Учебник по литературе для 8 класса на узбекском языке.
Adabiyot, 8 sinf, 1 qism, Olimov S., Аhmedov S., Qo‘chqorov R., 2014
Adabiyot, 8 sinf, 1 qism, Olimov S., Аhmedov S., Qo‘chqorov R., 2014.
Учебник по литературе для 8 класса на узбекском языке.
Siz, boshqa fanlar qatori, adabiyotdan ham saboqlar olib, ong va tafakkuringizni tinimsiz boyitmoqdasiz. Adabiy saboqlar Sizdan faqat aqlnigina emas, balki tuyg‘ularni ham «ishga solish»ni, zehnliroq bo‘lishni talab etmoqda. Chunki badiiy asar dunyosiga kirmoqchi bo‘lgan odamning aqlligina bo‘lishi yetarli emas. Uning ko‘ngli, tuyg‘ulari, hislari ham toza, samimiy bo‘lishi lozim.
Siz bu yil 8-sinfga o‘tdingiz, demak, ancha katta bo‘lib qoldingiz. Siz bilan jiddiyroq masalalarda bosh qotirishimiz, hatto, olam va odam taqdiri bilan bog‘liq muammolar ustida ham bahslashishimiz mumkin. Bu yilgi mashg‘ulotlarda aynan mana shu muammolar talqin etilgan asarlarga duch kelasiz. Ularni idrok etish, tushunib his qilish uchun ixlos qo‘yib, astoydil o‘qishingiz, bilmagan narsalaringizni ustozlardan erinmay so‘rab, aniqlashtirishingiz talab etiladi.
Mana shu jiddiy, ayni paytda, maroqli izlanishlarda Sizni ilhom, kelajakka intilish hissi tark etmasin.
ISHQIY-QAHRAMONLIK DOSTONLARI.
Doston xalq og‘zaki ijodi va o‘zbek mumtoz adabiyotida keng foydalanib kelinayotgan epik shakllardan biridir. «Doston » so‘zi xilma-xil ma’noni bildirib kelgan. Masalan, «doston» forschada epik asar nomini anglatadigan so‘z bo‘lib, u hatto qissa, romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi. Siz bilan biz o‘rganayotgan doston esa xalq og‘zaki ijodida yaratilgan va yaratilayotgan muayyan kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘lgan xalq dostonlaridir. Ular yozma adabiyotdagi «Suhayl va Guldursun», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dostonlardan fantaziya ko‘lami, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealar, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasviri bilan farq qiladi. To‘g‘ri, yuqorida nomlari tilga olingan dostonlarda ham fantastik unsurlar, mubolag‘ali o‘rinlar mavjud. Biroq ularning birortasi sujet erkinligi, favqulodda qiziq voqealar borasida xalq dostonlari bilan tenglasha olmaydi.
Dostonlarimizda xalqimizning baxtli kunlar, ro‘shnoliklar haqidagi orzu-umidlari, faqat yaxshilikka, yorug‘ kunlarga erishish istagi yotadi. E’tibor bersangiz, dostonlar muvaffaqiyatli yakun bilan tugaydi. Asar qahramonlari juda katta fojialarni, qiyinchi liklarni boshlaridan kechiradilar, og‘ir sinovlarga bardosh beradilar, oxir-oqibat murod-maqsadlariga erishadilar.
MUNDARIJA.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi.
Kirish (R.Qochqorov).
Xalq og‘zaki ijodi (S.Ahmedov).
«Kuntug‘mish» dostoni.
«Kuntug‘mish» dostonining bayoni.
Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari.
O‘zbek adabiyoti tarixidan. Yusuf Xos Hojib Bolosog‘uniy (S.Olim).
Qutadg‘u bilig (Dostondan parcha).
Nazariy ma’lumot. Didaktik adabiyot haqida tushuncha.
Lutiy (S.Olim).
G‘azallar.
Mustaqil o‘qish uchun. G‘azallar.
Tuyuqlar.
Mustaqil o‘qish uchun. Tuyuqlar.
Nazariy ma’lumot. Irsoli masal.
Qot’ya.
Radif.
Tuyuq va tajnis.
Alisher Navoiy (S.Olim).
G‘azallar.
Mustaqil o‘qish uchun. G‘azallar.
Qit’alar.
Mustaqil o‘qish uchun. Qit’alar.
Nazariy ma’lumot. G‘azal. Qit’a.
Nodira (S.Olim).
G‘azallar.
Mustaqil o‘qish uchun. G‘azallar.
O‘zbek adabiyoti tarixidan.
XX asr o‘zbek adabiyotidan.
Abdurauf Fitrat (R.Qochqorov).
G‘afur G‘ulom (R.Qochqorov).
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Adabiyot, 8 sinf, 1 qism, Olimov S., Аhmedov S., Qo‘chqorov R., 2014 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу