Press "Enter" to skip to content

Amaliy psixologiya kitob

Bu kitob odamlar bilan muloqot paytida o’ziga nisbatan ishonchsizlikni yengishga yordam beradi. Tadbirkor va biznes-murabbiy Mark Roudz qanday qilib psixologik g’ovlardan o’tish, inkor qilinishdan qo’rqishdan qutilish va shu holda suhbatni boshlash sirlari to’g’risida hikoya qiladi.

O’zgarishni istaysizmi? Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob ro’yhati

Odamlar bilan muloqot qilish, maqsadlarga erishish, aqlliroq, samaraliroq va bahtliroq bo’lishga yordam beradigan kitoblar.

Oldga qo’yilgan maqsadga erishishni o’rgatadi

1. “Bu yili men…”, M. Dj. Rayan

O’zimizning hayotimizni yaxshi tomonga o’zgartirishga qanchalar ko’p va’da beramiz, ammo biroz vaqt o’tib, boshqa va’dalarni beramiz yoki ular to’g’risida umuman esdan chiqaramiz? Bu kitob o’z imkoniyatlarini ishga solish va oldga qo’yilgan maqsadlarga erishishni o’rgatadi. Unda taniqli biznes-murabbiy va ruhshunoslik bo’yicha lektor M. Dj. Rayan muvafaqiyatning asosiy qismi niyat qilish paytidayoq shakllanishini aytib, o’z oldiga vazifalarni qo’yish va ularni bajarish to’g’risida amaliy maslahatlari bilan o’rtoqlashadi.

2. “Yutuqlar psixologiyasi”, Xaydi Grant Xelvorson

Bu kitobda ijtimoiy psixologiya sohasidagi mutaxassis Xaydi Grant Xelvorson o’quvchilarga o’zining oldiga to’g’ri maqsadlarni qo’yishga yordam beradi, irodani chiniqtirish bo’yicha maslahatlar beradi va muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi fikrlashdan qochish yo’llari to’g’risida yozadi.“Yutuqlar psixologiyasi” qo’yilgan maqsadlarga mustaqil ravishda erishishga va boshqalarni shunga undashga o’rgatadi. Shuning uchun ham u boshqaruvchilarga hamda ota-onalarga juda mos keladi.

3. “Odat hukmronligi”, Charlz Daxigg

Muvafaqiyatga yo’l to’g’ri odatlarni ishlab chiqarish orqali o’tadi. “Odat hukmronligi” kitobida New York Times gazetasining jurnalisti Charlz Daxigg kundalik marosimlar qanday shakllanishini va inson o’zini muvaffaqiyatga dasturlab qo’yishi uchun ularni qanday qilib o’zgartirish mumkinligini ta’riflaydi. “Odat hukmronligi” yuksak maqsadlarga ega odamlar bilan birga o’z hayotini yaxshi tomonga o’zgartirish istagidagilarga ham yordam beradi.

4. “Iroda kuchi”, Kelli Makgonigal

Bu kitob — iroda kuchini tarbiyalash bo’yicha haqiqiy yo’riqnoma. Unda Stenford universitetining professori, falsafa doktori va ruhshunos Kelli Makgonigal o’ziga berilgan va’dalarni bajarish uchun nimani va qanday qilish kerakligini hikoya qiladi. Igor Mann gapiga qaraganda “Iroda kuchi”ni o’qishga kirgan har bir talabaga imtihonlar daftarchasi bilan berib, dastlabki imtihon esa aynan shu kitob bo’yicha bo’lishi kerak.

5. “Hech qachonlardir”, Yelena Rezanova

Ayrim paytlarda maqsad sari yo’l bizdan keskin o’zgarishlarni talab qiladi.“Hech qachonlardir” hayotning qotib qolgan tarzidan voz kechib yarim yo’ldan qaytmaslikka yordam beradi. Kitob avtopilotdagi hayotdan voz kechishnining har bir bosqichi alohida ko’rib chiqilgan olti qismga bo’lingan. Kitobni o’qib bo’lganidan keyin avvalgi bir xillikdan qat’iy voz kechish mantiqan to’g’ri, qonuniy va hech ham vahimali bo’lmay ko’rinadi.

Odamlar bilan til topishga o’rgatadi

6. “Sizni boshdan-oyoq eshityapman”, Mark Goulston

Mark Goulston —politsiya va FBR muzokarachilarini o’rgatuvchi ruhshunos. O’z kitobida u ishonch uyg’otib istalgan narsaga erishish uchun odamlar bilan muloqotda bo’lishni o’rgatadi. Uning uslubida faqat manfaatparastlikka oid hisobnigina ko’rish noto’g’ri: Goulston tavsiyanomalari odamlar bilan g’arazli qiziqishsiz til topishga yordam beradi.

7. “Maxsus xizmatlarning uslubi bo’yicha tarovatni yoqamiz”, Djek Shafer va Marvin Karlins

Bu kitobda esa odamni qanday qilib avrash, unga yoqib qolish va o’zingiz istagan narsani bajarishga majbur qilish sirlari hikoya qilinadi. Bu tilyog’lamalik bo’yicha yo’riqnoma emas. Muallif faqat ayrim odamlar boshqa odamlarga yoqimli narsalarni qilishga yordam beradi. Gohida o’z manfaatlarini ko’zlab ham!

8. “Qanday qilib xohlagan odam bilan gaplashib ketish mumkin”, Mark Roudz

Bu kitob odamlar bilan muloqot paytida o’ziga nisbatan ishonchsizlikni yengishga yordam beradi. Tadbirkor va biznes-murabbiy Mark Roudz qanday qilib psixologik g’ovlardan o’tish, inkor qilinishdan qo’rqishdan qutilish va shu holda suhbatni boshlash sirlari to’g’risida hikoya qiladi.

9. “Mijg’ovlar bilan qanday gaplashish kerak”, Mark Goulston

Afsuski, hayot bizni faqat xushfe’l insonlar bilangina ro’baru qilavermaydi, gohida juda ham yoqimsiz, mutlaqo mijg’ov odamlar bilan ham uchrashtiradi. “Sizni boshdan-oyoq eshityapman” kitobidan tanish psixiatr Mark Goulston konstruktiv suhbat qurib bo’lmaydigan kimsalar bilan minimal zarar va maksimal foyda bilan qanday muloqotda bo’lish kerakligini hikoya qiladi.

10. “Hech qachon bir o’zingiz ovqatlanmang”, Keyt Ferratstsi

Aloqalar —muvaffaqiyatning tarkibiy qismlari bo’lgan omad, iste’dod va tirishqoqlikdan zarracha kam bo’lmagan yana bir bo’lagi. Har qalay— yon daftarchasida prezidentlar, rok-yulduzlar hamda taniqli tadbirkorlarning telefon raqamlari bo’lgan netvorker Keyt Ferratssi aynan shunday, deb ta’kidlaydi. Muallif foydalitanishlarni ushbu kitobda ta’riflab bergan aloqa o’rnatish strategiyalari tufayli orttirgan.

Romantik munosabatlarni qurishga yordam beradi

11. “Bitta to’lqinda”, Emi Benks va Li Xirshman

Bu kitobda psixiatr Emi Benks boshqa odamlar bilan yaqinlashish imkonini beruvchi to’rt narsa: vazminlik, qabul qilish, rezonans va energiya to’g’risida hikoya qiladi. Kitobdagi zamonaviy neyrobiologiya yutuqlariga asoslangan amaliy vositalarmiyani mustahkam munosabatlarga “moslashtirish” imkonini beradi.Olingan ko’nikmalardan nafaqat romantik, balki hamkasblar yoki oila a’zolari bilan qurilajak munosabatlarda ham bemalol foydalanish mumkin.

12. “O’xshash bo’lmaganlar ittifoqi”, Itsxak Adizes, Iexezkel, Rut Madanes

Qarama-qarshiliklar bir-biriga tortiladi, ammo bunday munosabatlarni saqlab qolish juda ham oson emas. Mualliflar agar siz hamkoringizdan keskin farq qilsangiz qanday qilib mojarolardan qochish va bahtli oila qurish uchun ushbu farqlardan qanday qilib foydalanish mumkinligi to’g’risida hikoya qiladilar.

Kitobning asosida biznes-rahbarlar o’z bo’yniga olishi kerak bo’lgan to’rt vazifani ko’zlovchi Itsxak Adizesning uslibiyati yotadi. Gumanitar bilimlar sohasidagi magistrlar Iexezkel va Rut Madanes bu uslubiyatni romantik munosabatlar sohasida qo’llab ko’rib shuni aniqladilarki, bunday muomala maishiy arazlarni chetlab o’tishga yordam berar ekan.

13. “Yaqinlik qo’rqinchi”, Ilse Sand

Ayrimlar munosabatlarni mustahkamlashga urinayotgan bir paytda, boshqalar ularni xatto o’rnata olmaydi ham. Ko’p hollarda bunga sabab o’rnida nimjon bo’lib ko’rinib qolishi qo’rqinchi xizmat qiladi. Daniyalik psixoterapevt Ilse Sand hayotdan misollar keltirib, ruhiy himoyalanishning turli variantlari yordam bermay, aksincha to’laqonli hayot kechirishga halaqit berishini va ulardan qutilish yo’llarini tushuntiradi.

14. “Meni qattiqroq quchoqla”, Syu Djonson

Taniqli oilaviy terapevt Syu Djonson muhabbat o’zi nima ekanligi, nima uchun u o’tib ketishini va nimaga biz uni shunchalar qumsashimizni hikoya qiladi. Muallif tanglik paytlarida odamlarni biri-biriga bo’lgan ixlosini kuchaytirish va hamkor bilan hamjihatlikka erishishga yordam beruvchi suhbat uchun yetti g’oya bilan bo’lishadi.

Muammolar xatto eng bahtli juftliklarda ham yuzaga keladi. “Meni qattiqroq quchoqla” kitobi shu muammolarni boshdan kechirib yana yaqinlikka erishishga yordam beradi.

15. “Biznes va yoki muhabbat”, Olga Lukina

Yetakchilarning shaxsiy rivojlanishi bo’yicha maslahatchi Olga Lukina unga yordam so’rab murojaat qilgan odamlarning olti nafar voqealarini hikoya qiladi. Bu insonlar doimo kuchli bo’lishga va o’z muammolarini o’zlari hal qilishga o’rganib qolganlar.Xo’sh, psixoterapevt qabulida bo’lib qolganidan keyin ularning holatini qanday baholasa bo’ladi? Shaxsiy hayot bilan ish yoki xizmatdagi mavqe o’rtasida muvozanatni izlash— kechagina paydo bo’lib qolgan yangi muammo emas. Bahtimizga, kitob muallifi bu muammo yechimini hal etishni biladi.

Aqlliroq bo’lishga yordam beradi

16. “Guruchli hujum”, Maykl Mikalko

Kreativlik — rivojlantirish mumkin bo’lgan yana bir ko’nikma. Bunga Maykl Mikalkoning “Guruchli hujum” kitobi yordam beradi. Unda g’oyalarni samarali dunyo keltirish uchun uslublar va mashqlar bayon etilgan. Bu kitobda noandozaviy fikrlash borasidagi masalalar, o’yinlar hamda dushvor vazifalarni topib dunyoni o’zgartirib yuborgan ijodiy o’pirilmalar to’g’risida bilib olasiz.

17. “Matematik kabi o’yla”, Barbara Oakli

Gumanitar fanlar bilan shug’ullanuvchilarning ko’pchiligi matematik fikrlashning aniqligi va mantiqiga ular aqli hech qachon yetmaydi, deb hisoblaydi. Oklend universitetining professori Barbara Oakli bu farazni mutlaqo inkor qilib, aniqfanlar bo’yicha mutaxassislar foydalanadigan uslublarini o’rgatishga harakat qiladi. Muallif matematika sohasidagi tayanch bilimlar biologiya, moliya yoki psixologiya bo’lishidan qat’iy nazar istalgan sohada ma’lumotlarni o’zlashtirishga yordam berishi to’g’risida hikoya qiladi.

18. “Eynshteyn Oyda sayr qiladi”, Djoshua Foer

AQSHning hotira bo’yicha o’tkazilgan chempionatining g’olibi Djoshua Foer o’z hotirasini bir yil davomida mashq qilgani to’g’risida hikoya qiladi. Shu bilan birga “Eynshteyn Oyda sayr qiladi” kitobida eslab qolishning samarali uslublari, ming yilliklar davomidagi hotira vazifasiga bag’ishlangan o’tmishga ekskursiya va ilmiy tadqiqotlarning hulosalarini topish mumkin.

19. “Simpsonlar va ularning matematik sirlari”, Saymon Singx

“Simpsonlar” serialining ssenariynavislari jamoasiga matematika sohasidagi ilmiy unvonlarning egalari ham kiradi. Ajab emaski, multserialning lavhalari har kim uchun aniq-ravshan va tushunarli bo’lmagan joylarga to’la. Saymon Singx kitobi kundalik hayotda siz e’tibor bermay qolgan narsalar to’g’risida hikoya qiladi, madaniyat ashyolarida yashirin nomalarni izlashga o’rgatadi, ayrim matematik bilimlarni taqdim qiladi va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiradi.

20. “Skeptik”, Maykl Shermer

Biz doimo yangi axborot qabul qilamiz, ammo uning hammasi ham haqiqat emas. Maykl Shermer o’zining “Skeptik” kitobida haqiqatni aniqlash uchun oqilona yondoshishdan foydalanish to’g’risida hikoya qiladi va hayotdan gumrohlikning yorqin misollarini keltiradi. Bu kitob ayniqsa fanlarni chuqur tadqiq qilish istagidagilar uchun juda ham foydali.

Yaxshiroq ishlashni o’rgatadi

21. “Djeday texnikalari”, Maksim Dorofeev

Mahsuldorlik bo’yicha mutaxassis Maksim Dorofeev o’zining kitobida “fikriy yoqilg’i” terminini joriy qiladi— bu bizning mahsuldorligimizga ta’sir o’tkazadigan aqliy zahiralar. Boshqa paytlarda bajarish uchun bir kun vaqt sarflangan vazifani ayrim paytlarda bizatigi ikki soatda bajarishimizni muallif aynan “fikriy yoqilg’i”ning miqdori vasifatiga bog’liqligini tushuntiradi.

Favqulodda qobiliyatni kashf etish — ishning yarmi. O’z manfaatlari yo’lida undan foydalanishni o’rganish ancha muhimroq. Maksim Dorofeev bunga qanday erishish mumkinligi to’g’risida hikoya qiladi va “fikriy yoqilg’i”ni saqlash bo’yicha uslublari bilan o’rtoqlashadi

22. “Orzu qilish yetar, ish bilan shug’ullan!”, Kel Nyuport

Sobitqadamlik, tirishqoqlik va urinishlarga sarflangan yillar ma’lum bir sohada muvaffaqiyatga bo’lgan imkonlarni oshirib yuboradi, ammo uni hech kafolatlay olmaydi. Dunyoda aniq fanlarni zabt etishga yoki oddiy yozishni o’rganib olishga chorasiz uringan odamlar qancha? Kel Nyuport umidsizlikka tushganlarga umid bag’ishlab ularni qo’lidan kelgan sohada professional bo’lishga chaqiradi.

Ehtimol, chala dasturchi reklamada o’zini topar, omadsiz yozuvchi esa iqtisodchi vazifasida o’z bahtini topar, balki. Muallif orzu qilishni inkor etishga emas, hayotiy rejani tuzishda realist bo’lishga chaqiradi. Bunday nigoh achchiqlantirishi mumkin,ammo biroz fikr qilib hayotning bir necha yilini behudaga sarflashdan asrab ham qolishi mumkin.

23. “1-chi raqamli”, Igor Mann

“Mann, Ivanov va Ferber” noshiridan amaliy qo’llanma. U o’quvchiga o’z ishida eng zo’ri bo’lib qolishga yordam beradi.“Nomer 1” — hajmi bo’yicha juda ham katta bo’lmagan kitobcha. Unda faqat eng zarur narsalar bor: harakatlar rejasi, tavsiya qilingan adabiyotning ro’yxati va hozirning o’zidanoq yaxshiroq bo’la boshlashga undaydigan amaliy qismi.

24. “Komfort hududidan chiq”, Brayan Treysi

“Komfort hududidan chiq” — bu shaxsiy samaradorlikni oshirishning 21 uslubi. Ularning bir qismi Layfxaker o’quvchilarining har biriga tanish bo’lsa ajab emas. Muallif har kungi bitmas-tugamas vazifalarni rejalashtirish va filtrlash muhimligi to’g’risida hikoya qiladi va darhol ulardan foydalanishga kirishish maqsadga muvofiq bo’lgan qimmatli maslahatlarini beradi.

25. “Bir vazifalilik”, Devora Zak

Ko’p vazifalilik— diqqat bilan bajariladigan ish va samaradorlikning asosiy dushmani. Ruhshunoslik fanlaridan dars beruvchi Devora Zakbir necha ishni bir vaqtning o’zida bajara turib ko’p narsaga ulgurib bo’lmaslikning isbotini keltirib beradi. “Bir vazifalilik” axborot shovqinidan qutulish va vazifalarni birin keting bajarib, masalani samarali yechish imkonini yaratadi.

Yaxshi rahbar bo’lishga yordam beradi

26. “Oson bo’lmaydi”, Ben Xorovits

“Oson bo’lmaydi”— har qanday biznes egasiga, ayniqsa, o’z ishini ilk bor ochayotganlarga juda foydali bo’ladigan ma’lumotlarning ulkan to’plami. Bu kitobdagi maslahatlar murakkab vaziyatlarda yechim topishga yordam beradi, istehzoli va me’yorida kulgili tarzdagi hikoya qilinishi esa “Oson bo’lmaydi” kitobini nafaqat foydali, balki juda qiziqarli asar sifatida namoyon qiladi.

27. “Noldan birga”, Piter Til

“Noldan birga” kitobini o’zining o’qib chiqish kerak bo’lgan kitoblar ro’yxatiga xatto qachonlardir PayPal to’lov tizimining yaratuvchisi va shu kitobning muallifi Piter Tilning raqibi bo’lgan Ilon Mask ham kiritgan. O’z biznesini olib borish to’g’risida gap ketayotganida, eng yaxshisi bu sohada muvaffaqiyatga erishgan kishiga murojaat qilishdir. Tadbirkor va milliarder Piter Til o’z biznes yo’lining boshida strategiyani qanday tanlash to’g’risida hikoya qiladi va biznesning eng sodda bo’lsa ham, ish beruvchi sirlari bilan bo’lishadi.

28. “O’zi uchun o’zi MVA”, Djosh Kaufman

“O’zi uchun o’ziMVA” — orqasida jiddiy biznes-ma’lumotiga ega bo’lmagan, biroq o’z ishini ochish istagidagilar uchun amaliy qo’llanma va juda kuchli motivator. Kitobning muallifi Djosh Kaufman o’zi ham o’z kuchi bilan o’rganuvchining yo’lini bosib o’tib diplom bo’lgani yaxshi, ammo biznes qanday ishlashi to’g’risida ma’lumotni mustaqil olish mumkinligini tushunib yetgan.

29. “Yuqori samarador insonlarning 7 ko’nikmalari”, Stiven Kovi

“7 ko’nikma” —bu har bir biznes egasi yoki jamoa a’zosi o’zlashtirib olishi shart bo’lgan yetti nafar asosiy kalit qoidalar. Har birining boshida kalit ko’nikma ko’rib chiqiladi, masalan proaktivlik yoki sinergiya. Kitob dastlab 1989 yilda chop etilishiga qaramay unda bayon qilingan ma’lumotlar hamon juda dolzarb.

30. “O’z izingni qoldir”, Bleyk Maykoski

Ko’pchilik tadbirkorlarning hisoblashicha biznesdagi muvaffaqiyat —yaxshilik yaratish va odamlarga yordam berish istagining natijasidir. Bu g’oyani ommalashtiruvchilaridan biri Toms Shoes kompaniyasining yaratuvchisi Bleyk Maykoski. Toms Shoes — nafaqat o’zining mahsuloti bilan, bir juft sotib olingan paytda ikkinchi juft oyoq kasalliklari bilan kasallangan kam ta’minlangan bolalarga jo’natish tartibini joriy qilganligi bilan ham mashhur bo’lgan poyafzal ishlab chiqaruvchisidir. O’zining “O’z izingni qoldir” avtobiografik kitobida Bleyk Maykoski foyda keltiradigan samarali biznesni tashkil qilish to’g’risida hikoya qiladi.

31. “Kattalar uchun chet tili”, Rodjer Krez va Richard Roberts

Yangi tilni o’rganish uchun kech qoldim, deb o’ylasangiz qattiq adashasiz. Katta yoshda chet tilini o’rganishga miyaning “qotib qolgani” emas, odatda qat’iy intizom va irodaning yo’qligi halaqit beradi. Qanday tilni o’ranmoqchi bo’lganingizdan qat’iy nazar “Kattalar uchun chet tili” juda foydali dastgohingiz bo’ladi. Kitob mualliflari eslab qolish bo’yicha maslahatlari bilan bo’lishishadi va shug’ullanish odatini shakllantirish yo’llari to’g’risida hikoya qiladi.

32. “Yoz, qisqartir”, Maksim Ilyaxov va Lyudmila Sarycheva

Idoradagi boshqaruvchi, bankdagi xizmatchi, maktabdagi o’qituvchi — hamma doim nimanidir yozadi. Buodamlar o’zining matnlarini bilan yozuvchilar va jurnalistlardan zarracha kam bo’lmagan holda dunyoga o’z ta’sirini o’tkazadi. Maksim Ilyaxov va Lyudmila Sarycheva “Yoz,qisqartir” kitobida qisqa va aniq matn yaratish bo’yicha o’zining andozaviy retsepti bilan bo’lishishadi va hulosalarni biz har kuni duch keladigan misollar bilan tasdqilaydi.

33. “30 kundan keyin surat chiza olasiz”, Mark Kistler

Bu qo’llanma surat chizish — mutlaqo tug’ma ko’nikma, degan fikrga qarshi chiqadi. Unvonli o’qituvchi Mark Kistlerning kitobida qadamba-qadam ko’rsatmalar, maslahatlar, tehnikalar, layfxaklar, shuningdek suratda chuqurlik taassurotini yaratish imkonini beruvchi to’qqizta asosiy qonunni topish mumkin.

34. “Tez o’qish”, Piter Kamp

Juda tez o’qish bilan birga iloj bor qadar ko’proq ma’lumotni o’zlashtirish professional adabiyotni o’rganishga to’g’ri kelgan har bir kishi uchun juda muhim ko’nikma.

Kitob o’zining oldiga qo’ygan maqsadi – sizni hayol tezligida o’qiy olishni o’rgatishdan iborat. Piter Kampning qo’llanmasi ilk bor chop etilgan kunidan 40 yil o’tgandan keyin ham unga bo’lgan qiziqish so’nmay, aksincha ortib borayotganini hisobga olsak – buuning haqiqatdan ham ishlashidan darak beradi.

35. “Har kuni fotosuratga ol”, Syuzan Tattl

“Har kuni fotosuratga ol”— zerikarli bo’lmagan tilda yozilgan va har qanday kamera bilan sifatli fotosuratlarni yaratish bo’yicha jozibador bezatilgan qo’llanma. Bu kitob bilan siz avtomatik rejimda suratga olishdan bosh torta olmay qolasiz, obyektivning ochiq turish vaqti hamda yorug’lik sezgirligi nima ekanligini bilib olasiz, ijtimoiy tarmoqlar uchun fantastik portretlar, manzaralar, hayvonlar va xatto taomlarning suratlarini yaratishni o’rganib olasiz.

Bahtliroq bo’lishga yordam beradi

36. “Miyani sevib qolgan g’alati qiz”, Vendi Suzuki

Neyrobiolog Vendi Suzuki miya mashg’ulotlarining noyob mashq bajarish usullari va badan bilan birga fikrlar shakliga ham ta’sir qiladigan jismoniy mashqlarning mualliflik uslublari bilan bo’lishishadi. Neyrobiologiya bilimlaridan foydalanga holda, muallif o’z miyasini qayta dasturlashga va shu tarzda o’zgarishga erisha olda. Endi esa, u o’z kitobxonlariga huddi shunday qilishga yordam berishga tayyor. Agar kunlardan bir kun uyqudan turib o’zingizga yoqmay ketayotgan bo’lsangiz — bu kitob aynansiz uchun.

37. “Hyugge. Daniyacha bahtning siri”, Mayk Viking

Fuqarolarining bahtliligi bo’yicha dunyo mamlakatlarining reytingida Daniya doimo yetakchilik qiluvchi o’rinlarda namoyon bo’ladi. Hamma gap “xyugge” — Daniyaliklarning asosida bir necha oddiy qoidalar yotgan hayot falsafasida. “Xyugge” dunyoqarashi biron bir moddiy narsaga emas, muhit va hissiyotlarga asoslangan, shuning uchun ham Daniya aholisining vakillari bahtning tarkibiy qismlarini oddiy kundalik narsalardan izlab topishni biladi. Mayk Viking kitobida xyugge qoidalari va bahtiyor Daniyaliklarning fikrlashiga iloji bor qadar yaqinlashish usullari bo’yicha o’nlab maslahatlar bayon etilgan.

38. “Yalqovlikning foydasi to’g’risida”, Endryu Smart

Ayrimlar bir vaqtning o’zida juda ko’p ishlarni bir yoqlik qilishga urinib, shu bilan birga taym-menedjment, ya’ni, vaqtdan unumli foydalanish san’atini o’zlashtirishga intilayotgan bir vaqtda, neyrofiziolog Endryu Smart yalqovlikni insonning oliy maqsadlaridan biri sifatida e’lon qiladi. Muallif bandlik bilan bog’liq bo’lgan muammolarning tub ildizini ochib tashlab, inson o’zini anglashi uchun uning asl yo’li bayramona turmush tarzi orqali o’tishini ta’kidlaydi. Bu kitob insonga o’z yalqovligidan uyalishni to’htatadi, erinchoqlikni o’z manfaatlari yo’li ishlatishni o’rgatadi, pirovard natijada tejagan asablaringiz hamda har bir daqiqangizni oqlaydi. Kitobga baho berish o’zingizga bog’liq.

39. “Oqim”, Mixay Chiksentmixayi

Ijodiy shaxslarni tadqiq qilayotgan paytda muallif ular dili yorishish paytida oqim holatini his etishlaridan bahtli ekanligini aniqladi. Ushbu oqimda hozir bo’lish juda ham oson emas: bu katta e’tibor va kuchlanishlarni talab etadi, bahtning o’zi esa –biz bilan sodir bo’ladigan narsa emas, uni his etishni o’rganish kerak bo’lgan san’at.

40. “Yo’q” deya olish qobiliyati”, Petra Kuntse

Bu kitob aslida siz xohlagan narsani – kerak bo’lganda odamlarga “yo’q” javobini berishni o’rganib olib, o’zingizga ishonch hosil qilishni aniqlab olishga yordam beradi. Petra Kuntse ta’kidlashicha, “yo’q” deya bilish sizni oqibatsiz odam qilib qo’ymaydi, u faqat o’z ehtiyojlaringizga quloq solish hamda o’z manfaatlaringizni himoyalashga yordam beradi.

“Yo’q” deya olish qobiliyati” interaktiv va bo’sh hoshiyalarga ega bo’lgan maxsus daftarga o’xshaydi. Muallif hamma javoblar allaqachon tayyor, ularni faqat ovoza qilishdan qo’rqmaslik kerakligiga ishora qiladi.

Amaliy psixologiya kitob

2 tadan 1–2 lar ko’rsatilyapti

Omma psixologiyasi

Bezovtalikdan xalos bo’lish va yangi hayot boshlash sirlari

Omma psixologiyasi

Gustav Lebonning “Omma psixologiyasi ” asari birinchi bor 1885 yilda, fransuz tilida nashr etilgan. Kitobxonlar e’tiborini bugungi kungacha yo‘qotmay kelyapti. Necha yil o‘tgan bo‘lsa hamki kichik jamoa liderlaridan tortib, jurnalistlaru-siyosatchilargacha o‘qishadi.

Bezovtalikdan xalos bo’lish va yangi hayot boshlash sirlari

Kundalik hayotda tashvishlarga shunchalik o‘ralashib qolamizki, u bizni bezovtalik, sarosimalik, ranj-alam va dilgirlikka duchor qiladi. Oqibatda o‘zimizga kasallik orttirganimizni bilmay qolamiz. Kuchli siqilish, noxush o‘y-xayollar bizni ich-ichimizdan kemira boshlaydi. Dard chekamiz, hatto to‘shakka mixlanib qolamiz. Vaholanki, bezovtalikdan xalos bo‘lishning yechimi oddiy. Bunga mazkur kitobni o‘qib chiqib, ishonch hosil qilishingiz shubhasiz. Dunyoga mashhur ruhshunos Deyl Karnegi qoldirgan bebaho meros sizni yangi marralar sari undaydi, degan umiddamiz. Kitobda bezovtalikning omillari, yechimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar misol tariqasida keltiriladi. O‘qing, uqing, qo‘llang. Ana shunda hayotingizda yangi sahifalar ochilganiga amin bo‘lasiz.

Amaliy psixologiya kitob

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Amaliy psixologiya

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

Ushbu o‘quv qo‘llanma psixologlar, psixologiya fakulteti talabalari, aspirantlar hamda amaliy psixologiyani mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, psixologiyadan ma’ruza o‘qish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish jarayonida murakkab psixologik vaziyatlarda o‘qituvchi qanday amaliy ish tutish zarurligi to‘g‘risida mukammal, takomillashgan tavsiyalar va maslahatlar berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bularga hozirgi zamon yangi innovasion texnologiyalar, ta’lim-tarbiyaning samaradorligi, ta’lim jarayonini demakratlashtirish, ta’limda o‘quvchilarning bilish faoliyati, muammoli, ta’lim, interfaol metodlar yordamida o‘qitish, ta’lim jarayoniga tizimli yondashish masalalari kiradi. Ta’lim jarayoni o‘qituvchilar va o‘quvchilar oldiga murakkab talablar qo‘ymoqda. O‘quvchilarning vazifasi o‘qish, o‘rganishdan iborat bo‘lsa, o‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchilarni aql-idrok bilan mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir. O‘ylaymizki, mazkur qo‘llanma ana shu jihatlariga ko‘ra qimmatlidir.