O‘g‘il bola tarbiyalash — onalar uchun 20 maslahat
6. Пусть мужчины подражают кому-то
Отец, Месси или Бэтмен — не важно. Я бы хотел, чтобы ты подражал Алпомишу… Вот цель, которую поставил перед собой твой сын.
Psixologdan bola tarbiyasi borasida foydali tavsiyalar
Maktab ostonasiga oyoq qo‘yish har bir inson uchun nihoyatda katta hayotiy burilishdir. Mana shu davrdan boshlab bolalikning eng beg‘ubor onlariga bir qadar cheklanishlar kirib keladi. Endi bola oilada nafaqat oilaviy ba’zi burchlarni, vaholanki, uz shaxsi uchun zarur bo‘lgan xususiy vazifalarni bajarishi shart davrga o‘tadi. Bu bilan uning oiladagi roli bir qarashda kamayganday emas, aksincha ko‘paygan bo‘ladi. Ya’ni u o‘z obro‘sini endi nafaqat oila a’zolari o‘rtasida, aksincha, jamiyat o‘rtasida oila obro‘sini o‘z shaxsiy harakati bilan himoya qilish davri boshlanadi.
Maktab davri
Ruhiy muhiti sog‘lom oila a’zosi bo‘lgan bolaning birinchi bor maktabga borishi qanchalik hayajonli bo‘lmasin bola uchun jiddiy qiynchiliklar tug‘dirmaydi. Chunki maktabda o‘qituvchi hamma bolalarga bir ko‘z bilan qaraydi. Oilada ham bolaga maktabga borganligi munosabati bilan alohida erkatoyga qarash qilmasdan, maktab uning o‘zi uchun kerak bo‘lgan burch, sifatida qaragan ma’qul. Chunki, mana shunday qaralgandagina bola uy vazifalariga, maktabda berilgan topshiriqlarga shaxsiy burch sifatida qarashga o‘rganib boradi.
O‘zini hurmat qilmaydigan shaxs boshqalarni ham hurmat qilmaydi
O‘z burchini sezgan shaxsda esa o‘z shaxsiga hurmat tuyg‘usi tobora ortib yaxshi shakllanadi. Hammamizga ma’lum tushuncha, ya’ni o‘zini hurmat qilmaydigan shaxs boshqalarni hurmat qilishni bilmaydi. Bu o‘rinda tarbiyaning, maktab va oila tarbiyasining bola shaxsiyatiga bir yo‘nalishda mutanosib olib borilishi jiddiy e’tiborga molik.
Birgina misol keltiraylik.
Sobirning maktabdagi ilk kunlari. Onasi unga tanaffuslarda tashqariga toza havoga chiqqin. “Tez chopib, albatta, toza havoga chiqqin». Sobir onasiga shunday deyapti: “Tanaffuslar juda kichkina. qo‘ng‘iroq chalinadi, narsalarimni yig‘ishtirib ko‘cha eshigiga yetganimcha yana kirishga chalinadi”.
“Narsalaringni tezroq yig‘ishtir, chopib chiqqin”.
“Eee, bilmaysizda, maktabda chopish mumkin emas”.
Mana bu misolchada Sobirning onasi birgina so‘zni noaniqroq ishlatgani, maktab va oila talabining bola qalbida nomutanosib kelganiga uning bu muammoga hali javob topolmagani ko‘rinmoqda.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Bolaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi 3 ta odatiy narsa
Biz kattalar bu nomutanosiblikni sezmay ham o‘tishimiz mumkin. Ammo bola qalbi hali o‘ta musaffo bo‘lganligidan unga talab, tushuncha, qoida yoki oddiy bir so‘z va hokazo birinchi bor qanday yozilsa yoki aytilsa u o‘zi uchun shunday tushuncha hosil qiladi. “Maktabda chopish mumkin emas”.
Jinsiy tarbiya
Oddiy tushunchalar ham har kimda har xil tezlik va quvvatda iz qoldiradi. Bu hodisa birinchi o‘rinda insonning shaxsiy xususiyat, qobiliyat va yoshi bilan bog‘liq bo‘ladi. Mana shu o‘rinda biz birinchi bor shu paytgacha bola, deb aytib kelgan tushunchani ikkiga ajratishimiz lozim bo‘ladi, ya’ni qiz bola va o‘g‘il bolaga.
To‘g‘ri, farzand tug‘ilgandan boshlab oilada uning jinsiga qarab muomala qilinadi va bu bilan jinsiy tarbiya oilada boshlab yuboriladi. Ammo boshlang‘ich maktab yoshiga kelib ayniqsa, ikkinchi, uchinchi sinflarda bolalarning jinsiy farqi ko‘payib boradi. Buni oilada alohida hisobga olinsagina oilaviy ruhiy muhitga putur yetmagan bo‘ladi va oila a’zolari oilaviy holatda o‘zlarini erkin sezadi.
Xalqimiz orasida qadimdan bu narsaga e’tibor berilgan. Shuning uchun ham qiz bola yoshlikdanoq oilada yordamchi sifatida ko‘zga tezroq tashlangan, uning sho‘xliklariga, akasi yoki ukasini tejab-tergashlariga «qiz bola-da», deb kattalar uni oldinroq sezishgan.
Xalq, ko‘pchilik sezgan bu oddiy tushunchaning tagi uzoqqa ketadi. Ruhshunoslarning fiziolog, medik, pedagog va boshqa mutaxassis olimlarning kuzatishlardan kelib chiqib aytishlari shuni bildiradiki, qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda maktabning boshlang‘ich 1 – 3 sinf davrida faolroq bo‘lib, o‘g‘il bolalarni o‘sish va ulg‘ayishda ortda qoldiradi.
Qiz bolalarning bunday tabiiy faolligini oila a’zolari albatta bilishlari kerak. Bu hol alohida e’tiborga olinsa, oilada shaxslarning o‘rni va xususiyatlari to‘liq hisobga olingan bo‘lib ruhiy muhiti ijobiylashib boradi. Aks holda qiz bolaning sho‘xliklariga noto‘g‘ri baho berilgan bo‘ladi. Qiz bola sho‘xlikda ayblanib, o‘g‘il bola nofaollikda salbiy baholanishi mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Perfeksionizm yoxud «a’lochi bola sindromi»
Boshlang‘ich sinf, ya’ni olti – to‘qqiz yoshli bolalar maktabgacha yoshdagi qiliqlarini endi takrorlashmaydi. Yosh bola o‘jarlik qilib piyolani otib yuborishi mumkin, bu holda u piyolaning sinishini o‘ylab ham o‘tirmaydi. Ammo bunday ishni boshlang‘ich sinf bolasi qilmaydi. U endi bunday qiliqni o‘ziga ep ko‘rmaydi, chunki atrof, boshqalar uning bunday harakatiga qanday baho berishini u biladi va shundan uyaladi. Bu o‘rinda insonni jamiyat orasida shaxs sifatida shakllantiruvchi eng katta tuyg‘ulardan biri, mana shu keng ma’nodagi ijtimoiy tushuncha bo‘lmish, boshqa jonzotlar orasida uchramaydigan uyat ekanligini bilishimiz va unutmasligimiz kerak.
Oilada bolani izza qilmang!
Oilada bolani hech vaqt uyaltirmaslik va izza qilmaslik lozim. Har qanday inson boshqalar oldida uyalishni, uyalganlikni og‘ir esdan chiqaradi. Ko‘pchilik orasida izza bo‘lganligini bir umr esdan chiqarmasligi mumkin.
Shunday ekan, oilangizda ruhiy muhit sog‘lom bo‘lsin desangiz bolangizning hozirgina qilgan noo‘rin, xato, adashilgan, anglashilmovchilik yuzasidan, uning tajribasizligidan kelib chiqqan hatti-harakatini qoralab uni jazolab o‘tirmang, ayniqsa voqeani yuziga solib izza qilmang. Shu borada agar bu voqeadan uning biror tanishi voqif bo‘lishi xavfi bo‘lsa, kechinma yanada kuchliroq tus olishi mumkin.
Bolani xato bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlardan ogohlantirib tarbiyalab borsangiz uning oiladagi o‘rnini kamsitmagan bo‘lasiz.
Piyola bolangizning qo‘lidan tushib ketib singanda emas, bu piyola sinib bo‘ldi, undan ko‘p vaqt ilgari ish buyurganingizda «ehtiyot bo‘l, sinib qolmasin», degan tarbiyaviy so‘zlardan boshlang.
Bola o‘z irodasi bilan kunduz maktabda buyurilgan ishlarni bajarishga o‘rgansa, kechqurun ishdan qaytganingizdan keyin siz uni dars tayyorlashga o‘tirishga majbur qilishingizga o‘rin qolmaydi.
O‘z burchini bajarishga majbur qilingan oila a’zosining oilada ruhiy o‘rni boshqalar bilan barobar bo‘lishi mumkin emas.
O‘z burchini majburan qilib o‘rgangan bola mustaqillikka o‘rganmaydi. Vaholanki, shunday ekan biz hammamiz o‘z bolamizning mustaqil bo‘lishini juda-juda kutamiz va mustaqillikka o‘rgatib boramiz.
Ushbu maqolani ham o‘qing: O‘z shaxsingizni bilasizmi? (Leongard bo‘yicha shaxs toifalari)
Mustaqil, o‘zini o‘zi tejab-tergashga o‘rganib borgan bolagina o‘z hayotini to‘liq ta’min qilib boradi. Agarda bolaga doim uning ruhiy va amaliy ishlarini ko‘rsatib, ularni bajarishga majbur qilib borsangiz bu holda oilada notenglik yuzaga keladi va oila a’zolari o‘rtasida notenglik bo‘lgan holda ruhiy muhit sog‘lom bo‘lmaydi.
Shunday ekan bolangizning biror holda o‘z vazifalarini bajarmaganligini ko‘rsangiz albatta majbur qilishga shoshilmang. U o‘z vazifasini bajarmaganligidan oila a’zolari, o‘rtoqlari, sinfdoshlari oldida biror marta xijolat cheksa, uyalsa, ayniqsa o‘ziga kerak bo‘lgan narsani bilmasdan, o‘sha narsaga zarurat sezib uni topolmay qolsa boshqa bunday qilmaslikka o‘rganadi. Chunki uyat, insonning o‘z oldida o‘zining uyalishi yaxshi ma’noda insonni o‘zlikka olib boradi.
© Mahmud Yo‘ldoshev,
Psixologiya fanlari nomzodi .
Farzand.uz
O‘g‘il bola tarbiyalash — onalar uchun 20 maslahat
O‘g‘il bolani tarbiyalash osonmas, deyishadi bilganlar. Bundan qiz bola tarbiyalash oson ekan-da, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Shunchaki, o‘g‘il bolalar tarbiyasining ayrim o‘ziga xos jihatlari bor.
Demak, o‘g‘il o‘stirayotgan onalar quyidagilarga e’tibor berishlari kerak.
1. Hislari haqida gapirishga o‘rgating
Hammaga emas, faqat bir kishiga aytsin. Shu inson siz bo‘ling. Shundagina u odamlarga ishonadi, o‘z tuyg‘ularini chuqurroq anglaydi va yurak xastaliklaridan uzoqroq yuradi.
2. Nimaiki yangi ish boshlamasin, qo‘llab turing
O‘g‘il bolaning eng katta boyligi va yutug‘i – o‘ziga ishonch tuyg‘usi. Hozircha u o‘ziga ishonchni siz orqali oladi, qilayotgan ishlariga onasining nazari bilan baho beradi.
3.Mehnatga o‘rgating
Hozir ularda g‘ayrat ko‘p, bekor o‘tirgandan bekor ish qilsin. Mayli, uyda ish topilmasa qo‘shnisiga qarashsin.
4. Birgalikda kitob o‘qing
Bu kitobni o‘qigansiz, endi o‘g‘lingiz o‘qib chiqishini istayapsiz. Ammo siz istaganingiz uchungina o‘qimaydi u. Kitobga qiziqishi kerak. Birga o‘qiymiz, desangiz albatta qiziqadi.
5. Qiziqishlarini bo‘g‘mang
Mayli, u “ketka”lar yig‘ib, butun uyga sochib tashlasin yoki to‘p o‘rniga “baklajka” tepib, quloqni qomatga keltirsin. Kim biladi, siz bo‘lajak ustomon broker yoki mashhur futbol yulduzini tarbiyalayotgandirsiz?!
6.Erkaklardan kimgadir taqlid qilishiga qo‘yib bering
Otasi, Messi yoki Betmen – farqi yo‘q. Alpomishga taqlid qildirolsangiz qani edi… Bu zotlar o‘g‘lingiz oldiga qo‘ygan marradir.
7. Ayollarni hurmat qilishga o‘rgating
Singlisini turtish, bog‘chasidagi qizlarning sochidan tortish – bularning bari mumkin emasligini avval tushuntirish, bu ish bermasa, jazolash orqali bolaning ongiga singdirilishi kerak.
8.O‘zingiz hurmatga loyiq ayol bo‘ling
Bolani qarg‘ash, unga baqirish, birovlarni yomonlash, nomaqbul so‘zlarni aytish, aldash… Xullas, bularning baridan tiyilishga harakat qiling. Unutmang, siz uning uchun dunyodagi eng mehribon va chiroyli ayolsiz. Shu martabadan o‘zingizni o‘zingiz tushirib qo‘ymang.
9. Odob-ahloq qoidalarini o‘rgating
Dasturxonga kattalardan avval qo‘l uzatmaslik, o‘zidan kattalarga joy berish, qoshiqni to‘g‘ri ushlash – bu mayda-chuydalarni bee’tibor qoldirmasangiz kelajakda xalqdan duo olib keladigan o‘g‘ilning onasiga aylanasiz.
10.Biron narsaga ishonsa, ishonchini sindirishga shoshilmang
Masalan, Qorboboga, Hizr buvaga, sehrli tayoqcha yoki qalpoqchaga… Bularning bari ezgulikka hizmat qiladigan obrazlar.
11.Ba’zan muloyim bo‘lish ham kerak…
O‘g‘il bola yumshoq supurgi emas, bu to‘g‘ri. Biroq o‘rni kelganda muloyimlik, ya’ni diplomatiya bilan ishini bitirish mumkinligini ham bilsin.
12. Kiyimlarini iflos qilishga haqqi borligini unutmang
Axir u o‘g‘il bola! Bo‘lmasa, qanday koptok tepadi, qumdan chiroyli uylar quradi yoki velosiped uchishni o‘rganadi?
13. Birga tez-tez sayrga chiqing
Uydan tashqarida, yumushlardan holi ona-bola bir-biringiz bilan suhbatlashasiz, uning savollari ham boshqacha tus oladi.
14. Boshqalarga yordam berishga o‘rgating
Sen birovga yordam bersang, boshqalar kun kelib, senga yordam berishadi. Shu aqidani bolaning ongiga singdiring. Shundagina unda odamlarga yaxshilik, savob ishlar qilishga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
15. Tajriba vaqt o‘tishi bilan har ishda qo‘l kelishini tushuntiring
Biron narsani uddalay olmasa, bu bilmaslikdan emas, tajribasizlikdan. Vaqti bilan tajriba paydo bo‘ladi va u ishni eplab ketadi. Asosiysi, tajriba orttirishdan charchamasin.
16. “Nega?”larini javobsiz qoldirmang
Ba’zan bolajonlar shu so‘zni o‘yinchoqdek o‘ynashayotgan va sizning sabringizni sinayotgandek tuyulishi mumkin. Aslida, unday emas. Savol bermay qo‘yishidan Xudo asrasin. Bu kichkintoyning ongi rivojlanmayotgani belgisidir.
17. Otasi bilan tez-tez holi qoldiring
O‘g‘il bola emosional jihatdan ko‘proq onaga bog‘langan bo‘lsa-da, ruhan va ma’nan otasi ta’siridadir. Ota bilan yolg‘iz qolgan o‘g‘lingiz o‘zini bo‘lajak erkak sifatida his qiladi.
18. Birgalikda qasrlar quring
Mayli qumdan yoki xayoliy. Bunyodkorlik, yaratuvchanlik, ixtirolarga intilish aynan ana shu kichik “quruvchilik”dan boshlanadi.
19. Vaqti-vaqti bilan bir quchib, yaxshi ko‘rishingizni aytib qo‘ying
Muhabbat bilan bolani buzib bo‘lmaydi. Aksincha, u farzandingizning qalbida mehr daraxtining ko‘karishiga sabab bo‘ladi.
20. Doim uydan madad olishiga erishing
Shunda ko‘cha handon, uy zindon erkakka aylanmaydi.
Arazchi bolani to‘g‘ri tarbiyalash uchun maslahatlar
— 10 yoshli qizim juda arazchi. Sal gapga yig‘laydi, hafa bo‘ladi, ovqat yemay qo‘yadi. Uni ko‘p erkalatishga ham qo‘rqaman. Qanday munosabatda bo‘lishga hayronman…
Saida, Zangiota tumani
Araz qanday paydo bo‘ladi?
Mutaxassislarning fikricha, bolalar uch yoshgacha o‘zlari uchun muammoli vaziyatlardan tez chiqishadi, to‘g‘rirog‘i, tez unutib yuborishadi. Biroq ular katta bo‘la boshlagach, jamiyat (bog‘cha, ijodiy studiyalar, maktabga tayyorlaydigan muassasalar, sport komplekslari)ga qo‘shiladi. Endi bola tashqaridan o‘ziga diqqat, e’tibor talab qila boshlaydi. Agar u yetarli darajada bo‘lmasa yoki bolaga umuman ahamiyat berilmasa, araz, gina paydo bo‘lishi mumkin. Ota-ona boladagi ichki norozilik aynan qaysi vaziyatda tug‘ilganini ko‘p hollarda anglay olmay qoladi. U bora-bora yig‘ilib, haqiqatan katta muammoga aylanadi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘rtasidagi ziddiyatlarning eng odatiylari — o‘yinchoq, turli o‘yinlar, bir–birining jig‘iga tegish, laqab qo‘yish kabilar. Shunday paytlarda hamisha kattalar tomonidan g‘amxo‘rlik tuygan bolakaylar ruhiyatida shok holati yuzaga keladi. Bu ayniqsa, kattalarning aralashuvi bilan o‘sha bolani tengquriga nisbatan kamsitishsa, maqtov so‘zlari aytilmasa yaqqolroq seziladi. Ba’zi bolalar o‘z noroziligini ochiq-oydin bildiradi, uni xafa qilganlar kechirim so‘rashlarini kutadi. Atrofdagilarning tavba-tazarru qilmasligi arazni yanada chuqurlashtiradi.
Ayrim hollarda bolaning arazlashi, xafa bo‘lishiga o‘zgalarning g‘alamisligi sabab bo‘ladi. Masalan, bola bog‘chaga kelib, birinchi kundan o‘z tashabbusi bilan tengdoshlariga qo‘shilib o‘ynamoqchi bo‘ldi. Biroq bolalar uni begona ko‘rib, chiqishtirishmadi. Bolaning noroziligini esa na tarbiyachi, na ota-ona e’tiborga oldi. Ana shu kabi hollarda bolaning yetarli baholanmaganlik hissi arazga olib kelishi mumkin.
Endi vaziyatni sal boshqacharoq misol bilan tahlil qilib ko‘ramiz. Bola bog‘chaga kelib, o‘ynab o‘tirgan tengdoshlarini ko‘radi. Ularga qo‘shilib o‘ynashga harakat qilmay turib, unga shunchaki e’tibor berishmagani uchun arazlab, xarxashani boshlaydi. Vaziyat yaxshilab tahlil qilinib qaralsa, bola besabab xafa bo‘layapti va bunda o‘zgalarni ayblayapti. Bu yerda biz o‘rganmoqchi bo‘lgan muammoning ildizi yotadi. U ham bo‘lsa o‘z-o‘zini baholashdir.
Senga nima bo‘ldi, bolakay?
Arazchi kichkintoylarning eng xarakterli belgilaridan biri — boshqa bolalarning muvaffaqiyatini ko‘ra olmaslik. Bunday farzandning oldida birov maqtalishini, eng yomoni, kim bilandir solishtirganda uning torozi pallasi bosmasligini katta iztirob bilan qabul qiladi. Bunday bolalar doimiy maqtov, ijobiy baholanishga muhtoj bo‘lishadi. Basharti bu uning ko‘nglidagidek yuz bermas ekan, o‘z-o‘zi bilan bo‘lib, kechinmalari ichida o‘ralashib qoladi, faqat kim yaxshiyu kim yomonligi haqida o‘ylaydi, hamma vaziyatlarda o‘zini haq deb biladi. Bunday haddan ortiq araz asosida bolaning o‘ziga nisbatan ishonchi kamligi yotadi.
Munosabatni o‘zgartiring!
Ko‘pgina ota-onalar arazchi bolaning gap ko‘tara olmasligi, ko‘ngli nozikligini hisobga olib, uni ko‘proq maqtashga, tengdoshlaridan ustunligini isbotlashga harakat qilishadi. Biroq bu bilan muammo to‘liq hal bo‘la qolmaydi. Har qanday baho bolaning diqqatini fe’lidagi u yoki bu xislatga qaratishga, o‘zini hamisha boshqalar bilan taqqoslashiga sabab bo‘lishi mumkin. Oqibatda farzand atrofidagi bolalarni o‘ziga nisbatan raqobatdosh sifatida qabul qiladi.
Demak, arazchilikni yengishda ota-onaning farzandini noreal baholamasligi va o‘zgalar bilan taqqoslamasligi eng birinchi shart hisoblanadi. Bu gapirishga oson, ammo maqtov va tanbeh berib turish tarbiyaning odatiy usuliga aylanib bo‘lgani sababli ham amal qilish nihoyatda qiyin. Afsuski, ko‘pgina ota-onalar o‘z mehrini bolani maqtash bilan ifodalashga harakat qilishadi. Bu bolakayni hamisha o‘z qadrini bildirib qo‘yuvchi, afzalligini ko‘rsatuvchi tadbirlarni yuk sifatida qabul qilishiga olib keladi.
Arazchi bolalarning ota-onalari uchun eng muhim qoidalar:
Shunday tarbiya usullarini olib borsangiz, farzandingiz yaqin orada arazchilikni tashlab, optimist va xushmuomala bo‘lib qolganini sezasiz.
Maqola amaliyotchi ruhshunos Valentina KIM bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Dilnoza UMAROVA