Press "Enter" to skip to content

6-sinf adabyot savol javob

Bolani kitobxon qiladigan, uni kitoblar olami sari yo‘llaydigan asosiy omil darslik. Agar shoir yoki yozuvchi ijodidan berilgan namunalar bolani o‘ziga rom etsa, u albatta, ijodkorning boshqa asarlarini ham izlab topadi. “Rangin tuyg‘ular” bo‘limi Zulfiya ijodi bilan boshlanadi. Ammo shoira ijodidan berilgan she’rlar o‘quvchini shoira ijodidan uzoqlashtiradi. Holbuki, shoiraning o‘quvchi yoshiga mos asarlari ham bor edi. Berilgan she’rlar na o‘quvchi tuyg‘ulariga ta’sir qiladi, na she’rlar yuzasidan berilgan ilmiy tahlillar uni qoniqtiradi. Zulfiyaning “Nevara”, “Men o‘tgan umrga” she’rlarida murakkab va katta hayotiy yo‘lni bosib o‘tgan ayolning umr haqidagi falsafiy qarashlari bayon etilgan. Bu she’rlardagi tuyg‘ularni 12-13 yoshli o‘quvchiga majburlab singdirib bo‘ladimi?

10 Sinf Adabiyot Audio Kitob – Скачать mp3 бесплатно

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу 10 Sinf Adabiyot Audio Kitob в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Boburnoma Asari To Liq Audio Format Shaklida Бобурнома асари толик аудио формат шаклида длительностью 49 мин и 42 сек, размер файла 65.41 MB.

Сейчас слушают

10 Sinf Adabiyot Audio Kitob

Masterblaster Turn It Up Jon Rundell Remix

Верни На Зарядку

Eruption One Way Ticket Extended Rework House Edit 1978 Hq

Клип Тобиш Душанбе

Sia The Greatest Rich Mond Dub Remix

Песенка Про Зайчика

Pranayama Моя Pranayama

Сакина Хикояси 3 Кисм

Do It Like Me Mashi Macho

Get Up Miss Tara

Vybz Kartel Gwaan So

Ты Тряси Тряси Смартфон Гиги За Шаги Спунлаю Мунлаю Вешнёвая Семёрка

Dalvísa Karlakór Reykjavíkur

Heyat Meni Agladir Guldurmur Niye

Green Mousse Okain

Necessary Gathering Stu Dying

6-sinf adabyot savol javob

  1. Insonni uning ma`naviy olamini kashf etadigan alohida bir vosita borki,u ham bo`lsa so`z san`ati,badiiy adabiyotdir Adabiyot haqidagi ushbu fikrlar muallifi kim ? J: Islom Karimov
  2. Kimlarni inson ruhining muhandislkari deb atashadi ? J: Shoir yoki yozuvchilarni
  3. Adabiyotni Islom karimov qanday tariflagan ? J: Insonshunoslik
  4. Adabiyot yashasa millat yashaydi. Adabiyot haqida aytilgan fikr muallifi kim ? J: Cho`lpon
  5. G`afur g`ulom qachon qayerda tug`ilgan ? J: 1903 yilda Toshkentda Qo`rg`ontegi mahalllasida
  6. G`afur G`ulom shum bola qissasini qachon yozgan ? J: 1936-yilda
  7. G`afur G`ulom shum bola asarini qachon qayta ishlagan ? J: 1960-yil
  8. Shum bola qissasi haqida kim …shum bola qissasining III qismi yozilayotganda Men G`afur akanining yonida edim. Qissani tezroq yozdirish uchun >dan meni G`afur akaning uyiga >qilishgan edi deb yozadi ? J: Said Ahmad Yo`qotganlarim va topganlarim asarida
  9. G`afur G`ulomning xotinining ismi nima edi ? J: Muxarram opa
  10. G`afur G`ulomning o`g`lining ismi nima edi ? J: Jo`raxon
  11. G`afur G`ulom Sog`inish sherini kimga bag`ishlagan ? J: frontda xalok bo`lgan o`g`li Jo`raxonga
  12. …ha ,bolam ota-ona dunyoga mo`rt keladi .Endi bitta ona topsang bo`ldi.Ota o`z oyog`I bilan keladi. Degan parcha Said Ahmadning eslashiga qaraganda qaysi asardan parcha edi ? J: Shum bola
  13. Shum bola qissasining birinchi sahifasidan boshlab stenografiyasiuni kim yozib olgan ? J: Shoahmad Shorahmedov
  14. G`afur G`ulom Shum bola asarini necha yil ishlagan ? J: 25 yil
  15. G`afur G`ulom Shum bola asarini yozib bo`lar ekan kimga …. Bu yog`ini endi sizlar yozasizlar .Sen yozasan Shum bola endi akademik,laureate,deputat deb aytadi ? J: Said Ahmadga
  16. Sariboy bo`lis qaysi asar qahramoni ? J: Shum bola
  17. Bo`lis G`ozi qaysi asar qahramoni ? J: Muqimiy Sayohatnomasi
  18. Shum bola qissasida qahramon o`zini qanday kishi deb tariflaydi ? J: Oshtomog`iga yuradigan arzonqo`l
  19. Shum bola Sariboy bo`lisning uyiga borganda unga kim yo`l ko`rsatgan edi ? J: Uzumchi
  20. Shum bola sariboyning xizmatkorlari yotadigan qo`shxonaga borganda u7ning xizmatkorlari nima yeb o`tirgan edi ? J: Juvari go`ja
  21. Avrodchi so`zining ma`nosi nima ? J: duolar o`quvchi
  22. Sariboy bo`lis Shum bolaga qancha xizmat haqi to`lar edi ? J: 2 pud 17 qadoq
  23. Shum bola asarida Sariboyga pul kerak bo`lib qolsa olmalarni qayerga olib borib sotishardi ? J: Darvoza . Deb tunashga ruxsat so`raydi ? J: Shum bola
  24. Tuyaning suti nima deyiladi ? J: QImron
  25. Qaysi asar qahramoni o`z holatini tasvirlar ekan …o`sha kezlardas mening peshonam sho`r edi.Qayoqqa bormay bozorning ustidan chiqardim. Deb yozadi ? J: Shum bola
  26. Shum bola sariog`ochda olmalarini qanchaga pullaydi ? J: 6 tanga 1 miri
  27. Shum bolada bola bozrda nimaga xaridor bo`lganda so`kish eshitib oladi ? J: Tunuka vannaga xaridor bo`lganda
  28. Shum bolada bola Omonni qayerda uchratib qoladi ? J: qo`y bozorida qo`yga xaridor bo`lib turganda
  29. Shum bola nimalarga xaridor bo`ladi ? J: Tunuka vannaga,qunduz yoqali bobrik paltoga,qo`yga
  30. shum bola asarida …chang bosgan kipriklar tagidagi qo`y ko`zlar. Yo`lning chang-g`ubori qoqilmagan namatday qilib yuborgan qahramon kim ? J: Omon
  31. zaynab va Omon ertak-dostoni kimniki ? J: Hamid Olimjon
  32. shum bola omon bilan uchrashganda omonning egnida nima bor edi ? J: Qozoqi chakmo
  33. qozoqi ot detail qaysi asarda ? J: uluqda hikoyasida
  34. shum bola Omonni tariflar ekan omondagi nimalarni menga tanish emas deydi ? J: qozoqi chakmonini, teskari ag`darilgan telpagini,qo`lidagi boshi cho`qmor kaltagini
  35. …ishni qidirib yurmaydilar,ish degani oyoqning ostidan chiqadi o`rmalab.. d egan fikrlar qaysi asarda uchraydi ? J: Shum bolada bir chol
  36. Shum bola nimani …ovqatlar ichida xushhazm deb ataydi va u hunar ko`rsatmoqda edi deb aytadi ? J: Mushak sabzini
  37. Shum bola asarida sabzichi boy nimani …boshi toshdan bo`lgur,ota meros deb ataydi ? J: SIgirini
  38. Qaysi asarda sigirni bulbul deb o`ylashar edi ? J: Bulbul ertagida
  39. Shum bola da …samavarning jig`illaganiga quloq solib,mehmonlarning gapini tinglab o`tirishni yaxshi ko`rar edi deb kim tariflangan ? J: Omon
  40. Ola sigir detail qaysi asarda ola ho`kiz qaysi asarda ? J: Shum bola va O`g`ri hikoyasida
  41. Qaysi asarda sigirni … g`oshting ola qarg`aga xomtalash bo`lgur deb qarg`ash epizodi uchraydi ? J: Shum bolada
  42. Sangob nima ? J: teri oshlash uchun qilinadigan qum yoki ohak eritmasi
  43. Qaqysi asar qahramonining charchash holati … it quvlagan tulkiday deb tariflanadi ? J: Shum bolaning
  44. Shum bola asarida shum bola tilidan …omonning baxtini kunlashar edim degan so`z uchraydi uning ma`nosi nima ? J: hasadim kelardi,rashkim kelkardi
  45. Xizmatga qoim so`zining ma`nosi nima ? J: xizmatga tayyor
  46. Maslahatli to`n tor kelmas maqoli qaysi asarda uchraydi ? J: Shum bolada
  47. Muzd so`zining ma`nosi nima ? J: xizmat haqi tyo`lov
  48. Egasi yo`q mol afandiniki maqoli qaysi asarda uchraydi ? J: Shum bolada
  49. O`z xizmatkorlariga shirqo\voq ovqatini olib kelgani ,qovoqnining mo`jiza ekani ni maqtab-maqtab,buni ichgan kishi do`zax betini ko`rmasligi haqida gapirib bergan xo`jayin qaysi asarda ? J: Shum bola
  50. Eshak so`yib korafta bo`lgan qahramon ? J: Shum bola
  51. Korafta so`zining ma`nosi nima ? J: tajribali,ko`pni ko`rgan
  52. Sallox so`zining ma`nosi nima ? J: qassob,teri shiluvchi
  53. Tuyani shamol uchirsa echkini osmonda ko`r,yo`g`on cho`zilguncha ingichka uziladi maqoli qanday ma`noni beradi ? J: bir falokat hammaga har xil ta`sir qiladi
  54. G`afur g`ulom necha yoshida otasidan yetim qoladi ? J: 9 yoshida
  55. G`afur g`ulom necha yoshida onasidan yetim qoladi ? J: 15 yoshga yetmay
  56. Shum bolaning Yoshi nechchida edi ? J: 14 yosh
  57. Yana qaysi asar qahramoni 14 yosh edi ? J: Helladosda yanguli
  58. Shum bola asarida bola nega uydan chiqib ketadi ? J: Onasini xafa qilgani va biror oy pul topib kelish uchun
  59. Shum bolaning sarguzashtlari qayerda bo`lib o`tadi ? J: Toshkent va uning atrofidagi qishloqlarda
  60. Pochchasining avaylab boqadigan qimmatbaho qushlariga suzma,qatiq berib o`ldirib qo`ygan qahramon kim ? J: shum bola
  61. Shum bola asaridfa shum bolani kim to`g`ridan –to`g`ri o`g`irlikka chorlaydi ? J: Eshon ikkiyuzlamachi
  62. Oyoq-qo`ling chaqqon,epchil yigitsan.Sen ham axir qarab turmasdan ,boshqacharoq yo`l bilan bo`lsa ham tirikchilikning payida bo`lsang-chi …axir kissa-karmon degan narsalar bor Naqdina pul ham yengil,ham ko`tarishga oson. So`zlarni shumbola qissasida qaysi qahramon aytadi ? J: Eshon
  63. Eshon laqabli eshak qaysi asarda ? J: Susambil
  64. Shum bola qissasida qishloqning chekkasidagi xarobani nashavand bangilar yig`iladigan takyaxonaga aylantirigan qahramon kim edi ? J: Hoji bobo
  65. …biroq shunisi muhimki,G`afur G`ulom nursiz,qabohat va jaholatga to`la muhitni yosh bola nigohi orqali rang-barang mazmunga to`la holda tasvirlaydi. Gap adibning qaysi asari haqida ketmoqda ? J: Shum bola
  66. Shum bola asarida bolaning Sariboyni mot qilish usuli nimaning mahsuli sanaladi ? J: Sharq xalqlari og`zaki ijod namunasi ertakni
  67. Biron voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo`q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli qaysi ertakda uchraydi ? J: 3 yolg`onda qirq yolg`on
  68. Shum bolaning yolg`oni nimadan boshlanib,nimada tugaydi ? J: dandon sopli pichoq sinishidan boshlab Bo`riboyvchchaning o`limi bilan
  69. Turob to`la qachon qayerda tug`ilgan ? J: 1918-yil Janubiy qozog`istonning Turbat qishlog`ida
  70. Turob to`la ijodiy faoliyatini necha yoshida boshlagan ? J: 15-16
  71. Yana qaysi adib ijodini 15 yoshida boshlagan ? J: Asqad Muxtor
  72. Turob to`la ijodini qaysi janrdagi asar yozish bilan boshlagan ? J: sherlar bilan
  73. Turob to`laning ilk to`plami qaysi ? J: 1939-yil Sherlar
  74. Ikkinchi jahon urushi yillarida Turob to`laning qaysi asarlari bosmadan chiqqan ? J: Shodligim ,Tabassum
  75. Ularda joy olgan aksariyat asarlarda barcha xalqlar qatori o`zbek xalqining ham ko`nglida to`lib-toshib yotgan fashizmga nafrat ,tinch va osoyishta hayotni qo`msash ,urushga ketgan farzandlarni sog`inish kabi badiiy ifodalarni kuzatish mumkin. Gap turob to`laning qaysi to`plamlari haqida ? J: tabassum ,Shodligim
  76. Turob to`laning sheriy to`plamlari qaysilar ? J: Baxt tongotari,Muborakbod,qanotlan qo`shiqlarim,tanlangan asarlar,Bolalr dostoni,Oromijon,Gulyor,Oftob nayzada
  77. Zamondosh o`zbek san`ati namoyandalariga bag`ishlangan Turob to`la asari qaysi ? J: Nafosat
  78. Turob to`laning adabiy portret va xotiralar kitobi qaysi ? J: Kamalak
  79. Turob to`laning Qanotlan qo`shiqlarim to`plamidan o`rin olgan sherlari qaysilar ? J: Hayo bilan,Sunbula,Ko`chalar,Do`ppi tikdim,Sartarosh qo`shig`i
  80. Qaysi o`zbek adibi zamonaviy o`zbek qo`shiqchilik san`ati rivojiga salmoqli hissa qo`shgan ? J: Turob to`la
  81. Turob to`laning ssenariysi asosida yaratilgan filmlar qaysi ? J: Shashmaqom,Maftuningman,Furqat
  82. Turob to`laning pyesalari qaysi ? J: Qizbuloq,Nodirabegim,Momo yer
  83. Turob to`laning opera librettolari qaysilar ? J: zulmatdan ziyo,Malikayi ayyor
  84. Turob to`laning balet librettosi qaysi ? J: Samarqand afsonasi

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

6 Sinf Adabiyot 2 Qism – Бесплатно скачать Mp3

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу 6 Sinf Adabiyot 2 Qism в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию 13 Dars Said Ahmad Hamda Musa Jalil Hayoti Va Ijodi Onlayn Adabiyot длительностью 15.31 MB, размер файла 11 мин и 38 сек.

Все песни были найдены в свободном доступе сети интернет, а файлы с произведениями не хранятся и не загружаются на наш сервер. Если Вы являетесь правообладателем или лицом, представляющим правообладателя, и не хотите чтобы страница с произведением, нарушающие Ваши права, присутствовала на сайте, воспользуйтесь данной формой DMCA.

Сейчас слушают песни

6 Sinf Adabiyot 2 Qism

Я Знаю Только Лучшее В Тебе Гузель Хасанова

Natural Blues Acapella

Алексей Ситников Karmalogic

Сучка Ти Крашена Ремікс

Abcdefu X Hot Girl Bummer

Rinna Rinna Rin Yarim Remix Mp3

118 Кто Рано Встаёт Взрослые Не Обманывают Ку Ку

Песни Лего Ниндзяго

Мой Котик Песня

Sevganmisan Deyishgan Olgan Degin Mp3

Fas Action Rest In Peace

Значит Я Живой Песня

Я Не Знаю Все Это Очень Сложно Сид

Берем Сначала Укропу Потом Кошачью Песня

Веселый Огород Музыка Ю Чичкова

Бытовые Звуки Для Соседей

Adabiyot 6 sinf 1 qism skachat

Darslik yaratish mas’uliyatli va murakkab vazifa. Uni yaratishda olimona fikrlar bilan birga pedagogik mahorat, metodist qarashi ham juda-juda zarur. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yaratilgan darsliklar biri-ikkinchisini takrorlamasligi, aksincha mazmunan to‘ldirishi, o‘quvchi bilimini bosqichma-bosqich yuksaltirishga xizmat qilishi lozim. Shu nuqtai nazardan umumta’lim maktablari uchun yaratilgan “Adabiyot” darsliklarini tahlilqilishda davom etsak. (dastlabki 5-sinf “Adabiyot” darsligi tahliliga bag‘ishlangan maqola “Darakchi” gazetasining 2017 yil 27 aprel sonida bosilib chiqqan. Ushbu maqolani ta’lim tizimi va o‘qituvchi-murabbiylar nashri bo‘lgan “Ma’rifat” gazetasi sahifalarida ko‘rishni orzu qilgan edik. Maqola tahririyat stolida bir necha oy navbatini kutdi, lekin chop etilmadi).

Ayrim darsliklar avvalida O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi berilishi odatiy tusga kirgan. 5-sinf “Adabiyot” darsligida madhiya berilmagani holda 6-8-sinf darsliklarida mavjud. 7-9-sinf darsliklarida esa berilmagan. Bizningcha, davlat madhiyasi yoki har bir sinf darsligida berilishi kerak yoki faqat 5-sinfda berish bilan kifoyalanish kerak.

2013 yil “Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan S.Ahmedov, R.Qo‘chqorov, Sh.Rizayev hammuallifligidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun “Adabiyot” darslik-majmuasini varaqlar ekanmiz, besh sahifadan iborat kirish qismi bu yoshdagi o‘quvchi uchun ko‘plik qilmasmikan, degan mulohazaga bordik.

5-sinf “Adabiyot” darsligiga kiritilgan yozuvchi yoki shoir ijodi 6-sinfda davom ettirilsa, avvalgi sinfda berilgan ma’lumotlar to‘ldirilishi, boyitilishi lozim. Afsuski, 6-sinf darsligidagi ayrim ijodkorlarning tarjimai holi aynan takrorlangan yoki yangi ma’lumotlar bilan boyitilmagan. Hatto ayrim o‘rinlarda salmoqli hajmdagi matnlar, adib hayoti va ijodi yuzasidan berilayotgan savol-topshiriqlar ham hech bir o‘zgarishsiz keyingi sinf darsligiga ko‘chib o‘tgan. Buni Muqimiy, Hamid Olimjon, Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov tarjimai holi misolida kuzatish mumkin. Fikrimizning isboti uchun bir-ikkita misol keltiramiz: “Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy 1850-yilda Qo‘qon shahrida Bekvachcha mahallasida novvoy oilasida tug‘ilgan.

Muqimiy dastlab o‘z mahallasida mulla Abduhalil maktabida tahsil oladi. Shoirning ilm o‘rganishi va badiiy ijodga erta qiziqishida uning volidasi, qobiliyatli ayol Oyshabibi aytib bergan ko‘plab ertak va qo‘shiqlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Muqimiy dastlab Qo‘qondagi “Hokim oyim” madrasasida ta’lim oladi. 1872-1873 yillarda Buxoroga borib, u yerdagi “Mehtar anbar” madrasasida o‘qishni davom ettiradi. 1876 yilda o‘qishni tamomlab, Qo‘qonga qaytadi. Uylanadi. Shoir dastlab yer qurilishi mahkamasida mirzalik, so‘ngra Sirdaryo yoqasida joylashgan Oqjardagi paromda pattachilik qiladi. “ (1-qism, 91-92-betlar).

Shu tarzda salkam bir yarim sahifalik 5-sinfda berilgan ma’lumotni o‘quvchi 6-sinfda takror o‘qishga majbur bo‘ladi.

Xuddi shu holatni Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid materiallar misolida ham ko‘rish mumkin: “Erkin Vohidov universitetni tugatgach, uzoq yillar nashriyotlarda ishladi, o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlarini chop qilishda faol ishtirok etdi. 1964-yilda yaratilgan “Nido” dostonidan so‘ng birin-ketin “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni” kabi ajoyib dostonlar yozdi. ” (1-qism, 133-135 betlar). Bir sahifadan ortiqroq hajmdagi ushbu ma’lumotlar ham 5-sinf darsligining 142-sahifasini to‘ldirib turibdi. Boz ustiga, shoir tarjimai holidan so‘ng berilgan “Erkin Vohidovning bolaligi haqida nimalarni bilasiz? Shoirning qanday to‘plamlari chop etilgan? Shoir she’riyatdan boshqa yana qanday janrlarda qalam tebratgan?” (1-qism, 135-bet) tarzidagi savollar ham ikkala sinfda aynan takrorlangan.

Buni texnik xato bilan xaspo‘shlab bo‘lmaydi. Bu o‘quvchi shaxsini mensimaslik ortidan kelgan bee’tiborlikning natijasidir. Muallif darslikdagi har bir mavzuni yoritish jarayonida o‘quvchini ko‘z oldiga keltirishi, o‘zini uning o‘rniga qo‘yib ko‘rishi lozim. Qolaversa, amaliyotchi fan o‘qituvchilari nega paytgacha jim turishgan, munosabat bildirishmagan?

Nazariy ma’lumotlarni taqdim etishda ham nomutanosibliklar ko‘zga tashlanadi. Xususan, 5-sinf darsligida masal janri yoritilgani holda 6-sinfda ham shu janrga qayta murojaat etiladi. Agar nazariy ma’lumot bir-birini to‘ldirib, yangi ma’lumot bilan boyitsa-ku, e’tiroz tug‘ilmagan bo‘lar edi. Ma’lumotni takrorlashdan chekinib, bu o‘rinda badiiy tasvir vositalari haqida ma’lumot berilganida, bizningcha, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Negaki, o‘quvchi darslikning bir necha o‘rnida badiiy tasvir vositalari bilan bog‘liq savol yoki e’tiroflarga duch keladi. Xususan, “Shum bola”dan olingan parcha (1-qism, 24-bet), “Tanobchilar” satirasi1-qism, (98-bet), Hamid Olimjonning “O‘zbekiston” she’ri (1-qism, 106-bet) tahlili jarayonida, Avaz O‘tar ijodi yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda (2-qism, 71-bet) o‘quvchida haqli savol tug‘iladi. Badiiy tasvir vositalari va ularning turlari haqida qisqa nazariy ma’lumot berish orqali o‘quvchiningsavoliga javob berish, mustaqil ravishda badiiy asarlardan shu san’atlarni topishga yo‘naltirish mumkin.

5-sinf “Adabiyot” darsligi kabi 6-sinf darsligida ham o‘quvchi uchun murakkab bo‘lgan jumlalar mavjud. Hamid Olimjon ijodi haqida gap borganda mana bunday shoirona ifodani o‘quvchi anglashga qiynalmasmikan: “Shoir lirik she’rlarining qamrovi keng, mavzulari rang-barang. Ammo bu she’riyatda shunday bir mavzu borki, u hammasidan oldinda, barchasidan ko‘ra ehtirosliroq, tuyg‘ular po‘rtanasi favvoradek otilib turadigan yuksak tog‘lardagi shaloladek sof, toza, jo‘shqin ifoda topgan bir mavzu – Vatan mavzusi, tug‘ilib o‘sgan diyorga muhabbat va minnatdorlik hislari”; “O‘zbekiston” she’ri Hamid Olimjon poeziyasining badiiyat, mahorat bobidagi eng ko‘rkam namunalaridandir. Unda o‘xshatish, qiyoslash, jonlantirish, mubolag‘a, qarshilantirish, tovushlar uyg‘unligini anglatuvchi alliteratsiya, poetik takror, ta’kid kabi bir qancha badiiy tasvir vositalaridan foydalanib, Hamid Olimjon O‘zbekistonning o‘ziga xos, betakror poetik timsolini yaratgan. ” (1-qism, 104-106-betlar) va hokazo. E’tibor qaratsak, ushbu jumlada badiiy tasvir vositalarining sakkizta turi sanalgan.

Holbuki, “O‘zbekiston” she’rining ilk satrlaridan o‘quvchida paydo bo‘ladigan poetik kayfiyat haqida so‘zlang”, “She’rda qiyos, qarshilantirish kabi poetik tasvir vositalariga murojaat etishning sababini izohlang”, “O‘zbekiston” she’rida yana qanday badiiy tasvir vositalari qo‘llangan?” (1-qism, 107-bet) kabi savollar berilgani holda biror o‘rinda ushbu badiiy tasvir vositalari haqida ma’lumot berilmagan. Natijada, o‘quvchi badiiy tasvir vositalari nima ekanligini bilmay, anglamay darslikni yakunlaydi.

5-sinf “Adabiyot” darsligi haqidagi mulohazalarimizda savol va topshiriqlar mavzuga, o‘quvchining yoshi va saviyasiga mos bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edik. Ushbu kamchilik 6-sinf darsligi uchun ham begona emas.

Kirish qismi uchun berilgan savol-topshiriqlar orasidagi “Yozuvchi Abdulla Qahhor “Adabiyot – atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak” degan edi. Shu gapni izohlab berishga urinib ko‘ring-chi”, (1-qism, 9-bet)degan savolga o‘quvchi javob topa olarmikan?

“Adabiy asar asosida yaratiladigan kinofilm yoki spektakllar o‘sha asar bilan bir xil bo‘lishi kerak, deb hisoblaysizmi? Kinofilm va qissaning o‘ziga xos hikoya yo‘sinini solishtirishga harakat qiling” (“Adabiyot” 1-qism, 25-bet) degan savol bilan 6-sinf o‘quvchisiga murojaat qilish qanchalar o‘rinli?

Shuningdek, savollardagi uslubiy xatolarni ham tuzatish zarurati bor. Erkin Vohidov ijodi xususida berilgan “To‘liq qasidani yoki uning biror parchasini yoddan ifodali o‘qing” (1-qism, 144-bet) tarzida berilgan savolni “Qasidani to‘liq holda yoki uning biror parchasini yoddan ifodali o‘qing” tarzida o‘zgartirish lozim.

“Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini sarguzasht asarning mukammal namunasi desa bo‘ladi” (1-qism, 65-bet) degan fikr, bizningcha, munozarali. Bu asarni “Gulliverning sarguzashtlari”, “Robinzon Kruzo” bilan bir qatorga qo‘yish mumkinmi? Buyuk mutafakkir mazkur asarda sarguzasht asarlarga xos elementlardan unumli foydalanganini tan olgan holda dostonning bunday baholanishi unchalik to‘g‘ri emas, deb e’tirof etishga haqlimiz.

Jahon adabiyotidan tavsiya etilgan badiiy asarlar o‘quvchiga ma’naviy ozuqa berishi, tafakkur olamini kengaytirishi, uni o‘ziga rom eta olishi kerak. Janni Rodarining mustaqil o‘qish uchun berilgan “Telefonda aytilgan ertaklar” turkumidan berilgan “Qutbdagi gunafsha” ertagi o‘quvchiga qanday ma’naviy ozuqa berarkin, degan savol bilan o‘zimizga murojaat etaylik. Ertak yakuniga e’tibor bering: “Tongda hamma gunafshaning so‘lib qolganini ko‘ribdi, u ingichka tolasiga egilib, oppoq qor ustida rangsiz va jonsiz yotganmish. Agar uning oxirgi o‘y-fikrlarini so‘zda ifodalash mumkin bo‘lsa, biz, hoynaxoy quyidagi so‘zlarni eshitgan bo‘lardik: “Mana, men o‘lyapman. Lekin kimdir boshlash kerak edi-da. Qachonlardir bu yerda million-million gunafsha ochilib yotadi. Muzlar eriydi, orollar hosil bo‘ladi, ulardan bolalarning qo‘ng‘iroqday sho‘x kulgisi eshitilib turadi” (1-qism, 81-bet). Yakun go‘yo ko‘tarinki ruh bilan yakunlanyapti. Lekin buni o‘qigan bola uning zaminidagi tagma’noni ilg‘ay olmaydi, balki kelajakda tabiat qonuni, tabiiy muvozanat buzilar, ya’ni Shimoliy qutb muzlari erib, u yerda yangi hayot boshlanar ekan-da, degan xulosani chiqaradi.

“Bemor” hikoyasidan so‘ng nazariy ma’lumot sifatida berilgan “Badiiy asar tili haqida tushuncha” mavzusi o‘quvchi uchun murakkablik qiladi. Bu o‘rinda o‘quvchi uchun murakkab bo‘lgan ilmiy fikrlardan ko‘ra “Bemor” hikoyasida badiiy til imkoniyatlari qay darajada namoyon bo‘lgani misollar orqali sodda va aniq ifoda etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Aksincha, mualliflar bir yarim sahifalik nazariy ma’lumotda “Abdulla Qahhor o‘zining mo‘’jazgina “Bemor” hikoyasi orqali biz bilan o‘tkazgan badiiy muloqoti o‘zining ta’sir kuchini yuz yillar davomida saqlab qolishi badiiy til naqadar qudratli hodisa ekanining yaqqol isbotidir” (1-qism, 117-bet), degan fikr bilan cheklanadilar.

Darslik-majmuaning 2-qismidagi “Xalq qo‘shiqlari” mavzusida tavsiya etilgan “Boychechak” qo‘shig‘ining tahlili ham izohtalab. Mualliflar fikricha, boychechak mehnatkash inson ramzidir. Qo‘shiq quyidagicha izohlanadi: Qo‘shiq matnidagi “boychechakni tutdilar, tut yog‘ochga osdilar” deyilishining ma’nosiga e’tibor beraylik.

Ma’lumki, xalqimizda tut daraxti muqaddas hisoblanadi. Xalq tut daraxti mevasini sevib iste’mol qiladi. Uning tanasidan taroq, bola uchun beshik yasashadi. Boychechak xalq orasida ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, unda chuqur ma’no bor. Uni “tutadilar”, “Tut yog‘ochga osadilar” “qilich bilan chopadilar”, “baxmal bilan yopadilar”. Xalqda o‘z kuchi bilan qiynalib maqsadga erishsa, “Axir u qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechakning o‘zi-da”, deyishadi. Bu ifodalarning barchasida boychechak mehnatkash inson ramzi ekaniga ishora qilinadi” (2-qism, 30-bet). Bu fikrlarni o‘qigan o‘quvchi boychechakning tut daraxtiga osilishi, qilich bilan chopilishi, baxmal bilan yopilishining sababini bilishga qiziqadi, lekin bunga ma’nili javob ololmaydi. Mualliflar qo‘shiq tahlilini folklorshunos olimlarning fikrlariga tayangan holda amalga oshirsalar, o‘quvchida ortiqcha savolga o‘rin qoldirmasalar, ayni muddao bo‘lar edi.

Darslikda tavsiya etilgan Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridagi “tanbih” so‘ziga izoh berish lozim edi. Chunki o‘quvchi bu so‘zning ma’nosini anglamasligi yoki tanbeh, ya’ni dakki ma’nosida tushunishi mumkin. Bu o‘rinda tanbih o‘git, pand-nasihat, eslatma ma’nolarida kelayotganini aniqlashtirish lozim.

“Hikmatli so‘zlar haqida tushuncha” mavzusi uchun berilgan savol va topshiriqlardagi “Hikmatli so‘z” va “aforizm” tushunchalarini izohlab bering” tarzidagi savolni ham mulohaza qilib ko‘rish kerak. Chunki bu savolga o‘quvchi mavzuda berilgan “hikmatli so‘zni ayrimlar grek tilidan o‘zlashgan “aforizm” deb ham qo‘llaydilar” degan javobdan boshqa fikr bera olmaydi. Darslik uchun tuzilgan savol ma’lum bir matn mazmunini qamrab olishi, eng muhimi, o‘quvchini fikrlatishi, mulohazaga chorlashi kerak. Zero, adabiyot darsliklarining vazifasi o‘quvchini fikrlatish, uning nutqini, badiiy didini o‘stirishdir.

Avaz O‘tar ijodidan berilgan quyidagi to‘rtlik darslikdan o‘rin olmasa ham uning ma’rifatparvarlikni targ‘ib qiluvchi she’rlari o‘quvchida shoir ijodi haqida muayyan xulosalar chiqarish imkonini beradi:

“Biling, ushbu zamon g‘amnokidirman,
Kuyib o‘rtanmish elning xokidurman.
Avazkim, nazm elin cholokidurman,
Boshin olmoqqa xonning pokidurman”.

Abayning “Nasihatlar” kitobidan berilgan pandlarni darslikda ancha-muncha ixchamlashtirgan holda mazmunan o‘quvchi uchun mos keladiganlarini saralagan holda berish joiz. Negaki, Abay nasihatlari adibning muayyan yoshdagi hayotiy tajribalari mahsuli sifatida 6-sinf o‘quvchisiga og‘irlik qiladi. Natijada hayotiy misollar bilan dalillanganmagan bu nasihatlarni o‘quvchi yuzaki qabul qiladi va tez yoddan chiqaradi. “Nasihatlar”dagi “Yettinchi so‘z”, “O‘n yettinchi so‘z”lar o‘quvchini qiziqtira olarmikan? “O‘n yettinchi so‘z” dagi Aql va G‘ayrat Yurakka, ya’ni ko‘ngilga bo‘ysunishi kerak degan fikr ham nisbiy va munozaralidir. Ko‘ngil istagi va amri bilan qilingan hamma ish ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. “O‘ttiz yettinchi so‘z”dan o‘rin olgan “G‘ayratsiz jahl – tul, qayg‘usiz oshiq – tul, shogirdsiz olim – tul” (2-qism, 81-bet) nasihatini o‘quvchiga qanday tushuntiramiz? Qolaversa, shu qismdan o‘rin olgan 2-,3-,8,-9-,15-nasihatlarni ham o‘quvchi hazm qila olmaydi.

Bolani kitobxon qiladigan, uni kitoblar olami sari yo‘llaydigan asosiy omil darslik. Agar shoir yoki yozuvchi ijodidan berilgan namunalar bolani o‘ziga rom etsa, u albatta, ijodkorning boshqa asarlarini ham izlab topadi. “Rangin tuyg‘ular” bo‘limi Zulfiya ijodi bilan boshlanadi. Ammo shoira ijodidan berilgan she’rlar o‘quvchini shoira ijodidan uzoqlashtiradi. Holbuki, shoiraning o‘quvchi yoshiga mos asarlari ham bor edi. Berilgan she’rlar na o‘quvchi tuyg‘ulariga ta’sir qiladi, na she’rlar yuzasidan berilgan ilmiy tahlillar uni qoniqtiradi. Zulfiyaning “Nevara”, “Men o‘tgan umrga” she’rlarida murakkab va katta hayotiy yo‘lni bosib o‘tgan ayolning umr haqidagi falsafiy qarashlari bayon etilgan. Bu she’rlardagi tuyg‘ularni 12-13 yoshli o‘quvchiga majburlab singdirib bo‘ladimi?

Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni “romanidan berilgan 23 sahifalik “Nizomning tantiligi” hikoyasini “Yulduzli tunlar” romanidan Bobur shaxsiga hurmat uyg‘otuvchi va shu orqali o‘quvchida insoniylik tuyg‘ularini shakllantiruvchi parcha bilan almashtirish mumkin edi.

Darslikda ijodkor tarjimai holining batafsil xronikasini berish qanchalik to‘g‘ri? Ijodkor hayoti va ijodiga oid matnlarda sanalar, joy hamda asarlar nomi shu darajada ko‘pki, o‘quvchi emas, o‘qituvchi ham shoshib qoladi. Misol tariqasida Turob To‘la haqidagi ma’lumotni keltiramiz: “. yoshlar gazetasida adabiy xodim, O‘zbekiston Davlat radioeshittirish qo‘mitasida muharrir va suxandon, O‘zbekiston Davlat nashriyoti (O‘zdavnashr) muharriri, “O‘zbekfilm” kinostudiyasida ssenariy bo‘limi mudiri, Respublika Kinochilar uyushmasida kotib, Madaniyat vazirligi san’at ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Hamza nomidagi teatr direktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Adabiyotni targ‘ib etish markazi rahbari” (1-qism, 27-bet) kabi. Bunday ma’lumotlar o‘quvchini chalg‘itadi, qolaversa, oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar ham son-sanoqsiz va keraksiz ma’lumotlarni yod olishga qanchadan-qancha kuch sarflaydilar.

Har bir asardan keyin uning tahlilini berish ijobiy holat. Lekin tahlilda ham e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar bor. Turob To‘laning 4 sahifalik hikoyasiga 5 betdan iborat izoh berilishi natijasida o‘quvchining fikrlashi uchun hojat qoldirilmaydi.

“Adabiyot” darsliklarini tahlil qilishdan maqsad katta mehnat va mashaqqatlar samarasi bo‘lgan kitobni yoki yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan mualliflarni tanqid qilish emas. Aksincha, bu mutaxassis sifatidagi burchimiz va vazifamiz bo‘lib, yangi darsliklarni yaratish, qayta nashr etish jarayonida nazarda tutish uchun bildirilgan taklif-mulohazadir.

Suratlar manbasi: Google Images

Shahnoza Ergasheva,
filologiya fanlari nomzodi
Xurshida Hamroqulova,
filologiya fanlari nomzodi