Press "Enter" to skip to content

Eng yaxshi bitim

Aksiyaga 16 mart kuni start beriladi

Milly IPOda ishtirok eting

UzAuto Motors – MDHdagi avtomobil ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya

UzAuto Motors kompaniyasi 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda yiliga 360 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqaradi va mazkur ishlab chiqarish quvvatini 500 mingtagacha oshirish rejalashtirilgan. Kompaniya O‘zbekistondagi avtomobil bozorining 90 foizini, Qozog‘istonda esa 30 foizdan ortig‘ini egallaydi.

Noyob geografik joylashuv

Andijon viloyatining Asaka va Xorazm viloyatining Pitnak shaharlarida yangitdan tashkil etilgan, yiliga 360 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega MDHdagi avtomobil ishlab chiqaruvchi eng yirik zavodlarda ishlab chiqarish tashkil etilgan.

Kompaniya avtomobillarining sotuvi MDH bozorlarida a’lo daraja namoyish etmoqda – eksport ulushi 2018 yildagi 3,4% 2022 yilda 14,2% oshgan (prognoz). O’rtacha daromadning o’sishi so’nggi besh yil ichida 28%ni tashkil etdi, sof daromad 2018 yildagi 93 million dollardan so’nggi 12 oyda 215 million dollarga ko’tarildi.

Diversifikatsiyalangan model qatori

UzAuto Motorsning model assortimenti barcha toifadagi avtomobillarni, jumladan A, B, C, D, MPV va SUV toifalarini qamrab oladi.

MDH davlatlari bilan hamkorlik

UzAuto Motors eksportni oshirish maqsadida CKD usuli bo’yicha avtomobil yig’ishni O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston va Ozarbayjonda ham yo’lga qo’ydi, bundan tashqari, bunday ishlab chiqarishlarni Tojikiston va Turkmanistonda yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

2021 yil 6 dekabrda O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumining IV yig‘ilishida mashinasozlik sohasida umumiy qiymati 500 million AQSH dollaridan ortiq summaga shartnomalar imzolandi.

UzAuto Motors kompaniyasiga sarmoya kiritishning sabablari

Kompaniya General Motors brendi bilan hamkorlik qiladi

Mashhur brendning aksiyadoriga aylaning

O’zbekistondagi eng yirik IPOda ishtirok etish imkoniyatini qo’ldan boy bermang

O’sish potentsialiga ega aksiyalar

Tahlilchilar aksiyalardan olinadigan daromadni 28%dan yuqori bo’lishini kutishmoqda

Yetakchi kompaniyaga sarmoya kiriting

UzAuto Motors – mamlakatdagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilar orasida yagona yuqori texnologiyali kompaniya va O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning haqiqiy drayveri.

Dunyoning yetakchi fond birjasida

2021 yil aprel oyida kompaniya o’z obligatsiyalarini London fond birjasida joylashtirdi. 5 yil muddatga 300 million AQSH dollarlik yevroobligatsiyalar chiqarildi. Boshlang’ich stavka 5,375% etib belgilandi; besh marta qayta obunadan so’ng, stavka 4,85% gacha kamaytirildi

IPO nima?

IPO – bu aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtiruvi. O’z aksiyalarini fond birjasiga joylashtirgan kompaniya shu tariqa ma’lum shartlar asosida kapital jalb qiladi va aksiyalarni sotib oluvchilar jamiyat biznesining sherik egalari bo’lib, uning siyosatiga ta’sir qilish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, shuningdek daromad olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Nima uchun aksiyalarga investitsiya qilish afzalroq?

IPOda ishtirok etish aksiyalarni kompaniya tomonidan belgilangan maxsus narxda sotib olish imkoniyatini beradi.

Birjada aktsiyalar savdosining birinchi kunida istagan odam ularni sotib olishi mumkin. O’sha vaqtda yuqori talab tufayli narx o’nlab foizga o’sishi mumkin.

IPO 2012 yildan boshlab mijozlarga tavsiya etilgan

Joylashtirishning birinchi kunidagi investitsiyalarning o’rtacha daromadliligi

IPO uchun aksiya narxi

Aksiyaning adolatli narxi

IPO dagi aksiya narxi va adolatli narxi o’rtasidagi farq

Chevrolet Tracker yutib oling!

Chevrolet Tracker avtomobilini yutub olish imkoniyatini qo’ldan boy bermang

UzAuto Motors aksiyalarini xarid qiling va Chevrolet Tracker yutib olish imkoniyatini qo’lga kiriting!

4 qadamda UzAuto Motors aksiyadoriga aylaning!

Sizga qulaylik yaratish maqsadida IPOda qatnashish jarayonini imkon qadar soddalashtirdik. Barcha kerakli ma’lumotlarni online qoldiring. Bu ma’lumotlar asosida biz hujjatlarni shakllantiramiz va Sizga kompaniyaning eng yaqin dilerlik markazida ularni faqat imzolash qoladi.

Ishtirok etish uchun ariza va o’z pasport ma’lumotlaringizni qoldiring

Hujjatlarni UzAuto Motors dilerlik markazida imzolang

Ishtirok etish uchun o’z brokerlik hisobingizni mablag bilan to’ldiring

IPO boshlangan kunda o’z brokerlik hisobingizga aksiyalar oling.

Video ko’rsatma

Siz qoldirgan pasport maʼlumotlari asosida quyidagilar avtomatik tarzda yaratiladi:

  1. Ishtirok etish uchun ariza va o’z pasport ma’lumotlaringizni qoldiring
  2. Hujjatlarni UzAuto Motors dilerlik markazida imzolang
  3. Ishtirok etish uchun o’z brokerlik hisobingizni mablag bilan to’ldiring
  4. IPO boshlangan kunda o’z brokerlik hisobingizga aksiyalar oling.

Hujjatlarni imzolash

Ariza topshirib, pasport ma’lumotlarini yuklaganingizdan so’ng, faqat hujjatlarni imzolash qoladi.

Sizning qulayligingiz uchun

Siz qoldirgan pasport ma’lumotlari asosida quyidagi hujjatlar avtomatik tarzda tayyorlandi

  • Brokerlik hisobini ochish shartnomasi
  • IPOda ishtirok etish uchun ariza

Imzolash jarayonini yakunlash uchun ushbu hujjatlarni kompaniyaning eng yaqin dilerlik markazida imzolash qoladi.

Saytda barcha dilerlik markazlarining manzillari kiritilgan interaktiv xarita ko’rsatilgan, undagi xodimlarning o’zlari barcha hujjatlarni imzolashingiz uchun tayyorlab beradi

Imzolashga o’zingiz bilan pasportingiz va telefoningizni olib keling.

Avtosalonlarning ish vaqti:

Dushanba-Shanba 09:00 – 18:00

(tushlik vaqti soat 13:00 – 14:00)

Ko’p uchraydigan savollar:

Qimmatli qog’ozlar bozori nima?

Qimmatli qog’ozlar bozori – bu bo’sh kapitalga ega bo’lgan shaxslar va ularni ma’lum shartlarda qabul qilishga tayyor shaxslar o’rtasidagi qimmatli qog’ozlar (aksiya, obligatsiyalar va boshqalar) chiqarish yo’li bilan qurilgan munosabatlar sohasi.

Qimmatli qog’ozlarga mablag’ qo’yish nima uchun bankda omonat saqlashdan ko’ra foydaliroq?

Qimmatli qog’ozlar bank depozitidan farqli o’laroq inflyatsiyadan himoyalangan.

Qimmatli qog’ozlar qayerda saqlanadi?

Qimmatli qog’ozlar Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysi deb nomlanadigan davlat korxonasida saqlanadi.

Broker bankrot bo’lsa nima bo’ladi?

Mijoz va brokerning aktivlari (pullari va qimmatli qog’ozlari) bir-biriga bog’liq bo’lmagan hisobvaraqlarda hisobga olingan. Mijoz o’z xohishiga ko’ra, o’z aktivlarini erkin tasarruf etishi, shu jumlagan boshqa brokerga ham o’tkazishi mumkin.

Hisoblangan dividendlar bo’yicha soliqlarning qanday turlari va miqdorlari nazarda tutilgan?

Kapital bozorini rivojlantirish, chakana va institutsional investorlarni rag‘batlantirish maqsadida: – O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad solig‘idan ozod qilinadi; – O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar singari foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi; – O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan ozod qilinadi.

IPO – bu aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish. O’z aksiyalarini fond birjasiga joylashtirgan Kompaniya shu tariqa ma’lum shartlar asosida kapital jalb qiladi, aksiyalarni sotib oluvchilar bo’lsa Kompaniya biznesining sheriklikdagi egasi bo’lib, uning siyosatiga ta’sir qilish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, shuningdek daromad olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

UzAuto Motors nima uchun IPOga chiqmoqda?

UzAuto Motors Kompaniyasi mahsulotlari O’zbekiston va qo’shni mamlakatlar avtomobil bozorida yetakchi o’rinni egallaydi. UzAuto Motors Kompaniyasi aksiyalarini fond birjasida ommaviy joylashtirish orqali jahon bozorida o’z maqomini global bozor ishtirokchisigacha ko’tarish, brendning global arenalarda tan olinishini ta’minlash, avtomobilsozlik sanoatida xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, raqobat ustunligini mustahkamlash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur.

Филиал ИП ООО “Freedom Finance”

O‘zbekiston Respublikasi, 100084 Toshkent sh., Amir Temur Temur shoh ko‘chasi, 107B Xalqaro biznes markazi, C blok, 12-qavat

Toshkentda kiyimlarni chegirma bilan xarid qilish

Derazadan tashqarida loy, qor, qahraton yoki jazirama, lekin shoshilinch muhim uchrashuvga, ishga yoki boshqa maqsadda kiyim va poyabzal sotib olish uchun bozorga borishingiz zarur bo‘lib qoldimi? Yoki bolangizga kiyim sotib olmoqchimisiz? Nima bo‘lganda ham, uydan umuman chiqqingiz kelmayapti. Bundan tashqari, shopping uchun har doim ham vaqt topilavermaydi. Aytgancha, o‘zingizga mos bluzka, poyabzal yoki ko‘ylakni topish qiyin bo‘lishi, buning ustiga, uzoq va har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin. Bunga kiyim kiyib ko‘rish vaqtini qo‘shing va qarabsizki, bir kuningizni yo‘qotdingiz.
Xo‘sh, nima qilish mumkin?

Toshkentda arzon kiyim-kechak sotib olish mumkinmi? Albatta

Allso.uz sayti – bu O‘zbekistonning kiyim-kechak va poyabzal sotishga ixtisoslashgan yetakchi savdo kompaniyalarini birlashtirgan savdo maydonchasi. Ushbu bo‘limda siz kiyimlarni chegirma bilan sotib olishingiz, shuningdek, sifatli va arzon poyabzallarni tanlashingiz mumkin.

Sizningcha, ommaviy sotuv (rasprodaja) va chegirmalar faqat xaridorlarni jalb qilish uchun qilinadimi? Ha, siz qisman haqsiz. Ammo ommaviy sotuvlardan asosiy maqsad yangi, zamonaviy kiyimlar to‘plami kelguniga qadar omborxonani bo‘shatishdir, shuning uchun do‘konlarda chegirmalarning aksariyati mavsum oxirida bo‘ladi. Katta do‘konlarda chegirmalar xizmat ko‘rsatish faoliyatining uzviy qismidir. Muvaffaqiyatli savdo nuqtalari mavsum yangiliklarini doimiy ravishda kuzatishi va o‘z assortimentini to‘ldirib borishi shart. Shu bois chegirmalar haqiqatan mavjud bo‘lgan va o‘zini oqlaydigan holatdir.

Toshkentda kiyim-kechak va poyabzallarni chegirma bilan qanday xarid qilish mumkin?

Xaridlaringizni iloji boricha foydali va qiziqarli qilish uchun «Eng yaxshi taklif» maxsus bo‘limi yaratildi. Unga imkon qadar tez-tez tashrif buyuring va kiyimlaringizni eng arzon narxlarda yangilang. Shuningdek, ushbu bo‘lim tezda yangi kiyim yoki poyabzal sotib olishi zarur bo‘lgan, ammo mablag‘i sezilarli darajada cheklanganlar uchun asqotadi.

Bizning do‘konda chegirmalar miqdori 80% gacha yetishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, deylik, 1 000 000 so‘mlik brend poyabzalni 5 baravar (!) arzonroqqa sotib olishingiz mumkin. Allso.uz saytidagi chegirmalarning o‘rtacha miqdori 30–60% atrofida. Bu bizdan yuqori sifatli kiyimlarni kamida yarim narxga sotib olishingiz mumkin degani!

Allso.uz katalogining qo‘shimcha afzalligi shundaki, barcha chegirmali mahsulotlar bitta bo‘limda to‘plangan. Bu sizga nafaqat pulingizni, balki qimmatli vaqtingizni ham tejashga yordam beradi. Siz tejamli xaridlarni yoqtirasizmi? Unda saytga kiring va to‘ppa-to‘g‘ri «Eng yaxshi taklif» bo‘limiga o‘ting!
Taklif qilinayotgan mahsulotlar ichida sizning shkafingizni bezashga loyiq narsa yo‘q bo‘lsa, aslo tashvishlanmang. Ehtimol, u bu bo‘limda ertaga yoki yangi mavsum kelishi bilan paydo bo‘lib qolar!

allso.uz: nega biz bilan bo‘lish qulay?

Siz har doim bizdan chegirma bilan, arzonlashtirilgan narxdagi kiyim-kechak va poyabzallarni sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, bizning platformamizda taqdim etilgan do‘konlarda nafaqat o‘zi olib ketish, balki shaharning kerakli nuqtasiga yetkazib berish xizmati ham bor, ya’ni endi do‘konga borishingiz shart emas.

To‘lov usullarining keng doirasi mavjud. Bizning sheriklarimiz to‘lov uchun naqd pul va plastik kartalarni qabul qilishadi.

Diqqat: to‘lov va yetkazib berish usullari, shuningdek o‘lchamlarni yetkazib beruvchidan aniqlashtirib oling. Agar to‘lov usuli yoki bepul yetkazib berishning mavjudligi siz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, barcha kerakli ma’lumotlarni oldindan bilib olish tavsiya etiladi.

Hamkorlarimizning bazasi doimiy ravishda kengayib bormoqda. Shuning uchun, hatto chegirmali tovarlar bo‘limida ham siz doimo o‘zingizga keraklisini topasiz!
Savdo maydonchamizning boshqa internet-do‘konlardan farqli jihati va ustunligi shundaki, boshqa tarmoqlar chegirmalarni vaqti-vaqti bilan tashkil qiladi. Allso.uz saytida esa bunday takliflar doim amal qiladi.

Dolzarb takliflardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi? Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Mahsulotlar

“Eski kiyimni bering-da, yangisiga ega bo‘ling” Ollo.uz internet do‘konidan ajoyib AKsIYa!

Bolalar, ayollar va erkaklar kiyimlari, shuningdek turli aksessuarlar bilan savdo qiluvchi OLLO.uz do‘konlar tarmog‘i zamonaviy xizmat turlarini taqdim etadi. O‘zbekistonning 12 viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z filiallariga ega do‘konlar tarmog‘i OLLO.uz sayti, Telegram-kanali, Instagram, Facebook ijtimoiy tarmoqlari orqali onlayn tovarlar savdosi bilan shug‘ullanadi.

Foto: OLLO.uz

Siz masofadan turib o‘zingizga yoqqan kiyim-kechak turini tanlaysiz va buyurtmani rasmiylashtirasiz. Buyurtmangiz sanoqli kunlar ichida aytgan manzilingizga EMU Express xodimlari yordamida yetkazib beriladi.

Foto: emu.uz

Kiyimlar istalgan did sohiblariga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning hamyonbop narxlarda taklif etilishi ayni muddaodir. OLLO.uz’ni boshqa onlayn-do‘konlardan ajratib turuvchi tomoni – unda oldindan to‘lov kiritilmasligidadir, ya’ni siz faqat buyurtmangizni qo‘lga olgandan keyingina uning pulini berasiz.

Darvoqe, Navro‘z umumxalq bayrami arafasida OLLO.uz – internet do‘koni ajoyib aksiya e’lon qiladi. Aksiyaga ko‘ra, siz eski kiyimlarizni OLLO.uz internet do‘koniga topishirasiz-da, o‘rniga yangi kiyimga ega bo‘lasiz.

Aksiyada ishtirok etish uchun OLLO.uz internet do‘koni saytiga kirib, o‘zingizga yoqqan kiyimga buyurtma berasiz va 10 foizli chegirmaga ega bo‘lasiz. Siz bu orqali kam ta’minlangan hamda mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolalarga Navro‘z sovg‘asini ulashgan bo‘lasiz.

OLLO.uz internet do‘koniga buyurtma berilgan barcha tovarlar EMU ekpress pochta orqali tez va qulay vaqtda yetkazib beriladi. Kiyimlar EMU’ning barcha viloyatlarida qabul qilinadi va sizga 10 foizli chegirma talonlari beriladi.

Aksiyaga 16 mart kuni start beriladi

Foto: OLLO.uz

Reklama huquqi asosida