naviy o’gitlarini ilg’ab olish va bular asosida o’z hayot yo’li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o’qigan kitobidan yangilik topish, ma’naviy dunyosini boyitishdan iboratdir.
Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo’llasa, uni o’qimaslik johillikka, ma’rifatsizlikka olib kelib, natijada ma’naviy bolada qashshoqlik yuzaga keladi. Maktabda, oilada muhim vazifa – kitobxonlikni inson hayotida zaruriyatga aylantirishdan iborat. Agar kitobxonlik zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e’tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga bo’lgan munosabatini o’zgartirish mumkin emas.
Oila kitobxonligi bu – oila a’zolarining aql-zakovati va yuksak ma’naviyatini shakllantiruvchi, inson ma’naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma’lum tizimidir. Bu tizim o’smirlarning aqliy, ma’naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat bo’lib, o’zbek oilalarining kitobxonlikka doir boy an’anasi va hozirgi davrda to’plangan boy tajribasiga asoslanadi.
O‘zbek oilasi bugun eski totalitar jamiyat mafkurasi singdirilgan kitoblardan voz kechmoqda. Yangi mazmun va mohiyatga ega bo’lgan kitoblar tanlanmoqda. Bu jarayonda kitobxonlik pasayganday ko’rinsa ham, aslida u sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarilmoqda.
O‘smirlar ma’naviyati rivojlanib boruvchi faol jarayon. Shu sababli ota-ona kitobdan foydalanishda quyidagi omillarga e’tibor berishlari lozim:
1. O’smirlarda kitob o’qish ishtiyoqinishakllantirish. Nihoyatda murakkab bo’lgan. Bu masala o’smirlarning kitobxonlikka bo’lgan munosabatini belgilaydi. Tan olish kerak, o’smirlarning bugungi kitobxonlik darajasi qoniqarli emas. Bu ijtimoiy muammodan chiqib ketishning yagona yo’li ota-onaning yordamga kelishidir. Maktabda o’qituvchi, uyda ota-ona bolada kitob o’qish ko’nikmasini hosil qilishi kerak. Bunda oddiydan murakkablikka, ya’ni murakkabligi jihatidan normal, bolaning kamolot darajasiga mos bo’lgan kitoblar tanlash qo’l keladi.
2. Kitob tanlashda o’smirning ma’naviy darajasini hisobga olish lozim. Ota-onaning o’smirda kitob o’qish ko’nikmasini hosil qilishdagi ilk vazifasi kitob tanlashda yordam berishdir. Ularning saviyasiga mos bo’lgan adabiyotlarni keng targ’ib qilish o’smirlarni jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning yetuk, barkamol insonlari bo’lib etishishi uchun va ma’naviyatining yuksakligi bilan oilasiga va jamiyatga foyda keltirishga olib keladi. Buning uchun oilada kitobxonlik ruhi bo’lishi kerak. Kitob tanlashda o’smirning yosh xususiyatini hisobga olish o’smirning rasional o’sishiga olib kelsa, ma’naviy darajasini hisobga olish esa intellektual rivojlantiradi. Bu esa rasionallikdan ko’ra keng qamrovli va samaralidir. Oiladagi kitobxonlik ruhi bevosita bola ruhiyatiga ham ta’sir etadi, shu sababli, bunda birinchi galda badiiy adabiyotni, keyinchalik ixtisosliklar bo’yicha kitoblarni tavsiya etish mumkin.
3. Kitob tanlashga ixtisoslashish. O‘qituvchi, ota-ona o’smirni kitobxonga aylantirib borishida uni ixtisoslashtirib borish yo’lini tutishi kerak. Bu borada eski texnologiya – o’smir yuqori sinfga o’tganda ixtisoslashtirish kerak, degan fikrdan voz kechish lozim.
Aksincha, dastlabki (boshlangich) bosqichlardanoq o’smirning ma’naviy dunyosi, tarbiya muhiti, qiziqishi, dunyoqarashi va ruhiy xususiyatlari hisobga olinib, ixtisoslashtirilib borilishi kerak. Bu tajriba Amerika ta’lim tizimida o’zini oqlagan. Ularda bolani 12 yoshga qadar ixtisoslashtirishga harakat qilinadi va shunga qarab kitob tanlab beriladi. Bu dastlab mutaxassislarni cho’chitgan edi, lekin Amerika ta’lim tizimining keyingi 30 yillik tajribasi o’smirlarni boshlang’ich sinflardayoq ixtisoslashtirish samarali ekanligini isbotladi. Natija o’smirda mustakil fikrlash va harakat qilishga intilishning paydo bo’lishiga erishildi.
4. Kitobni ekspertizadan o’tkazish. Jamiyatimiz erkinlashib, demokratlashib borgan sari kitob nashr etish ishlarida ham erkinlik yuzaga kela boshladi. Tabiiyki, bu hol turli saviyadagi kitoblarning nashr etilishiga sabab bo’lmoqda. Shu ma’noda ota-ona bola uchun kitob tanlayotganida kitobning ma’no-mazmuni, uslubiy jihatdan mutaxassis ko’rigidan o’tkazib olishi maqsadga muvofiq. Bunday qilish tarbiyaning asosiy yo’nalishlaridan chalgimaslikka, o’smir ma’naviy dunyosining to’g’ri shakllanishiga va qo’yilgan maqsadga etishish uchun olib keladi. Bu tajriba o’zbek milliy pedagogikasi tajribasidan ham ma’lum. Ular talabga javob bermaydigan kitobni o’z farzandiga o’qishni qat’iy taqiqlagan. Bugun ham bu tarbiya jihati muhim sanaladi.
5. Kitob o’qishni kuzatib, nazorat qilib borish. Bugun ota-onalar tarbiya jarayonining natijasi bo’lgan kitobxonlik bilan ko’proqqiziqishi kerak. Shu ma’noda o’smirlar kitobxonligini monitoring kilib borish maqsadga etishning samarali jihatlaridan biridir.
Monitoring, kitobxonlik yuzasidan test sinovlari, kitobxonlik kechalari, muloqot, davra suhbatlari, turli mavzularda munozaralar, ilmiy-amaliy anjumanlar, suhbatlar, sosiologik-empirik tadqiqotlar va analitik tekshiruvlar vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumki, kitobxonni avvalo kitobda tasvirlangan voqelik qiziqtiradi. Asta-sekin bu kizikish uning hissiyotiga ta’sir etib, tasvirlangan voqelik bilan hayot voqeligini taqqoslay boshlaydi, tasvirlardagi go’zallikni anglay boshlaydi, qahramonlarning xarakteri haqida o’ylay boshlaydi, muallifning maqsadi bilan qiziqadi. Faqat bu borada biz kitob vositasida tarbiyalashning yangi usul va mexanizmlarini yaratishimiz lozim.
Ota-onalar bolalarga kitob tanlashda, ayniqsa, o’smirlarning yoshi, ruhiyati, qiziqishi, didini hisobga olishi yoki zarur hollarda mutaxassislar bilan maslahatlashishi kerak. Shu bilan birga bola o’qiyotgan har bir badiiy asarning tarbiyaviy jihatlariga ham e’tibor berish zarur.
Kitob tanlashda faqat o’zbek adabiyotigina emas, qardosh va chet el adabiyoti namunalaridan ham bolalarga tavsiya etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Sh.Pero Orinyanning “Qizil shapkacha”, aka-uka Grimmlar, Mark Tven, Xans Xristian Andersen, Janni Rodari, Jonatan Svift, Rasul Gamzatov, Nodar Dumbadze, Chingiz Aytmatov, A.S.Pushkin asarlari, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, S.Marshakning hikoyalari doimo bolalar uchun kiziqarli.
Oilalarda yana bir muhim muammo – kitobni asrash va uni o’zidan keyingi oila a’zolariga yoki boshqalarga yetkazishdir. Ko’pincha biz kuzatgan oilalarda kitob tanlash, uni o’qishga e’tibor beriladi-yu, lekin avaylab-asrashga, kitobga mehrni tarbiyalashga befarq qaraydilar. Kuzatishlar natijasida darsliklar, juda ko’p rangli bolalarbop kitoblar yirtilib, chizilib, axlat qutilariga tashlanganligining guvohi bo’ldik. Bolalarga “Kitob ham nondek aziz”ligini tushuntirishda kattalarning o’zi ibrat bo’lishi zarur. Ajdodlarimiz doimo kog’ozni uvol qilmanglar, uni avaylab-asranglar deb kelganlar. Bu an’anani yosh avlod ongiga singdirish bir tomondan bolalarda kitobni asrash eng muhim insoniy hislat sifatida shakllantirsa, ikkinchi tomondan hozirgi bozor iqtisodi sharotida kitob zahirasini yaratish muhim omil sanaladi. Ayniqsa, serfarzand oilalarda hox darslik bo’lsin, hox badiiy yoki ommaviy adabiyotlar bo’lsin, ular har bir xonadon a’zosiga o’zidan keyingi oila a’zolariga ham kerakligini tushuntirish asosiy vazifalardandir.
Hozirgi davrda televizor qisman kitob o’qishni siqib chiqarayotir, degan e’tirozlar ham paydo bo’lmoqda. Lekin televizorda biror ko’rsatuvni ko’rish uchun har bir inson tayyorlanadi, o’ziga qulay sharoit yaratadi. Teledasturlar qaysi ko’rsatuvni qachon ko’rishga o’rgatadi. Agar kitob o’qish uchun ham ota-onalar ana shunday sharoit yaratsa, televizor ko’rish va tanlab kitob o’qishni, qiziqib o’qishni o’rgatsa, ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.
Kitobxonlikda eng muhimi oilada kitobga mehr uyg’otish, uni avaylab-asrashni tarkib toptirishdir. Faqat allomalargina emas, ko’plab oddiy insonlar ham kitobni asrab-avaylaydilar. Xalqimiz azaldan “Kitob har narsadan aziz, uni peshonaga surtish – o’pish savob”, deydi. Buyuk olimu adiblarimiz Oybek, G’afur G’ulom, Izzat Sulton, Mirzakalon Ismoiliy va boshkalarning uy muzeylariga ota-onalarning o’z farzandlari bilan sayohatlarida bu insonlar uchun kitobdan boshqa aziz narsa bo’lmaganligi, ular kitoblarni avaylab-asraganlari, juda ko’p o’qiganlari ma’lum bo’ladi. Zero, xalqimizning kitobni e’zozlab ardoqlagani, nam tegmaydigan tokchalarda asragani, bo’sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan o’tkazganlari kitobga nakadar mehr-muhabbat qo’yganlarning guvohidir.
Bularning barchasi o’smirlarda shaxsiy kutubxona tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kitob yig’ishda uni ko’z-ko’z qilish emas, balki o’z oilasidagi farzandlari va ularning do’stlarini ham bahramand qilishga olib keladi.
Olimlarning fikricha, bir odam butun umri davomida 2000 ta kitob o’qiy olish imkoniyatiga ega ekan. O’smirlik yillarida bola o’qigan kitob unda bir umrga iz qoldirishi muhim. O’smir endi bolalik davridan o’tgan. U o’qigan kitobidan mamnun bo’lib, zavq bilan o’qishi zarur. U endi kitobni yozuvchining badiiy mahoratiga qoyil qolib, so’zning hissiy bo’yog’idan ta’sirlanib, uni idrok qilib o’qishga o’tadi. Shunday ekan, u o’ziga yoqib kolgan kitoblar bilan oilasining shaxsiy kutubxonasini boyita boradi yoki o’zi shaxsiy kutubxona tashkil etish tashabbuskori bo’ladi.
Shaxsiy kutubxona egalarining qiziqishlari turlicha bo’lishi mumkin: mamlakatlar tarixi, ajoyib kishilar hayoti, ilmiy-fantastika, sayohatlar to’g’risida kitoblar, tarixiy qissa va romanlar, poeziya, san’at sohalariga doir kitoblar shular jumlasidandir. Badiiy adabiyotlar tarkibida qayta-qayta o’qiladigan yoki sevimli yozuvchilar tanlangan asarlarining bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir. Bir marta o’qiladigan kitobni ommaviy kutubxonalardan olib o’qigan ma’qul. Bolalar kutubxonasi uchun kitob tanlaganda, asosan, turli yoshdagi bolalarni hisobga olish kerak. Ular uchun turli millat yozuvchilarining ertak, sarguzasht, ilmiy-fantastik kitoblarni ham ko’paytirish darkor. Bu ularning tafakkuri rivojlanishiga katta zamin tayyorlaydi. Darhaqiqat, mashhur pedagoglardan biri ta’kidlaganidek: «Kitob mutolaasi bilan o’tgan hayot — fikrlar go’zalligi bilan oshno bo’lish, madaniy boylikdan huzur qilish, o’z-o’zini yuqori ko’tarishdir». Barkamol avlodni voyaga yetkazmoq uchun ularni kitob bilan oshno qilishimiz, kitobni mayoq qilib qo’llariga tutqazishimiz lozim. Qalb tarbiyasini esa, biz kattalar o’zimizdan boshlashimiz kerak. Har bir oilada kam sonda bo’lsada kitoblar bo’ladi. Aksariyat hollarda esa bir necha o’nlab, yuzlab, minglab kitoblar bilan oila kutubxonasi bo’lishi mumkin
Boladagi barcha tarbyaviy hislatlar dastlab oilada shakllanadi, demak kitobxonlik ham o’z oilasi a’zolari ko’magi va ta’sirida yuzaga keladi, rivojlanadi. Kitobxonlikning yaxshi yoki sust rivojlanishida oiladagi boshqa a’zolarning kitobga, o’qishga munosabati katta ta’sir ko’rsatadi. Ota-ona har bir ishda, jumladan kitobga munosabatva uni o’qishda ham bolalariga o’rnak bo’lishlari lozim. Oilada bola kitobxonligining faollashuvida shaxsiy kutubxonadagi kitoblarni birgalikda o’qish va ularni muhokama qilish; ota-onaning boladan har bir javob haqidagi shaxsiy tushuncha va fikrini so’rash, bu fikrni bildirish uchun bolaning kitob haqida mushohada yuritishni o’rganish (aniqrog’i o’rganish) muhimdir.
Kitobxon – o’quvchi oilada o’rgangan hayotni kitobdagi hayotiy voqealar bilan boyitib, hayot haqidagi tushunchalari, insoniy fazilatlar, yaxshilik, qadriyatlarni, avlodlari hayoti bilan faxrlanish, Vatanga muhabbat, do’stga sadoqat, hurmat, mehnatsevarlik, sabr-tokatlilik fazilatlari yuksalib boradi. Bu borada eng katta yordamchi badiiy adabiyotdir. Badiiy adabiyotda har qanday voqea-hodisa badiiy obrazlardan, ta’sirchan shaklda ifodalandiki, unda o’smir yoshdagi kitobxon ko’p fazilatlarni o’rganish, ma’nan boy shaxs bo’lib shakllanishi mumkin.
XIX asrda bolalar kitobxonligi: “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda oila va kutubxona hamkorligi” mavzusidagi konfrensiya materiallari