Press "Enter" to skip to content

She’rlar to’plami bolalar uchun o’zbekcha (turli mavzular haqida)

Duv guvlashib uchdi gul.

Amir Temur haqida sara sherlar to‘plami

Amir Temur haqida sherlar to‘plami. Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u qo‘lida qip-qizil qon bo‘lagi bilan, sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan.

Sohibqiron

Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi: avlodim otsa zo‘r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo‘lib,
Xalqim osoyishta ko‘rsaydi umr.

Sohibqiron aytar: ey farzandlarim,
Ko‘zimning qarog‘i jon dilbandlarim.
Millatning dardiga darmon bo‘lingiz,
Bo‘shashtirmang mening bo‘g‘in-bandlarim.

Adolat, ozodlik dastida bo‘ling,
Yomonlik, razolat qasdida bo‘ling.
Nifoq tuxumlarin ekmangiz aslo,
Yaxshilik, ezgulik rostida bo‘ling!

Jahongir so‘zidan yaxshilik bunyod.
Bizga mayoq bo‘lsin, baxsh etib sabot.
Avlodlar bizlardan ololsin o‘rnak,
Shunda rizo bo‘lur Temurdayin zot.

Pirlar qissasi

– Temur otli pahlavon,
Topar chog‘ida kamol –
Unga bo‘ldi esh, hamdam
Shayx Shamsiddin Kulol.

– Sohib karomatlarning
Biri edi Shayx Kulol.
Tarag‘ay Bahodirning
Piri edi Shayx Kulol.

– Amir Temur bahramand
Pirning o‘gitlaridan.
Ixlos bilan ushladi
Shayx Kulolning baridan.

– Bir tomondan qo‘lladi
Suyub Said Baraka.
O‘tmas edi uningsiz
Mashvarat-u ma’raka.

– Shundan buyuk saltanat
Dovrug‘ soldi jahonga.
Barcha ta’zim ayladi
Temur Sohibqironga.

– Buyuk zotlar nafasi
Har doim qo‘llasin!
Ona yurtimni mudom
G‘oliblikka yo‘llasin!

Temur Bobom

Abadiyat olovin yoqqan,
Haqqoniyat yalovin taqqan.
Quyosh bo‘lib boshlarda balqqan,
Misli to‘fon ko‘pirib qalqqan,
Sharaf-shoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.

Asrlarki shoningiz o‘chmas,
Tamal toshi Siz qo‘ygan – ko‘chmas.
Birlashmagan elat-el kuchmas,
Daholarsiz yurt zafar quchmas,
Alp xoqoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.

Tish qayratib o‘ch, adovatda,
Yog‘iy bosar, beklar g‘aflatda.
El-yurt to‘zgan, siz malomatda,
A’molingiz: “Kuch – adolatda!”
Zo‘r qalqoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.

Quvib boshdan asriy kulfatni,
Yaratdingiz buyuk davlatni.
Yuksaltirib fan-ma’rifatni,
His etdingiz nozik san’atni,
Qalb sultoni Buyuk Turonim,
Temur bobom, sohibqironim.

Amir Temur bobomiz

Amir Temur bobomiz,
Mard-u jasur bobomiz.
Jang-u jadallar kezgan,
Buyuk davlat, yurt tuzgan.

Abadiy o‘chmas nomi,
Tilimizda kalomi.
Unutmaymiz hech qachon,
Sizni ulug‘ bobojon!

O’zbekning

Yillarning qa’ridan omon chiqolgan,
Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,
Istiqlol mash’alin gurlab yoqolgan,
Boshi, osmon bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Dong‘i doston bo‘lsin bugun o‘zbekning!

Beruniy yaratgan ziyosi bilan,
Jon tabibi-ibn Sinosi bilan,
Qaddi baland bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Jismi payvand bo‘lsin bugun o‘zbekning!

Amir Temur otliq bobosi bilan,
Marvarid yaratgan navosi bilan,
Intizor Boburiy Mirzosi bilan,
Nasli ulug‘ bo‘lsin bugun o‘zbekning,
Rizqi to‘luq bo‘lsin bugun o‘zbekning!

Bobom

Buyuk saltanatni tikladi Temur,
Istagi: avlodim otsa zo‘r tomir,
Mulki Turon dunyo uzugi bo‘lib,
Xalqim osoyishta ko‘rsaydi umr.

Buyuk Amir Temur monologi

Bag‘ishlab suyukli elga Turonni,
Tangrim lutf etdi so‘ng Sohibqironni.
Dedi: “G‘animlarga o‘lja tarqoq el,
Birlashtir yurtingni, yech muammoni”.

Jon fido etib men, qilib shijoat,
Ayladim uch qit’a ulusini zabt.
Moziyning sarg‘aygan sahifasiga,
Zeb bermish men qurgan azim saltanat.

Bilursiz siz meni, men qurganlarni,
Ezgu ishlar sari yuz burganlarni.
Adolat hukmini o‘qib yurganim,
Uyg‘onish davriga g‘isht terganlarni.

Kengashdim, mashvarat qildim har ishda,
Mardlar menga yo‘ldosh edi yurishda.
Yurt sha’ni uchun ot surgan o‘g‘lonlar,
Bel bog‘lab, bo‘ldilar menga payvasta.

Yaqinim yo‘qotib qilsam-da bardosh,
Askardan ayrilsam ko‘zdan oqar yosh.
Men yonib yashadim, kuydi ag‘yorlar,
Otashim taftiga berolmasdan dosh.

Sohibi qudrat ham el g‘amin yemish,
Azizlar, siz borsiz, ruhda osoyish.
Fursatni boy bermang, ey dilbandlarim,
Sizga eshik qoqib keldi Uyg‘onish.

Amir Temurning soʻnggi safari (doston)

Buyuk Turon davlatin
Sohibi Amir Temur
Yurtni birlashtiray, deb
Yashadi butun umr.
Bu gal Xitoyga yurish
Soʻnggiligin bilmas u,
Yoʻldagi azoblarga
Aslo parvo qilmas u.
Oʻtrorga yetganida
Ayoz esib, yogʻdi qor.
Amir farmon chiqarib,
Tunashga qildi qaror.
Kun botib, kech kirganda
Tezlashdi dovul, boʻron.
Askarlar chodir qurib,
Jon saqlar yoqib gulxan.
Sayxun daryo shov-shuvi
Orom bermas quloqqa.
Xayolingni buzardi,
Boʻlsa hamki yiroqda.
Joʻshib oqar edi u
Tutqich bermay sovuqqa.
Dur-u gavharlarini
Sochib qochar qirgʻoqqa.
Arslonbob koshonasi
Turar qorga belanib,
Goʻyo uning ustidan
Tushardi qor elanib.
Tushda koʻrib otasin,
Temur ketdi uygʻonib.
Padari gaplarini
Eslar yonib-oʻrtanib.
Vaqtini boy bermay deb
Tashqariga chiqdi u,
Chin davlatin goʻyoki
Bir zumda zabt etdi u.
Iloj qancha, nachora,
Maqsad sari intilar.
Voz kechmasdan yurishdan
Allohdan najot tilar.
Yodga tushar tush takror,
Darz ketdi dilda armon.
Yorugʻ dunyo koʻziga
Koʻrinardi zimiston.
Izlab kelgan yoriga
– Nechun kelding? – der sezib.
– Boqsam, oʻrinda yoʻqsiz,
Shamollar yursa kezib
Deb, keltirdim-da chopon.
Yelkaga tashlab turing,
Amirim, siz hamisha
Salomat boʻlib yuring.
Nechun buncha xomushsiz.
Ne dard qildi faromush? –
Soʻradi Bibixonim,
Shubhada yonib joni.
– Turon davlat bayrogʻin
Men koʻklarga koʻtardim.
Shunday boʻlsa, har qachon
Maqsadimga yetardim.
Xalq dedim, xalqim dedim,
Umrim oʻtdi tashvishda.
Mustahkam davlat qurish –
Bilursiz, ogʻir ish-da.
Xonim, bugun tong chogʻi
Gʻalati bir tush koʻrdim.
Taʼbirini topolmay,
Oʻzimni behush koʻrdim.
Qilichimni, otimni
Padarim olib ketdi.
– Yetar shuncha shon-shuhrat, –
Deb meni koyiy ketdi.
Saltanatni koʻtarding,
Yoʻl ochding ilm-fanga,
Ravnaq topib, el-u yurt
Mehri ortdi vatanga.
Qurildi rasadxona,
Madrasa, minoralar.
Havas qilar hattoki,
Koʻkdagi sayyoralar.
Agar barcha akobir
Qilsa sendek harakat,
El-u yurt behad yashnab,
Ortaverar barokat.
Soch-soqolga oq tushdi,
Yurishni toʻxtat, bolam.
Tilagim qabul etsang,
Shod boʻlardi onang ham.
Samarqand qad koʻtardi,
Sayqallashdi yana ham.
Jaholat, johillarning
Bariga berding barham.
– Shoshiltirmang, otajon
Hali juda ishim koʻp,
Oxiriga yetmagan
Yurish-u tashvishim koʻp.
Yassaviy, Bibixonim
Koshonasi bitgan yoʻq.
Peshtoqdagi bitiklar
Oxiriga yetgan yoʻq…
Otam qoʻlini siltab,
Tushib ketdi shu soyga.
Meni dogʻda qoldirib,
Bilmam ketdi u qayga.
– Tushlarning aksi boʻlgʻay,
Qoʻrqitmang, amirzodam
Valiahdlar oʻsishsa,
Gʻamxoʻr boʻlur bizga ham, –
Dalda berdi malika,
Garchi dilda tahlika.
Oʻtror ostonasida
Temurbek boʻldi xasta.
…Isitma-yu otashda
Yonardi Amir Temur.
Qilgan ulugʻ ishlari
Koʻzidan oʻtar bir-bir.
Chora izlab tabiblar,
Oʻtkazdi tunni bedor.
Lek aslo boʻysunmadi
Ajal otli u gʻaddor.
Sohibqiron jonini
Olib ketdi u battol.
El asl oʻgʻlonini
Koʻtargancha yelkaga,
Yoʻl oldi motam ichra
Kutayotgan oʻlkaga.
Yer yuzining sayqali –
Goʻzal poytaxt Samarqand
Oʻgʻlin bagʻriga oldi –
Dilida ming bitta dard.
Taxt boʻlgan Gʻoʻri amir
Nochor boqar mungʻayib…
Oʻn sakkiz ming olamning
Sarvarlari kelishdi.
Ulugʻ Sohibqironni
Soʻng manzilga qoʻyishdi…
Mangulikka daxldor
Inson aslo oʻlmaydi.
Jasurlarni hech qachon
Mahv qilib boʻlmaydi.
Asrlardan boʻy choʻzib,
Boqadi Sohibqiron.
Unga taʼzimda hamon
Koʻhna yurt – buyuk Turon.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Bobokalonimiz Amir Temur haqidagi sherlar juda yaxshi ekan, boshqa yaqin do’stlarimga ushbu sherlarni o’qishni maslahat beraman.

Ha Bobomiz Amir Temur haqidagi she’rlar judayam yaxshi ekan, boshqalarga ham tafsiya etaman ��
Sunnatillo :
Mani fikrimcha, Amir Temur bobomiz davrida adolat juda kuchli bo’lgan.
Bu she‘rlar juda ajoyib, ma‘noli. Sizlarga ham o‘qishni tavsiya etaman.
Zebiniso Hasanovna :
7 qatorli sher yo’q ekan bellashuvga, ammo sherlar juda zo’r.

Amir Temur bobomizdek mard o’g’lonlar yana paydo bo’lsin, ular davlatimiz ravnaqiga hissa qo’shishsin, bobomiz haqiqatdanda buyuk shaxs bo’lganlar va albatta ular haqidagi sherlar ham juda manoli va mazmundor.

Amir Temur kuchli, qo’rqmas bo’lgan, uzugida «Kuch adolatda» so’zlari yozilgan, sherlar juda ham zo’r.

Menga juda ham sherlari yoqdi, men hamma sherlarini birma bir yozib olyapman, va yodlayman Hudo xoxlasa.

She’rlar juda ham ajoyib ekan. Inshoolloh bu she’rlarni hamma insonlar o’qib yodlab olishsin.

Salom hamaga, menga hamma sherlar juda yoqdi, ular manoli, men izlagan sherimdan ham yaxshirog’ini topdim, UZBAZA.UZ ga raxmat ��

Sherzodbek :

Amir Temur bobomizga bag’ishlab qancha she’rlar, g’azallar, baytlar, ertaklar, asarlar aytsak kam. U inson dunyodagi buyuk shaxsdir. Kelajakda shunday inson bo’lib yetishish orzuyim bor. Vatanimga sodiq farzand bo’lib, vatanim uchun qo’limdan kelguncha xarakat qilaman, Inshaalloh!

So‘nggi yuklangan mavzular

Ko‘p o‘qilgan mavzular

Bo‘limlardan birini tanlang

She’rlar to’plami bolalar uchun o’zbekcha (turli mavzular haqida)

Ushbu maqolada bolalar uchun she’rlar to’plami keltirilgan. She’rlar turli yoshdagi bolajonlarga mo’ljallangan (yosh bolajonlar uchun sher, bog’cha bolalari, maktab bolalari, 3 yoshli, 4 yoshli, 5 yoshli, 6 yoshli, 7 yoshli va undanham yuqori yoshdagi qizlar va o’gil bolalarga sherlar). Kichkintoylarga osonroq bo’lishi uchun qisqa 4 qator she’rlardan ko’proq jamlashga harakat qildik. Farzandingizga ma’qul keladigan she’r topiladi degan umiddamiz, marhamat!

Alifbo haqida she’rlar to’plami bolalar uchun

ALIFBEDAGI HARFLARGA QISQA SHE’RLAR

Assalom avvalo aziz jonajon,
Alla aytib katta qilgan onajon!

Buyuk bobosi bor boshida bu kun,
Butun el taniydi yurtimni bugun!

Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!

Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt,
El-yurt baxti — mening baxtimdir abad.

Fido bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona Vatanim.

Gulla go’zal, gulgin diyorim,
Gul maskanim – O’zbekistonim!

Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt

Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.

Jaranglaydi jajji sho’x so’zim,
Jahon tanir bugun ovozim.

Kamolingni kulib kuylayman,
Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.

Lolaman lov-lov yonar yuragim.
Xalqqa mehnat orzu, tilagim.

Mana men mardona mashxur makonman,
Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman.

Non aziz, non bilan hayotdir inson,
Non ushog’in ko’zga surgin bolajon.

Ona yurt onajon – O’zbekistonim
Ona kabi aziz – jonu-jahonim.

Yillar o’tib, yillar kelibdi,
Yurtim 27yoshga to’libdi.

Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim,
Paxtaga kon makon– O’zbekistonim!

Qo’limda qalamim she’r bitay sizga,
Onajon doston kam ta’rifingizda.

Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon
Rost so’zlasam bu – O’zbekiston

Salom sevimligim, serquyosh diyor
Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor

To’yingga to’yona tilda dostonim
2200 yoshing qutlug’ Toshkentim.

Unutmang, ustozim har bir so’zingiz
Umrbod yodimda ulkan mehringiz.

Vatanim, volidam vatanda jonim
Vatan ishqi bilan o’tar har onim.

“X” harfi
Xalqimning ovozi baland har onda
Xumo qushi shoduchar moviy osmonda.

Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan,
Zamonamni men kuylayman dildan.

O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor
O’zbek madhiyasi tillarda alyor.

Guruhlar g’oliblik bayrog’i qo’lda,
Har elimning madhi jaranglar tilda.

Chamanning chiroyli guli o’zingiz Ustozim!
Duru-gavhar har bir so’zingiz.

Shodman, shamol kabi shoshaman har on,
Bilimlar maskani maktabim tomon.

Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun,
Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun.

Kimning kelsa belgisi,
Menman tutuq belgisi.

DONO ALIFBO

Alifbo bilim koni,

Bahor taqdi jamalak,

Ko’kka chiqdi kamalak.

Dutor chertadi Dildor,

Qizlar aytadi alyor.

Erka buloq qiqirlar,

Fazo to’la farishta,

Sarishtadir har ishda.

Gilos qizarib pishdi,

Gala qushlar yopishdi.

Handalak xushbo’y ekan,

Qomati xushro’y ekan.

Itimiz chiqdi chopqir,

Izquvar hamda topqir.

Jo’ja go’ja ichmaydi,

Kosasi bor toshdaqa.

Lolaga to’ldi qirlar,

Moshga loviya qoqdi qosh,

Makka dedi bag’ritosh.

Nokimiz bor nashvati,

Novvot ekan sharbati.

Odob misli oftobdir,

Odobli uy oboddir.

Piyoz ko’zni yoshladi,

Niyoz yig’lab boshladi.

Quyonim juda qo’rqoq,

Men bilan bo’lmas o’rtoq.

Rasm chizdi Ro’zivoy,

Rahmat dedi Qo’zivoy.

Suvda suzar soqqa qush,

Soyda kezar hakka qush.

Tulki tunda yradi,

Izg’ib o’lja teradi.

Ukki ikkichi ekan,

Juda uyquchi ekan.

Viz-viz qiladi ari,

Nishi o’tkir, tur nari.

Xo’roz donni cho’qiydi,

Keyin qo’shiq o’qiydi.

Yam-yashil bo’ldi olam,

Chechaklar alvon gilam.

Zamin bizning onamiz,

Vatan uchun yonamiz.

O’rdak ko’lda qishlaydi,

G’uncha chiroyli buncha,

Qirmiz labi tuguncha.

Shodi pishirdi lag’mon,

Paqqos tushirdi Shodmon.

Chinni choynak cho’llapti,

Choyga salom yo’llapti.

Yanga qayga shoshadi,

To’yga tanga sochadi!

Mana sizga bodring,

ZUKKO ALIFBO

Assalom kalom boshi,

Aql odob quyoshi.

Bog’da bulbul sayraydi,

Gulga ko’ngil bog’laydi.

Dakanglar dakang xo’roz,

Don terar akang xo’roz.

Eldor o’qiydi ertak,

Elyor to’qiydi cho’pchak.

Foyda filga kerakmi,

Fil foydaga sherikmi?

Gulga o’xshar kapalak,

Humo qushi porlaydi,

Baxt yo’liga chorlaydi.

Ishyoqmas ishdan qochar,

Ming bir bahona topar.

Jiyda guli maydadir,

Cho’pon ko’ngli naydadir.

Ko’klam keldi o’lkamga,

Peshvoz chiqdik ko’klamga.

Lochin ko’kni ko’zlaydi,

Laylak yozni izlaydi.

Maymun qilib masxara,

Mushukka der tasqara.

Osmonda oy nur sochar,

Hovuch-hovuch dur sochar.

Parda pishloq pishirdi,

Parpi paqqos tushirdi.

Qarg’a qishni qo’msaydi,

Qorni ko’rib shumshaydi.

Rayhon taratar atir,

Hidi olamga tatir.

Sichqon sabzi kemirdi,

Xo’p kemirib semirdi.

Tilla taqa topildi,

Uzum uzdik azonda,

Shinni qildik qozonda.

Vali varrak uchirdi,

Ali urib tushirdi.

Xirmon to’la don tuydik,

Mehmonlarga non qo’ydik.

Yomg’ir yog’ar sepalab,

Shamol kabi g’uvillar.

O’rik tugdi dovuchcha,

Terdik ikki hovuchcha.

Sherga shira yoqmaydi,

Chumchuq chuvalchang topdi,

Chittak ortidan chopdi.

Mana sizga bodring, Yarmin menga qoldiring.

Tabiat va fasllar haqida she’rlar to’plami bolalar uchun

Bahor keldi (qisqa she’r)

Keldi bahor, gul bahor
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.

Bahor keldi (uzunroq she’r)

Qo‘llarida soz bilan,
Gul g‘uncha parvoz bilan,
Silkinib parvoz bilan,
Uchib turna, g‘oz bilan,
Qadrdon bahor keldi.

Bahorni kuting bog‘da,
Bog‘ emas, dala, tog‘da,
Maysa yashnagan chog‘da,
Qushlar sayrar butog‘da,
Sevikli bahor keldi.

Har narsada o‘zgarish,
Erib, oqib jo‘nar qish.
Har yoqda yashnar turmush,
O’rik gulladi kumush,
Mehnat bahori keldi.

Bezanar maktab bogi,
Gulga to‘lib quchog‘i.
Toshar hayot irmog‘i,
Maktab dam olar chog‘i,
O’quvchi, bahor keldi.

O’tmasin go‘zal fursat,
Qani g‘ayrating ko‘rsat.
Imtihon, sinovga vaqt
Hozirmi, darslaring taxt,
Hushyor bo‘l, bahor keldi.
— Quddus Muhammadiy (1907-1997)

BAHOR

Kuchli janub quyoshi

Jilg’a qildi kir qorni.

Kutib yotar bahorni.

Suvga qarab sollandi.

Jo’shqin soyning mavjlari

Kun nurida tovlandi.

Har bir giyoh talpinar,

Qo’shiq aytar har irmoq.

Jajji izlarni olib

Chopqillaydi yo’l, so’qmoq.
— Nurulloh Oston

Bahor yaqin

O’tib ketdi qishning sovuq
Ham bo’ronli kunlari.
Ortda qoldi oy, yulduzsiz,
Tim qorong’i tunlari.

Endi quyosh ko’proq boqar,
Dalalarga, bog’larga.
Quchoq-quchoq yog’du sochar,
Adirlarga, tog’larga.

Bezanishar dala-qirlar,
Chechak taqar o’tloqlar.
Bahor yaqin, bahor yaqin,
Bahor yaqin, o’rtoqlar.

Ko’nglim yana tog’day o’sar,
Ko’rkam bahor kelganda.
Quvongayman dasta-dasta
Gul-chechaklar terganda…

HAMAL

Yondi ko’kning nayzasi,

Undi yerning maysasi.

Shamol keldi, yel keldi,

Shovqin bilan sel keldi.

Qish qasriga qamal bu,

Sog’intirgan hamal bu!
— Nurulloh Oston

DASHTDA

Dashtda sabza barq urdi,

Qaldirg’ochlar charx urdi.

Soy suvlari shovullar,

Oppoq tongning nafasi,

To’rg’ayning nozli sasi

Oh, naqadar gashtlidir,

Men qo’msagan dasht shudir!
— Nurulloh Oston

VARRAK UCHIRDIK

Gulga kirdi nokimiz.

Ko’kda qushlar chuldirar,

Yerda maysa gurkirar,

Tomga tirab xarrakni

Biz uchirdik varrakni!
— Nurulloh Oston

SOVG’A

Bir, ikki, uch moma,

Bizga topil, chuchmoma.

Bizga sovg’a qil, bahor,

Bag’ri to’la gul bahor!
— Nurulloh Oston

TONGDA

Hatto ko’zga tashlanmas

Oy yuzida chandig’i.

Tongning oltin sandig’i.

Sandig’idan nurli tong

Kun nurida bolalar

Tongni qutlab quvnashdi.
— Nurulloh Oston

SHAFTOLI

Shaftolimiz pushti gul,

Duv guvlashib uchdi gul.

Keling laylak uchganda,

QUYOSH TAFTI

Sokin sahar pallada,
Tong uyg’onar dalada.
Ufq yuzi ollanar,
Tong chehrasi sollanar.
Quyosh ochib kaftini, Bizga sochar taftini.
— Nurulloh Oston

Oftob va odob

Oftob yaxshimi?
Odob yaxshimi?
Oftob berar nur,
Odob-chi huzur.

Lolalar uchun
Oftob yaxshidir.
Bolalar uchun
Odob yaxshidir.

Oftob bo‘lmasa,
Qorong’u tushar.
Odob bo‘lmasa,
G‘am-qayg‘u tushar.

Oftob ko‘rinar
Tog‘-tepalikda.
Odob ko‘rinar
Salom-alikda.

— Po‘lat Mo‘min (1922-2004)

OY CHO’MILAR CHAYLADA

Oydin kecha pallada,

Oy cho’milar chaylada.

O’tar sirli sharpalar,

Mo’ralaymiz unsiz, jim,

Shitir-shitir, kelar kim?

Bu qanday mehmon ekan,

Boqsak, Kirpijon ekan.
— Nurulloh Oston

Oy allasi

Oy ona emish,
Bolasi — yulduz.
Alla aytarmish:
-Oppog‘im qunduz
Ko‘zim nurini
Senga tutdim-o,
Otangday bo‘l, deb,
Yo‘ling kutdim-o.
Otam qayda, deb
So‘rama, bolam,
Otang — Quyoshdan
Bahramand olam
— Odil Abdurahmon

YOZ

Oydin tunlar pallasi,

Yozdan darak bermoqda,

Qarang, laylak kelmoqda!
— Nurulloh Oston

YOZ KELDI

Yoz keldi-yu, yoz keldi,

Doyra bilan soz keldi.

Uchib ketgan laylaklar

Qanoti qog’oz, keldi.

Tunni qilib tongotar,

Sho’x bolalar dong qotar.

Bir tutam yoz tunida,

Dehqon tongni uyg’otar.
— Nurulloh Oston

TONG SATRI

Tong havosi tozadir,

Sochib bahor atrini

Tong yozadi satrini!
— Nurulloh Oston

TONG YULDUZI

Ko’k yuzida yolg’izman.

Shuning uchun yonaman,

Ekaman osmona man!
— Nurulloh Oston

KECH KUZ

Tilla bandli yaproqlar

Bargixazon fasl bu-

Kuz qish bilan duchlashar.

Qirmiz yuzli bolalar.
— Nurulloh Oston

KUZBOBO

Shamol uvla, bo’ronnig,

Yomg’irni boshlab kelsin

Men kaftimni ochaman,

Yomg’ir kelar tomchilab.
— Nurulloh Oston

QISH

Dala-dashtda tindi ish,
Mehmon bolib keldi qish.
Qish emas, qor bobo,
Sovgalari bor bobo.
Uyda bezoglik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.
Qor yogar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht oppoq gilam,
Qoqib bolmas sira ham.
Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor.

QOR HAVOSI

Qor havosi ufurar,

Shamollar yer supurar.

O’tib ketmish mezonlar,

Uchar so’nggi xazonlar.

Tussiz bog’-u biyobon,

Bo’m-bo’sh ko’cha, xiyobon.

Osmon xira va rangsiz,

Bosib kelar qish jangsiz.
— Nurulloh Oston

YANGI YILDA

Qorbobo ne keltirar?

Tilida shirin kalom.

Bezab ulkan archani,

Xushnud qildi barchani.

Ulashdi koptok, kaptar,

Menga qalam va daftar.

Boshlayman endi ishni-

O’rganaman yozishni!
— Nurulloh Oston

Yangi yil archasi

Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.

Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.

Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.

Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!

Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.
— Erkin Vohidov

Qorbobo

Keldim ko’p yurtlar kezib,
Bog’-u tog’lardan oshdim.
O’rmon oralab yurdim,
Archani xo’p tanladim.

Eng chiroyli, eng ko’rkam,
Qarang,ulkandir biram.
Uni sizga yo’lladim,
Behad u xo’p chiroyli,

O’yinchoqlar marjonli,
Quvondi ko’rib ko’zim,
Ofarin o’g’il-qizim!

Vatan haqida she’rlar to’plami bolalar uchun

Vatan — bu…

Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.

Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Birov-biroviga
Kerak deganim.

Aslida Vatan bu —
Tug‘ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yetgan qo‘rg‘onim.
— Po‘lat Mo‘min (1922-2004)

VATAN

Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Maza qilib ichamiz.

Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab maza qilamiz.

Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab-onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.
— Miraziz A’zam

MADHIYAM

So‘z mulkining ra’nosi,
Tengsiz mazmun-ma’nosi.
Shod dillarning sadosi –
Iftixorim madhiyam,

Hur diyorim madhiyam.
Tenglar ichra teng bo‘lgan,
Baxtu iqboli kulgan.
Jannat bog‘ida gulshan –

Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Yurt dong‘ini taratgan,
Tilimizni sayratgan.

Saroylarni yangratgan –
Iftixorim madhiyam,
Hur diyorim madhiyam.
Xalqim asriy orzusi,
Istiqlolim ko‘zgusi.
Har bir yurak yog‘dusi –
Iftixorim madhiyam, Hur diyorim madhiyam.

HUMO QUSHIM

Nigohlari jur’atkor,
Parvozlari shiddatkor,
Ozod elga najotkor
Humo qushim – hur qushim,

Samo qushim – nur qushim!
Qanot qoqib uchadi,
Ufqlarni quchadi,
Baxt eshigin ochadi

Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!
Quyosh kabi ziyosi,
Chaqmoq kabi qiyosi,

Xalqim mehrigiyosi
Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!
Ezgu niyat jarchisi,

Orzu umid elchisi,
Istiqlol xabarchisi
Humo qushim – hur qushim,
Samo qushim – nur qushim!

TINCH BO‘LSIN OSMONIMIZ

Sergakmizu hushyormiz,
Yurt ishiga tayyormiz.
Har ishda madadkormiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,

Biz Vatan posbonimiz.
Bizni kutar baxt-iqbol,
Porloq bo‘lar istiqbol.
Mangu bo‘lsin istiqlol –

Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Vatan –ko‘z qarog‘imiz,
Muqaddas tuprog‘imiz.

Yovga shay yarog‘imiz –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.
Avlodlari baxtga yor,

Ajdodlari madadkor.
Kelajagi ulug‘vor –
Tinch bo‘lsin osmonimiz,
Biz Vatan posbonimiz.

O’ZBEKISTON BAYROG‘I

Porlagan yurt charog‘i,
El baxti, ko‘z qarog‘i.
Iftixori, ardog‘i –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Ajdodlarning orzusi,
Istiqlolning qomusi.
Hur millat or-nomusi –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Allomalar naslimiz,
Ozod yurtda baxtlimiz.
o‘ururimiz, faxrimiz –
O‘zbekiston bayrog‘i!
Quchog‘i bog‘-u bo‘ston,
Giyohi tanga darmon.
Jumla-jahonga doston
O‘zbekiston bayrog‘i!

ONA DIYOR

O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.
Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!
Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!
Sportchimiz, bardammiz,
o‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.
Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!

O’ZBEKISTON QOMUSI

O‘zbekning or-nomusi,
Azaliy erk-orzusi,
Mustaqillik yog‘dusi –
O‘zbekiston qomusi.
Ozod Vatan ziynati,
Elparvar yurt niyati,
Bashariy qadriyati
–O‘zbekiston qomusi.
Bugun tan oldi jahon,
BMT degan qo‘rg‘on,
Safarga chiqqan karvon –
O‘zbekiston qomusi.
Jannatdir dala-tuzi,
Chempion o‘g‘il-qizi,
Tarixda cho‘ng ildizi –
O‘zbekiston qomusi.
Madhiyasi, bayrog‘i,
Humosi ko‘z qarog‘i,
Har xonadon charog‘i –
O‘zbekiston qomusi.
Himmati baland o‘zing,
Baxti bahramand o‘zing,
Ahli arjumand o‘zing –
O‘zbekiston qomusi.
Tomirimda rishtamsan,
Vatandek farishtamsan,
Olloh bergan ishqdansan,
O‘zbekiston qomusi!

Kitob haqida she’rlar to’plami bolalar uchun

Kitob – hammabop

Hayotimiz oynasi,
Bilimlarning onasi,
Buyumlar durdonasi,
Menga o‘rgatgan odob
Bu kitobdir, bu kitob.

Mazmunlari xiIma-xil,
Aqlingga qo‘shgan aql,
Do‘stimdir juda ahil,
Fan yo‘ilida nur-oftob
Bu kitobdir, bu kitob.

— Po‘lat Mo‘min (1922-2004)

Ona haqida she’rlar to’plami bolalar uchun

Mehribon oyijonim

Juda ham a’losiz, oyijon,
Juda ham donosiz, oyijon.
Siz meni qo’zim, deb sevasiz,
Nur to‘la ko’zim, deb sevasiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.

Siz meni barchaga yaxshilab,
Quchasiz o‘rgilib, erkalab.
Shu aziz boshimni silaysiz,
Menga baxt, omonlik tilaysiz,
Oyijon, oyijon, oyijon.
— Po‘lat Mo‘min (1922-2004)

ONA

Ko’kda yulduz uchsa nogahon,
Bitdi, derlar qaysi bir taqdir.
Bunday g’amni ko’tarmak oson,
Bu ehtimol, bizlar haqdadir.

Ba’zi tunlar ko’kka tikib ko’z,
Eslab deyman onamni shu on:
Ona ketsa, yulduz-ku yulduz
Qulab tushsa arziydi osmon.

Oyijon

Oqshomlar uxlamay aytganda alla,
Ovozin tinglarkan yetti mahalla.
Ovozim boricha aytay baralla
Oyijon men sizni yaxshi ko’raman.

Nomi yo’q sherlar

Agar sorasalar jannatni mendan,
Onajonim oyogi ostida ana,
Bizni ulgaytirib barkamol qilgan,
Aziz suyanchigim, mexribon ona!

Muborak ayyomingiz,
Jannatim, onajonim.
Doim omon bolingiz,
Suyangan mexribonim!

Ayyomingiz bilan, qutlamoq istab,
Bugun poyingizda qilamiz tazim.
Yelkamda Makkaga borsam kotarib,
Shunda xam uzilmas farzandlik qarzim!

Bag’ri juda ham qaynoq
So’zlari bolu qaymoq
doim bizga parvona
u dir mehribon ona

8-mart uchun she’rlar bolalar uchun

Sizlar borsiz so’zimizda sado bor,
Sizlar borsiz ishq ahlida gado bor,
Sizlar borsiz ming bir dardga da’vo bor,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Oftob ojiz asli onam oldida,
Bibixonim yuragimning yodida,
Siz yashaysiz Mohlaroyim dodida,
Men oftobga alishmagan ayollar.

Quyosh kulib boqqan kun
Baxor tanga yoqqan kun
8 – mart bu kun
Onajonlar bayrami.

Erta bahor gullagan binafsha misol,
Konglingiz doim begubor bolsin.
Yangi ochilgan gul Lola misol,
Lablaringizda doim tabassum bolsin.
Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo,
8-mart ayyomingiz muborak bolsin.

8 — MART BUGUN.
ONAJONLAR BAYRAMI.
YO`LLARIGA POYANDOZ.
DASTA GULLAR BOYLAMI.

Porlab turar yuzlari
Surar shirin hayollar
Bayramingiz muborak
Bugun aziz ayollar

Mehr degan bir ajib
His tuyg`uning bulog`i
Sizlar borki o`chmaydi
Xonadonlar chirog`i

Dardingiz ichga yutib
Doyim kulib turasiz
Mehri daryo chiroyli
Farishtalar bo`lasiz

Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar

Muallimim

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Muallimim

Ko‘z o‘ngimda
Ochdi dunyo
Muallimim.
yo‘llarimga
Sochdi ziyo
Muallimim.
Go‘dak edim
Ona kabi
Parvarishlab,
Ulg‘aytirdi
Meni don
Muallimim.
Shogirdmanki
Taxt turaman
Xizmatiga,
Qilsa agar
Bitta imo
Muallimim.
— Tursunboy Adashboyev

Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda båbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mån Xudo xohlasa—
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Nomi yo’q she’rlar

Kechirgansiz qancha sho’xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.
Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko’zlari mehribon chaqnaydi biroq.

Bilim va ma’rifat o’rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo’ng’iroq.
O’qimasak, takror o’qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O’sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to’g’ri yo’l solgan.

Shirin so’zdan, nurli yuzdan yorug’ yo’llar,
Chin mehrdan, muruvvatdan obod cho’llar.
Shu zotlarni, shogirtlarin ko’kka yo’llar,
Loyiq ular qancha hurmat-e’zozlarga,
Boshlar egib, ta’zim aylang ustozlarga!

Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.
Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.

Bilim olib chinakam,
O’rganamiz harf, raqam.
Hammaga berar ta’lim,
O’qituvchi — muallim.

Hayvonlar va hashoratlar haqida she’rlar bolalar uchun

CHUMOLI

Bellar qildek, tin bilmas,
Bizlar bir jon-bir tanmiz.
Intizom hech buzilmas —
Tizilishgan marjonmiz.

Topsak hamki bir uvoq,
Talashmayin yeymiz biz.
Ahillik noni har chog’
Barakali deymiz biz

Kapalak

Hoy, kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Muncha shoshib uchasan,
To’xta, so’zlayin andak.
Uchrataman har kuni
Seni har kun bog’chamda,
So’rib gullar sharbatin
O’ltirasan olchamda.
Borib ushlay deganda
Shoshib darhol uchasan.
Sira tutqich bermasdan
Guldan gulga ko’chasan.
Mendan aslo qochmagin,
Do’st bilaman o’zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko’zimga.
Ucn, uchaver, uchaver,
Go’zal bog’cham — gulshanda.
Sira ozor bermayman
Sevgim, fikrim bor senda.
Kapalakjon, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Do’st bo’laylik ikkimiz,
To’xta, so’zlayin andak!
— Zafar Diyor (1912-1946)

TULKI

Mendirman o’sha tulki,
Bo’lganman juda kulgi.
Tovuq-xo’roz o’g’risi,
Ayyordirman to’g’risi.
Dumim bor ancha uzun,
Dam olaman kunduzi.
Bo’lsa ham-ki, kun sovuq,
Ovdaman, o’ljam tovuq.
— RO’ZIMUROD BOLQIYEV

Baliq

Hamisha yuraman jim,
Yo’qda boshqa ilojim.
So’zlay desam bir zumga,
Suv tiqilar og’zimga.

ZEBRA

Tanib oling — Zebraman,
Chiroyliman, zeboman.
Ola-bula badanim,
Afrikadir Vatanim.

KENGURU

Derlar meni Kenguru,
Maxluqning qiziq turi.
Bolam yurar xaltamda,
Bexavfroqda chamamda…

BEGEMOT

Mening otim Begemot,
Suv ichida yurar ot.
Ko’rinishim qo’polroq,
O’zim yuvoshman biroq.

JIRAFA

Mening otim Jirafa,
Taniysiz ko’rgan daf’a.
Bo’ynim uzun — darozman,
Chopong’ichman, shovvozman

Bog’cha va Maktab haqida she’rlar bolalar uchun

«Xayr bog’cha, salom maktab» ma’nosidagi sher

Qo‘g‘irchoqlar xush qoling
Salom aziz maktabim
Shoshilyapman bag’ringa
Quyoshday ravshan tabim

Ustozim xali men
Ko‘rmaganman sizni xech
Shu kunlar da xayolning
Mexmonisiz erta kech

Ko‘rmasam xam taniyman
Siz dunyoda eng dono
Siz yaxshilar yaxshisi
Siz otayu siz ona.

Orombaxsh quchog’ingda
O‘sib ulg’ayib shodon
Bugun bizlar yo‘l oldik
Jonajon maktab tomon

Xayr bog’cha tuzingni
Oqlaymiz o‘qib alo
Sizni eslab yuramiz
Bog’cha Opa doimo

Yiroqlashib bog’chajon
Katamiz sendan
Ukalarga qoladi
O‘yinchoq bizdan

Ko‘zlarida lim yoshi
Juda kuchli bardoshi
Bog’cha opam qoladi
Uzoq o‘yga toladi.

Xayr bog’cham

Xayr bog‘cham, gul bog‘cham,
Bag‘ri to‘la nur bog‘cham.
Xayr o‘yinchoqlarim,
Chelakchamu kurakcham.

Xayr g‘uv-g‘uv mashinam,
O‘rtoq bo‘lganding sen yuam,
Maktab yoshiga yetdim
Endi o‘qiymiz biz ham.

Ilk yoshimda bag‘ringda,
Ardoqlading bog‘chajon.
Sening qaynoq mehringdan
O‘ynab kuldim har qachon

Quchog‘ingdan ketaman,
Ardog‘ingdan ketaman.
Seni o‘ylayman har dam
Xayr mehribon bog‘cham.

MAKTABIM

Jonajonim maktabim,
Qadrdonim maktabim,
Xuddi uyimdek aziz,
Oshiyonim maktabim.
Har kun tongda shoshaman,
Sinfdan sinfga oshaman
Bilimga qo’shib bilim,
Daryolardek toshaman.
Muallimlar mehribon,
O’rgatar olam jahon.
Doim faxr etaman,
Maktabim, sen onajon!

Maktab chirog’i

Ustozlarni ko’p ulug’laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o’ylab ko’r-chi bir
Òinglaymizmi, ustozning qalbin?!
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o’chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo’lma hech.
Bilsang faqat u seni o’ylar,
Òo’g’ri yo’lga — bilimga yo’llar.
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko’p bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.

G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!

Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!

Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g’ami vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing, o’glon!.

Fanlar haqida she’rlar bolalar uchun

Ona tili
Har bir harf , bo’g’indan
Tuzamiz turli so’zlar.
Ozoda va chiroyli
Yozsak quvonar ko’zlar.

O’qish
She’r , hikoya , ertakni
Hech qiynalmay o’qiymiz.
O’qib bo’lgach albatta ,
O’qiganni uqiymiz.

Matematika
Matematika darsi
Hisob-kitoblar bahsi.
To’rt amal bilmoq uchun
Tinglamoq kerak yaxshi.

Tabiatshunoslik
Atrofimizdagi olam ,
Bu— biz ucun tabiat.
Tuproq , suv — bizga ona ,
Oldik undan tarbiya .

Tasviriy san’at
Tasvirlaymiz olamni ,
Musavvirmiz o’g’il-qiz .
Sir-asrorin o’rganib ,
Olamiz chuqur ildiz .

Musiqa
Notalar bor do, re,mi ,fa…
Qarang qanday jarangli-ya.
Chalsak rubob yoki doira ,
Notalar bo’lar shoira .

Matematika
Bo‘linuvchi, bo‘luvchi,
Qani, bo‘linma toping.
O‘nni o‘nga bo‘lganda
Bir bo‘lar, shuni biling.

Karra jadvalni bilsang,
Ko‘paytirish oson ish,
Yodda tutgin, hayotda
Hisob kerak yoz-u qish.

Kamayuvchi, ayriluvchi,
Hosil bo‘lar ayirma,
Yuzdan saksonni ayir
Javob bo‘lar yigirma.

Uchga to‘rtni qo‘shamiz
Javobi bo‘lar yetti.
Shunday oson topilar
Qo‘shishda har yig‘indi.

Arifmetik to‘rt amal,
Qo‘shish hamda ayirish,
Mulohazaga chorlar
Bo‘lish va ko‘paytirish.

Hisob-kitobni bilsang,
Barcha yo‘l senga ochiq.
Hayotda qoqilmaysan
G‘oliblik senga tortiq!

Birlar, o‘nlar va yuzlar,
Ko‘p xonali sonlar bil.
Sodda, qiyin masala,
Yechishga to‘pla aql.

Ko‘paytirish jadvalin
Ikkilanmasdan yodla,
O‘lchov birliklarini
Yoddan aytgin baralla.
➖➖➖➖➖➖
Bitta-bitta qo’shib chiq
Men aytajak so’zlarni!
Ota, ona, qo’shnilar,
Aka, uka, do’stlarni.

Opa, singil, amaki,
Tog’a, xola, ammani.
Bir-bir qo’shib boraver
Bobo, buvi — hammani.

Maktab plyus mahalla,
Qirlar, soylar, buloqlar,
Yana qo’shuv bir gala
Sigir, echki, uloqlar.

Ularga qo’sh hovlini
Qozon, o’choq va tandir.
Barining yig’indisi,
Bilsang, ona Vatandir.

Konstitutsiya haqida she’rlar bolalar uchun

Konstitutsiya oliy qomusim

Sening bitik yo‘ling kurashdir yiroq.
Bir bobing To‘maris ko‘targan chiroq,
Yozdi bir bobingni qon bilan SHiroq,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitusiyam — oliy Qomusim.
Sening manzilingni ko‘zlagan karvon,
G‘aznaviy, Temuriy, Boburiy davron,
U karvon boshida Navoiy sarbon,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitusiyam — oliy Qomusim.

Konstitutsiya kitobi

— Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!

Konstitutsiya muqaddas

Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.

Bizning konstitutsiya

Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro’ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya!

Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!

Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsiya!

Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!

Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo.

Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madaniyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya!

Mustaqillik ne’matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!

QOMUSIMIZ

Kunlar ichra ulug’ kun,
Yana bir bayram bugun.
Ulug’ kunligi shuki,
Qonunlar kuni bugun.
����������������
Bo’lim, bobdan iborat,
Bo’linib moddalarga.
Hamma qilar itoat,
Konstitutsiya qonunlarga
������������������
Xalqni etib shodumon,
Qonunlar kuchga kirgan.
Yosh-u qari hammani,
Izzat hurmatin qilgan.
������������������
Kim qaerda bo’lmasin,
Qonunga tayanadi.
Kerakka berar yordam,
Qonunga suyanadi.
����������������
Inson manfaatini
Olib chiqib yuksakka.
Har ne ezgu, barini,
Yetkazadi tilakka.
����������������
Shoh-u gado erur teng ,
Qonunlarning oldida.
Charchaganda dam oling,
Bu huquqingiz biling.
������������������
Kuch adolatdadir,
Degandi bobom Temur.
Adolat bo’lgan yerda,
Xavf xatar ham chekinur.
������������������
Bo’lim, bob,moddalarda,
Xalq manfaati yotadi.
O’qib saqlangiz yodda,
Bilim sizni boqadi.
������������������
Kimki bilsa huquqin,
Hayotda topar yo’lin.
Qay sohada bo’lmasin,
Qonun har nedan ustun.
������������������
Gar itoat qilmasa,
Haq huquqin bilmasa.
Qolib ketar uyatga,
Qonunlarni bilmasa.
������������������
Har kimga ham berilmas,
Yurtimdagi bu imkon.
Yaxshi yomon tanlamas,
Tengdir bunda tirik jon.
������������������
Yurtboshimga ming rahmat,
Yurtga qilar marhamat.
O’zdan kechib bo’lsa ham,
Xalqni o’ylaydi faqat.
������������������
Qonundagi tenglikni,
Saqlab turgan o’zlari.
Bunday bag’ri kenglikni,
O’rnak bo’lar so’zlari.
����������������
Sog’ bo’ling deyman har vaqt,
Xalqim topmasin zavol.
Siz borsiski bugun xalq
Yashar doim farovon!
����������������
— Toshkent viloyati Zangiota tumani 44-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi MURODOVA Dilnavozning
Konstitutsiya kuniga bag’ishlab yozgan she’ri.

Baxtiyor Temur. She’rlar

Бахтиёр Темур катта шоирликни даъво қилмай, сўзга, адабиётга, шеърга бўлган иштиёқини қўлидан келган қадар бажо этиб, ижод қилаётган шоирлардан бири. Унинг хотира ва қадрлаш куни муносабати билан жангчи боболарини эслаб ёзган шеърларини ҳам бир оддий фарзанднинг боболари олдидаги қарзини ҳис этиб ёзилган сатрлар сифатида қабул қилинг.

Бахтиёр Темур
ШЕЪРЛАР

Бахтиёр Темур (Темиров) – 1962 йил, 6-июнда Хатирчи туманидаги Лангар қўрғонида туғилган. 1985 йилда Самарқанд Давлат Дорулфунунини тугатган. Республика матбуотида 80-йиллардан қатнашиб келади. “Ҳуррият”(2003) шеърлар туплами чоп этилган, шеърлари кўплаб жамоа тўпламларида босилган.
Тошкент “Кибернетика” институти ва Навоий вилоят статистика бошқармаси дастурчи-муҳандиси, мактабларда ўқитувчи, Пахтакор туман “Пахтакор”газетаси, Жиззах вилоят ТРК, Навоий вилоят “Дўстлик Байроғи” газетаси мухбири, Ёзувчилар уюшмаси Навоий вилоят бўлими адабий маслаҳтчиси, Навоий вилоят Матбуот ва ахборот бошқармаси ОАВ мониторинги бўлими бошлиғи, вилоят “Янги авлод” газетаси бош муҳаррири ўринбосари, 2006-2013 йилларда Республика “Туркистон”, “Миллий тикланиш”, “Адолат” газеталарининг Жиззах, Бухоро ва Навоий вилоятлари бўйича мухбири бўлиб ишлаган.

МЕНИНГ ЁВҚУР БОБОЛАРИМ

Файзи эди, Ҳамид эди, Мадад эрди…
Ёвқур ўтган, жўмард турган боболарим.
Эл-юртим деб, жангда ўққа кўкрак керди,
Гул ёшида уруш кўрган боболарим.

Бировлардай яшириниб яшамади,
Юз бурмади ўлимлардан боболарим.
Хиёнатнинг нонини ҳеч ошамади,
Юзи ёруғ бўлган ҳар дам боболарим.

Ёвни тиқиб қайтган чиққан камарига,
Қонин бериб ғалабанинг зафарига.
Ғолиб қайтган ёри — қоши қамарига,
Лангардай “тош шаҳар”ига боболарим.

Урушдан сўнг қирқ йиллаб тер тўкди улар…
Улар эккан дарахтлари ҳамон гуллар.
Боболарим ёдлаганда кўнглим тўлар,
Юрагимнинг тўридадир боболарим.

Ёдимдадир: уруш ҳақда сўрардик гоҳ,
— У кунларни кўрманг! — дерди Мадад бобо.
Йиғлар эди жўраларин эслаб ногоҳ,
Кўзёшларин яширмасдан боболарим.

Эслагайман Файзи бобо сўзларини:
— Унутмайман жўраларим кўзларини…
Дуо ўқиб, шаҳид аскар дўстларини
Эслашарди давра қуриб боболарим.

Ёдидадир ҳар бир ўлим, ҳар битта жанг,
Ҳамид бобом айтар эди: Уруш кўрманг…
Бир ўт чиқса, болаларим, қараб турманг,
Она юртни қўринг, дерди боболарим.

Гарчи эрта… беш ёшимда отам ўлди…
Боболарим сўзи менга Ота бўлди.
Улар меҳри билан мудом дилим тўлди,
Йўлларимни равшан этди боболарим.

Пайзи бобо, Ҳомит бобо, Мадат бобо,
Сиз туфайли омон қолди бутун дунё.
Кўкайимда тепар экан юрагим то,
Ҳеч бирингиз унутмайман, боболарим!

То тирикман, дилдан кетмас озорларим,
Мен зиёрат қилажакман мозорларин,
Тиз чўккаман пойларида бирин-бирин,
Охирати обод бўлгур боболарим!

РАУФ ПАРФИ

Бир руҳ яшар эрка, ўктам,
Ой юлдуздай порлаб кўкда —
Уйғоқдирсиз,
Рауф Парфи.

Садоси ҳар қоя, тоғда,
Сокин қайнар тун–овлоқда,
Булоқдирсиз,
Рауф Парфи.

Тошқин дарё қайроғидек,
Андалибнинг сайроғидек —
Ўйноқдирсиз,
Рауф Парфи.

Туйғу гулдай яшнаб турган,
Табиий хуш бўй уфурган
Гулбоғдирсиз,
Рауф Парфи.

Ҳақиқатга ярагувчи,
Дилга тикка қарагувчи
Қароғдирсиз,
Рауф Парфи.

Каҳкашонга боқсак – чорлар,
Ҳар нигоҳда унсиз порлар —
Чироқдирсиз
Рауф Парфи.

Юракдаги тилакларга,
Зимистонда юракларга
Маёқдирсиз
Рауф Парфи.

Тангритоғдай баланд тутган,,
Қалам аҳли тавоф этган
Байроқдирсиз,
Рауф Парфи.

Олислардан келаётган,
Дилга ҳурлик тилаётган,
Широқдирсиз,
Рауф Парфи.

Ҳамон ёвсиз номардларга,
Ҳамон ёрсиз жўмардларга,
Сабоқдирсиз,
Рауф Парфи.

Сўроқдирсиз,
Рауф Парфи!
Жумбоқдирсиз,
Рауф Парфи!

Baxtiyor Temur katta shoirlikni da’vo qilmay, so‘zga, adabiyotga, she’rga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘lidan kelgan qadar bajo etib, ijod qilayotgan shoirlardan biri. Uning xotira va qadrlash kuni munosabati bilan jangchi bobolarini eslab yozgan she’rlarini ham bir oddiy farzandning bobolari oldidagi qarzini his etib yozilgan satrlar sifatida qabul qiling.

Baxtiyor Temur
SHE’RLAR

Baxtiyor Temur (Temirov) – 1962 yil, 6-iyunda Xatirchi tumanidagi Langar qo‘rg‘onida tug‘ilgan. 1985 yilda Samarqand Davlat Dorulfununini tugatgan. Respublika matbuotida 80-yillardan qatnashib keladi. “Hurriyat”(2003y) she’rlar tuplami chop etilgan, she’rlari ko‘plab jamoa tuplamlarida bosilgan.
Toshkent “Kibernetika” instituti va Navoiy viloyat statistika boshqarmasi dasturchi-muhandisi, maktablarda o‘qituvchi, Paxtakor tuman “Paxtakor”gazetasi, Jizzax viloyat TRK, Navoiy viloyat “Do‘stlik Bayrog‘i” gazetasi muxbiri, Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi adabiy maslahtchisi, Navoiy viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi OAV monitoringi bo‘limi boshlig‘i, viloyat “Yangi avlod” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, 2006-2013 yillarda Respublika “Turkiston”, “Milliy tiklanish”, “Adolat” gazetalarining Jizzax, Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlagan. Ayni paytda erkin ijodkor

MЕNING YOVQUR BOBOLARIM

Fayzi edi, Hamid edi, Madad erdi…
Yovqur o‘tgan, jo‘mard turgan bobolarim.
El-yurtim deb, jangda o‘qqa ko‘krak kerdi,
Gul yoshida urush ko‘rgan bobolarim.

Birovlarday yashirinib yashamadi,
Yuz burmadi o‘limlardan bobolarim.
Xiyonatning nonini hech oshamadi,
Yuzi yorug‘ bo‘lgan har dam bobolarim.

Yovni tiqib qaytgan chiqqan kamariga,
Qonin berib g‘alabaning zafariga.
G‘olib qaytgan yori — qoshi qamariga,
Langarday “tosh shahar”iga bobolarim.

Urushdan so‘ng qirq yillab ter to‘kdi ular…
Ular ekkan daraxtlari hamon gullar.
Bobolarim yodlaganda ko‘nglim to‘lar,
Yuragimning to‘ridadir bobolarim.

Yodimdadir: urush haqda so‘rardik goh,
— U kunlarni ko‘rmang! — derdi Madad bobo.
Yig‘lar edi jo‘ralarin eslab nogoh,
Ko‘zyoshlarin yashirmasdan bobolarim.

Eslagayman Fayzi bobo so‘zlarini:
— Unutmayman jo‘ralarim ko‘zlarini…
Duo o‘qib, shahid askar do‘stlarini
Eslashardi davra qurib bobolarim.

Yodidadir har bir o‘lim, har bitta jang,
Hamid bobom aytar edi: Urush ko‘rmang…
Bir o‘t chiqsa, bolalarim, qarab turmang,
Ona yurtni qo‘ring, derdi bobolarim.

Garchi erta… besh yoshimda otam o‘ldi…
Bobolarim so‘zi menga Ota bo‘ldi.
Ular mehri bilan mudom dilim to‘ldi,
Yo‘llarimni ravshan etdi bobolarim.

Payzi bobo, Homit bobo, Madat bobo,
Siz tufayli omon qoldi butun dunyo.
Ko‘kayimda tepar ekan yuragim to,
Hech biringiz unutmayman, bobolarim!

To tirikman, dildan ketmas ozorlarim,
Men ziyorat qilajakman mozorlarin,
Tiz cho‘kkaman poylarida birin-birin,
Oxirati obod bo‘lgur bobolarim!

RAUF PARFI

Bir ruh yashar erka, o‘ktam,
Oy yulduzday porlab ko‘kda —
Uyg‘oqdirsiz,
Rauf Parfi.

Sadosi har qoya, tog‘da,
Sokin qaynar tun–ovloqda,
Buloqdirsiz,
Rauf Parfi.

Toshqin daryo qayrog‘idek,
Andalibning sayrog‘idek —
O‘ynoqdirsiz,
Rauf Parfi.

Tuyg‘u gulday yashnab turgan,
Tabiiy xush bo‘y ufurgan
Gulbog‘dirsiz,
Rauf Parfi.

Haqiqatga yaraguvchi,
Dilga tikka qaraguvchi
Qarog‘dirsiz,
Rauf Parfi.

Kahkashonga boqsak – chorlar,
Har nigohda unsiz porlar —
Chiroqdirsiz
Rauf Parfi.

Yurakdagi tilaklarga,
Zimistonda yuraklarga
Mayoqdirsiz
Rauf Parfi.

Tangritog‘day baland tutgan,,
Qalam ahli tavof etgan
Bayroqdirsiz,
Rauf Parfi.

Olislardan kelayotgan,
Dilga hurlik tilayotgan,
Shiroqdirsiz,
Rauf Parfi.

Hamon yovsiz nomardlarga,
Hamon yorsiz jo‘mardlarga,
Saboqdirsiz,
Rauf Parfi.

So‘roqdirsiz,
Rauf Parfi!
Jumboqdirsiz,
Rauf Parfi!