Kiyimlar erkaklar uchun
Agar kamyob atir sepmasangiz, boshqalardan farqli jihatlaringiz kamayadi. Ertalab nima kiyishingizga astoydil hafsala qilsangiz, qanday bo‘y taratishingizni ham e’tiborga oling.
Arzon kiyimlar erkaklar uchun
Hid bu sizning timsolingiz va uslubingizning ko‘rinmas qismidir. Odamlar u orqali sizni qabul qilishadi. Biz quyida o‘zingizga mos atir tanlashingiz uchun tavsiyalar beramiz.
Sizda taralayotgan atir hidi tufayli
odamlarning sizga ishonchi ortadi,
o‘zingizga ishonchingiz ortadi,
ayolingizning sizga muhabbati oshadi.
Qizig‘i shundaki, 80 foiz erkaklar atir ishlatmasdan bu imkoniyatlarni boy beruvchilardir. Ko‘pchilik erkaklar xushbo‘ylashtiruvchi vositalar haqida ma’lumotni qayerdan izlash, o‘zlariga qanday atir tanlash haqida ma’lumotga ega emas.
Bu maqolamizda sizni anvoi islar olamiga olib kiramiz va iforlarni tasniflaymiz. Atir tanlashni o‘rgatamiz.
Atir nima?
Xorijliklar parfyum deb atovchi xushbo‘y moddalarning spirtdagi eritmasini biz umumlashtirib “atir” deymiz. U tabiiy xomashyodan yoki sintetik moddadan tarkib topishi mumkin.
Xushbo‘y modda konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, hid shuncha o‘tkir bo‘ladi. Hid qancha o‘tkir bo‘lsa, shuncha uzoq saqlanadi.
Atir (duxi), parfyumeriya suvi, xushbo‘ylashtiruvchi suv (tualetnaya voda) va odekolon o‘rtasida qanchalik farq bor?
Xushbo‘ylashtirgichlar turlicha konsentratsiyada bo‘ladi. Ular, asosan, 5 toifaga bo‘linadi:
- Musaffolashtiruvchi suv (Eau Fraiche). Uning tarkibida suv yoki spirtda erigan modda miqdori eng kam, xushbo‘ylashtiruvchi modda konsentratsiyasi 1-3 foiz atrofida bo‘ladi. Hidi bir soatga qolmay tarqab ketadi.
- Odekolon (Eau de Cologne). Uning hidi ham hammaga tanish, xususan, sartaroshxonalarda anqib turadi. Asosan, erkaklar foydalanadi. Odatda tetiklik baxsh etuvchi yengil is taratadi. Xushbo‘y modda konsentratsiyasi 2-4 foiz. Ikki soatcha saqlanib turadi.
- Xushbo‘ylashtiruvchi suv (Eau de Toilette). Xushbo‘y modda konsentratsiyasi 5-15 foiz. 3 soatga yaqin saqlanadi.
- Parfyumeriya suvi (Eau de Parfum). Bunda ham erkaklarbop, ham ayollarbop vosita nazarda tutilmoqda. Konsentratsiyasi 15-20 foiz. Hidi 5-8 soatcha qoladi.
- Atir (Extrait de Parfum yoki Elixir de Parfum). Atir tarkibidagi xushbo‘y modda miqdori eng ko‘p – 20-30 foizgacha. Kamida bir sutka hidi saqlanadi.
Xushbo‘ylikning davri
Xushbo‘ylikning davri uch bosqichga bo‘linadi, uni piramida shaklida tasavvur qilish mumkin. Piramidaning qavatlari chertma sozlarniki singari alohida hid pardalariga bo‘linadi.
Piramida yuqori, o‘rta va asos pardalarga bo‘linadi.
Yuqori parda bu sepishingiz bilan darhol seziladigan islardir. Yuqori parda islari 15 daqiqadan 2 soatgacha saqlanadi. Bunga lavanda guli, limon va mandarin mevalari hamda dengiz hidi kiradi.
O‘rta parda islarini muattar islar yuragi deyiladi, bu atru iforning bosh elementidir. Ular yuqori parda hidlari tarqab ketgach, anqiy boshlaydi va 3-5 soat taralib turadi. Atirgul, yasmin, nastarin gullarining vazmin hidi bunga misol bo‘ladi.
Asos parda hidlari teriga o‘rnashib qoladi. Sepilgan joyidan tarqala boshlagach, xushbo‘y isi boricha dimoqqa uriladi. 5 soatdan 10 soatgacha saqlanadi. Sandal daraxti, tutun va tamaki isi, vanil va mushk hidi shular jumlasidandir.
Chiziqli va nochiziqli hidlar
Barcha hidlar ham vaqt o‘tgan sari o‘zgarmaydi, uch pardali emas. Chiziqli hidlar teriga sepilishi bilanoq oxirigacha bir xil anqiydi. Nochiziqli hidlar esa tashqi ta’sirga qarab o‘zgaradi.
Ikkala turdagi hidning ham hayotimizda o‘z o‘rni bor. Masalan, ishga otlanayotganingizda sizdan taralayotgan yengil xushbo‘ylik tobora quyuq mushk hidiga aylanishini istamaysiz. Uchrashuvga shoshilayotganingizda esa yo‘lda sitrus isini taratib, manzilga yetgach, kishini jalb etuvchi bo‘y anqib turgani yaxshi.
Dizaynerlik hidlari va nodir hidlar
Dizaynerlik hidlarini istalgan atir-upa do‘konidan topasiz. Odatda, Armani, Chanel yoki Burberry kompaniyalari ishlab chiqaradi. Barchasining narxi bir-biriga yaqin bo‘lib, keng omma uchun tayyorlanadi. Ko‘pchilikning didiga mo‘ljallangan, xavfsiz. Bundan tashqari, arzon moddalardan tayyorlanadi.
Nodir hidlarni yuqori sifatli qimmatli moddalardan olinadi. Bu ishning o‘z kasbining ustalari bajaradi. Nodir iforlar kam sonli ommaga mo‘ljallab chiqariladi. An’anaviy islar me’dasiga tekkanlar nodir islarning xaridoriga aylanishi mumkin, ammo dizaynerlik hidlaridan birmuncha qimmat turadi.
Narx masalasi
Atirning narxi qimmatligi doimo sifatliligini bildiravermaydi. Ko‘plab mashhur atirlarning hamyonbop turlari yetarli. Yo bo‘lmasa, qimmat va nodir moddani spirtga aralashtirib yoqimsiz bo‘tqa is olish mumkin.
Atir narxini belgilovchi asosiy omillarning biri undagi xushbo‘y moddaning konsentratsiyasidir.
Dizaynerlik atirlarining ko‘pchiligi o‘zaro “qarindosh” bo‘ladi. Masalan, Ralph Lauren atiri sizga yoqsa, bu kompaniyaning yangi mahsulotlaridan qo‘rqmay sotib olavering, nomidan qat’i nazar xushbo‘yi ta’bingizga o‘tiradi.
Qolaversa, narxda reklamaning hissasi bor. O‘ziga xos uslub va brend uchun ham, baribir, haq to‘laymiz.
Hidning barqarorligi va “etagi” (shleyfi)
Bu ikki xususiyat hidning uzoq saqlanishi va atrofdagilar dimog‘iga urilishini tavsiflaydi. Hidning “etagi” qanchalik uzun bo‘lsa, shuncha uzoqqa yetib boradi va atrofdagilarga shunchalik yaxshi seziladi.
Ammo hidning bu xususiyatlari o‘tkir bo‘lmasligi kerak. Chunki o‘tkir is kishi me’dasiga urib qolishi mumkin. Hamma joyda to‘g‘ri kelavermaydi. Tijoriy uchrashuvga qip-qizil futbolkada bormaysiz-ku.
Sifatli va sifatsiz atirlar
Hidning barqarorligi, nodirligi va “etagi” bilan tanishib chiqdik. Aynan shu xossalari orqali atir baholanadi.
Sitrus yoki dengiz hidi sepilgach, 5-7 soatda tarqab ketadi. Agar tezroq tarqalsa, bunday yozgi atir uncha sifatli emas. Qishki atirlar barqarorroq bo‘ladi va 10 soatga yaqin saqlanadi, ularning asos pardasi juda intensivdir.
Atir xarid qilayotganingizda bilagingizga surtib sinab ko‘ring, qancha saqlanishini aniqlang. Vaqt o‘tgan sari hidi o‘zgarib qolishi mumkinligini tekshiring.
Atir sifatini magazindagi tilimlangan qog‘oz testerda (blotter) sinash kerak emas.
BlotterYaxshi atirni qanday tanlash va xarid qilish lozim?
Birinchi o‘rinda atir sizning jismingizga mosligini aniqlash kerak. Ko‘rmasdan yoki internet orqali xarid qilmang. Magazinga kiring hamda o‘z qo‘lingiz va burningiz bilan sinab ko‘ring. Bir martada ikki turdagi atirni iskab ko‘rmang, hidi aralashib ketadi.
Sinab ko‘rish
Atirni bilagingiz yoki tirsagingizga seping.
Bir atirni iskagach, ikkinchisiga o‘tishdan oldin retseptorlaringizni “tozalash” uchun boshqa narsani hidlab olish kerak. Odatda, atir-upa magazinlaridagi testerlar yonida yanchilmagan kofe solingan idish turadi. Uni hidlab retseptorlarni tozalab olish esingizdan chiqmasin.
Atir hidining hamma tusini (akkord) aniqlang. Tilimlangan qog‘ozchalardan foydalanmay, o‘z tanangizga sepib ko‘ring.
Atirni sepgach, bir soat ichida hidi tuslanishiga e’tibor qiling. Bundan hid piramidasini aniqlab olasiz.
Shishacha hajmi qancha bo‘lsin?
Atir shishalar, odatda, 30, 50, 100 ml hajmli bo‘ladi.
Hayotingizda birinchi marta atir xarid qilayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi, kichik shishachadagisini tanlang. Mabodo, didingizga o‘tirgan muattar bo‘yni topsangiz, katta shishachadagisini sotib olishingiz mumkin, chunki mijozlarini sarosimaga solish uchun kompaniyalar ba’zi atirlarni ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishadi.
Kamyobligiga e’tibor qarating
Erkaklar, ko‘pincha, atirning kamyobligiga diqqat qaratishmaydi. Ular parfyumeriya o‘ziga xoslikni talab qilmaydigan soha deb hisoblashadi, go‘yo. Esda tutish lozimki, odamlarda sizning hidingiz orqali xotira, taassurot va hissiyotlar uyg‘onadi.
Agar kamyob atir sepmasangiz, boshqalardan farqli jihatlaringiz kamayadi. Ertalab nima kiyishingizga astoydil hafsala qilsangiz, qanday bo‘y taratishingizni ham e’tiborga oling.
Atir qanday sepiladi?
Atirni quruq toza teriga sepish kerak. Yuvingandan so‘ng sepish ma’quldir. Teridan 7-20 sm uzoqlikda tutib seping.
Puls uruvchi nuqtaga seping. Yana tananing eng issiq nuqtalariga sepish lozim: bo‘yin, ko‘krak, iyak osti, bilak, tirsak, yelka. Sepgandan so‘ng zinhor artmang. Bunda hid piramidasi buziladi va muattar uyg‘unlik yo‘qoladi.
Atirni ustingizdan sepish to‘g‘ri emas. Ayrim eski kitoblarda atirni havoga sepsa, zarralar teri va kiyimga o‘tiradi, deb yozilgan. Bu behuda tavsiyadir, atir havoga sovurilgani qoladi.
Shuningdek, atirni libosingizga ham sepmang. Birinchidan, uni teringizga sepib sinagansiz, shuning uchun matoda qanday is taratishini bilmaysiz. Ikkinchidan, matoda atir iz qoldirishi mumkin, yuvib ketkazish qiyin.
Atirni bo‘lar-bo‘lmasga sepaverish yaramaydi. Shishachangizda sepgich bo‘lmasa, barmog‘ingizni og‘ziga bosib, idishni to‘ntaring va barmoq uchida qolgan yuqini surting.
Atirning yaroqlilik muhlati
Odatda, ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3-5 yilni tashkil qiladi. Bir flakon atir qanchaga yetadi?
100 ml atirni 1000-1500 marta sepish mumkin. Bu 14-16 oy ishlatish mumkin deganidir.
50 ml atirni o‘rtacha 735 marta sepiladi. Bu shishacha 7-8 oyga yetadi.
Uzoq muddat yaroqliligini yo‘qotmasin desangiz, qorong‘u, quruq va salqin xonada saqlang. O‘zgaruvchan harorat va namlik atirni buzadi. Quyosh nurlari tik tushmasin. Havoga uchib ketmasligi uchun qopqog‘ini mahkam burab yoping.
Hid o‘zingizga xos belgilaringizdan biridir. Sizdan taralgan atir isi odamlarni o‘ziga tortadi. Ta’bingizdagi muattar bo‘yni topsangiz, bu haqiqiy lazzatdir. Parfyumeriya o‘rganishga, qiziqishga arziydigan soha. Hamisha xush bo‘y taratib yuring.
lifehacker.ru sayti maqolasi asosida tayyorlandi
Kiyimlar erkaklar uchun
«Kiyimingga qarab kutib olishadi. » deyishadi, aynan ushbu ibora uslubingizning va umuman garderobingizning muhimligini belgilab beradi. Hozirgi vaqtda tashqi ko‘rinish – bu nufuz, ozodalik va hattoki inson fe’l-atvorining ajralmas qismidir.
Biroq do‘konlar, savdo nuqtalari va to‘qimachilik buyumlari sotiluvchi bozorlarning ko‘pligiga qaramay, chindan ham munosib mahsulotni topish nihoyatda mushkul. Buning ustiga butun kuningizni kerakli kiyimni izlashga sarflagandan ko‘ra issiq kresloda o‘tirib garderobingizni yangilaganingiz ancha qulay.
Saytda mijozlarimizning talab va istaklariga javob beruvchi mahsulotlar jamlangan! Yuqori sifat, arzon narxlar, turli uslub va didga mos tovarlar, shuningdek butun O‘zbekiston bo‘ylab uyingizning eshigigacha yetkazib berish xizmati mavjud!
Saytimiz katalogidagi erkaklar kiyimlari har qanday did va cho‘ntakka mos keng turdagi assortimentni o‘z ichiga oladi!
Yuqori sifatli mavsumiy kiyim-kechaklar, demi-mavsumiy qiyofalar, ish uchun kostyumlar, sport va uy kiyimlari bir joyda to‘plangan, asosiysi esa bularning barchasi arzon va maqbul narxlarda!
Sizga qulay bo‘lishi uchun har bir ko‘rinish va uslub uchun biz alohida bo‘lim tuzdik – «Sviter va kardiganlar» va «Jinsi» bo‘limidan tortib «Uy va tungi kiyim»gacha!
Allso.uz – biz xaridorlarimizning barcha afzalliklarini e’tiborga olamiz!
Biz bilan har bir xaridor mamnun bo‘ladi! Brend va uslublarning rang-barangligi barchaga yoqadi, aynan shuning uchun siz bunday shopingdan xursand bo‘lasiz!
Yana bir afzallik – butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish. Bor-yo‘g‘i ikkita tugmani bosing va jo‘natma yo‘lga chiqadi!
Allso.uz – biz taklif qilinayotgan mahsulot sifati haqida qayg‘uramiz. Eng yaxshi mahsulotlar bizning mijozlarimiz uchun!
Mahsulotlar
Yozda sepish uchun mo‘ljallangan eng ommabop 10 ta erkaklar atiri
Yoqimli iforlar insonning kayfiyatini ko‘taradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Qolaversa, boshqalarda unga nisbatan yaxshi taassurot uyg‘otishga imkon beradi. Shu sababdan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham atirlardan birday foydalanadi.
Parfyumlarning ham kiyimlar kabi mavsumga mos turlari bor. Masalan, soha mutaxassislari qishda o‘tkirroq, shirinroq, yozda esa o‘ta yumshoq, mayin, sitrus iforli atirlardan foydalanishni tavsiya etadi.
Quyida yoz uchun mo‘ljallangan eng yaxshi atirlar o‘ntaligini taqdim etamiz. Aromamaster Dilshod Hojiqurbonovning mazkur tavsiyalari jaziramada qanday parfyum sotib olishga ikkilanib turgan erkaklarga asqatadi deb o‘ylaymiz.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
POLO
Blue Ralph Lauren — erkaklar uchun mo‘ljallangan mazkur parfyum Polo Blue Karlos Benaim va Kristof Laudamiel tomonidan yaratilgan. 2003-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Atir bodring, qovun va mandarin, rayhon, zamsh, yog‘ochli notalar va mushk iforlarini o‘zida mujassam etgan.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
LOUIS VUITTON
Afternoon Swim — sitrus iforli parfyum bo‘lib, parfyumer Jak Kavaler tomonidan yaratilgan. 2019- yildan sotuvga chiqarilgan. Atirning o‘ziga xos xususiyati shundaki, undan nafaqat erkaklar, balki ayollar ham birdan foydalanishi mumkin.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
VERSACE MAN
Eau Fraiche Versace — erkaklar uchun mo‘ljallangan mashhur parfyumlardan biri bo‘lib, parfyumer Olivier Cresp tomonidan yaratilgan. 2006-yildan sotuvga qo‘yilgan.
Atir limon, bergamot, kardamon va brazil atirgul daraxti, sadr, estragon, mushk, yog‘ochli notalar, za’faron iforlaridan tashkil topgan.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
BVLGARI
Aqva pour Homme — dunyoga mashhur parfyumer Jak Kavaler tomonidan dengiz romantikasini xush ko‘ruvchi erkaklar uchun yaratilgan. Parfyum o‘zida mevalar, yog‘ochli notalar va dengiz o‘tlarini mujassamlashtirgan. Bu tetiklantiruvchi iforlar ayni issiq mavsumga mos keladi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
GIORGIO ARMANI
Acqua di Gio Profumo — parfyumer Alberto Morillas tomonidan yaratilgan aromatik suvli parfyumdir. 2015-yildan ishlab chiqarila boshlangan.
Atir dengiz notalari, bergamot kabi bir necha iforlarni o‘zida mujassam etgan.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
GIORGIO ARMANI
Acqua di Gio parfyumi ham Giorgio Armani kompaniyasiga tegishli, bir necha mashhur parfyumerlar Alberto Morillas, Annik Menardo va Kristian Dussulier hamkorligida yaratilgan. 1996-yildan ishlab chiqarila boshlangan.
Atir limon, bergamot, apelsin, mandarin dengiz notalari, oq mushk, sadr, eman iforlaridan tashkil topgan.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
CHANEL
Bleu de Chanel Parfum — erkaklar uchun mo‘ljallangan mashhur atirlardan biridir. U Olivier Polge tomonidan yaratilgan, 2018- yildan sotuvga chiqarilgan.
Parfyum o‘zida limon, bergamot, yalpiz, ananas, sadr kabi bir qator xushbo‘y iforlarni o‘zida aks ettiradi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
BVLGARI
Le Gemme Empyr — erkaklar uchun mo‘ljallangan yog‘ochli achchiq iforli parfyum bo‘lib, Bvlgari brendining yangi a’zosi hisoblanadi. Atir parfyumer Jak Kavaler tomonidan yaratilgan bo‘lib, 2021-yildan boshlab, atir ixlosmandlariga taqdim etilgan.
Le Gemme Empyr zanjabil, sandal daraxtining eng xushbo‘y iforlarini mujassam etgan.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
CREED
Aventus — mevali atirlar guruhiga mansub bo‘lib, 2010-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Yaratuvchisi Jan-Kristof Herault va Ervin Crid hisoblanadi.
Parfyum o‘zida ananas, bergamot, qora smorodina, olma, yasmin, atirgul, vanil kabi bir qator xushbo‘y iforlarni aks ettirgan.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
CLINIQUE
Happy Clinique — sitrus iforlarni xush ko‘ruvchi erkaklar uchun mo‘ljallangan atir bo‘lib, 1999-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Parfyum o‘zida mandarin, apelsin, limon, mushk, sadr kabi bir qator iforlarni mujassamlashtirgan.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
- “Pul chaqiradi, aqldan ozdiradi va kunlab turadi”. Atirlar haqida eng ko‘p tarqalgan xato tushunchalarga mutaxassis izoh beradi
- Atirlardan qanday foydalanish kerak? Mutaxassis tavsiyasi
- Original atirlarni qalbakisidan ajratishga yordam beradigan layfxaklar