O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish;
Alisher navoiy nomidagi ona tili adabiyot universiteti
FERUZA DAVLATOVNA SAPAYEVA – NukusDPI Oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori
Alisher Navoiy ijodi har zamon, har bir davr uchun saboq bo’ladigan o’lmas g’oyalar, fikr va qarashlar ummonidir. Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi qarorda zamonamizning ma’naviy ehtiyojiga malham, muammolariga yechim bo’la oladigan bu o’lmas chashmani asrab-avaylash va targ’ib qilish borasida muhim vazifalar belgilangan.
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
– deganida Alisher Navoiy haq edi. Sababi, u o’z ijodi orqali turkiy millat va elatlarni yakqalam qila oldi, birlashtirdi. Nafaqat o’zbek tili, balki o’nlab turkiy tillarning badiiy jihatdan mukammallik kasb etishida Alisher Navoiyning qilgan sa’y-harakatlari beqiyos. Ta’kidlash lozimki, til gegemonligi uchun kurashni bizga Alisher Navoiy bobomiz boshlab bergan. Fors tili O’rta Osiyoda ming yil davomida hukmronlik qilgan. “Yosh shoirlar she’rlari katta ustozlar nazariga tushishi uchun fors tilida ijod qilishar edi”, deydi Navoiy. Shunday bir sharoitda Alisher Navoiy turk tilini himoya qilish uchun katta maydonga chiqadi. Hatto Husayn Boyqaroga aytib, ijodkorlar turk tilida ijod qilsinlar, degan mazmunda farmon chiqartirishga ham erishadi. “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida turk tilini fors tili bilan solishtirib, ushbu tilning afzalliklarini ochib beradi. Shuningdek, turkiy tilning poydevori mustahkam bo’lishi uchun 100 000 misradan iborat noyob ijod namunasini biz avlodlarga meros qilib qoldirdi. “Majolis-un nafois”da qayd etilishicha, Navoiy davridagi 400 nafar shoirning 30 nafarigina turkiy tilda ijod qilgan. O’sha davr muhitida bu 30 nafar shoirning ijod qilishi oson bo’lmagan.
Turkiy adabiyotlar hisoblanmish o`zbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman adabiyotlari hamkorliklari debochasini Alisher Navoiy, Berdaq, Abay va Maxtumquli ijodisiz tasavvur qilish mushkul. Navoiyning ta’limiy mazmundagi hikmatli so`zlari Maxtumquli uchun nasihat she’rlar bitishda badiiy shakl vazifasini o`taganini misollar tasdiqlaydi. Navoiyning:
Odami ersang, demagil odami,
Onikim, yo`q xalq ǵamidin ǵami – degan mashhur baytini bilmaydigan yoki yod olmagan adabiyot muhibi yo`q hisobi. Uluǵ shoirning insonparvarlik ǵoyalari kuylangan bu shoh bayt Maxtumqulida:
Adam bolup, adam gadrın bilmeen,
Ondan ene otlap yoʻren mal yagshı,
Soʻzlegende, soʻz manısın bilmeen,
Ondan ene soʻzlemeen lal yagshı.
Alisher Navoiyning rang-barang merosi, go`zal she’riyati, buyuk dostonlari Maxtumquli Firoǵiydek donishmand shoir uchun ilhom buloǵi, poetik tajriba to`plashida ma’naviy tayanch, mahorat maktabi bo`lsa, Berdaq uchun ham Ustozlik an’anasini davom ettirgan:
Nawayıdan sawat ashtim,
Fizuliydan durlar shashtim…
Navoiy asarlari tarjimalari bo`yicha qoraqalpoq adabiyotshunosligida ma’lum darajada tadqiqotlar olib borildi. Xususan, N.Davqarayev, Q.Ayimbetov, N.Japaqov, I.Sagitov, Q.Maqsetov, S.Ahmedov, K.Mambetov kabi olimlarning ushbu mavzu tahliliga baǵishlangan maxsus tadqiqotlari mavjud…
Alisher Navoiy hayoti va ijodini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng o’rganish va targ’ib qilish maqsadida Prezidentimizning “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini tashkil etish to’g’risida”gi qaror loyihasini ishlab chiqishdek muhim vazifa belgilangan. Mana, yaqinda Ukrainada “Farhod va Shirin” asarini tarjima qilishibdi. Shunga o’xshash asarlarni jamlagan kutubxona tashkil etilishi bizga ko’p ma’lumotlarni o’rganishimizda yordam beradi. Mazkur fond navoiyshunos olimlarni bir davraga yig’ib, munozara va muhokamalar yuritishga imkon yaratib berishiga umid bildiramiz. Alisher Navoiy ijodi haqida ilmiy tadqiqot olib borgan kanadalik Harri Dik Navoiyga “Dunyoni ma’naviy tanazzuldan qutqara oladigan ko’ngil bog’ining bog’boni” deya ta’rif beradi va “Lison ut-tayr” asarini ingliz tiliga tarjima qiladi. Bular qatoriga “Farhod va Shirin”ni ukrain tiliga tarjima qilgan shoir Nikolay Bajan, polyak tarjimoni Yanush Kjijovskiyni ham qo’shish mumkin.
Ma’lumki, hech bir milliy adabiyot faqat o’z doirasidagina – boshqa xaqlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Milliy adabiyotlararo ta’sir o’zaro aloqasi bir birini boyitish, bir tilda yaratilgan asarni ikkinchi tilga tarjima qilish orqali ham amalga oshadi. Buyuk o’zbek shoiri mutafakkiri Alisher Navoiy ijodi esa jahon so’z san’atining alohida sahifalarini tashkil etadi. Navoiy asarlarini boshqa tilga tarjima qilish XV asrdayoq boshlangan. “Majolis un-nafois”ni 1522-1523-yillar Muhammad G’aznaviy oradan yarim asr o’tgach esa Shoh Ali bin Abdul Ali Nishopuriylar fors tojik tiliga tarjima qilganlar. Alisher Navoiynining g’azal, ruboiy, qasida, xususan, dostonlari keng tarqala borgan sari ularni o’rganishga qiziqish ham kuchayaverdi. Bu esa shoir asarlarining tili, poetik ifodalari sharhi va izohi uchun lug’atlar yaratishga sabab bo’ldi. Natijada shoir vafotidan sal o’tgach “Badoe ul-lug’at”, “Lug’ati Navoiy” XVI asrda Turkiyada Abushqa, XVIII asrda “Sangloh”, shuningdek, “Al-lug’at al-lison an-Navoiy” kabi lug’atlar dunyoga keldi. Bu lug’atlar darchasi Navoiy asarlarini boshqa xalq vakillariga tushuntirish ilinji bilan yaratilgan. Demak, ularni ham Navoiyni tarjima qilishga intilish sifatida baholash mumkin.
Shoir ijodiga bo’lgan qiziqish davr o’tishi bilan ortib bordi. Tarjimachilik rivojlanishi natijasida dunyodagi talay xalqlar Navoiyning jozibador asarlarini o’z ona tillarida o’qiy boshladilar. Shoir asarlarining inglizcha asarlari uzoq tarixga borib taqaladi. Navoiy asarlari ingliz tiliga turli yo’llardan kirib borgan, xususan boshqa yevropa tillariga qilingan tarjimari salmoqli o’rin tutadi. Aytaylik, bir paytlar ruscha tarjimalar bevosita vositachilik vazifasini bajargan bo’lsa, so’ngra, shoirning asarlari asl nusxadan inglizchaga tarjima qilish orqali inglizlashtirildi. Bu o’zbek turmush tarzini, sharqona urf-odatlarini o’zga yurt kitobxonlariga yetkazishda jiddiy ahmiyatga ega bo’ldi.
Alisher Navoiy ijodi Yevropaga turli yo’llar bilan kirib bordi. 1557-yili Venetsiyada italyan tilida “Pregri nagsio di tre giovana figliuoki del Re di Sereudippo per opera Christoforo Armena della Persiana nelli Italyana linguafrapportato”, ya’ni “Shoh Sarandipning uch navqiron o’g’lonlarining qanday qilib ziyoratga borgani, janob Xristofor Armani forsiydan italyan tiliga o’girgan” nomi ostida bir kitob nashr etilgan. Bu kitob Yevropa kitobxonlari orasida katta qiziqish uyg’otdi va 1584-yili ikki marta bosildi. Keyinchalik, 1611-1622 va 1625-yillarda qayta-qayta chop etildi. 1883-yilda ana shu italyancha tarjima asosida bu asarni Yohan Betsil nemis tiliga o’girdi. Keyinchalik, bu asar Yevropa bo`ylab keng tarqaldi va nihoyat, 1768-yili ingliz tiliga tarjima qilindi. Bundan tashqari 1719-yili Fransiyada fransuz tiliga, 1966-yili folland tillariga ham tarjima qilindi. Bu asar ikki qismdan iborat bo’lib birinchi qismi Sarondip shohi o’zining uch o’g’loni oqilu dono qilib tarbiyalagani hikoya qilanadi.
Xristofor o’z tarjimasini qaysi asardan o’girganligini ko’rsatmagan. Xatto Xristofor Armaniyning o’zi haqida ham aniq ma’lumot yo’q. Italyan tilidagi sarlavha asar fors tili (lingua persina) dan o’girganligi yozilgan (O’sha paytlarda ozarbayjon tili fors tili (lingua persina) deb atalgan. Shu sababli asar muallifini aniqlashning iloji bo’lmagan. Faqatgina muqaddimada bu kitob muallifi Tavriz shahridan ekanligi ko’rsatilgan – bu Eronning Tabriz shahridir. Benfiyning asliyat muallifini aniqlashda adashganligini Y.E.Bertels shunday izohlaydi. “Buning ajablanarli joyi yo’q. Navoiy asarlaridan o’ta muvaffaqiyat bilan foydalangan asarlar qo’lyozmasi shoirning tiriklik davridayoq Turkiya va Ozarbayjonga yetib borgan va asrlar mobaynida barchaning e’tiborini tortgan”
Gruzin shoiri Sitsushbining “Yetti go’zal” asari ham Nizomiyning emas, balki Navoiyning asari asosida yaratilganligi ham vaqt o’tishi bilan aniqlandi. Buni Prof. K.Kekelidze ko’rsatganidek, B.T.Rudenko to’liq tasdiqlagan.Bu asarni birinchi bo’lib Y.E.Bertel’s aniqlagan. Olim bu haqida shunday mulohaza yuritadi. Xristofor kitobining birinchi qismida Amir Hisravning “Xasht bexisht” asari manba bo’lgan bo’lsa kitobning ikkinchi qismidagi “Bahrom va Dilorom” voqeasiga kelsak, bunga mutloqo Navoiyning “Sabba’i Sayyor” dostoni manba bo’lgan, chunki Bahrom va Dilorom voqeasining bunday talqini faqat Navoiyning “Sabbai Sayyor” dostonida bor. Boshqa asarlarda bu dostondagidek o’xshash voqealar hozirga qadar topilgan emas.
Xristofor Armanining Navoiyning “Hamsa”siga kiritgan “Sabbai Sayyor” dostoni bilan tanish bo’lgan. Shunday qilib Alisher Navoiy vafotidan 56 yil o’tib Xristofor Armaniyning italyancha tarjimasi orqali Yevropa mamlakatlariga kirib bordi. Koʻpgina manbalarda ko’rsatilishicha Yevropa mamlakatlarida Alisher Navoiy ijodiga qiziqish asosan XIX asrdan boshlangan. Jumladan 1841-yili fransuz sharqshunos olimi Katremer Eten Mark (1782-1857) Alisher Navoiy asarlariga murojaat etdi hamda u shoirning “Muhokamat ul-lug’atayn” va “Tarixi mulki ajam” asarlarini fransuz tiliga o’girib sharq-turk bayozida chop ettirgan bo’lsa, 1861-yili fransuz sharqshunosi M.Bellning “Navoiy hayoti” nomli maqolasi chiqdi. Alisher Navoiyning asarlari Yevropa mamlakatlari, xususan, ingliz kitobxonlariga yetib borishida Venger turkshunos olimi va sayyohi Vengriya fanlar akademiyasi muxbir a’zosi prof. Herman Vamberining (1832- 1913) katta o’rni bor. U ko’p tillarni bilgani sababli Alisher Navoiy asarlarini nafaqat ingliz tiliga balki bosha yevropa tillariga ham tarjima qildi. U 1863-yili musulmon hoji niqobi ostida Eron orqali O’rta Osiyoga sayohat qilgan. Safardan qaytgach, XIX asrning 60-yillaridagi O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy, ijtimoiy munosabatlari, turmush va madaniy hayoti haqida asarlar yozdi. Vamberi vatanimizni madaniy boyliklarini Yevropa ahliga ma’lum qilish maqsadida Navoiyning qo’lyozmalarini axtarib Turkiyaning sahro va o’tloqlarini yalang oyoq, darvesh qiyofasida kezib til va adabiyotga oid qimmatbaho manbalar to’pladi. U o’zining mumtoz turkiy adabiyotidan dastlabki tarjimalarini 368 sahifadan iborat darslik majmuaga kiritgan. “Chig’atoy darsligi” deb nomlangan bu kitob tadqiqot, majmua va lug’at qismlardan iborat. Bu darslik kitobda olim Navoiyning “Mahbub ul-qulub”dan parchalar, ruboiy va g’azallardan namunalar kiritgan. Vamberi Xivada Alisher Navoiyni o’zlarini ustozi deb bilgan zabardast shoirlar Munis va Ogahiy bilan muloqotda bo’ladi. Ulardan Navoiy ijodi haqida yetarlicha ma’lumot oladi. O’rta Osiyoga sayohat qilishdan bir yil avval, ya’ni 1962-yil Vamberi Alisher Navoiy asarlari yuzasidan tuzilgan, uning asarlaridan olingan, qisqa-qisqa parchalardan iborat “Abushqa” lug’ati venger tiliga tarjima qilib chop etdi. Pesht shahrida bosilgan 107 sahifadan iborat bu kitobga, venger tilshunosi Budens Yoju (1836-1892) kirish soʻzi yozgan. Venger tilida bosilgan bu lug’atdan ko’chirma tilshunos olim Ergash Umarovning shaxsiy kutubxonasida saqlanmoqda. Vamberi sayohatidan qaytgach o’z tadqiqotlarini jamlab “Oʻrta Osiyo ocherklari” kitobini birinchi bor o’quvchilarga taqdim etdi. Biroq kitobda berilgan ma’lumotlar to’la bo’lmagani sababli o’z zamondoshlari tomonidan tanqidga uchradi. Tanqiddan to’g’ri xulosa chiqargan Vamberi 1868-yil bu kitobni ikkinchi marta chop etdi. Bu nashrda u avvalgi nashrda yo’l qo’yilgan xatolar va kamchiliklarga barham beradi. U kitobning O’rta Osiyo adabiyoti bobida Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy va Mashrab g’azallaridan tarjimalar hamda “Qissasi Sayfulmuluk” asaridan bir parcha keltiradi. Biroq bu kitobda ham ba’zi bir xatolarga yo’l qo’yadi. Chunonchi, Navoiyning “Layli va Majnun” dostonini dastlab “Majnun va Layli” deb nomlagan, “Qissasi Sayfulmuluk” asarini Navoiyning asari deb ko’rsatgan. N. Ismatullayev uning mashu xatolarini ko’rsatib Vamberi o’zining “Oʻrta Osiyo ocherklari” kitobini yozgunga qadar Alisher Navoiy asarlari bilan to’la tanish bo’lmaganligini aniqladi.
Navoiy ijodi orqali xorijliklar ma’naviyatimizni, ruhiyatimizni tanishadi. Xorijlik hamkasbimiz Denis Deli: “Navoiydek buyuk shoir faqat o’zbeklarda bor. Uning ijodidan ta’sirlanib yozilgan g’azallar va asarlar nihoyatda ko’pligini ko’rib hayratga tushaman”, degan edi. Alisher Navoiy ijodi xorijiy mamlakatlarda ham sevib o’qilib, asarlari bot-bot tarjima qilinmoqda. Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachusets shtatida istiqomat qiluvchi adabiyotshunos, yozuvchi va shoir Denis Deli ko’p yillik izlanishlari tufayli Alisher Navoiyning g’azallarini ingliz tiliga o’girdi hamda “Cervena Barva Press” nashriyotida “Alisher Navoiyning yigirma bir g’azali” (“Twenty one ghazals by Alisher Navoiy”) deb nomlangan kitobni chop ettirdi. To’plam xorijliklar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. U yozadi: “Alisher Navoiy – buyuk shoirlardan biri. Italiyaliklar uchun Dante qancha qadrli bo’lsa, Navoiy ham o’zbeklar uchun shunchalik buyuk shaxs. Qisqa vaqt ichida uning barcha ijodi bilan tanishish mushkul. Buning uchun bir insonning umri yetmaydi. Men uning ingliz, rus, fransuz tillaridagi tarjima asarlarini ko’zdan kechirdim. Angladimki, Alisher Navoiy ijodiga butun dunyoning qiziqishi hamon davom etib kelmoqda. Ulug’ shoir ijodining bir qatrasini kashf qilgan kishi borki, hayratini yashira olmaydi. Tezroq Navoiy haqida zamondoshlariga xabar bergisi, uning yozganlarini o’z ona tiliga o’girgisi kelaveradi. Men bunga aminman… Masalan, mamlakatingizda Alisher Navoiy ijodi haqida ilmiy tadqiqot olib borgan kanadalik Harri Dik Navoiyga “Dunyoni ma’naviy tanazzuldan qutqara oladigan ko’ngil bog’ining bog’boni” deya ta’rif beradi va “Lison ut-tayr” asarini ingliz tiliga tarjima qiladi. Bular qatoriga “Farhod va Shirin”ni ukrain tiliga tarjima qilgan shoir Nikolay Bajan, polyak tarjimoni Yanush Kjijovskiyni ham qo’shish mumkin… Navoiy ijodi shunchalik serqirraki, uning tarjimasiga qo’l urish uchun, avvalo, islom dini g’oyasi va qarashlari, turkiylar madaniyati, yashash tarzi, so’zlarning kelib chiqish etimologiyasini ham bilish juda zarur ekan…” (“Xalq soʻzi” gazetasi, 26 aprel, 2018-y)
Xorijda o’zbek mumtoz adabiyotini o’rganish boshlanganiga ancha bo’ldi. Xususan, Alisher Navoiy va uning ijodi g’arb olimlarining diqqat markaziga tushganidan beri bir necha asr o’tdi. Afsuski, XX asrda sho’ro tuzumi siyosati oqibatida ma’naviy va ilmiy aloqalar uzilib qolgani bois xorijdagi o’zbek adabiyoti tadqiqotchilarining izlanishlaridan ko’p jihatdan bexabar va bebahra qoldik. Endilikda g’arb olimlari va ular yaratgan ilmiy asarlar bilan tanishish imkoni kengayib bormoqda. Mumtoz adabiyotimiz tadqiqotchilarining keyingi yuz yildagi taniqli vakillari sifatida kanadalik Mariya Sabtel va Elizar Birnbaum, germaniyalik Ingeborg Baldauf va Zigrid Klaynmihel, Vengriyadan Benedek Peri va Ferench Chirkes, frantsiyalik Mark Toutant, turkiyalik Fuod Ko’prulzoda, Zaki Validi To’g’on, Kamol Eraslan, Osman Sertkaya, Tanju Seyhan, ozarbayjonlik Hamid Orasli, Jannat Nag’ieva singari olimlarni aytish mumkin.
Venger turkiyshunosligi maktabiga mansub Benedek Peri talabalik davridan boshlab o’zbek adabiyotini o’rganishga qiziqqan. So’nggi yillarda Benedek Peri ko’proq Alisher Navoiy ijodi bilan mashg’ul bo’ldi va maqolalar e’lon qildi.
Shu oʻrinda akademik Konradning “Alisher Navoiy va Renessans” maqolasini eslash joiz. U Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” asarini olmonlarning «Tristan va Izolda», yigirmanchi asr rus adabiyotida fantasmagoriya yoʻnalishida yaratilgan Mixail Bulgakov qalamiga mansub «Usta va Margarita» romani bilan qiyoslaydi va buyuk bobomizni “barcha xalqlarning shoiri”, deya eʼtirof etgan holda, Sharq Renessansi hosil boʻlishida Gʻarbga ehtiyoj sezmaganini qistirib oʻtadi.
Inglizlarning sharq she’riyatiga qiziqishi kecha yoki bugun paydo bo’lgan emas. Sharq adabiyotining g’arbga yoyilishi sharqona g’oyalar, motivlar, obrazlarning g’arbga ko’chishi uzoq tarixga ega. XV-XVI asrlarda g’arb adabiyotida sharqqa intilish kuchaydi. Bu davrda Sharq adabiyotining ko’plab durdona asarlari g’arb tillariga tarjima qilindi. Natijada XVIII asrda Yevropa o’zi uchun sharq adabiyoti degan yangi bir olamni kashf etdi. Bularning barchasi g’arbdagi sharq klassikasiga bo’lgan munosabatlarni o’zgartirib yubordi. 1843-yili Fransiyaning shimoli sharqiy qismiga joylashgan Nausi shahrida sharqshunoslik maktabining asoschilaridan biri Gustav Dugat “Orientalisme rende classigue” (Sharqshunoslik-unitilgan klassika) nomli qollanma yaratdi. Unda muallif gumanitar fanlar rivojida ochilgan antik durdonalarni hal qilish uchun faqatgina grek va lotin tilini yetarli emasligini isbotladi va sharqni o’rganishga chaqirdi.
Sharqni o’rganishning muhimligi va shoir she’riyatining o’ziga hosligi haqida Braginskiy quyidagilarni yozadi: “So’zlarning ko’p ma’no va mazmunga egaligi sharq she’riyati uchun hos hususiyat hisoblanadi. Qadimdan shu she’riyatda har bir she’r va bayt atrofida tortushuvlarni keltirib chiqaruvchi va izohlovchilarni yo’ldan adashtiruvchi kinoya va majoz o’yinlari, ishora, pafosi, so’zning serma’noligi mavjud”. [1] Ehtimol shular g’arbning sharq adabiyotiga bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytirgandir.
Misol uchun, nimaga Alisher Novoiyning “Farhod va Shirin” dostoniga qiziqish katta? “Chinakam gumanizm boshqa millat va elat kishilariga hurmat erksevarlik motivlarini kuylanishi, milliy va umuminsoniy g’oyalarning tarannumi bu dostonda yorqinroq nomoyon bo’lganligi, dostonning asosiy g’oyaviy yakuni o’zida tashuvchi chinlik Farhod, xotin-qizlarning jasur vakillari-arman qizi Shirin va Mehinbonuni, nihoyat Farhodning sadiq do’sti va maslahatgo’yi iqtidorli rassom eronlik Shopur o’ratasida qardoshlarcha do’stlik mavzusi asarning boshidan oxirigacha qizil ip yanglig’ o’tib turishi chet ellik tadqiqotchilarni hayron qoldirgan bo’lsa ajab emas”. Shunday tadqiqotchilardan biri A.Kurelladir. Darhaqiqat, A.Kurella Navoiy ijodi bilan tanisha boshlagan yillarda “Farhod va Shirin” dostoni jamoatchilik orasida muallifning eng zo’r dostoni sifatida mashhur bo’lgan edi. Sababi tarjimonlarning o’ziga tortgan jihatlaridan yana biri asarda tabiat manzaralari, ikkinchidan, Navoiyning usta peyzaj yaratish mahorati, uchinchidan, tabiat fasllaridagi tasvir ranglarning xilma xilligi va ularni har birini faslga mos jilolanishi, to’rtinchidan, shoirning radif, hojib kabi bir talay badiiy san’atlardan foydalanganligidir.
O‘zbek adabiyoti namunalarining ingliz tiliga qilingan ilk tarjimalari, tabiiyki, Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq. Buyuk mutafakkirning «Lison ut-tayr» dostoni Ye.Fittsjerald tomonidan inglizchaga tarjima qilinib, 1899-yilda AQShnng Boston shahrida nashr etilgan edi. Xuddi shu asarning nasriy bayoni kanadalik tarjimon Garri Dik tomonidan o‘zbek tarjimashunos olimi N.Qambarov hamkorligida ingliz tiliga o‘grildi. «Muhokamat ul-lug‘atayn» risolasi Robert Deveruks tarjimasida 1966-yilda AQShda kitob holida bosilib chiqqan bo‘lsa, buyuk shoirning «Sab’ai sayyor» dostoni amerikalik professor V.Firman tomonidan inglizchaga tarjima qilindi. 1988-yilda O‘zbekiston «Vatan» jamiyati Alisher Navoiy hikmatlarini Margaret Bettlinning inglizcha tarjimasida lotin alifbosida chop etgan. 1961-yilda Toshkentda nashr qilingan «O‘zbekiston gapiradi» nomli inglizcha to‘plamga Alisher Navoiyning g‘azallari, ruboiylari, hikmatlaridan namunalar hamda «Farhod va Shirin» dostonidan parcha kiritilgan.
Alisher Navoiy asarlari ma’lum bir sabab bilan tarjimalar tadrijini, aytish joiz bo’lsa, kashf qilgan. Chunki davrlar osha nafaqat adabiyotda, balki madaniy sohalarda g’arb sharqqa qizaqa boshladi, natijada asta-sekinlik bilan Navoiy asarlari birma bir boshqa tillarga tarjima qilina boshlandi. A.Kurella, Vamberi davrlarida qiziqish yanada ortdi va asosan Navoiy asarlari nafaqat Yevropada, qolaversa butun dunyoga yoyila boshlandi. Bunga yaqqol misol qilib «Muhokamat ul-lug‘atayn» risolasi Robert Deveruks tarjimasida 1966-yilda AQShda kitob holida bosilib chiqqan bo‘lsa, buyuk shoirning «Sab’ai sayyor» dostoni amerikalik professor V.Firman tomonidan inglizchaga tarjima qilinganini olish mumkin.
Yosh navoiyshunoslar safi bugungi kunda ancha siyraklashib qolgani sir emas. Chunki sovet zamonida odamlarimiz mumtoz adabiyotdan atay uzoqlashtirilgan, qo’lyozmalar johillarcha yoqib yuborilgan, hatto shu yoʻsinda fikrlaydigan odamlar qatl qilib yuborilgan. Bu jarayonlar millatimiz ruhiyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Aksariyat yoshlar zamonaviy adabiyot bilan shug’ullanib iloji boricha tezroq yutuqlarga erishishni istaydi. Qolaversa, raqamli texnologiyaga bog’lanib qolgan yangi avlodni mumtoz adabiyotga qiziqtirish juda qiyin. Ular moddiy tomondan katta foyda ko’radigan sohalarni ko’proq ko’zlashyapti.
Mumtoz adabiyot bilan shug’ullanish sabr va matonatni talab qiladi. Shukrki, ayni paytda o’z bilimi va harakatlari bilan Alisher Navoiy ijodini o’rganayotgan iste’dodli yoshlarimiz ham astoydil izlanishlar olib borishmoqda.
Umid qilamizki, mazkur qaror ijrosidan so’ng navoiyshunoslarning yana bir yangi avlodi ulg’ayadi va mutafakkir bobomizning asarlarini anglaguvchi, umuminsoniy g’oyalar atrofida birlashib, ezgu maqsadlarni amalga oshirguvchi, bilimli hamda ma’nan oliyjanob yoshlar safi kengayib boradi. Zero, Alisher Navoiy bobomiz ta’kidlaganlaridek:
Gar yo’qtur adab, ne sud oltun unidin,
Elning adabi xushroq erur oltunidin.
[1] Abdullajanov A. Navoiy badiyatini nemischaga qayta yaratishni tadbil etish. Toshkent 1998.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida
Har qaysi xalqning ona tili va adabiyoti uning milliy ruhi va o‘zligining, madaniy-ma’rifiy olami, milliy g‘oyasining asosi hisoblanadi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak – millatning ruhini yo‘qotmakdur” degan hikmatli so‘zlari ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.
Shuning uchun ham qachonki bosqinchi va istilochi kuchlar el-yurtimizni o‘ziga qaram qilmoqchi bo‘lsa, avvalo, uni o‘z tili va dinidan, tarixi va madaniyatidan, milliy g‘ururidan judo etishga uringan. O‘lkamiz qaramlik changaliga tushib qolgan istibdod davrlarida ona tilimizning rivojlanish imkoniyatlari cheklab qo‘yilgani hech kimga sir emas.
O‘zbek tili qadimiy va boy tarixga ega bo‘lib, uning shakllanishida miloddan oldingi va miloddan keyingi dastlabki asrlarda mintaqamiz hududida yashagan baqtriylar, so‘g‘diylar, xorazmiylar va boshqa elat va millatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatgani haqida mavjud ilmiy manbalar dalolat beradi.
O‘zbek tilining har tomonlama taraqqiy topishi va adabiy til sifatida maydonga chiqishida qadimiy turkiy til katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidlash tabiiydir.
Shu borada Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilmu fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosi muhim o‘rin egallaganini qayd etish joiz.
O‘zbek adabiy tili ayniqsa XIV-XV asrlarda – Amir Temur va temuriylar davrida rivojlanishning yangi, yuksak bosqichiga ko‘tarildi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin olgan o‘lmas asarlarini aynan ona tilimizda yaratib, uning shuhratini butun dunyoga tarannum etdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi o‘nlab mumtoz adib va allomalarimizning ijodida ona tilimizning lug‘at boyligi, badiiy imkoniyatlari, uning go‘zalligi va nafosati yanada yorqin namoyon bo‘lganini ta’kidlash lozim.
Mustamlaka tuzumining tazyiqlariga qaramasdan, o‘z hayotini xalqimizning ma’naviy kamolotiga, ona tilimizning ravnaq topishiga bag‘ishlagan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvarlarning ulkan xizmatlarini, bu yo‘lda haqiqiy vatanparvar, yurtparvar, millatparvar sifatida iz qoldirgan ziyoli insonlarning nomlarini el-yurtimiz doimo hurmat bilan eslaydi.
Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitish, nufuzini oshirishni o‘zimiz uchun eng ustuvor, uzviy davom etadigan yuksak maqsad deb bilishimiz va bu masalaning ahamiyati hech qachon e’tiborimizdan chetda qolmasligi zarur.
Bu borada 1989-yili yurtimizda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani va ushbu huquqiy norma Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilganini alohida ta’kidlash lozim.
Shuningdek, 1990-yili Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori, 1993-yilda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun, 1995-yili “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri, 1996-yili ushbu qonunni amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasining qarori va shu kabi boshqa hujjatlar qabul qilingani bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.
Ushbu sohada yaratilgan normativ-huquqiy baza o‘zbek tili bilan birga mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning o‘z ona tilini rivojlantirish va uni erkin qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishni kafolatlab kelayotgani alohida e’tiborga sazovordir.
Ayni shu asnoda O‘zbekistonda milliy tillarni rivojlantirish uchun keng sharoit yaratilgani, bugungi kunda yurtimizda ta’lim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari yetti tilda faoliyat olib borayotgani jamiyatimiz hayotida millatlararo ahillik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga yanada chuqur integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida chet tillarni, xususan, ingliz tilini o‘qitishning kompleks tizimi yaratilib, amalda keng joriy etilmoqda.
Ana shunday ishlar qatorida o‘zbek tili va adabiyotining xalqimiz, jamiyatimizning ma’naviy rivojida, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni va roli bilan bog‘liq dolzarb mavzularda muhim ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda, ko‘plab lug‘at va qomuslar, risola va darsliklar nashr etilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda.
Ayni vaqtda bu sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz darkor. Eng avvalo, ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish va ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish bugungi kunda o‘ta dolzarb masalaga aylanmoqda.
Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda, fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi o‘ta muhim tarmoqlarda o‘zbek tili o‘zining haqiqiy o‘rnini egallashiga erishish, shu maqsadda zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lug‘atlar yaratish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish oldimizda muhim vazifa bo‘lib turganini qayd etish lozim.
Hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida o‘zbek tili va adabiyotining o‘ziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish, bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini kuchaytirish, ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning hamda ushbu soha bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirish maqsadida:
1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining o‘zbek filologiyasi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari hamda Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti negizida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (keyingi o‘rinlarda – Universitet deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Universitet tarkibida 3 ta fakultet: o‘zbek filologiyasi, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish, o‘zbek-ingliz tarjima fakultetlari, shuningdek, O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilsin. Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi Universitet tarkibiga o‘tkazilib, uning negizida O‘zbek tili va adabiyoti muzeyi tashkil etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Universitet o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha filolog mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar, yuqori malakali tarjimonlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayni shu yo‘nalishlarda ilmiy va o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
3. Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
o‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash;
ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash;
talaba yoshlarni, o‘zbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash;
o‘zbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta’limotlarini, mumtoz va zamonaviy metodlarini, buyuk ajdodlarimizning o‘zbek va jahon tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari, o‘zbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq etish;
o‘zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘at va qomuslar, risola va darsliklar yaratish;
umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish;
ona tilimizning Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, uning komputer uslubini, o‘zbek tili va dunyodagi yetakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va lug‘atlar, elektron darsliklar yaratish bilan bog‘liq ilmiy-metodik ishlanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va bu borada erishilgan natijalarni amaliyotga keng tatbiq etish.
4. Universitet faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etish uchun ilovaga muvofiq tarkibda respublika komissiyasi tuzilsin.
Respublika komissiyasi (Sh.Mirziyoyev)ga:
Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorini tayyorlash vazifasi topshirilsin.
Ushbu qarorda Universitetning tarkibiy tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlash, Universitetni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, ustav hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Universitetni vaqtincha joylashtirish uchun tegishli bino bilan ta’minlash;
Universitetni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, shu maqsadda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining tugatilayotgan o‘zbek filologiyasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari hamda Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining rahbar va ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchilarini belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish;
Universitet oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv rejalari va dasturlar, o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr etish;
Universitet uchun quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan tegishli binolar, uning hududidagi maydon va xiyobonlarni rekonstruksiya qilish maqsadida qurilish-montaj ishlarini tashkil etish, xususan, bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarni, istisno tariqasida, tender savdolari o‘tkazmasdan tanlash, qurilish-montaj ishlarini loyiha-qidiruv ishlari bilan bir vaqtda olib borish va ularning belgilangan muddatda moliyalashtirilishini ta’minlash, qurilish-montaj va jihozlash ishlarini 2017-yilning 1-avgustiga qadar yakuniga yetkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘zda tutilsin.
5. Universitetda o‘quv jarayoni 2016/2017 o‘quv yilidan boshlab tashkil etilsin va 1-kursga qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etilsin.
6. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bir oy muddatda:
Universitetning bosh binosi oldidagi maydonda ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ijodiy tanlov e’lon qilsin va uni belgilangan tartibda o‘tkazsin;
haykalni yaratish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarning hisob-kitobini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etsin.
7. Universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha mamlakatimiz hududiga olib kiriladigan komputer texnikasi, maxsus asbob-uskuna va inventarlar, istisno tariqasida, 2020-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur Farmonni keng yoritish tavsiya etilsin.
10. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti
I.Karimov
Alisher navoiy nomidagi ona tili adabiyot universiteti
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi 1968 yili buyuk shoirning 525 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan. U shu choqqacha xalqimizning ko‘p asrlik adabiy merosini jamlash, uni muhofaza qilish, targ‘ib etish va tadqiq qilishda katta ishlarni amalga oshirib kelmoqda. O‘tgan davr davomida muzeyning XV-XX asr adabiyoti tarixini namoyish etuvchi boy ekspozitsiyasi yaratildi. Tomoshabinlar ko‘p asrlik boy adabiy tariximizning noyob durdonalari bilan tanishibgina qolmay O‘rta Osiyo madaniyati va san’atining badiiy namunalari-kitob, tasviriy san’at, xattotlik, naqqoshlik, musiqa va me’morchilik asarlari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega. Muzeyda qo‘lyozmalar bilan birgalikda eski bosma kitoblar fondi ham muntazam boyib boryapti. Adabiyot muzeyi binosining o‘zi ham noyob arxitektura yodgorligi sifatida diqqat e’tiborni o‘ziga jalb etadi. Bino 1933-1936 yillarda qurilgan. Muzey Xalqaro muzeylar kengashi IKOM tashkiloti a’zosidir.
Alisher navoiy nomidagi ona tili adabiyot universiteti
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 13 майдаги фармонига биноан пойтахтда Алишер Навоий номидаги Тошкент Давлат ўзбек тили ва адабиёти университети ташкил этилади.
«Ҳар қайси халқнинг она тили ва адабиёти унинг миллий руҳи ва ўзлигининг, маданий-маърифий олами, миллий ғоясининг асоси ҳисобланади. Маърифатпарвар бобомиз Абдулла Авлонийнинг „Ҳар бир миллатнинг дунёда борлиғини кўрсатадурган ойинаи ҳаёти тил ва адабиётидур. Миллий тилни йўқотмак — миллатнинг руҳини йўқотмакдур“ деган ҳикматли сўзлари ҳам бу фикрни яққол тасдиқлайди», — дейлади фармонда.
«Шунинг учун ҳам қачонки босқинчи ва истилочи кучлар эл-юртимизни ўзига қарам қилмоқчи бўлса, аввало, уни ўз тили ва динидан, тарихи ва маданиятидан, миллий ғуруридан жудо этишга уринган. Ўлкамиз қарамлик чангалига тушиб қолган истибдод даврларида она тилимизнинг ривожланиш имкониятлари чеклаб қўйилгани ҳеч кимга сир эмас», — таъкидланади ҳужжатда.
«Ўзбек тили қадимий ва бой тарихга эга бўлиб, унинг шаклланишида милоддан олдинги ва милоддан кейинги дастлабки асрларда минтақамиз ҳудудида яшаган бақтрийлар, сўғдийлар, хоразмийлар ва бошқа элат ва миллатлар ўз таъсирини кўрсатгани ҳақида мавжуд илмий манбалар далолат беради. Ўзбек тилининг ҳар томонлама тараққий топиши ва адабий тил сифатида майдонга чиқишида қадимий туркий тил катта ҳисса қўшганини алоҳида таъкидлаш табиийдир.
Шу борада Маҳмуд Кошғарий, Юсуф Хос Ҳожиб, Аҳмад Югнакий, Атоий, Саккокий, Лутфий каби илму фан ва адабиёт намояндаларининг хизмати ва қолдирган мероси муҳим ўрин эгаллаганини қайд этиш жоиз.
Ўзбек адабий тили айниқса XIV-XV асрларда — Амир Темур ва темурийлар даврида ривожланишнинг янги, юксак босқичига кўтарилди. Буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий умумбашарият маданий хазинасидан муносиб ўрин олган ўлмас асарларини айнан она тилимизда яратиб, унинг шуҳратини бутун дунёга тараннум этди. Заҳириддин Муҳаммад Бобур, Муҳаммадризо Огаҳий, Бобораҳим Машраб, Муқимий, Фурқат каби ўнлаб мумтоз адиб ва алломаларимизнинг ижодида она тилимизнинг луғат бойлиги, бадиий имкониятлари, унинг гўзаллиги ва нафосати янада ёрқин намоён бўлганини таъкидлаш лозим», — дейилади Президент фармонида.
«Мустамлака тузумининг тазйиқларига қарамасдан, ўз ҳаётини халқимизнинг маънавий камолотига, она тилимизнинг равнақ топишига бағишлаган Маҳмудхўжа Беҳбудий, Абдулла Авлоний, Абдурауф Фитрат, Абдулҳамид Чўлпон, Абдулла Қодирий каби улуғ маърифатпарварларнинг улкан хизматларини, бу йўлда ҳақиқий ватанпарвар, юртпарвар, миллатпарвар сифатида из қолдирган зиёли инсонларнинг номларини эл-юртимиз доимо ҳурмат билан эслайди.
Биз аждодлардан авлодларга ўтиб келаётган бебаҳо бойликнинг ворислари сифатида она тилимизни асраб-авайлаш, уни бойитиш, нуфузини оширишни ўзимиз учун энг устувор, узвий давом этадиган юксак мақсад деб билишимиз ва бу масаланинг аҳамияти ҳеч қачон эътиборимиздан четда қолмаслиги зарур.
Бу борада 1989 йили юртимизда „Давлат тили тўғрисида“ги қонун қабул қилиниб, ўзбек тилига давлат тили мақоми берилгани ва ушбу ҳуқуқий норма Конституциямизда муҳрлаб қўйилганини алоҳида таъкидлаш лозим.
Шунингдек, 1990 йили Вазирлар Маҳкамасининг „Давлат тили тўғрисида“ги қонунни амалга ошириш давлат дастури тўғрисида»ги қарори, 1993 йилда «Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини жорий этиш тўғрисида»ги қонун, 1995 йили «Давлат тили ҳақида»ги қонуннинг янги таҳрири, 1996 йили ушбу қонунни амалга оширишга қаратилган давлат дастурига тегишли ўзгартиришлар киритиш ҳақида Вазирлар Маҳкамасининг қарори ва шу каби бошқа ҳужжатлар қабул қилингани бу борада муҳим аҳамият касб этди”, — қайд этилади фармонда.
«Ушбу соҳада яратилган норматив-ҳуқуқий база ўзбек тили билан бирга мамлакатимизда яшаётган барча миллат ва элатларнинг ўз она тилини ривожлантириш ва уни эркин қўллашдан иборат конституциявий ҳуқуқларидан фойдаланишни кафолатлаб келаётгани алоҳида эътиборга сазовордир. Айни шу аснода Ўзбекистонда миллий тилларни ривожлантириш учун кенг шароит яратилгани, бугунги кунда юртимизда таълим-тарбия муассасалари ва оммавий ахборот воситалари етти тилда фаолият олиб бораётгани жамиятимиз ҳаётида миллатлараро аҳиллик ва ҳамжиҳатликни мустаҳкамлашда муҳим омил бўлмоқда.
Кейинги йилларда Ўзбекистонда мамлакатимизнинг жаҳон ҳамжамиятига янада чуқур интеграциялашувини таъминлаш мақсадида чет тилларни, хусусан, инглиз тилини ўқитишнинг комплекс тизими яратилиб, амалда кенг жорий этилмоқда. Ана шундай ишлар қаторида ўзбек тили ва адабиётининг халқимиз, жамиятимизнинг маънавий ривожида, замонавий илм-фан тараққиётида тутган ўрни ва роли билан боғлиқ долзарб мавзуларда муҳим илмий тадқиқотлар амалга оширилмоқда, кўплаб луғат ва қомуслар, рисола ва дарсликлар нашр этилмоқда. Ўзбек тили ва адабиёти бўйича мутахассислар, илмий-педагог кадрлар тайёрлаш, мазкур йўналишда фаолият олиб бораётган ходимларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш масалаларига катта эътибор берилмоқда», — дейилади фармонда.
Айни вақтда бу соҳада мавжуд камчиликларни бартараф этиш бўйича ҳали кўп ишларни амалга ошириш даркор, таъкидланади давлат раҳбари фармонида. «Энг аввало, она тилимизнинг қўлланиш доирасини кенгайтириш, унинг тарихий илдизларини чуқур ўрганиш ва илмий асосда ҳар томонлама ривожлантириш бугунги кунда ўта долзарб масалага айланмоқда».
«Бу ҳақда гапирганда, биринчи навбатда, фундаментал фанлар, замонавий ахборот ва коммуникация технологиялари, саноат, банк-молия тизими, юриспруденция, дипломатия, ҳарбий иш ва шу каби ўта муҳим тармоқларда ўзбек тили ўзининг ҳақиқий ўрнини эгаллашига эришиш, шу мақсадда замонавий дарсликлар, этимологик ва қиёсий луғатлар яратиш, зарур атама ва иборалар, тушунча ва категорияларни ишлаб чиқиш олдимизда муҳим вазифа бўлиб турганини қайд этиш лозим», — таъкидланади фармонда.
Тез ўзгараётган глобаллашув даврида ўзбек тили ва адабиётининг ўзига хос бетакрор хусусиятлари, тарихий тараққиёти, унинг бугунги ҳолати ва истиқболи билан боғлиқ масалаларни чуқур ўрганиш, бу борада олиб борилаётган илмий тадқиқот ишлари самарадорлигини кучайтириш, таълим-тарбия тизимининг барча бўғинларида ўзбек тили ва адабиёти фанини ўқитишнинг ҳамда ушбу соҳа бўйича юқори малакали кадрлар тайёрлашнинг сифатини тубдан ошириш мақсадида Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университетининг ўзбек филологияси ва Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетининг ўзбек тили ва адабиёти факультетлари ҳамда Фанлар академиясининг Алишер Навоий номидаги Тил ва адабиёт институти негизида Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети ташкил этилиш белгиланди.
Университет таркибида учта факультет: ўзбек филологияси, ўзбек тили ва адабиётини ўқитиш, ўзбек-инглиз таржима факультетлари, шунингдек, Ўзбек тили ва адабиёти илмий-тадқиқот институти ташкил этилади. Фанлар академиясининг Алишер Навоий номидаги давлат адабиёт музейи Университет таркибига ўтказилиб, унинг негизида Ўзбек тили ва адабиёти музейи ташкил этилади.
Фармонда белгилаб қўйилганки, университет ўзбек тили ва адабиёти бўйича филолог мутахассислар, илмий-педагог кадрлар, юқори малакали таржимонлар тайёрлаш, илмий-тадқиқот ишларини олиб бориш, соҳа ходимларини қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш, айни шу йўналишларда илмий ва ўқув-методик материалларни ишлаб чиқиш бўйича таянч олий таълим муассасаси ҳисобланади.
Университетнинг асосий вазифалари этиб қуйидагилар белгиланди:
- ўзбек тили ва адабиётини, унинг ўзига хос хусусиятлари, илмий-назарий, фалсафий-эстетик асосларини, замонавий таълим технологияларини чуқур ўзлаштирган, давр талабларига жавоб берадиган юксак малакали илмий ва педагог кадрлар тайёрлаш;
- илмий, бадиий ва бошқа соҳалардаги адабиётларни ўзбек тилидан инглиз ва бошқа хорижий тилларга, шунингдек, жаҳон тилларидан она тилимизга юксак сифат ва маҳорат билан таржима қиладиган таржимонлар тайёрлаш;
- талаба ёшларни, ўзбек тили ва адабиётининг бой имкониятларидан фойдаланган ҳолда, Ватанга муҳаббат ва садоқат, умумбашарий қадриятларга ҳурмат руҳида, кенг дунёқарашга эга бўлган ва мустақил фикрлайдиган, маънавий етук инсонлар этиб тарбиялаш;
- ўзбек тили ва адабиёти, фольклорининг тарихан шаклланган адабий, лингвистик мактаблари ва таълимотларини, мумтоз ва замонавий методларини, буюк аждодларимизнинг ўзбек ва жаҳон тилшунослиги ривожига қўшган ҳиссаси, уларнинг илмий мероси, она тилимизнинг халқаро миқёсдаги ўрни ва нуфузи, унинг бошқа тиллар билан алоқалари, ўзбек тили ва адабиётининг ривожланиш истиқболлари билан боғлиқ илмий муаммоларни тадқиқ этиш;
- ўзбек тилининг асл табиати ва хусусиятларини тўла акс эттирадиган мукаммал академик ва ўқув грамматикаларини яратиш, унинг товушлар тизими ва уларнинг ёзувда акс этиши, жорий имло қоидаларини такомиллаштириш бўйича илмий асосланган таклифлар тайёрлаш, турли мавзу ва йўналишлар бўйича луғат ва қомуслар, рисола ва дарсликлар яратиш;
- умумтаълим мактаблари, академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари, олий таълим муассасаларида ўзбек тили ва адабиёти фанини ўқитишнинг янги ва самарали методлари бўйича илмий изланишлар олиб бориш, илғор педагогик технологияларни кенг жорий этиш;
- она тилимизнинг интернет жаҳон ахборот тармоғида муносиб ўрин эгаллашини таъминлаш, унинг компьютер услубини, ўзбек тили ва дунёдаги етакчи хорижий тиллар асосида таржима дастурлари ва луғатлар, электрон дарсликлар яратиш билан боғлиқ илмий-методик ишланмалар, амалий тавсиялар тайёрлаш ва бу борада эришилган натижаларни амалиётга кенг татбиқ этиш.
Янги университетда ўқув жараёни 2016/2017 ўқув йилидан бошлаб ташкил этилади.
Университетнинг бош биноси олдидаги майдонда улуғ шоир ва мутафаккир Алишер Навоий ҳайкалини ўрнатиш режалаштирилган.