Alisher Navoiy (1441-1501)
Hirot bu davrda nihoyatda koʻrkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, sheʼriyat, nafis sanʼatlar rivoj oldi. Talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Xalosiya” xonaqohi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome yoniga Qorixona (“Dor ul-huffoz”) qurildi. Ulugʻ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qoʻlyozmalarni oqqa koʻchirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar. Hirotda yana “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya” va boshqa madrasalar bino etildi.
Alisher navoiy nomidagi ona tili va adabiyot universiteti
Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, G’iyosiddin Kichkina xonadonida dunyoga kelgan. Uning otasi Temuriylar saroyida e’tiborli shaxslardan bo’lgan. Onasi esa amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan.
Alisher saroy muhitida yashagani uchun alohida tarbiya va nazorat ostida o’sdi. Kichkinaligidanoq she’r va musiqaga ishqi tushgan. Olim-u fozillar davrasida ulg’aydi.
1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, taxt uchun kurashlar boshlanib ketadi. Alisherlar oilasi esa bu davrda Iroqqa yo’l oladi. Yo’lda, Taft shahrida Navoiy o’z davrining mashhur tarixchish Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Alisherlar xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi.
1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o’tiradi va notinchliklar ham bosiladi. Alisherning otasi G’iyosiddin Muhammad esa Sabzavorga hokim etib tayinlanadi. Alisher o’qishni davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she’riyat bilan oshno qilib qo`yadi. U Sa’diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo’ston», Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarlarini kuchli ishtiyoq bilan o’qib chiqadi.
«Mantiq ut-tayr» asari Navoiyga bir umrlik hamroh bo’lib qoladi. Keyinchalik u «Lison ut-tayr» nomli asarini yozdi.
1453-yilda G`iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, keyin Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do’st – Husayn va Alisher yana birga bo’ldilar. Bu yillar ham Navoiy uchun ilm olish bilan o’tdi. U shu munosabat bilan 50 ming bayt, 100 ming misrani yod olganini aytib o`tgan.
She’rga mehr Alisherni ijodga undadi. U turkiy va forsiyda she’rlar bita boshladi. U turkiydagi she’rlariga «Navoiy», forsiydagi she’rlariga esa «Foniy» taxallusini qo’llardi.
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Xuroson taxtiga Abusaid Mirzo o’tirdi. Husayn Boyqaro esa taxt uchun kurashlarga kirishib ketdi. Bu paytda Navoiy Mashhad madrasalarida bilimini oshirish bilan band edi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Lekin bi yerda uni qiyinchiliklar kutib turar edi. Sababi, Abusaid Mirzo Abulqosim Bobur yaqinlaridan hisoblangan Alisherning tog’alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G’aribiylarni qatl etgan bo’lib, Alisherning mol-mulki ham davlat hisobiga musodara etilgan edi. Shuning uchun u shaharda uzoq qola olmadi.
Bu davrda Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasher kabi do’stlarining ko’magiga tayanadi.
Abdurahmon Jomiyni Navoiy «Nuran Maxdum» deb e’zozlagan. U kishi o’zini siyosatdan uzoq tutar edi. Hatto shahar tashqarisida Sa’diddin Qoshg’ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy olib, o’sha yerda yashar edi.
Alisher do’stlari Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasherlar haqida kitob ham yozgan. U Pahlavon Muhammadni «shams ul-millat» (millat quyoshi) deb atagan bo`lsa, Sayyid Hasan Ardasherni esa «bu faqir turk va sart orasida ondin tamomroq (mukammalroq) kishini ko`rmaydurmen» deb ta`riflagan.
Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning Samarqandga kelishi to`g`risida ham turlicha qarashlar mavjud. Tarixchi Xondamir uni o`qish maqsadida kelgan deb aytadi. To`g`ri, u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazlulloh Abullays qo`lida o`qidi. Zahiriddin Muhammad Bobur esa uning Samarqandga kelishi sababini Abusaid surgun gilishi bilan bog`laydi. Chunki Abusaidning Alisherga nisbatan munosabati yomon edi.
Alisher Samarqandda dastlab moliyaviy qiyinchiliklar ichida yashadi. Keyinchalik shahar hokimi Ahmad Hojibek unga rag`bat va homiylik qila boshladi.
Navoiy shu yillarda shoir sifatida shuhrat topa boshladi. 1465-1466-yillarda uning muxlislari she`rlarini to`plab, «Devon» tuzdilar. Bu kitob bugungi kunda «Ilk devon» nomi bilan mashhurdir.
1468-yilda Abusaid Mirzo Eronni egallash uchun bo`lgan jangda halok bo`ladi va taxtga Husayn Boyqaro o`tiradi. U do`stiga maktub yo`llab, uni Hirotga chaqiradi. Alisher Hirotga qaytib, Ramazon hayiti kunlarida do`stiga «Hiloliya» qasidasini taqdim etadi.
Husayn Boyqaro Alisherni davlat ishlariga jalb etib, unga muhrdorlik vazifasini topshiradi. Alisher 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472–1476-yillarda esa vazir bo`lib ishladi. 1487-1488-yillarda esa Astrobod hokimi bo`lgan. Alisher vazir bo`lib ishlagan kezlarida «amiri kabir» («ulug` amir»), «amir ul-muqarrab» (podshohga eng yaqin amir) kabi unvonlarga ega bo`ldi. 1480-1500-yillar mobaynida o`z mablag`lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo`lovchilar to`xtab o`tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko`prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga ko`ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi. Alisher Navoiy tarjimayi holi o`z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Lirik merosi.
Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she`rlarini yig`ib, “Ilk devon” (1464-1465) tuzgan edilar, birinchi devoni “Badoye` ul-bidoya” (“Go`zallikning boshlanishi”) asarini shohning taklifiga ko`ra 1472-1476-yillarda kitob qildi. Ikkinchi devoni “Navodiru-n-nihoya” (“Nodirliklar nihoyasi”)ni 1476-1483-yillarda yozib tugatgan. 1481-1482-yillarda «Vaqfiya» asarini yozadi. Bu asari bilan u vaqf qonun-qoidalarini tartibga solishni ko`zlagan edi.
1483-1485-yillar mobaynida esa beshta dostondan iborat «Xamsa»ni yozib tugatdi. U ish kunlari hisobida 54 ming misradan iborat asarni olti oy ichida yozgan edi. Bu asar turkiy tildagi birinchi «Xamsa»dir. Navoiyni «Xamsa» yozishga undagan va unga bu ishda oq fotiha bergan ustozi va do`sti Abdurahmon Jomiy shunday yozadi: «Bu qalamga falakdin ofarinlar yog`ilsin. Bu qalam forsiy til egalariga, forscha nazm durlarini terguvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganida, boshqalarda so`z aytishga majol qolmasdi. Uning mo`jizali she`ri oldida Nizomiy kim-u, Xisrav kim bo`lardi?!»
1480-1490-yillar Navoiy ijodi uchun nihoyatda samarali keladi. U shu yillar davomida ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. 1488-yilda yaratilgan «Tarixi mulki Ajam» («Ajam shohlari tarixi») shulardan biri edi. Bu asar «Muhokamat ul-lug`atayn» asarida «Zubdat ut-tavotix» (Tarixlar qaymog`i) deb ham ataladi.
Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» (Anbiyolar va hokimlar tarixi), «Siroj ul-muslimin» (Musulmonlik nuri) asarlari ibrat va pand mazmunida yozilgandir.
Navoiyning yaqin do`stlari va ustozlari Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492) va Pahlavon Muhammad (1493) birin-ketin vafot etishadi. Navoiy ularga bag`ishlab «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo`lib, ular shoirning ulug` zamondoshlari haqidagi memuar-xotiralaridan tashkil topgandir.
1491-yilda shoir muammo janrida yozilgan «Risolayi muammo» (ikkinchi nomi «Mufradot») asarini yozadi. Bu asar bilan Navoiy o`zbek tilida muammo janrida yozgan ilk shoir bo`ldi.
«Xazoyin ul-maoniy»ga uning 52 muammosi kiritilgan. Forsiyda yozilgan muammolarini esa 500 ta chamalaydilar. Shoir muammoni tuzish va yechish qoidalarini o`z ichiga olgan ushbu asarini forsiyda yozgan. Hadislar asosidagi 40 ruboiyni o`z ichiga olgan «Arbain», mashhur hazrat Alining «Nasr ul-laoliy» asarining she`riy tarjimasi, 266 ta ruboiydan tashkil topgan «Nazm ul-javohir» asarlari ham shu yillarda yaratilgan.
Navoiyning 1490-yillardagi eng katta asari, shubhasiz, «Xazoyin ul-maoniy»dir. 1492-1498-yillarda tartib qilingan bu asar to`rt qismli devondir. Bu devonga shoirning turkiyda yozilgan deyarli barcha lirik she`rlari kiritilgandir. U devonni tabiat fasllariga qarab to`rtga bo`ldi va har biriga shunga ko`ra nom berdi. Uning birinchi qismi «G`aroyib us-sig`ar» (Yoshlik g`aroyibotlari), ikkinchi qismi «Navodir ush-shabob» (Yigitlik nodirliklari), uchinchi qismi «Badoye` ul-vasat» (O`rta yosh badialari) va nihoyat to`rtinchi qismi «Favoyid ul-kibar» (Keksalik foydalari) deb nomlanadi.
Navoiy forsiy va arab tillarini ham mukammal bilgan. Va bu tillarda ham she`r yozish qobiliyatiga ega edi. Uning fors tilida bitilgan «Devoni Foniy» asarida uchrab turadigan arabiy matnlar bunga isbot bo`la oladi.
Navoiy turli sohalardan xabardor kishi edi. U o`q otish haqida «Risolayi tir andoxtan», lug`atshunoslik borasida esa «Sab`atu abhur» (Yetti dengiz) asarlarini yozib qoldirgan. Navoiy adabiyotshunoslik va adabiyot nazariyasi borasida ham asarlar yozgan. Bular jumlasiga «Risolayi muammo» asarini keltirish mumkin. 1490-yillarda yaratilgan «Majolis un-nafois» (Nafis majlislar) asari esa o`zbek tazkirachiligining ilk namunasidir. «Mezon ul-avzon» (Vaznlar o`lchovi) asarini yozib, o`zbek aruz she`rining bir necha asrlik tajribasini umumlashtirdi.
Navoiy she`riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko`lami (16) xilma-xil. G`azallari “oshiqona, orifona, rindona” (Shayxzoda) sifatlar bilan o`rganiladi. G`azallarida insoniy muhabbat ilohiy ishq bilan uyg`un holda ulug`lanib, “majoz – haqiqat ko`prigi” aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she`riyatidagi zohiriy ma`no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o`rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida Navoiy qalamiga mansub 24 asarning 254 qo`lyozmasi saqlanadi, undan ko`pchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yig`ilib, tasnif etilgan. “Ilk devon” Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. “Navodiru-n-nihoya” O`R FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir bo`lib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan ko`chirilgan.
Navoiy asarlari haqida «Xamsa» Alisher Navoiy ijodining yuksak cho`qqisi “Xamsa” asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo`lib, turkiy tilda to`liq “Xamsa” yaratdi va turkiy tilda shunday ko`lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.
“Xamsa” tarkibiga “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab`ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlar kiradi.
“Hayrat ul-abror”da hamd, munojot, na`t, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga bo`lgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ma`rifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtayi nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yo`lida ulusdan o`ta olmaganini anglatish bilan o`zining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.
“Farhod va Shirin”da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki o`sha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqtiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali o`zining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy an`analari yangilangan bo`lsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining o`zak muammolarini hal etishda asosiy o`rin tutdi va bu yo`nalishda Ahmad Rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.
“Layli va Majnun” dostonida arab ertaklari orqali ma`lum syujet o`zining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun ma`naviy zamin bo`ldi. “Xamsa” tarkibidagi “Sab`ai sayyor” va “Saddi Iskandariy”da shohlik bilan bog`liq masalalarni birinchi o`ringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik an`anasida o`zining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. “Xamsa”ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414-1492) yuqori baho berdi.
O`RFA ShI qo`lyozmalar fondida 15-20 asrlarda ko`chirilgan 166 qo`lyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.
Navoiy devonidan sahifa Tasavvufiy asarlari Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo`lsa-da, maxsus “Lison ut-tayr” dostoni (1499)da, “Nasoyim ul-muhabbat” manqabasi” (1495-96)da, “Tarixi anbiyo va hukamo”(1485-88), “Arbain”, “Munojot” singari asarlarida aks etgan.
“Lison ut-tayr”da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.
O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng Navoiy asarlarini diniy va so`fiylik jihatidan o`rganish kengaydi, ular obyektiv va ilmiy bahosini olmoqda. “Arbain”, “Munojot” kabi asarlari chop etildi. Jomiyning “Nafahot ul-uns min hazaroti-l-quds” tazkirasini tarjima qilib va to`ldirib, so`z yuritilgan 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.
Nasriy asarlari Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta`limiy va ilmiy-falsafiy yo`nalishdadir.
“Mahbub ul-qulub” (1500-01) Navoiyning so`nggi yirik asari bo`lib, unda ulug` mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, to`plagan boy tajribasi o`z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda “Soriun-nosning af`ol va ahvolining kayfiyati” (1), axloqiy muammolar (2), “mutafarriqa favoyid va amsol surati” (3) masalalari ifodalangan.
“Xamsatu-l-mutahayyirin” (“Besh hayrat”, 1494) asarida ustozi va do`sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” (1488-89), “Holoti Rahlavon Muhammad” (1493) asarlari manoqib-holot yo`nalishida bo`lib, ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.
“Munshaot” (1498-99) Navoiyning maktublari to`plami (jami 88 ta xat) bo`lib, ular sog`inchlik xatlari, navro`z tabriklari, ta`ziyanomalar, siyosiy o`gitlar, sulhnomalar va boshqa yo`nalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.
Ilmiy-filologik merosi “Majolis un-nafois” (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo`lib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma`lumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo`lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, to`rtinchi, beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi ma`lumotlar jamlangan. Asar Faxriy Hirotiy (1521-22), Muhammad Qazviniy (1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.
Navoiy “Muhokamat ul-lug`atayn” asarini o`z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususiyatlari bilan qiyoslashga bag`ishladi. Jonli xalq tilida qo`llanilgan ko`plab so`zlarni asarga kiritib, adabiy tilda qo`llanilishiga sababchi bo`ldi. O`zigacha ishlatilgan so`zlarning yangi ma`no qatlamlarini ochdi. O`zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg`ariydan so`ng ilmiy asosga soldi. O`zbek tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo`ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va e`tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.
Aruz nazariyasiga bag`ishlangan “Mezon ul-avzon” (1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og`zaki she`riyati namunalarining vazn xususiyatlarini o`rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she`riyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To`qqizta yangi vazn va she`riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.
Tarix va iqtisodga oid asarlari “Tarixi mulki Ajam” (“Ajam shohlari tarixi”, 1488) qisqa tarix bo`lib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan “Tarixi Tabariy”, “Shohnoma” asarlarini mantiqan to`ldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning so`nggi vakili Yazdi Shahriyorgacha bo`lgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.
“Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg`ambarlar va hakimlar tarixi”, 1485-1498) asarining birinchi bo`limida “Qissasu-l-anbiyo”lar an`analarini davom ettirib, Odam alayhissalomdan Nuh, Iso, Muso, Ya`qub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi payg`ambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni Hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning “Hukamo zikrida” deb nomlangan ikkinchi bo`limida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishog`urs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi.
“Vaqfiya” (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablag`i evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yo`nalishda madrasa va xonaqohlarda o`rnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy o`z ixtiyoridagi mablag`lar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bog`larni sanab o`tdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini o`rganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.
Arab va fors tillaridagi asarlari Alisher Navoiy fors tilida yozgan she`rlari asosida “Devoni Foniy” tuzilgan bo`lib, uning muqaddimasida “Sittai zaruriya” (“Olti zarurat”) va “Fusuli arbaa” (“To`rt fasl”) forsiy qasidalari majmualari berilgan.
“Sittai zaruriya” to`plamidagi qasidalar “Ruhul-quds” (“Muqaddas ruh”), “Ayn ul-hayot” (“Hayot chashmasi”), “Tuhfat ul-afkor” (“Fikrlar tuhfasi”), “Qut ul-qulub” (“Qalbdar g`izosi”), “Minhoj un-najot” (“Qutulish yo`li”), “Nasim ul-xuld” (“Jannat nasimi”) kabi nomlar bilan ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob tarzida yozilgan.
“Fusuli arbaa”da Sulton Husayn Boyqaro madhidan so`ng “Bahor”, “Saraton”, “Xazon” (“Kuz”) va “Day” (“Qish”) vasflari keladi. Muammo janri qoidalariga bag`ishlangan “Mufradot” (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz she`riyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uning boshqa janrlar – ruboiy, qit`a, tuyuq, ayrim hollarda, g`azal bilan munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini o`rgatish barobarida 121 ta misol keltirdi.
Navoiyning arab tilida “Sab`at ul-abhur” (“Yetti dengiz”) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lug`at xarakteridagi asar yozgani ma`lum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada o`rganilmagan.
Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma`naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o`rin oldi. Mustaqil O`zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O`zbekiston Davlat mukofoti, O`RFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O`zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma`rifiy muassasalar, jamoa xo`jaliklari ulug` shoir nomi bilan ataladi.
Alisher Navoiy (1441-1501)
XV asr jahon maʼnaviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral) da Hirotda tugʻilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulugʻ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja oʻgʻli Shohrux Mirzoning qoʻl ostidagi obod manzillaridan biri edi.
Alisher tugʻilgan xonadon Temuriylar saroyiga eskidan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi. Boʻlgʻusi shoirning otasi Gʻiyosiddin Muhammad oʻgʻlining tarbiyasiga jiddiy eʼtibor berdi. Alisherning sheʼriyatdagi ilk ustozi togʻasi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylardir. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Qobuliy haqida: “Yaxshi tabʼi bor erdi, turkchada mayli koʻproq erdi…” desa, Gʻaribiy haqida: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Koʻproq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xoʻb erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…” deydi.
1447 yilda Shohruh vafot etgach, Temuriy shahzodalar oʻrtasida toj-taxt dardi xuruj qilib, yurtda talotoʻp boshlandi va Gʻiyosiddin Muhammad xonadoni ham koʻp qatori vatanni tark etdi. Yosh Alisher uchun taqdir sinovlari boshlandi. Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur 1452 yilda Hirot taxtiga oʻtirgach, Alisherning otasini Sabzavorga hokim etib tayinladi. Lekin oradan koʻp oʻtmay Gʻiyosiddin kichkina dunyodan koʻz yumdi. Bu paytda Alisher endigina 12 yoshga qadam qoʻygan edi. Abulqosim Bobur Alisher va uning maktabdosh doʻsti Husaynni oʻz tarbiyasiga oldi, 1456 yili esa oʻzi bilan Mashhadga olib ketdi. Keyinchalik Husayn Boyqaro sipohiylik yoʻlini tanladi, Alisher esa zamonaning “malik ul-kalom”i Mavlono Lutfiy tahsini va hayratiga sazovor boʻlgan isteʼdod egasi boʻlib yetishdi. “Faqirning nazmlari Xurosonda shuhrat tutib erdi”, deb yozadi Navoiy 1455–1458 yillar haqida.
Taqdir Alisher Navoiyni zamonaning ulugʻ va sharafli kishilariga yaqin qildi, ustoz-murabbiylik etuvchi zotlar bilan oshno etdi. 1466–1468 yillar Alisherning umri asosan Samarqandda kechdi. Sulton Husayn Boyqaro Hirotni egallaganda, Alisher Navoiy 28 yoshli mukammal bilimlar egasi, yurtga tanilgan shoir va tajribali davlat arbobi darajasiga yetishgan edi.
1469 yilda Sulton Husayn iltimosiga koʻra Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytadi va ramazon hayiti munosabati bilan doʻsti sharafiga bitilgan “Hiloliya” qasidasini unga taqdim etadi.
Husayn Boyqaro Alisherni muhrdor qilib tayinlaydi va shu paytdan shoirning el xizmatidagi faol jiddu jahdi boshlanadi. Koʻp oʻtmay Navoiy muhrdorlikni oʻzining yaqin doʻsti va fikrdoshi, shoir Amir Shayxim Suxayliyga topshiradi. “Bu noziktaʼb va zukko Amir 20 yildan ortiq Boyqarogʻa mulozim boʻldi”. Lekin Boyqaro doʻstining noroziligiga ham qaramay, 1472 yil fevralida uni vazir lavozimiga tayinlaydi va “Amiri Kabir” (“Ulugʻ Amir”) unvonini beradi. Bu lavozimda Navoiy el-ulus manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, madaniyat ravnaqi, adolat tantanasi uchun foydalanadiki, bularning barchasi oqibat natijada Sulton Husayn davlatining barqarorligi va nufuzini taʼminlaydi.
Hirot bu davrda nihoyatda koʻrkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, sheʼriyat, nafis sanʼatlar rivoj oldi. Talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Xalosiya” xonaqohi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome yoniga Qorixona (“Dor ul-huffoz”) qurildi. Ulugʻ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qoʻlyozmalarni oqqa koʻchirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar. Hirotda yana “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya” va boshqa madrasalar bino etildi.
Navoiy madrasa, shifoxonalar qurdirib qoʻya qolmasdan, ularni kerakli darajada jihozlash, oʻz-oʻzini taʼminlash uchun vaqf yerlar ajratib berish, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlar bilan taʼminlash, ularga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh belgilashgacha, talabalar nafaqasi va kitoblarigacha – barcha-barchasini mukammal boshqarib, tashkil etib berar edi va oʻzi doimo xabar olib, nazorat qilib turishni ham unutmasdi. Binolar qurilishi tarhi bilan bevosita shugʻullanar, usta va shogirdlar mehnatidan boxabar boʻlib turardi. Shoir oʻz huzuriga tez-tez sheʼr, ilm va sanʼat ahlini chorlab, maʼrifiy suhbatlar uyushtirib turar, yosh isteʼdodlarni tarbiyat qilib, ularga sharoit yaratardi. Xondamir, Behzod, Vosifiy va oʻnlab ushbu tarbiyatga noil boʻlgan isteʼdod egalari shular jumlasidandir.
Shu davr ichida Alisher Navoiy oʻz qoʻli bilan birinchi devoni “Badoyi ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”)ni tuzdi. Bu devonga uning yoshlik va yigitlik paytlarida yozgan 800 dan ortiq sheʼrlari jamlangan boʻlib, shoir ijodiy kamolotining birinchi bosqichini aks ettiradi.
Alisher Navoiyga bagʻishlangan tarixiy va ilmiy asarlarda batafsil tavsif qilinishicha, 1469–1481 yillar Alisher Navoiyning ijtimoiy hayot va obodonchilik borasidagi eng faol xizmat koʻrsatgan yillari boʻlgan. Shoir 1481 yili “Vaqfiya” asarini yozib, unda oʻzining binokorlik va xayriya ishlariga yakun yasab, oʻz-oʻziga hisob bergan.
Navoiy dehqonchilik ishlarini yoʻlga qoʻyib, juda yaxshi natijalarga erishgan. Tarixchilarning yozishicha, Navoiyning bir kunlik daromadi 18 ming shohruxiy dinor mikdorida edi. Ulugʻ Amir bu daromadning koʻp qismini xayrli ishlarga sarf qilgan. Tarixchi Xondamir Navoiy qurgan 52 rabot, 20 hovuz, 16 koʻprik, bir qancha toʻgʻon, ariq, hammom, masjid-madrasalarni eslaydi. Navoiy turli soha olimlariga homiylik qilib, oʻnlab ilmiy risolalar bitilishiga bevosita sababchi boʻlgan.
1483 yildan Alisher Navoiy oʻzining buyuk “Xamsa” asarini yozishga kirishdi va uni uch yilda tugalladi. Besh dostonni oʻz ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq boʻlib, Navoiyning barcha sheʼriy merosining deyarli yarmini tashkil qiladi. “Xamsa” – Alisher Navoiy ijodining qalbidir.
Fors tilidagi birinchi “Xamsa” buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) tomonidan yaratildi. Shoir hech bir oʻrinda oʻzining “Xamsa” yozganligini qayd etmaydi. Nizomiy vafotidan 100 yil oʻtib, Hindistonda tugʻilib oʻsgan forsiyzabon turk oʻgʻloni Xusrav Dehlaviy Nizomiy “Xamsa”siga birinchi boʻlib tatabbu yozadi va “xamsachilik” anʼanasini boshlab beradi. Dehlaviy “Xamsa”si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida oʻzining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV–XV asrlar mintaqa maʼnaviyati “Xamsa” anʼanasi taʼsirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech boʻlmaganida “Xamsa”ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan oʻlchanadigan boʻldi. Bu jahon maʼnaviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan “xamsachilik” anʼanasi oʻzining kamolini Alisher Navoiy ijodida topdi.
Islom aqidalariga koʻra bir kecha-kunduzda oʻqiladigan besh vaqt namoz “al-Xamsatu” deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni) ham – tavhid (imon), namoz, roʻza, zakot, haj – oʻziga xos “Xamsa” (beshlik)ni tashkil etadi. Demak, Nizomiy dostonlarini “Xamsa” turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir Xusrav va Navoiy javoblari bejiz emas. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus toʻxtalib, “Xamsa”ning har bir dostoni yozilishini kunning maʼlum vaqtlarida oʻqiladigan sahar, peshin, asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda “Xamsa”ni buyuk togʻ choʻqqisiga koʻtarilish mobaynida besh oʻrinda toʻxtab, nafasni rostlash uchun bino etilgan besh oromgohga oʻxshatadi.
Navoiy oʻz “Xamsa”sini yaratishga 1483 yilda kirishgan boʻlsa, uning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)ni oʻsha yili yozib tugatdi. 1484 yilda “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabʼai sayyor” (“Yetti sayyor”), 1485 yilda “Saddi Iskandariy (“Iskandar devori”) dostonini poyoniga yetkazdi. Shoir oʻz “Xamsa”siga kiritilgan dostonlarda oʻsha davr uchun muhim boʻlgan muammolarni qoʻydi, mutafakkir sifatida ilgʻor qarashlarni ilgari surdi, oʻzbek tilining qudratini olamga namoyish etdi.
Navoiyning turkiycha “Xamsa”sining yaratilishi XV asrda Xuroson eli uchun favqulodda shodumonlik va saodat sifatida qabul qilindi. Davrning ikki qutbi – maʼnaviyat piri Jomiy va buyuk sulton Husayn Boyqaroning hayrati va yuksak eʼtirofi ushbu haqiqatga dalildir.
Navoiy shu yillar orasida ikkinchi devoni – “Navodir un-nihoya” (“Behad nodirliklar”)ni tuzishga kirishdi. Mutafakkir adib tarixiy haqiqatga ham muayyan izchilliqda oʻz munosabatini bildirib oʻtishni insof yuzasidan lozim topdi va “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar qaymogʻi”) asarini yozib tugatdi.
1487 yili qishda Navoiy Astrobod hokimi etib tayinlandi. Boshqa bek va amirlar uchun sharafli hisoblanishi joiz boʻlgan bu martaba Amir Alisherning nozik tabiati uchun muayyan darajada ozorli boʻldi. Ammo shoh hukmi vojib, Amiri Kabir oʻlkaning hassos bir xududini muhofaza va obod qilish niyatida joʻnab ketdi. Astrobodda Navoiyning ikki yil chamasi hokimligi bu shahar ahli uchun saodatli, Boyqaro saltanati uchun xayrli boʻldi.
Bu orada birin-ketin Navoiyning eng yaqin ustoz va musohiblari hayotdan koʻz yumdilar. 1488 yili Sayid Hasan Ardasher, 1492 yili Abdurahmon Jomiy, 1493 yili Pahlavon Muhammad vafot etdi. Navoiy ustozlari xotirasiga “Holoti Sayid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Xamsat ul-mutahayyirin” (“Besh hayrat”) asarlarini shu yillar ichida yozib tugalladi. Bu asarlarida oʻsha davr voqeligiga oid qimmatli maʼlumotlar bilan birga Navoiy yaratgan yangi badiiy olamning nazariy asoslariga oid bir qator dalil va mulohazalar ham bayon etilgan. Shu yillarda yana Navoiy davr shuarosi xususida “Majolis un-nafois” va Islom maʼnaviyatining buyuk siymolari, xususan, turk, fors, hind mashoyixlari tarixiga oid “Nasoim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabbodasi”) risolalarini yozadi. Bu asarlar nihoyatda muhim manba boʻlib, oʻsha davr maʼnaviyatining jonli siymolaridan mingga yaqin kishi haqida qimmatli maʼlumotlarni oʻzida jam etgan. Bundan tashqari nafaqat tasavvuf irfoni va adabiyoti, balki Islom davri maʼnaviyatining boshqa muhim jihatlari haqida ham koʻplab nazariy mulohazalar ushbu asarlar qatidan joy olgan boʻlib, ularni mufassal tadqiq etish milliy maʼnaviyatimizni xolis anglab yetishda bugungi avlodlar uchun benazir manba va asos boʻlib xizmat etadi.
1492 yilda aruz ilmiga bagʻishlangan “Mezon ul-avzon” (Vaznlar oʻlchovi”) risolasi yozildi va shoir oʻz lirik ijodini qayta taqsimlab, yangi devonlar majmui – “Xazoyin ul-maoniy” (“Maʼnolar xazinasi”)ni yaratish ishiga astoydil kirishdi. “Chor devon” nomi bilan shuhrat qozongan bu buyuk majmua 45 ming misraga yaqin turli janrlardagi kichik va oʻrta hajmli sheʼrlarni oʻzida jamlagan boʻlib, “Gʻaroyib us-sigʻar” (“Bolalik ajoyibotlari”), “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik davri nodirliklari”), “Badoyeʼ ul-vasat” (“Oʻrta yosh kashfiyotlari”), “Favoyid ul-kibor” (“Keksalikdagi foydali mulohazalar”) nomlari bilan ataladi. Bu toʻrt jiddda 16 janrga oid 3000 dan ortiq sheʼr boʻlib, ularda 2600 gʻazal, 210 qitʼa, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo va boshqalar mavjud. “Xazoyin ul-maoniy”ga oldingi ikki alohida devondagi sheʼrlarning deyarli barchasi kirgan boʻlib, keyin yaratilgan 1400 ga yaqin yangi asarlar qoʻshilgan.
Bu turkiy tilda yozilgan asarlari, dostonlari, sheʼrlaridan tashqari Navoiy fors tilida ham 12 ming misradan oshiq sheʼr, muammo janri haqida “Mufradot” risolasini, “Sittayi zaruriya”, “Fusuli arbaa” turkum qissalarini yozdi, “Foniy” taxallusi bilan alohida devon tuzdi. Ushbu asarlar Xoqoniy, Amir Xusrav, Saʼdiy, Hofiz, Kamol Xoʻjandiy, Jomiy kabi fors adabiyotining mumtoz namoyandalari bilan ijodiy bahsda tugʻilgan boʻlib, ham badiiy ifoda, ham mazmuniy teranlikda salaflar bilan teng qudrat namoyish etadi.
Navoiy 1498 yilda “Lison ut-tayr”, 1499 yilda “Muhokamat ul-lugʻatayn”, 1500 yili “Mahbub ul-qulub” asarlarini yozdi. Bu uch asar buyuk shoir va mutafakkir ijodining avj nuqtalari edi. Adib “Muhokamat ul-lugʻatayn”da oʻzining butun ijodiy yoʻlini sarhisob qilib, turkiy tiddagi sheʼriyatning qudratini taʼkidlagan. Unda, jumladan, quyidagi maʼlumot bor: “Chun “Lison ut-tayr” ilhomi bila tarannum tuzupmen, qush tili ishorati bila haqiqat asrorini majoz suratida koʻrguzupmen”. Alisher Navoiy goʻdaklik chogʻlaridan tasavvuf sheʼriyatining ustodi Farididdin Attor yaratgan “Mantiq ut-tayr” asariga mehr qoʻygani bizga maʼlum. Umrining oxirida ushbu asarga tatabbu – javob yozar ekan, oʻzining shungacha yozgan barcha asarlariga falsafiy yakun yasaydi. Attor asari Borliqning yagona mohiyati haqida, Haq asrori va inson uchun uni anglab yetish imkon darajasi haqida edi. “Lison ut-tayr” mazmuni “Mantiq ut-tayr”ga zid yoki undagi fikrlarning takrori ham emas, balki yangi tarixiy-maʼnaviy bosqichdagi sharhi, talqinidir.
Attorning qushlar tilidan yozilgan dostonida irfoniy ehtiros nihoyatda joʻshqindir. Navoiy esa bosiq voqeaband tasvirga urgʻu beradi, qushlar sarguzashtida va ichki hikoyalarda hayotiylikni kuchaytiradi. Bu bejiz emas. Oxirgi xulosada Navoiy salafiga qaraganda olgʻa ketadi, masala mohiyatini teranroq his qiladi va badiiy tasvirni ham shunga munosib yaratadi.
Nihoyat Navoiy oxirgi asari – “Mahbub ul-qulub” (“Koʻngillarning sevgani”) risolasida barcha savollarga yana oʻzi javob bergan. Bu asar tom maʼnoda ijtimoiy-falsafiy va axloqiy gʻoyalarga toʻliq boʻlib, XV asrda mavjud boʻlgan barcha ijtimoiy toifalar mohiyati mufassal ochib berilgan, ijtimoiy va axloqiy hodisalarning oʻzaro bogʻliqligi, yaxlitligi ishonarli taʼkidlangan. Bu asar turli aforizm, maqol va matnlarga boy boʻlib, xalq orasida juda keng tarqalgan.
Alisher Navoiy oʻzi va salaflari – Nizomiy, Dehlaviy, Hofiz, Iroqiy va boshqalar yaratgan mustaqil badiiy tafakkur tarzini “majoz tariqi” deb nomladi va unda Haq asrori “majoz suvratinda” aks etishini taʼkidlagan. Bu Borliqni oʻziga xos idrok etish tarzi Naqshbandiyaning “Dil ba yoru dast ba kor” qoidasiga muvofiq boʻlib, unda ibrat, ilm, irfon va amal bir nuqtada birlashar va yangi dunyoga koʻz ochardi. Tavhid taʼlimoti va eʼtiqodini idrok etishning eng yuqori bosqichi boʻlgan bu dunyoqarash tizimi “Xamsa” va “Lison ut-tayr” asarlarida, shoir lirikasida badiiy inʼikosini topgan.
1500 yillarga kelib shoirning hayot sharoiti qiyinlashib, sogʻligi zaiflashib qolsa-da, ijoddan toʻxtamadi. 1501 yilning boshida Navoiy kasallikdan vafot etdi. Butun Hirot xalqi oʻzining buyuk shoiri bilan xayrlashishga chiqdi va 7 kun davomida motam tutdi.
Navoiy oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiyotining soʻnggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun maʼnaviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta taʼsir koʻrsatdi. Uning asarlari, sheʼriyati qayta-qayta koʻchirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun maktab vazifasini oʻtadi, madrasalarda keng oʻrganildi.
Alisher Navoiy ijodini oʻrganish, uning ilmiy tahlili boʻyicha soʻnggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib bordilar va bugungi kunda ham Navoiyning merosi koʻpgina olimlarimizni ilhomlantirib keladi. Hozir maktablar, xiyobonlar, koʻchalar buyuk shoirimiz nomi bilan yuritiladi. Uning nomida Oʻzbekiston Davlat mukofoti taʼsis etilgan.
“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.
Alisher navoiy nomidagi ona tili va adabiyot universiteti
Murojaatingizni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri universitet rektoriga yuborishingiz mumkin.
Interactiv xizmatlar
Diplom olganlik to`g`risida ma`lumotnoma va boshqa interaktiv xizmatlar
Elektron kutubxona
12 mingdan ziyod elektron formatdagi adabiyotlar va qo`llanmalar
Ota-onalar uchun
Farzandigizni univesitetga tashrifi va o`zlashtirishidan boxabar bo`ling
Elektron pochta
Elektron pochtaga kirish
Dars jadvali
Dars jadvali bilan tanishish
Pedagogik amaliyot
Pedagogik amaliyot sahifasi
O`quv-metodik majmua
Diplom olganlik to`g`risida ma`lumotnoma va boshqa interaktiv xizmatlar
Tavsiya qilamiz
Milliy kutubxona
Proquest ilmiy bazasi
Sciencedirect.com
Elseiver
E`lonlar
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish
Universitetimiz talabalari 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar
Barno Abdullayevaning “Sifatli ta’lim insoniyat kelajagini belgilaydi” nomli maqolasi e’lon qilindi
So`ragan edingiz .
O`zbekiston Respublikasi hududidagi oliy ta`lim muassalari reytingi qanday aniqlanadi?
Mehnat shartnomasini imzolash vaqtida xodimlar bo’limi boshlig’i mehnat shartnomasida 3 oy sinov muddati nazarda tutilganmi?
O’zbekistonda voyaga yetmaganlarning mehnat qilish tartibi qanday? Bu bo’yicha qanday huquqiy normalar o’rnatilgan?
Kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga ta’lim kreditini olishda imtiyozlar nazarda tutilganmi?
Ta’lim kreditini berish tartibi qanday? Men bankka qanday hujjatlarni taqdim etishim kerak?
Xalq orasida “otpusk bez soderjaniya” degan tushuncha bor, u nimani anglatadi?
Universitetimiz haqida videorolik
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti keyingi ikki yilda yangi o`quv binolariga ega bo`ldi
Tarix fakulteti virtual muzeyi
O`zbekiston tarixi kafedrasi professor-o`qituvchlari tomonidan taqdim qiligan virtual muzeyga sayohat qiling.
Professor-o`qituvchilar
Talabalarga o`z sohasini ustalari bo`lgan fan nomzodi va doktorlari tahsil berishadi
AMIRSAIDOVA SHAXNOZA MIRSAGATOVNA
13.00.03 – махсус педагогика
- Tumblr
- Youtube
- Rss
Amirsaidova Shaxnoza Mirsagatovna – 27 avgust 1965 yil Toshkent shaxrida ziyolilar oilasida tug`ilgan. Millati o`zbek. 1982 yil 70 – sonli o`rta m
PULATOVA PARIDA MUXITDINOVNA
педагогика фанлари номзоди
- Tumblr
- Youtube
- Rss
Po`latova Paridaxon Muxitdinovna 22.09.1954 yil Toshkent shahri ziyolilar oilasida tavallud topgan.Millati o`zbek.Ma’lumoti oliy.Rus tilini mukammal o
URINBOYEVA LOLAXON UKTAMOVNA
- Tumblr
- Youtube
- Rss
Urinboyeva Lolaxon Uktamovna 1972 yil 13 avgustda Farg’ona viloyatining Rishton tumanida tug’ilgan. 1989 yilda o’rta maktabni imtiyozli, ya’ni “oltin
XUSNIDDINOVA BARNO XODJIAKBAROVNA
- Tumblr
- Youtube
- Rss
Toshkent shahrida 1983 yil 4 avgustda tug`ilgan.TDPUni bakalavr defektolog , magistr logopediya mutaxassiligini tugatgan.
Fotogallereya
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi yangiliklari
TDPUning sohaga oid hujjatlari (Universitet siyosati, TDPU-dasturi, xavf-xatar xaritasi, chora-tadbi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Prezident Qaror va Farmonlari
KA2 Capacity Building For Youth
TSPU has organized National dissemination campaign
TSPU has organized National dissemination campaign
TSPU has organized national training event
19
27,977
123,161
1160
Yangiliklardan boxabar bo`ling
Yangiliklarimizga obuna bo`ling
Subscribe now and receive weekly newsletter with educational materials, new courses, interesting posts, popular books and much more!
- +(998) 71 202 44 21
- info@tdpu.uz
Universitet haqida
Bizning ta`lim dargohimiz oddiy institutdan tayanch universitet darajasigacha bo`lgan, salkam 80 yillik sharafli yo`lni bosib o`tdi.
- Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.
- Mo`ljal: Chilonzor metro bekati, Avtobuslar: 99, 131, 34, 116, 78, 18, 86, 128A
- +998 71 202 44 21
- info@tdpu.uz
- Sayt xaritasi
- Biz bilan bog`laning
Foydali havolalar
- Hukumat portali
- O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
- Pedagogika jurnali
- TDPU ilmiy axborotlari
- majmua.tdpu.uz
- library.tdpu.uz
- bimm.uz
- Malaka oshirish
Alisher navoiy nomidagi ona tili va adabiyot universiteti
“Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
16:48:21 (GMT +5) 30.01.2020 Du
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini
rivojlantirish masalalari departamenti
- Yangiliklar
- Maqolalar
- Maslahatchi minbari
- Tanlovlar
- E’lon
- Tanlov nizomi
- Tashkiliy qo’mita
- Umumiy ma’lumot
- Tuzilma
- Rahbariyat
- Qo’llanmalar
- Lug‘at va ensiklopediyalar
- Badiiy-publitsistik adabiyotlar
- Davlat tilini rivojlantirish faoliyati
- Davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosi monitoringi
- Atamashunoslik faoliyati
- Geografik nomlash faoliyati
- Rasmlar
- Videolar
- Audio
- Til haqida hikmatlar
0 % га катталаштириш
Alisher Navoiy va Bobur merosi beqiyos maʼnaviy xazinadir
Tilimiz bo’yicha taklif va shikoyatlar
Siz uchun foydali
Ensiklopediya
Yakkasaroyda tashqi reklama va e’lonlar holati o‘rganilmoqda
Yangi nashr etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi
Tuman hokimligi mas’ullari bilan ish hujjatlari yuritishdagi kamchiliklar muhokama qilindi
Qashqadaryo: o‘rganishlar tizimli asosda olib borilmoqda
Qo’shimcha manbalar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy vebsayti
O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmasini bosing
© 2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI MA’NAVIYAT VA DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI DEPARTAMENTI