Press "Enter" to skip to content

O’zbekiston Oliy va O’rta Mahsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti

1 dan 10 gacha SANOЈ SONLAR

Qatar universitetida bir yillik arab tili kursi uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va bepul turar joy!

Qatar universitetining Arab tili markazi (Arabic for Non-Native Speakers Center, ANNS) ona tilisi arab tili boʻlmagan xorijlik talabalarga intensiv arab tili kurslarini taklif qiladi.

Ushbu kurslar 6 ta darajada (A1-C2) taklif etiladi. Mazkur kurslarga arizalar ingliz tilida qabul qilinadi. Bu kurslar 2023-yilning kuzidan boshlanadi va 2 semetr (1 yil) davom etadi.

Ushbu kurslarga ariza topshirishda nomzodlar barcha xarajatlarni oʻz yonidan toʻlab oʻqish uchun yoki grant asosida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin.

Grantlar ikki xil tartibda beriladi:

  1. Ushbu markaz bilan hamkor shartnomasini tuzgan muassasa va tashkilotlar tomonidan nomzodlar taqdim etiladi, markaz eng munosiblariga grant ajratadi.
  2. Qatar rivojlanish jamgʻarmasi rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlar uchun bir qancha grantlarni ajratadi (oʻzbekistonliklik mana shu turdagi grant uchun ariza bera oladi).

Grant kimlar uchun?

18-40 yoshli barcha uchun

Batafsil ma’lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Kurslarda oʻqish pulidan ozod etiladi.
  • Rezidentlik vizasi xarajatlari qoplanadi.
  • Muayyan miqdorda oylik stipendiya beriladi.
  • Qatarga borish va qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  • Qatar universiteti yotoqxonasidan bepul xona ajratiladi.
  • Oʻqish uchun kerak boʻlgan kitoblar bepul taqdim etiladi.
  • Kuniga 3 mahal bepul ovqat taʼminlanadi. Shuningdek, oʻquvchilar yotoqxonada kir yuvish xizmati, internet xizmati, oʻyinlar xonasi, kompyuter laboratoriyasi, sport zalidan foydalanish, kampusga borib kelish uchun transport taʼminotiga ham ega boʻladi.

Grant beradigan imtiyozlar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin (Types of Admission boʻlimi).

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Kamida oʻrta maxsus taʼlim / oʻrta taʼlimni tugatgan boʻlishi kerak.
  • 18-40 yosh oraligʻida boʻlish lozim.
  • Avval ushbu til markazida oʻqish uchun grantni qoʻlga kiritmagan boʻlishi kerak.
  • Arab tilini kamida bazaviy darajada biladigan (arab alifbosi, arab alifbosida yozish va oʻqish bazaviy koʻnikmalari) nomzodlarga ustunlik beriladi.
  • Nomzod universitet xodimlari bilan yo ingliz, yo arab tilida muloqot qila olishi kerak.
  • Semestr boshlanishidan 2 hafta oldin Qatarga borish kerak.
  • Bu grantni qoʻlga kiritgandan keyin boshqa tashkilotlardan grant, stipendiya olish mumkin emas.
  • Bir semestrda darslarning 25% foiziga uzrli sababsiz qatnashmagan oʻquvchilarning granti bekor qilinadi.
  • Oʻqish davomida til markazi qoidalariga amal qilish lozim.

Talab va qoidalar bilan BU YERDA batafsil tanishing (Conditions for Applying to the ANNS va ANNS Center Policies boʻlimlari).

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 16-fevralgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda maxsus platformada topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab hisob (akkaunt) yaratish kerak (First time user account creation tugmasini bosing).

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni ariza shaklida yuklash soʻraladi:

  • Oxirgi bitirgan oʻquv muassasasining bitiruv hujjati (attestat, diplom) va olingan baholar. Faqatgina tamomlangan oʻquv muassasasi hujjati va baholari topshirilishi lozim. Masalan, hozirda bakalavriatda oʻqiyotgan talaba kollej/litsey diplomi va baholarini topshiradi (yoki maktabnikini). Shuningdek, bu hujjatni tegishli tartibda tasdiqlash kerak. Tasdiqlash tartibi bilan BU YERDA batafsil tanishing (Required Documents boʻlimi).
  • CV.
  • 1 ta tavsiyanoma (tavsiyanoma oxirgi 1 oyda berilgan boʻlishi kerak).
  • Pasport nusxasi – amal qilish muddati tugashiga 1 yil yoki undan koʻp vaqt qolgan boʻlishi kerak.
  • Rasm – pasport rasmi oʻlchamida.

Hujjatlar ingliz yoki arab tilida boʻlishi, har bir hujjatning hajmi 5 MB dan oshib ketmasligi va ular quyidagi formatlardan birida boʻlishi lozim: PDF, JPEG, GIF, BMP yoki TIFF.

MUHIM: Yuqorida hujjatlarga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing (Required Documents boʻlimi).

Shuningdek, ariza topshirish uchun 50 QR (taxminan 14 AQSh dollari) miqdorida ariza badali toʻlash lozim.

Ushbu grant bilan batafsil BU YERDA tanishing.

O’zbekiston Oliy va O’rta Mahsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti

Bizga ma’lumki arab tilida sifatlar fe’llardan yasaladi. Arab tilidagi sifatlar ham o’zbek tilidagi sifatlar kabi predmet yoki shahsning belgisini, ya’ni rangini, hajmini, ta’mi va hokazolarni anglatishda ishlatiladi. Shunday qilib predmetning shaklini, hajmini rangini, muzmunini bildirib, uni darajalab ko’rsata oladigan so’zlar sifatlar deyiladi.

  1. Biz shu vaqtgacha ko’rib kelgan sifatlar, sifatning oddiy darajasiga kiradi.
  1. Јiyosiy daraja.

الكتابُ أكْبَرُ من المجلةِ – Kitob jurnaldan kattaroq

أختي أصْغَرُ مني – Singlim mendan kichikroq

Misollardan ko’rinib turibdiki sifatning qiyosiy darajasi o’zbek tiliga «roq» qo’shimchasi bilan tarjima qilinadi.

Agar من (min) predlogidan keyin bevosita fe’l kelsa, prelogdan keyin (ma) yuklamasi orttiriladi;

الطقس اليوم أحرُّ مِمَّا كان أمسِ – Ob-havo bugun kechagidan issiqroq.

Shuni ham aytib o’tish kerakka, agar bir predmet, shu predmetning o’ziga, ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin qiyoslanadigan bo’lsa predmetni 2 marta takrorlamaslik uchun o’ziga tegishli olmoshni qo’ishi mumkin.

  1. Orttirma daraja.

b) qiyosiy orttirma daraja;

Mutloq orttirma daraja.

Mutloq orttirma daraja vaqiyosiy orttirma daraja ham أفْعَلُ (af’alu) vaznida bo’lib, mutloq orttirma daraja moslashgan aniqlovchilarday bo’lib keladi., shuning uchun ham u sifatlanmish bilan to’la moslashadi (holatda, kelishikda, jinsda va hokazoda) va o’zbek tilida «…eng…,» deb tarjima qilinadi.

Ko’plik Ikkilik Birlik Jins.

أفاعِلُ أفْعَلانِ أفْعَلُ M.z.

فَعْلَياتُ فَعْلَيانِ فَعْلَى M.n.

العامل الأحسن – Eng yahshi ishchi

الغرفة الكبرى – Eng katta hona

الطلاب الأشاهرُ – Eng mashhur studentlar

الطالبات الحسنيات – Eng go’zal talabalar

Јiyosiy orttirma daraja.

Јiyosiy orttirma daraja أفْعَلُ (af’alu) o’zidan keyin kelayotgan ismni qaratqich kelishigida va aniq holatda bo’lishini talab qiladi, bu vazndagi sifat jinsda o’zgarmaydi.

من أحسنِ الطالباتِ – Eng yahshi student qizlardan

من أحسنِ الطلابِ – Eng yahshi studentlardan

أفْعَلُ (af’alu) qolipidan keyin ism birlikda noaniq holatda va qaratqich kelishigida kelsa, «eng…lardan biri» deb tarjima qilinadi.

أحسن طالبةٍ – Eng yahshi student qizlardan biri

أحسنُ طالبٍ – Eng yahshi studentlardan biri.

القاهرةُ أجملُ مدينةٍ – Јohira eng chiroyli shaharlardan biri.

Bulardan tashqari yana, أفْعَلُ – فَعْلاءُ (af’alu-fa’lau) shaklidagi sifatlardan, belgini bildiruvchi sifatdoshlardan va nisbiy sifatlardan qiyosiy va orttirma daraja sintaktik yo’l bilan ya’ni أكْثَرُ ، أشَدُّ ، أقَلُّ kabi so’zlar va undan keyin solishtiriladigan belgi shu o’zakdan hosil bo’lgan tushum kelishigidagi noaniq holatda turgan masdar yordamida hosil qilinadi.

هذه الوردةُ أشدُّ حُمْرَةً من تلك – Bu atirgul narigisidan qizilroq.

أخي أقَلُّ اجتهادا من صديقه – Ukam o’rtoqidan ko’ra kamroq tirishqoqdir.

خَيْرٌ (hayrun) yahshi, شَرٌّ (sharrun) yomon kabi sifatlardan أفعلُ (af*alu) vaznida emas, shu sifatlarning o’zidan hosil bo’ladi.

الصلاةُ خيرٌ من النوم – Nomoz uyqudan yahshiroqdir.

شَرُّ البلادِ مكانٌ لا صديقَ بِهِ – Yurtlarning eng yomoni do’sti bo’lmagan yurtdir.

  1. Sifat deb nimaga aytiladi?
  2. Arab tilida sifat darajalari qanday bo’ladi?
  3. Sifat darajalari haqida gapirib bering va misollar keltiring?
  1. Ibrohimov. N.I. «Arab tili grammatikasi» T. 1997.
  2. Kovolev. Sharbatov «Uchebnik arabskogo yaz’ka» M., 1998.
  3. Holidov B.Z. «Uchebnik arabskogo yaz’ka» T., 1991.
      1. OLMOSh. KIShILIK OLMOShLARI, BIRIKMA OLMOShLARI, KO’RSATISh OLMOShLARI. SO’ROЈ OLMOShLARI. NISBIY OLMOShLAR.
      1. Kishilik olmoshlari
      2. Birikma olmoshlari
      3. Birikma olmoshlarining fe’llarga qo’shilishi
      4. Birikma olmoshlarining otlarga qo’shilish
      1. Fe’llarga birikkan olmoshlar jumladan to’ldiruvchi vazifasida keladi va tushum kelishigida, ya’ni nasb holatida bo’ladi.

      ضَرَبَكَ yoki رأيتك

      Bu olmoshlar o’tgan, hozirgi kelasi va ba’zi buyruq fe’llariga birikishi mumkin. Bunda barcha olmoshlar fe’llarga to’±ridan to’±ri birikadi, ammo 1 shahs ي si ( ياء المتكلمِ ) saqlash nuni (نون الوقفة ) orqali birikadi.

      Bu nun fe’lining ohirini kasrali bo’lishdan saqlaydi. Agar fe’lga ي ni nunsiz biriktirsak, ضربي bo’lib, fe’lning ohiri kasra bo’lib qoladi. Bu esa mumkin emas. III shahs muzakkar ko’pligidagi o’tgan zamon fe’liga ي qo’shilganda bir و (vov) harfi ziyoda qilinadi.

      Masalan: رأيتم – رأيتموني yoki boshqa olmoshlar qo’shilganda ham رأيتموه kabi. III shahs muzakkar ko’pligidagi o’tgan zamon fe’liga olmoshlar birikkanda ohiridagi alifi tushib qoladi.

      O’ozirgi kelasi zamon fe’li II-III shahs muzakkar ko’pligiga 1 shahs olmoshlari ني va نا (ni va na) lar qo’shilganda ko’pincha ohiridagi ن (nun) tushib qoladi.

      يضربوني – تضربوني yoki يضربونا – تضربونا

      Shuningdek, huddi shu fe’l ikkiligidagi ن (nun) lar ham tushib qolishi mumkin.

      تضرباني yoki يضربانا

      Ba’zi hollarda II shahs muannas birligidagi ن (nun) ham tushib qoladi.

      Masalan: تضربيني asli esa – تضربينني

      Ohiri ى ga tugagan رمى va بنى kabi fe’llarga birikma olmoshlar birikkanda ohiri ي (y) harfi alifga aylanib ketadi.

      بنى – بناه رمى – رماك

      Buyruq fe’llariga birikkanda esa, faqat o’timli fe’llarning buyruqlari birikadi.

      Bunda faqat I-III shahs olmoshlargina birikadi. Ismlarga birikkan olmoshlar qaratqich kelishigida bo’lib, tegishlilikni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, ism bilan olmosh izofa bo’ladi.

      I shahs ي (y) (يا ) (ya) sidan boshqa barcha olmoshlar ismlarga birikkanda ismning kelishik harakatlari (okonchaniyalar) saqlanib qoladi.

      كتابُكَ كتابَكَ كتابِكَ

      Agar ism ة (tamarbuta)ga tugagan bo’lsa, olmosh birikkanda oddiy ت (t) aylanadi.

      Agar ikki kelishikli ismlarga olmoshlar biriksa, uch kelishikli ism kabi turlanadi.

      سلَمتُ على أحمدِكَ va رأيْتُ أحمدَكَ kabi

      Ohiri ا (a) va ي (y) ga tugagan ismlarga olmoshlar biriksa quyidagicha bo’ladi.

      Јaratqich k. قاضِيكَ

      Tushum k. قاضيَكَ

      Bosh k. Јarat. k. Tush. k.

      ذكراك ذكراك ذكراك

      Ohiri ء (hamza) ga tugagan ismlarga olmoshlar birikkanda hamza yozish qoidalariga amal qilinadi.

      1 shahs (y)si ohiri soqlom harfga tugagan ismlarga qo’shilsa, (y) bevosita qo’shiladi va barcha kelishiklarda turlanganda o’zgarmaydi.

      Agar ي (y) alif va ي (y)ga tugagan ismlarga qo’shilsa (ya) ko’rinishida bo’ladi.

      عصاً – عصايَ kabi.

      Agar 1 shahs ي (y)si ohiri ِي (iy) yoki َي (ay) -ga tugagan ismlarga qo’shilsa, unda ikkala ي (y) tashdid bilan yoziladi.

      جَوَارِى – جَوَرِيَّ مُعَلِّمَيْنِ – مُعَلِّمَيَّ

      مُعَلِّمِينَ – مُعَلِّمِيَّ قَاضِى – قَضِيَّ

      Јuyidagi ismlar arab tilida boshqa ismlardan ajratilib أسماءُ الستةِ (asmaus sittati) deyiladi: أَبٌ ، أخٌ ، حَمٌ ، هَنٌ ، فَمٌ ، ذُو ,

      Avvalo bu olti ism nima uchun alohida o’rganiladi, boshqa ismlardan nima farqi bor? Bu savolga shunday javob beramiz: Bu olti ism birikma olmoshlari yoki birorta ism bilan izofaga kirganda, e’robi, ya’ni ismning ohirgi harfining harakatlari zohir bo’lmaydi, balki uning o’rniga boshqa harflar bilan e’roblanadi.

      Bunda bosh kelishikda damma o’rniga vov bilan e’roblanadi.

      جاء أبوكَ ذهب أخوكَ

      Јaratqich kelishigida esa, kasra o’rniga ي (y) bilan e’roblanadi.

      Tushum kelishigida esa fatha o’rniga alif bilan e’roblanadi.

      1. Bu ismlarning birlikda bo’lishi.
      2. Bu ismlarning izofa bo’lishi
      3. Kichraytirilmagan siy±asi ( مُكَبَّرْ ) bo’lishi.
      4. Izofasi 1 shahs ي (y)ga bo’lmasligi.

      أباءً أباءٍ أباءٌ

      Agar izofada bo’lmasa, unda uch kelishikda to’la turlanaveradi.

      Agar kichraytirilgan siyqasi ( مُضَغَّرْ ) bo’lsa ham uch kelishikda, zohir harakatlar bilan turlanadi.

      أُبَيٌّ – أُبَيٍّ – أُبَيًّا أُخَيٌّ – أُخَيٍّ – أخَيًّا

      Agar izofasi 1 shahs ي (y) siga bo’lsa,

      Masalan: أبِي va أخِي kabi unda uning e’robi ي (y)dan oldingi harfning taqdiridagi harakati bilan bo’ladi.

      Bu qoidalar أبٌ ، أخٌ ، حَمٌ ، حَنٌ larga tegishli bo’lib ذُو va فَمٌ larga tegishli alohida qoidalar bor.

      Masalan: ذُو ning «al-asmaus sitta» qoidalarida e’roblanishi uchun, u صاحب ya’ni, ega ma’nosida bo’lishi kerak.

      Agar u ega ma’nosida bo’lmay, الذي ma’nosida bo’lsa, unda bu qoidadan chiqib ketadi.

      Masalan: جاءنِي ذو قامَ , aslida esa, جاءني الذي قامَ

      فَمٌ esa, «asmaus sitta» qoidalari bo’yicha e’roblanishi uchun م (m) harfidan holi bo’lishi kerak.

      رأيْتُ فَاهُ ، أعْجَبَتْ فِيهِ، هذا فُوهُ

      Agar فَمٌ ning م (m)i tushib qolmasa unda oddiy e’robda e’roblanadi.

      هذا فَمٌ ، رأيْتُ فَمًا، أعْجَبَتْ بِفَمٍ

      1. Olmoshlarning qanday turlari mavjud?
      2. Birikma olmoshlari nimalarga qo’shilib keladi?
      3. Birikma olmoshlari fe’llarga qo’shilganda qanday o’zgarishlar yuz beradi?
      4. Birikma olmoshlari otlarga qo’shilganda qanday o’zgarishlar yuz beradi?
      1. Ibrohimov. N.I. «Arab tili grammatikasi» T. 1997.
      2. Kovolev. Sharbatov «Uchebnik arabskogo yaz’ka» M., 1998.
      3. Holidov B.Z. «Uchebnik arabskogo yaz’ka» T., 1991.

      4.3.4.- 4.3.5. SON

      1. Arab tilida son.
      2. Sanoq sonlar va tartib sonlar
      3. 1-10 gacha bo’lgan sanoq sonlar
      4. 11-19 gacha bo’lgan sanoq sonlar
      5. Yuzliklar va mingliklar

      Arab tilida ham sonlar sanoq va tartib sonlarga bo’linadi. Sanoq sonlar ham, tartib sonlar ham, raqamlarni ifodalovchi quyidagi so’zlar yordamida yasaladi:

      ikki اثنان اثنتان

      to’rt أربع أربعة

      sakkiz ثمانٍ ثمانية

      to’qqiz تسع تسعة

      yigirma عشرون عشرون

      o’ttiz ثلاثون ثلاثون

      qirq أربعون أربعون

      ellik خمسون خمسون

      oltmish ستون ستون

      yetmish سبعون سبعون

      sakson ثمانون ثمانون

      to’qson تسعون تسعون

      yuz مئة (مائة) مئة (مائة)

      million مليون مليون

      milliard مليار مليار

      Eslatma. Bu sonlar ichidan إحدى -kelishikda turlanmaydigan so’z, اثنان – اثنتان ikkilik soni kabi turlanadigan so’z, 20 dan 90 gacha sonlar muzakkar to’qri ko’plik kabi, qolganlari esa uch kelishikli so’zlardir.

      أحد so’zi gapda «kimdir» gumon olmoshi yoki inkor gaplarda «hech kim» ma’nosida ham ishlatiladi. Masalan:

      جاءني أحد – Oldimga kimdir keldi.

      ما جاءني أحد – Oldimga hech kim kelmadi.

      1 dan 10 gacha SANOЈ SONLAR

      1 va 2 sanoq sonini ifodalash uchun sonni iishlatmaslik mumkin, chunki birlik va ikkilik grammatik kategoriyasi predmetning bitta yoki ikkitaligini ko’rsatib beradi. Mas.,

      كتاب- kitob yoki bitta kitob,

      مجلتان – Ikkita jurnal.

      Lekin predmetning bitta yoki ikkitaligi ta’kidlanishi kerak bo’lsa, واحد (واحدة), اثنان (اثنتان) sonlari sanalmish otdan keyin qo’yiladi va sanalmish ot bilan moslashgan aniqlovchi kabi to’rt jihatdan moslashadi. Mas.,

      لي كتاب واحد – menda bitta kitob bor.

      في الكتاب الواحد حقيقة – Bitta kitobda haqiqat bor.

      اشتريت كتابا واحدا – Bitta kitob sotib oldim.

      في المجلتين الاثنتين مقالتان – Ikki jurnalda ikki maqola bor.

      1. Son bilan sanalmish ot izofa tashkil etadi. Bunda son muzof ilayhi, bo’lib keladi. Son sanalmish ot birligining jinsiga teskari jinsda keladi., sanalmish ot esa, noaniq holatda ko’plikda keladi. Mas.,

      سبعُ غرفٍ – yettita hona,

      عشرة أيامٍ – o’n kun,

      8 soni muannas ot bilan ishlatilganda, kelishiklarda عالٍ so’zi kabi turlanadi. Mas.,

      ثماني ساعات – 8 soat.

      في ثماني ساعات – 8 soatda

      انتظرنا ثماني ساعات – 8 soat kutdik.

      Izofa qoidasiga muvofiq gapdagi bajarayotgan vazifasiga qarab, sonning kelishigi o’zgaradi, holos. Mas.,

      في أربعِ غرفٍ طلاب – To’rtta honada studentlar bor.

      اشترت الجامعة سبعة بيوتٍ – Universitet yettita uy sotib oldi.

      عطلتنا الشتوية عشرة أيامٍ – Јishki kanikulimiz o’n kun.

      Umumiy qoidaga binoan bunday izofalar من predlogi yordamida ajratilishi ham mumkin. Mas.,

      رأيت أربعة من الطلاب – To’rt studentni ko’rdim.

      3-10 gacha bo’lgan ma’lum sonni bildirgan «bir necha» so’zi ham (بضع ، بضعة) sanalmish ot bilan 3-10 gacha bo’lgan son kabi izofa hosil qiladi. Mas.,

      بضعة أيامٍ – bir necha kun

      بضعُ ليالٍ – bir necha tun

      2. Avval sanalmish ot, so’ng son keladi. Bunda ham sonning jinsi sanalmish otning jinsiga teskari bo’lishi shart. Gapdagi vazifasiga qarab ikkovining kelishigi o’zgarishi mumkin. Mas:

      الأركان الخمسة للإسلام – Islomning beshta rukni

      الصلوات الخمسة – Besh vaqt namoz

      11 dan 19 gacha bo’lgan sanoq sonlar

      11-19 gacha bo’lgan sonlar sanalmish bilan quyidagicha munosabatda bo’ladi:

      1. 11 soni sanalmish ot bilan jinsda to’qri moslashadi va har uch kelishikda ham tanvinsiz tushum kelishigida keladi. 1 soni uchun واحد – إحدى varianti ishlatiladi. Mas:

      في مدينتنا أحد عشر متحفا – Shahrimizda 11 ta muzey bor

      في أحد عشر متحفا – 11 ta muzeyda

      زرنا أحد عشر متحفا – 11 ta muzeyni tomosha qildik.

      2. 12 soni ham sanalmish ot bilan shunday munosabatda bo’ladi. Faqat 2 soni اثنا – اثنتا shaklida, qaratqich va tushumda esa اثني – اثنتي shaklida bo’ladi. Mas:

      لجارنا اثنا عشر ولدا – Јo’shnimizning 12 ta bolasi bor.

      في اثني عشر بيتا – 12 ta uyda

      في اثنتي عشرة مكتبة – 12 ta kutubhonada

      3. 13-19 gacha bo’lgan sonlar har doim tanvinsiz tushum kelishigida bo’ladi. Birlar honasining jinsi sanalmish ot jinsiga teskari, o’nlar honasining jinsi sanalmish ot jinsi bilan bir hil bo’ladi.Mas:

      سبعة عشر عاما – 17 yil

      في سبعة عشر عاما – 17 yilda

      أربع عشرة طاولة – 14 ta stol

      20-99 gacha bo’lgan sonlarning ishlatilishi

      Bu sonlarni ishlatishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

      1. 21,31,41 va boshqalardagi 1 raqami uchun ko’pincha واحد – واحدة varianti olinadi va u sanalmish ot bilan jinsda to’qri moslashadi. Birlar honasi bilan o’nlar honasi و boqlovchisi yordamida boqlanadi hamda sanalmish ot birlikda noaniq holatda tushum kelishigida keladi. Sonlar esa har uch kelishikda uch hil turlanadi:

      واحدٌ و ثلاثون مترا – 31 metr

      في واحدٍ و ثلاثين مترا – 31 metrda

      قرأت واحدةً و عشرين مجلةً – 21 ta jurnal o’qidim.

      2. 22, 32, 42 kabi sonlarda 2 raqami uchun اثنان – اثنتان so’zlari olinadi va u sanalmish bilan jinsda to’qri moslashadi. Bu sonlarning sanalmish ot bilan birikuvi 21 , 31 , 41 kabilarning birikuvi bilan bir hil bo’ladi.Mas:

      اثنان و عشرون كتابا – 22 ta kitob

      اثنين و عشرين كتابا في – 22 ta kitobda

      اثنتان و خمسون مجلة – 52 ta jurnal

      في اثنتين و خمسين مجلة – 52 ta jurnalda

      3. 23, 33, 43 va undan yuqori sonlarda birlar honasi sanalmish ot bilan teskari moslashadi. O’nlar honasi bilan و boqlovchisi yordamida birikadi. O’ar uch kelishikda turlanadi. Sanalmish ot birlikda noaniq holatda tushum kelishigida keladi. Mas:

      تسعة و أربعون مترا – 49 metr

      تسعة و أربعين مترا في – 49 metrda

      اشتريت ستا و ثمانين ريشة – 86 ta pero sotib oldim.

      100 va undan ortiq sanoq sonlar

      Bu sonlarni ishlatishda quyidagilarni bilish kerak:

      1. 100, 1000 kabi yahlit sonlar sanalmish ot bilan izofa hosil qiladi. Muzof ilayhi bo’lib kelgan sanalmish ot noaniq holatda birlikda keladi. Mas:

      مائةُ مساءٍ – 100 oqshom

      في مائةِ مساءٍ – 100 oqshomda

      ألفُ ليلةٍ – 1000 kecha

      في ألفِ ليلةٍ – 1000 kechada

      2. 200 va 2000 kabi yahlit sonlar ham shu tahlit yasaladi. Faqat bu sonlarning ikkilik shakli olinadi. Mas:

      مائتا مساءٍ – 200 oqshom

      ألفا ليلةٍ – 2000 kecha

      في ألفي ليلةٍ – 2000 kechada

      3. 1000 gacha bo’lgan yuzliklarda yuz so’ziga sanalmish ot sifatida qaraladi, lekin u birlikda keladi. Sanalmish ot bilan esa izofa zanjiri hosil qilinadi. Mas:

      ثلاثُ مائةٍ yoki ثلاثمئة – 300

      خمسُ مائةٍ yoki خمسمئة – 500

      من ثلاثمئة طالبٍ – 300 ta studentdan

      4. YAhlit sonlardan keyin 1 yoki 2 soni qo’shilsa u quyidagicha bo’ladi:

      خمسمئة قلمٍ و قلمانِ – 502 ta qalam

      ألفُ ليلةٍ و ليلةٌ – 1001 kecha.

      1. Son necha hil bo’ladi?
      2. 1-10 gacha bo’lgan sanoq sonlar sanalmish bilan qanday moslashadi?
      3. 21-99 gacha bo’lgan sanoq sonlarning sanalmish bilan moslashuvi qanday bo’ladi?
      4. «Bir necha» so’zi qanday beriladi?
      1. Ibrohimov. N.I. «Arab tili grammatikasi» T. 1997.
      2. Kovolev. Sharbatov «Uchebnik arabskogo yaz’ka» M., 1998.
      3. Holidov B.Z. «Uchebnik arabskogo yaz’ka» T., 1991.

      5.1-5.2. OTLARDA JINS KATEGORIYASI

      Arab tilida otlar ikki jinsga muzakkar va muannasga ajraladi. Muannas jinsning grammatik belgisi so’z ohiridagi -atun, -atu qo’shimchasidir. U yozuvda ة (ta-marbuta) harfi bilan ifodalaniladi.

      غرفةٌ -hona المدينةُ -shahar مكتبة -kutubhona.

      Shuningdek, اءُ au qo’shimchasi bilan tugagan hamda ى (a) qo’shimchasi bilan tugagan so’zlar, agar, ى (a) harfi o’zak tarkibiga kirmasa muannas so’z hisoblanadi. Masalan:

      صحراءُ -sahro, بُشْرَى – esdalik, حُبْلَى – oqiroyoq.

      Arab tilida yana shunday so’zlar mavjudki ularning belgisi grammatik belgiga ega emas, shu so’zning mazmuniga qarab belgilanadi.

      1. ة ta marbuta harfi bilan tugagan so’z erkak zotini bildirsa yoki erkak kishiga qo’yilgan ism bo’lsa, bu so’z muzakkr so’z hisoblanadi.

      خليفةٌ -halifa قتادةُ -Јatoda

      حمزة -hamza طلحةُ -Talha

      2. Muannaslik grammatik belgisi bo’lmagan quyidagi so’zlar muannas hisbolanadi. a) ayol kishini va ayollarni ismini bildiruvchi so’zlar. أمٌّ -ona, عروسٌ – kelinchak, زينبُ -Zaynab, بنتٌ -qiz.

      b) tanadagi juft a’zolarni bildiruvchi so’zlar.

      عينٌ -ko’z, يَدٌ -qo’l, أذْنٌ -quloq, رِجْلٌ -oyoq

      v) aniqlik artiklni olmagan va tanvin qo’shimchasi bilan tugamaydigan geografik nomlar.

      مِصْرُ -Misr بَغْدادُ -Baqdod

      بصرةُ -Basra, طرابلوسُ -Tripoli

      g) shamol, olov, urush, quyosh kabi so’zlar.

      شَمْسٌ نارٌ حّرْبٌ سمومٌ

      3. Bundan tashqari ة bilan tugamagan ayrim otlar har ikkala jinsda ham ishlatilishi mumkin.

      فَرَسٌ – ot كَبْدٌ – jigar قَوسٌ – yoy

      1. Muzakkar jins nima?
      2. Muannas jinsning qushimchalari qaysilar?
      3. Ikki jinsda ham ishlatiluvchi ismlar ham bormi?
      1. Ibrohimov. N.I. «Arab tili grammatikasi» T. 1997.
      2. Kovolev. Sharbatov «Uchebnik arabskogo yaz’ka» M., 1998.
      3. Holidov B.Z. «Uchebnik arabskogo yaz’ka» T., 1991.

      Похожие:

      O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti

      O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti

      O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

      O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vaziligi O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti Fransuz filologiyasi va fanologiyasi kafedrasi

      O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

      O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti Z. Niyozov, A. Karimova
      «Bank ishi», «Moliya va kredit» yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda
      O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti

      O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

      O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

      O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

      O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti
      «Milliy istiqlol g’oyasi va huquq ma`naviyat asoslari» yo’nalishi zaruriy mazmuni va bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan.

      Разместите кнопку на своём сайте:
      Документы

      База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
      При копировании материала укажите ссылку.
      обратиться к администрации