Agar bir oy umringiz qolsa, juda ibratli voqe
— Afandim, siz bir oycha umring qoldi, degandingiz, bir oy bo‘ldi. Biroq men o‘lmadim.
Агар бир ой умрингиз қолса…
Бир киши хотини билан ҳеч яхши чиқишолмайди. Уйда ҳар куни оддий нарсалар туфайли тортишув бўларди. Киши бу тортишувлардан безор бўлиб ажрашишни истади. Буларнинг муноқашалари туфайли икки тараф оилаларнинг ҳам орасига совуқчилик тушади. Киши бир кун паришон ҳолда, маслаҳат сўраш учун кўпни кўрган, одамларнинг ҳурматини қозонган бир аҳли илм зотнинг олдига бориб, аҳволини айтади. У зот:
— Энди ажрашсанг ҳам ҳеч бир ўзгариш бўлмайди. Бир ой умринг қолибди, нима қилсанг қил, дейди.
Бу гапни эшитган киши даҳшатга тушиб, ранги оқарган ҳолда чиқиб кетади. Йўлда учраган танишларидан рози ризолик сўрай бошлайди. Уйига қайтиб, «хотин кел, шунча пайт сени хафа қилдим, яхши эр бўлолмадим, ҳаққинга риоя қилолмадим, мени кечир, мендан рози бўл, дейди.
Хотини, «тавба, бу одамга нима бўлди, бундай гаплар гапиряпти», деб унга раҳми келиб:
— Бей, аслида сиз рози бўлинг, мен доим беодоблик қилдим, сизни кўп ранжитдим, дейди. Икковининг ҳам қалби юмшаб кўзлари ёшланади…
Кейин эр, хафалашган қайнотасиникига боради. Улардан ҳам йиғлаб розилик сўрайди. Хотини ҳам, қайнонасидан кечирим сўрайди. Энди уйда ҳар кун жаннатий ҳаётда яшардилар ва бир-бирларини ҳеч ранжитмасдилар…
Лекин у киши, хотинига, муҳтарам зот айтгани ҳақида ҳеч гапирмайди. Бир ой тўлишини санай бошлайди. Кунлар яқинлашгунча яхшиликлари ортар, кечалари ибодат қиларди.
Унинг яхши ишлари кўпайгани сари хотинини ҳам, икки оиланинг ҳам муносабатлари илиқлашиб, яхшиликлари ортиб борарди.
Бир ой ўтади. Ҳа бугун ўлади, эртага эса… Лекин ўлмайди. Аниқ бир ой демади, бир ой атрофида, деди. Балки бир неча кун ҳали бордир, деб ўйлайди.
Бир неча кун кутди, яна ўлмади. Кейин у зотнинг олдига бориб сўрайди:
— Афандим, мен ўлмадим.
— Ўлиш нимаси? — дейди у зот.
— Афандим, сиз бир ойча умринг қолди, дегандингиз, бир ой бўлди. Бироқ мен ўлмадим.
— Биродар, мен сени қачон ўлишингни билмайман, лекин шуни биламанки, ўлим ҳақ, бир кун албатта ўласан. Ўладиган одам жанжал, низо билан ҳаётини заҳарламайди. Ҳозирги ҳаётингиздан хурсандмисан? — дейди.
— Ҳа, ҳеч тортишмаяпмиз.
— Қани, энди шундай давом этинглар, — дейди у зот.
У оиланинг икки фарзанди бўлиб, гулдай яшнаб улғаядилар.
Ҳаётимиздаги кўп муаммолар ўлимнинг ҳақ эканини унутишимиз туфайлидир!
Туркчадан Марям Осиё таржимаси
Agar bir oy umringiz qolsa, juda ibratli voqe
Bir kishi xotini bilan hech yaxshi chiqisholmaydi. Uyda har kuni oddiy narsalar tufayli tortishuv bo‘lardi. Kishi bu tortishuvlardan bezor bo‘lib ajrashishni istadi.
Bularning munoqashalari tufayli ikki taraf oilalarning ham orasiga sovuqchilik tushadi.
Kishi bir kun parishon holda, maslahat so‘rash uchun ko‘pni ko‘rgan, odamlarning hurmatini qozongan bir ahli ilm zotning oldiga borib, ahvolini aytadi. U zot:
— Endi ajrashsang ham hech bir o‘zgarish bo‘lmaydi. Bir oy umring qolibdi, nima qilsang qil, deydi.
Bu gapni eshitgan kishi dahshatga tushib, rangi oqargan holda chiqib ketadi. Yo‘lda uchragan tanishlaridan rozi rizolik so‘ray boshlaydi.
Uyiga qaytib, «xotin kel, shuncha payt seni xafa qildim, yaxshi er bo‘lolmadim, haqqinga rioya qilolmadim, meni kechir, mendan rozi bo‘l, deydi.
Xotini, «tavba, bu odamga nima bo‘ldi, bunday gaplar gapiryapti», deb unga rahmi kelib:
— Bey, aslida siz rozi bo‘ling, men doim beodoblik qildim, sizni ko‘p ranjitdim, deydi. Ikkovining ham qalbi yumshab ko‘zlari yoshlanadi…
Keyin er, xafalashgan qaynotasinikiga boradi. Ulardan ham yig‘lab rozilik so‘raydi. Xotini ham, qaynonasidan kechirim so‘raydi. Endi uyda har kun jannatiy hayotda yashardilar va bir-birlarini hech ranjitmasdilar…
Lekin u kishi, xotiniga, muhtaram zot aytgani haqida hech gapirmaydi. Bir oy to‘lishini sanay boshlaydi. Kunlar yaqinlashguncha yaxshiliklari ortar, kechalari ibodat qilardi.
Uning yaxshi ishlari ko‘paygani sari xotinini ham, ikki oilaning ham munosabatlari iliqlashib, yaxshiliklari ortib borardi.
Bir oy o‘tadi. Ha bugun o‘ladi, ertaga esa… Lekin o‘lmaydi. Aniq bir oy demadi, bir oy atrofida, dedi. Balki bir necha kun hali bordir, deb o‘ylaydi.
Bir necha kun kutdi, yana o‘lmadi. Keyin u zotning oldiga borib so‘raydi:
— Afandim, men o‘lmadim.
— O‘lish nimasi? — deydi u zot.
— Afandim, siz bir oycha umring qoldi, degandingiz, bir oy bo‘ldi. Biroq men o‘lmadim.
— Birodar, men seni qachon o‘lishingni bilmayman, lekin shuni bilamanki, o‘lim haq, bir kun albatta o‘lasan. O‘ladigan odam janjal, nizo bilan hayotini zaharlamaydi. Hozirgi hayotingizdan xursandmisan? — deydi.
— Ha, hech tortishmayapmiz.
— Qani, endi shunday davom etinglar, — deydi u zot.
U oilaning ikki farzandi bo‘lib, gulday yashnab ulg‘ayadilar.
Hayotimizdagi ko‘p muammolar o‘limning haq ekanini unutishimiz tufaylidir!
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
MUXAYYO ABDULAZIZOVA :
Qoyil. Gap bo’lishi mumkin emas. Menga juda yoqdi hikoyalar
Hamma hikoyalar hayotiy ekan menga juda yoqdi.
Assalomu alayko’m sayt egalari. Sizdan so’ramoqchi bo’lgan narsalarim bor. Agar ruhsat bersangiz saytdagi ma’lumotlardan foydalansam, oldindan rahmat Javobingizni kutaman…
Hamma insonlarga insoniy fazilatlarini ochib berish uchun mana shu kabi hayotiy voqealar va rivoyatlar kerak boʻladi. Islom dinidagi musulmon odamlarnig barchasi, avvalo, inson boʻlishi kerak.
Menga bu saytdagi hikoyalar juda ham yoqdi. Ular hayotiy ekan. Yana chiqaringlaaaaaaaar
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Agar Oy bo’lmaganida..
Oyni alohida turuvchi va do’stlik rishtalarini o’rnatishga urinmaydigan, xushmuomala qo’shniga o’xshatsa bo’ladi. Qo’shni bizga juda yoqadi, lekin u mabodo ko’chib ketganida, uning yo’qligida nimalar sodir bo’lishi mumkinligi haqida qayg’ursa bo’ladi.
Yer anchagina yosh bo’lganida (30 million yil) va o’zidan erigan lava parchasini namoyon qilgan, shunda ulkan kosmik tana Yerning issiq mantiyasining bir qismini o’ziga olgan holda unga qattiq urildi, va qaytib kosmosga uchib ketdi. Shunday qilib Oy paydo bo’ldi. Milliard yillar oldin Oy geologic aktiv bo’lishni to’xtatdi. Lekin bu Yerning yo’ldoshi o’z funksiyalarini bajarmaydi degani emas.
1. Toshqinlar va okean balandligi
Balkim, Oy yo’qligining eng birinchi belgisi toshqinlardagi o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Agar Oy bizning okeanlarimizga ta’sirini o’tkazmaganda edi, toshqinlar uch marotaba kuchliroq bo’lardi. Quyosh ham albatta, toshqin o’zgarishlariga ta’sir qiladi, ammo u Oy kabi baquvvat kuchga ega emas. Oy shuningdek, ocean balandligiga ta’sir qiladi; Oyning gravitatsion tortilish kuchi yer markazi atrofida suvning “shishishi”ga olib keladi. Boshqa so’z bilan aytganda, qutbda ekvatorga qaraganda suv kamroq. Agar Oy bo’lmaganida, suvning shishi yo’qolardi va kam suvli qutblar tomon ravona bo’lardi.
2. Yer aylanishi
Har kuni Oy Yerning aylanishini ozgina vaqtga kamaytiradi. “Yildagi mikrosoniyalar” ni 365 kunda bo’lganda, siz o’sha vaqtni topgan bo’lasiz. Agar bizning sayyoramiz aylanishini kamaytiradigan Oy bo’lmaganida, biz olti soatlik kungacha “aylangan” bo’lar edik. Bu qiziq tuyulishi mumkin, ammo bilib oling, olti soatlik kun turlicha oqibatlarga keltirishi mumkin. Birinchidan, shamollar va bo’ronlar kuchayardi. Ikkinchidan, bu balkim butun sayyoradagi hayot rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan bo’lardi. Kunduzgi yorug’likning va qorong’ulikning bir necha qisqa soatlariga ega bo’lganida, kim bilsin, o’simliklar va hayvonlar qay darajada rivojlangan bo’lardi.
3. Yer o’qi
Shu bilan birga Oy Yer o’qiga ta’sir qiladi, va 23 gradusli ajoyib qiyalikni tutib turishga yordam beradi, va aynan shu qiyalik sababli bizdagi muhit va hayotiy sharoitlarimiz juda yaxshi. Oysiz biz tilanisga va biqinga yotishdan qo’rqqan bo’lgan bo’lardik. Vertikal turishda (deyarli nolinchi qiyalikda) biz quyoshni deyarli bir necha daqiqaga ko’rgan bo’lardik – xuddi 97-graduslik qiyalik ostidagi Uran kabi – yoki biz 42 yillik abadiy quyosh nuri, keyin esa 42 yillik abadiy qorong’ulikka duch kelardik. Shuning uchun Yer Oysiz umuman boshqacha ko’rinishga ega bo’lardi.