Press "Enter" to skip to content

Adabiyot 10 sinf pdf

Qaytish Yuklandi: 16776

Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari (10-11-sinflar uchun)

Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari (10-11-sinflar uchun)

On 16.08.2018 By shuhrat In DTS va o’quv dasturlari, Taqvim-mavzu rejalar 0 fikr

Yangi tayanch o‘quv reja

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorlariga muvofiq, shu yil 27-iyulda Xalq ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun 2018-2019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 191-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2018-2019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja tasdiqlandi.

Buyruqqa asosan 2018-2019 o‘quv yilida 2- va 6- (6-sinfda faqat chet tili) hamda 11-sinflarda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv dasturlari amaliyotga joriy etilishi belgilandi. Respublika ta’lim markaziga xalq ta’limi hududiy boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda tayanch o‘quv reja va uning ijrosi bilan bog‘liq hujjatlarning mazmun-mohiyatini avgust kengashlarida va bevosita pedagogik jamoalarda keng tushuntirish ishlarini tashkil qilish vazifalari topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tayanch o‘quv reja va tushuntirish xatida belgilangan vazifalar ijrosi 2018-2019 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarida to‘liq bajarilishini ta’minlaydi.

Mazkur buyruq qabul qilingani munosabati munosabati bilan Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 16-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2017-2018-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 165-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining

2018-yil 27-iyuldagi191-sonli buyrug‘iga 1-ilova

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun

2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI cinflari uchun

2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejaga

TUSHUNTIRISH XATI

Mazkur tayanch o‘quv reja va uning tushuntirish xati quyidagi huquqiy – me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqildi:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875-PQ-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3304-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 iyuldagi 803-f-son farmoyishi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 18-avgustdagi 65QQ/43-sonli qo‘shma qo‘shma qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanQvaM) asosida tuzilgan.

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tayanch o‘quv rejasi yo‘nalishi va xususiyatiga ko‘ra quyidagi oltita blok-modullardan tashkil topdi:

tabiiy va iqtisodiy fanlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi 2018 yil 9 fevraldagi 11-son majlis bayoniga asosan boshlang‘ich sinflarda (I-IV sinf) o‘quv haftasining davomiyligi 5 kun etib belgilandi.
  2. Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda rus tili fani, ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili fani haftasiga 2 soat hajmida II sinfdan boshlab o‘qitiladi.
  3. Ta’lim qardosh (qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillarida olib boriladigan maktablarda rus tili fani o‘quvchilar va ularning ota-onalari xohishiga qarab o‘quvchilar soni 25 nafargacha bo‘lgan II-XI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 1 soat olinib II sinfdan boshlab o‘qitilishi mumkin.

O‘quvchi soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan holatda II-VI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 2 soat, VII-IX va XI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 1 soat, X sinfda maktab ixtiyoridagi 1 soat, VII-XI sinflarda matematika fanidan 1 soat olinib sinf ikki guruhga bo‘lib haftasiga 1 soatdan rus tili fani o‘qitilishi mumkin.

Ushbu fanning o‘qitilishi Respublika ta’lim markazining tavsiyalari asosida, tegishli o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalarga muvofiq tashkil etiladi.

  1. Jahon tarixi fani VII-IX sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan;

O‘zbekiston tarixi fani VII-IX sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan;

dunyo dinlari tarixi fani IX–XI sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

  1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2001-yil 4-yanvardagi F-1322-sonli farmoyishi asosida I-IV sinflarda “Konstitutsiya alifbosi” kursi o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat tarkibida 10 soatdan o‘qitiladi;

V-VI sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat” kursi “Vatan tuyg‘usi” fanidagi mavjud takrorlanishlar hamda takrorlash va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun ajratilgan soatlar hisobidan alohida dastur asosida 17 soatdan o‘qitiladi;

VII sinfda 17 soat hajmida maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan o‘qitiladi.

Bu mashg‘ulotlar dars jadvaliga kiritilishi va V, VI, VII sinf jurnalida alohida bet ajratilib qayd etilishi lozim.

Mazkur darslarning mazmunida “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Bolalarning mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi 182-konvensiya, “Ishga qabul qilishuchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi 138-konvensiya to‘g‘risida o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda tushunchalar berish tavsiya etiladi.

  1. Astronomiya fani XI sinfda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi
  2. Iqtisodiy bilim asoslari:

I-IV sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” kursining o‘quv materiallari ona tili, o‘qish, odobnoma, matematika, atrofimizdagi olam fanlari tarkibida, sinflar kesimida 10 soatdan;

V-VII sinflarda “Iqtisod va soliq saboqlari” o‘quv kursi tarix, matematika, fizika, geografiya, Vatan tuyg‘usi fanlari tarkibida sinflar kesimida 17 soat hajmida singdiriladi;

VIII-IX sinflarda iqtisodiy bilim asoslari fani haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

XI sinfda tadbirkorlik asoslari 1 soatdan o‘qitiladi.

  1. Jismoniy tarbiya fani I–X sinflarda haftasiga 2 soatdan, XI sinfda 1 soat o‘qitiladi.
  2. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani X sinfda haftasiga 2 soatdan, XI sinfda 1,5 soat o‘qitiladi.
  3. O‘quvchilarga X–XI sinflarda haftada 1 kun 6 soat hajmda kasbiy ta’lim o‘rgatiladi. Mazkur mashg‘ulotlar O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘tkaziladi.
  4. O‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olish, ta’lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish tamoyillariga asoslanib, shuningdek, kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashga maqsadli tayyorlash uchun IX-X sinflarda haftasiga 1 soat maktab ixtiyoridagi soatlar ajratilgan.Ushbu soatlar o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda filologiya, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, amaliy fanlar yo‘nalishida chuqurlashtirilgan sinflar tashkil etiladi.
  5. Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

Fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash
va amalga oshirish mumkin.

  1. “Yo‘l harakati qoidalari”ni o‘rgatish uchun:

I sinfda maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan haftasiga 0,5 soat ajratilib, 17 soat o‘qitiladi,sinf jurnalida alohida sahifada o‘tilgan mavzular qayd etiladi;

II-VIII sinflarda bu mashg‘ulotlar tasdiqlangan dastur asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan tarbiyaviy soatlar hisobidan 8 soatdan o‘qitiladi. “Yo‘l harakati qoidalari” mashg‘ulotlari II-VIII sinflarda maktab dars jadvaliga kiritiladi va sinf jurnalida tarbiyaviy soatlar uchun ajratiladigan sahifada o‘tilgan mavzular qayd etib boriladi.

  1. “Hayot xavfsizligi asoslari” mashg‘ulotlarini o‘rgatish uchun:

I-IV sinflarda atrofimizdagi olam, odobnoma, jismoniy tarbiya fanlari tarkibida 17 soatdan;

V-XI sinflarda fizika, kimyo, biologiya, geografiya, Vatan tuyg‘usi va Milliy istiqlol g‘oyasiva ma’naviyat asoslari fanlari dasturlari tarkibida sinflar kesimida 17 soatdan o‘tiladi.

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-IV sinflarida “Salomatlik darslari” o‘quv kursi o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik,odobnoma, jismoniy tarbiya va fanlari tarkibiga, V-VII va IX sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari” o‘quv kursi biologiya, texnologiya, jismoniy tarbiya fanlariga integratsiya qilingan holda o‘qitiladi.

VIII sinfda maktab ixtiyoridagi soatlardan foydalangan holda yiliga 17 soat o‘qitiladi.

Davra suhbatlariga mutaxassis tibbiy xodimlarni taklif etish tavsiya etiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlari, shuningdek atrof muhitni himoya qilish yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar I-XI sinflarda 17 soatdan fanlar bo‘yicha dars mavzulari zamirida to‘garak mashg‘ulotlarida, tarbiyaviy soatlarda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda singdirib o‘tish tavsiya etiladi.
  2. V-X sinflarda geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va XI sinfda tadbirkorlik asoslari fanlari tarkibida “Davlat byudjeti”ga doir 1 soatlik mavzularni singdirib o‘qitish tavsiya etiladi.
  3. “Ekologik tarbiya va atrof muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan bilimlar” I-IV sinflarda o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat tarkibida, V-XI sinflarida biologiya, kimyo, geografiya fanlariga singdirib o‘qitiladi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:

o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I-XI sinflarida chet tili fani, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashtirilgan fanlar, V-XI sinflarda informatika
va axborot texnologiyalari, ta’lim tili o‘zbek tilida bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida o‘zbek tili fani hamda ta’lim tili rus tilida bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida rus tili, o‘quvchilar sonidan qat’iy nazar VIII-XI sinflarda jismoniy tarbiya, V-IX sinflarda texnologiya, X-XI sinflarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.

Ushbu fanning o‘qitilishi Respublika ta’lim markazining tavsiyalari asosida, tegishli o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalarga muvofiq tashkil etiladi.

  1. V-XI sinflarda jismoniy tarbiya fani bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar sport seksiyalar tarzida o‘tkaziladi.
  2. Ta’lim qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman tillarida olib boriladigan maktablarda maktab pedagogik kengashining qaroriga binoan ayrim fanlar va kurslar o‘zbek tili(davlat tili)da o‘qitilishi mumkin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

“Oila asoslari” kursi V-VI sinfda “Vatantuyg‘usi”, VII sinfda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlari tarkibida
10 soatdan;

“Oila etikasi va psixologiyasi” kursi VIII-X sinflarda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani tarkibida 10 soatdan o‘qitiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori hamda 2018-yil 9-fevraldagi 11-son majlis bayoniga muvofiq, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);

o‘quv haftasining davomiyligi — I-IV sinflarda 5 kun,
V-XI sinflarda 6 kun;

dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi
— 5-10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi
— 15-30 daqiqa).

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

I sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

  1. Mazkur tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati asosida har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasi 2018-2019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv reja va tushuntirish xatini ishlab chiqadi va avgust oyidagi pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.
  2. Barcha turdagi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darslar va mashg‘ulotlar mazkur o‘quv reja asosida davlat tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.
  3. O‘quv yili yakunida V-VIII sinf o‘quvchilarining mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan, ota-onalar va mahalla qo‘mitalari raislari bilan kelishilgan, maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida maktabda, Xalq ta’limi vazirining 2003-yil 3-noyabrdagi 159-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaga qat’iyan rioya qilgan holda V-VI sinflarda 6 kun 3 soatdan, VII sinfda 10 kun 3 soatdan, VIII sinfda 16 kun 4 soatdan amaliy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

01/08 2018

Adabiyot 10 sinf pdf

–>Bosh Menyu –>

–>

Adabiyot [13]
Biologiya [21]
Fizika [5]
Geografiya [6]
Dunyo Din Tarixi [3]
Informatika [2]
Ingliz tili [2]
Ona-tili [14]
Tarix [22]
Matematika [3]
Kimyo [2]
Rus-tili [0]
PDD [1]

–>

10-sinf uchun test savollari FIZIKA

Yukladi: routerboy Fan: Fizika

Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!

Qaytish Yuklandi: 16776

  • 9-sinf uchun test savollari (FIZIKA)
  • 7-sinflar uchun algebradan test savollari
  • 7-sinf adabiyotidan Test savollari
  • Umumiy ekologiyadan test savollari
  • Informatika fanidan test savollari
  • MATEMATIKA FANIDAN TEST SAVOLLARI 1-VARIANT
  • MATEMATIKA FANIDAN TEST SAVOLLARI 2-VARIANT
  • O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan test savollari
  • 7-sinf adabiyotidan Test savollari
  • Adabiyotdan Test savollari 2
  • Adabiyotdan Test 9-sinf uchun
  • Adabiyotdan Test savollari 5
  • Adabiyotdan Test savollari
  • Botanika fanidan test savollari
  • Biologiya-2005 yil test savollari (Вариант 101-133)
  • Fizikadan Test savollari
  • 6-sinflar uchun Ona tilidan test topshiriqlari
  • 10-sinf ona tili test
  • Alisher Navoiy bo’yicha test savollari
  • Geografiya fanidan test savollari 1

Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.

10-sinf-informatika

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O‘rta ta’lim muassasalarining 10sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik 1-nashri O‘zbekiston Respubllkasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan Toshkent – 2017

  • Page 2 and 3: UDK: BBK Mualliflar: Taylaqov Norbe
  • Page 4 and 5: I BOB. MS EXCEL 2010 DA AMALLAR VA
  • Page 6 and 7: varaq (Лист) lardan tashkil top
  • Page 8 and 9: SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Excel elek
  • Page 10 and 11: Absolut va nisbiy murojaatlar birga
  • Page 12 and 13: 2. MS Excel 2010 elektron jadvalida
  • Page 14 and 15: YODDA SAQLANG ! MS Excel 2010 dastu
  • Page 16 and 17: 2-mashq. O‘quvchilarning fanlarda
  • Page 18 and 19: SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Varaqlarni
  • Page 20 and 21: SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. СУММП
  • Page 22 and 23: YODDA SAQLANG ! MS Excel dasturida
  • Page 24 and 25: • Файл bo‘limidan Сохр
  • Page 26 and 27: Jadvalni yuqoridagi tartibda to‘l
  • Page 28 and 29: SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. И funksiy
  • Page 30 and 31: 12-DARS. NAZORAT ISHI O‘tilgan ma
  • Page 32 and 33: 1. Firmaning joriy yilning I-kvarta
  • Page 34 and 35: • B2 katagiga =COS($A$1)*COS(B1)
  • Page 36 and 37: Bajarish: • A1:A10 va B1:B10 blok
  • Page 38 and 39: Bajarish: • A1:C5 bloklarga ixtio
  • Page 40 and 41: 4 3 2 1-mashq. x 2x 3x 1 0 tengl
  • Page 42 and 43: 10 3 3,333333 5 4 1,25 2,5 5 0,5 19
  • Page 44 and 45: 20-DARS. MA’LUMOTLAR OMBORI HAQID
  • Page 46 and 47: Ma’lumotlar omborini boshqarish t
  • Page 48 and 49: 5. Quyidagi relyatsion modelning ch
  • Page 50 and 51: MS Access 2010 ning asosiy elementl
  • Page 52 and 53: 2. MS Excel 2010 da quydagi jadvaln
  • Page 54 and 55: • Имя таблицы qatoriga
  • Page 56 and 57: 26-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT 1. MS
  • Page 58 and 59: 2-mashq. O‘quvchilar haqidagi ma
  • Page 60 and 61: • jadvallar ma’lumotglar bilan
  • Page 62 and 63: 28-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT 1. “
  • Page 64 and 65: Natijada quyidagi oynada Ali va Val
  • Page 66 and 67: Bunda biz oynaga qidirmoqchi bo‘l
  • Page 68 and 69: • в один столбец ( bi
  • Page 70 and 71: Hosil bo‘lgan dasturni ishga tush
  • Page 72 and 73: 4. / Bo‘lish 5. ^ Darajaga kotari
  • Page 74 and 75: • hosil bo‘lgan oyna ikki qismd
  • Page 76 and 77: 10. MS Access 2010 da ko‘p dars q
  • Page 78 and 79: III BOB. DELPHI MUHITIDA ILOVALAR Y
  • Page 80 and 81: o‘xshab bora boshladi. Masalan, b
  • Page 82 and 83: C++ va C# dan foydalanishsa, faqat
  • Page 84 and 85: yopish uchun xizmat qiladigan uchta
  • Page 86 and 87: ishlaydi va ular orasida nifoqlar k
  • Page 88 and 89: ilovani yangi joyga, to‘rtinchisi
  • Page 90 and 91: 1.1.1. Muloqot darchasida joriy pap
  • Page 92 and 93: SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Boshqarish
  • Page 94 and 95: Butun son turidagi kattalikni matn
  • Page 96 and 97: obyekt egallagan joyning kengligi,
  • Page 98 and 99: 44-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT 1. Yan
  • Page 100 and 101: Birinchi tugma yordamida ilova oyna
  • Page 102 and 103: Button2.Enabled:=not Button2.Enable
  • Page 104 and 105: harfi aks etadi. #42 o‘rniga bevo
  • Page 106 and 107: 1.2. Edit1ni sichqoncha bilan ikki
  • Page 108 and 109: ga teng shar hajmi va sfera yuzini
  • Page 110 and 111: 6. dan gacha bo‘lgan barcha sonla
  • Page 112 and 113: Lekin bu chorasizlik alomati. Bu us
  • Page 114 and 115: Bu operatorlardan birinchisi har sa
  • Page 116 and 117: operatorlarni kiritamiz. 5.3. Ikkin
  • Page 118 and 119: RadioGroup xossalaridan biri Column
  • Page 120 and 121: YODDA SAQLANG ! Radio tugmalar guru
  • Page 122 and 123: obyektlar ham bor. Ulardan biri oby
  • Page 124 and 125: 4. Eng yaxshi futbolchi ilovasi. Ya
  • Page 126 and 127: 56-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT 1. Avv
  • Page 128 and 129: tugmalari yordamida nusxalash, kesi
  • Page 130 and 131: 3. Tub sonlar ilovasi. 2017 tub son
  • Page 132 and 133: 4-variant 1. ComboBox obyekti va un
  • Page 134 and 135: Image1.Canvas.Pen.color:=clRed; ope
  • Page 136 and 137: for i:=1 to n do begin y[i]:=round(
  • Page 138 and 139: 1.10. Ekranga ichma-ich joylashgan
  • Page 140 and 141: Timer obyektini ikki marta bosib, u
  • Page 142 and 143: osilganda avtomatik tartibdan chiqi
  • Page 144 and 145: canvas.brush.Color:=clYellow; canva
  • Page 146 and 147: 2. Rasmga shakllarni joylash. Rasmg
  • Page 148 and 149: 64-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT 1. Yan
  • Page 150 and 151: 2. Koptok ilovasi. Timer obyektidan
  • Page 152 and 153: satrda koptokning yangi holati rasm
  • Page 154 and 155: 67-DARS. NAZORAT ISHI Quyida nazora
  • Page 156 and 157: FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zb
  • Page 158 and 159: MUNDARIJA I BOB. MS EXCEL 2010 DA A
  • Page 160: Taylaqov Norbek Isaqulovich Axmedov